Mualliflar

  • G‘affarberganova Gulnoza Maqsudbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112492

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ibora ma’no ko‘chishi sinonimlik tahlil uslub mahorat badiiylik o‘z ma’no ko‘chma ma’no obrazlilik ta’sir qilish.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  Erkin  A’zamning  „Yozuvchi“  hikoyasida frazeologizmlarning qo‘llanilishi va ahamiyati, yozuvchining iboralarni qo‘llash mahorati haqida so‘z  yuritilgan.  Ushbu  hikoyada  yozuvchi  mashhur  hikoyanavis  Abdulla  Qahhor  uslubiga 
yaqinlashgan.Asarda  iboralar  juda  o‘rinli  va  hikoyaga  betakror  ma’no  berishga  hissa  qo‘sha olgan. 


background image

171

ERKIN A’ZAMNING

YOZUVCHI

HIKOYASIDA

FRAZEOLOGIZMLARNING QO‘LLANISHI

G‘affarberganova Gulnoza Maqsudbek qizi,

Ajiniyoz nomidagi NDPI magistranti

ggaffarberganova@gmail.com


Annotatsiya.

Mazkur

maqolada

Erkin

A’zamning

„Yozuvchi“

hikoyasida

frazeologizmlarning qo‘llanilishi va ahamiyati, yozuvchining iboralarni qo‘llash mahorati haqida
so‘z yuritilgan. Ushbu hikoyada yozuvchi mashhur hikoyanavis Abdulla Qahhor uslubiga
yaqinlashgan.Asarda iboralar juda o‘rinli va hikoyaga betakror ma’no berishga hissa qo‘sha
olgan.

Kalit so‘zlar.

Ibora, ma’no ko‘chishi, sinonimlik, tahlil, uslub, mahorat, badiiylik,o‘z ma’no,

ko‘chma ma’no, obrazlilik, ta’sir qilish.

ERKIN AZAM’IN “YAZAR” ÖRNEĞINDE FRAZEOLOJİLERİN KULLANIMI

Gaffarberganova Gulnoza Maksudbek kızı

Ajiniyaz adına NDPI yüksek lisans öğrencisi

Özet.

Bu makale, yazarın cümleleri kullanma becerisi olan Erkin Azam’ın "Yazarı"

hikayesindeki deyimlerin uygulanması ve önemi ile ilgilidir. Bu hikayede yazar, ünlü hikaye
anlatıcısı Abdullah Kahhar’ın tarzına yaklaştı. In eser, ifadeler oldukça uygun ve hikayeye
benzersiz bir anlam kazandırmaya katkıda bulunabildi.

Anahtar kelimeler.

Ifade, anlam aktarımı, eşanlamlılık, analiz, stil, ustalık, sanat, kendi

anlamı, anlamın taşınabilirliği, imge, sergi.



ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ

В РАССКАЗЕ ЭРКИНА АЪЗАМА «ПИСАТЕЛЬ»

Гаффарберганову Гулнозу Максудбек кизи,

магистрантка НГПИ имени Ажинияза

Аннотация.

В этой статье рассказывается о применении и значении

фразеологизмов в рассказе Эркина Аъзама «Писатель», об умении применять
фразеологизмы писателя использовать выражения. В этой повести писатель подошел к
стилю знаменитого рассказанависа Абдуллы Каххара. Фразы в произведении очень уместны
и способны придать рассказу неповторимый смысл.

Ключевые слова.

Фраза, перенос значения, синонимичность, анализ, стиль,

мастерство, артистизм,собственное значение, переносимость значения, образность,
экспозиция.

USE OF PHRASEOLOGY IN THE STORY

“WRITER” BY ERKIN A’ZAM

Gaffarberganova Gulnoza Maksudbek kizi,

master’s student of the Ajiniyaz NSPI


background image

172

Annotation.

This article deals with the application and importance of phraseologisms in the

story of the "writer" of Free Azam, the skill of the writer to use phrases. In this story, the writer
approached the style of the famous storyteller Abdullah Qahhor.In the work, phrases are quite
appropriate and were able to contribute to giving the story a unique meaning.

Keywords.

Phraseologism, displacement of meaning, synonymy, analysis, style, skill,

artistry, own meaning, portable meaning, figurativeness, influence.

Har bir yozuvchining o‘z uslubi bo‘lganidek, Erkin A’zam ham o‘z o‘rni va betakror

uslubiga ega. Erkin A’zamning so‘z qo‘llash mahorati uning hamma asarlarida, hattoki, jurnalistlar
bilan yoki oddiy insonlar bilan bo‘lgan ko‘cha muloqotlarida ham namoyon. Bu uslub esa uning
betakror uslubidir. So‘z qo‘llash mahorati yozuvchining ijoddagi o‘rnini, ta’sir qilish uslubi esa
kitobxon qalbidan o‘rin olish kabi nozik masalani o‘rtaga qo‘yadi. Ushbu maqoladagi asosiy
o‘rinlarni iboralar bilan bog‘laymiz. „Yozuvchi“ hikoyasida iboralar nechog‘lik o‘rinli
qo‘llanganligi va salmog‘i haqida quyidagi misollar bilan tahlil qilamiz:

