Jild 73 № 3 (2025)

Jild 73 № 3 (2025)
Nashr qilingan: 16-06-2025

Maqolalar

3-6 15 4

IMOM AXSIKATIYNING USULIY MEROSI: “AL-MUNTAXAB” ASARI VA UNGA YOZILGAN SHARHLAR

Vohidov Hasanboy
Annotatsiya: Mazkur maqolada Ḥanafiy fiqhining asosiy usuliy matnlaridan biri bo‘lgan al-Muntaxab al-Ḥusami asarining muallifi Ḥusamuddin al-Axsikati shaxsi, ushbu asarning yozilish maqsadi, ilmiy mazmuni, unga yozilgan sharhlar an’anasi va zamonaviy tadqiqotlarda tutgan o‘rni yoritiladi. Asarning ilmiy qiymati va fiqhiy uslubiy tadqiqotlar uchun manba sifatida ahamiyati tahlil qilinadi.
150-153 23 7

EFFECTIVENESS OF THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN MOTHER LANGUAGE LESSONS

Qabilova Kamola, Khurramova Madina Abdunazar qizi

Annotation: This article studies the effectiveness of the use of information technologies in mother tongue lessons. The importance of information technologies in the modern educational process, their impact on the methodology of teaching the mother tongue and their role in activating students' learning activities are analyzed. The article considers innovative methods, digital resources used in mother tongue lessons and ways to increase their effectiveness. Based on the results of the research, conclusions and recommendations are developed.

308-310 8 2

QANDLI DIABETNING ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI: INSULIN TERAPIYASIDAN GEN TERAPIYASIGACHA

Ziyoviddinova Gulnoza Shohobjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada qandli diabetning zamonaviy davolash usullari tahlil qilinadi. Xususan, an’anaviy insulin terapiyasidan tortib GLP-1 agonistlari, SGLT2 inhibitorlari, insulin pompasi va gen terapiyasi kabi ilg‘or yondashuvlarning afzalliklari, cheklovlari va istiqbollari yoritilgan. Har bir terapiya usuli klinik natijalar asosida baholangan va o‘zaro solishtirilgan. Maqola sog‘liqni saqlash tizimi va bemorlar hayot sifati nuqtai nazaridan amaliy tavsiyalarni ilgari suradi.

311-315 11 5

IMS KOMPONENTLARINING VOWIFI XIZMATIDAGI O‘RNI VA O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Almardanov Muxriddin Xurram o‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada ISM tizim osti platformasining asosiy elementlari, ularning ishlash prinsiplari, shuningdek IMS komponentlarining VoWiFi xizmatidagi o‘rni, ishlash jarayoni bayon etilgan

121-123 27 7

KESIK PIRAMIDANI HAJMINI AMALIY ANIQLASH USULI

Meliyev Fatto Muxammadiyevich, Ikromov Amirxon Qilichevich

Annotatsiya:      Maqolada kesik piramida hajmini aniqlashning amaliy usuli bayon etiladi. Muallif nazariy formulani  uchta yordamchi piramidani yasash va ularni qum (yoki shakar) bilan to‘ldirib tekshirish orqali tasdiqlaydi. Bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar, chizmalar va geometrik hisoblar kesik piramida hajmining uning tarkibiy piramidalar hajmlari yig‘indisiga tengligini tajribada isbotlashga yordam beradi. Usul STEAM yondashuviga mos kelib, o‘quvchilarda nazariy bilimni amaliy faoliyat bilan bog‘lash ko‘nikmasini rivojlantiradi.

124-130 16 5

ISLOM HUQUQIDA OZODALIKNING MAZMUN-MOHIYATI VA ASOSIY VAZIFALARI

Mansurov Umar Foruq

Islomda musulmonlarning pokiza, toza bo‘lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-turishlariga katta e’tibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taolo Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ga shunday buyurgan. Sababi Islom dini pokizalik, go‘zallik ustiga qurilgan. Poklik – mo‘minnig ko‘zgusi. Poklik – iymondandir,- degan Rosululloh (s.a.v).


Islom musulmonlarning toza, pok bo‘lishlarini ta’minlashda eng mayda-chuyda “ikir-chikir”larigacha aralashgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v) sunnatlari orqali bu sohadagi yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarni targ‘ib qiladi.

131-134 16 8

ТAFSIR TURLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Satvaldiyeva Zebo Mahmudovna, Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich

Annotatsiya: Qur’oni Karim mazmun jihatidan ma’nosi keng bo‘lib, uni turli zamonlarda har xil olimlar o‘z bilim va dunyoqarashlari doirasida tushunganlar. Xuddi shuningdek, mufassirlarning o‘z uslublari, har bir uslubning o‘z yondashuvlari ham bo‘lgan. Tafsir uslublari orasidagi farqlarni bir-biriga zid deb qabul qilmaslik lozim. Chunki mufassir bir uslubni asos qilib olishi bilan boshqa uslubdan ham foydalanadi. Demak, tafsir uslublari bir-biri bilan bog'langan deb to'laqonli ravishda aytish mumkin. Har bir tafsir uslubi Qur’onni tushunish va uning ma‘nolarini ochib berishda o'ziga xos yondashuvga ega.

135-138 19 3

ISLOM MANBALARIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHGA DOIR OYATLAR TAHLILI (Qur’on karim misolida)

Tojiddinov Kamolidin Sadritdin o‘g’li, Sodiqov Jo’rabek

Annotatsiya: Maqolada dunyoda jamiyat barqarorligini ta’minlash borasida Qur’oni karimda kelgan oyatlar tahlilini va olimlarning ayrim tadqiqotlari asosida yuzaga xulosalari keltirilgan.

139-145 10 6

БУРҲОНИДДИН МАРҒИНОНИЙ ҚАЛАМИГА МАНСУБ АСАРЛАР

Икромов Шерислом Хидоятулло ўғли

Аннотация (Ўзбек тилида): Ушбу мақолада ислом фиқҳи тарихида алоҳида ўрин тутадиган буюк муҳаддис ва фақиҳ — Имом Бурҳониддин ал-Марғиноний қаламига мансуб асарлар таҳлил қилинади. Асосий эътибор у зотнинг машҳур “ал-Ҳидоя” асари ҳамда бошқа 11 та фиқҳий ва илмий меросларига қаратилган. Асарлар мазмуни, уларнинг фиқҳий аҳамияти, манбалар асосида ёзилиши, қўлёзма нусхалари ва уларнинг тарқалиш жойлари ҳақида маълумотлар келтирилади. Марғинонийнинг илм оламида тутган ўрни ва фиқҳий мероси илмий таҳлил этилади.

