307
HOFIZ XORAZMIY LIRIKASIDA SHAXS KAMOLOTI:
BADIIY TAHLIL VA DIDAKTIK TALQIN
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna,
Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi
shukurjonyeldashbayevna@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Hofiz Xorazmiy lirikasida shaxs kamoloti masalasi badiiy
tahlil qilinadi hamda ularning didaktik talqini zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga mos ravishda
ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar.
Hofiz Xorazmiy, lirika, shaxs kamoloti, axloq, didaktika.
HOFİZ HOREZMİY’İN SÖZLERİNDE KİŞİLİK OLGUNLAŞMASI:
SANATSAL ANALİZ VE DİDAKTİK YORUMLAMA
Kurbanova Shukurjon Yeldaşbayevna,
Urgenç Devlet Pedagoji Enstitüsü'nün bağımsız araştırmacısı
Özet.
Bu makalede Hafız Harezm'in şiirlerindeki kişisel gelişim konusu ele alınmakta ve
bunların çağdaş eğitim sürecine uygun olarak didaktik yorumu incelenmektedir.
Anahtar kelimeler.
Hâfız-ı Harezmî, şiir, kişisel gelişim, ahlak, didaktik.
ПЕРСОНАЛЬНОЕ ИСПОЛНЕНИЕ В ЛИРИКЕ ХАФИЗА ХОРЕЗМИ:
ХУДОЖЕСТВЕННЫЙ АНАЛИЗ И ДИДАКТИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
Курбанова Шукурджон Елдашбаевна,
Независимый научный сотрудник Ургенчского
государственного педагогического института
Аннотация.
В данной статье анализируется проблема развития личности в лирике
Хафиза Хорезма и рассматривается их дидактическая интерпретация в соответствии с
современным образовательным процессом.
Ключевые слова.
Хафиз Хорезм, тексты песен, личностное развитие,
нравственность, дидактика.
PERSONAL DEVELOPMENT IN THE LYRICS OF HAFIZ KHOREZMI:
ARTISTIC ANALYSIS AND DIDACTIC INTERPRETATION
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna,
independent researcher of the Urgench state pedagogical institute
Annotation.
This article analyzes the issue of personal development in the lyrics of Hafiz
Khorezm and examines their didactic interpretation in accordance with the modern educational
process.
Keywords.
Hafiz Khorezm, lyrics, personal perfection, ethics, didactics.
XIV-XV asrlar o‘zbek adabiyoti tarixida badiiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini
boshlab bergan, adabiy tilning rivojlanishi va badiiy-estetik qarashlarning takomillashuvi jarayonida
alohida o‘rin tutgan davr hisoblanadi. Mazkur davrda Atoyi [1, 14-15 б.], Mavlono Lutfiy [2, 71
b.], Gadoiy [3], Haydar Xorazmiy [4, 167 b.], Sakkokiy [5, 10-11 b.], Hofiz Xorazmiy [6, 4-5 б.]
va Alisher Navoiy [7, 34-53 b.] kabi yirik adiblar turkiy tilda badiiy ijod qilish orqali nafaqat adabiy
308
til taraqqiyotiga, balki didaktik-estetik tamoyillarning shakllanishi va mustahkamlani-shiga ham
beqiyos hissa qo‘shdilar. Ularning ijodiy merosi Sharq adabiyotiga xos axloqiy-ruhiy poklanish,
komil insonni tarbiyalash, hayotiy tajriba va hikmatlarni yuksak badiiy mahorat bilan ifodalash
singari tamoyillar asosida yo‘g‘rilgan. Ayniqsa, Hofiz Xorazmiyning devoni XIV-XV asr Sharq
adabiy tafakkuri kontekstida o‘ziga xos badiiy-falsafiy mazmun kasb etgan, turkiy tilda yaratilgan
yuksak poetik manba sifatida alohida ajralib turadi.
