Mualliflar

  • Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112550

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Oda janri antik davr oda an’analari saltanatli odalar ishqiy odalar tarbiyaviy odalar uyg‘onish davri odalari.

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada dunyo adabiyotidagi muhim lirik janrlardan biri oda janri, uning 
kelib  chiqish  ildizlari,  turlari  va  janrning  boshqa  dolzarb  muammolari,  odaning  shakliy  va 
mazmuniy ahamiyati, va tadqiq etilish masalalari kabi mavzular haqida so‘z etiladi.  


background image

453

ODA JANRINING AN’ANAVIY TURLARI

Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika instituti tayanch doktoranti

djangabaeva9803@icloud.com

Annotatsiya.

Maqolada dunyo adabiyotidagi muhim lirik janrlardan biri oda janri, uning

kelib chiqish ildizlari, turlari va janrning boshqa dolzarb muammolari, odaning shakliy va
mazmuniy ahamiyati, va tadqiq etilish masalalari kabi mavzular haqida so‘z etiladi.

Kalit so‘zlar.

Oda janri, antik davr oda an’analari, saltanatli odalar, ishqiy odalar,

tarbiyaviy odalar, uyg‘onish davri odalari.

EDEBIYAT BİLİMİNDE ODA CİNSİ PROBLEMİ

Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna

Ajiniyaz adına Nukus pedagoji enstitüsü tayan doktorant

Özet

. Makale, dünya edebiyatındaki önemli lirik türlerden biri olan oda türü, kökleri, türleri

ve türün diğer güncel sorunları, odanın biçimsel ve anlamsal önemi ve araştırma konuları hakkında
konuşmaktadır.

Anahtar kelimeler

. Oda türü, antik oda gelenekleri, saltanatlı odalar, aşk odaları, eğitici

odalar, Rönesans dönemi odaları.

ПРОБЛЕМА ЖАНРА ОДА В ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИИ

Джангабаевa Хурлиман Чингисбаевнa

Докторант Нукусского педагогического

института имени Ажинияза

Аннотация

. В статье рассматриваются такие темы, как жанр оды, один из

важнейших лирических жанров мировой литературы, его происхождение, виды и другие
актуальные проблемы жанра, формальное и содержательное значение оды и вопросы ее
исследования.

Ключевые слова

. Жанр оды, традиции оды античного периода, царственные оды,

любовные оды, воспитательные оды, оды эпохи Возрождения.

THE PROBLEM OF THE ODE GENRE IN LITERARY STUDIES

Djangabaeva Hurliman Chingisbaevna

basic doctoral student of the Ajiniyaz Nukus pedagogical institute

Abstract

. The article discusses the ode genre, one of the important lyrical genres in world

literature, its origins, types, and other pressing issues of the genre, the formal and semantic
significance of the ode, and issues of its research.

Keywords

. Ode genre, antique ode traditions, royal odes, love odes, educational odes,

Renaissance period odes

.


Lirik asarlarni talqin etganda uni ham nazariy asoslar bilan, ham an’anaviy va hissiy

qoidalarga amal qilib talqin qilamiz. She’riyatdagi bir qancha an’ana va qoidalar, tarixiy-ishtimoiy
omillar asosida yuzaga kelgan qadimiy janrlardan biri bu odadir. “Oda (yunon. ode – maqtov) –
lirik sheriyat janri. Antik davrda “oda” so‘zi dastavval atama sifatida qaralmagan, keyinchalik


