131
SO‘ZLOVCHI VA TINGLOVCHINING JTIMOIY MAQOMINING
NAMOYON BO‘LISHIDA EVFEMIZMLAR
Ro‘zimatova Dilnoza Murodovna,
O‘z FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tilshunoslikda ijtimoiy maqom tushunchasi, uning nutqda
ifodalanishi yoritib berilgan. Evfemizmlarning shakllanish asoslari, ularning vazifalari, nutqda
qanday sharoitlarda qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berilgan. Evfemik ifoda vositalarini siyosiy-
badiiy va siyosiy-majoziy turlari haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan hamda badiiy asarlardan
keltirilgan misollar yordamida dalillangan.
Kalit so‘zlar.
Evfemizm, disfemizm, evfema, evfemik ifoda, evfemik vositalar, siyosiy-badiiy
evfema, siyosiy-mafkuraviy evfemizm.
KONUŞMACI VE DİNLEYİCİNİN SOSYAL STATÜSÜNÜN
YANSITILMASINDA ÖFEMİZMLER
Rözimatova Dilnoza Murodovna,
Özbekistan Bilimler akademisi özbek dili,
edebiyatı ve folkloru enstitüsü doktora öğrencisi
Özet.
Bu makale, dilbilimde sosyal statü kavramını ve onun konuşmada ifadesini
açıklamaktadır. Öfemizmlerin oluşum temelleri, işlevleri ve konuşmada hangi koşullarda
kullanıldığı hakkında bilgi verilmiştir. Öfemik ifade araçlarının siyasi-sanatsal ve siyasi- mecazi
türleri hakkında kısa bir bilgi verilmiş ve sanatsal eserlerden alınan örnekler kullanılarak
kanıtlanmıştır.
Anahtar kelimeler.
Öfemizm, disfemizm, öfemizm, öfemik ifade, öfemik araçlar, siyasi-
sanatsal öfemizm, siyasi-ideolojik öfemizm.
ЭВФЕМИЗМЫ В ПРОЯВЛЕНИИ СОЦИАЛЬНОГО СТАТУСА
ГОВОРЯЩЕГО И СЛУШАЮЩЕГО
Рузиматова Дилноза Муродовна,
докторант института Узбекского языка, литературы и
фольклора АН Узбекистана
Аннотация.
В данной статье освещается понятие социального статуса в
лингвистике и его выражение в речи. Представлены сведения об основах формирования
эвфемизмов, их функциях и условиях употребления в речи. Приводится краткая информация
о политико-художественных и политико-образных видах эвфемистических средств
выражения, подкрепленная примерами из художественных произведений.
Ключевые слова.
Эвфемизм, дисфемизм, эвфема, эвфемистическое выражение,
эвфемистические средства, политико-художественная эвфема, политико-идеологический
эвфемизм.
EUPHEMISMS IN THE MANIFESTATION OF THE SOCIAL STATUS
OF SPEAKERS AND LISTENERS
Ruzimatova Dilnoza Murodovna,
doctoral candidate at the Institute of Uzbek language,
literature and folklore of the academy of sciences of Uzbekistan
132
Abstract.
This article elucidates the concept of social status in linguistics and its expression
in speech. It provides information on the foundations of euphemism formation, their functions, and
the circumstances under which they are used in speech. A brief overview of the political-literary
and political-figurative types of euphemistic expression is presented, supported by examples from
literary works.
Keywords.
Euphemism, dysphemism, euphema, euphemistic expression, euphemistic devices,
political-literary euphemism, political-ideological euphemism.
Tilshunoslikda evfemizm tushunchasi aytilishi uyat, odat tusiga kirmagan, eshitlishi
qo‘rqinchli, xavfli, noxush sanalgan narsa-hodisa nomlarini yoqimli, beozor, chiroyli ma’no-
mazmun ifodalovchi so‘z va iboralar bilan almashtirib qo‘llashdir. Tilimizda muayyan bir fikrni bir
qancha shakl-u shamoyilda ifodalash imkoniyati mavjud, aynan qaysi shakl-u shamoyilni tanlash,
muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish nutq egasining mahorat-u malakasi, ma’rifat-
u ma’naviyatiga bog‘liq [4, 4]. Chunki har bir so‘zni suhbatning sharoitiga, suhbatdoshning
kimligiga qarab qo‘llash yetuk so‘zlovchining xususiyatlaridan biridir. Manbalarda tabulashgan,
ya’ni taqiqlangan so‘z doimo evfemizmlar bilan o‘zgartiriladi degan fikrlar uchraydi [2, 13]. Lekin
evfemizmlarning shakllanish asoslariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, ularning bshqa sabablar bilan
ham qo‘llanilishiga amin bo‘lamiz.