Hofiz Xorazmiy ijodiga oid ilmiy-tadqiqotlar mazmunida shoirdan qolgan adabiy merosning
turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, o‘zbek mumtoz poeziyasi rivojida tutgan o‘rni professor
H.Sulaymonov [8, 6 b.] tadqiqotlariga asoslangan holda alohida ta’kidlanadi. Xusasan,
M.Sulaymonov Hofiz Xorazmiyning turkiy she’riyatdagi o‘rnini xalqaro nuqtayi nazardan baholab,
uning poetik merosini turkiy xalqlar va butun insoniyat uchun ilmiy ahamiyatga ega manba sifatida
chuqur tadqiq etilgan [9, 527-530 b.]. H.Sanakulovesa shaxsiy kamolot, mehnat tarbiyasi va kasbga
yo‘naltirish masalalarida Hofiz Xorazmiy ijodining amaliy-pedagogik jihatlariga ko‘rsatib o‘tgan
[10, 18 b.]. I.Haqqulov [11] va M.Inog‘omxo‘jayeva [12] o‘z maqolalarida Hofiz Xorazmiyning
badiiy uslub xususiyatlari, tashbeh san’ati, poetik obrazlar tizimiga e’tibor qaratganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Hofiz Xorazmiy ijodiga bo‘lgan qiziqish faqat o‘zbek ilmiy-
adabiy muhitidagina emas, balki xalqaro miqyosda ham sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda.
Xususan, turkiy tilli xalqlar, ayniqsa Turkiya adabiyotshunoslari orasida Hofiz Xorazmiy ijodiga
bo‘lgan ilmiy e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Bu borada R.Toparli [13], A.Ustuner [14],
A.Karahan [15] va boshqa tadqiqotchilarning izlanishlari e’tiborga molikdir.
Hofiz Xorazmiyning turkiy tildagi serqirra ijodiy faoliyati, xususan, uning devonida aks etgan
shaxs kamoloti, ma’naviy yetuklik va didaktik g‘oyalarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar
bilan uyg‘unlikdagi talqini asosiy ilmiy-nazariy mezon sifatida qaralishi zarur. Shoir o‘zbek
adabiyoti tarixida to‘qqiz janrda ijod qilgan, badiiy tafakkur doirasida ishq va ma’rifatni
uyg‘unlashtirgan noyob estetik qarashlar tizimini shakllantirgan ijodkordir.
Didaktik talqin, kontekstual yondashuv, qiyosiy-tipologik adabiy tahlil hamda zamonaviy
ta’lim nazariyalari asosida integrativ metodlarga tayangan holda shoir devonining turli qirralarini
ochib berish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, Hofiz Xorazmiyning
didaktik-estetik qarashlari asosida shaxs kamoloti tamoyillarining zamonaviy ta’lim jarayonlariga
tatbiq etilishi — ilmiy izlanishning yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘rganilishi, yosh avlodni
nafaqat bilimli, balki ma’naviy barkamol, axloqiy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Zero, shoir badiiy tafakkurida aks etgan komillik timsoli va unga olib boruvchi ruhiy-ma’naviy yo‘l
zamonaviy
pedagogik
innovatsiyalar
bilan
uyg‘unlashganda,
yangi
davr
tarbiyaviy
konsepsiyalarining asosiy tarkibiy qismiga aylanishi mumkin.
Hofiz Xorazmiy lirikasida kuzatiladigan falsafiy-didaktik ohang, ayniqsa, uning qit’alarida
yorqin namoyon bo‘ladi. Shoir mazkur janr orqali shaxs kamolotini moddiy qadriyatlar bilan
hamohang ma’naviy qadriyatlar (ichki xotirjamlik va boy tafakkur) bilan bog‘laydi. U hayotiy
voqelikni realistik yondashuvda talqin etib, insoniyat mavjudligidagi noaniqlik va o‘zgaruvchanlik
holatlarini chuqur badiiy-falsafiy tahlil etadi. Shoirning fikricha, komillik – faqat moddiy
ne’matlarga emas, balki jamiyatda ijobiy iz, ezgu nom qoldirishga intilish bilan belgilanadi.
Kom-i jonni tilama, ey oqil,
Chun bu olamning ichra yo‘qdur kom.
Kom agar bo‘lsa erdi olamda,
Topg‘ay erdi tan ichra jon orom.
Besaranjom ko‘runur ishlar,
Chun ko‘runmas jahon ishinda nizom.
Oqidbat chun jahonda qolmasmiz,
Yaxshi uldurki, yaxshi qolsa nom.
[16, 294 b.]
