Jild 73 № 1 (2025)
Maqolalar
O'RTA OSIYO XONLIKLARI O`RTASIDAGI SAVDO YO`LLARI
Annotatsiya: XIX asrda mintaqadagi uchta davlat, ya`ni Qo`qon, Xiva va Buxoro xonliklari o`rtasida o`zaro ichki va tashqi savdo yo`lga qo`yilgan bo`lib, shuningdek ularni Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya davlatlari bilan bog’lovchi savdo yo`llari ko`p asrlik savdo aloqalari jarayonida rivojlangan bo`lib, ularning eng muhimlari Buyuk ipak yo`li davridayoq shakllanib, qadimdan faoliyat ko`rsatgan.
FRAMEWORKLARNING FARQLARI AVZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Annotatsiya: shbu maqola zamonaviy dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida keng qo‘llanilayotgan framework tushunchasi, uning vazifalari, tuzilishi va turli toifadagi frameworklar o‘rtasidagi konseptual hamda funksional farqlarni chuqur tahlil qiladi. Frameworklar - bu dasturchilarga takrorlanuvchi kodlarni yozmasdan turib, tizimli, modullashtirilgan va tezkor dasturiy mahsulot yaratish imkonini beruvchi tayyor dasturlash muhitlaridir. Ushbu maqolada frontend, backend, mobil va krossplatformali frameworklarning ichki arxitekturasi, ishlash mexanizmi va qo‘llanilish kontekstidagi asosiy farqlari mukammal tarzda tahlil qilinadi.Frameworklardan foydalanish dasturchilar uchun bir qator afzalliklarni, jumladan, ishlab chiqish tezligini oshirish, kodning yagona struktura asosida yuritilishini ta'minlash, xavfsizlik va texnik xizmat ko‘rsatishdagi yengilliklarni taqdim etadi. Shu bilan birga, frameworklar bilan ishlashda vujudga keladigan ba’zi salbiy jihatlar – masalan, o‘rganishdagi murakkablik, texnik qarzning to‘planishi, mustaqillik cheklovlari va moslashuvchanlikning kamayishi – ham maqolada keng yoritiladi.
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINI MAKTAB TA’LIMIGA IJTIMOIY MOSLASHUVCHANLIGINI TAMINLOVCHI TEHNOLOGIYALAR
Annotatsiya:Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini
maktab ta’limiga ijtimoiy moslashuvchamligi shakllantirish , hamda rivojlantirishda
yordam beruvchi tehnologiyalar haqida ma’lumotlar keltrilgan.
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ В УПРАВЛЕНИИ ВЫСШИМИ УЧЕБНЫМИ ЗАВЕДЕНИЯМИ
Аннотация: Дана информация о конкретных аспектах управления системой
высшего образования в нашей стране в условиях нового развития социально-
экономического развития. Представлен анализ вопросов финансирования в
управлении организацией высшего образования, а также анализ зарубежных стран и
национальных форм обеспечения качества образования.
ELEKTROLIZ QONUNLARINING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada elektroliz jarayoni va uning qonunlari haqida
qisqacha tushuncha beriladi. Elektrolizning sanoat, tibbiyot va kundalik hayotdagi amaliy
qo‘llanilishi yoritilib, ushbu hodisaning inson faoliyatida tutgan o‘rni tahlil qilinadi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONINING ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA TASHKIL ETILISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida ta’lim va tarbiya
jarayonining ahamiyati, o‘qituvchining roli hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar
haqida fikr yuritiladi. Innovatsion metodlar, axborot texnologiyalarining joriy etilishi va
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni yoritiladi.
ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА В ТЕХНИЧЕСКИХ ВУЗАХ В УСЛОВИЯХ СОВРЕМЕННОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация: В статье рассматриваются актуальные проблемы преподавания
русского языка в технических вузах в условиях цифровизации и образовательных
реформ. Анализируются трудности, связанные с интеграцией языка и
профессиональных дисциплин, многоязычной аудиторией, а также нехваткой
адаптированных учебных материалов. Особое внимание уделено необходимости
внедрения интегративных методик, цифровых технологий и билингвального
подхода.
BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING KREATIV TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH (3-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning kreativ tafakkurini shakllantirish bugungi ta’lim jarayonining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kreativ tafakkur – bu yangi va original fikrlar yaratish, muammolarga noodatiy yondashish, mantiqiy va tanqidiy fikrlashni uyg‘unlashtirish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda, ularning tafakkurini rivojlantirish uchun maxsus pedagogik yondashuvlar va metodlar qo‘llanilishi zarur. Matematika darslari esa aynan shu kreativ tafakkur va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun eng qulay maydon hisoblanadi.
ANALITIK GEOMETRIYADA IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR TALQINI
Annotatsiya: Mazkur maqolada ikkinchi tartibli sirtlarning turlari va ularning analitik ifodalari yoritilgan. Asosiy e’tibor konus,silindr,ellipsoid, giperboloid, paraboloid kabi sirtlarga qaratilgan. Har bir sirtning tenglamasi, geometrik shakli va grafik ko‘rinishi tahlil qilingan. Maqolada sirtlarning klassifikatsiyasi va ularni farqlash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Amaliy masalalarda bunday sirtlarning muhimligi, xususan, fizika va muhandislikda qo‘llanilishi bayon etilgan. Har bir sirt uchun misollar keltirilib, ularning grafik tasvirlari orqali tushunishni osonlashtirishga harakat qilingan. Maqola geometriya va analitik geometriya fanlarini o‘rganayotgan talabalar uchun foydalidir. U nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarni ham o‘z ichiga oladi.