background image

454

asosan strofalarda yozilgan, saltanatli, oliy va tarbiyaviy mazmundagi lirik xor qo‘shig‘i (ayniqsa,
Pindar qo‘shiqlari) manosini olgan” [1. 684]. Oda G‘arb adabiyotidagi eng mashxur janrlardan biri
bo‘lib, uning kelib chiqishi antik adabiyot bilan bog‘lanadi. Odaning janr sifatida takomillashishi
G‘arb adabiyotining uyg‘onish davri va adabiyotshunosligining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Uyg‘onish davri va barokko (16-17-asrlar) davrlarida oda so‘zi asosan antik yunon va rim adabiyoti
namunalari (Pindar, Goratsiy) asosida yozilgan bo‘lib, strofalarda tuzilgan va saltanatli ruhtagi
sheriyatga qarata qo‘llanilgan (P.Ronsar, G.Kyabrera, Dj.Drayden). Keyinchalik oda klassitsizm
davrida o‘zining eng baland cho‘qqisiga chiqti va eng asosiy janrga aylandi. Klassitsizm sheriyatida
(17-18-asrlar) oda – oliy uslubning yetakchi janri bo‘lib, o‘sha davrdagi qonuniy mavzularni
(hudoni, vatanni, hayotiy donishmandlikni madh etuvchi v.b), uslublarni (sokin yoki tez boshlanish,
chekinishlar, lirik betartiblikga yo‘l qo‘yish) va boshqa turlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek
odalarni janrlik xususiyati, uslubi va manosiga qarab yuqori ko‘tarinki ruhtagi va saltanatli odalar
bo‘lsa, Pindar odalari, agar tarbiyaviy bo‘lsa, unda Goratsiy odalari, ishqiy mazmundagi odalarni
esa Anakreоn odalari sifati qarash va turlarga ajratish mavjud.

Oda janrini o‘rganishda, uni nazariy jihatdan talqin qilishda muammolar, qiyinchiliklar

bo‘lishi tabiiy. Odaning shakllanish davri bir qancha sabablarni keltirib chiqaradi. Odani
o‘rganishdagi asosiy muammo asosan bu janrning o‘ta nazariy rivojlanganligi va barqarorligi. Oda
barqaror adabiy shakl sifatida o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lishga intilgan, bu janrning shakllanishi,
mavjudligi va rivojlanishining ichki qonunlarini qayta tiklash, uning dinamikasini ko‘rish
muhimdir. Odaning barcha turlari uchun umumiy ulug‘vorlik va yuqori notada madh etish qonuni
amal qilsa da, ular tasvirlash obyektlari va mazmuniga qarab bir nechta turlarga bo‘lingan.
She’riyatda odaning an’anaviy turlaridan asosan Pindar, Goratsiy va Anakreon odalari mashhurdir.
Odaning asosiy mavzulari ushbu shoirlarning ijodiga bog‘liq ravishda kelib chiqqan deya
baholanadi. “Miloddan avvalgi V asrda yashagan qadimgi yunon shoiri Pindarning epinikiy deb
ataladigan odasi gimnastika musobaqalarida g‘olib chiqqan shaxs sharafiga maqtov qo‘shig‘i bo‘lib,
uning vazifasi g‘alabaga bo‘lgan irodani uyg‘otish va rag‘batlantirishdan iborat edi. Pindar
she’riyatida voqealar mifologik obrazlar bilan metonimik assotsiatsiyalar yordamida bayon
qilingan. Pindar kuylanayotgan voqeani dunyoning mifologik tizimiga kiritgan, bu esa asar
syujetining bir tekis bayon etilishiga putur yetkazgan. Pindar she’riyatida assotsiativ turdagi keskin
o‘zgarishlar, bandlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikning zaiflashuvi, obrazlarning kerakli ketma-
ketligini qurish uchun tartibsiz sintaksis asarni idrok etishni biroz qiyinlashtirdi, ammo sirli muhitni,
muallifning qandaydir oliy bilimga ega ekanligini qo‘shdi va bashoratchi shoir obrazini yaratdi” [2.
66-68 – 3. 641-643].

Pindar odalari g‘alabani yuqori notada tasvirlash xususiyati bilan keyinchalik jangovar

odalarning vujudga kelishiga ham zamin yaratti. Pindar odalari Evropa klassitsizmi davrida
dastavval ingliz she’riyatiga kirib keldi va Ben Jonson, Endryu Marvel, Jon Milton, Abraham Kauli
kabi shoirlar aynan Pindar uslubidagi odalar yozishgan. Rus klassitsizmi davrida ham Pindar odalari
tasirida bir qancha shoirlar ijod qilgan. Lekin klassitsizm davridagi Pindar uslubidagi odalarning
ko‘pchiligi, xususan rus klassitsizmi davridagi Pindarik odalarda antik adabiyot odalariga xos
“ko‘tariluvchi yamb, maxsus qofiya, bandlarning oxirgi bo‘sh she’r bilan aloqasi, qat’iy qasidali
band mavjud emas; shuningdek, mumtoz uch qismli kompozitsiya topilmagan, odada o‘ziga xos va
odada ochib berilgan predmetlar, she’rlarning xulosasida xulosa-umumlashma yoki pand-nasihat
uchramagan; antik davrdan keyingi Pindar uslubi odalari haqiqiy Pindar odalariga mos emasligini
O.Mandelshtamp rus mumtoz she’riyati va kumush davr sheriyati misolida tastiqlaydi” [3. 16-18].