146-149 17 6

IMOM DORAQUTNIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

Nishonova Hadichabegim Oybek qizi, Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich

Annotatsiya: Mazkur maqolada Imom Doraqutniyning hadis ilmida tutgan o‘rni va uning ilmiy me’rosi tahlil qilingan. Doraqutniyning hadislarni to‘plash, ularni tasniflash va ilmiy jamoatchilikka yetkazishdagi yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, uning metodi va ilmiy faoliyati hadis ilmi rivojida muhim ahamiyat kasb etganligi ochib berilgan. Imom Doraqutniyning hadis ilmida tutgan o‘rni, uning ilmiy yondashuvlari va metodikasi hamda hadis tarixida qoldirgan izlari batafsil tahlil qilinadi. Shu bilan birga, uning ilmiy merosi bugungi kun musulmon olimlari tomonidan qanday baholanayotgani ham ko‘rib chiqiladi.

299-304 20 4

SUN’IY INTELLEKT VA UNING INSONIYAT FAOLIYATIDA HAMDA TA’LIM SOHASIDA TUTGAN O‘RNI

To‘raboyeva Mahliyo Kozimbek qizi, Xamidova Saidabonu

Sun’iy intellekt hayotimizning turli sohalari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar unumdorlik va samaradorlikni oshirishdan tortib, ilm-fan va innovatsiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda keltirish salohiyatiga ega.


Ushbu maqolada “Sun’iy intellekt” tushunchasi, shuningdek, uning asosiy xususiyatlari muhokama qilinadi. Ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish xususiyatlari va misollari keltirilgan. Sun’iy intellektni zamonaviy ta’lim sohasida qo‘llash muammolari va istiqbollari sanab o‘tilgan. Sun’iy intellektning ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarga ta’sir qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

154-156 22 5

TEACHING ENGLISH TO YOUNG STUDENTS

Kabilova Kamola, Tulkinova Dilshoda G‘ofurjon qizi

Annotation: This article discusses effective methods, didactic approaches and psychological and pedagogical features of teaching English to young students. The importance of organizing English lessons in an interesting and effective way, using visual, audiovisual and interactive tools appropriate to their age when working with children in preschool and primary education is substantiated. Also, ways of forming motivation in learning a foreign language, developing oral speech and forming a positive attitude towards the language are analyzed.

157-159 17 4

TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO YOUNG STUDENTS

Kabilova Kamola, Nazarova Marjona Oktam qizi

Annotation: This article highlights the relevance of the process of teaching a foreign language to young students, the effectiveness of teaching methods, and the importance of visual and interactive tools. Today, in the context of globalization, the need to teach foreign languages ​​from an early age is increasing. The study analyzes the role of psychological and pedagogical approaches, game methods, and multimedia technologies appropriate to the age of children. The motivational role of the teacher, family environment, and social factors are also indicated as decisive factors in the effective acquisition of a foreign language.

160-163 18 9

YOSH O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI SAMARALI O‘RGATISH USULLARI VA YO‘LLARI

Kurbaniyazova Manzura Radjapovna, Xoliqulova O‘g‘iloy Olimjon qizi

Annotatsiya.Mazkur maqolada yosh o‘quvchilarga ingliz tilini samarali o‘rgatishning zamonaviy metodlari, pedagogik yondashuvlar va lingvodidaktik tamoyillar tahlil etiladi. Unda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tanlangan interaktiv, kommunikativ va differensial yondashuvlarning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot davomida samarali dars tashkil qilish, motivatsiyani oshirish hamda chet tilini faol muhitda o‘rgatishning ustuvor yo‘llari asoslab berilgan. Maqola ingliz tilini boshlang‘ich bosqichda o‘rgatishda muhim bo‘lgan psixolingvistik omillarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar beradi.

164-166 30 7

LINGUISTIC AND RHETORICAL FEATURES OF EFFECTIVE TEACHER COMMUNICATION

Djurayeva Ranokhon

Abstract Effective communication is an essential component of successful teaching and learning. This paper explores the linguistic and rhetorical features that define effective teacher communication, focusing on the dynamic interaction between teachers and students in diverse educational contexts. Through an interdisciplinary approach that integrates insights from linguistics, rhetoric, education, and cognitive psychology, the study identifies key strategies that enhance clarity, engagement, and understanding in classroom discourse. Particular attention is given to language structure, rhetorical moves, pragmatic competence, and the socio-cultural dimensions of teacher talk.

167-171 15 13

MODULLARNING TA’RIFI VA ULANISHI. TASODIFIY – RANDOM () MODULI

Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich, Sotvoldiyeva Zarnigor Egamnazar qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Python dasturlash tilidagi modullar tushunchasi, ularning vazifasi va ulanish usullari haqida ma’lumot beriladi. Asosiy e’tibor standart random moduliga qaratilgan bo‘lib, u orqali tasodifiy sonlar bilan ishlashning turli usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada random() funksiyasining ishlash printsipi, undan foydalanish imkoniyatlari va amaliy misollar yordamida tushuntirishlar berilgan.

172-177 16 8

SATR FUNKSIYALARI. SATRLARNI FORMATLASH

Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich, Yusupov Mirsaid Abdulaziz o‘g‘li, Turg’unova Gulsanam Murodil qizi

Annotatsiya: Python dasturlash tili zamonaviy va qulay sintaksisga ega bo‘lib, ko‘plab sohalarda, jumladan veb dasturlash, ma'lumotlarni tahlil qilish va sun'iy intellektda keng qo‘llaniladi. Satrlar — Python dasturlash tilidagi eng asosiy ma'lumot turlaridan biri bo‘lib, matn bilan ishlashda asosiy rol o‘ynaydi. Satr funksiyalari va ularni formatlash vositalari dasturchilarga matnlarni samarali tarzda boshqarish, o‘zgartirish va ko‘rinishini sozlash imkonini beradi. Ushbu maqolada Python satr funksiyalari va formatlash usullari haqida tushuncha berilib, amaliy misollar yordamida ularni qanday qo‘llash mumkinligi ko‘rsatiladi.


Bugungi kunda matn bilan ishlash dasturlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Web sahifalarni yaratishda, foydalanuvchi ma'lumotlarini qayta ishlashda yoki hisobotlarni shakllantirishda satrlarni formatlash va manipulyatsiya qilish ko‘nikmalari juda muhimdir. Shuning uchun, Pythonning kuchli va oson o‘rganiladigan satr funksiyalari dasturchilar uchun katta yordam beradi.

