Mualliflar

  • Abduraxmonova Dilorom Zoirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.100643

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: davlat aholi xonlik savdo-sotiq shahar aloqa an’ana boj to`qimachilik kulolchilik qurol-yaroq.

Annotasiya

Annotatsiya:  XIX asrda mintaqadagi uchta davlat, ya`ni Qo`qon, Xiva va Buxoro xonliklari o`rtasida o`zaro ichki va tashqi savdo yo`lga qo`yilgan bo`lib, shuningdek ularni Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya davlatlari bilan bog’lovchi savdo yo`llari ko`p asrlik savdo aloqalari jarayonida rivojlangan bo`lib, ularning eng muhimlari Buyuk ipak yo`li davridayoq shakllanib, qadimdan faoliyat ko`rsatgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 3

O`RTA OSIYO XONLIKLARI O`RTASIDAGI SAVDO YO`LLARI

Abduraxmonova Dilorom Zoirjon qizi

Andijon viloyati Marhamat tumani 43-maktabning

Tarix fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

XIX asrda mintaqadagi uchta davlat, ya`ni Qo`qon, Xiva va Buxoro

xonliklari o`rtasida o`zaro ichki va tashqi savdo yo`lga qo`yilgan bo`lib, shuningdek ularni
Afg’oniston, Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya davlatlari bilan bog’lovchi savdo yo`llari
ko`p asrlik savdo aloqalari jarayonida rivojlangan bo`lib, ularning eng muhimlari Buyuk
ipak yo`li davridayoq shakllanib, qadimdan faoliyat ko`rsatgan.

Kalit so’zlar:

davlat, aholi, xonlik, savdo-sotiq, , shahar, aloqa, an’ana, boj,

to`qimachilik, kulolchilik, qurol-yaroq.


Xonliklar qo`shni davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarida avvalo ichki savdo yo`llari

orqali tashqi yo`llarga chiqilardi. Xonliklarda ko`pgina yirik shaharlar, xususan, Qo`qon
xonligida – Qo`qon, Andijon, Namangan, Marg’ilon, Toshkent shaharlari, Buxoro
amirligida – Buxoro, Qarshi, Samarqand, Chorjo`y, Shahrisabz, Termiz shaharlari, Xiva
xonligida – Xiva, Qo`ng’irot shaharlari o`sha davrning asosiy savdo markazlari bo`lib, ular
bilan bog’langan savdo yo`llari har bir mamlakat iqtisodiy hayotida muhim rol o`ynagan.
Ushbu shaharlarda hunarmandchilikning yaxshi yo`lga qo`yilganligi oqibatida ishlab
chiqarilgan tovarlar O`rta Osiyoning ichki va tashqi bozorida ko`p mikdorda sotilgan.
To`qimachilik, kulolchilik, qurol-yaroq va turli-tuman ro`zg’or buyumlarini yasash bilan
mashhur bo`lgan ushbu shaharlar o`zaro savdo-sotiq orqali chambarchas bog’langan
edilar. Xiva va Buxoro, Buxoro va Samarqand, Buxoro va Toshkent, Buxoro va Marg’ilon,
Toshkent va Qo`qon, Samarqand va Qarshi o`rtasidagi savdo aloqalari XIX asrning
o`rtalarida juda yuqori darajada bo`lib, mazkur shaharlar o`rtasidagi madaniy jarayonlarga
ham ta`sir etgan. Qo`qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas,
shoyi, beqasam, adras, chit, bo`z va h.) to`qilgan. SHuningdek, boshqa hunarmandchilik
tarmoqlarida xo`jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar,
zargarlik buyumlari, qog’oz va boshqa buyumlaр ishlab chiqarilgan.[1] Buxoro,
Samarqand, Xo`jand va Toshkent yirik hunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat
qozongan. Bu shaharlarda minglab kishilar hunarmandchilik bilan shug’ullanardi. Yirik
shaharlardagi ko`pgina mahallalar hunarmandchilik tarmoqlari bilan nomlanardi.
Toshkentdagi “O`qchi”, “Kamolon” mahallalarida o`q va kamonlar ishlab chiqaradigan
hunarmandlar

yashagan.