MASOFADAN BOSHQARUVCHI SODDA MASHINA QISMLARINI YIG‘ISH VA UNI DASTURLASH
Ushbu maqola masofadan boshqariladigan sodda mashina yaratish va uni dasturlash jarayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy elektronika va dasturlash asosida qurilgan prototipning texnik jihatlarini yoritadi. Qurilma oddiy komponentlar - Arduino UNO mikrokontrolleri, L298N motor driveri, ikkita DC motor, HC-05 Bluetooth moduli hamda mobil qurilma orqali boshqariladi. Loyihaning asosiy maqsadi—o‘quvchilarda mikrokontrollerlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, dasturlash orqali real obyektni boshqarish tajribasini berish, hamda STEM yo‘nalishidagi ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni mustahkamlashdir. Qurilma mobil telefon yordamida Bluetooth orqali buyruqlar yuborish orqali boshqariladi. Maqolada mashinaning sxematik tuzilishi, komponentlar tanlovi, Arduino muhitida yozilgan dastur kodi va tajriba davomida olingan natijalar batafsil tahlil qilinadi. Mazkur ish ta’limiy muassasalarda, ayniqsa informatika va fizika fanlari bo‘yicha darslarda laboratoriya mashg‘ulotlari uchun qo‘llanilishi mumkin.
UMUMTA’LIM MAKTABLARINING CHET TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY O‘QITISH METODLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining chet tili (nemis tili) darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Interaktiv metodlar, CLT (Communicative Language Teaching), task-based learning, audio-lingual yondashuv va boshqa ilg‘or strategiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muloqotga kirishishiga turtki berish va real hayotiy vaziyatlarda chet tilidan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, mobil ilovalar va raqamli resurslarning o‘rni va ahamiyati ham yoritilgan.
JOOMLA, WORDPRESS VA DRUPAL CMS LARINING ASOSIY FUNKSIYALARI
MANTIQIY ELEMENTLAR
TARMOQ OPERATSION TIZIMLARI VA ULARNING WINDOWS SERVER OT OILASI MISOLIDA TAHLILI
Annotatsiya. Mazkur tezisda tarmoq operatsion tizimlarining asosiy vazifalari va ularning tarmoq infratuzilmasidagi o‘rni Windows Server OT oilasi misolida tahlil etiladi. Tarmoqda foydalanuvchilar va resurslarni boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, tarmoq xizmatlarini sozlash va nazorat qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Windows Server 2012 dan boshlab 2022 versiyasigacha bo‘lgan tizimlarning funksional imkoniyatlari, real amaliyotda qo‘llanishi va ularning afzalliklari chuqur o‘rganiladi.
FAYL TIZIMI VA UNING VAZIFALARI
UZATUVCHI MUHITLAR VA KANALNING O‘TKAZUVCHANLIK QOBILIYATI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY JIHATLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada axborotni uzatishda ishtirok etadigan uzatuvchi muhitlar va uzatish kanallarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati tahlil qilinadi. Fizik va nofizik muhitlarning turlari, ularning xossalari, signal uzatishdagi yutqizishlar, tarmoqlarda qo‘llanilishi va samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kanal o‘tkazuvchanligiga ta’sir etuvchi parametrlar, Shennonning asosiy formulasi va amaliy misollar asosida tahlil beriladi.
TARMOQLARARO ALOQA QILISH PRINSIPLARI VA ULARNING ZAMONAVIY IT TIZIMLARIDAGI ROLI
Ushbu maqolada zamonaviy IT infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lgan tarmoqlararo aloqa qilish prinsiplari keng yoritilgan. Xususan, OSI (Open Systems Interconnection) va TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) modellaridagi qatlamli arxitektura asosida tarmoqlar qanday bog‘lanishi, ma’lumotlar qanday uzatilishi va xavfsizlik qanday ta’minlanishi chuqur tahlil qilingan. Tarmoqlararo aloqa texnologiyalarining ishlash mexanizmlari — masalan, IP manzillash, marshrutlash, NAT, DHCP, ARP kabi asosiy komponentlar va ularning o‘zaro aloqasi tushuntirib berilgan. Ayniqsa, VPN, xavfsizlik devorlari (firewall), autentifikatsiya, shifrlash kabi xavfsizlik texnologiyalarining qo‘llanilishi yoritiladi. Bundan tashqari, IoT (Internet of Things) qurilmalari va bulutli xizmatlarda tarmoqlararo aloqa protokollarining qanday ishlashi real misollar asosida bayon etilgan. Yana bir muhim jihat — Software Defined Networking (SDN) kabi zamonaviy yondashuvlarning ushbu jarayonni yanada soddalashtirishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu tadqiqot, axborot almashinuvi, tarmoq xavfsizligi va xizmatlarni optimallashtirishda tarmoqlararo aloqa prinsiplari naqadar muhimligini asoslaydi.
