Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 22
IJTIMOIY TARMOQLAR VA YOSHLAR MULOQOT
MADANIYATINING O’ZGARISHI
Umaraliyeva Santalatxon Ilyamin qizi
ADCHTI Ingliz tili va adabiyoti talabasi
Yaqubjonova Ro'zixon Mirkomil qizi
ADCHTI,ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar o‘rtasidagi muloqot
madaniyatiga ta'sirini o‘rganadi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning ijtimoiy hayotida muhim
o‘rin egallaydi va muloqot uslublarini, hissiy ifodalashni va o‘zaro aloqalarni o‘zgartirishi
mumkin. Maqolada, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy, psixologik va madaniy
jihatlari ko‘rib chiqiladi. Yoshlar muloqoti va h komunikatsiya madaniyati o‘rtasidagi
o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlarning ta'lim va ijtimoiy ishlar uchun qanday imkoniyatlarni
taqdim etishi haqida ham fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar
: ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar, muloqot madaniyati, kommunikatsiya,
ijtimoiy aloqalar, hissiy ifoda, onlayn platformalar, psixologiya, madaniyat.
Аннотация
:Данная статья изучает влияние социальных сетей на культуру
общения среди молодежи. Социальные сети занимают важное место в социальной
жизни молодежи и могут изменять стили общения, эмоциональное выражение и
взаимодействие. В статье также рассматриваются социальные, психологические и
культурные аспекты социальных сетей. Обсуждаются изменения в общении
молодежи и культуре коммуникации, а также возможности, которые социальные
сети предоставляют для образования и социальной работы.
Ключевые слова
:социальные сети, молодежь, культура общения,
коммуникация, социальные отношения, эмоциональное выражение, онлайн-
платформы, психология, культура.
Annotation
:This article examines the impact of social networks on the
communication culture among youth. Social networks play a significant role in the social
lives of young people and can alter communication styles, emotional expression, and
interpersonal relationships. The article also explores the social, psychological, and cultural
aspects of social networks. It discusses the changes in youth communication and culture
of communication, as well as the opportunities that social networks provide for education
and social work.
Keywords
:social networks, youth, communication culture, communication, social
relationships, emotional expression, online platforms, psychology, culture.
Bugungi kunimizni internet tarmog’isiz tasavvur etishimiz qiyin. Bilamizki 21-asr
axborot texnologiyalari asri, shunday ekan zamonaviy taraqqiyot bilan hamnafas
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 23
bo’lishimiz kerakligi hech kimga sir emas. Bizni texnologiyalar makonidagi bilimimizning
qanchalik keng ekanligi jamiyat taraqqiyotidagi o’rnimizni belgilab berayotgani ham
yangilik emas. Har bir sohada yangi tehnologiyalarni hayotga keng targ’ib qilinayotgani
ham ijtimoiy hayotimizga bir qator yengilliklar berayotgani juda ham quvonarli holat.
Lekin tan olish kerakki bunday qulayliklardan noto’g’ri maqsadda foydalanayotganlar
talaygina.
Hozirgi paytda internet tarmog’idan foydalanish juda keng suratda rivojlanib
bormoqda. Bu insonlarga juda keng imkoniyatlar eshiklarini ochib berayotgani hech kimga
sir emas. Ma’lumotlarni uzatish, ta’lim olish,ko’ngil ochar tarmoqlar va h.k. Internet
haqida gap ketar ekan, ijtimoiy tarmoqlarni gapirmaslikning umuman ilojisi yo’q. Bu
haqda Beruniy Sultonovich Alimov (bloger,tarjimon,sobiq diplomat,filologiya fanlari
doktori,dotsent) o’zining “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini
oshirishdagi roli” nomli maqolasida quyidagi fikr yuritadi. Ijtimoiy tarmoqlar aslida
kimlarga va nima uchun kerak degan savolga aniq javob yo’q. Ijtimoiy tarmoqlarning o’zi
bu savolga mantiqan “insonlar ortasidagi muloqotni ta’minlash, turli dunyo xabarlaridan
boxabar etish, do’st orttirish, o’zining ikkinchi bo’lagini ”sevgisini” topishda insonlarga
yordam berish” kabi maqsadlari borligini bildirishadi,ammo bu bilan ular yoshlar ongiga
“ommaviy madaniyat”ni singdirilib, ularning ongini umuman yot bo’lgan romantik
g’oyalar, xom xayollar bilan to’ldiradi.