Samarqand

shahrida

“Zargaron”,

“Chelangaron”,

“Kamongaron”, “Misgaron”, “Sandiqsozlar”, “To`qimado`zlik”, “Bo`yoqchilar” kabi
hunar maskanlari, mahallalari bo`lgan va hokazo Hunarmandlarning mahsulotlari ichki va
tashqi bozorlarning muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Bu davrga kelib Buxoro


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 4

amirligining Rossiya bilan elchilik va savdo aloqalari yuqori darajaga ko`tarilgan bo`lib, u
amirlik uchun tayyor mahsulotlar bozori sifatida katta ahamiyat kasb etgan. E`tirof etish
lozimki, O`rta Osiyo xonliklari o`rtasidagi o`zaro ziddiyatlar, hududiy kelishmovchiliklar,
g’arbiy to`qnashuvlar yuz berib tursa-da, moddiy ehtiyojlar tufayli o`zaro savdo-sotiq olib
borish, o`zarо xo`jalik aloqalari o`rnatish uzluksiz davom etgan. Shu sababli xonliklar
o`rtasida savdo-sotiq yo`lga qo`yilib, hech qachon butunlay to`xtamagan va bunda savdo
yo`llari muhim ahamiyat kasb etgan. O`zaro urushlar davomida, har bir hukmdor savdo
yo`llariga yagona hukmronlik va homiylik qilishga intilib kelgan. Savdo aloqalarining
yuksalib borishida qadimiy karvon yo`llarining o`ziga xos ta`siri bo`lib, bu yo`llar XIX
asrning o`rtalarigacha savdo-sotiq rivojida muqim rol o`ynab kelgan. O`rta Osiyo
xonliklari o`rtasidagi o`zaro savdo yo`llari tekisliklar, taqirliklar, baland-pastliklar,
qumliklar, tog’lik joylar, qir-adirlar, jarliklar, dovonlar orqali o`tganligi uchun ularni qat`iy
nazorat qilish ishi qiyinchilik tuqdirardi. Ayniqsa, mavsumiy muammolar, ba`zi
yo`nalishlarning faqat mavsumiy amal qilishiga sabab bo`lgan. Hamma vaqt ham yo`llar
xavfsizligi to`liq ta`minlanmagan. Odatda savdo yo`llari davlat xazinasi hisobidan
ta`mirlanmasdi, ko`p hollarda hashar yo`li bilan ular qurilar, ta`mirlanib turilardi. O`rta
Osiyo xonliklari o`rtasidagi o`zaro savdo yo`llari o`zining tuzilishi, xususiyatiga ko`ra
karvon yo`llari va suv yo`llariga bo`lingan. Ichki savdoda ot- arava yuradigan yo`llardan
ham foydalanilgan, ammo ular juda kam edi. Ichki savdo-sotiq asosan yuk ortilgan
hayvonlar yuradigan yo`llar orqali olib borilib, savdo yo`llarida asosan, ot, tuya, xachir,
ba`zan esa eshaklardan ham foydalanilgan. Karvon yo`llari ham yo`lning tuzilishi va
xususiyatiga qarab bir-biridan farqlangan. CHunonchi, tekisliklar orqali yuriladigan yo`l,
baland-pastliklar (qir-adir) orqali yuriladigan yo`l, tog’liklar (dovon) orqali yuriladigan
yo`l. Suv yo`llari ham yuklarni tashuvchi transport vositasiga qarab farqlangan: an`anaviy
qayiqchilik yo`li va kemachilik (motor, dvigateli bor) yo`li va hokazo. Xiva xonligi bilan
Buxoro amirligi o`rtasidagi savdo-sotiq aloqalarida karvon yo`li bilan birga Amudaryo suv
yo`lidan ham foydalanilgan bo`lsa, Buxoro amirligi bilan Qo`qon xonligi o`rtasida esa
quruqlik va tog’liklardan o`tadigan karvon yo`llari asosiy savdo yo`llari hisoblangan.
Buxoro amirligida, umuman, O`rta Osiyoning arava yuradigan yo`llarida ikki g’ildirakli
aravadan keng foydalanilgan. Aravaning g’ildiraklari juda baland bo`lib, diametri 1 sajen
(Sajen – qadimgi rus uzunlik o’lchov birligi bo’lib, 1 sajen – 2,13360 5 . m.ga teng) ga
teng edi. Aravalar uchun yasalgan g’ildirakning asosiy qismi yog’ochdan tayyorlanar, uni
faqat tashqi tomondan, ya`ni sirtqi qismi yupqa temir bilan qoplangan edi. Bunday
nusxadagi aravaga to`g’ri yo`llarda 30 pud (Pud – og’irlik o’lchovi bo’lib, 1 pud – 16,38
kg.ga teng.) gacha (480 kg) yuk ortish mumkin bo`lgan. To`rt g’ildirakli aravalar mahalliy
aholi tomonidan ishlatilmagan. Faqatgina XX asrning boshlariga kelib, ikki g’ildiragi
temirdan, ikki g’ildiragi yog’ochdan yasalgan aravalar paydo bo`lgan va ulardan Buxoro
amirligi hududidagi Termiz, Chorjo`y kabi savdo markazlariga yuk olib borishda
foydalanilgan. Buxoro amirligining g’arbiy va Zarafshon daryosi bo`ylaridagi shahar va


