Mualliflar

  • Shaxriddinov Olmas Faxriddin o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112496

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Paremiologik birlik maqol matal ibora arxaiklashish “Devonu lugotit turk” ma’no ko‘chishi shakl o‘zgarishi.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarixan tilda shakllangan paremiologik birliklar va ularning 
vaqt  o‘tishi  natijasida  arxaiklashib  borishi  to‘g‘risida  mulohaza  yuritildi.  Paremiologik 
birliklarning tarixiy ko‘rinishlarini topishda barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak manba bo‘lgan 
Mahmud  Qoshg‘ariyning  “Devonu  lug‘otit  turk”  asariga  murojaat  qilindi.  Hozirda  nutq 
jarayonida  qo‘llanilib  kelayotgan  maqollar,  matallar  va  iboralarning  ma’no  jihatdan  barqaror 
saqlanganligi hamda shakl jihatdan o‘zgarib borishi misollar orqali ko‘rsatib berildi. 


background image

157

O‘ZBEK TILIDA PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING TARIXIY

VA ARXAIK KO‘RINISHLARI

Shaxriddinov Olmas Faxriddin o‘g‘li,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

olmosbekshaxriddinov@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarixan tilda shakllangan paremiologik birliklar va ularning

vaqt o‘tishi natijasida arxaiklashib borishi to‘g‘risida mulohaza yuritildi. Paremiologik
birliklarning tarixiy ko‘rinishlarini topishda barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak manba bo‘lgan
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asariga murojaat qilindi. Hozirda nutq
jarayonida qo‘llanilib kelayotgan maqollar, matallar va iboralarning ma’no jihatdan barqaror
saqlanganligi hamda shakl jihatdan o‘zgarib borishi misollar orqali ko‘rsatib berildi.

Kalit so‘zlar.

Paremiologik birlik, maqol, matal, ibora, arxaiklashish, “Devonu lugotit

turk”, ma’no ko‘chishi, shakl o‘zgarishi.

ÖZBEK’TE PAREMİYOLOJİK BİRİMLERİN TARİHSEL VE ARKAİK

TEZAHÜRLERİ

Shahriddinov Almas Fakhriddin ogle

,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisidir

Özet.

Bu makale, dilde tarihsel olarak oluşan paremiyolojik birimlere ve zamanın bir

sonucu olarak arkaikleşmelerine yansımıştır. Paremiyolojik birimlerin tarihsel görüşlerini
bulurken, Mahmud Koshgari’nin tüm Türk halkları için ortak bir kaynak olan “Devonu sözlük
türkçesi” ne atıfta bulunulmuştur. Şu anda konuşma sürecinde kullanılmakta olan atasözleri,
atasözleri ve deyimlerin örneklerinin, biçim değiştirmenin yanı sıra bir anlamda istikrarlı bir
şekilde sürdürüldüğü gösterilmiştir.

Anahtar kelimeler.

Paremiyolojik birim, atasözü, matal, deyim, arkaikleştirme, “Devonu

lugotit türk”, anlamın yer değiştirmesi, biçim değişikliği.

ИСТОРИЧЕСКИЕ И АРХАИЧЕСКИЕ ПРОЯВЛЕНИЯ ПАРЕМИОЛОГИЧЕСКИХ

ЕДИНИЦ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ

Шахриддинов Алмас Фахриддинович,

магистрант Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В этой статье рассматривались паремиологические единицы,

исторически сложившиеся в языке, и их архаичность с течением времени. В поисках
исторических проявлений паремиологических единиц обращался к труду Махмуда Кашгари
“Devonu lugotit Turk”, являющемуся общим источником для всех тюркских народов. На
примерах показано, что пословицы, поговорки и выражения, используемые в настоящее
время в речевом процессе, сохраняют смысловую устойчивость и изменяются по форме.

Ключевые слова.

Паремиологическое единство, пословица, поговорка, идиома,

архаизация, “Девону луготит турецкий”, перенос значения, изменение формы.

HISTORICAL AND ARCHAIC MANIFESTATIONS OF

PAREMIOLOGICAL UNITS IN UZBEK

Shahriddinov Almas Fakhriddin oglu,

master of the Uzbek-Finnish pedagogical institute


background image

158

Annotation.

This article reflected on the paremiological units historically formed in the

language and their archaicization as a result of time. In finding historical views of the
paremiological units, reference was made to Mahmud Qoshgari’s “Devonu lexicotit turk”, a
common source for all Turkic peoples. Examples of Proverbs, matals, and phrases that are now
being used in the process of speech have been shown to be maintained in a sense stable, as well as
changing in form.

Keywords.

Paremiological unit, proverb, matal, phrase, archaicization, “Devonu lugotit

turk”, displacement of meaning, change of form.

