Mualliflar

  • Yashna Kamolova Maxammatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106713

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Pedagogika psixologiya ijtimoiy o‘rganish ijtimoiylashuv ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo moslik ruhiy holat

Annotasiya

Biror-bir aktda harakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokni qat’iy majburiy talab qilmaydi, model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo‘lishni o‘zi yetarlidir. Oqibatda xulq-atvor namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Bu holatda inson boshqaning harakatlarini ko‘zga ko‘rinadigan oqibatlariga tayanishi mumkin ma’lumot axborot olish va o‘z xulq-atvorini kuzatishi xulq-atvorning ma’lum bir shakliga harakatning kognitiv obraziga bixevioral moyillikni yaratadi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 141

BOLALARNING RUHIY RIVOJLANISHI HAMDA ULARDAGI

XULQ-ATVORNI SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Yashna Kamolova Maxammatovna

Navbahor tumani 4- umumiy òrta ta'lim maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Biror-bir aktda harakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokni qat’iy majburiy talab qilmaydi,

model xulq-atvorining kuzatuvchisi bo‘lishni o‘zi yetarlidir. Oqibatda xulq-atvor
namunasi qaytadan ishlab chiqiladigan inson. Bu holatda inson boshqaning harakatlarini
ko‘zga ko‘rinadigan oqibatlariga tayanishi mumkin ma’lumot axborot olish va o‘z xulq-
atvorini kuzatishi xulq-atvorning ma’lum bir shakliga harakatning kognitiv obraziga
bixevioral moyillikni yaratadi.

Kalit so’zlar:

Pedagogika, psixologiya, ijtimoiy o‘rganish, ijtimoiylashuv, ijtimoiy

tasavvurlar, shaxslararo moslik,ruhiy holat,

KIRISH

Xulq-atvor modeliga amal qilish kodlangan axborot ma’lumotga tayangan holda

sodir bo'ladi. Agressiyani moyillashtirish sharoitlarini o'rganish ijtimoiy o‘rgatish
nazariyasining tayanch mavzularidan biridir. Ijtimoiylashuv tushunchasi favqulotda keng
va ko‘p qirralidir, har bir madaniyatda jamiyatning tarkibiy a’zosini sifat va bilishga o‘z
talablari mavjud. Biroq, xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari ko‘proq universal umumiy rol
o‘ynaydi? Hamkorlik, o'zaro yordam, altruistik xulq-atvor, agressiyaning maqbul shakllari
hayotning bunday jihatlariga o‘rganish har qanday ham jamiyatda mutlaqo zarurdir.
A.Bandura bolalar va o‘spirinlardagi agressiyaning laboratoriya va dala tadqiqotlarini
o‘tkazgan. Masalan, bir qator eksperimental tadqiqotlarda 4 yoshli bolalar guruhiga
modellar uchun turli oqibatlarga olib keluvchi rag‘batlantirish yoki jazolash, zo‘ravon
xulq-atvor namunalarini ifodalovchi filmlar namoyish etilgan.

Katta yoshdagi odam ishirilgan rezinka qo‘g‘irchoqni mushtlari bilan urib. uning

sha’niga qo‘pol luqma tashlagan, so‘ngra uni taqdirlashgan, shirinlik bilan mehmon
qilishgan yoki urishishgan, koyiganlar, filmdan so‘ng bolalarga filmda ishtirok etgan
o‘yinchoqlarni mustaqil o’ynash imkoniyati berilgan. Natija shuni ko‘rsatdiki, agressiv
obrazli taqdirlangan odam modeli ishtirok etgan filmni ko'rgan bolalarda agressiv xulq-
atvor darajasi yuqori bo‘lgan. Manipulyativ eksperimental tadqiqotlar doirasida bola xulq-
atvoriga tobe o'zgaruvchi modelining turli xarakteristikalarni ta’siri mustaqil o‘zgaruvchi
o‘rganilgan. Model xarakteristikasini turlarga tavsiflash jinsi, yoshi, etnik mansubligi
obro‘-e’tibori hokimlik va pulga munosabati sinaluvchi kuzatuvchilarning xulq-atvor
strategiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi bir qator omillarni aniqlash imkonini berdi. Qo'llab-
quvvatlash taqlid qilish asosida yuzaga kelgan xulq-atvorni saqlash uchun zarur.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 142