Hofiz Xorazmiy devonida o‘rin olgan bir tarkibbandda aqlni shaxs kamolot masalasi
markazga olib chiqib, uni ideal shaxs obrazini yorituvchi asosiy badiiy-falsafiy mezon sifatida
talqin etadi. Uning uchun aqlni faqat bilish quroli emas, balki shaxsning ijtimoiy-axloqiy yetukligi,
309
ma’naviy yuksakligi va jamiyatdagi o‘rni belgilaydigan mezon hamdir. Aql timsolining poetik
modellashuvi orqali u komillik sari intilayotgan ideal inson obrazini yaratadi. Shoir poetik tasvirda
aql hayotiy muammolarni hal etuvchi kuch, inson izzatini anglatuvchi mezon, shaxsiy taraqqiyotda
yetakchi kuch sifatida qiyosiy-estetik obrazlar orqali ifodalanadi.
Zotinda bor zohir o‘shaning kamol-i aql,
Ul oftobu yo‘qdur anda zavol-i aql.
Miftoh-i mushkulot aning aqli bo‘lg‘ali,
Qoldi tamom hal bo‘lubon qilu qol-i aql.
Tegmas kamol-i hurmatina hech turlu fikr,
Yetmas jamol-i izzatina ham majol-i aql.
Tang to‘sh anga jahonda bo‘la bilmagi bu dam,
Dona kishiga ko‘runur asri muhol-i aql.
Hadd-i kamol shohliqig‘a yetishmagay,
Mahsharga tegru sayr etar ersa xayol-i aql.
Garchi farog‘i bor jahondin, vale bu dam,
Yodindin o‘zga yo‘qturur ishtig‘ol-i aql.
Oliyjanob eshigini ko‘rmagi erur
Shomu saboh jonu ko‘ngul birla fol-i aql.
Gar dast bersa tiri bo‘lub xizmat aylamak,
Bo‘lg‘ay rikobida o‘shaning Ardavon davon.
[16, 268 b.]
Shuningdek, Hofiz Xorazmiy g‘azallarida aql va ishq o‘rtasida ziddiyatlar mavjud. Ular
o‘rtasidagi bunday dialektik qarama-qarshiliklarni shoir yuksak poetik mahorat bilan tasvirlaydi.
Devonda asosan aql insonni ehtiyotkorlikka, fikr yuritishga undasa, ishq esa shartsiz fidoyilik,
sadoqat, hatto o‘zlikdan kechish orqali komillik sari eltuvchi kuch sifatida talqin qilinadi. Shoirning
nazarida aqlning chegaralanganligi, ishqning esa mutlaq va cheksiz tabiati bor, shu sababdan
devonda ular bir yo‘lda murosa topolmaydilar. Bu fikr, o‘z navbatida, inson shaxsiy kamoloti uchun
ichki ziddiyatlarni yengish, ya’ni aql va ishqni uyg‘unlashtirish zarurligi anglatadi.
Aql ila ishq hargiz tuz kelmadi bu yo‘lda,
Oshiq qoshinda sig‘mas chun zohid-i muvasvis.
[8; 259-b.]
Bunday yondashuvlar Hofiz Xorazmiyning aql va ishq o‘rtasidagi murakkab ziddiyatni
chuqur falsafiy badiiy tahlilga tortgani, shaxsiy kamolotga olib boruvchi ichki kechinmalarni
yuksak poetik obrazlar orqali ifodalagani uni turkiy tilda ijod qilgan yetuk ijodkor sifatida e’tirof
etishga yana bir bora asos yaratadi.
Hofiz Xorazmiy ijodi, xususan, uning lirik merosi – o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida shaxs
kamoloti, axloqiy tarbiya va ma’naviy yuksalish g‘oyalarini badiiy-falsafiy asosda ifodalagan
yuksak estetik tizim sifatida alohida e’tirofga loyiqdir. Shoirning qit’a, tarkibband va g‘azallarida
o‘z ifodasini topgan aql va ishq o‘rtasidagi murakkab ziddiyat, hayotiy noaniqliklar fonida komil
inson timsolining shakllanishi, uning devonida nafaqat poetik go‘zallik, balki chuqur ma’naviy-
axloqiy mazmun ham mujassam ekanini ko‘rsatadi.
Mazkur ilmiy tahlillar asosida quyidagi taklif va xulosalarni ilgari surish mumkin:
– didaktik-estetik merosni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish;
– interdisiplinar yondashuv asosida tadqiqotlar olib boorish;
– yoshlar ma’naviyatini mustahkamlashda ijodiy merosdan foydalanish;
– poetik merosni zamonaviy innovatsion metodlar orqali ommalashtirish;
– xalqaro miqyosda integratsion ilmiy loyihalarni shakllantirish.