Goratsiy pindarlashtirishdan voz kechdi va Rim zaminida zoliya shoirlarining melik

lirikasini qayta tiklashga intildi, ammo pindar odasining tashqi shaklini saqlab qoldi. Goratsiyning
odasi odatda biron-bir real shaxsga qaratilgan bo‘lib, juda xilma-xil mavzularni qamrab oladi, u
yuksak uslubdan yoki ifoda vositalarining keskinligidan yiroq; uning odalarida dunyoviy ohang,
ba’zan yengil kinoya aralashmasi hukmronlik qiladi. Goratsiy odalari Uyg‘onish davri Evropa
adabiyotida juda mashhur bo‘lgan va Evropa lirikasining shakllanishida katta rol o‘ynagan. G‘arbda
Goratsiy an’anasini davom ettirib muaffaqiyatli ijod qilgan shoir Maykl Dreyton bo‘ldi. Klassitsizm


background image

455

poetikasi adabiyotshunoslari oda janri nazariyasini bir vaqtning o‘zida Pindar va Goratsiy she’riyati
materiallari asosida qurishda qiyinchiliklarga duch kelishdi, chunki oda atamasi antik
grammatikachilar tomonidan Goratsiy lirikasiga nisbatan qo‘llanilgan. Nikola Bualo o‘zining
“She’riyat san’ati” (1674) va “Oda haqida mulohazalar” (1694) nazariy risolalarida oda
nazariyasining qoidalaridan birini ilgari suradi. Bualo Pindar odalarida topgan xususiyati lirik
tartibsizlik bo‘lib, u mavzuni yoritishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mantiqiy izchillikning yo‘qligidan iborat
edi. Yani, lirik syujet davomiyligi ketma-ketlikka asoslanmagan edi, syujet qurish mantig‘idan
ko‘ra tinglovchiga emotsional ta’sir ko‘rsatish katta rol o‘ynagan. Yu.N.Tinyanov o‘zining "Oda
notiqlik janri sifatida" maqolasida ta’kidlaganidek, “ularning (notiqlik va oda) janr sifatidagi o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri shundaki, lirik syujet tuzilishi izchil mantiqiy qurilish va bir-biriga
bog‘langan so‘z massalarining assotsiativ harakati o‘rtasidagi murosa natijasi edi” [4. 230]. Demak,
ko‘rinib turganidek odalar boshqa lirik turlarga solishtirganda oquvchiga (tinglovchiga) nutqiy
poetikasi bilan tasir etishi lozim va bunday go‘zal uslub Evropa klassitsizmi davrida asosiy lirik
janrga aylangani bejiz emas.

Pindar an’analari G‘arb klassitsizmi davrida qirol va ritsarlarning shonli yurishlari, janglari