…Ammo, o‘rinsiz

andishani chetga qo‘yib gapirganda

, u maydonda ot surib yurgan

dongdor otaxon-u akaxonlarning ko‘pchiligiga nisbatan asl adabiyotga yaqinroq, hatto uning sodiq
fuqarosi edi [5;2-b.] Bu o‘rinda yozuvchi

andishani chetga qo‘yib gapirganda

iborasini qo‘llab

hikoyaga badiiylik kiritgan. Biz uni

uyatni chetga qo‘yganda

deb ham aytamiz. Lekin bu asarga

nisbatan badiiylik va obrazlilikni ta’minlamaydi. "Andisha" so‘zi o‘zbek mentalitetiga bog‘liq
bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Bunda yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratiga guvoh bo‘lamiz. U
rasmona adiblar singari bolalik chog‘laridanoq yozuvchi bo‘lishni

diliga tugmagan

, ilk ijodini she’r

bilan boshlab, devoriy gazetalarni obod qilmagan edi. Bu yerda

diliga tugmoq

iborasi bilan orzu

qilmoq qo‘shma fe’lini sinonim sifatida qo‘llash mumkin. Lekin badiiy adabiyotda orzu qilmoqning
o‘rniga diliga tugmoq ancha ta’sirchan va obrazlidir. Buni biz yozuvchining mahorati bilan ham
bog‘laymiz. Shu o‘rinda Shavkat Rahmatullayevning quyidagi fikrlarini keltirish joiz: „Frazema-
tabiati murakkab til birligi .Mazmun jihati bilan leksemaga tenglashsa,tuzilishi jihatidan
birikmaga,gapshaklga teng“.

U yolg‘on yozishni bilmasdi, chunki uydirma to‘qish

qo‘lidan kelmasdi

[5;3-b.]. Bu

o‘rindagi yana bir ibora

qo‘lidan kelmoq

iborasidir. Biz uni uddalamoq va qila olmoq fe’llari bilan

almashtirib qo‘llasak ham bo‘ladi va bu yerda sinonimlik kuzatiladi. Lekin unda iboradan
chetlashish hodisasi sodir bo‘ladi

.

U rasmona adiblar singari bolalik chog‘laridanoq yozuvchi

bo‘lishni

diliga tugmagan

, ilk ijodini she’r bilan boshlab, devoriy gazetalarni obod qilmagan edi.

Umid qilmoq qo‘shma fe’lini amalga oshishi aniq emasdek tuyuladi lekin,

diliga tuymoq

iborasi aniq bo‘ladigan ishga qattiq ahd qilish ,albatta, amalga oshirishga kirishishga tayyorgarlikdir
[5;3-b.]. Bu ham yozuvchining so‘zni to‘g‘ri qo‘llash va so‘z san’atiga usta ekanligi bilan
belgilanadi.

Frazeologik birliklarning eng muhim belgilaridan biri ularning tilda tayyor holatda

mavjudligidir. Ular so‘z birikmasi kabi nutq jarayonida tashkil bo‘lmasdan, balki tilda qanday
barqarorlashgan bo‘lsa, shundayligicha nutqda qo‘llanadi. … Unda qahramonimiz hali yoshlar
nashriyotida muharrir bo‘lib yurardi. Bir kuni direktor uni huzuriga chorlab,

istarasi issiq,

o‘zi juda

bahaybat bir odam bilan tanishtirdi [5;4-b.].

Istarasi issiq

iborasi orqali yozuvchi metafora usulida

ma’no ko‘chish usulidan foydalanadi va obraz bilan tanishtirish jarayonida tayyor leksik birlikdan
foydalanib badiiylik bo‘yog‘ini oshiradi.

Istarasi issiq

iborasiga Shavkat Rahmatullayev

quyidagicha izoh beradi: Xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador. Varianti: yulduzi issiq; issiq istarali.
Antonimi: istarasi sovuq. Ko‘nglida bir nimalar g‘imirlasa-da, sipo muharririmiz

sir boy bermay

qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib iljayadi: „Rahmat, rahmat. O‘zlari ko‘raversinlar”.

Sir boy bermaslik

,

indamaslik, sir saqlash. Bu yerda muallif ko‘nglidagi gapini hech kimga aytmaslik ma’nosida
keltirgan

.

Bulardan ortsang, mehnatkashlarning holidan xabar ol, beva-bechoraga qayishgin, inson!

Yo‘q-da

, qo‘li qichiydi

. [5;5-b.]. Bu yerda

qo‘li qichimoq

iborasining ma’noviy-ishoraviy

tarkibidagi kesatiq-zaharxanda baralla bo‘y ko‘rsatgan, undagi ayni ma’noning lingvopoetik ta’kidi


background image

173

yanada to‘lg‘inlashgan. Bunda matndagi murojaat qaratilgan shaxsni ifodalovchi anoyi banda, inson
so‘zlarining mazmuniy harakatini ko‘rsatmaslik mumkin emas .

