Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 45
YENGIL ATLETIKACHILAR MASHG’ULOTINING
TUZILISHI VA REJALASHTIRISH ASOSLARI
Abdullayeva O’g’iloy Xayitboyevna
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yengil atletikachilarning mashg’ulot jarayonining
tuzilishi va rejalashtirilishi to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan va albatta yengil
atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga e’tibor bergan holda mashg’ulot qismlarida
yuklamalarning hajmi o’zgarishi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Yengil atletika, rejalashtirish, mashg’ulot, yuklama, mashg’ulot davri,
tayyorgarlik darajasi, sport, sikl, texnika, taktika, trenirovka, tezkorlik, jismoniy sifatlar,
hajm.
Аннотация:
В трех статьях даны сведения о структуре и контроле
тренировочного процесса легкоатлетов, а также подчеркивается возможность
исключения самих нагрузок в тренировочных занятиях с учетом уровня подготовки
спортсменов.
Ключевые слова:
Легкая атлетика, упражнение, тренировка, нагрузка,
тренировочный период, курс подготовки, вид спорта, цикл, тактика, методика
тренировки, скорость, физические качества, объем.
Trenirovka mashg’ulotining shakllari va tuzilishi.
Hamma yengil atletikachilar uchun
trenirovka jarayonining asosiy tashkiliy shakli guruh bo’lib yoki individual ikki soat yoki
undan ko’proq davom etadigan trenirovka mashg’uloti o’tkazishdir.
Mashg’ulot jarayonida asosan to’lqinsimon yuklamalardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo’ladi. Bunda sportchi kuchining to’g’ri taqsimlanishi mumkin bo’ladi. Shu
bilan birga sportchilar organizmiga beriladigan yuklamalar hajmi normada saqlanishiga
yordam beradi. Mashg’ulotning maqsadi va mazmuniga, mashg’ulot davriga va asosan
yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga qarab mashg’ulotning tuzilishi asosiy
uch qismdan tashkil topgan bo’lib razminka, asosiy, yakuniy qismga bo’linadi. Razminka
sportchi organizmini bo’ladigan trenirovka ishiga tayyorlaydi. U kuch kelishi asta sekin
oshib boradigan qilib maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidan iborat agarda
razminka uchun mashqlar to’g’ri tanlansa, uning foydasi kam bo’libgina emas, balki salbiy
bo’lishi ham mumkin. Asta-sekin razminka qilishni qisqa vaqtli kuchli ish bilan
almashtirib bo’lmaydi, chunki bunda sportchi tez charchab qoladi, organizmning
funksional imkoniyatlari to’la ochilishiga imkon qolmaydi. Razminkaning qancha davom
etishi ko’p jihatdan sportchining tayyorlik darajasiga, ayniqsa uning umumiy jismoniy
tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir. Odatda stayerlar razminka uchun sprintlarga nisbatan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 46
ko’proq vaqt sarflaydi. Bundan tashqari razminka vaqti havo haroratiga ham bog’liq
bo’ladi ya’ni havo harorati issiq bo’lganda razminka vaqti qisqaradi aksincha havo harorati
sovuq bo’lganda razminka vaqti uzoqroq davom etadi. Chunki organizmdagi
mushaklarning qisqarib bo’shashishi havo haroratiga bog’liq holda kechadi. Yengil
atletikachilarda razminkaning jadalligi va hajmi ham bir xil emas. U masterlarda, ayniqsa
stayerlarda yuqori , yangi boshlayotganlarda esa ozroq bo’ladi. Razminkaning yaxshi
bo’lishi va shu munosabat bilan qon aylanishi, modda almashinishi va boshqa
jarayonlarning kuchayishi uchun vaqt asta-sekinlik kerak bo’ladi. Davomli qizdiruvchi
yugurish ko’pincha keyingi mashqlarni bajarish vaqtida ko’proq talab qo’yiladigan
muskullarning guruhiga ish qobiliyatini oshirish uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.
Masalan, uloqtiruvchi yugurish vositasida tana va qo’l muskullarini yetarli darajada qizdira
olmaydi. Shuning uchun ko’pgina yengil atletikachilar yugurishdan keyin yetarli qizmagan
muskullar guruhi uchun maxsus tanlangan mashqlarni bajaradilar. Razminkaning ikkinchi
qismida yengil atletikachi mashg’ulot asosiy qismidagi birinchi trenirovka mashqini
bajarishga tayyorlabgina qolmasdan, balki o’zining yengil atletik ixtisosiga xos mashqlarni
bajarishga moyillik hosil qilishi ham kerak. Yengil atletikachining bunday moyillik hosil
qilishi fizilogik nuqtai nazardan, avvalo markaziy nerv sistemasining ishga kirishishidir.
Bunda bajarilishi kerak bo’lgan harakat strukturasi bilan harakatlantiruvchi apparat orqali
o’sha harakatni amalga oshiradigan markaziy nerv sistemasi faoliyati o’rtasida optimal
munosabat hosil qilinadi. Bu faqat nerv boshqarish nuqtai nazaridangina sozlash emas.
