316
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA XARAKTER TABIATI
Hasanov Suhrob Shavkat o‘g‘li,
Samarkand davlat chet tillar instituti
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi.
hasanov.suhrob7219919@gmail.com
Annotatsiya.
O‘zbek adabiyotida XX asrning 70-yillariga qadar yaratilgan asarlarning
qahramoni sotsialistik realizmning talabi bilan kurashchan, ijtimoiy xarakterligi bilan ajralib
turadi. Biroq 70-yillar nosirlari avlodi ijodida bu an’anaga bir qadar barham berildi. Avval
modernistik kayfiyatlar, ong oqimi, soʻng postmodernistik xususiyatlar koʻzga tashlana bordi.
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek nasrining zabardast vakillaridan biri B. Qobulning “Bogʻdagul”,
“Oʻspirinlik”, “Ena Shamol” asarlari misolida moden va postmodern uslubidagi asarlardagi
xarakterlarning o‘ziga xosligi, shuningdek, intermatnlik hodisasi haqida so‘z yuritiladi.
Tahlillarda qiyos uchun o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari K.Isiguro, Izzat Sulton, Murod
Muhammad Doʻst, Ahmad A’zam, U.Hamdamning ayrim asarlariga murojaat etildi.
Kalit so‘zlar.
Xarakter, intermatnlik, xronotop, syurrealistik tasvir, postmodernizm,
kompozitsiya, konflikt, sujet.
ÇAĞDAŞ ÖZBEKİSTAN NESİRİNDE KARAKTERİN DOĞASI
Hasanov Suhrob Şavkat oğlu,
Semerkant devlet Yabancı diller enstitüsü
İngilizce dil kuramı ve uygulaması bölümü öğretim görevlisi
Özet.
Özbek edebiyatında 1970'lere kadar yaratılan eserlerin kahramanları, sosyalist
gerçekçiliğin talepleriyle mücadele eden toplumsal karakterleriyle öne çıkarlar. Ancak 1970'lerdeki
Nasır kuşağının çalışmalarında bu gelenek bir ölçüde terk edildi. Önce modernist ruh halleri, bilinç
akışı, sonra da postmodernist özellikler belirginleşti. Bu makalede, çağdaş Özbek nesrinin önemli
temsilcilerinden B. Kâbul'un "Boğdagül", "O‘spirinlik" ve "Ena Şamol" gibi eserleri ele alınarak
modern ve postmodern eserlerdeki karakterlerin özgünlüğü ve metinlerarasılık olgusu
tartışılmaktadır. Analizlerde karşılaştırma amacıyla Özbek ve dünya edebiyatı şahsiyetleri K.
Ishiguro, Izzat Sultan, Murad Muhammad Doʻst, Ahmad A'zam ve U. Hamdam'ın bazı eserleri
kullanılmıştır.
Anahtar kelimeler.
Karakter, metinlerarasılık, kronotop, gerçeküstü imge, postmodernizm,
kompozisyon, çatışma, özne.
ХАРАКТЕР ХАРАКТЕРА В СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКИСТАНСКОЙ ПРОЗЕ
Xасанов Сухроб Шавкат оглы,
преподаватель кафедры теории и практики английского языка
Самаркандского государственного института иностранных языков
Аннотация.
В узбекской литературе герои произведений, созданных до 1970-х годов,
отличаются социальным характером, борются с требованиями социалистического
реализма. Однако в творчестве поколения Насира 1970-х годов эта традиция была
несколько нарушена. Сначала проявились модернистские настроения, поток сознания, а
затем и постмодернистские черты. В данной статье рассматривается своеобразие
персонажей в современных и постмодернистских произведениях, а также явление
интертекстуальности на примере произведений Б. Кабула, одного из ярких представителей
современной узбекской прозы, таких как «Богдагул», «Оспиринлик», «Эна Шамол». Для
317
анализа были использованы для сравнения некоторые произведения деятелей узбекской и
мировой литературы К. Ишигуро, Иззата Султана, Мурада Мухаммада Доуста, Ахмада
Азама и У. Хамдама.