PHP VA OBYEKTGA YO'NALTIRILGAN DASTURLASH
WEB SERVERLARNING ISHLASH TAMOYILLARI
SPORTCHILARDA START OLDI HOLATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada sportchilarning start oldi holatlaridagi psixologik xatti-harakatlari, psixik taranglik va hayajon darajalari, ularning sabab va oqibatlari hamda bu holatlarni yengishga qaratilgan psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Muallif start holatining sportchilarning jismoniy va psixik holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qiladi hamda sportchi shaxsida o‘zini boshqarish, e’tibor va motivatsiya tizimlarining start holatlaridagi roli yoritiladi.
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ARIFMETIKA RIVOJIDA QO'SHGAN HISSASI
Annotatsiya: Sharq mutafakkirlarining arifmetika rivojida qo‘shgan hissasi insoniyat tarixida ilm-fanning rivojlanishida muhim bosqichlardan biri sifatida qaraladi. Ular o‘z davrlarida matematikani chuqur o‘rganib, uni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Arifmetika, ya'ni sonlar bilan amallar bajarish san'ati, Sharq olimlari tomonidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu rivojlanish nafaqat matematikaning o‘ziga, balki boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlarga ham ta'sir ko‘rsatdi.
ZAMONAVIY O’ZBEK ADABIY TILINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Annotatsiya : Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiy tilining shakllanish jarayoni va uning tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Avvalo, o‘zbek adabiy tilining ildizlari – qadimgi turkiy yozma yodgorliklardan boshlab, Alisher Navoiy davridagi Chigʻatoy tilidagi adabiyot namunalari yoritiladi. Shuningdek, jadid adabiyoti va sovet davridagi til islohotlari, mustaqillikdan so‘ng o‘zbek tilining rivoji, lug‘aviy boyish jarayonlari hamda uslubiy imkoniyatlarining kengayishi haqida fikr yuritiladi. Maqolada adabiy tilning norma, uslub, fonetika, leksika va sintaksis kabi jihatlari ham ko‘rib chiqilib, uning xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot tilshunoslik nuqtayi nazaridan yozilgan bo‘lib, o‘zbek tilining taraqqiyotiga oid asosiy bosqichlarni ilmiy asosda ko‘rsatib beradi.
GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI VA UNING BUTUN DUNYOGA TA'SIRI
Annotatsiya: Global iqlim o‘zgarishi insoniyat tarixidagi eng murakkab va keng qamrovli muammolardan biri hisoblanadi. Bu hodisa yer yuzasining o‘rtacha haroratining uzoq muddat davomida o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan inson faoliyati natijasida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari miqdorining oshishi sabab yuzaga kelmoqda. Bu jarayon nafaqat tabiatga, balki inson jamiyati, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, siyosat va madaniyatga ham keng ko‘lamda ta’sir ko‘rsatmoqda.
O’ZBEK TILIDA SO’Z TURKUMLARI ANIQLANISHIDA KORPUS YONDASHUVI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o’zbek tilidagi so‘z turkumlarini aniqlashda korpus lingvistikasi yondashuvining imkoniyatlari va afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy grammatik tahlil metodlari bilan korpus asosidagi avtomatik tahlil usullari solishtiriladi.
SPORTCHILARNING MUSOBAQALARDA STRESSGA PSIXOLOGIK MOSLASHUVI
Ushbu maqola sportchilarning musobaqalarda stressga psixologik moslashuvi masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada musobaqalarda stressning kelib chiqish sabablari, psixologik moslashuv strategiyalari va sport psixologiyasining roli muhokama qilinadi. Shuningdek, sportchilarning stressni boshqarishda foydalanishi mumkin bo‘lgan vizualizatsiya, nafas olish texnikalari va diqqatni boshqarish kabi usullar haqida ma’lumot beriladi. Maqola sportchilar va murabbiylarga psixologik barqarorlikni oshirishda amaliy maslahatlar taqdim etadi.
ВЛИЯНИЕ КУЛЬТУРЫ НА ФОРМИРОВАНИЕ СПОРТИВНОГО МЕНТАЛИТЕТА: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ЗАРУБЕЖНОГО И УЗБЕКСКОГО ИССЛЕДОВАНИЙ
В статье рассматривается влияние культурного контекста на формирование менталитета спортсменов. На основе анализа зарубежной и узбекской спортивной практики раскрыта роль психологической подготовки в достижении высоких результатов. Уделено внимание таким аспектам, как мотивация, эмоциональная устойчивость, мышление победителя. Показано, что развитие менталитета связано не только с индивидуальными качествами спортсмена, но и с влиянием тренерской среды, семьи и национальных традиций. Работа основана на современных исследованиях в области спортивной психологии. Сделан вывод о необходимости более активного внедрения психологической подготовки в систему спортивного образования Узбекистана.
