Mualliflar

  • Abdujalilova E’zoza Botir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112552

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Simvol obraz yoʻl gul suv ”Hikmatlar” tasavvuf maʼnaviy yoʻl ruhiy oʻsish sheʼr.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqola Ahmad Yassaviy ijodidagi simvollar haqida ma’lumot berilgan. 
Ahmad Yassaviy ijodidagi yo‘l, suv va gul simvollari haqida gap boradi. 


background image

447

AHMAD YASSAVIY IJODIDA SIMVOLIZM

Abdujalilova E’zoza Botir qizi,

UzFinPedI o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti magistranti

Abdujalilovaezoza097@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola Ahmad Yassaviy ijodidagi simvollar haqida ma’lumot berilgan.

Ahmad Yassaviy ijodidagi yo‘l, suv va gul simvollari haqida gap boradi.

Kalit so‘zlar.

Simvol,

obraz, yoʻl gul, suv,”Hikmatlar”, tasavvuf, maʼnaviy yoʻl, ruhiy

oʻsish, sheʼr.

AHMED YESSEVI ESERLERINDE SEMBOLIZM

Abdujalilova E’zoza Botir kızı,

UzFinPedI, özbek dili ve edebiyatı fakültesi, yüksek lisans öğrencisi

Özet.

Bu makalede Ahmed Yessevi'nin eserlerindeki semboller hakkında bilgi verilmiştir.

Ahmed Yessevi'nin eserlerinde yol, su ve çiçek sembolleriyle ilgili konuşulmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Sembol, imge, yol, çiçek, su, “Hikmetler”, tasavvuf, manevi yol, ruhsal

büyüme, şiir.

СИМВОЛИЗМ В ТВОРЧЕСТВЕ АХМАДА ЯССАВИ

Абдуджалилова Эъзоза Батир кызы,

магистрантка УзФинПедИ, факультета узбекского языка и литературы

Аннотация.

В данной статье представлена информация о символах в творчестве

Ахмада Ясави. Обсуждаются символы пути, воды и цветка в его произведениях.

Ключевые слова.

Символ, образ, путь, цветок, вода, "Хикматы", суфизм, духовный

путь, духовный рост, стихотворение.

SYMBOLISM IN THE WORKS OF AHMAD YASSAVIY

Abdujalilova E’zoza Botir kizi,

UzFinPedI Uzbek language and literature faculty, year master's student.

Abstract.

This article provides information about the symbols in Ahmed Yassavi's work. It is

about road, water and flower symbols in Ahmed Yassavi's work.

Keywords.

Symbol, path, flower, water, "Proverbs" sufism, spiritual path, spiritual growth,

poem, image.

Ahmad Yassaviy sharq olamining ulugʼ siymolaridan biri. Alisher Navoiy taʼkidlaganidek,

Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayxul mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur,
katomati matavoliy hayratlanarli va nomaxsur chegarasiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning
ashobidindur suhbatdoshi”.[7] Yassaviy oʻz ona tilini birinchi bo‘lib tariqat tili maqomiga koʻtardi.
Shuning uchun uning sheʼrlaridagi har bir soʻz va har bir ibora islom haqiqatlari qadar muqaddas,
nurli va ilohiydir.[6] Ahmad Yassaviy XI asrda yashagan Turkiston shoirlaridan biri, oʻzining
asarlarida simvolizmni keng qoʻllagan. Uning ijodida tasvirlar, belgilar va ramzlar muhim rol
oʻynaydi. Yassaviy oʻzining “Hikmatlar” asarida ruhiy va falsafiy ma’nolarni ochish uchun bir
qancha simvolik elementlardan foydalangan. Yassaviy oʻz asarlari bilan Oʻrta asr islomiy adabiyoti
tarixida muhim oʻrin tutadi. Uning ijodi tasavvufiy ma’rifat, estetik goʻzallik va chuqur simvolizm


background image

448

bilan ajralib turadi. Yassaviy asarlarida keng tarqalgan ramzlar va obrazlar orqali bir qator ma’naviy
tushunchalar ifodalanadi. Ushbu maqolada Yassaviy ijodidagi simvolizm va uning ma’naviy
ahamiyati oʻrganiladi.Yassaviy ijodida eng muhim simvol va obrazlar quyidagilardan iborat:

3.

Yoʻl

– insonning ma’naviy yoʻlini, ruhiy oʻsishini ifodalaydi. Yoʻl tasavvufiy ma’noda,

ilohiy haqiqatga erishish uchun oʻtishi kerak boʻlgan yo‘ldir.