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 5

qishloqlariда aravada yuk va yo`lovchi tashish keng tarqalgan. Ammo, Sharqiy Buxoroda
arava to`g’risida odamlar deyarli tasavvurga ega emasdilar. Sababi - yo`llarning asosiy
qismini tog’ yo`llari tashkil etib, bunday holatda aravadan foydalanishning iloji yo`q edi.
Shunga qaramay XX asr boshlariga kelib, Sharqiy Buxoroda, shu jumladan Hisor va
Ko`lob bekliklarida ham aravadan foydalana boshlangan. Qo`qon xonligi yo`llarida
soyabonli aravalardan foydalanilgan. Bu aravalar g’ildiraklarining kattaligi bilan ajralib
turgan va mahalliy xalq tilida “Qo`qon arava” deb yuritilgan. Xorazm aravalari o`zining
tuzilishi jihatidan boshqacharoq bo`lgani bois, ularni “Xorazmcha arava” deb atashgan.
Qo`shiladigan ulovga ko`ra ot arava, tuya arava, ho`kiz arava, xachir arava, eshak arava
kabi aravalar farqlangan. O`rta Osiyo xonliklari o`rtasidagi o`zaro savdo yo`llarida yuk
tashishda asosiy trанспорт vositasi rolini aravalar emas, balki tuyalar, otlar bajargan. Ba`zi
joylarda xachir va eshaklardan ham foydalanilgan. O`rta Osiyo xonliklarining o`zaro
savdosida ko`mir va tuz bilan savdo qilish o`ziga xos rivojlangan. Xiva xonligi va Buxoro
amirligida saksovuldan toshko`mir tayyorlangan. Amudaryo bo`ylab Uch-o`choq,
Qizilrabot, Sartarosh degan joylarda saksovulni olovda kuydirib toshko`mir hosil qilingan.
Xiva xoni har yili 4 marta toshko`mir tashib keltirish uchun Amudaryo qirg’oqlariga 10
tagacha qayiq-kemalar jo`natib turgan. Buxoro amirligi bilan Xiva xonligini bog’lab
turgan. Ushbu yo`l qadimiy karvon yo`llaridan biri bo`lib, bu yerda ham arava, ham karvon
yuradigan yo`lning asosiy qismi esa tekislikdan o`tib, yo`lning ayrim joylaridagina katta
bo`lmagan qumliklar mavjud edi. Yangi Marg’ilon – Garm yo`li (320 verst) Qo`qon
xonligi bilan Buxoro amirligini bog’lab turadigan yo`l hisoblangan. Ushbu yo`l asosan,
yuk ortib yuriladigan karvon yo`li bo`lib, u bir necha dovonlardan o`tgan. Yo`llarning bir
qismi mavsumiy bo`lib, faqat bahor va yoz oylarida ulardan foydalanilgan. Panjikent –
Qoratoq yo`li, Hisor – Ayvaj yo`li, Xaq – Kofirnihon yo`llari asosan dovonlar orqali o`tgan
bo`lib, qishда yopiq bo`lgan. Bir qism yo`llar asosan tekislik, pasttekisliklar osha o`tib,
ular orqali aravadan foydalanib yuk olib o`tish mumkin edi. Jumladan, Shaxrisabz –
Qarshi, Qarshi – G’uzor, Chorjo`y – Kabakli, Nurota – Saroy, Kattaqo`rg’on – Qorako`l,
Buxoro – Nurota yo`llarini bu kabilar qatoriga kiritish mumkin. Hisor – Qobodiyon (153
verst) yo`li daryo kechuvlari orqali o`tgan. Ushbu yo`l baland bo`lmagan o`nlab toq
dovonlari orqali o`tgan bo`lib, keyin qayiqlar bilan Vaxsh 7 . daryosi kechuvidan
o`tilgan. Samarqand – Termiz (373,5 verst) yo`li pochta yo`li hisoblanib, unda 15 ta pochta
mahkamasi va pochta ot-ulovlari tashkil etilgan edi. Buxoro amirligining yirik
markazlarini bog’lab turadigan yo`llarning aksariyati qadimdan amal qilib kelgan karvon
yo`llaridan iborat bo`lib, ular: Jomboy – Kitob, Qarshi – Kelif, Darbent – Garm, Shahrisabz
– Regar, Kelif – Sherobod, Tobi Dara – Kallavanch, Garm – Chubek yo`nalishlarida
faoliyat ko`rsatgan.[5] Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o`rtasida Astraxan orqali olib
kelingan rus qozonlari, temirdan yasalgan buyumlar bilan ustuvor savdo-sotiq olib borilib
rus savdogarlari olib kelgan charm-teri, ipak xom ashyosi (pilla), kunjut va boshqa narsalar
sotilgan. Bu mahsulotlar evaziga Buxoro amirligi Xiva xonligini tamaki bilan ta`minlagan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 6

