153
TOPONIMIKANING BOSHQA ILMLAR BILAN BOG‘LIQLIK MASALASI
Baltaniyazova Nesibeli Teńelbaevna,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti
nesibelibaltaniyazova77@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada tilshunoslikning toponimika sohasi, uning ahamiyati va boshqa
ilmlar bilan bog‘liqlik masalasi, tadqiq etish obyektlari, toponomikaning tarix, adabiyot,
etnografiya, geografiya kabi ilimlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar.
Onomastika, toponimika, geografiya, tarixiylik, etnografik atamalar, ko‘cha,
qo‘rg‘on, mifologik toponimika.
TOPONİMİKİN BAŞKA BİLİMLERLE İLİŞKİSİ SORUNU
Baltaniyazova Nesibeli Tenelbaevna,
Berdaq Karakalpak devlet üniversitesi yüksek lisans öğrencisi
Özet
. Makale, dilbilimin toponimik alanı, önemini ve diğer bilimlerle bağlantısını, araştırma
nesnelerini, toponominin tarih, edebiyat, etnografi, coğrafya gibi bilimlerle ilişkisini ve özelliklerini
ele almaktadır.
Anahtar kelimeler.
Onomastika, toponim, coğrafya, tarih, etnografik terimler, sokak, kale,
mitolojik toponim.
ВОПРОС О СВЯЗИ ТОПОНИМИКИ С ДРУГИМИ НАУКАМИ
Балтаниязовa Несибели Тенгельбаевнa,
магистрант Каракалпакского государственного
университета имени Бердаха
Аннотация
. В статье рассматривается область топонимики в лингвистике, ее
значение и связь с другими науками, объекты исследования, а также взаимосвязь и
особенности топонимики с такими науками, как история, литература, этнография и
география.
Ключевые слова.
Ономастика, топонимика, география, историчность, этнографи-
ческие термины, улица, крепость, мифологическая топонимика.
THE CONNECTION OF TOPONYMIC WITH OTHER SCIENCES.
Baltaniyazova Nesibeli Tengelbaevna,
master’s student of Berdakh Karakalpak state university
Abstract
. The article discusses the field of toponymy in linguistics, its significance and
connection with other sciences, research objects, and the relationship and characteristics of
toponymy with sciences such as history, literature, ethnography, and geography.
Keywords.
Onomastics, toponymy, geography, history, ethnographic terms, street, fortress,
mythological toponymy.
Geografik atamalarni tadqiq etish, ularning paydo bo‘lish tarixini o‘rganish bizga ko‘p
narsalarni (turmushni, tarixni, hayotni, jamiyatni v.b.) aniqlashga yordam beradi. Sababi ularda
qadimda yashagan ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, madaniyati, diniy, falsafiy dunyo qarashlari
aks ettirilgan bo‘ladi va geografik obyektlarga nom qo‘yishning tarixiy, ijtimoiy sabablari,
154
xususiyatlari bilan milliy urf-odatlari namoyon bo‘ladi. Geografik atamalar uzoq davrlardan buyon
kelayotgan bo‘lib, u tilshunoslikning til tarixi va tarixiy dialektologiya, shuningdek, tarix,
etnografiya, geografiya, arxeologiya, geologiya kabi bir qator ilimlar uchun boy manba bo‘ladi.
Ular muayyan bir davrning ijtimoiy sharoiti va siyosiy tuzumlarining elementlarini o‘zida aks
etgan. Geografik atamalar yordamida eski leksik qatlamlar, grammatik formalar, xalqning urf-
odatlari, etnogenezi va boshqa ma’nolar etimologiyasi aniqlanadi. Shu kabi yer, suv atamalarining
kelib chiqish tarixi, til xususiyatlari tilshunoslikning toponimika sohasida o‘rganiladi. Maqolamizda
toponimikaning tadqiq etish obyektlari va boshqa ilmlar bilan bog‘liqligi haqida so‘z yuritamiz.