SPORTCHILARNING EMOTSIONAL BARQARORLIGINI OSHIRISHDA SPORT PSIXOLOGIYASINING O‘RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada sportchilarning emotsional barqarorligini shakllantirishda sport psixologiyasining o‘rni, uning tarixiy rivojlanishi, amaliy ahamiyati hamda jamoaviy sport turlarida tutgan o‘rni yoritilgan. Shuningdek, sportchilar uchun emotsional barqarorlikning zaruriy jihatlari, stressni boshqarish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan.
MUVAFFAQIYATNI PSIXOLOGIK JIHATDAN QABUL QILISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada sport sohasida muvaffaqiyatni psixologik jihatdan qanday qabul qilinishi tahlil qilinadi. O‘zbek va xorijiy olimlarning qarashlari asosida sportdagi muvaffaqiyatning individual, ijtimoiy va ruhiy omillari yoritiladi. Shuningdek, muvaffaqiyatning nisbiyligi, ichki motivatsiya, ijtimoiy e’tirof va shaxsiy mezonlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.
MOBIL ALOQA STANDARTLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mazkur maqolada mobil aloqa texnologiyalarining tarixiy rivojlanish jarayoni, ya’ni 1G’dan 5G’gacha bo‘lgan avlodlar bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Har bir avlodning asosiy texnik xususiyatlari, ularning aloqa sifati, ma’lumot uzatish tezligi, xavfsizlik darajasi va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganiladi. 5G texnologiyasi orqali sun’iy intellekt, aqlli qurilmalar (IoT), masofaviy xizmatlar, tibbiy monitoring, aqlli shahar infratuzilmasi kabi ilg‘or sohalarda qanday yechimlar joriy etilayotgani yoritiladi. Tarmoq arxitekturasi, signal uzatish texnologiyalari, autentifikatsiya va shifrlash mexanizmlari haqidagi batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Mobil aloqa texnologiyalarining kundalik hayotdagi va iqtisodiy sohalardagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi.
MUVAFFAQIYATLI SPORTCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada muvaffaqiyatli sportchilarning asosiy psixologik xususiyatlari – o‘ziga ishonch, stressni boshqarish, diqqatni jamlash, ichki motivatsiya va emotsional barqarorlik kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, psixologik tayyorgarlikning musobaqalardagi natijalarga ta’siri, psixologik trening va ruhiy chidamlilikni shakllantirish usullari haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari sportchilarni har tomonlama rivojlantirishda psixologik yondashuvning ahamiyatini ko‘rsatadi.
SPORTDA INDIVIDUAL FAOLIYATNING PSIXOLOGIK USLUBI
Annotatsiya: Ushbu maqola sportda individual faoliyatning psixologik uslubini o‘rganadi. Psixologik uslubning turlari, shakllanish omillari va sportdagi amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Temperament, motivatsiya va qaror qabul qilish usullariga asoslangan psixologik uslub sportchining musobaqa va mashg‘ulotlardagi xatti-harakatlarini belgilaydi. Maqola psixologik uslubni rivojlantirish usullari, stressni boshqarish va jamoaviy sportdagi rolini yoritadi. Zamonaviy texnologiyalar va psixologik treninglarning uslubni optimallashtirishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.
MIHALIY CSIKSZENTMIHALYI SPORTDA OQIM HOLATI PSIXOLOGIK NAZARIYASI
Annotatsiya Maqola Mihaly Csikszentmihalyi tomonidan ishlab chiqilgan oqim holati (flow state) psixologik nazariyasini sport kontekstida tahlil qiladi. Oqim holati – insonning faoliyatga to‘liq berilib, vaqt va atrof-muhitni unutib, eng yuqori samaradorlikka erishadigan psixologik holatdir. Maqolada nazariyaning asosiy tamoyillari, sportdagi ahamiyati, oqim holatiga erishish shartlari va uni amaliyotda qo‘llash strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Sportchilarning muvaffaqiyatida oqim holatining roli, psixologik barqarorlik va ichki motivatsiyani oshirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy misollar va tadqiqotlar asosida nazariyaning sport psixologiyasidagi o‘rni muhokama qilinadi.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ ПЕРЕД СОРЕВНОВАНИЯМИ
Аннотация: В данной статье рассматриваются психологические особенности волейболистов перед соревнованиями. Анализируются такие важные аспекты, как стресс, мотивация, уверенность в себе и уровень концентрации. Рассматривается влияние психологического состояния на результаты соревнований, а также предлагаются практические рекомендации по улучшению психоэмоциональной подготовки спортсменов.
SPORTDA IJOBIY VA SALBIY STRESNING SPORTCHI PSIXIKASIGA TASIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada sportchilarning psixikasiga ta’sir etuvchi stress holatlari – ijobiy (eustress) va salbiy (distress) omillar tahlil qilinadi. Sport faoliyatidagi psixologik bosimlar, musobaqa oldi hayajoni, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatdan kelib chiqadigan ruhiy holatlar sportchining umumiy ruhiy salomatligiga qanday ta’sir qilishi yoritiladi. Shuningdek, stressga qarshi kurashish usullari va sportchilarning psixologik barqarorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi
SPORTCHILARDA O’ZIGA BO’LGAN ISHONCHNI TA’MINLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Maqola sportchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish va mustahkamlashning psixologik xususiyatlarini yoritadi. Sport psixologiyasi nuqtai nazaridan o‘ziga ishonchning ahamiyati, uni shakllantiruvchi omillar (oldingi muvaffaqiyatlar, bilvosita tajriba, ijtimoiy rag‘batlantirish, fiziologik holat) va rivojlantirish usullari (maqsad belgilash, vizualizatsiya, ijobiy o‘z-o‘zini gapirish) tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘ziga ishonchga to‘sqinlik qiluvchi omillar va murabbiylarning bu jarayondagi roli muhokama qilinadi. Maqola sportchilarning psixologik barqarorligi va muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi asosiy jihatlarni ko‘rib chiqadi.