Aqlim ketdi, boshim qotti, nechuk oytoy?
Rahmon egam, aro yoʻlda qoldim mano. [2, 7]

Bu misolda Yassaviy insonning ma’naviy yoʻlini tanlash haqida fikr yuritadi. Bu odatda

Yuqoriga, ilohiy haqiqatga erishish uchun harakat qilishni anglatadi.

Qitmir itdin ibrat olg‘il oshiq ersang,
Oqsoqlanib yoʻldin qolma sodiq ersang.[2, 5].

“Yoʻldan qolma” iborasi insonning oʻz maqsadlari, qadriyatlari va tamoyillaridan

chekinmaslikka chaqiradi. Ikkinchidan, “yoʻl” ruhiy yoki ma’naviy yoʻl sifatida ham talqin qilinishi
mumkin. Ushbu ma’noda sodiqlik va toʻg‘rilik yoʻli, ya’ni oʻz his-tuyg‘ulariga, prinsiplarga va
sevgi maqsadlariga sodiq qolish muhimdir.

Yoʻlg‘a qadam qoʻyoy dermiz Haqni izlab,
Yer-u koʻkda, oy-u kunlar Haqni izlab,
Arsh-u Kursiy, Lavh-u Qalam Haqni izlab,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to koʻrguncha.[2, 76].

Bu misrada “yoʻl” ma’no jihatdan haq va haqiqatga erishish yoʻlini anglatmoqda. Yozuvchi

haqni izlash jarayonida harakat va yoʻlga chiqishni, oʻzining maqsadini koʻzlab yurishni ifodalaydi.
Yerda va osmonda haqni izlash, ya’ni hayotdagi ma’noni va haqiqatni topishga intilish, insonning
ruhiy va ma’naviy yoʻlini belgilaydi.

Tavba debon egri yoʻldin rostqa qoytib,
Tavba qilg‘on qullar anda mehmon boʻldi.[2, 74].

She’rda ma’lum bir maqsad uchun yoʻlga chiqish, bilim olish va oʻzini ifoda etish koʻzda

tutilmoqda. Ruhiy oʻsish uchun harakat qilish jarayoni sifatida talqin qilinadi.

2.

Suv

– hayot manbayi, yangilanish va tozalanish ramzi. Ahmad Yassaviy ijodida suv

obrazi koʻplab she’rlarida muhim rol oʻynaydi. Suv koʻpincha ruhiy poklanish va ma’rifat
darajasiga erishishni anglatadi.

Ul daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish,
Tafrid, tajrid chashmalari suvdin ermish. [2, 38].

Bu misrada “suv” ma’nosi bilim va ma’rifatni anglatadi. “Tafrid” va “tajrid” chashmalari

esa, oʻz navbatida, bilim manbalarini ifodalaydi. “Daraxtning aslin bilsang, Hudin ermish”
misrasida daraxt, aslida, insonning ma’naviy taraqqiyoti va yanada chuqur bilim olishini koʻrsatadi.
Agar inson oʻzining aslida kimligini va hayotdagi maqsadini bilsa, u holda bilim va ma’rifat
chashmalaridan, ya’ni “suv”dan foydalana oladi. “Chashmalar suvdin ermish” iborasi esa, ilm-fan
va ma’rifatning asl manbasi sifatida qabul qilinadi. Bu oʻrinda suv insonni ruhiy va ma’naviy
jihatdan toʻldirish va rivojlantirish vositasi sifatida tushuniladi. Umuman olganda, “suv” bu misrada
bilim, ma’rifat va ruhiy hayot manbayi sifatida koʻrinadi.

Dunyo talab harislarni bandam demas,
Roʻzi mahshar yoʻldin ozsa yoʻlg‘a solmas,
Suvsab, chanqab dod aylasa, qoʻlin olmas,
Dunyo tebib oxiratni suymayinmu? [2, 49].

Bu misrada “suv” ma’nosi qiyinchiliklar va dardlarni ifodalaydi. Suv, odatda hayotning bir

ramzi sifatida koʻrilsa-da, bu kontekstdagi “suvsab” va “chanqab” atamalari insonlarning ma’naviy
va ruhiy holatlarini anglatadi. “Suvsab, chanqab dod aylasa, qoʻlin olmas” deganda, oxiratning
ahamiyati, ya’ni dunyo hayotidan koʻra, oxirat hayoti muhimroq boʻlishi kerakligi haqida fikr
yuritilgan. Umuman olganda, “suv” bu yerda hayotdagi sinovlar va qiyinchiliklarni, oʻz xohishiga
koʻra yashayotganlarni anglatadi.