Onomastika (yunoncha. onomastika – ism, atama berish) – tilshunoslikda nomlar, ismlarni
o‘rganadi [1, 77]. Yer-suv atamalari onomastikaning toponimika deb nomlangan qismida alohida
o‘rganiladi. Toponimika – geografik (hudud, yer, suv, makon, qal’a v.b) atamalarni o‘rganadigan
leksikologiyaning bo‘limi. Muayyan hududdagi geografik atamalarning to‘plami [2, 81].
Shuningdek, toponimikaning o‘rganish obyekti hamma turdagi katta-kichik hududlarni: daryo,
dengiz, ko‘l, tog‘, tepalik, qal’a, qishloq, ko‘cha, yo‘l kabi joylarga berilgan xususiy nomlarni
o‘rganishni maqsad qiladi. Toponimikani o‘rganish yordamida biz xalqning tili, adabiy, etnografik,
tarixiy, diniy va urug‘-qavmlik tuzumdagi turmushi haqida ham ma’lumot olishimiz mumkin. Til
xususiyatlari bo‘yicha dialektik yoki boshqa tilning so‘zlari asosida qo‘yilgan: rus tilidagi botanika
(ko‘cha), qoraqalpoq janubiy dialektiga tegishli suylun (ko‘cha) kabi atamalar; tarixiy kelib chiqishi
bo‘yıncha bir tarixiy voqeaga asoslangan Qızketgan (kanal), Gu’ldursin (qo‘rg‘on); diniy kelib
chiqishi bo‘yicha Gawir qal’a – o‘zga dindagi insonlar tomonidan qurilgan qo‘rg‘on; urug‘-
qavmlarning atamalari asosida qo‘yilgan jamansha (qishloq), go‘bdir (ko‘cha); geografik
joylashuvi, xususiyati yetimo‘zak – yolg‘iz joylashgan ko‘l, Qattıag‘ar – tez va toshib oqadigan
kanal v.b. Toponimlar xalq tilining rivojlanish bosqichlarini, undagi har xil o‘zgarishlarni
aniqlashda assiy manbalardan biridir.
Toponimlarning yasalishi so‘z yasalishdan farq qilmaydi. Har bir tildagi so‘z yasalish
uslublari va so‘z yasash qurollari toponim yasashda qatnashadi. Biroq geografik atamalarni so‘z
yasalish tomonidan tadqiq qilsak, dastavval xususiy nomlarning o‘ziga xos bir qator semantik va
grammatik xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Ayrim tilshunoslar toponimlarning o‘ziga xos
xususiyatlarini ularning funksional xızmatlarga ega ekanligi, qo‘llanilish muayyanligini ko‘rsatib
o‘tgan [3, 9-34]. Toponimlar tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq aniq bir nizomlar
asosida paydo bo‘lishi mumkin. Geografik obyektlarga bog‘liq atamalarni tog‘ri foydalanish,
shuningdek, undagi funksional barqarorlikni paydo qilishda ularning nomlanish, orfografik johatdan
tog‘ri yozilishi va tog‘ri talaffuz etilishini taminlash xizmatini til normalari bajaradi. Shu sababdan
toponimik birliklarning tog‘ri nomlanishida adabiy tilning orfografik qoidalari va tog‘ri talaffuziga
alohida diqqat qaratish kerak. Bunday masalalar qoraqalpoq tilshunosligining barcha rivojanish
bosqichlarida o‘rganilib, eng dolzarb muommolardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Toponimlar tilshunoslikning tadqiq etish obyektiga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi.
Ularning gidronimlar, oykonimlar, oronimlar, agronimlar, urbanonimlar, katastronimlar, fitonimlar,
zoonimlar, antroponimlar, mifologik toponimlar kabi bir qancha turlari mavjud. Ularning ichida
gidronimlar bilan oronimlar tilshunoslikni geografiya bilan, oykonim, urbanonim, katastronim va
agronimlar tilshunoslikni geografiya, sosiologiya bilan, zoonimlar, fitonimlar esa tilshunoslikni
biologiya, tarix bilan, antroponimlar, mifologik toponimlar tarix, adabiyot, etnografiya ilimlari bilan
bog‘laydi.