Tamakidan keyingi o`rinda turadigan mahsulotlar ip-gazlamalar edi. Xivadan Buxoroga
boradigan karvon yo`lining eng qisqa masofasi 335 verst bo`lib, bu yo`lning asosiy
yo`nalishi Azaris, Kukertli, Ucho`choq, Sho`rbuloq, Agrabod, Chorgo`shi, Buxoro
yo`nalishlari bo`ylab o`tgan. Buxorodan Xivaga boradigan karvon yo`lining asosiy
yo`nalish Kukertliga borgandan keyin tarmoqlanib, Xivaga ikkita yo`nalishda davom
etgan. Birinchi yo`l: Kukertlidan Urganchga qadar – 144 verst, Urganchdan Xivagacha –
24 verst edi. Ikkinchi yo`l: Kukertlidan Azarisgacha – 72 verst. Demak, birinchi yo`ldan
boradigan karvon 368 verst masofani, ikkinchi yo`ldan boradigan karvon esa 344 verst
yo`lni bosib o`tishiga to`g’ri kelgan. Xivadan Buxoroga karvonlar orqali yuk tashib
keltirishda suv yo`lidan ham foydalanilgan. Dastlab yuklar Xivadan Urganchga olib
kelinib u yerdan Amudaryodagi kemalarga yuklanib, Amudaryo bo`ylaб olib kelingan.
CHorjo`yga keltirilgan yuklar bu yerdan tuyalarga ortilib qorako`lga va u orqali Buxoroga
yetkazilgan. Demak, yuklar Xivadan Urganchgacha tuyalarda, Urganchdan Chorjo`ygacha
kemalarda, Chorjo`ydan boshlab to Buxorogacha (Qorako`l orqali) yana tuyalarda
tashilgan. Bu yo`nalishda bir Urganch botmoni (ya`ni 2 pud 16 funt) yukni suv orqali tashib
keltirilgani uchun ikki tanga kira haqi olingan. Quruqlik orqali yuklarni Urganchdan
Xivaga olib kelishda yuk tashuvchilar qar bir tuyadagi yuk uchun bir tangadan,
Toshhovuzdan Xivagacha har bir tuyadagi yuk uchun 7 tangadan kira haqi olishgan. Qisqa
masofalarda yuklar eshaklarda tashilgan, sharoitga qarab, 4 puddan 8 pudgacha bo`lgan
yuklar eshakka ortilgan hamda yuk tashish uchun 5 tangadan 10 tangagacha kira haqi
olingan. Xivadan Buxorogacha quruqlik yo`li bilan yuk tashib keltirishda har bir tuyadagi
yuk uchun 1-1,5 tilla kira haqi olingan. Agar tuyalar buxoroniki bo`lsa yo`lni 10 kunda
bosib o`tgan, agar qirg’izlarning tuyasi bo`lsa 15 yoki undan ham ortiqroq kunda masofa
bosib o`tgan. Xivadan Buxorogacha ot bilan 4-5 kunda borish mumkin edi. Agar arg’umoq
otlar bo`lsa, bu yo`lni 3 kunda bosib o`tish mumkin bo`lgan. Yuklar Buxorodan Xivaga
tashilganda hm yuk uchun to`lanadigan sarf-xarajat bir xil edi, ya`ni Xivadan Buxorogacha
bo`lgan xarajatlar bilan teng bo`lgan. Buxoro va Xivani birlashtiradigan yo`l Kukertli
xarobasidan o`tgan. Bu yerdan yuklar Ilchik va Ust-yurт orqali o`tkazilib, qayiqlar bilan
Xonqaga jo`natilgan. Ilchikdan yoki Ust-yurtdan karvon yo`li Buxoro orqali Samarqand,
Jizzax va Toshkentga qarab yo`nalgan bo`lib, uning uzunligi 970 verstni tashkil etgan.
Ushbu yo`lning asosiy qismi aholi yashaydigan manzillardan o`tib, yo`l bo`ylab
karvonning suv bilan ta`minlanishi uchun zarur sharoitlar (suvi ichishga yaroqli bo`lgan
quduqlar) mavjud edi. Albatta, yo`lning bir qismi suv yo`lidan iborat bo`lgan. Amudaryo
bilan Buxoro oralig’idagi yo`lning 28 verst masofani qumlik tashkil etgan. Qo`qon
xonligining Xiva va Buxoroga qaraganda qo`shni mamlakatlarga sotadigan, o`zida ishlab
chiqarilgan mahsulotlari ko`p bo`lmay, u asosan Rossiyada, Buxoro va Xitoy Turkistoni
(Qashqar) da ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan savdosotiq olib borgan. Buxorodan
Qo`qonga asosan, paxta xom ashyosi, qorako`l teri, ip-gazlama, chit kabi tovarlar olib
borilgan. Shuningdek, Qo`qon xonligiga Buxoro amirligi bozorlari va hududi orqali hind,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 7