178-181 22 10

PYTHON DASTURLASH TILIDA RO‘YXATLAR, KORTEJLAR VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH

Onarqulov Maksadjon Karimberdiyevich, Yusupov Mirsaid Abdulaziz oʻgʻli, Nuritdinova Nargizaxon Muxtorali qizi

Annotatsiya. Python dasturlash tili juda qulay va oson o'rganiladigan til sifatida keng tarqalgan. Uning ba'zi asosiy ma'lumot tuzilmalari — ro'yxatlar , kortejlar va lug'atlardir. Bu tuzilmalar yordamida ma'lumotlarni samarali saqlash va boshqarish mumkin. Ushbu maqolada biz ro'yxatlar, kortejlar va lug'atlarga oid tushunchalar, ularning xususiyatlari va qanday ishlatilishi haqida batafsil ma'lumot beramiz.

268-270 18 3

OʻQUVCHILARNING KASB TANLASHLARIDA YUZAGA KELADIGAN TOʻSIQLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Xudoyqulova Nigora Abdug‘aniyevna

Annotatsiya: Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli  kasbni tanlashimiz– bu hayotga qo’ygan ilk qadamimiz   hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin? Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning  natijasida baxtli yashashi mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga  eʼtibor berishi lozim. Odam jamoat oldida  oʻzini tutishi ham muhim oʻrin egallaydi. Odamlar bilan bevosita aloqada boʻladiganlar shirinso’z va gapga usta boʻlishi kerak. Shunda ish vaqtida har bir gapga javob topib keta oladi. Masalan, shifokorlarni oladigan boʻlsak, ular sovuqqon boʻlishi bilan xarakterlanadi. Chunki, shifokorda achinish tuygʻusi boʻladigan boʻlsa, bemorga toʻgʻri yordam koʻrsata olmaydi. Oʻqituvchilarni oladigan boʻlsak, ular oʻquvchilarni darsga, oʻziga va atrofdagi narsalarga qiziqtirib qurishi kerak. Shunda shu oʻqituvchining darsi doimo qiziqarli, mazmunli va har doim bolalarni oʻziga jalb qiladigan boʻladi. Yoshlarni oʻzi yoqtirgan kasbga qanday jalb qilsa boʻladi?

13 4

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi
240-241 13 5

“MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDAGI GULSHAN OBRAZI

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi Gulshan obrazining ijobiy va salbiy jihatlari ochib berilgan. 


  “Mehrobdan chayon” o’zbek romanchiligiga tamal toshini qo’ygan Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik romani. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqqan. Romanning mavzusi to’g’risida yozuvchining o’zi shunday deydi: ”Turkiston feodallarining keyingi vakili bo’lg’an Xudoyorning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo’lmasin, rahmsiz jazo berishi ro’monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo’ldagi birinchi istinodgohi bo’lg’an ulamolar,ularmimg ichki tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitganligi va qolg’ani hamx xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanligi mundarija sig’dirg’an qadar bayon qilinadir.”[1] 

242-246 12 3

RUHIY RITMIKLIKNING BADIIY-ESTETIK MOHIYATI

Xolmatova Ro’zixon

Men bu maqolam orqali ayol ruhiyatining ritmik xususiyatlarini asar misolida atroflicha ochib bermoqchiman.Ruhiyatdagi ritmiklik inson   ruhiy olamining muvozanatsizligini ya’ni inson ruhiyatida  o’sish hamda pasayish ,davomli va o’zgaruvchan ruhiy ritmik holatlarning nomoyon bo’lishidir.

247-249 12 4

ABDUQAYUM YO’LDOSHEV HIKOYALARIDA TABIAT TASVIRI

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqola   Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida tabiat tasviri tahliliga bag’ishlangan. Garchand uning asarlarida peyzaj tasviriga urg’u berilmagan bo’lsa-da, o’ziga xos badiiy bo’yoq va jiloga ega ekanligi misollar vositasida ochib beriladi.

250-255 11 2

VAQFNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Abdulhayev Bekmurod

Annotatsiya (O'zbekcha): Ushbu maqolada islom tarixida muhim o‘rin tutgan vaqf tizimi va uning bugungi kundagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif vaqfning musulmon jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy roliga, xususan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma va qashshoqlikka qarshi kurashishdagi o‘rniga eʼtibor qaratadi. Tarixiy misollar va zamonaviy tajribalarga tayangan holda, vaqf muassasalarining zamonaviy shakllari, jumladan, cash waqf va vaqf banklari haqida ham so‘z yuritiladi.

256-259 9 3

OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARDA XAVOTIRLILIK HAMDA STRESSLI VAZIYATLARNI BARTARAF ETISH VA XULQ-ATVOR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Sa'dullayeva Nodira Abduraxmonovna

Annotatsiya: Jamiyat a’zolari o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuq va kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan turli qiyinchilikliklarni osonlik bilan yenga olishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada unumli foydalana olishga, o‘zlari haqida yanada chuqur, ijobiy va o‘ziga xos tasavvurlarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. 

260-263 13 3

BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIK HOLATLARINING SODIR ETILISHI HAMDA ULARGA PSIXOLOGIK YORDAM KOʻRSATISH MASALALARI

Samsakova Madinaxon Kosimjonovna

Annotatsiya: Bolaga loqayd munosabatda bo‘lish – ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi kishilar, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan bolalarni boqish, tarbiyalash, sog‘lom turmush kechirish sharoitlarini yaratish, to‘la ma’lumot olish va shu kabilarni ta’minlashga doir o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmasliklari.

264-267 11 3

SHAXSLARDA O‘Z-O‘ZIGA NISBATAN IJOBIY FIKRLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Murodov Sanjar Abdivahobovich

Annotatsiya: Psixologik muhofaza qilish muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu jarayonga bog‘liqdir.

305-307 14 3

ABUL BARAKOT NASAFIYNING ILMIY MEROSLARI VA XUSUSAN “TAFSIRUN NASAFIY” ASARI

Xamidullayev No‘monxon

Annotatsiya: Mazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an-Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi. Uning kalom, fiqh va tafsir sohalariga oid muhim asarlari, xususan “Madorik at-Tanzil va Haqoiq at-Taʼvil” nomli tafsiri alohida tahlil qilinadi. Ushbu tafsir asari hanafiylik va ahli sunna ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unda Zamaxshariyning “Kashshof” va Bayzoviy tafsirlaridan tanlab olingan jihatlar, ammo moʻtaziliy yondashuvlardan holi uslub qo‘llanilgan. Muallif Qur’on oyatlarini fiqhiy, tilshunoslik va kalomiy jihatdan izohlab, tafsirni moʻtadil, ixcham, isroiliylardan pok va ilmiy yondashuvga asoslangan holda yozgan. Shuningdek, maqolada Abul Barakot Nasafiyning boshqa mashhur asarlari va ulamolar tomonidan berilgan ta’riflar ham bayon etilgan. Bu maqola tafsir ilmi rivojiga qo‘shilgan boy ilmiy merosni ochib berish barobarida, hanafiy tafsir maktabining o‘ziga xos jihatlarini ham yoritadi.