Markaziy nerv sistemasining tonusi ortishi ta’sirida hamma organ va sistemalarning o’sha
harakat spetsifikasiga aloqador ish qobiliyati ortadi. Masalan, yuguruvchilar va tez
yuguruvchilarda kislorod iste’mol qilish darajasi oshadi, modda almashish jarayoni
kuchayadi, harakat reaksiyasining yashirin davri kamayadi, organizm startdanoq
belgilangan sur’atda ish boshlay oladi. Yengil atletikachining texnikasi qanchalik
murakkab bo’lsa, u bo’lajak ishga shuncha yaxshi tayyorlanishi va razminkaning ikkinchi
qismiga ko’proq mashqni kiritish kerak. Masalan, uloqtiruvchilar va g’ov osharlar oldin
bir qator texnika elementlarini va maxsus mashqlarni takrorlaydilar, undan keyin
kuchlanish asta-sekin orta boradigan sinov urinishlar qilib ko’radilar. Yengil
atletikachining mahorati qanchalik yuqori bo’lsa, uning razminkasi shunchalik puxta
bo’lishi kerak.
Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qismning asosiy vazifasi shug’ullanuvchilarning har
tomonlama jismoniy va maxsus tayyorgarlik darajasini oshirishdan, ularga sport texnikasi
va taktikasini o’rgatishdan, irodaviy fazilatlarni tarbiyalashdan, kuchni, tezkorlikni,
chidamlilikni, bo’g’imlardagi harakatchanlikni va chaqqonlikni rivojlantirishdan iboratdir.
Asosiy qism mazmuni shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga, ularning yoshiga va
jinsiga, mashg’ulot davriga, yengil atletika ixtisosligiga va boshqa sabablarga qarab
o’zgaradi. Asosiy qism jismoniy mashqlarni qariyb hamma vaqt ularning nimaga
mo’ljallanganiga qarab, muayyan tartibda bajarish kerak. Texnikani o’rganish va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 47
takomillashtirishga mo’ljallangan mashqlar, razminka ketidanoq, yengil atletikachi hali
charchamagan vaqtda bajariladi. Agarda texnikani takomillashtirish ko’p kuch talab
qiladigan bo’lsa, bunday mashqlarni keyinroq bajarish ham mumkin. Texnikani
o’rganishga va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan keyin, har xil og’irliklar
bilan va og’irliksiz, gimnastik asboblarda va shu kabi kuch rivojlantiradigan maxsus
mashqlar kiritiladi. Chidamlilikni rivojlantiruvchi mashqlar mashg’ulot asosiy qismining
oxirida o’tkaziladi. Yangi boshlayotgan va tayyorgarligi yetarli bo’lmagan yengil
atletikachilar mashg’ulotidagi asosiy qism boshlanishi har doim o’rgatishga ketadi.
Tayyorgarligi yaxshi yengil atletikachilar va masterlar mashg’ulotida bu shart emas,
chunki ular texnikani takomillashtirish bilan birga, o’zlariga kerak boshqa fazilatlarni ham
rivojlantiraveradilar. Masalan qisqa masofaga yuguruvchilar anchagina tezlikda start
tezlanishi, tezlanishli yugurish, kela turib tezlanib ketish va hakozolar vositasida texnikani
takomillashtirish bialn birga tezkorlikni rivojlantiradilar, muskullar elastikligini
yaxshilaydilar, ma’lum darajada maxsus chidamlilikni ham rivojlantiradilar. Aksincha 200
metrni 2-3 marta to’liq tezlikda yugurib o’tish bilan sprinter faqat maxsus chidamlilikni
emas, balki tezkorlikni ham rivojlantiradi. Bu texnikani takomillashtirishga ham so’zsiz
ta’sir etadi.
Mashg’ulotning yakuniy qismi: mashg’ulot jarayonining asta-sekin pasaytirib,
organizmni dastlabki holatiga yaqin holatga keltirish uchun zarurdir.Yengil atletika
mashqlarida ayniqsa yugurishda yurak qon tomir sistemasiga ko’pincha juda katta talablar
qo’yiladi. Shuning uchun mashg’ulot yakuniy qismida ohista bir hil sur’atda yugurib yurib,
keyin yurishga o’tish mashg’ulotning yakunlovchi qismida eng yaxshi vosita bo’lib xizmat
qiladi. Shuningdek yakunlovchi qismda bo’shashtiradigan va yanada chuqurroq nafas
olishga yordam beradigan mashqlar bajarish tavsiya qilinadi va albatta cho’zilish
mashqlari bajarish ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu sportchining keyingi mashg’ulotga
qayta tiklanishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Olimov M.S., Shakirjanova K.T., Rafiyev H.T., To‘xtaboyev N.T., Smuriygina L.V.
va boshqalar. / Darslik. Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati. / - Toshkent, 2018 y.
2.
Olimov M.S., Soliyev I.R., Haydarov B.Sh. / Darslik. Sport pedagogik mahoratini
oshirish. – Toshkent.: 2017.
3.
Sherov.Z.T., /Yengil аtlеtikа va uni o’qitish metodikasi./ Darslik-2023
4.
Yusupov.B.B., /Sport turlarini o’rgatish metodikasi (Yengil atletika)./ Darslik- 2024.-
244
5.
www.uzathletcs.uz., O‘zbеkistоn Yengil Аtlеtikа Fеdеrаtsiyasi tаrmоg‘i
6.
www.iaaf.org., Xаlqаrо Yengil аtlеtikа Fеdеrаtsiyasi tаrmоg‘i