afg’on, fors, arab va turk mahsulotlari ham kirib kelgan. Qo`qondan Buxoroga esa ipak,
ipak matolar, mevalar, guruch, Xitoy va Qashqardan keltirilgan ipak matolar, qandil
buyumlar olib kelingan. Qo`qon xonligini Buxoro amirligini boqlagan ikki yirik karvon
yo`li mavjud edi. Ulardan birinchisida, Qo`qondan chiqqan karvon Beshariq, Mahram,
Xo`jand, O`ratepa, Zomin, Jizzax, Samarqand orqali o`tib Buxoroga borgan, ikkinchisida,
Qo`qondan chiqqan karvon Beshariq, Mahram, Xo`jand, O`ratepa, Jom, Ravot, Jizzax,
Yangiqo`rg’on, Samarqand orqali Buxoroga kelgan. Birinchi karvon yo`li 526 verst
masofadan iborat bo`lgan, ikkinchi karvon yo`li 615 verst edi. Qo`qon – Buxoro orasida
karvonlar 20-23 kun atrofida manzilga yetib borgan va bu yo`llarda tuya, otlar bilan birga
aravalardan ham foydalanilgan. Buxorodan Qo`qon karvonidagi tuyalarning har biri uchun
2,5-3 tillo tanga yuk haqi olingan.[8] Qo`qon xonligining yirik shaqarlaridan biri
Toshkentdan ham Buxoro amirligi shaharlariga boradigan alohida karvon yo`llari mavjud
edi. Toshkentdan chiqqan karvon Jizzax, Yangiqo`rqon, Arabxona orqali Buxoroga
kelgan. Bu karvon yo`li 498 verst masofadan iborat edi.

Xonlik markazi Qo`qon va Toshkent orasida ikkita asosiy karvon yo`li mavjud edi.