Ключевые слова.
Персонаж, интертекстуальность, хронотоп, сюрреалистический
образ, постмодернизм, композиция, конфликт, сюжет.
THE NATURE OF CHARACTER IN MODERN UZBEKISTAN PROSE
Hasanov Suhrob Shavkat oglu,
Samarkand state Institute of foreign languages
teacher of the Department of theory and practice of the english language
Annotation
. In Uzbek literature, the hero of works created before the 70s of the 20th century
is distinguished by his social character, struggling with the demands of socialist realism. However,
in the work of the generation of prose writers of the 70s, this tradition was somewhat abolished.
First, modernist moods, stream of consciousness, and then postmodernist features became more
noticeable. This article discusses the uniqueness of characters in modern and postmodern style
works, as well as the phenomenon of intertextuality, using the example of the works of one of the
prominent representatives of modern Uzbek prose, B. Qabul, "Bogdagul", "O‘spirinlik", "Ena
Shamol". The analyses used some works of Uzbek and world literature figures K. Ishiguro, Izzat
Sultan, Murad Muhammad Doʻst, Ahmad A'zam, and U. Hamdam for comparison.
Keywords.
Character, intertextuality, chronotope, surrealistic image, postmodernism,
composition, conflict, plot.
Oʻzbek adabiyotida hikoyalardan tarkib topgan qissalar ancha mashhur. A.Qahhorning
“Oʻtmishdan ertaklar”, Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Ibn Sino
qissasi” va boshqa asarlar. Qatralardan tashkil topgan hikoyalar esa Bahodir Qobul nomi bilan
adabiyotimiz maydoniga kirib keldi. Uning “ Enashamol”, “Otachiroq”, “Oq dala”, “Bogʻdagul”
asarlari shunday xarakterdagi hikoyalardir. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, B.Qobul nasrida
intermatnlilikni yuzaga keltiradigan omillar sifatida maqol, matal, rivoyat, hikoyalarni aytib oʻtish
mumkin. B.Qobul hikoyalarida doimiy ishtirok etadigan, u asarlardan bunisiga koʻchib yuradigan
maxsus obrazlar bor, bu Ena va uning gaplarini kotib sifatida yozib boradigan nevara-bola
obrazlaridir. Buni “Enashamol”, “Kunga mahtal kampirlar”, “Bogʻdagul” va boshqa asarlari
misolida koʻrsak boʻladi.
K.Isiguro nasridan farqli ravishda B.Qobul nasrida xronotop yagona makon va zamon
oʻlchamlarida kechadi. Uning nasrida intermatnlilikning rang-barang, shu bilan birga, oʻziga xos,
original koʻrinishlarini uchratish mumkin. Misol uchun, “Bogʻdagul” asarida roviy tomonidan
“Gulbog” atalgan she’riy turkum beriladi. Bu turkum Alisher Navoiy qit’a va gʻazallarining ayrim
bandlaridan tashkil topgan oʻziga xos yangi asardek taassurot qoldiradi:
Xalqqa zebi torak ayla ani,
Oʻqilgʻongʻa muborak ayla ani.
Yetti aflokni anga yor et,
Yetti iqlim elin xaridor et!
Kimgakim qildim vafo, vah kim, jafo podosh edi,
Olam ahlida vafo mavjud emas beishtiboh.
Orzu qildim vafo ahlin koʻray deb topmadim,
Hoh zohid, hoh fosiq, hoh sayid, xoh shoh.
Agarchi men yamon, sen yaxshidursen, mu’tarifdurmen,
Oʻzin yaxshi tasavvur aylagan mendin yamon ermas.
Ey Navoiy, maxlas istar boʻlsang el til-ogʻzidin,
Nazmidin ham tilni tiygʻil, nasridin ham yum ogʻiz.
318
Mazlumga bahshoyish koʻrguzki, zolimdan osoyish koʻrgaysen.
