Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 65
MASOFADAN BOSHQARUVCHI SODDA MASHINA
QISMLARINI YIG‘ISH VA UNI DASTURLASH
Farg‘ona davlat universiteti,
Amaliy Matematika va Informatika kafedrasi mudiri
Sherzodjon Rozaliyev Avazjonovich
sherzodjonruzaliyev@gmail.com
Farg‘ona davlat universiteti, 3-kurs talabasi
Raxmatjonova Marjona
rahmatjonovamarjona7@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqola masofadan boshqariladigan sodda mashina yaratish va uni dasturlash
jarayoniga bag‘ishlangan bo‘lib, zamonaviy elektronika va dasturlash asosida qurilgan
prototipning texnik jihatlarini yoritadi. Qurilma oddiy komponentlar - Arduino UNO
mikrokontrolleri, L298N motor driveri, ikkita DC motor, HC-05 Bluetooth moduli hamda
mobil qurilma orqali boshqariladi. Loyihaning asosiy maqsadi—o‘quvchilarda
mikrokontrollerlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, dasturlash orqali real
obyektni boshqarish tajribasini berish, hamda STEM yo‘nalishidagi ta’limda amaliyotga
yo‘naltirilgan yondashuvni mustahkamlashdir. Qurilma mobil telefon yordamida
Bluetooth orqali buyruqlar yuborish orqali boshqariladi. Maqolada mashinaning sxematik
tuzilishi, komponentlar tanlovi, Arduino muhitida yozilgan dastur kodi va tajriba davomida
olingan natijalar batafsil tahlil qilinadi. Mazkur ish ta’limiy muassasalarda, ayniqsa
informatika va fizika fanlari bo‘yicha darslarda laboratoriya mashg‘ulotlari uchun
qo‘llanilishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
Arduino, Bluetooth, masofadan boshqaruv, mobil dastur,
mikrokontroller, avtomatlashtirish, robototexnika, dasturlash, STEM ta’limi.
Аннотация
В данной статье рассматривается процесс создания и программирования
простого устройства, управляемого дистанционно с помощью мобильного
приложения. Устройство собрано на базе микроконтроллера Arduino UNO с
использованием драйвера моторов L298N, двух двигателей постоянного тока и
модуля Bluetooth HC-05. Основной целью проекта является развитие у студентов
практических навыков в области микроконтроллеров, а также применение знаний
программирования
для
управления
физическим
объектом.
Управление
осуществляется посредством передачи команд через Bluetooth-соединение с
мобильного устройства. В статье подробно рассмотрены выбор компонентов, схема
подключения, программный код, написанный в среде Arduino IDE, а также анализ
результатов испытаний. Работа имеет высокую образовательную ценность и может
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 66
быть успешно использована в учебных заведениях в рамках практических занятий
по робототехнике, физике и информатике.
Ключевые слова:
Arduino, Bluetooth, дистанционное управление, мобильное
приложение, микроконтроллер, автоматизация, робототехника, программирование,
STEM-образование.
Annotation
This article explores the design and programming of a simple remote-controlled
machine using basic electronic components and microcontroller programming. The device
is built with an Arduino UNO board, an L298N motor driver, two DC motors, and an HC-
05 Bluetooth module. It is controlled via a mobile phone using a Bluetooth communication
interface. The main objective of the project is to provide students with practical experience
in assembling and programming microcontroller-based systems and to enhance their
understanding of how software can interact with physical hardware. The paper presents a
detailed explanation of component selection, circuit schematics, Arduino programming,
and testing outcomes. Such a project serves as a valuable educational tool for hands-on
learning in STEM education, especially in the context of introductory robotics, physics,
and computer science courses.
Keywords:
Arduino, Bluetooth, remote control, mobile application, microcontroller,
automation, robotics, programming, STEM education.
Bugungi kunda elektronika va avtomatlashtirish texnologiyalarining jadal rivojlanishi
natijasida masofadan boshqariladigan qurilmalar turli sohalarda masalan:transport, sanoat,
maishiy texnika va ta’limda keng qo‘llanilmoqda. Bu turdagi qurilmalar foydalanuvchiga
qurilmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri teginmasdan, uni boshqa bir vosita yordamida masofaviy
tarzda boshqarish imkonini beradi. Bunda ko‘pincha Bluetooth, Wi-Fi, infraqizil nurlar,
radio to‘lqinlar yoki mobil tarmoqlardan foydalaniladi.Masofadan boshqaruvda eng
ommabop vositalardan biri bu Bluetooth modulidir. U qisqa masofali (10 metrgacha) va
tejamkor aloqa imkoniyatini beradi. Bluetooth modullari mobil qurilma orqali oddiy
buyruqlar yuborish orqali turli xil harakatlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Arduino - ochiq manbali elektron platforma bo‘lib, u real jismoniy qurilmalarni dastur
orqali boshqarish imkonini beradi. Arduino UNO modeli ATmega328P mikrokontroller
asosida ishlaydi va 14 ta raqamli kirish/chiqish piniga ega. U o‘zining soddaligi, past narxi
va keng qo‘llanilishi bilan mashhurlikka erishgan.Arduino dasturlash tilining sintaksisi
C/C++ tiliga asoslangan bo‘lib, o‘rganishga oson va tezkor dasturlar yozish imkonini
beradi. Arduino IDE - Arduino qurilmalari uchun maxsus ishlab chiqilgan rasmiy muhittir.