Shoir devonida ilgari surilgan axloqiy-ruhiy kamolot, aql va ishq dialektikasi, shaxsiy
o‘zgarish va komillik sari intilish kabi g‘oyalarni “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Falsafa tarixi”,
“Etika”, “Tarbiya” kabi fanlar orqali ta’lim tizimiga kiritish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy
yetukligini shakllantirishga xizmat qiladi. Interdisiplinar yondashuv asosida adabiyotshunoslik,
falsafa, psixologiya va pedagogika fanlari kesimida bu merosni tahlil qilish esa yangi ilmiy
izlanishlar uchun boy nazariy manba bo‘la oladi. Hofiz Xorazmiy ijodini zamonaviy innovatsion
310
uslublar – elektron darsliklar, podkastlar, multimedia vositalari va mobil ilovalar orqali targ‘ib
etish, shuningdek, badiiy matn asosidagi interaktiv mashg‘ulotlar orqali yoshlar ongiga singdirish
dolzarbdir. Shoir ijodining xalqaro ahamiyatini inobatga olgan holda, ayniqsa, turkiy tilli xalqlar
miqyosida qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik asosida integratsion ilmiy loyihalarni shakllantirish,
doktorantura va postdoktorantura bosqichlarida chuqur tadqiqotlar olib borish istiqbolli
yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1.
Рафиддинов С. С. Атойининг поэтик маҳорати: Филол. фанлари номзоди … дисс. – Т.,
1993. - 156 б.
2.
Eshonqulov H.J. B.Valixo‘jayev nuktadonligining ayrim jihatlari xususida. // Akademik
Botirxon Valixo‘jaev va mumtoz adabiyotshunoslik mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman
materiallari to‘plam. – Samarqand, 2022. – 408 b.
3.
Rajabova M.B. Gadoiy – turkiy shoir. // Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT , 2
(11), 2022. - 20–23 b.
4.
Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‘quv qo‘llanma. – T.:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti. 2006. – 528 b.
5.
Israilov G.B. Sakkokiy adabiy merosi va poetik mahorati: Filol. fan. bo‘yicha falsafa
doktori(PhD) … diss. avtoreferati. – Jizzax., 2024., – 55 b.
6.
Сулаймонов М.Ю. Ҳофиз Хоразмий ва ўзбек лирик шеъриятининг ривожи: Филол.
фанлари номзоди … дисс. автореферати. – Т., 1996. - 23 б.
7.
Норов Т.О. Алишер Навоий инсонпарварлик қарашларининг мустақил Ўзбекистон
ижтимоий-сиёсий ҳаёти билан уйғунлиги: Фалсафа фан. бўйича фалсафа доктори(PhD)
… дисс. – Т., 2019. – 159 б.
8.
Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: ЎзКПМК, 1981. - 304 б.
9.
Suleymonov M.Y. The role of Hafiz Khorezmi in Turkish poetry // ISJ Theoretical & Applied
Science, 05 (73), 2019. – 527-530 p.
10.
Санакулов Ҳ. Р. Кичик ёшдаги мактаб ўқувчиларининг касб-ҳунарга қизиқишларини
меҳнат анъаналари асосида тарбиялаш: Пед. фанлари номзоди … дисс. – Т., 2001. – 146
б.
11.
Ҳаққулов И. Ғазал гулшани. - Т.: Фан, 1991. – 38 б.
12.
Иноғомхўжаева М. Хофиз Хоразмий лирикасида ташбех // Адабий мерос. - Т.,1982. 2-
сон., – 82-85 б.
13.
Toparlı, Recep. Hâfız-ı Harezmî’nin Sultan İbrahim’in Ölümü Üzerine Yazdığı Mersiye //
Marmara. Türklük Araştırmaları Dergisi, 8, 1997, 511-524 s.
14.
Üstüner, Ahat. “Hârezmli Hâfız Divanında Türk Adı // Turkish Studies 9(6), 2014. Ankara. –
1107-1116 s.
15.
Karahan Akarturk. Hafiz-i Harı zmı // Tarihte Müslümanlar №5, 2020, Ankara. – 244-248 s.
16.
Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 том. 2-китоб. - Т.: ЎзКПМК, 1981. - 312 б.