Tilshunos Р.А.Будагов tabuning paydo bo‘lishiga insoniyatning e’tiqodi turtki bo‘lganligini
va ma’lum ma’noda tafakkur rivojining asosi ekanligini e’tirof etgan holda, evfemizm yuzaga
kelishida muhim omil emas deb hisoblaydi. Chunki tabu boshqa sabablarga ko‘ra vujudga kelgan.
Evfemizm esa nutqiy madaniyat yuzasidan aytish noqulay bo‘lgan vaziyatni yumshatish uchun
qo‘llanadi. Masalan, aqlli bo‘lmagan insonning ko‘ngliga ozor bermaslik uchun u haqda
ne
izobrezayet
poroxa
deyilishini ta’kidlaydi [1, 26].
O‘zbek tilshunosligida bu masala dastlab monografik planda tilshunos N.Ismatullayev
tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, olim tabu va evfemizmga doir boy ma’lumotlarni to‘plagan, ularni
umumlashtirgan, ilmiy xulosalar bergan. Ushbu ishda evfemizmlarning kelib chiqishi asoslanib,
ma’lum guruhlarga bo‘lingan, tasniflangan. Bundan tashqari, turli ijtimoiy qatlam nutqida
qo‘llanadigan evfemizmlarning ahamiyati haqida ham fikrlar bildirgan [3, 19].
Keyinchalik tilshunos A.Omonturdiyev ushbu hodisalarni keng planda tadqiq etgan holda,
evfemizmlarning ma’no ko‘lami, ularning tasvir obyekti, semantik tasnifi va ifoda usullari, uslubiy
xususiyatlari haqida o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida evfemik ma’noning evolyutsiyasi, tasvir
obyekti, semantik hamda funksional-uslubiy tasniflari kabi zarur ma’lumotlar berib o‘tilgan [7,
176]. Ushbu muallifning “Professional nutq evfemikasi” deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasida
esa chorvadorlar nutqi misolida ma’lum kasb egalari nutqida qo‘llaniladigan evfemik vositalar
tadqiq qilingan. Shuningdek, ushbu ishda tabu va evfemikaning shakllanish asoslari, paydo bo‘lish
ehtiyojlari, evfemiyaning yondosh hodisalarga munosabati va evfemik ma’no mezoni, chorvadorlar
nutqidagi etnografik udumlar bilan bog‘liq evfemik vositalar ham tadqiq etilgan[7, 175]. X.
Qodirova “ Abdulla Qodiriyning evfemizm va disfemizmdan foydalanish mahorati” nomli
nomzodlik ishida evfemik va disfemik ma’noli birliklar talqini va tasnifiga alohida to‘xtaladi.
Shuningdek, adib asarlaridagi evfemizmlarni ma’lum guruhlarga ajratadi. Evfemik ma’noning
qo‘llanish xususiyatlari haqida to‘xtaladi, evfemizmlarning shakl va ma’no turlari haqida ma’lumot
beradi [4, 23].
D.Rustamova esa evfemizatsiya, uning lingvomadaniy, sotsiopragmatik jihati haqida
ma’lumotlar bergan. Shuningdek, metaforik evfemizatsiyaning turlari, uning kognitiv, sotsial va
pragmatik aspekti haqida to‘xtalib o‘tgan [8:119].
A.Omonturdiyev tadqiqotida evfemizmlar shakllanishining diniy-mifologik dunyoqarash
so‘z magiyasi, nutqning etik-estetik talab normasi, siyosiy-mafkuraviy zaruriyat hamda
so‘zlovchining subyektiv ehtiyoj talablari kabi asoslari mavjudligi ta’kidlangan [7, 220]. Suhbat
jarayonida maqomi past bo‘lgan so‘zlovchi yuqori maqomga ega suhbatdoshi oldida unga aytilishi
133
lozim bo‘lgan fikrlarni pardalab, nazokat bilan yetkazishi lozim, bu yo‘lda unga evfemizmlar
yordam beradi. Bu yuqori mansabdor va uning qo‘l ostidagi insonlar o‘rtasidagi suhbatda, boy va
undan kambag‘alroq inson o‘rtasidagi, oilada ota-ona bilan bolalar o‘rtasidagi suhbatda kuzatiladi.
Muayyan voqea-hodisani aynan bayon etmaslik uchun axloq-odob talabi, xususan, nutq
odobi, muloqot xulqi sabab bo‘ladi. Badiiy asarlarda ham qahramonning saviyasi, dunyoqarashi,
fiklashi so‘z vositasida beriladi, uning qanchalik yuksak muloqot madaniyatiga ega ekanligi
boshqalar bilan muloqotida ham aks etadi. Jamiyatda turli ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan insonlar
nutqida ham evfemizmlarning uchrashi turli asoslarga ko‘ra yuzaga keladi.