271-275 14 5

MATEMATIKA SOHASIDA MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE” INSTITUTI SAMARQAND FILIALI

Abdullayev Olimjon Baxrillo o'g'li

Ushbu maqolada matematika ta’limi sohasida mavjud bo‘lgan dolzarb muammolar, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilingan hamda bu muammolarning bartaraf etilishiga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Muallif o‘z tahlillarida mavjud statistik ma’lumotlar, xalqaro tajriba va milliy ta’lim siyosatidan kelib chiqib fikr yuritadi. Matematika fani o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini shakllantirish, zamonaviy kasb-hunarlar asosini egallash va raqamli iqtisodiyotga tayyorlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ushbu maqola nafaqat ta’lim muassasalari, balki ta’lim siyosatini belgilovchi organlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

276-281 17 4

MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUV MATIVATSIYASINI OSHIRISHNI TURLI USULLARINI TAHLIL QILISH.

Abdullayev Olimjon Baxrillo o'g'li

Ushbu maqola matematika darslarida o'quvchilar motivatsiyasini oshirishning samarali usullarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Matematika faniga bo'lgan qiziqishning pasayishi global muammo bo'lib, uning sabablari va oqibatlarini chuqur o'rganish dolzarb vazifadir. Maqolada o'quv motivatsiyasini shakllantirishning psixologik asoslari ko'rib chiqiladi va nazariy yondashuvlar, jumladan, kognitiv, bihevioristik va gumanistik nazariyalar tahlil qilinadi. Maqola natijalariga ko'ra, o'quv motivatsiyasini oshirish faqatgina akademik ko'rsatkichlarni yaxshilash bilan cheklanib qolmay, balki o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga va ularda matematikaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga ham xizmat qilishi ko'rsatilgan.

282-286 11 5

КАЧЕСТВОМ — ЗАЛОГ УСПЕХА АПТЕЧНОЙ СЕТИ

Юлдашев Бектош Алишерович, Мардиева Зиёда Алишеровна, Нормуродва Қундуз Шакарбоевна

Аннотация. В условиях повышенных ожиданий потребителей и ужесточения нормативных требований управление качеством становится краеугольным камнем конкурентоспособности аптечных сетей. В статье обобщены международные и национальные стандарты (GMP, GDP, GPP, ISO 9001), проанализировано их влияние на логистические, операционные и финансовые показатели аптек. Приведены методические рекомендации по поэтапному внедрению системы менеджмента качества, включая предаудит, обучение персонала, разработку документации, внутренний аудит и корректирующие действия. На материале аптек Самаркандской области продемонстрированы количественные эффекты от сертификации: снижение жалоб клиентов на 66 %, рост выручки на 40 %, сокращение времени ожидания на 43 %. Рекомендован комплексный подход: интеграция стандартов качества в стратегию развития, усиление кадрового потенциала и использование цифровых инструментов контроля.

287-289 16 4

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANNI O‘QITISHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Matkarimov Jahongir Saloydinovich, Turdiyeva Shohsanam Mahamadali qizi

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy talim tizimidagi o‘rni, ahamiyati va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda kuzatish, tahlil qilish, fikrlash va xulosalash kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga urg‘u berilgan. Maqolada tarixiy rivojlanish jarayonlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar doirasida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi yondashuvlar tahlil qilinadi.

290-294 8 3

TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING SAMARADORLIGI

Xaydarov Anvar Djurayevich

Annotatsiya. Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tasnifi, shuningdek, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, rivojlangan mamlakatlar tajribasi va O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning turli sohalarda, jumladan, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi.

295-298 29 5

ATMOSFERANING TUZILISHI

Shukurova Goʼzal, Azamatova Sugʻdiyona, Xamidova Saidabonu, Muhtarova Fotima, Matkarimov Joxongir Solaydinovich

Annotatsiya: Atmosfera sayyoramizning gazsimon qobig’i hisoblanib, yer yuzasi har hil gazlar aralashmasi va suv bug’lari, changlardan tashkil topgan. Hozirgi yerning atmosfera qobig’i keyin paydo bo’lgan albatta. Ushbu maqolada atmosferaning  tuzilishi va tarkibi haqida so`z yuritiladi.

182-186 20 7

MANTIQIY OPERATSIYALAR VA SHARTLI IFODALARDAN FOYDALANISH

Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich, Yusupov Mirsaid Abdulaziz o‘g‘li, Mubinaxon Abdusalomova Otabek qizi

Annotatsiya: Ushbu ishda dasturlashda keng qo‘llaniladigan mantiqiy operatsiyalar va shartli ifodalarning asosiy tushunchalari, ularning qo‘llanilish usullari va amaliy dasturlarda tutgan o‘rni o‘rganiladi. Dasturiy ta’minot yaratishda shartli ifodalar yordamida qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish va optimallashtirish mumkin. Mantiqiy operatorlar (AND, OR, NOT) va ularning kombinatsiyalari real hayotiy masalalarni modellashda, shuningdek, shartli bloklar orqali dastur oqimini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Shartli operatorlar esa (if, else, elif/switch) yordamida foydalanuvchining kiritgan ma’lumotlari asosida kerakli amallar bajarilishi ta’minlanadi. Ish davomida turli misollar, mantiqiy ifoda tuzilmalari, murakkab shartlar va ularning yechimi ko‘rib chiqilgan. Amaliy qismda Python kabi dasturlash tillarida mantiqiy shartlar asosida yozilgan dastur namunalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur mavzu dasturlashni yangi o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun foydali bo‘lib, ularga algoritmik fikrlashni rivojlantirish, qaror qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish va kod yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.

115-120 15 4

MARKETING ORQALI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Sevinch Eshimova Baxtiyor qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada marketing strategiyalarining turizm sohasini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Ayniqsa, raqamli marketing, kreativ yondashuvlar va mijozga yo‘naltirilgan xizmatlarning ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston misolida olib borilgan tahlillar orqali zamonaviy marketing vositalarining turistik oqimni oshirish va mamlakat imidjini shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan.