Paremiya –

yunoncha

chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini

beradi. Tilning paremiologik fondi xalqning qimmatli lisoniy merosini ifodalaydi, ularning
madaniyati, an’analari va tarixini aks ettiradi. Paremiyalarda xalqning oila, ish, jamiyat kabi hayot
va hodisalarning turli sohalariga munosabati aks etadi.

Maqol va matallar xalq madaniyatining, ayniqsa, muhim unsuri hisoblanadi. Lingvistik

paremiyalar semantik o‘zgarish, poetik obrazlilik va turli xil badiiy tuzilmalar bilan xarakterlanadi.
Xorijiy tilshunoslar A.Teylor, V.Meader paremiologik birliklar bilan shug‘ullangan. Paremiya
atamasi ostida tadqiqotchilar xalqning kelib chiqishi bilan bog‘liq holatda, birinchi navbatda,
maqollar va so‘zlar birliklarini tushunadilar.

Paremiologiya (

yun.

paroimia hikmatli so‘z, zarbulmasal va logiya ta’limot ma’nolarini

anglatadi):

1)

ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda,

qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi
hikmatli iboralarni paremalarni o‘rganadigan fan sohasi;

2)

muayyan tilda mavjud bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar paremalar

tizimi.

Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tilning barcha sohalarida u yoki bu

darajada o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli
kichadi.

Bunda to‘rt holat kuzatiladi: Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib

ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta “jonlanadi”,
“tiriladi”, uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi. Leksik birlik bo‘lgan paremiyalar ham
xuddi leksemalar kabi eskirish, arxaiklashish va yangilanish xususiyatlariga ega. Bunday
xususiyatlarni tilga oid bo‘lgan tarixiy asarlarda jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu
lug‘otit turk” asarida qo‘llanganligini misollar yordamida ko‘rsatib o‘tamiz.

Karish yag‘iri o‘g‘ulqa qalur [2, 499 b.].

(Ot kaftining yag‘iri o‘g‘ilga meros qolur.) Bu

birlik qadimda turkiy xalqlarda otaning biror bir yutug‘i yoki kamchiligini farzandiga o‘tishini
anglatgan. Hozirgi kunda bu maqol “Olmaning tagiga olma tushadi” yoki “Ot o‘rnini toy bosar”
maqoliga to‘g‘ri keladi.

Tilin tugmishni tishin yazmas [2, 427 b.].

(Til bilan bog‘langan tish bilan yechilmas.) Bu

maqol turkiy xalqlarda va’daga vafo qilish yigit kishining ishi ekanini nazarda tutib aytilgan.
Hozirgi kunda “Va’daga vafo – mardning ishi” maqoliga to‘g‘ri keladi.

Bushlaglansa buxluqlanur

. Ushbu maqol “kishi manmanlikka borsa, o‘rgatuvchini tahqir

qilsa, qo‘li gardanida, bo‘ynida bo‘ladi” ma’nosini bildirib, bemaslahat, o‘zi bilganicha ish
tutadigan, birovning fikrini inobatga olmaydigan, manman kishilarga nisbatan ishlatilgan. Bu
paremani hozirgi tilimizdagi“Kamtarga kamol – manmanga zavol” maqoli bilan sinonim bo‘la oladi
deyishimiz mumkin.

Besh erangak tuz ermas

. Bu maqol “Besh qo‘l barobar emas” shaklida ishlatiladi. Insonlar

turli xil toifada ekanligi va ular hech qachon teng bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.Bu maqol hozirgi
kunda ham iste’molda ,faqat leksemalarda arxaiklashish hodisasi yuz bergan.


background image

159

Ag‘ilda o‘g‘laq tug‘sa, ariqda o‘ti unar

. (Og‘ilda buzoq tug‘ilsa, ariqda maysa unar). Bunda

har bir klishining rizqi Alloh tomonidan berilishi nazarda tutiladi.

Eshyak ayur bashim bo‘lsa, sundurida suv ichkayman

. Bu maqol hozirgi kundagi “Bosh

omon bo‘lsa do‘ppi topiladi” maqoliga to‘g‘ri keladi. Bu maqol maqsadga erishish uchun uzoq umr
orzu qilivchilarga nisbatan qo‘llanilgan.

So‘zlar qo‘llanishiga davriylik nuqtayi nazaridan yondashuv ularning konseptual maydonini

shakllantiradi. “So‘zlarning eskirishi, ya’ni bugungi adabiy til nuqtayi nazaridan eskilik bo‘yog‘ini
olishi turli sabablar bilan voqe bo‘lishi mumkin. So‘zlar, asosan, o‘zi anglatgan tushunchalarning
butunlay yo‘qolib ketishi sababli yoki boshqa so‘zlarning siquvi, “tazyiqi” bilan faol qo‘llanishdan
chiqib, eskirib qoladi [1, 17 b.].