Buning tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari
yotishini ko’rish mumkin. Chunki, o’z g’oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bo’lgach,
ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriq va reklamalar orqali avval moliyaviy so’ngra, hatto,
yashirin siyosiy maqsadlarini ham amalga oshirishi mumkin. “Umuman Internetning
paydo bo'lishi bilan hayotning juda ko'p aspektlari, jumladan, kundalik maishiy
xizmatlardan tortib, biznes va menejment, yuridik va konsullik xizmatlari va hatto davlat
boshqaruvigacha birin-ketin virtual dunyoga ko'cha boshladi. Eng muhimi, u yoshlarning
an'anaviy muloqot shaklini tubdan o'zgartirib yubordi. Olis masofadan turib nafaqat
eshitish, balki ko'rish imkoniyatining yuzaga kelishi virtual suhbatlarni keskin
ommalashtirdi.
Keyingi 15-20 yil davomida dunyo mamlakatlari aholisi, shu jumladan, o'zbekistonlik
yoshlar hayotida mobil aloqa urf tusini olgan bo'lsa, hozirgi davrga kelib mobil
uskunalardagi WhatsApp, ICQ, MSN Messenger va Telegram orqali matnli muloqot (ing.
text messaging) ommaviylik kasb etmoqda. Qayd etish kerak, bugungi kunda dunyo
aholisining qariyb yarmi – ya'ni 3 mlrd.ga yaqin kishi turli ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanmoqda. Shulardan eng katta qismi – 2 mlrd. odam “Facebook”da
(https://napoleoncat.com sayti bergan ma'lumotga ko'ra), O'zbekistonda “Facebook”
tarmog'idan foydalanuvchilar 1 millionga yaqinlashib qolgan. Ular o'rtacha 25-34 yoshda
bo'lib, 65,5 foizini erkaklar, 34,5 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etar ekan. Ayni paytda
dunyoda 1 mlrd.lik auditoriyaga ega Instagram O'zbekistonda 1.586.500 nafar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 24
foydalanuvchiga ega. 2.476.590lik Facebook esa mamlakatimizda 686.400 kishini
birlashtirgan. 200 mln.lik Telegram – O'zbekistonda 18 mln.kishiga xizmat ko'rsatmoqda.
Darhaqiqat ushbu raqamlar tobora kengayib borayotgani,bugungi kunda hech kimni
ajablantirmasligi bor gap. Zamonaviy mobil qurilmalardan foydalanadigan biror bir inson
yo’qki unda ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmaydigan. Ijtimoiy tarmoqlarning juda ko’plab
turlarini sanab o’tishimiz mumkin “Odnoklassniki.ru”, ”Telegramm”, ”Facebook”,
”Instagramm”,”TikTok”,”Bigolive”,”Snapchat”,”Viber”,”Vkantakt”,”Whatsapp”,”Twitte
r” buqatorni yana uzoq davom etishimiz mumkin. Internet tarmoqlarining rivojlanish
fonida “Kibermakon” tushunchasi ham keng qo’llanila boshladi. Buni Internet tarmog’ini
ichidagi ma’lumotlar dengizi deyishimiz mumkin. Internettarmog’idan olinadigan,unga
yuklanadigan ma’lumotlarni hajm jihatidan juda katta ekanligi tufayli har bir ma’lumotni
kuzatishning ilojisi yo’q.
Albatta bu haqida bosh qotiradigan mutasaddi tashkilotlar bor ammo ularning ham
imkoniyati ma’lum darajada cheklangan. Shuni inobatga olib keng tarqalayotgan ijtimoiy
tarmoqlarning mavjud mafkuraviy tahdidlarini gapirmaslikning ilojisi yo’q. Negaki, Bu
haqda Chingiz Aytmatov shunday deydi:”Tuya terisini inson boshiga kiydirish shart
emas,endi sodir bo’ladigan urushlar jang maydonida emas,balki mafkura poligonida yuz
beradi”.Shu jihatdan qaraganda yoshlarning ko`p vaqtini internetda behuda sarflashi juda
katta fojiadir.Chunki globallashuv butun dunyoda mafkuraviy tasir o`tkazish ko`lamini
juda oshirib yubordi.Inson o`z fikriga,dunyoqarashiga ega bo’lmasa ,insonga bo’ladigan
ma’naviy tahdidlarga bardosh bera olishi juda qiyin bo’ladi. O'zbekiston xalq yozuvchisi
O'. Hoshimov aytganlaridek, “Bu dunyo – muttasil aylanib turadigan murakkab mexanizm.