Chin soʻzkim, erga ulugʻ hunardur. [8.30-31]
Ushbu she’riy parchalar Alisher Navoiy hazratlarining turli janr va shakldagi asarlaridan
tashkil topgan boʻlsa-da, hikoya qilinayotgan voqea ritmiga mos va xosligi bilan estetik zavq bersa,
ikkinchidan matnning qamrov-doirasini, ma’no ottenkalarini kengaytirganligi bilan oʻquvchining
badiiy-estetik didiga ijobiy ta’sir qiladi, uning tarixiy xotirasini oʻz navbatida imtihondan ham
oʻtkazadi.
Intermatn hodisasi individual uslubi taqozosiga koʻra turli yozuvchilarda har xil koʻrinishda
namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, Kadzuo Isiguro nasrida hayot va xayol bir butunligi yuzaga
kelib, ifoda etilayotgan tasvirning ba’zan xayoliy yoki hayotiyligi oʻrtasida chegara yoʻqoladi.
Syurrealistik tasvir ustunligi seziladi.
Bahodur Qobul nasrida esa bu xususiyat jonlantirish san’ati orqali amalga oshadi. Bunda
endi jonsiz narsa va buyumlarga jon, bezabon mavjudotlarga til bitadi, shamol, olov, tuproq, suv
kabi tiriklik asosi boʻlgan unsurlar oʻy-xayollarga beriladi va fikrlaydiki, bu uslub B.Qobul poetik
manerasida qat’iylashib boʻlgan ifoda usullaridan biridir.
“Tanish-notanish, katta-kichik yulduzlar deraza ortida tizilishgancha moʻralashadi. Zuhro
bir taroq oʻzining, bir taroq dugonalarining sochini taraydi. Betma-bet tikka turgʻizib qoʻygancha
Oyni oyna qilib olgan boʻladi. Yuragida vujuri bor dugonalardan birontasi biron uzoqroq joyga
tushadi, chogʻi. Mushtariy oʻsha-oʻsha: xat-qalam yuritadi. Elning ogʻzidan eshitganini bir boʻlak,
koʻrganini bir boshqa, oʻzidan qoʻshganni bir qoʻsh. Egizaklar bejagʻimligini qoʻymaydi. Qulogʻiga
gap kirmaydi. Ming gapirganing bilan unisidan kirib, bunisidan chiqib ketadi. Bir-biri bilan itolish
oʻynagani-oʻynagan. Kunduzlariyam bir koʻzlari derazada. Xabar kutib, xabar poylab. Yulduzlar
hamma baloni biladi. Ularni bir joyda turadi deb oʻylamang tagʻin”.[8.64-65]
Ushbu misoldan ham koʻrinmoqdaki, oy-u yulduzlar ham shaxslantirilmoqda, insondek oʻy-
xayollarga berilib, insondek yashamoqda va nafas olmoqda.
B.Qobul nasrining yana bir jihatiga toʻxtalish zarurki, bu unda ham maqol, matal, hikmatli
soʻzlar, aforizmlarning ba’zan aynan, koʻpincha yangi ishlov berilgan variantda tigʻiz
joylashganligida koʻrinadi. “Bogʻdagul” asarining bu hikmatomuz xalqona donishmandlik
namunasi boʻlgan intermatnlilikning ketma-ket kelganligini, “Bogʻdagul” matni yaratilguncha
mavjud boʻlgan matnlarning yangilangan, saralangan namunalarini uchratamiz.
Yozuvchi “qarisa otangdan oʻzga qul, onangdan boshqa choʻri kerak emas” maqolini
oʻzlashtirib ifodalaydi: “Otadan ortiq sodiq qul, onadan ziyod chin choʻri boʻlmas”.[8.68]
Xalqona oʻgitlar qatorasiga, ketma-ket, sujet voqealari ishtirokisiz qoʻllaniladi, oʻzbek
madaniyatida mavjud matnlar “Bogʻdagul” matni bilan yagona oqimga quyilib, intermatnlilikning
ajoyib namunasini yuzaga keltiradi.