87-90 12 8

IMOM TERMIZIYNING “ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA” ASARINING TAVSIFI

Asadullayeva Muslima Xayrullo qizi, Z.Faxriddinov

Annotatsiya: Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari hamda  “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qismi yoritilgan. Siyrat hamda hadis ilmidagi zaruriy ma’lumotlarni jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitobda bo‘lgan Muhammad payg‘ambarning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ hislatlari, yuksak xulqlari va go‘zal muomalalari batafsil yoritib berilgan.

91-93 16 8

БЎЛМАЧАЛАР ФИБРИЛЛЯЦИЯСИ БИЛАН АСОРАТЛАНГАН ЎТКИР МИОКАРД ИНФАРКТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ҲУСУСИЯТЛАРИ.

D.T.Giyasev, E.V.Otaxonov, S. S. Ma'rifjonov

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘tkir miokard infarkti (UMI) bilan asoratlangan bemorlarda bo‘lmachalar fibrillyatsiyasining rivojlanish omillari, ularning yosh va jins bilan bog‘liqligi, shuningdek, miokard infarkti zonasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi 13,8% holatlarda kuzatilgan bo‘lib, u ko‘pincha 60 yoshdan katta erkak bemorlarda uchraydi. Shuningdek, chap qorinchaning oldingi o‘rta devori shikastlanganda o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi rivojlanish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Muolaja sifatida medikamentoz va elektr kardioversiya usullari qo‘llanilib, 87,5% holatda ritm tiklangan.

94-97 20 7

TURLI YOSHDAGI ERKAKLARDA MIOKARD INFARKTI TAKRORLANISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA XAVF OMILLARI

Sohibjon Ma'rifjonov Sobirjon o'g'li, E.V.Otaxonov

Annotatsiya:Miokard infarkti (MI) yurakning ishemik kasalliklarining eng og'ir shakllaridan biri bo'lib, ayniqsa, takrorlanish holatlarida bemorlarning hayotiga jiddiy tahdid soladi. Ushbu maqolada turli yoshdagi erkaklarda MI qaytalanishining klinik xususiyatlari, xavf omillari va ularning oldini olish usullari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, yoshga qarab xavf omillari va klinik kechish turlicha bo'lishi mumkin, shuning uchun yoshga moslashtirilgan davolash va profilaktika strategiyalari muhim ahamiyatga ega.

98-99 16 2

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ УПОТРЕБЛЕНИЯ ПРЕДЛОЖНО-ПАДЕЖНЫХ СОЧЕТАНИЙ У НЕРУССКОЯЗЫЧНЫХ СТАРШЕКЛАССНИКОВ С ПРИМЕНЕНИЕМ ЦИФРОВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ

Аскарова Маржона Хамза кизи

Аннотация: В данной работе рассматриваются трудности, с которыми сталкиваются старшеклассники с нерусским языком обучения при усвоении предложно-падежных сочетаний в русском языке. Особое внимание уделяется роли цифровых образовательных ресурсов в процессе обучения. Представлены методы, подходы и примеры упражнений, способствующих формированию устойчивых навыков правильного употребления ПП-сочетаний.

100-104 17 3

MERKURIY VA VENERA SAYYORALARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Vohidova Ruxshona Baxtiyor qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Quyosh tizimining eng ichki ikki sayyorasi - Merkuriy va Veneraning noyob xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Merkuriyning Quyoshga eng yaqin joylashuvi uning yuzasi va haroratiga qanday ta’sir qilishini, shuningdek uning g’ayrioddiy orbital mexanikasi va magnit maydonini tahlil qilamiz. Veneraga kelsak, uning qalin, zaharli atmosferasi va teskari aylanishi kabi o’ziga xos jihatlari chuqur o’rganiladi. Maqolada har ikki sayyoradagi vulqonizim izlari, geologik faollik va ularning Yer bilan bo’lgan taqqosiy farqlari ham muhokama qilinadi. Ushbu qiyosiy tahlil Merkuriy va Venera sayyoralarining Quyosh tizimi evalyutsiyasidagi o’rni va kelajakdagi tadqiqotlar uchun katta ahamiyatga ega.

105-108 14 7

MA’NAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH - JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI STRATEGIK VAZIFA

Maxmudova Sh.R., Xamraqulova M.M.

Annotatsiya: Ushbu maqola jamiyat taraqqiyotining muhim asoslaridan biri — ma’naviy va axloqiy barkamollik yo‘llari ochib berilgan. Ma’naviy ishlarni takomillashtirish har bir soha va jamoa faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi zarur ekanligi to‘liq yoritib o‘tilgan.

109-111 19 5

INKLYUZIV TA`LIM KURSINING PREDMETI ,MAQSADI, VAZIFALARI VA OBYEKTI.

Xamraqulova M.M., Maxmudova Sh.R., Rustamova M.R.

Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning asosiy maqsad va vazifalari, ta’lim jarayonida alohida ehtiyojga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash zarurati yoritilgan. Inklyuziv ta’lim barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning umumiy ta’lim maktablarida sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘qishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuv orqali bolalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat kabi fazilatlar shakllanadi. Maktab jamoasi, xususan o‘qituvchilarning samimiy yondashuvi inklyuziv muhitning muvaffaqiyatli tashkil etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

112-114 28 4

METHODS OF CONDUCTING MARKETING RESEARCH IN THE TOURISM SECTOR

Sevinch Eshimova Baxtiyor qizi

Abstract: Marketing research plays a crucial role in the development of the tourism industry by providing valuable insights into consumer preferences, market trends, and competitive positioning. This article explores various methods of conducting marketing research within the tourism sector, highlighting both traditional and modern approaches. The effectiveness of these methods is discussed in the context of identifying tourist needs, enhancing service quality, and fostering sustainable tourism development.

83-86 16 3

CHET TIL O'QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR

Hazratqulova Farangis

Ushbu maqolada chet til o‘qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so‘z boradi.

7-10 26 7

O‘ZBEKISTONDA KREDIT TIZIMINING HOZIRGI HOLATI VA TAHLILI

Ismoilov Farrux, Mittillayev Ibrohimjon

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi kredit tizimining zamonaviy holati, uning tarkibiy qismlari, banklar va moliyaviy institutlar tomonidan ko‘rsatilayotgan kredit xizmatlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, kredit portfelining hajmi, muammoli kreditlar ulushi, kreditlashning sanoat va iste’mol sektorlaridagi taqsimoti, foiz stavkalari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar asosida chuqur tahlil berilgan. Amaliy tavsiyalar orqali tizimni yanada takomillashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda real sektorni kreditlashdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

11-19 22 8

ACCOUNTING IN BUSINESS: A CRITICAL FUNCTION FOR FINANCIAL TRANSPARENCY AND DECISION-MAKING

Karimova Aziza Erkinovna, Hayitboyeva Sevinch Dilshod qizi

Ushbu ilmiy maqolada buxgalteriya hisobining zamonaviy biznesdagi roli va ahamiyati keng yoritilgan. Muallif buxgalteriyaning faqat moliyaviy operatsiyalarni qayd etish bilan cheklanmasdan, balki biznes strategiyasini shakllantirish, qarorlar qabul qilish va qonuniy me’yorlarga rioya etishda muhim vosita ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar, etik me’yorlar va axborot xavfsizligi buxgalteriya tizimlariga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari buxgalteriyaning har qanday biznes muvaffaqiyati uchun zarurligini va u strategik boshqaruv vositasi sifatida tobora muhimlashib borayotganini ko‘rsatadi.