–
Mayli, oqsoqol. Shoshadigan joyim yo‘q mening. Qachonki safar ixtiyor etsam, ana,
yo‘lim o‘ng, beminnat, shartta
yog‘och otga
minib ketaveraman.
Oshnoning ensasi qotdi:
–
Plastinkaning narigi tarafini qo ‘ysak
, o‘rtoq Yaxshiboyev!
(M.M.Do‘st. Lolazor)
Yuqoridagi suhbat ikki yuqori ijtimoiy maqomga ega bo‘lgan insonlar o‘rtasida kechmoqda,
ular bolalaikdan yaqin do‘st, bundan tashqari, so‘zni yaxshi tushunadigan ziyoli qatlam vakillari.
Birinchi gapda qo‘llanilgan
yog‘och ot
evfemasi tobut ma’nosini anglatishi ma’lum, uni o‘z nomi
bilan atash kishida qo‘rquv uyg‘otishidan tashqari, so‘zlovchi ijodkor, shuning uchun so‘zni aynan,
ochiq qo‘llamay, uni yuqoridagi ifoda orqali bermoqda.
Plastinkaning narigi tarafini qo‘ysak
ifodasi esa jamiyatda suhbatdoshidan ham ko‘ra yuqori maqomga ega bo‘lgan, asarda
ta’riflanishicha, birinchi rahbar tilidan aytilmoqda. Yuqoridagi birlikni qo‘llash bilan so‘zlovchi
“boshqa gaplarni gapiring”
,
“suhbat mavzusini o‘zgartiring”
degan fikrini boshqacha ifoda bilan
beryapti. Ushbu holatda suhbatdoshdan boshqa bir amaldor yoki oddiy inson bo‘lganda ochiqdan
ochiq fikr aytishi mumkin edi, lekin suhbatdoshi uning yaqin do‘sti, uning bu mansabga kelishida
uning ham ozmi-ko‘pmi hissasi bor, har qancha yuqori maqomga ega bo‘lmasin bir so‘z bilan
do‘stining qalbiga ozor yetkazib qo‘ymaslik maqsadida ushbu evfemik birlikni qo‘llashni ma’qul
topgan.
Nutqning etik talablariga rioya qilish dono suhbatdoshning maqsadlaridan biridir. Fikrni
suhbatdoshga qanchalik chiroyli tarzda yetkaza bilish ham so‘zlovchidan alohida mahorat talab
qiladi.
–
Yaxshiboyevning o ‘zi endilikda bu latifani aytmaydi hisob. O ‘zi aytib og‘zi kuygan.
Odam qurib qolganday, kelib-kelib Oshnoga aytibdi-ya!.. Oshno avvaliga odob bilan eshitdi,
hattoki iljaydi, qiqirlab kuldi, so‘ng birdan qovoq uyib: –
Gaplaringizdan atir hidi kelmaydi
, o‘rtoq
Yaxshiboyev , – dedi. Qaytaga, Oshno lutf qilmasdan gaplaring buncha sassiq, deb aytsa ming bora
tuzukroq bo‘lardi. Lekin Oshno o‘lguday odobli odam, odobliki, jigaringni ezadi!..
(M.M.Do‘st.
Lolazor)
Ushbu parchada so‘zlovchi “
gaplaringizdan atir hidi kelmaydi”
birligi orqali
gaplaringizda
bemaza ma’no bor, yoshingizga, mavqeyingizga xos gapiring
”, demoqchi. U yuqori martabali,
so‘zni yaxshi tushunadigan odam, buning o‘rniga ifodani ochiq bayon qilishi ham mumkin edi,
bunga tinglovchining ham jamiyatdagi maqomi, so‘z bilimdoni ekanligi hamda suhbatdosh uning
bolalikdagi do‘sti ekanligi kabi omillar to‘sqinlik qilgan.
Evfemizmlarning qo‘llanishi siyosiy-mafkuraviy zaruriyat tufayli yuzaga kelishi mumkinligi
haqida A.Omonturdiyev o‘z tadqiqotlarida ma’lumot bergan. “Jamiyatda muayyan bir siyosiy-
ijtimoiy davr yoki uning o‘zgarishi bilan bog‘liq yangi axloqiy-falsafiy g‘oyalar shakllanadi. Ana
shu zaruriyat yangi-yangi nutqiy ifoda vositalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday ifoda
vositalari ko‘proq publitsistik uslub orqali namoyon bo‘ladi. Biroq siyosiy-publitsistik uslubda har
qanday tanqidiy yoki g‘ayrisiyosiy, g‘ayrimafkuraviy tushuncha yoki voqeliklar hamma vaqt ham
aniq-oshkor tasvirlab bo‘lmaganidan ba’zan ular evfemalashtiriladi – “yumshoq”, “yopiq",
“pardali” tarzda ifodalashga harakat qilinadi. Bunday evfemik ifoda vositalarini
siyosiy-badiiy
va
siyosiy-majoziy
evfema deb atash mumkin” [7, 52]. Siyosiy voqeliklarni evfemalashtirish jarayoni,
ya’ni tasvirning evfemik-publitsistik usuli o‘zbek adabiyotida, xususan, ulug‘ adiblar nutqida ham
o‘z ifodasini topgan. Evfemizmlarning qo‘llanilishi ijtimoiy-siyosiy xoslanganligi bilan
134
xarakterlanadi. Har bi ijtimoiy tuzumda evfemizatsiya hodisasi davrning mafkuraviy manzarasi,
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bog ‘liq ravishda kechadi [8:40].
