Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 305
ABUL BARAKOT NASAFIYNING ILMIY MEROSLARI VA
XUSUSAN “TAFSIRUN NASAFIY” ASARI
Xamidullayev No‘monxon
Imom Buxoriy nomidagi
Toshkent islom instituti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va
moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an-
Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi. Uning kalom, fiqh va tafsir sohalariga oid muhim
asarlari, xususan “Madorik at-Tanzil va Haqoiq at-Taʼvil” nomli tafsiri alohida tahlil
qilinadi. Ushbu tafsir asari hanafiylik va ahli sunna ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unda
Zamaxshariyning “Kashshof” va Bayzoviy tafsirlaridan tanlab olingan jihatlar, ammo
moʻtaziliy yondashuvlardan holi uslub qo‘llanilgan. Muallif Qur’on oyatlarini fiqhiy,
tilshunoslik va kalomiy jihatdan izohlab, tafsirni moʻtadil, ixcham, isroiliylardan pok va
ilmiy yondashuvga asoslangan holda yozgan. Shuningdek, maqolada Abul Barakot
Nasafiyning boshqa mashhur asarlari va ulamolar tomonidan berilgan ta’riflar ham bayon
etilgan. Bu maqola tafsir ilmi rivojiga qo‘shilgan boy ilmiy merosni ochib berish
barobarida, hanafiy tafsir maktabining o‘ziga xos jihatlarini ham yoritadi.
Kalit so‘zlar:
Abul Barakot an-Nasafiy, Madorik at-Tanzil, Tafsir an-Nasafiy,
hanafiy mazhabi, moturidiy aqida, tafsir ilmi, Kashshof, Bayzoviy, ahli sunna val jamoa,
fiqh, kalom, Qur’on tafsiri, mo‘g‘ullar davri, isroiliyat, qiroatlar, tafsir uslubi.
Nasafdan yetishib chiqqan ulugʻ olimlardan biri Abul Barakot Nasafiy oʻzining tafsir,
fiqh, aqida sohalariga oid asarlari bilan mashhur boʻlgan. U tugʻilib, yashagan payt
moʻgullar hukmronligi davri boʻlganligi uchun Movarounnahrda ilmiy, madaniy va
iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan Abul Barakot
Nasafiy kabi fidoiy olimlar ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilganlar
1
. Abul
Barakot Nasafiyning turli sohalardagi asarlari;
“Al-Musaffo fi sharh al-manzuma an-Nasafiya” (“an-Nasafiy nazmining musaffo
sharhi ”) – ilmi kalomga oid;
“Al-Mustasfo fi sharh al-fiqh an-nofi” (“Tanlangan foydali fiqh sharhi”) – islom
huquqshunosligiga oid;
“Umdat al-aqoid” (“Aqidalar asosi”) – kalom ilmiga oid.
Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmi boʻyicha ahli ilm orasida “Tafsir an-Nasafiy”
nomi bilan mashhur boʻlgan va hanafiy mazhabiga muvofiq bitilgan “Madorik at-tanzil va
haqoiq at-taʼvil” (Qurʼon maʼnolari va taʼvil haqiqatlari) kitobi boshqa asarlar orasida eng
1
Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol, 2014. – B. 98.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 306
qimmatlilaridan biri desak, hech ham mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki boshqa tafsir kitoblari
orasida katta shuhrat qozongan “Tafsir an-Nasafiy” kitobi dunyo boʻyicha eng keng
tarqalgan hanafiy mazhabiga binoan yozilgan, undagi oyatlar aynan moturidiya taʼlimotiga
binoan bayon etilib, oʻsha davrning ilm markazlari Buxoro va Samarqandning olimlari
fikrlari bilan boyitilgandir. Bu asarni yozishda Nasafiy Zamaxshariyning “al-Kashshof an
haqoiqi-t tanzil”, Bayzoviyning “Anvorut-tanzil va asrorut-taʼvil” va boshqa tafsirlardan
foydalangan
2
.
Alloma Laknaviy Abul Barakot Nasafiy 1310-yilda Bagʻdodga kelgani, mudarrislik
qilgani va shu yerda vafot qilganlini aytib oʻtgan
3
. 1310-yili rabi al-avval oyining juma
kuni kechasi Bagʻdodda vafot etgan hamda Isfahon yaqinidagi Izaj shahrida (Xuziston va
Isfahon oraligʻida) dafn qilingan.