Odamlar o'sha mexanizmning kichik bir vintchasi, xolos. Har bitta vintcha o'z vazifasini
ado etmog'i lozim. Bittasi ishlamay qolsa, ko'rasan nima bo'lishini! Butun boshli mexanizm
chok-chokidan so'kilib ketadi”. Taassufki,yoshlar orasida diniy ta'limoti yetarli bo'lmagan
yoshlarimiz har xil islomiy kanallarga ulanib, o'zlarining mafkuraviy g'oyalarini
buzmoqdalar. Bunga sabab bo'layotgan ayrim “dinda ilmi bo'lmaganlar” dinimiz nomi
bilan faoliyat olib borayotgan qo'shtirnoq ichidagi chalasavodlar din niqobi ostida
o'zlarining buzg'unchilik g'oyalarini yoyib, mamlakatimizning o'spirin yoshlarini yo'ldan
urmoqdalar. Bolalar va biz yoshlarningning hovli va ko‘chalardagi muloqotlarimiz hozirda
haqiqiy hayotda asosan, aynan, cheti-chegarasi yo‘q ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi.
Mazkur muloqotlar bolalarga va biz yoshlarga shunisi bilan ham qiziqroqki, avvalo,
tarmoqda ko‘proq «do‘st» orttirish imkoni mavjudligi. Tarmoqda muloqot qilarkanmiz, biz
yoshlar o‘zimizni omadli bola qilib ko‘rsata olamiz. O‘zgalar rolida o‘zlarimizni taqdim
etib, turli yolg‘on dunyolarga berilib ketamiz. Ba’zi uyatchang va tortinchoq yoshlar uchun
ehtimol tarmoqdagi muloqotlarning foydali jihatlari bordir, vaqti kelib, haqiqiy hayotda bu
muloqotlar o’z samarasini ham berishi mumkin.Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni
qondirish makonidir. So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar butun dunyodagi yoshlar
hayotida davom etayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq ravishda eng muhim
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 25
voqealardan biriga aylanishdi. Facebook, Instagram, Twitter, TikTok kabi platformalar
insonlarning bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirib, yangi
kommunikatsion uslublar, madaniyat va odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlar
uchun ushbu tarmoqlardan foydalanish, ularga o‘z fikrlarini, hissiyotlarini va tajribalarini
ifoda etish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarning muloqot madaniyatiga ta'siri ijtimoiy izolyatsiya hissi va
taraqqiyotga ham ta'sir etadi. Yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdiklari kontentlar natijasida
o‘zlariga bo‘lgan ishonchni tug‘dirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday holatlar
tanqidiy qobiliyatni rivojlantirish uchun foydali bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali
ma'lumotlar tez tarqaladi va yoshlarda yangi bilimlarni olishga bo‘lgan qiziqishni
rag‘batlantiradi.
Buning natijasida, onlayn platformalarda o‘zaro ta'sir, ta'lim va professional
rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Muloqot Madaniyatining O'zgarishi Ijtimoiy
tarmoqlar, shuningdek, yoshlarning kommunikatsiya madaniyatini ham o‘zgartiradi.
Ushbu o‘zgarishlar: sodda va tez o‘tkazish: Keng tarqalgan aqliy tushuncha va qisqa xabar
iboralari bilan birgalikda tez korxona muhokamalari dialoglarni shunchaki qisqarishiga
olib kelishi mumkin. Moddiy ta'sir: Yoshlar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur
shaxslarning munosabatlari orqali kommunikatsiya me'yorlarini shakllantiradi va o‘zaro
muloqotni bosqichma-bosqich o‘zlarining oddiy fikrlashlari orqali o‘zgartiradi.An'ana va
Kengayish: Onlayn aloqalar ko‘pincha real hayotdagi munosabatlarni kuchaytiradi va
kuchaytiradi, bu esa an'anaviy ijtimoiy aloqalar va tizimlarning yangi shakllarini yaratadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar muloqotiga ta'siri bevosita o‘zgarishi va zamon bilan birga
kelayotgan qonuniyatlarga moslashishni talab qiladi. Yoshlar o‘rtasida muloqot
madaniyati o‘zgarishi esa ijtimoiy aloqalar, hissiy ifoda va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni
ta'minlashda muhimdir. Har qanday ijtimoiy o‘zgarishlar ijobiy va salbiy tomonlarga ega
bo‘lishi sababli, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni doimiy ravishda boshqarish va
innovatsiyalash uchun zamonaviy yondashuvlarni qidirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.”Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni .
2016-yil 24-avgust
2.”Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik” Qodirov U. 2014-yil
3.O’tkir Hoshimov “Tushda kechgan umirlar” asaridan
4.”Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti.Nilufar
Ahadovna//https://nasafziyo.uz/index.php?newsid=5914//
5.Beruniy Alimov “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini
oshirishdagi roli” maqolasidan//https://beruniyalimov.uz/archives/705//
6. P.Taranov. Yuqori ong ensiklopediyasi, 1999 y