Koʻpincha badiiy asarlarda gap, asosan qisqa jumlalardan tuzilishiga sabab shuki, nazarda
tutilayotgan va ifoda etilayotgan poetik fikr, gʻoya kitobxonga tezroq etib borishi maqsadida
qilinadi. Biroq, gapning nihoyatda choʻziq va yoyiq kelishi postmodern adabiyotda koʻp uchraydi.
Buni, ingliz adibi K.Isiguro, oʻzbek adiblari N.Eshonqul, B.Qobul. I.Sulton va boshqalar ijodida
uchratishingiz mumkin. Badiiy gap, struktur adabiyotshunoslik tili bilan aytganda, “adresatga
yoʻllanayotgan axborot” B.Qobul nasrida ba’zan bir, gohida bir sahifadan ham koʻproq hajmni talab
etadi. Masalan, “Bogʻdagul” asarining 38-betda ham davom etgan “Yaratganning yarlaqaganidan
qadim oʻtganlar…” deb boshlanuvchi badiiy gap boʻlagi bir sahifadan koʻproq joy egallagan.
Bizningcha, bugungi postmodern nasrda turli xil uslublar: badiiy, publitsistik, ilmiy,
terminologik ifoda yoʻsinlarining aralash qoʻllanaliyotganligi fikr va hissiyotlarni mana shunday
koʻlamli ifoda etish uchun vosita va sabab boʻlayotganligini aytib oʻtish joiz. Ushbu nasr
namunalarining ba’zilarida ilmiy asarlardagidek keltirilgan koʻchirmalar sahifa soʻngida manbasi
bilan koʻrsatilmoqda. Tushunarsiz soʻzlarning izohi ham ba’zan sahifa oxirida, ba’zan asar soʻngida
alifbo tarzida berib boriladi. Masalan, intermatnlilikni san’at darajasiga koʻtargan L.Borhes asarlari
soʻngida foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati ham berilmoqda. B.Qobul nasrida esa ilgarigi realistik
nasrga xos boʻlmagan bunday kompozitsiya tuzilishi ham sal boshqacharoq. Misol uchun
319
oʻquvchiga tushunarsiz soʻz uchrab qolsa, uning lugʻaviy ma’nosi badiiy boʻyoqdorlikda matn
ichida berilaveradi. “Bogʻdagul” asarining 23-betida “ovush” soʻzi ishlatilib, uning lugʻaviy
ma’nosiga ham izoh va sharh berib ketilaveradi.
“Ovush – es-hushidan ozish, ayrilish. Hayolning kirdi-chiqdi boʻlib qolishi. Ovushda – ikki
odamning boshqa bilmaydigan oʻrtadagi oldi-berdisi yoki siri” (“Bogʻdagul”, 23-bet).
Kompozitsiyaning bunday qurilishini biz K.Isiguro nasrida ham uchratamiz. Oʻquvchiga
notanishroq soʻz va tushunchalar alohida ajratilmasdan, matn ichida izohlab borilaveradi.
Oʻtgan asrning 70-yillariga qadar yaratilgan asarlarning qahramoni sotsialistik realizmning
talabi bilan kurashchan, ijtimoiy xarakterligi bilan ajralib turadi. Biroq 70-yillar nosirlari avlodi
ijodida bu an’anaga bir qadar barham berildi. Avval modernistik kayfiyatlar, ong oqimi, soʻng
postmodernistik xususiyatlar koʻzga tashlana bordi. Bu borada Murod Muhammad Doʻstning
“Lolazor”, “Galatepaga qaytish”, Ahmad A’zamning “Asqartogʻ tomonlarda”, “Soyasini yoʻqotgan
odam” kabi asarlarini alohida
qayd etish zarurki, bularda adabiyotimizda postmodernizm kurtaklari
namoyon boʻla boshladi. B.Qobul, I.Sulton, U.Hamdamlar ijodida esa bu xususiyat tobora
kuchayganligini koʻramiz. Bu adiblar yaratgan, yaratayotgan xarakterlar oʻzlarining
oʻtmishdoshlaridan farqli ravishda ijtimoiy faol va kurashchan emas, balki voqelikda kechayotgan
jarayonlarni teran va psixologik aniqlik bilan kuzatayotgan xarakterlardir. Xarakterning ana
shunday kuzatuvchanlik pozitsiyasida ekanligi bilan B.Qobul va I.Sulton nasri K.Isiguro nasriga
ancha yaqin va hamohangdir.