L298N motor driver bu komponent ikki tomonlama harakatlanish imkoniyatiga ega
bo‘lgan motorlarni boshqarish uchun xizmat qiladi. U DC motorlar uchun elektr oqimini
yo‘naltirib, motorni oldinga yoki orqaga aylantirishga imkon beradi. Arduino
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 67
platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli tok uzatish xavfli bo‘lgani sababli, L298N
kuchlanishni boshqaruvchi vosita sifatida ishonchli variant hisoblanadi.
HC-05 moduli Arduino bilan UART protokoli orqali ulanadi. U mobil telefon bilan
seriyali aloqa (Serial Communication) orqali ma’lumot almashadi. Foydalanuvchi mobil
ilova yordamida oddiy belgilar yuboradi (F, B, L, R, S) va ushbu belgilar Arduino
tomonidan kod orqali tanilib, motorlarga tegishli signal uzatiladi.
Qurilmaning ishlash tamoyili quidagicha: foydalanuvchi mobil telefon orqali
Bluetooth moduli orqali qurilmaga buyruq yuboradi. Bu buyruq Arduino
mikrokontrolleriga kelib tushadi va dasturiy ta’rifga ko‘ra, motorlarni kerakli yo‘nalishda
harakatlantiradi.Quyidagi
asosiy
funksiyalar
amalga
oshiriladi:F(oldinga
harakat),B(orqaga harakat),L(chapga burilish),R( o‘ngga burilish),S(to‘xtash)
Kod strukturasi :
void setup() {
Serial.begin(9600);
pinMode(5, OUTPUT); pinMode(6, OUTPUT);
pinMode(9, OUTPUT); pinMode(10, OUTPUT);
}
void loop() {
if (Serial.available()) {
command = Serial.read();
switch (command) {
case 'F':// oldinga
break;
case 'B': // orqaga
break;
case 'L': // chapga
break;
case 'R': // o‘ngga
break;
case 'S':
// to‘xtash
break; }}}
Bu kod orqali sodda va samarali boshqaruv imkoniyati yaratiladi.
Ushbu maqolada masofadan boshqariladigan oddiy mashina qurilmasining
texnik va dasturiy asoslari keng yoritildi. Qurilmaning asosini tashkil etuvchi Arduino
UNO platformasi, L298N motor driveri, DC motorlar, HC-05 Bluetooth moduli kabi
komponentlar bir-biri bilan integratsiyalashgan holda oddiy, lekin samarali tizimni tashkil
etdi. Dasturlashning asosiy maqsadi foydalanuvchidan keladigan buyruqlar asosida
motorlarni kerakli yo‘nalishda boshqarish edi. Buning uchun oddiy va tushunarli C++
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 68
sintaksisidagi Arduino kodlari yozildi. Dastur orqali foydalanuvchi mobil qurilmadan ‘F’,
‘B’, ‘L’, ‘R’, ‘S’ kabi belgilar yuborib, mashinani harakatlantiradi, buradi yoki
to‘xtatadi.Tajriba davomida aniqlanishicha, ushbu qurilma ta’lim tizimida, ayniqsa fizika,
informatika va robototexnika kabi yo‘nalishlarda ko‘p maqsadli amaliy vosita bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Bu qurilma yordamida o‘quvchilar nazariy bilimlarni bevosita
amaliyotda sinab ko‘rishlari, mikrokontrollerlar bilan ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishlari, dasturlash va elektronika asoslarini chuqurroq anglashlari mumkin.
Qurilmaning arzonligi, montaj qilishdagi qulaylik, xavfsiz ishlash xususiyatlari uni maktab
va kollej darajasidagi o‘quvchilarga ham mos qiladi.Shuningdek, qurilma yoshlar orasida
muhandislik va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Hozirda STEM (Science,
Technology, Engineering, Mathematics) ta’limi dunyo bo‘yicha keng rivojlanmoqda va
aynan shunday oddiy, amaliy loyihalar yoshlarning texnik tafakkurini shakllantirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Yana bir muhim jihat shundaki, bu kabi qurilmalar asosida kelajakda yanada
murakkab tizimlarni yaratish uchun poydevor yaratiladi. Masalan, ushbu loyihaga
sensorlar qo‘shilishi, GPS modullar yordamida avtomatik harakatlanish, kameralar orqali
masofadan video monitoring qilish, hatto sun’iy intellekt elementlarini joriy etish mumkin.
Shuningdek, ushbu loyiha Internet of Things (IoT) asosida tarmoq orqali boshqariladigan
aqlli qurilmalar uchun ham boshlang‘ich tajriba vazifasini o‘tashi mumkin. Umuman
olganda, bu loyiha dasturlash, elektronika va robototexnikaga qiziqadigan o‘quvchilar
uchun mukammal o‘quv materiali bo‘lib, ularni mustaqil fikrlashga, muammolarni
yechishga va amaliy yechimlar topishga o‘rgatadi. Yig‘ilgan qurilma ham nazariy, ham
amaliy jihatdan foydali bo‘lib, ilmiy-texnik yondashuvni hayotga tatbiq etishning yorqin
namunasi bo‘la oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kurniawan A. Arduino Development Cookbook, Packt Publishing, 2015.
2.
Monk S. Programming Arduino, McGraw-Hill, 2016.
3.
Banzi M. Getting Started with Arduino, Maker Media, 2015.