L.P.Krisin diplomat va siyosatchilar muloqot jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri nomlab
bo‘lmaydigan so‘zlarni etiket doirasida qo‘llash ehtiyoji tufayli evfemizmlar yuzaga kelishini
ta’kidlagan edi [5, 82].
Jiddiyroq bo‘ling, Nazar Yaxshiboyevich! – noxos do‘q urdi Shoymardonov.
– Erta-indin
olamni suv oladi
, bitta
kemaga
tushaylik, deb atay yordam qo‘lini
cho‘zyapman
–
Darg ‘a
o‘sha-o ‘shami? – dedi Yaxhshiboyev mensimay. – Yoki siz laganga soladigan
boshqa birovning ketini mo‘ljalga olib ulgurdingizmi?
–
Darg‘a o‘sha-yu, lekin kema qo‘ldan ketgan, Nazar Yaxshiboyev!
Yuqoridagi parchada mamlakat ahamiyatidagi ikki shaxsning telefon orqali qilingan suhbati
berilgan. Telefonda gaplashishni ham o‘z qonun-qoidalari mavjudligi, suhbatdoshlar davlat
ahamiyatiga doir mavzu yuzasidan, yuqori martabali shaxs haqida fikrlashayotgan bir paytda
siyosatchining ismini ochiq atamay, o‘rniga
darg‘a
so‘zidan foydalanishmoqda. Bu so‘z aslida
“kema boshqaruvchisi” ma’nosini anglatadi, ko‘chma ma’noda esa rahbar, yo‘lboshchi, yetakchi
ma’nolarida ishlatiladi.
Kema
esa uning boshqaruvidagi mamlakat ma’nosida,
olamni suv bossa
siyosat o‘zgarib hokimiyat almashib ketgan taqdirda hamfikr bo‘lib, bir-birimizga dushman tomon
bo‘lib qolmaylik degan ma’noda qo‘llanilgan.
Davr, siyosat, tuzum o‘zgarishi yangi nutqiy birliklar ham yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi,
shu sababli siyosatga doxil shaxslar ismini ham umumaxloqiy va madaniylik nuqtayi nazaridan
ochiq ifodalamay, uning o ‘rniga boshqa so‘zlarni qo‘llash yangi birliklarning yuzaga kelishiga yoki
mavjudlarining yangi ma’no va mazmun kasb etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bular, yuqorida
ta’kidlanganidek, siyosiy-publitsistik yoki badiiy uslubda ham o‘sha tarixiy davr taqozosiga ko‘ra
o‘z aksini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Будагов Р.А. Введение в науку о языке. – М.:Индрик, 2003.– C.136
2. Гулямова Ш.К. Ўзбек тили эфемизмларининг гендер хусусиятлари. Филол. Фан. б. фалс. д-
и (PhD) ...дисс. – Бухоро, 2020. – 149 б.
3. Исматуллаев Н. Эвфемизмы в современном узбекском языке: Автореф. дисс...канд. филол.
наук.– Т., 1963. –C.19.
4. Кадирова Х.Б. Абдулла Қодирийнинг эвфемизм ва дисфемизмдан фойдаланиш маҳорати.
Автореф. Фил.фан.номз. ...дисс. – Тошкент, 2012. –Б.152.
5. Крысин Л.П. Эвфемистические способы выражения в современном русском языке /
Русский язык в школе.–М., 1994. – № 5. – С. 76-82.
6. Маҳмудов Н. Тил. – Тошкент: Ёзувчи, 1998. – 40 б.
7. Омонтурдиев А. Ж. Профессионал нутқ эвфемикаси. Филол. фан. д-ри. ...дисс. –Тошкент,
2009. –152б.
8. Рустамова Д. Метафорик эвфемизациянинг лингвокультурологик ва социопрагматик
аспектлари: Филол. фан. б. фалс. д-ри ... дисс. автореф. – Фарғона, 2017. – 26 б