Ularning birinchisi, Qo`qon – Xo`jand – To`ytepa – Toshkent karvon yo`li hisoblangan va
u 216 verst masofadan iborat bo`lgan. Ikkinchi karvon yo`li Qo`qon, Kandirdovon,
To`ytepa orqali Toshkentga kelgan va ushbu yo`l Qurama tog’ tizmasini kesib o`tgan.
Birinchi yo`ldan ot va tuyalar bilan birga aravalardan ham foydalanish mumkin bo`lgan va
unda aravalar 7-10 kun, tuyalar 9-12 kun yurgan bo`lsa, Kandirdovon orqali yoz va
kuzning dastlabki oylarida, faqatgina otlardan iborat karvon 5 kun davomida bu masofani
bosib o`tish mumkin bo`lgan. Qo`qon – Toshkent karvon yo`lida savdogarlar aravalar
uchun ob-havoga qarab 6-12 rub., tuyalar uchun 12-15 tanga, otlar uchun 10-12 tanga
xizmat xahi to`lagan. SHuningdek, Namangandan Toshkentga ham alohida yo`nalishda
ikki karvon yo`li mavjud edi. Ulardan biri Namangandan To`raqo`rg’on, Chust, Pop,
G’urumsaroy, Pungon, Qamishqo`rg’on, Mullashir, To`ytepa orqali Toshkentga olib
kelgan bo`lib, bu karvon yo`li 294 verst masofadan iborat bo`lgan va karvon uni 10-12
kunda bosib o`tgan. XIX asr 60 - yillarida Namangan – Toshkent karvon yo`lidagi tuyalar
uchun 6 rub. 20 kopeekgacha, aravalar uchun 15 rublgacha xizmat xaqi berilgan.
SHuningdek, Namangandan Tirs tog’lari, Chotqol vodiysi, Qorabura darasi, Avliyoota,
Chimkent, Qoplonbek orqali Toshkentga keluvchi yana bir karvon yo`li mavjud bo`lgan.
Namangandan Toshkentgacha bu karvon yo`li 572 verst bo`lgan va bu masofani karvon
16-20 kunda bosib o`tgan. Namangan – Avliyoota – Toshkent yo`li og’irligi tufayli
savdogarlar yoz va kuzning dastlabki oylaridagina undan foydalangan va yuklarini otlar
yordamida manzillariga yetkazgan. O`rta Osiyo savdo yo`llarining muhim tarkibiy qismi
sifatida yo`lbo`yi inshootlarining ahamiyati katta bo`lgan. Jamiyatning taraqqiy qilishi
hamda qurilish me`morchilik sohasida erishilgan yutuqlar, savdo-sotiqning rivojlanishi
talablari savdo yo`llari bo`yida maxsus inshootlar barpo etilishini taqozo etgan. Ichki va
tashqi aloqalar rivoji, karvon yo`llarida xavfsizlikni ta`minlash va xizmat ko`rsatish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 8