20-23 27 5

YURIST FAOLIYATIDA TASHABBUSKORLIK, KREATIVLIK VA MASALAGA IJODIY YONDASHUV

Toxtaboyev Diydorbek Charimuxammed o’g’li, Xakimov Akromjon Farxodbek o’g’li

Annototsiya: Hozirgi tez oʻzgaruvchan va murakkab huquqiy muhitda yuristlar nafaqat qonunchilikni yaxshi biladigan mutaxassis, balki muammolarni innovatsion tarzda hal eta oladigan, mijozlarga noyob yondashuvlar taklif qila oladigan, tashabbus ko‘rsata oladigan ijodkor shaxs boʻlishi zarur. An’anaviy yurist obrazi — quruq qonun matni bilan ishlovchi, xavfsiz yondashuvni afzal biluvchi mutaxassis — bugungi kunda zamonaviy talablarga to‘liq javob bera olmaydi. Endilikda yuridik sohada samaradorlik, raqobatbardoshlik va innovatsionlik darajasi ko‘p jihatdan yuristning kreativ fikrlay olish qobiliyati, tashabbuskorligi va masalaga ijodiy yondasha olishiga bog‘liq.

24-26 13 7

BIOLOGIK XILMA-XILLIK SAYYORAMIZDAGI HAYOT RANG – BARANGLIGINING ASOSI

Olamgirova Gulshan Saidali qizi, Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qizi, Mamarajabova Nigora Abdusaid qizi, Murodullayeva Marjona Rustam qizi

Annotatsiya: Biologik xilma-xillik — bu Yer yuzidagi barcha tirik organizmlarning, shu jumladan hayvonlar, o‘simliklar, zamburug‘lar va mikroorganizmlarning turlari, ularning yashash muhitlari va genetik farqliliklarining majmuasidir. Ushbu maqolada biologik xilma-xillikning mohiyati, uning ekologik, iqtisodiy va ilmiy ahamiyati, shuningdek, global miqyosda kuzatilayotgan kamayish sabablari tahlil qilinadi. Biologik xilma-xillik sayyoramizdagi hayot muvozanatini ta’minlaydigan asosiy omil bo‘lib, oziq-ovqat zanjiri, ekotizim barqarorligi va insoniyatning yashash sifati bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mintaqalardagi biologik resurslar holati, yo‘qolib borayotgan turlar, hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha mavjud choralar va istiqbolli takliflar yoritiladi.

27-28 19 6

YURAKNING TUZILISHI VA ISHLASH MEXANIZMI

Olamgirova Gulshan Saidali qizi, Murodullayeva Marjona Rustam qizi, Mamarajabova Nigora Abdusaid qizi, Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson yuragining anatomik tuzilishi va uning fiziologik faoliyati yoritilgan. Yurakning asosiy qismlari — bo‘lmachalar, qorinchalar, klapanlar va qon tomirlari haqida tushuncha beriladi. Shuningdek, yurak urishining mexanizmi, qon aylanish jarayoni, yurak mushaklarining o‘ziga xos xususiyatlari va yurak ishining nerv-gumoral boshqaruvi ham tahlil qilinadi. Maqolada yurak salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan omillar ham ko‘rib chiqiladi. Bu mavzu orqali o‘quvchilar yurakning murakkab tuzilishiga chuqurroq nazar solish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

29-30 14 7

INSON MIYASI VA UNING FUNKSIYALARI

Olamgirova Gulshan Saidali qizi, Murodullayeva Marjona Rustam qizi, Mamarajabova Nigora Abdusaid qizi, Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson miyasining tuzilishi, asosiy qismlari va ularning funksiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Miya bosh miya va orqa miya tarkibida bo‘lib, markaziy asab tizimining eng muhim a’zosi hisoblanadi. Bosh miya katta miya yarim sharlaridan, oraliq miya, miya ustuni va boshcha qismlaridan tashkil topgan. Har bir bo‘limning o‘ziga xos vazifalari mavjud: xotira, fikrlash, harakatni boshqarish, hissiyotlarni anglash va a’zolar faoliyatini muvofiqlashtirish. Maqolada, shuningdek, miyaning reflektor faoliyati, asab impulslarining uzatilishi va ongning shakllanishi kabi jarayonlar ham ko‘rib chiqiladi. Bu mavzu orqali o‘quvchilar inson ongining biologik asoslarini chuqurroq tushunishga imkon topadilar. 

31-33 15 9

FOTOSINTEZ JARAYONI VA UNING O’SIMLIKLAR HAYOTIDAGI ROLI

Olamgirova Gulshan Saidali qizi, Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qizi, Mamarajabova Nigora Abdusaid qizi, Murodullayeva Marjona Rustam qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada fotosintez jarayoni, uning bosqichlari va o‘simliklar hayotidagi asosiy biologik va ekologik ahamiyati yoritilgan. Fotosintez — yashil o‘simliklar tomonidan quyosh nuri yordamida karbonat angidrid va suvdan organik modda (glyukoza) hosil qilish jarayoni bo‘lib, u butun hayot uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Maqolada ushbu jarayonning yorug‘lik va qorong‘i bosqichlari, xloroplastlarning strukturasi, pigmentlarning ishtiroki hamda fotosintezga ta’sir etuvchi omillar (yorug‘lik, harorat, CO₂ konsentratsiyasi) haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, fotosintezning nafaqat o‘simliklar, balki biosfera, atmosfera barqarorligi va insoniyat hayoti uchun ham tutgan o‘rni tahlil qilingan. Maqola o‘quvchilarga fotosintezning murakkab biologik mexanizmlarini chuqur anglash va tabiatdagi muvozanatni qadrlashga yordam beradi.