O‘tmishdagi xulq-atvorni bevosita tashqi qo‘llab-quvvatlash qo‘zg‘atuvchi va axborot
funksiyasini bajaradi. A.Bandura bilvosita qo‘llab-quvvatlash, ya’ni modelni
rag‘batlantirishni kuzatish va o‘z-o‘zini qo'llab-quvvatlashning o‘z xulq-atvorini ijobiy
baholash xuddi shunday ahamiyatini e’tirof etgan.

Shunday qilib, Skinner talqini bo'yicha agar radikal keskin, qat’iy bixeviorizm, xulq-

atvor stimullar termini va qo‘llab-quvvatlovchi oqibatlar orqali tushuntirilishini
tasdiqlasa, A.Bandura nuqtayi nazarida esa xulq-atvorning tashqi holatli omillarning
o‘zaro determinizmida, masalan, rag'batlantirish va jazolash va ichki kognitiv ketish, ong,
idrok qilish, qabul qilish haqida gapirish lozim. Modelni kuzatish qaysi xulq-atvor to‘g‘ri
va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa qilish imkonini beradi,
biroq ko'plab murakkab xulq-atvor aktlariga o‘rgatishni tushuntirish uchun velosipedda
yurish, xirurgik operatsiyalarni bajarish imitatsiya, taqlid qilish, o'xshatish mexanizmi
yetarli emas.

Ijtimoiy o‘rgatish yo‘nalishining boshqa vakili R.Sirs ota-ona va farzand

munosabatlarini o‘rgangan. R.Sirs ilk bolalik davridagi har bir bola xulq-atvorini ona va
bola xulq-atvori birligini ifodalovchi o‘ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida
ko'rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishiga otaonaning ta’sirini
amalga oshiruvchi vosita bo‘lgan mexanizmni tushuntirish uchun o‘rgatish nazariyasi
doirasida psixoanalitik atamalarni yengish, regressiya, identifikatsiya qo'llagan. R.Sirs
tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko‘ra
farqlanuvchi uchta yoshga bog‘liq faza ajratilgan. R.Sirs bo‘yicha xulq-atvor shakllanishi
motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo‘lgan ehtiyojlar – tobelik yoki qaramlik
bevosita bog‘liqlikda bo‘ladi. Boshlang‘ich fazada bola o‘zining organik sezgisiga
yuklangan va autik bo‘lgan. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi, ochlik va chanqovni
qondirmoq, sovuqlik va og‘riqdan xalos bo‘lish onaning harakatlari bilan bolani bog‘laydi,
bu birinchi o‘rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog‘liqlik
tug‘iladi. Bola ijtimoiylashuvni boshlanishi diadik o‘zaro ta’sirni ortganligini unga kim
g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan bo‘lsa ular bilan birlamchi harakatini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy o‘rganish ta’limotining markaziy muammosi sifatida ijtimoiylashuv

Amerikada XX asrning 30-yillari oxirida ijtimoiy o‘rganishning kuchli psixologik
yo‘nalishi yuzaga kelgan. Ijtimoiy o‘qitish sohasida anchadan beri tadqiqotchilarning bir
necha avlodi ishlab kelishmoqda. Bu avlodlar amerika psixologiyasining o‘zida ajratib
ko‘rsatilgan. Birinchi avlod (XX asrning 30—60-yillari) - N.Miller, D.Dollard, R.Sirs,
B.Uovayting, B.Skinner, bu tadqiqotchilarni hali bixeviorizm ham ijtimoiy о’qitish
nazariyasiga kiritadilar. Ikkinchi avlod (60—70-yil) — A.Bandura, R.Uoters, S.Biju, D.
Gevirt va boshqalar. Uchinchi avlod (70-yildan boshlab) V.Xartup, E.Makkobi,
D.Aronfrid, U.Branfenbrener va boshqalar. N.Miller va D.Dollard ijtimoiy o'qitish
yo'nalishining birinchi namoyandalari bo'lib, bixevioral o‘qitishning asosiy tamoyillarini
psixoanalitik nazariyaning ba’zi holat va g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qilganlar.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 143

Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulqatvorining eksperimental o‘rgatish
ma’lumotlarini ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinik ma’lumotlarni qo‘llash
mumkin deb hisoblaganlar. Eksperimental xulq-atvorga o‘rgatishda boshqaning
(modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko‘rsatilgan, bu yangi reaksiyani paydo
bo‘lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonining kamayishida ifodalaydi.
Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy o‘qitish nazariyasi xulq-
atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo‘zg‘atuvchi funksiyasining
muhimligini ta’kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik,
og‘riq) birlamchi qo‘zg‘atuvchilarni jahl, ayb, harakatlarga ehtiyoj, qo'rquv, xavotirlanish
ikkimlamchi qo‘zg‘atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy
boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular tomonidan qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga
(rag‘batlantirish) o'zgartirilgan.

Dastlab ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi qat’iy obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni

egallash metodlarini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yo‘nalganlik bilan salbiy va
ijobiy falsafiy asosga qurilgan. Psixologik tadqiqot metodologiyasi rejalashtirishning
puxtaligini ma’lumotlarni qayd etishning tizimliligini bog'liq va bog‘liq bo‘lmagan
o‘zgaruvchilarni nazorat qilish va o'zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab
qiladi. Individga xulq-atvor namunalari rollar, me’yorlar motivlar, kutuvlar, hayotiy
qadriyatlar, emotsiyalarni o‘tkazish orqali individning ijtimoiy xulq-atvorini hayotiy
shakllantirishni ifodalash uchun N.Miller va D.Dollard tomonidan ijtimoiy o‘rgatish
atamasi kiritilgan edi. Ushbu ilmiy yo‘nalish vazifalarini uning nazariy yetakchisi Bandura
shunday shakllantirgan. XX asrning ikkinchi yarmida Amerika psixologiyasini rivojlanishi
uchun ijtimoiylashuv muammosini asosiy deb hisoblash mumkin. Jamiyat bolalarni umum
qabul qilingan me’yoriy muammolar bilan muvofiqlikda o‘zlarida tutishlariga undashda
qo‘llaydigan mexanizmlar ya’ni usullarni yetilishi esa uning bosh maqsadidir. Ijtimoiy
o‘qitish nazariyasi psixoanalizda (misol uchun antogonizm haqidagi dastlabki tezis, bola
va jamiyatning qarama-qarshiligi) ba’zi bir holatlarni qabul qilib o'zlashtirgan va ularni
o‘rgatishning bixevioristik tamoyillari bilan bog‘langan. Ijtimoiy o‘qitish yo‘nalishi
nazariyasining butun bir spektridan iborat. O‘qitishning aniq mexanizmlariga
yondashuvlarda nazariya mualliflarining qarashlari farqlanadi, biroq ijtimoiy xulq-atvorga
o‘rgatish g'oyasi ahamiyatini butunlay qo‘llab-quvvatlaydilar.

O‘tgan asrning 40—50-yillarida manipulyativ laboratoriya eksperimenti tadqiqotning

hukmron metodi bo‘ldi. Ijtimoiy o‘rgatishda bolalik o’tib ketuvchi nevroz bilan
qiyoslanganda xulq-atvor buzilishi va qayta yo‘naltirish davri sifatiga tushunilgan. Bu
tushunchalardan kelib chiqib, bolani ijtimoiylashtirishi uchun ota-onaning vazifasi
quyidagilardan iborat bo‘lgan: ovqatlantirish, tuvakka o'rgatish, bolada agressiyaning
namoyon bo’lishi, uni jinsiy identifikatsiyasi va me’yoriy xulq-atvorning boshqa
xususiyatlari bilan bog'liq bo‘lgan yosh davriga oid muammolarni bartaraf qilish.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 144