tizimini rivojlantirib borishni talab etgan. Yo`llarda xavfsizlikni ta`minlash davlat
nazoratida turgan. Sarbozlar dasht va cho`llar orqali o`tuvchi karvon yo`llaridagi maxsus
rabotlarda joylashtirilib karvonlarni qaroqchilarining hujumlaridan himoyalash vazifasi
yuklatilgan. O`rta Osiyo xonliklari o`rtasidagi savdo yo`llari bo`ylab o`nlab rabotlar,
karvonsaroylar, sardobalar qurilgan. Masalan, Buxoro – Samarqand yo`li bo`yida
joylashgan mashhur – Raboti Malik karvonsaroyi, Buxoro – Qarshi yo`li bo`yida
joylashgan Qorovulbozor karvonsaroyi, sardobasi, Kasbi, Qarshi, Qamashi sardobalari,
Bo`zachi raboti savdo karvonlari xavfsizligini hamda ularni ichimlik suvi bilan
ta`minlashda muhim rol o`ynagan. Karvonlarni suv bilan ta`minlashda quduqlar ham katta
rol o`ynagan. O`rta Osiyoning dasht va cho`llarida qadimdan ko`plab quduqlar barpo
etilgani ma`lum. Ko`rib chiqilayotgan davrda Buxoro – Marv oralig’idagi cho`l hududida
quduqlar 2-5 sajendan 10-11 sajengacha chuqurlikda qazilgan. O`rta Osiyoning yirik
shaharlaridagi karvonsaroylar ham savdo aloqalari rivojiga bog’liq holda faoliyat
ko`rsatgan. XIX asrning 60-yillarida, Kitobda 3 ta, Shahrisabzda 7 ta, Qo`qonda 6 ta,
Toshkentda 38 ta karvonsaroy savdogarlarga xizmat qilgan. XIX asrning 70-yillarida
Samarqand shahrida 33 ta karvonsaroy bo`lgan, shulardan 9 tasi, Qo`qondagi
karvonsaroylarning biri, Marg’ilondagi 8 ta karvonsaroyning 2 tasi, Xo`janddagi 5 ta
karvonsaroyning va O`ratepadagi 3 ta karvonsaroyning 1 tasi hindlarga tegishli bo`lgan.
Buxoroda esa 50 ta karvonsaroy bo`lgan bo`lib, har bir karvonsaroyda 1500-2000 tuya
siqqan va aynan ulgurji savdo-sotiq shu yerda amalga oshirilgan, boj va zakot ham shu
yerda olingan. Xulosa qilib qayd etish mumkinki, XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro
amirligi, Xiva xonligi va Qo`qon xonligi o`rtasidagi savdo yo`llari Rossiya imperiyasi
bosqiniga qadar azaliy, an`anaviy karvon yo`llaridan iborat edi. O`rta Osiyo xonliklari
o`rtasidagi savdo yo`llari bu yerdagi mustaqil davlatlarni iqtisodiy jiqatdan bir-biri bilan
bog’lab turgan va mintaqadagi iqtisodiy integratsiya jarayoniga ta`sir etib turgan. Savdo
yo`llari xonliklar markazlarini bir-biri bilan hamda har bir xonlik markazini uning chekka
viloyat, shahar, beklik, tumanlari bilan bog’lab turgan va oqibatda o`zaro madaniy-
ma`rifiy aloqalar uzluksizligini ta`minlagan. Savdo yo`llari xonliklar hududlarida
hunarmandchilikning va qishloq xo`jalik tarmoqlarining o`ziga xos tarzda, ixtisoslashgan
holda rivojlanishiga o`z ta`sirini o`tkazgan. Bundan tashqari savdo yo`llari orqali har bir
xonlikdagi va umuman O`rta Osiyodagi xalqlarning maishiy turmushi, urf-odatlari va
an`analarining bir-biriga uyg’unligi saqlanib kelgan. Savdo yo`llarining turli tumanligi,
ya`ni karvon yo`llari, suv yo`llari, arava yuradigan yo`llar, pochtа yo`llari, mavsumiy
yo`llar, tekislikdagi yo`llar, balandpastlikdagi yo`llar, tog’lik (dovonlik) yo`llar, qumlik
(dasht, cho`l) dagi yo`llarga bo`linishi iqlim, tabiat, mintaqaviy xususiyatlar bilan bog’liq
bo`lib savdo aloqalari tabiiy shart-sharoitidan qat`iy nazar, mintaqaning turli hududlarida
yashovchi aholini bog’lab turganligidan dalolat beradi.



background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 9

Adabiyotlar ro’yhati:

1. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Том.12.– Тошкент: Давлат илмий

нашриёти, 2006. – Б. 158.

2. Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари: шаклланиши ва

ривожланиш босқичлари. – Тошкент: Академия, 2008. – Б. 251-254.

3. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси.Том.1. – Тошкент: Давлат илмий

нашриёти, 2000. – Б. 390.

4. Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари: шаклланиши ва

ривожланиш босқичлари. – Тошкент: Академия, 2008. – Б.174.

5. Очилдиев Ф. Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий

ўзгаришлар (ХIХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари). – Тошкент: Шарқ, 2008.
– Б. 130

6. Очилдиев Ф. Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий

ўзгаришлар... – Б.182-183.

Bibliografik manbalar

Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Том.12.– Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б. 158.

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари: шаклланиши ва ривожланиш босқичлари. – Тошкент: Академия, 2008. – Б. 251-254.

Ўзбекистон Миллий энциклопедияси.Том.1. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2000. – Б. 390.

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари: шаклланиши ва ривожланиш босқичлари. – Тошкент: Академия, 2008. – Б.174.

Очилдиев Ф. Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий ўзгаришлар (ХIХ асрнинг иккинчи ярми – ХХ аср бошлари). – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 130

Очилдиев Ф. Сурхон воҳаси бекликларидаги ижтимоий-сиёсий ва иқтисодий ўзгаришлар... – Б.182-183.