ZO’R BERISHNING SPORT FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqola irodaviy zo‘r berishning sport faoliyatidagi ahamiyatini o‘rganadi. Irodaviy zo‘r berish sportchilarning motivatsiyasi, intizomi va psixologik barqarorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada sportchilarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishda iroda kuchi qanday ta’sir qilishi, shuningdek, uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishda uning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, irodaviy zo‘r berishni rivojlantirish usullari va uning sportdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi
BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’QISHGA BO’LGAN QIZIQISHNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish usullari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi – bu o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishidagi eng muhim davr bo‘lib, aynan shu bosqichda ularda bilim olishga nisbatan ijobiy munosabatni rivojlantirish zarur. Maqolada qiziqishning pedagogik-psixologik asoslari, yosh xususiyatlari va o‘qituvchining roli tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlar, didaktik o‘yinlar, vizual vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga oid amaliy tavsiyalar berilgan. Maqola o‘qituvchilar, metodistlar va pedagogika sohasida izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
QISHLOQ TURIZMI EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq turizmi va ekoturizmning rivojlanishidagi o‘rni, ahamiyati va istiqbollari batafsil tahlil qilinadi. Qishloq hududlarining tabiiy resurslari, ekologik muhit va madaniy merosi asosida barqaror turizmni tashkil etish muhimdir. Ekoturizm nafaqat atrof-muhitni saqlashga, balki mahalliy aholining iqtisodiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Mahalliy aholi turizm jarayonlarida faol ishtirok etib, o‘z madaniyati va an’analarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ladi. Maqolada O‘zbekiston qishloq joylaridagi ekoturizm salohiyati, mavjud infratuzilma, eko-marshrutlar yaratish va mahalliy mahsulotlar asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari batafsil yoritilgan. Xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribalari asosida takliflar va tavsiyalar berilgan. Qishloq turizmi va ekoturizm o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, shuningdek, ularning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati keng muhokama qilingan. Shu yo‘l bilan barqaror rivojlanish va mahalliy iqtisodiyot mustahkamlanishiga erishish mumkinligi ta’kidlangan.
DEEPFAKE TEXNOLOGIYASI: AXBOROTNING ISHONCHLILIGI MUAMMOSI BU
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning salbiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan deepfake texnologiyasi va uning axborot ishonchliligiga ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta video va audio kontentlar orqali jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish, noto‘g‘ri axborot tarqatish va ishonchli manbalarni so‘roq ostiga olish holatlari ko‘paymoqda. Ayniqsa, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda bunday texnologiyalar xavfsizlik tahdidi sifatida qaralmoqda. Maqolada deepfake texnologiyasining ishlash prinsipi, uni aniqlash usullari, global va milliy darajadagi axborot siyosatiga ta’siri, shuningdek, media savodxonlik va axborot xavfsizligini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Tadqiqotda ilmiy tahlil, real misollar va statistik ma’lumotlar asosida muammo chuqur yoritilgan. Maqola, axborot sohasidagi xodimlar, OAV vakillari, tadqiqotchilar va keng jamoatchilik uchun foydali bo‘lishi mumkin.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ZAMONAVIY TURIZMDA: VIRTUAL SAYOHATLAR VA ULARNING IQTISODIY TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning zamonaviy turizmga ta’siri yoritilgan. Virtual reallik (VR), kengaytirilgan reallik (AR) va sun’iy intellekt (AI) yordamida shakllanayotgan virtual sayohatlar haqida so‘z yuritiladi. Ularning afzalliklari, iqtisodiy imkoniyatlari, xavfsizlik va ekologik barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtual turizmning mahalliy va global darajadagi foydalari, muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Mazkur texnologiyalar orqali turizmning inklyuziv va innovatsion shakllari rivojlanmoqda. Tadqiqot natijalari virtual sayohatlarning turizm sohasidagi rolini kengroq tushunishga yordam beradi.
ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA YOSHLAR ISHTIROKI: IMKONIYATLAR VA TASHABBUSLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada ichki turizm sohasida yoshlarning faolligi va ularning rivojlanishga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Yoshlarning yangi tashabbuslari va innovatsion g‘oyalari ichki turizmni jonlantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada yoshlarning imkoniyatlari, turizm sohasidagi muammolari va ularni hal etish yo‘llari o‘rganiladi. Shuningdek, yoshlarni turizmga jalb qilish uchun davlat va jamoat tashkilotlarining roli, mintaqaviy rivojlanish va madaniy merosni saqlashdagi ahamiyati ta’kidlanadi. Ichki turizmni rivojlantirishda yoshlarning ishtiroki mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi xulosasi chiqariladi.
