Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 182
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI MAZMUNI VA MOHIYATI
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedeagogika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Murodullayeva Shahlo Sharofiddin qizi
Ochilov Ogʻabek Otamurod oʻgʻli
Annotatsiya:
Ushbu maqolada PIRLS (Progress in International Reading Literacy
Study) xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari va ta’lim
tizimidagi ahamiyati yoritilgan. PIRLS dasturi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi
darajasini xalqaro miqyosda baholash orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Maqolada dastur doirasida olib boriladigan tadqiqotlar, baholash mezonlari hamda
natijalarning tahlili orqali davlatlar ta’lim siyosatida qanday o‘zgarishlar sodir
bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Анатоция:
В данной статье освещаются сущность, основные цели и значение
международной программы оценки PIRLS (Progress in International Reading Literacy
Study) в системе образования. Программа PIRLS направлена на повышение качества
образования за счёт международной оценки уровня читательской грамотности
школьников. В статье рассматриваются исследования, проводимые в рамках данной
программы, критерии оценки, а также анализ результатов, позволяющий
проследить, какие изменения происходят в образовательной политике различных
стран.
Abstract:
This article discusses the content, main goals and significance of the
international assessment program PIRLS (Progress in International Reading Literacy
Study) in the education system. The PIRLS program serves to improve the quality of
education by assessing the level of reading literacy of students on an international scale.
The article shows what changes are taking place in the educational policies of countries
through the analysis of research, assessment criteria and results conducted within
the
framework of the program.
Kalit so‘zlar:
PIRLS, xalqaro baholash, dastur, xalqaro baholash, fan, texnika,
texnalogiya.
Ключевые слова:
PIRLS,международное оценивание,
программа,наука,техника,технология
Keywords:
PIRLS, international assessment, program, international assessment,
science, technology.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 183
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) — bu boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga qaratilgan xalqaro
baholash dasturidir. U har besh yilda bir marotaba o‘tkazilib, turli mamlakatlardagi ta’lim
tizimlarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligi bo‘yicha yutuqlarini solishtirish imkonini
beradi.PIRLS dasturining asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini, ya’ni
yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, matnlardan ma’no hosil qilish
qobiliyatini baholashdir. Tadqiqot o‘quvchilarning matnni tushunish, ma’lumotni topish,
xulosalar chiqarish va tanqidiy baholash kabi ko‘nikmalarini o‘rganadi.PIRLS natijalari
ta’lim siyosatini takomillashtirish, o‘qitish va o‘qishni yaxshilash, ta’limning zaif
tomonlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Dastur Xalqaro ta’lim yutuqlarini baholash
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan boshqariladi va tadqiqotlar Boston kollejida tashkil
etiladi.
1
O‘zbekiston 2021-yilda ilk bor PIRLS tadqiqotida ishtirok etib, 57 mamlakat orasida
49-o‘rinni egalladi. Bu dastur 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro
miqyosda baholaydi va TIMSS dasturi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, PIRLS zamonaviy talablarga mos ravishda raqamli formatda ham
o‘tkazilib, o‘quvchilarning onlayn ma’lumotlarni o‘qish va tahlil qilish qobiliyatini ham
baholaydi.Umuman olganda, PIRLS o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish,
ta’lim sifatini oshirish va ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlashda muhim xalqaro vosita
hisoblanadi.
2
PIRLS ta’lim siyosatiga quyidagi ta’sirlarni ko‘rsatadi:
1.Ta’lim tizimidagi kuchli va zaif tomonlarni aniqlash orqali ta’lim sifatini oshirishga
yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish imkonini beradi.
2.Natijalar asosida o‘quv dasturlari va o‘qitish metodlarini qayta ko‘rib chiqish,
o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini yaxshilashga qaratilgan strategiyalar ishlab
chiqiladi.
3.Ta’lim siyosatida adolatlilikni ta’minlash, o‘quvchilarning o‘qishdagi farqlarini
kamaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘riladi.
4.Davlatlar o‘z ta’lim tizimining xalqaro darajadagi o‘rnini baholash va rivojlanish
tendensiyalarini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.
6.PIRLS ma’lumotlari ta’lim sohasidagi siyosatni shakllantirishda va o‘qituvchilar
malakasini oshirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.
1.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar
va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent –2019.
2
PIRLS 2021 baholash qamrov doirasi. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy
markazi. “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo‘limi”
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 184
PIRLS dasturi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash orqali ta’lim tizimini
yaxshilash va ta’lim siyosatini samarali boshqarish uchun asosiy vosita hisoblanadi.
PIRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:
-Ta’lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi ob’ektiv o‘lchovlar va
vositalarni ishlab chiqish;
-Mamlakat o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash;
-Tadqiqot natijalariga ta’sir ko‘rsatgan kontekstual omillarni aniqlash;
-Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan ma’lumotlarga ega
bo‘lish.
PIRLS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
matnni o‘qib tushunish malakasini takomillashtirishdan iboratdir. PIRLS tadqiqotlarida,
asosan 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o‘quvchilarining
tanlanishi shu bilan e’tiborliki, aynan o‘qishning to‘rtinchi yilida o‘quvchilar o‘qishning
yuqori darajasiga ega bo‘lishi, ularning keyingi ta’limda bilimni egallash qobiliyatini
shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.
Tadqiqotlarda qo‘llaniladigan matnlarni turli joydagi maktab o‘qituvchilari
o‘quvchilarning bilimi va qiziqishlarini inobatga olgan holda tavsiya qilishadi. Matnlar
odatda, ulardan anglashilgan mazmunni turli usulda shakllantirish yordamida, ularda aks
etgan fikr-mulohazalarni qay tartibda tashkillashtirilgani va taqdim etilganiga qarab
farqlanadi. O’quvchilarni ongli fikrlashga, o‘z fikrlarini kengaytirgan holda mushohada
yuritishga xizmat qiladi. Tadqiqot uchun tanlangan matn o‘quvchilar uchun unchalik
tanish bo‘lmasligi lozim. Har bir tanlangan matn o‘quvchilarning yosh doirasi hamda
fikrlash qamrovini hisobga olgan holda tanlanadi.
3
Xulosa qilib aytganda,PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
oʻqib tushunish koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni
xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim
sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab
qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan
foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati
hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini
baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun
metodik qo‘llanma).Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati.
3
PIRLS tadqiqotlari uchun topshiriqlar to‘plami (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasida chop etildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 185
Toshkent –2019.
2. PIRLS 2021 baholash qamrov doirasi. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. “Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining matbaa bo‘limi” Toshkent shahri,
Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy.
3. PIRLS tadqiqotlari uchun topshiriqlar to‘plami (o‘quv-uslubiy qo‘llanma).
Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi bosmaxonasida chop etildi.
4.Vazirlar mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi997-sonli qarori.
5.Matkarimov, J. S. (2024). Prezi saytida taqdimot tayyorlashning dastlabki
tushunchalariga oid. international sciences, education and new learning technologies,
1(12), 42-46.
