Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 163
XXI ASRDA MALAKALI O‘QITUVCHI QANDAY BO‘LISHI KERAK?
Abdufattoyeva Moʻmina Ismoil qizi
Andijon davlat chet tillari instituti talabasi
E-mail: abdufattoyevamumina@gmail.com
Tel: +998911062823
Ilmiy rahbar:
Yaqubjonova Roʻzixon Mirkomil qizi
E-mail: yaqubjonovaruzixon@gmail.com
Tel: + 998914822291
Annotatsiya:
ushbu maqola hozirgi kundagi dolzarb kasblardan biriga aylangan
oʻqituvchilik faoliyati haqida soʻz yuritadi. Bilamizki, 21- asrga kelib, fan va texnologiya
yuqori darajada rivojlandi va sun'iy Intellektning ommalashuvi barcha soha jumladan
ta'lim sohasi vakillaridan ham har tomonlama yetuk va raqobatdosh boʻlishni talab
qilmoqda. Ushbu maqola pedagogik faoliyat rahbarlarining yangi texnologiyalar sharoitida
qanday choralar ko‘rishi zarurligi va zamonaviy ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish
yo‘llarini o‘rganadi.
Kalit soʻzlar:
Sunʼiy intellekt, pedagogika, zamonaviy ta'lim, innovatsion metodlar,
malaka.
Abstract:
This article discusses teaching as a profession, which has become one of
the most relevant and in-demand careers today. As we know, by the 21st century, science
and technology have advanced significantly, and the rise of artificial intelligence has
impacted all fields, including education. As a result, educators must be well-rounded and
highly competitive to meet modern demands. This article explores the measures that
educational leaders should take in adapting to new technologies and examines effective
strategies for organizing modern educational processes
Keywords:
artificial intelligence, pedagogy, modern education, innovative methods,
qualification.
Аннотация:
Данная статья рассматривает преподавание как профессию,
которая стала одной из самых востребованных и актуальных на сегодняшний день.
Как известно, к XXI веку наука и технологии достигли высокого уровня развития, а
распространение искусственного интеллекта оказало влияние на все сферы, включая
образование. В результате педагоги должны быть разносторонне развитыми и
конкурентоспособными, чтобы соответствовать современным требованиям. Эта
статья исследует меры, которые должны принять руководители образовательной
сферы для адаптации к новым технологиям и анализирует эффективные стратегии
организации современного образовательного процесса.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, педагогика, современное,
образование, инновационные методы, квалификация.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 164
Qadimdan oʻqituvchilik muhim ahamiyatga ega boʻlgan kasblardan biri
hisoblanadi.Davrlar davomida bu kasb mohiyati va uslublari jiharodan katta oʻzgarishlarga
duch keldi va avvallari pedagoglar bilim manbai sifatida koʻrilsa, hozirgi kunga kelib ular
yoʻl- yoʻriq koʻrsatuvchi va mentorlar hisoblanadi. Oʻtgan asrda oʻqituvchilar darslarni
ma'ruza shaklida faqat oʻz bilimga asoslangan holda olib borsa, ayni paytda ular interaktiv
va zamonaviy metodlar va usullarga tayangan holda darslarni oʻtmoqdalar.
Quyida zamonaviy talabdagi pedagogga xos bo’lgan jihatlar keltirilgan:
Zamonaviy texnologiyalarni egallagan bo’lish
O’sib kelayotgan yangi avlod Sun’iy Intellekt, ijtimoiy tarmoq kabi
texnologiyalardan xabardor va ta’lim jarayonida shu kabi raqamli texnologiylardan
foydalanish darslarni sifatli va o’quvchilarni o’ziga tez jalb qiladi.
Ayni paytda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida Kundalik.com va oliy ta’lim
o’quv yurtlarida Hemis platformasidan foydlanilmoqda. Bu ta’lim tizimini shaffof va
barcha uchun qulay tarzda olib borlishiga yordam bermoqda. Dars jarayonlarida Kahoot,
Quizizz va Mentimer kabi vositalar o’quvchilarni qizitirib, darga qatnashish potensialini
oshiradi. Virtual laboratoriyalar, 3D modellar va stimulsyalar orqali mavzularni
o’quvchilarga chuqurroq va tushunarli yetkazish mumkin.