THE IMPACT OF SOCIAL MEDIA AND TECHNOLOGY ADDICTION ON MENTAL HEALTH
Abstract: In today's digital age, the use of social media and technology has become an integral part of daily life. While these advancements offer many benefits, such as instant communication and access to information, they also pose serious risks when overused. This article explores the psychological effects of addiction to social media and technology, emphasizing the importance of balance in digital consumption for the sake of mental well-being.
CURVATURE OF SPACE AND TIME IN A STRONG GRAVITATIONAL FIELD
Annotation: This article explores the curvature of space and time under the influence of strong gravitational fields as predicted by Einsteins general theory of relativity. We analyze how massive bodies distort the geometry of spacetime, especially in regions surrounding black holes and neutron stars. By reviewing key literature, applying mathematical modeling, and interpreting the consequences through astrophysical observations, the article outlines the theoretical and observable implications of spacetime curvature in extreme gravity environments.
VALYUTA KURSI O‘ZGARISHINING IJOBIY VA SALBIY OQIBATLARI
THE POWER OF SETTING GOALS FOR PERSONAL GROWTH
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsiy rivojlanishda maqsad qo‘yishning ahamiyati, uning inson hayotidagi o‘rni va ijobiy ta’siri tahlil qilinadi. Maqsad insonni tartibga soladi, unga ruhiy barqarorlik va ishonch bag‘ishlaydi. Maqola davomida maqsadlar qanday belgilanishi, ular orqali qanday natijalarga erishish mumkinligi misollar bilan tushuntirilgan. Shuningdek, orzu va maqsad o‘rtasidagi farq yoritilib, harakat va o‘sishga undovchi ruhiy motivatsiya beriladi.
2025-YILGI YASHIL TEXNOLOGIYALAR: EKOLOGIK TOZA INNOVATSIYALAR SHARHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada 2025-yilda yashil texnologiyalar sohasida kuzatilayotgan ilg‘or ekologik innovatsiyalar tahlil qilinadi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh va shamol energiyasidan foydalanishning kengayishi, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha texnologik yondashuvlar, bioplastikalar va chiqindisiz ishlab chiqarish tizimlari muhokama etiladi. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda karbonsizlantirish strategiyalari va aqlli ekologik tizimlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada, yashil texnologiyalar orqali resurslarni tejash va atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish imkoniyatlari yoritiladi. Ekologik barqarorlikni ta’minlashda davlat siyosati, xususiy sektor tashabbuslari va xalqaro hamkorlikning o‘rni alohida o‘rganiladi. Ushbu sharh zamonaviy ekologik muammolarga innovatsion yondashuvlar orqali yechim topish zarurligini asoslab beradi.
IJTIMOIY TARMOQLAR VA YOSHLAR MULOQOT MADANIYATINING O’ZGARISHI
Annotatsiya: Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar o‘rtasidagi muloqot madaniyatiga ta'sirini o‘rganadi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallaydi va muloqot uslublarini, hissiy ifodalashni va o‘zaro aloqalarni o‘zgartirishi mumkin. Maqolada, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Yoshlar muloqoti va h komunikatsiya madaniyati o‘rtasidagi o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlarning ta'lim va ijtimoiy ishlar uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etishi haqida ham fikr yuritiladi.
ONA TILI DARSLARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslarining yosh avlodda nutq madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Nutq madaniyati tushunchasi, uning muloqot jarayonidagi roli hamda shaxsning ijtimoiy hayotidagi ta’siri keng yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda ona tili darslarining metodik imkoniyatlari, interaktiv yondashuvlar va adabiy til me’yorlariga amal qilishga oid usullar tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonlarida qo‘llaniladigan amaliy mashg‘ulotlar, bahs-munozaralar, matnli ishlanmalar va ijodiy topshiriqlarning nutq madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqolada ona tili o‘qituvchisining roli, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va nutqiy faollikni oshirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
INGLIZ TILINI ERKIN EGALLASHDA IBORALAR VA MAQOLLARNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Iboralar va maqollar ingliz tilining ajralmas qismlaridan bo‘lib, nutqni boyitadi, madaniy qadriyatlarni aks ettiradi va tilni erkin egallashga yordam beradi. Ushbu ilmiy ishda iboralar va maqollarning lingvistik xususiyatlari, ularning madaniy ahamiyati va muloqot qobiliyatini oshirishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘rganuvchilarning duch keladigan qiyinchiliklari va iboralarni samarali o‘rgatish bo‘yicha amaliy usullar haqida so‘z boradi.