Bunday xarakterlar sirasiga K.Isiguroning janob Rayder, janob Xoffman, Kollinz xonim,
Sofi, Shtefan, B.Qobulning asarlaridan asarlariga oʻtib yuradigan Ena, Bola (nevara), muallif
nutqidan rivoyat qiluvchi roviy, I.Sultonning Avliyo ota, professor Ziyo, Gʻarib, “Ozod”, “Boqiy
darbadar” romanlaridagi bir qator ramziy obrazlarini kiritishimiz mumkin.
Bugungi intermatnga asoslangan asarlarning konflikt xususiyatlarini koʻzdan kechirish
bularning an’anaviy va modern adabiyotlardan farq qiluvchi alomatlarini ochishga xizmat qiladi. Bu
yaratilayotgan asarlar adabiyot nazariyasining ba’zi jihatlarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi,
chunki mavjud nazariy manbalar bugun yaratilayotgan rang-barang janr va shakllardagi asarlarning
xususiyatiga javob berolmay qolmoqda. Xususan, oʻzbek adabiyotshunosligida, adabiyot
nazariyasida yozilgan darslik va oʻquv-q oʻllanmalar yangi paydo boʻlayotgan modern yoki
postmodern asarlar haqida tushuncha berolmaydi. Chunki modernizm ham, postmodernism ham
mavjud adabiy-nazariy qarashlarga isyon tarzida paydo boʻlganligini hisobga olishimiz lozim.
An’anaviy – nazariy qoidalarga koʻra, dramatik asarlarning konfliktida, ayniqsa, tragediya
va dramada shaxs va taqdir oʻrtasidagi konflikt asos qilib olinadi. Epik asarlarda esa xarakterlararo
konflikt ustunlik qiladi. Lirikada esa lirik “men” ruhiyati va tuygʻularidagi qarama-qarshilik
konflikt oʻzagini tashkil etadi. Biroq bugun yaratilayotgan asarlarda biz bu konflikt turlarining
ustunligini koʻrmaymiz. Chunki adabiy tur va
janrlarning, uslublarning qorishuvi bu konflikt
turlarini ham aralashtirib yuborganligiga guvoh boʻlamiz.
Lirikada dramatik yoki epik konflikt xillarini, prozada lirika va dramaga xos konflikt
turlarining ustuvorligini koʻrish mumkin. Jumladan, biz tadqiq etayotgan K.Isiguro, I.Sulton,
B.Qobul nasrlaridagi konflikt xillari ham an’anaviy nasrga xos konfliktdan tafovutlanadi. Ushbu
adiblar nasrida konflikt koʻproq “ichki qobiq”da, ya’ni ruhiy-psixologik kechinmalarda kechmoqda.
K.Isiguroning “Noktyurnlar”, “Halovat topmaganlar”, “Tumanli rutubatlar aro” asarlarining
barchasida hissiyot va kechinmalardagi ziddiyatni koʻramiz. Bu romanlarning birortasida
xarakterlararo ziddiyat va keskin qarama-qarshilik kuzatilmaydi.
Oʻzbek adabiyotida konfliktning ichki qobiqda, ruhiyatda kechishi M.M.Doʻst, Togʻay
Murod, E.A’zam, Ahmad A’zam kabilar ijodida kuzatiladi. Bu jihatdan M.M.Doʻstning Nazar
Yaxshiboev, T.Murodning Ziyodulla, E.A’zamning Bakir, Nuriddin Elchiev kabi obrazlarini eslab
oʻtish kifoya.