34-36 21 6

MUSIQANING AXLOQIY-FALSAFIY TA’SIRI: QADRIYATLAR VA TARBIYA MASALASI

Gulbahor Masharipova

Annotatsiya: Ushbu tezisda musiqaning axloqiy-falsafiy mohiyati, uning shaxs qadriyatlari va tarbiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Musiqa nafaqat estetik zavq bag‘ishlovchi san’at turi, balki insonning ichki olamini boyituvchi, ma’naviy kamolotga yetaklovchi kuchli tarbiya vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Falsafa nuqtai nazaridan musiqaning ahloqiy qadriyatlar – halollik, sabr, vatanparvarlik, hamjihatlik va ruhiy poklikni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.

79-82 36 6

ТЕХНОЛОГИЯ ПРОКАТКИ СЛИТКОВ

Нугманов Икром Нугманович, Ш.А. Жахонов

Аннотация: В статье рассматривается технология прокатки стальных слитков, включая этапы их нагрева, прокатки на блюминге и получения полуфабрикатов. Описаны особенности температурного режима, применяемое оборудование и влияние технологических параметров на качество готовой продукции. Также приведены рекомендации по повышению эффективности прокатного процесса.

74-78 16 6

GIDROKSIBENZOY KISLOTA MURAKKAB EFIRLARING OLINISHI, XOSSALARI VA AHAMIYATI

Maxmudov Sulton Obit O’g’li, Shodmonov Javohir Sheraliyevich, Muhammadov Hamdamjon Hafiz oʻgʻli

Abstrakt. Ushbu maqolada gidroksibenzoy kislota murakkab efirlarining kimyoviy xossalari va  turli soxalarda ishlatilishi, olinish usullari va nojo’ya ta’sirlari, sanoatda, tibbiyotda qo’llanilishi haqida ma’lumot beriladi.

71-73 28 8

PHYSICOCHEMICAL PROPERTIES AND MEDICAL SIGNIFICANCE OF ALANINE

Sadullayeva Gulmira Gaybullayevna

Alanine is a non-essential amino acid that plays a vital role in protein biosynthesis and energy metabolism. It exists in two forms: L-alanine and D-alanine. While L-alanine is predominantly found in proteins and living organisms, D-alanine is mostly present in bacterial cell walls. Understanding the physicochemical characteristics and medical implications of alanine is crucial in biochemistry, pharmacology, and clinical diagnostics.


In this paper, we aim to analyze the physicochemical properties of alanine and explore its multifaceted role in the medical field, including its diagnostic use and therapeutic potential

67-70 15 10

STRATEGIES FOR IMPROVING THE PHYSICOCHEMICAL PROPERTIES OF DIESEL FUEL

Karimova S.A.

Annotation. Diesel fuel is a vital energy source widely used in transportation, industry, and agriculture. Its physicochemical properties—such as viscosity, density, cetane number, sulfur content, volatility, and oxidative stability—directly influence engine performance, fuel efficiency, emissions, and durability. Over the years, the demand for cleaner, more efficient diesel fuels has prompted extensive research into modifying and improving these properties. The primary objective is to enhance fuel performance while minimizing environmental impact and complying with increasingly stringent regulations.

64-66 17 23

GAMMA-AMINOBUTYRIC ACID (GABA): PHYSICOCHEMICAL PROPERTIES AND ITS SIGNIFICANCE IN MEDICINE.

Khaydarova H.A.

Annotation. Gamma-aminobutyric acid (GABA) is one of the most important naturally occurring amino acids in the human body. It functions primarily as the chief inhibitory neurotransmitter within the central nervous system (CNS). Discovered in the mid-20th century, GABA’s primary role is to reduce neuronal excitability, thus maintaining the balance between excitation and inhibition essential for normal brain function. Beyond its neurological function, GABA exhibits numerous physiological effects, and its derivatives and analogs are increasingly used in medicine. This essay provides a detailed analysis of the physicochemical properties of GABA, its biological significance, and its applications in the medical and pharmaceutical fields.

59-63 22 6

YANGI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA 14–15 YOSHLI YENGIL ATLETIKACHILARNING KUCH SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING INDIVIDUAL USULLARI

Mardanov Husan Nodir O‘g‘li

 


Annotatsiya: Ushbu maqola 14–15 yoshli yengil atletikachilarda (sprint, sakrash, yurish, uloqtirish) o‘sish davrida kuch sifatlarini (maksimal kuch, portlov kuch, kuch chidamliligi) rivojlantirishning ilmiy-metodik jihatlariga bagʻishlangan. Asosiy eʼtibor anʼanaviy mashgʻulot usullarini zamonaviy texnologiyalar (biomexanik tahlil, AI, VR/AR, monitoring tizimlari) bilan uygʻunlashtirishga, shuningdek, har bir sportchining individual fiziologik, biomexanik va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxsiylashtirilgan yondashuvni qoʻllashga qaratilgan. Maqolada yosh atletlarning o‘sish dinamikasi, gormonal oʻzgarishlar va plastikligi kabi oʻziga xos jihatlar tahlil qilinib, ularga moslashgan mashgʻulot rejalarining jarohatlarning oldini olish, samaradorlikni oshirish va motivatsiyani saqlashdagi ahamiyati koʻrsatilgan.       

54-58 13 2

OʻQUVCHI QIZLARNING RUHIY JARAYONLARINI YAXSHILASH, TAʼLIM-TARBIYA BERISH HAMDA ULARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Sayyora Qurbonova Saminovna

Annotatsiya. Qizlarimizni odatda “erga tegishing kerak” deb tarbiyalaymiz va hamma maqsadlarimiz shunga yo‘naltiriladi. Shunday ekan, taklifga yarasha talab deganday ko‘pchilik yigitlarimiz ham o‘qigan emas, aynan ro‘zg‘or ishlariga uddaburon qizlarga xaridor bo‘lishi tabiiy. Chunki, bunday qizlarni boshqarish o‘z dunyoqarashiga ega qizlarni boshqarishdan ko‘ra osonroq bo‘ladi.

50-53 14 2

BOLALAR ORASIDA SUITSID HOLATLARI SODIR BOʻLISHINING SABABLARI

Saydbekova Nishongul Janadil qizi

Annotatsiya: Suitsid, kuchli shaxslar va jismoniy holati yaxshi bo’lgan o’quvchilarning hamda ularning oilalari uchun kamolotga qaratiladigan vaqt yitirishga olib kelishi mumkin bo’lgan hayotga mos ravishda tasir qilishidir. Bu mavzuga ilmiy tahlil va tajribalar orqali e’tibor qaratilishi kerak, chunki suitsid kelib chiqishi o’quvchilarning hayotini, o’z faoliyatlarini va ta’lim muvaffaqiyatlarini to’xtatishi bilan bog’liq katta mavzudir.