Kuzatish, taqlid qilish orqali o‘rgatish fenomeni Murakkab ijtimoiy xulqatvorning

egallanishini izohlash uchun operant va respondent o'rgatish mexanizmlari yetarli emas.
Javob topish jarayonida, birlamchi ahamiyatni o‘rgatishning o'ziga xos tipivizual
o'rgatishga yoki kuzatish yordamida o'rgatishga qarata boshlaganlar. Albert Banduraning
1960-yillardagi erta ishlari bixeviorizmda o'rganishning kognitiv modellari uchun
ko'priklardan biri hisoblanadi. Bunda kuzatish o‘rganish jarayoni bo‘lib, hech qanday
o‘quv faoliyatisiz amalga oshadi, kuzatilayotgan model esa hatto kuzatuvchi uchun taqlid
manbayi bo‘layotganini sezmasligi ham mumkin.

1. A.Bandura 1925-yilda o‘rgatishning bunday usulini ijtimoiy kognitiv deb

nomlagan. Kognitiv o‘rgatish o‘rgatilayotganning birm uncha katta faolligini nazarda
tutadi, individ o‘rgatiluvchiga aylanadi, deb ham aytish mumkin. U o‘zining harakatlari
oqibatini kuzatadi, ulardan qay biri o‘zining natijasiga ko‘ra muvaffaqiyatli, qay biri
keraksiz yoki zararli ekanligini qayd qiladi va eslab qoladi.

Bundan tashqari o‘rgatish,
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada yetukroq xulq-atvorni

shakllantirishga yordam berib, quvvatlashning asosiy vakili sifatida namoyon bo‘luvchi
ona-ota, oilaning boshqa a’zolari muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bola o‘quvchi oila a’zolaridan
kamroq darajada qaram bo‘ladi. Shu o‘rinda uni o‘qituvchi tengqurlari do'stlaridan
qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-atvorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida
shakllanadi, ular ba’zan hayot davomida o‘rganiladi, mustahkamlanadi va saqlab
qo'yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish, sening ish va yumushlaringda boshqa
insonning ishtirokini ta’minlashga intilish, yordam so‘rab murojaat qilish, ushlab turish
va fazoviy yonida bo‘lish yaqinlikka intilish va boshqalarni kiritish mum kin. Juda kuchsiz
qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan motivatsion
bazalarni ta’minlay olmasa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga
o‘tishga, mustaqil, erkin bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

Ota-onalarning bola bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish uslubi rag‘batlantirish va jazolash

nuqtayi nazari bilan uyg‘unlashgan, juda chuqur o‘ylangan bo‘lishi kerak. Shuningdek,
D.Gevirts yetuklik va go‘daklik yoshidagilarning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini
yuzaga kelish shartlarini o‘rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, unda
bolaning xulq-atvori otaona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta’sir manbasi sifatida talqin
qilingan. Ota-ona rag‘batlantirish va jazolash tizimlarini qo‘llagan holda o‘z farzandining
xulq-atvorini shakllantiradi, lekin bola hatto go'dak chaqaloq ham jilmayish, kulish,
yig‘lash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida turli xil ko‘rinishdagi xulq-atvorini
shakllantirishi va nazorat qilishi mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini
asosi sifatidagi diadik tamoyili haqidagi g'oyalari keyinchalik qayta ishlab chiqilgan.
Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi, biroq
muhitning stimulli qo‘zg‘atuvchi, rag‘batlantiruvchi ta’siri boshqa odamlar xulq-atvori
bilan asoslanadi. D.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullarning ta’sirchanligi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 145

xususidagi masalani alohida ta’kidlaydi. Bolaning individual rivojlanishida aynan bir xil
stimullar ham turli qo'zg‘atuvchi kuchga ega bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion rolni
bajarish uchun stimulyatsiya qo‘zg‘atuvchi rag‘bat ahamiyatli funksional bo‘lishi kerak.
Muntazam ravishdagi tanbeh, pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmay
qo‘yadi.

1. Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishi. Shunday qilib,

XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning
psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o‘zgaradi. Bola nafaqat o‘z atrofidagilarning
ta’sirini his qiluvchi, balki o‘zi ham ularga ta’sir ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zaro aloqa bo'yicha
ham korsubyekt sifatida faol mavjudot sifatida ko‘rib chiqila boshlandi. Yangi
yondashuvning ayrim jihatlari A.Bandura va D.Gevirts g‘oyalarida ifodalandi, chunonchi,
masalan, hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish orqali o‘rgatish haqiqiy
amaliyligini, xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kogniuv o‘zgaruvchilarni ajratishni,
ichki quvvatlovchi javoblar ahamiyatini e’tirof etgan. XX asrning 70-yillari o'rtalariga
kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi va
manipulyativ eksperiment metodidagi asosiy qiyinchilik yo'nalishning o‘zini ichida aniq
bo'ldi:

— ma’lum otlar aniqligi va to'g'riligiga urinishda qidiruv eksperimentidan voz

kechish yuz berdi, eksperimental metod o‘zo‘zidan ma’lum bo‘lgan faraz bilan
laboratoriya testlariga muvofiqlashtirishdi;

— ko‘pincha laboratoriya eksperimenti sun’iy xarakter kasb etgan real hayotiy

muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish
uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi:

— tadqiqot natijalari yoshga bog‘liq tafovutlar va kishilar xaraktekistikalarini qayd

etishni o‘zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish sabablarini va
shartlarini aniqlab bo'lmagan — ко’p takrorlanuvchi empirik ma’lumotlarda tushunchani
umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi; — kattalar va bolalar, hayvonlar va
insonlar psixik faoliyatining umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning
ontogenetik rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarning haqiqiy imkoniyatlarini tizimli
ravishda pasayishiga olib keldi.

Ma’lum qilinishicha, rivojlanish psixologiyasi “imkon qadar qisqa oraliq vaqt

mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o‘zaro ta’sir vaziyatida bolaning g'alati xulqatvori
haqidagi fan” istehzoli bo'lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta’riflagan. Ushbu
qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika psixologiyasida yangi tendensiya
(g‘oya) tabiiy tadqiqot g‘oyasini tug‘ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi
aksentlar aralashuviga olib keladi. XX asrning 80-yillari boshida ilmiy tadqiqotning
majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik validlik talabi bo‘lgan. Ekologik validlik
kundalik hayotdagi vaziyatlar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab
turuvchi shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tadqiqotchining


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 146

dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatida qanday o'rin egallasa shunday ko'rinishda o'rganish
kerak, eksperimental tadqiqot o‘tkazishga yangi talablar ilgari surilgan edi: sinaluvchiga
ko‘rsatmani maishiy(kundalik) tilda taqdim qilish eksperimentator faolligini cheklash,
sinaluvchini diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib borish
o‘zgarishlarni aniqlash o'rgatuvchi eksperimental tadqiqotlar qo’llanilishidan voz kechish
real hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo‘llanilishiga kim kafolat beradi.

XULOSA

Insoniyat taraqqiyotini tushunishga ekologik yondashuvda bu o‘zgarishlar

birmuncha darajada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. U.Bronfenbrenner, D.Kyun, D.Vulvili,
R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan boshlab, ijtimoiy, tarixiy
kontekstgacha o‘z ichiga oluvchi real sharoitlarida uning kundalik xulqatvorini o’ziga xos
xususiyatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga e’tiborini qaratadi. Analizga
ekologik ahamiyatli o‘zgaruvchilar sifatida bolaning barcha hayotiy jabhalari kiritiladi uy,
oila, sinf, transport, ijtimoiy rollar va funksiyalar: qiz, opa, o'quvchi xulq-atvor faolligini
xarakteristikasi davomiylik, zo‘riqish.