Kechasi bir mahalga qadar charog‘on shiypon fayzga to‘lib, u yoqdan kulgi-qahqaha

eshitilib turadi. So‘ng birdan hammayoq

suv quygandek

tinchib qoladi. Mehmonlar jo‘nagan —

shahar yaqin [5;5-b.].

Suv quygandek

iborasi jimjit, tinch, sokin ma’nolarini beradi. Bu o‘rinda esa

tinchgina bo‘lib qolmoq ma’nosida kelgan. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘atida esa bu
iboraga quyidagicha izoh berilgan

suv quyganday

- hech qanday tovush-sharpa yo‘q. Varanti:

suv

sepganday

.

Alohida ta’kidlash kerakki,Erkin A’zam qalamiga mansub har qanday matnda so‘z butun

borlig‘i, mazmuniy-hissiy qirralari ,shakl-u shamoyili va hatto sas-sadosi bilan namoyon bo‘ladi. -
Sen qo‘rqyapsanmi? Sen qo‘rqma

. Qozonning qopqog‘ini yopib

tashlaganman, isi chiqmaydi.

Domlaning

og‘zidan chiqib ketgan

begona ismga gumashta parvo ham qilmadi. Uning nomidan

ko‘ra muhimroq ishlari bisyor edi. [5; 6-b.].

Og‘zidan chiqib ketmoq

iborasi bilmasdan gapirib

qo‘ymoq kabi ma’noni beradi. Erkin A’zam hikoyaga tezkorlik va ta’sirchanlikni yuklash
maqsadida bu iboraga murojaat qilgan.

-Amaki,so‘roq belgisi zo‘rmi,undovmi?
Asar boshlanmasi ham ibora bilan boshlanib, yakuni ham ibora bilan tugagan. Bunday

hikoyalarimizning adabiyotimizda salmoqli bo‘lishini, yana ham davom etishini, adabiyotimizning
mudom Abdulla Qahhordek, Erkin A’zamdek ibora, maqol va matallarga boy bo‘lishini kutib
qolamiz.

Xulosa qilib aytganda, yozuvchi Erkin A’zam asarlarida turfa ijod namunasi, tilning leksik

xususiyatlari, inson xarakterlarini ochib berishdagi o‘xshatishlar kitobxon uchun juda tushunadigan
tarzda bayon etilgan.Yuqoridagi iboralar misolida ham biz yozuvchining o‘zi bilmagan holdagi
yozuvchilik mahoratini namoyon qilganmiz deya ayta olamiz.Erkin A’zam asarlarida tarbiya va
xulosa chiqarish kabi fazilatlar ham juda katta salmoqqa egadir. Asardagi rais obrazida biz
shunchalik qishloq xo‘jalik ishlaridan ortib yana rais bo‘lishiga qaramasdan ijod bilan shug‘ullanib
turadigan, ilhom kelgan vaqtda qog‘ozni qoralab turadigan inson ekanligi ham asar mazmunini va
xulosasini insonning ijod bilan tirik ekanligi, ko‘ngil xotirjamligiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘sha
olishini anglaymiz. Bosh obraz esa har doim ijod bilan tirik ekanligi, boshqa ilhom havasiga
tayangan insonning asarlarini qolipga solib berish va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan
shug‘ullanib hayot kechiradi va bu jarayon uning hayot mazmuniga aylanib qoladi. Erkin
A’zamning ushbu hikoyasi, ayniqsa, adabiyot sohasidagi insonlar uchun juda ta’sirchan va badiiy
tarzda talqin qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Rahmatullayev Shavkat. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.(darslik).Toshkent “Universitert”, 2006.
2. Mahmudov Nizomiddin, 2023. O‘R FA O‘zbek tili,adabiyoti va folklori instituti direktori,

filologiya fanlari doktori,professor. “Vergul zo‘rmi,nuqtami?-Erkin A’zamning “qo‘shtirnoq”li
so‘zlari.Toshkent.Maqola.

3. Tohir Malik. “Shaytanat” (1-kitob) qissasi,www.ziyouz.com-. Islom.uz ma’rifat markazi. –

Тошкент, 2007.-101-bet.

4.

Rahmatullayev Shavkat.”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, Toshkent, ”O‘qituvchi”

nashriyoti, 1978.

5. Erkin A’zam , “Yozuvchi” hikoyasi.ziyo.uz kutubxonasi.
6. www.ziyouz.com.


Bibliografik manbalar

Rahmatullayev Shavkat. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.(darslik).Toshkent “Universitert”, 2006.

Mahmudov Nizomiddin, 2023. O‘R FA O‘zbek tili,adabiyoti va folklori instituti direktori,

filologiya fanlari doktori,professor. “Vergul zo‘rmi,nuqtami?-Erkin A’zamning “qo‘shtirnoq”li

so‘zlari.Toshkent.Maqola.

Tohir Malik. “Shaytanat” (1-kitob) qissasi,www.ziyouz.com-. Islom.uz ma’rifat markazi. –

Тошкент, 2007.-101-bet.

Rahmatullayev Shavkat.”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, Toshkent, ”O‘qituvchi”

nashriyoti, 1978.

Erkin A’zam , “Yozuvchi” hikoyasi.ziyo.uz kutubxonasi.

www.ziyouz.com.