YANGIQO‘RG‘ON SUV OMBORIDAGI MINORALI TURDAGI QUVURLI TUB SUV CHIQAZGICH
Annotatsiya: So‘ngi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda
TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKADA FOYDALANILADIGAN O‘SIMLIKLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada tibbiyot va farmasevtika sohasida dorivor o’simliklarning tutgan o’rni, ularning biologic va farmakologik xususiyatlari eng ko’p qo’llaniladigan turlari, ulardan dori vositalarini tayyorlash texnologiyasi va ekologik muammolari yoritilgan. Shuningdek, dorivor o’simliklarning sanoatdagi ahamiyati, O’zbekistonda ularni yetishtirish imkoniyatlari va ehtiyot choralari tahlil qilinadi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNING O‘RNI
YENGIL ATLETIKACHILAR MASHG’ULOTINING TUZILISHI VA REJALASHTIRISH ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Yengil atletikachilarning mashg’ulot jarayonining tuzilishi va rejalashtirilishi to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tilgan va albatta yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga e’tibor bergan holda mashg’ulot qismlarida yuklamalarning hajmi o’zgarishi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan.
O‘ZBEK MILLIY KURASHIDA MOTIVATSIYANING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbek milliy kurashida motivatsiyaning individual xususiyatlarini o‘rganadi. Maqolada sportchilarning ichki va tashqi motivatsiya omillari, shaxsiy maqsadlar, milliy qadriyatlar, psixologik barqarorlik va ijtimoiy muhitning kurashchilarning muvaffaqiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, motivatsiyani oshirish usullari, masalan, aniq maqsadlarni belgilash, psixologik tayyorgarlik va murabbiylar bilan ishlash kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Maqola O‘zbek milliy kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, sportchilarning individual motivatsion ehtiyojlarini tushunish va rivojlantirishga qaratilgan.
JAVASCRIPT KUTUBXONALARI VA FRONT-END FREYMVORKLARI
BIOLOGIYA FANIDA YANGI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH, LABORATORIYADA INSON AʼZOLARINI MODELLASHTIRISH
Annotatsiya: Biologiya fanida yangi texnologiyalarni qo‘llash, ayniqsa inson aʼzolarini laboratoriyada modellashtirish sohasida, ilm-fanning eng dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Bu yo‘nalish inson organizmining murakkab tuzilishlarini chuqurroq o‘rganish, kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, shuningdek, dori vositalarining samaradorligini baholash va yangi davolash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu bois, zamonaviy biologiya va tibbiyotda laboratoriyada inson aʼzolarini modellashtirish texnologiyalari katta ahamiyat kasb etmoqda.
GOʻDAKLIK DAVRIDA BOLA RIVOJLANISHI
Annotatsiya: Ushbu maqolada goʻdaklik davrida (0–1 yosh) bolaning jismoniy, psixologik, kognitiv va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Goʻdaklik davri bolaning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‘lib, bu bosqichda harakatlanish, his-tuyg‘ularni ifodalash, nutqning ilk shakllari, shuningdek, atrof-muhit bilan o‘zaro munosabat shakllanadi. Maqolada go‘dakning asosiy ehtiyojlari, tashqi muhit ta’siri va ota-ona mehrining ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot bolaning erta rivojlanishini chuqur tushunish va sog‘lom psixik shakllanishiga xizmat qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan.
JAVA DASTURLASH TILINING ASOSIY TUSHUNCHALARI: TILING TASHKIL ETUVCHILARI, PRIMITIV TURLAR, OPERATORLAR VA MASSIVLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada Java dasturlash tilining asosiy tushunchalari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Dastlab tilning strukturaviy asoslari — sinflar, metodlar, obʼektlar va paketlar koʻrib chiqildi. Shundan soʻng, Java tilining statik va kuchli tiplangan tip tizimi doirasida primitiv maʼlumot turlari va ularning samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, operatorlarning algoritmik roli va ular yordamida mantiqiy qarorlar ishlab chiqish imkoniyatlari oʻrganildi. Yakunda massivlarning tuzilmasi, ularning samarali foydalanilishi va hisoblash algoritmlaridagi oʻrni chuqur yoritildi. Maqola davomida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan mustahkamlandi, hamda dasturiy komponentlarning ilmiy va tizimli yondashuv asosida baholanishiga alohida eʼtibor qaratildi.
BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLAR
Ushbu maqolada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, pedagogik va texnologik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Ilmiy asosda yondashilgan holda, amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar ilgari surilgan.
KICHIK BIZNESDA RISKLARNI BOSHQARISH VA UNING STRATEGIYASI
Mazkur maqolada milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faol bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini faoliyatini oshirish xamda xorij tajribalarini qo'llash mamlakatimizda. Bugungi davrda davlatimiz tomonidan kichik va o'rta biznesga juda katta imkoniyatlar berilyapti. 2024 yilni Yoshlar va biznesni qo'llab quvatlash yili deb elon qilindi. Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishda katta axamiyat berilmoqda.
SPORTCHILARDA DIQQAT KONSENTRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA SPORTCHILARDA O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCHNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqola sportchilarda diqqat konsentratsiyasini rivojlantirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda diqqatning turlari, ularning sportdagi ahamiyati va rivojlantirish usullari (meditatsiya, vizualizatsiya, muntazam mashg‘ulotlar) tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘ziga ishonchni oshirish yo‘llari, jumladan, maqsad belgilash, ijobiy o‘z-o‘zini sukut qilish va psixologik yordam kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Maqola diqqat va ishonchni birgalikda rivojlantirishning amaliy usullarini taklif qiladi va ularning sportchilarning muvaffaqiyatiga ta’sirini yoritadi.