Oronim – toponimlar sinfi. Yer yuzidagi jamiyki qatlamlarning atamasi [4.104]. U tog‘lar,
qirlar, tepaliklar atamalarini óz ichiga oladi. Qoraqalpog‘iston hududida Qoratog‘, Besh tepa,
Bo‘rshi tog‘ v.b. Gidronim – yunoncha hydro – suv, onyma – atama. Suv obyektlarining (daryolar,
ko‘llar, dengizlar, buloqlar, kanallar v.b.) bildiruvchi toponomik atama. Unga: Orol, Sirdaryo,
Quvonchjarma, Aqtuba, Amudaryolarni kiritish mumkin. Bu atamalar tilshunoslik va geografiya
uchun baravar o‘rganish obyekti bo‘la oladi.
Oykonim – har qanday shaharcha (shahar tipidagi xalq punkti) atamasi – astionim, qishloq
tipidagi xalq punkti atamasi – komonim [4, 93]. Bunda shahar va qishloq tipidagi barcha xalq
155
yasash joylari oykonim tarkibida o‘rganiladi. Qoraqalpog‘iston sharoitida astionimlar: Nukus,
Qong‘irot (shahar tipidagi), “Berdaq” savxoz, “Seytniyaz usta” fermer xo‘jaligi (qishloq tipidagi)
kabi misollarni keltirish mumkin. Shuningdek, shahar ichidagi kichik obyektlar ko‘cha, maydon,
imorat, park atamalarini biriktirib qo‘llaniluvchi urbanonim ham ko‘p uchıraydigan obyekt.
Masalan: “A.Dosnazarov”, “Ernazar alako‘z”, “Qoraqalpog‘iston”, “M.Jumanazarov” ko‘chalari,
“Amir Temur” bog‘i (park), “Mangu olov” maydoni, “Toshkent” mehmonxonasi, Berdaq nomidagi
Qoraqalpoq Davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutı, Berdaq teatri
va maktab kabi boshqa oliy ta’lim muassasalari, ish o‘rinlari urbanonimlar tarkibiga kiradi. Bu
atamalarning hammasi tilshunoslik, geografiya, tarix ilmlari bilan bog‘liq o‘rganilishi mumkin.
Lisoniy tomondan ma’nosi, grammatik qoidalarga to‘g‘ri kelishi, etimologiyasi masalalari
o‘rganilsa, geografiya ularning joylashuvi, tarix qo‘yilish sabablari, imorat tarixi bilan bog‘liq turda
o‘rganadi. Katastronim va agronimlar ham urbanonimlar kabi hududning, chegaralangan joylarning
atamalarini bildiradi. Masalan: qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan agronimler “Amangeldi”
fermer xo‘jaligi, “Chimboy” uzum bog‘i, “Cho‘monoy” paxta dalangligi, yer uchastkalari va
hududiy oyektlar bo‘lgan “Mo‘ynoq hududi” – Mo‘ynoq tumani yaqinidagi tegishli yerlar,
“To‘rtkul yaylovlari” – To‘rtkul tumanidagi yaylovlar, “Beruniy kanali atirofidagi yerlar” –
suvg‘oriladigan yerlar v.b. Toponimikaning eng ko‘p tadqiq etiladigan, eng keng uchirashadigan va
bir qancha qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otadigan turi antroponimlar va mifologik toponimlar.
Sababi, bu atamalarni o‘rganishda ularga ham tarixiy, ham tilshunoslik, hatto adabiy, etnografik,
diniy aspektlarni ham boshchilikka olishga tog‘ri keladi. Antroponimika – ingliz tilida insonlarning
ismini o‘rganish degan ma’noni bildiradi. Tilshunoslik sohalarining biridir [5, 48]. Unda inson
ismlari, familyasi, laqablari, adabiy yoki ijodkorlik uchun qo‘yiladigan ismlar o‘rganiladi. Odam
ismlarining qo‘yilish sabablarini o‘rganib qarasak, ular nir qancha faktorlarga bog‘liq har xil ma’no
anglatadi, etimologik kelib chiqishi bir-biridan ajralib turadi. Masalan, Berdaq ismi shoyir
Berdimurotgacha bo‘lmagan, azaldan Berdimurot deb nomlangan atama shoirning o‘z
qo‘shiqlarida:
Berdimurot Berdaq bo‘ldi,
Dog‘ini hechkim bilgan emas [6, 18].