B.Qobul nasrining dramatik asarlarga, sahna asarlariga yaqinligi bor, xarakterlarning
yangidan-yangi qirralari ochilaveradi, biroq xarakterlar yangi emas. “Oʻspirinlik” yoki “Ena
Shamol”dagi qahramonlar boshqa asarlariga ham koʻchib, oʻzligini anglatib turadi. Bu xarakterlar
320
yozuvchining ilk asarlaridan boshlab kitobxonga tanish boʻlib, yangi xarakter kamdan-kam hollarda
paydo boʻladi. Ena, bola, Mardon tentak, Bogʻdagul kabi qator obrazlar ana shunday asardan asarga
koʻchib yuradigan xarakterlardir. Shu bois bu asarlarda xronotop ham oʻzgarmaydi, oʻsha-oʻsha
Oyqortogʻ, Samarqand, Turk qishloq, Oʻsmat ota, Oybuloq, Turk ariq, Jarkoʻcha va boshqalar. Shu
sababdan boʻlsa kerak, bu asarlar bir necha pardadan tarkib topgan, biroq sahna koʻrinishi
oʻzgarmaydigan dramatik asarlardek taassurot qoldiradi. Vaholanki, dramatik asar uchun bugungi
kunda dialogik shakl ham uncha muhim boʻlmay qoldi.
Masalaning yanada muhim bir jihatiga ham e’tibor qaratish zarurki, asarda kamdan-kam
koʻrinadigan personajlar nutqi hikoyachi, ya’ni roviy nutqining polifonik koʻrinishidir. Chunki
roviy nutqi bu asarlarda xuddi she’riy asarlardagidek yagona hukmron nutq, aniqroq aytganda,
monologik xarakter kasb etgan nutq sifatida koʻzga tashlanadiki, nasriy asar tilining shunday
xususiyatini K.Isiguroning “Halovat topmaganlar”, “Noktyurnlar”, “Tumanli rutubat aro” romanlari
tilida ham koʻramiz.
Isajon Sulton nasrida, xususan, falsafiy ruh kuchli “Boqiy darbadar”da sujet qurilishi,
xarakter qiyofasi, xronotop masalalari sal boshqacharoq yoʻsinda hal qilinadi. Birinchidan, “Boqiy
darbadar”dagi sujet chizigʻi yagona markazga jamlanmaydi, har bir fasldagi hikoya, rivoyat
alohida-alohidadek taassurot qoldiradi. Ikkinchidan, sujetdagi har bir rivoyat va hikoyaning oʻz
qahramonlari bor. Uchinchidan, bular oʻz navbatida xronotopning rang-barang koʻrinishlarini
yuzaga keltirgan.
Yuqorida koʻrib oʻtilganlardan ma’lum boʻlyaptiki, intermatnlik darajasi kuchli boʻlgan
asarlarda ham romantizm va realizmga mansub asarlardagidek konflikt va xarakter yaratilishi, sujet
va kompozisiya tuzilishi har bir yozuvchining iqtidori, qolaversa, individual uslubidan kelib
chiqqan holda turli-tuman boʻlishi mumkin ekan. Demak, bu asarlarning har biri alohida olingan
oʻz-oʻzicha original va betakrordir, degan xulosaga kelish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Абдухолиқзода М. Қ. Жиззах қўзғолони. – Жиззах, “Сангзор’’ нашриёти, 2007.
2.
Айтматов Ч. Асрга татигулик кун. – Т.; Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва саънат
нашриёти, 1989.
3.
Барт Р. Избранные работы. – М.; 1989.
4.
Barthes R. Texte (theorie du) // Barthes R.Euvres completes. T. II. – P: Seuil, 1994.
5.
Исажон Султон. Асарлар. 2-жилд. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа
ижодий уйи, 2017.
6.
Расулов А. Мангулик суви // И.Султон насри бадиияти. .T.: “Turon zamin ziyo” нашриёти,
2018
7.
Холбеков М. Структур адабиётшунослик. –Т.; “Наврўз ”, 2014.
8.
Qobul Bahodir // Bog‘dagul. – T.: “Mashhur Press’’ nashriyoti, 2019. – B. 30-31.
9.
Қобул Б. Отачироқ. – Т.; “Mashhur – press”, 2021.