SPORT FAOLIYATIDA MOTIVATSIYANING O‘RNI
Ushbu maqolada sport faoliyatida motivatsiyaning ahamiyati, uning sportchilarning psixologik tayyorgarligi va natijalarga erishishidagi roli chuqur tahlil qilinadi. Ichki va tashqi motivatsiya turlari, ularning sportchilarga ta’siri, motivatsiyani oshirish usullari, shuningdek, murabbiy va ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotda motivatsiya nazariyalari asosida sportchilarning ruhiy barqarorligi, intilish kuchi va muvaffaqiyatga erishishdagi asosiy omillar yoritiladi. Maqola sportchilar, murabbiylar hamda sport psixologlari uchun foydali nazariy va amaliy tavsiyalarni beradi.
BALOG‘AT ILMI BORASIDA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqola balog‘at ilmi borasida olib borilga hozirgi kundagi tadqiqotlar va ularni qadimgi zamonda yozilgan balog‘at borasidagi asarlardan farqlari bayon qilinib, orasidagi farqlar tahlil qilinib, hozirgi kunda bu ilmni boshqa soxalarda qanday qo‘llanilishi ham yoritib o‘tilgan.
SPORTDA SHAXS SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola sportning shaxs shakllanishidagi ijtimoiy va psixologik jihatlarini o'rganadi. Unda sport orqali o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, intizom, mas'uliyat, stressni boshqarish, jamoaviy hamkorlik va ijtimoiy munosabatlar kabi masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sportning yoshlar rivojlanishidagi ahamiyati, ota-onalarning roli va mumkin bo'lgan salbiy ta'sirlar ko'rib chiqiladi. Maqola sportning shaxsiyat rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta'sirlarini muvozanatli tarzda yoritadi.
XXI ASRDA MALAKALI O‘QITUVCHI QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Annotatsiya: ushbu maqola hozirgi kundagi dolzarb kasblardan biriga aylangan oʻqituvchilik faoliyati haqida soʻz yuritadi. Bilamizki, 21- asrga kelib, fan va texnologiya yuqori darajada rivojlandi va sun'iy Intellektning ommalashuvi barcha soha jumladan ta'lim sohasi vakillaridan ham har tomonlama yetuk va raqobatdosh boʻlishni talab qilmoqda. Ushbu maqola pedagogik faoliyat rahbarlarining yangi texnologiyalar sharoitida qanday choralar ko‘rishi zarurligi va zamonaviy ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish yo‘llarini o‘rganadi.
DIODLAR VA LED CHIROQLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola diodlar va LED (yorug‘lik chiqaruvchi diodlar) chiroqlarning tuzilishi, ishlash prinsipi, turlari, qo‘llanilish sohalari va zamonaviy yo‘nalishlari haqida keng qamrovli ma’lumot beradi. Diodlarning asosiy xususiyatlari, LED texnologiyasining afzalliklari, amaliy qo‘llanilishi va kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola oddiy tilda yozilgan bo‘lib, talabalar, muhandislar va texnologiyaga qiziqqan keng o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Diod va LED’larning zamonaviy elektronika va yoritish sohasidagi ahamiyati, shuningdek, yangi texnologiyalarga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
MASOFADAN BOSHQARILUVCHI SODDA MASHINA QISMLARINI YIG‘ISH VA UNI DASTURLASH
Annotatsiya (O‘zbekcha): Ushbu maqola masofadan boshqariluvchi sodda mashina qismlarini yig‘ish va uni dasturlash jarayonini batafsil yoritadi. Mashinaning asosiy qismlari, ularning vazifalari, yig‘ish bosqichlari va dasturlash usullari tahlil qilinadi. Maqola Arduino mikrokontrolleri asosida mobil ilova orqali boshqariladigan robot yig‘ish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar beradi. Talabalar va muhandislikka qiziqqan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan ushbu maqola sodda robototexnika loyihalarining ahamiyatini ko‘rsatadi.
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI MAZMUNI VA MOHIYATI
Annotatsiya:Ushbu maqolada PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari va ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan. PIRLS dasturi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasini xalqaro miqyosda baholash orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada dastur doirasida olib boriladigan tadqiqotlar, baholash mezonlari hamda natijalarning tahlili orqali davlatlar ta’lim siyosatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
PISA BAHOLASH TIZIMINING XALQARO TA’LIM SIFATINI ANIQLASHDAGI ROLI
Annotatsiya: Mazkur maqolada PISA xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, uning xalqaro ta’lim standartlarini shakllantirishdagi o‘rni va ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Ayniqsa, PISA natijalarining xalqaro ta’lim tizimlari uchun qanday ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qilishi va O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani chuqur o‘rganiladi.
BYUDJET SIYOSATINING IJTIMOIY-IQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlatning byudjet siyosati va uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi. Byudjet siyosatining tarkibi, maqsadlari, fiskal tartibot, ijtimoiy himoya va iqtisodiy o‘sishga qo‘shadigan hissasi nazariy va amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasida byudjet siyosati orqali barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.