46-49 13 3

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CHOLG’U IJROCHILIGI TO’GARAKLARINI TASHKIL QILISH

Mamarahimov Rustamjon Ibrohimovich, Mamarahimova Sarvinozxon Shuhratjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola prizidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 112-sonli qaroriga muvofiq umumta’lim maktablarida o’quvchilarning musiqiy ta’limi va estetikasini rivojlantirishda sinfdan tashqari cholg’u ijrochiligi to’garaklarini tashkil etish faoliyati,metodikasi,ish olib borish uslublari va o’quvchilar maktabni tamomlaguncha milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahoratini shakllantirish va bu orqali o’quvchilarda milliy musiqa asboblariga qiziqish uyg’otish va  ijrochilik mahoratini rivojlantirishga  qaratilgan maqsad ilgari surilmoqda.

41-45 20 9

OʻSMIRLIK DAVRIDA KASB TANLASH MUAMMOLARINING YUZGA KELISHI

Rahimova Dilorom Isaqovna

Annotatsiya: Kasb tanlash o‘smirlar uchun muhim muammolardan biridir. Tanlov doirasi qanchalik keng bo‘lsa, u shunchalik psixologik jihatdan murakkablashib boradi. Shaxsning subyektiv moyilliklari hamda u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir butunlikni tashkil etadi.

37-40 14 5

BOLALARDAGI PSIXOLOGIK BARQARORLIK KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Esonaliyeva Arofatxon Musinaliyevna

Annotatsiya: Insonning stressga barqarorligi o‘zini o‘zi boshqarishning tarkibiy qismi emas, stressga qarshilik o‘zini o‘zi boshqarish natijasida yuzaga keladi va insonning turli xususiyatlarining o‘zgarishi salbiy narsa emasligini ko‘rsatadi. Insonning o‘zini o‘zi boshqarishi multimodal xususiyatlar va qobiliyatlarning muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib, ularni ma’lum bir vaziyatda, sharoitlarda shaxsning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bog‘liqlikka olib keladi.

202-212 35 14

ZAMONAVIY ZAMONDA O'QITISH STRATEGIYASI VA METODLARI: DASTURLASHNI O'RGANISH UCHUN MUHITLAR

Mamatova Shirin Faxriyevna
Annotatsiya: Ushbu maqola dasturlashni o'rganish uchun zamonaviy aralash muhitlarda qo'llaniladigan o'qitish strategiyalari va usullarini taqdim etadi. O‘qitish strategiyalarini qo‘llash uslubi har doim ma’lum bir ta’lim sohasining o‘ziga xos talablariga bog‘liqligini hisobga olib, ishda dasturlash kurslarida o‘qitishning asosiy tamoyillari, shuningdek, ushbu sohada zamonaviy o‘qitish strategiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Dasturlashni aralash o'rganish oliy ta'limda, sinfda va internet orqali an'anaviy va zamonaviy texnologiyalar va o'qitish uslublarini uyg'unlashtirish orqali ustunlik kasb etmoqda: an'anaviy kurslarda - sinfda darslar bilan va Internet orqali muntazam qo'shimcha o'qitish shakllari va masofaviy kurslarda - muntazam darslar va qo'shimcha o'qitish shakllari bilan sinfda / internet orqali. Ushbu maqolada Belgraddagi Elektr texnikasi va kompyuter injiniringi Amaliy tadqiqotlar maktabida aralash dasturlash bo'yicha an'anaviy va masofaviy kurslar doirasida amalga oshiriladigan o'qitish strategiyalari tasvirlangan: dasturlash asoslari, dasturlash tillari va ob'ektga yo'naltirilgan dizayn. Ushbu sohada o'qitish strategiyalarini amalga oshirish uchun tavsiya etilgan usullar tavsiflangan: modernizatsiya qilingan o'qitish strategiyalari va tobora ommalashib borayotgan hamkorlik, joylashuv va o'z-o'zini boshqarish strategiyalari. Yuqorida aytilganlarning barchasini hisobga olgan holda, ushbu maqola haqiqatan ham ushbu sohadagi o'qituvchilarni o'z ta'limini yaxshilashga va uni zamonaviy talabalar avlodiga moslashtirishga undashi mumkin.
198-201 15 2

ИНСОНГА ЭҲТИРОМ

Авазов Жамшид Аҳад ўғли, Авлёқулов Адҳам Алишерович

Аннотатсия: Ушбу мақолада инсон ҳуқуқларини таьминлашда қилинаётган ишлар, aҳоли турмиш фаровонлигини йўлга қўйишда амалга оширилаётган чора-тадбирлар, мамлакатимизда суд-соҳасида олиб борилаётган ислоҳатлар, амнистия ва афв актларининг ўзаро бир-биридан фарқли жиҳатлари тўғрисида сўз боради. Шунингдек, эркин ва фаровон ҳаёт ҳамда демократик-ҳуқуқий давлат қуришда олдинда турган қилинажак ишлар ҳамда асосий ва долзарб масалалар ҳақида баён қилинган.

191-197 22 13

MATH MODULI. MATH MODULI FUNKSIYALARI BILAN ISHLASH

Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich, Yusupov Mirsaid Abdulaziz o‘g‘li, Usmonaliyev Ulug‘bek Ismoiljon o‘g‘li

Anotatsiya: Modullar matematikada sonlarni bo‘lishdan qolgan qoldiqni ifodalash uchun ishlatiladigan muhim tushunchadir. Ushbu mavzu orqali modullarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan arifmetik amallarni o‘rganish mumkin. Modullar asosan kriptografiya, dasturlash, siklik hisob-kitoblar, va taqsimlash masalalarida keng qo‘llaniladi. Modul funksiyalari qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va darajalar bilan ishlashni soddalashtiradi, ayniqsa katta sonlar bilan hisoblashda samarali hisoblash imkoniyatlarini yaratadi. Bu mavzuni o‘rganish matematikadan yuqori darajadagi yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam beradi.

187-190 15 4

TA’LIM TIZIMIDA YURIDIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI BARQAROR RIVOJLANISHNI TA’MINLASH

Madiyeva Charos Dovutovna, Abdulhayeva Zilola Bahromjon qizi

Аннотация. В данном исследовании анализируются вопросы достижения устойчивого развития через совершенствование нормативно-правовых документов в системе образования. Рассмотрены пути достижения научного, экономического и социального устойчивого развития путем укрепления нормативно-правовой базы в сфере образования, ее актуализации и систематизации в соответствии с современными требованиями. В нем также рассматриваются механизмы повышения качества образования, развития человеческого капитала и правового обеспечения инновационных подходов.