Quyida ushbu buyuk imom haqida baʼzi ulamolarning fikrlari keltiramiz: Imom
Laknaviy uni shunday taʼriflagan:
“Komil imom, zamonasining ziyrak olimlaridan, fiqhda
asosiy manbalarga amal qilgan, hadis va uning maʼnolarida yetuk olim”
4
.
Imom Ibn Hajar uni
“dunyoning allomasi”
5
deb atagan.
Ibn Kamol Pasha uning yuksak ilmiy maqomi haqida shunday degan:
“U mutaqaddim faqihlar va muhaqqiqlar qatorida yuqori mavqega ega boʻlib, zaif va
mavzuʼ hadislarni oʻz asarlarida keltirmagan, balki mustahkam dalillarga tayangan”.
Shuningdek, u shunday degan:
“Ijtihod eshigi u kishi bilan yopilgan, undan keyin hech bir
mazhabda yangi mujtahid kelmagan”
6
.
Abul Barakot Nasafiyning bir qator asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Nasafiy
tafsiri
taʼrifi
va
muallifining
undagi
uslubi
Bu tafsirni Imom Nasafiy (rohimahulloh) “Tafsirul Bayzoviy” va Zamaxshariyning
“Kashshof” tafsirlaidan muxtasar qilib olgan. Lekin u Kashshofdagi moʻtazila eʼtiqodidagi
fikrlarni tashlab, Ahli sunna val Jamoa mazhabiga koʻra taʼlif qilgan. Bu tafsir uzun
tafsirlar bilan qisqa tafsirlar orasidagi oʻrtacha tafsirdir. Bu tafsirda Imom Nasafiy
(rohimahulloh) qiroat va tarkib qoidalari oʻrtasidagi vajhlarni jamlagan. Bunga
Kashshofda kelgan balogʻat qoidalari va yashirin nozik maʼnolarni kashf etishdan iborat
boʻlgan bir qancha narsalarni ham kiritgan. Shu bilan birga, Zamaxshariy oʻz tafsirida
qoʻllagan savol va javoblarni ham keltirgan. Lekin imom Nasafiy rahmatullohi alayh
oʻzining bu tafsirida oyatlarni asos qilib olgan. Shuning uchun “Kashshof”ning
2
Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 29.
3
Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 13.
4
Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998. – B. 101.
5
Ibn Xajar Asqaloniy. Durarul kamina. – Haydarobod: Maorifil Usmoniya, 1994, – J. 1. – B. 17.
6
Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998 – B. 101-102.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 307
sohibi suralarning fazilati haqida mavzuʼ hadislarni keltirganidek u kishi mavzuʼ
hadislarni keltirmagan. Imom Nasafiy (rohimahulloh) grammatik qoidalarga chuqur
kirmay, balki yengil toʻxtalib oʻtgan. Mutavotir yetti qiroatni lozim tutib, har bir qiroatni
oʻz qorisiga nisbatini bergan. Hukm oyatlarning tafsirida fiqhiy mazhablarga qisqacha
toʻxtalib oʻtgan. Har bir mazhab keltirgan fikrlarni qisqacha bayon qilib, asosan, koʻpincha
oʻzining hanafiy mazhabini qoʻllab-quvvatlagan. Mazhabiga muxolif kelganlarga
raddiyalar bergan. Bu tafsirda Isroiliyot rivoyatlarining zikri kamdan-kam uchraydi.
Shunda ham bunday rivoyatlarni keltirib turib, soʻngra rad qiladi.
Darhaqiqat, imom Nasafiy (rohimahulloh) oʻz tafsirining avvalida qisqa bir iborani
keltirib, unda oʻzining bu tafsirini yozishdagi yoʻnalishi va uslubini bayon qilib, jumladan,
shunday deydi: “Tafsir ilmida qiroat va tarkib vajhlarini jamlagan, «Badiʼ va ishorat”
ilmining nozik jihatlarini oʻz ichiga olgan, Ahli sunnat val jamoatning soʻzlari bilan
bezalgan, bidʼat va zalolat ahlining botil fikrlaridan xoli boʻlgan, malol keladigan darajada
juda uzun boʻlmagan va xalal beradigan darajada juda qisqa boʻlmagan, oʻrtacha bir
kitobni yozdim».
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol, 2014. – B. 98.
2.
Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 29.
3.
Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 13.
4.
Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998. – B. 101.
5.
Ibn Xajar Asqaloniy. Durarul kamina. – Haydarobod: Maorifil Usmoniya, 1994, – J.
1. – B. 17.
6.
Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998 – B. 101-
102.