Innovatsion va ijodkorlikka ega bo’lish
Zamonaviy o’qituvchi o’z darslarini ijodiy va ko’ngilochar tarzda tashkillashtirishi,
har bir mavzuni qiziqarli va hayotiy misollar bilan tushuntira olishi zarur.
Bu holatda , albatta, pedagog turli xil o’yinlar va loyihalardan foydalanishi kerak.
O’quvchilar orasida har xil muammoli mavzular haqida muhokama qilish va ularni yechim
topishga undash, ularda muammolar ustida mustaqil o’ylashni talab qiluvchi topshiriqlar
berish lozim.
Tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantirish
XXI asr ta’limi tanqidiy va tahliliy fikrlash kabi ko’nikmalar bilan chambarchas
bog’liq. Endilikda o’quvchilar nafaqat mahalliy balki global muammolarni yechishga va
ular hqida fikr yuritishga tayyor turishi zarur. Muammooga boshqa tarafdan yoki nuqta’i
nazardan qarash, tolerantlik va xolisona yondashuvni shakllantiradi.
Aslida, tanqidiy fikrlashni kuchaytirish uchun qanday chora-tadbirlar qilish zarur?
Kitoblar o’qish va muhokama qilish eng yaxshi usullardan biri sifatida tanilgan. Masalan,
sinf uchun biror kitobni qo’shimcha uy vazifasi sifatida o’qib tugatishga berilsa va uni har
bir boladan shaxsiy fikrini dalil va isbotlar bilan ifodalash so’ralsa, har bir o’quvchida
shu mavzu bo’yicha turli xil g’oyalar yig’iladi. Tanqidiy fikrlash muammoga samarali
yechim topishga juda katta his qo’shadi.Xilma-xil madaniyatlar va ur-odatlar haqida
suhbatlar o’tkazish o’quvchilar orasida bag’rikenglik va tolerantlik kabi sifatlarni pado
qiladi. Sanab o’tilgan jihatlar o’quvchining mas’uliyatli va tafakkur qiluvchi shaxs bo’lib
yetishishida katta hissa qo’shadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 165
Talabalar bilan samarali muloqot o’rnatish
Har bir o’quvchi turli xil harakterga ega bo’lib, o’qituvchidan shaxsiy yondashuvmi
talab qiladi.
Shu sababli trening va motivatsion darslarni tashkil qilish, o’quvchining harakterini
aniqlab olishga yordam beradi. Ma’lum bir yutuqqa erishgan o’quvchini rag’batlantirish
ularda qadrlanish hissini uyg’otadi va o’qishga bo’lgan motivatsiyasini oshiradi va ular
bilan do’stona munosabatda bo’lish o’qituvchining muvafaqqiyatga erishishga yordam
beradi.
Davomli tarzda o’rganish
XXI asr bilimlar tez yangilanuvchi asr hisoblanib, insonlar kundan kunga har sohada
ixtirolar va kashfiyotlar qilmoqda. Bu esa barchadan o’z ustida ishlash va yangi bilimlarni
o’rganishga tayyor bo’lishni talab qiladi. Tashkillanayotgan trening va malaka kurslariga
qatnashish kasbiy rivojlanishda foyda beradi. Bu yondashuv o’qituvchini zamon bilan
hamnafas bo’lishiga unaydi.
Zamonaviy o‘quvchilar axborotni tez va mustaqil izlab topadi, ko‘p vazifalarni bir
vaqtning o‘zida bajaradi va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Shu sababli o‘qituvchilar ham
yangicha fikrlovchi, moslasha oluvchi va texnologiyadan foydalana oluvchi mutaxassis
bo‘lishi lozim
ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. Pedagogik innovatsiyalar va zamonaviy ta’lim usullari – V. A. Slastenin, I. A.
Morozova
2. Raqamli ta’lim va sun’iy intellektning o‘rni – G. Siemens, “Connectivism: A
Learning Theory for the Digital Age”
3. Zamonaviy ta’limda kompetensiya yondashuvi – N. Chomsky, “Education and
Human Development”
4. O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi – J. Hattie, “Visible Learning for Teachers”
5. Ta’limda innovatsion metodlar va interaktiv usullar – R. E. Mayer, “Multimedia
Learning”