va tantanali obrazini tasvirlashda yetakchilik etgan uslub edi. Goratsiy uslubi esa ko‘picha alkeeva
strofasiga asoslangan bo‘lib, u to‘rt qatorli sherlardan tuzilgan va birinchi qatori to‘qqiz, ikkinchi
qatori o‘n, uchinchi qatori o‘n bir, oxirgi qatori esa yakun sifati berilgan [5. 16]. Oda an’analaridan
yana bir mashhur turi bu Anakreon odasi edi. Anakreon odalari asosan ishqiy mavzularni yuqori
notada tasvirlaydi. “Anakreontik she’riyat – lirik she’riyatning bir turi bo‘lib, unda hayot quvonchi,
shodlik, hissiy lazzatlar tarannum etiladi. Bu janr eramizdan avvalgi VI-V asrlarda yashagan
qadimgi yunon lirik shoiri Anakreon nomi bilan atalgan. Anakreonning asarlari bizgacha faqat
parchalar shaklida yetib kelgan. Qadimgi yunon lirikasining Anakreonga taqlidchilar tomonidan
yozilgan “Anakreon” to‘plami vujudga keldi. Bu to‘plam Anakreonning asl she’rlariga qaraganda
kuchliroq bo‘lib, Anakreonning rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Yevropada, ayniqsa, Fransiyada” [5.
31]. Anakreon odalari qadimda lira asbobi yordamida ijro etilgan, uning musiqiy ohangga mos
xususiyati va odalarning aksariyati ishq, go‘zallik, sharob kabi mavzularga bag‘ishlanganligi ham
sabab bo‘lgan. Goratsiy va Pindardan farqli Anakreon uslubi soddaroq va quvnoqroq edi, lekin
Anakreon va Pindar faqat yuqori qatlam vakillari: saroy amaldorlari, zodagonlar, ritsarlar v.b.
tasvirlagan edi. Chunki Anakreonning tasviriy obyekti zodagonlarning go‘zal hayoti, muhabbati va
sharob ila hayotdan zavq olish onlariga qaratilgan, Pindarning asosiy obyekti sport musobaqalari va
bunday musobaqalar faqat saroyda, hukmdor buyrug‘i bilan va zodagonlarning olimpiyadasiga
qaratilgan edi. Goratsiy odalari kengroq auditoriyaga ega bo‘lib, oddiy xalq hayoti va falsafiy
o‘ylarga ham etibor qaratilgan. Uning odalarida Rimning yuqori va o‘rta tabaqalariga murojaat
qilingan bo‘lsa da, hayotiy va falsafiy mulohazalari oddiy xalq uchun ham tushunarli va qiziqarli
edi. Anakreon uslubi XVII asr Franciya va XVIII asr Rossiyada rivojlangan. M. Lomonosov, A.
Kantemir, G. Derjavin, K. Batyushkovlar ham rus jamiyatidagi dvoryanlar hayotiga bag‘ishlangan
bir qancha Anakreon an’anasidagi yaxshi odalar yozgan.

Xulosa qilib aytish joizki lirikaning eng dolzarb masalalaridan biri oda janri va uning

qo‘llanilish an’analari bugungi adabiyotshunoslikning ham asosiy muammolaridan biridir. Biz
maqolamizda atab o‘tgan qadimiy uslublar bugungi kun G‘arb adabiyotida ham qo‘llaniladi. XIX-
XX asr G‘arb adabiyotidagi mumtoz va har xil mavzudagi odalarni tahlil qilishda ularning qaysi
antik an’analarga asoslangani va qaysi turdagi odaning printsiplarini boshchilikga olganini aniqlash
ahamiyatli, bu esa odaning antik davrdan bugunga qadar mumtoz hisoblangan Goratsiy, Pindar va
Anakreon uslublarini o‘rganish natjasida amalga oshadi. Shunday ekan, bu uch an’ana jamiiki
G‘arb odasini o‘rganishning asosiy tamoillari bo‘lib qola beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Литературная энциклопедия. Терминов и понятии. – Москва: НПК «Интелвак». 2001, С.
684.


background image

456

2.

Чистякова Н.А., Вулих Н.В. История античной литературы. –Ленинград: Ленинградский
государственный университет.1963, С. 66-68.

3.

Тронский И.М. Пиндар // Литературная энциклопедия: в 11 т. Т 8. – Москва: Советская
энциклопедия. 1934, С. 16-18.

4.

Реинбах О.Е. «Нашедший подкову» О.Мандельштама: история произведения.
Автореферат на соискание ученой степени кандидата филологических наук., – Иваново.
2018, С. 16-18.

5.

Квятковский А. Поэтический словарь. 1966, – Москва: Советская энциклопедия. С. 16-
31.

Bibliografik manbalar

Литературная энциклопедия. Терминов и понятии. – Москва: НПК «Интелвак». 2001, С. 684.

Чистякова Н.А., Вулих Н.В. История античной литературы. –Ленинград: Ленинградский государственный университет.1963, С. 66-68.

Тронский И.М. Пиндар // Литературная энциклопедия: в 11 т. Т 8. – Москва: Советская энциклопедия. 1934, С. 16-18.

Реинбах О.Е. «Нашедший подкову» О.Мандельштама: история произведения.

Автореферат на соискание ученой степени кандидата филологических наук., – Иваново. 2018, С. 16-18.

Квятковский А. Поэтический словарь. 1966, – Москва: Советская энциклопедия. С. 16-31.