– deb nom (adabiy taxallus) bergandan keyin paydo bo‘ldi va bugungi avlodga o‘rnak
bo‘lgan shoirning Berdimurot emas, aksincha, she’riyatidagi Berdaq ismini (adabiy taxallus)
qo‘yish avj olgan. Bunday laqablarning ismga aylanishiga tarixiy sharoitlar sabab bo‘ldi va shu
tariqa yangi ismlar paydo bo‘lishiga ko‘plab misolar keltirish mumkin. Laqablarning yoki
qisqartirilgan ismlarning kelajakda odam ismiga aylanishiga: O‘reke (Orazboy), Sereke
(Sarsenboy), Ayeke, Ayteke v.b. misollar bor. Inson ismlari qo‘yilishidagi etimologik, tarixiy,
etnografik xususiyatlardan asosiylari sifatida arabcha ismlar: Muhammad, Ali; forscha ismlar:
Almasbek, Perdeboy; turkiy ismlar: Darxon, Qutliboy; rus va rus tili orqali boshqa Yevropa
tillaridan kelgan: Diana, Klara v.b. nomlarni aniqlashda tilshunoslikning bir qancha ilmlar bilan
bog‘liqligini yoritib berish ahamiyatga ega.
Mifologik toponimlar xalqning diniy yoki urf-odatga bog‘liq ishonchi, qandaydir tarixiy
voqeaning sababidan paydo bo‘lgan afsona, irim va marosimiy ishonchlarning natijasida yuzaga
keladi. Shu boisdan ularni aniq, haqiqiy deb emas, balki mifologik yoki tarixiy-mifologik deb
ataymiz. Qoraqalpog‘iston hududida mifologik toponim sifatida Nukus tumani hududidagi “Hayvon
qal’a”ni ko‘rsatish mumkin. “Ho‘kizga sig‘inish qadim zamonlardan bor. Qadimgi Shumerda
ho‘kiz oy hudosi bilan yaqinlashtirigan. Bu esa iftidoiy jamiyatdagi ovchilik davrlardan boshlanadi.
Xalq orasida aytilib yurgan afsonalarda Nukus tumani hududida joylashgan “Hayvon qal’a”
ho‘kizga bog‘liqli tasvirlanadi” [7, 8].
Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston hududidagi har qanday geografik joylashishlarning
xususiy atamasi qoraqalpoq tilshunosligi uchun muhim bo‘lishi bilan birga, xalqimiz tarixi,
madaniyati, milliy psixologiyasi kabi omillarni o‘rganishga yordam beradi. Toponimika sohasining
ahamiyati ham shu. Uning obyektlari bir vaqtning o‘zida bir nechta ilmlarni o‘z ara bog‘lay oladi.
156
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Сейдуллаева Д. Тил билими терминлериниӊ түсиндирме сөзлиги. – Нөкис: Билим. 2018,
77 б.
2.
Бекбергенов А., Пахратдинов Қ. Тил билими терминлери сөзлиги. –Нөкис:
Қарақалпақстан. 1977, 81 б.
3.
Реформатский А. А. Топономастика как лингвистический факт. 1964. Топономастика и
транскрипция. – Москва: Наука. 934 б.
4.
Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии. –Москва: Наука. 1978,
93 б.
5.
Ахманова С.О. Словарь лингвистических терминов. – Москва: Советская энциклопедия.
1966, 48 б.
7.
Бердақ. Сайланды шығармалары. –Нөкис: Қарақалпақстан. 1997, 18 б.
8.
Хожаниязов Ғ., Юсупов О. Қарақалпақстандағы муқаддес орынлар. –Нөкис:
Полиграфист. 1994, 8 б.