Yuqorida keltirilgan misollar orqali shuni anglashimiz mumkin: davrlar o‘tishi jarayonida

tilning leksik qatlamida leksemalarning shakl jihatdan o‘zgarishiga uchrashi, ammo ular anglatgan
semalarning boshqa so‘zlar orqali ifodalanishi, ya’ni arxaiklashishini ko‘rishimiz mumkin. Bu
jarayon xalqning madaniy va ma’rifiy qiyofasini ko‘rsatib beradigan maqol va matallarni ham
chetlab o‘tmagan. Maqol va matallarda arxaiklashish hodisasi shaklga nisbatan ma’zmunda ko‘proq
ko‘zatilgan. Ularda qo‘llanilgan so‘zlarning ayrimlari hozirgi kungacha o‘zgarishsiz yetib
kelganligining ham guvohi bo‘lamiz, lekin bu so‘zlar o‘sha davrda boshqa so‘zlar bilan birga
barqarorlik holatida anglatgan tarbiyaviy ma’nolar hozirgi kunda iste’molda bo‘lgan boshqa yangi
barqaror holatdagi leksemalar orqali ifodalanmoqda. Bu jarayon shuni ko‘rsatadiki, xalqning
tafakkuriga singgan, hayotni idrok etish orqali erishilgan lisoniy bilimlar davrlar silsilasida yangi-
yangi leksemalarda, paremeologik birliklarda o‘z ifodasini topsa-da, ma’no va mohiyat insonlar
shuurida yashashda davom etaveradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, paremiologik birliklar ham davrlar o‘tishi natijasida turli
darajada o‘zgarishga uchraganini hozirgi nutq jarayonida anglash mumkin. Bu o‘zgarishlar maqol
va matal singari paremalarda ko‘proq shakl va ma’noda kuzatilganligiga guvoh bo‘lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Anorqulova O. Konsept-tushuncha-so‘z munosabati. “Pedagogs” international research journal.
Volume-53, Issue-2, March - 2024. 17-21 b.

2.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov.
Tom I II III. Toshkent, 1960-1963. 499 b.

3.

G‘aniyeva Sh. O‘zbek frazeologizmlarining struktur-semantik tadqiqi. Toshkent, Fan, 2013, 33
b.

4.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma.
Toshkent, Fan va texnologiya, 2009, 416 b.

5.

Баёнханова И.Ф. Паремияларнинг турли тизимдаги тилларда умумий хусусиятлари.
СамДЧТИ, 2014. 187 б.

6.

Normo‘minov, S. T. (2024). She’riyatda ona obrazi tahlili (Mirtemir, A.Oripov va Muhammad
Yusuf ijodi misolida).

Scientific approach to the modern education system

,

3

(31), 87-91.

7.

Normumınov, Ş. (2023). O‘zbek tilida tasviriy so‘zlarning so‘z turkumlari shakllanishidagi
o‘rni.

Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD)

,

7

(2), 411-415.

8.

Utkirovna, E.S. (2021). O‘zbek tilidagi ko ‘makchilashayotgan ayrim so ‘zlar xususida.

Fan,

ta'lim va amaliyotning integrasiyasi

,

2

(4), 1-7.

9.

Kamol o‘g‘li, H.H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In

International Conference on Adaptive Learning Technologies

(Vol. 10,

pp. 55-56).

10.

Муродовна, Р.М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных

объектов.

JournalNX

, 125-128.

Bibliografik manbalar

Anorqulova O. Konsept-tushuncha-so‘z munosabati. “Pedagogs” international research journal.

Volume-53, Issue-2, March - 2024. 17-21 b.

Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi S.M.Mutallibov.

Tom I II III. Toshkent, 1960-1963. 499 b.

G‘aniyeva Sh. O‘zbek frazeologizmlarining struktur-semantik tadqiqi. Toshkent, Fan, 2013, 33

b.

Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent, Fan va texnologiya, 2009, 416 b.

Баёнханова И.Ф. Паремияларнинг турли тизимдаги тилларда умумий хусусиятлари.

СамДЧТИ, 2014. 187 б.

Normo‘minov, S. T. (2024). She’riyatda ona obrazi tahlili (Mirtemir, A.Oripov va Muhammad

Yusuf ijodi misolida). Scientific approach to the modern education system, 3(31), 87-91.

Normumınov, Ş. (2023). O‘zbek tilida tasviriy so‘zlarning so‘z turkumlari shakllanishidagi

o‘rni. Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi (TÜRKLAD), 7(2), 411-415.

Utkirovna, E.S. (2021). O‘zbek tilidagi ko ‘makchilashayotgan ayrim so ‘zlar xususida. Fan,

ta'lim va amaliyotning integrasiyasi, 2(4), 1-7.

Kamol o‘g‘li, H.H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of

Phraseological Units. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10,

pp. 55-56).

Муродовна, Р.М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных

объектов. JournalNX, 125-128.