U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli keng mashhurlikka ega bo‘ldi. Ular

tomonidan bolaning rivojlanishi dinamik jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi, bir tomondan
ko‘p darajali hayotiy muhit o‘sib ulg'ayuvchi individga ta’sir ko‘rsatadi va boshqa
tomondan uning o‘zi faol ravishda uni qaytadan tuzadi. U.Bronfenbrenner bolaning
hayotiy muhitini to‘rt darajasini ajratgan. Hayotiy muhitning mikrodarajasi individni
uning yaqin atrofidagilar bilan o‘zaro ta’sirini oila, bog‘cha, xarakterli bo‘lgan
mashg'ulotlar va ijtimoiy rollarni o‘z ichiga oladi. Mezodaraja yoki mezotizim ikkita yoki
undan ko‘p mikrotizimlar o'rtasida rasmiy yoki norasmiy aloqalar yuzaga kelganda hosil
bo'ladi, masalan, oila va maktab oila va tengdoshlar guruhi o'rtasida. Ekzodaraja individ
tajribasi bilan bevosita bog‘liq bo'lmagan, lekin unga bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi keng
ijtimoiy muhitni qamrab oladi. Ota-onaning bandlik xarakteri, mamlakatdagi iqtisodiy
vaziyat, oilaviy axborot vositalarining roli va nihoyat makrodaraja yoki makrotizim
qadriyatlar, an’ana odatlar, qonunlar hukumat dasturlarining madaniy va tarixiy
kontekstini hosil qiladi.

U.Bronfenbrennerning fikriga ko‘ra, bu barcha quyi darajalarga muhim ta’sir

ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning ko'proq e’tiborini jalb qiladigan hayotiy yo‘l insonning
rivojlanish g‘oyasini laboratoriyaning nazorat qilinuvchi sharoitlarida o'rganib bo‘lmaydi.
Nafaqat oldindan aytish mumkin bo‘lgan yoshga bog‘liq o'zgarishlarni, balki har bir
yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni, balki har bir avlod uchun keng madaniy va tarixiyillarni
hisobga olishni talab qiladi. P.Baltes 3 turdagi omillarni ajratgan.

1.

Yoshga bog‘liq m e’yorlar.

2.

Tarixiy m e’yoriy.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 4–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 147

3.

M e’yoriy bo‘lmagan omillar.

Yoshga bog‘liq me’yoriy omillar bu aytish mumkin bo‘lgan yoshdagi o‘zgarishlarda

biologik tishlarni yorib chiqishi, jinsiy yetilishi (menopauza va b.) va ijtimoiy (maktabga
chiqish, harbiy xizmatga chaqiruv, nafaqaga chiqish va boshqalar) sodir bo‘ladi. Tarixiy
me’yoriy omillar — bu butun yosh davri kategoriyalariga

(qatoriga) u yoki bu tarzda ta’sir ko'rsatadigan global (dolzarb) mashtabdagi tarixiy

hodisalardir (urush, siyosiy va iqtisodiy tarzda o‘zgarishi, epidemiya). Me’yoriy
bo‘lmagan omillar hayotning aniq bir vaqti bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin uni ba’zan
keskin (birdan) o'zgartirishga qodir bo‘lgan, shaxs hodisalarini aks ettiradi (kasallik,
jarohat, muhim inson bilan uchrashuv ajrashish va boshqalar). Aslida vaziyat bundanda
murakkab chunki, ajratilgan omillar ta’siri bir qator boshqa xususiyatlar, xususan jins,
yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So‘z inson hayot yo‘liga bu omillarning murakkab
qorishgan ta’siri haqida bermoqda. Shunday qilib, biz inson psixik rivojlanishini
aniqlovchi omillar muammosiga asosiy e’tiborni qaratib, O.Uotsonning klassik
bexiviorizm nazariyasi, B .Skinnerning operant o‘rgatish nazariyasi, A.Banduraning
ijtimoiy kognitiv nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida
rivojlanish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini kuzatdik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

3.

Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The
Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis).
The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

4.

Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A
DEMOCRATIC

SOCIETY.

CURRENT

RESEARCH

JOURNAL

OF

PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

5.

Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

6.

Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

7.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

8.

Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.

Bibliografik manbalar

Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04), 42-45.

Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.