Vo darig‘o, kechti umrum, qoldi boqo,


background image

449

Yigitligim yeldek oʻtti, suvdek oqo. [2, 47]
Bu misrada “suv” ma’no jihatdan vaqtning oʻzgaruvchan xususiyatini ifodalaydi. Suvning

oqishi va oʻtishi, hayotdagi imkoniyatlar va yigitlik davrining tez oʻtishini simvolizatsiya qiladi.
Yozuvchi yigitlikning oʻzgarishini va vaqtning beqiyos ahamiyatini ta’kidlamoqda.

3

. Gul

– ijobiy his-tuyg‘ular, goʻzallik va muqaddaslik ramzi sifatida ishlatiladi. Ahmad

Yassaviy ijodida gul obrazi ma’naviy goʻzallik, sevgining ifodasi va ruhiy uyg‘unlik ramzi sifatida
keltiriladi. Quyidagi misollarni keltirish mumkin:

Sahar sayrar bulbullar, gul yodidin har zamon,
Sen sayrasang na boʻlg‘oy, Haq yodidin har zamon.
Har qurt-u qush oytodur har nav’ birla sanoni,
Qurt-u qushcha boʻmading, Hu demading har zamon. [1, 160]

Bu misrada “gul” goʻzallik va ma’naviyat ramzi sifatida, shuningdek, inson hayoti va uning

ruhiy tozalikni qidirish zarurligini koʻrsatadi. “Gul”ni izlash, tinchlik va ruhiy mukammallikka
intilish jarayonini ta’kidlaydi.

Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini,
Izlab ani yoʻlini, yo Mustafo Muhammad.
Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot,
Rasululloh boʻlg‘oy shod, yo Mustafo Muhammad. [2, 66].

Bu misrada “gul” ma’nosi, avvalo, goʻzallik va ezgulikni anglatadi. Jannat guli ramz sifatida

yuksak ruhiy holatni, poklik va rahmatni ifodalaydi. “Jannat gulini” izlash, insonning ruhiy
yuksalish, ma’naviy tozalik va mohiyatining goʻzalligini qidirish jarayonini tasvirlaydi.

Ayni sahardadur gul, oshufta misli bulbul,
Koʻrgoch ani qizil gul, ruxsori qon emasmu?
Zinhor, ey suxan var, behuda toʻkma gavhar,
Koʻngul xazonasig‘a til, posbon emasmu? [2, 44].

Bu misrada “gul” ma’nosi goʻzallik, nafosat va sevgini ifodalaydi. “Gul” koʻpincha

insonning ichki his-tuyg‘ulari, muhabbat va hislar ramzi sifatida qo‘llaniladi. “Zinhor, ey suxan var,
behuda toʻkma gavhar” iborasi orqali, “gul” goʻzallik va nafosatni ifodalagan holda muhim va
qimmatli narsalarni behuda sarflashdan ogoh qilmoqda. Bu yerda “gul” ichki goʻzallik va
ruhiyatning mustahkamligini koʻrsatadi. Koʻngul xazonasig‘a til, posbon emasmu?” degan soʻzlar
esa, “gul”ning ruhiy holdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. “Koʻngil xazonasi” – bu insonning ichki
olami, his-tuyg‘ulari va orzulari, “posbon” esa, bu holda himoya qilishni anglatadi. Umuman
olganda, “gul” bu misrada jamiyatdagi goʻzallik, muhabbat va his-tuyg‘ularning ramzi sifatida
koʻrinadi, va u befarq boʻlishi mumkin emas, chunki u inson ruhiyatini va hayotining goʻzalligini
tashkil etadi.

Yassaviy ijodida simvolizm, oʻzining kuchli estetik va ma’naviy potentsiali bilan ajralib

turadi. Uning asarlaridagi ramzlar va obrazlar, nafaqat xarakterli tasvirlar, balki, insonning
ruhiyatiga, ma’naviyatiga, hayot haqidagi tushunchalariga chuqur kirib borishga xizmat qiladi.
Yassaviy goʻzallik va haqiqiylik oʻrtasidagi aloqani anglatib beruvchi simvolik tushunchalarni
yaratgan, bu esa uning ijodini mustahkamlovchi asosiy omillardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Ahmad Yassaviy. Sulaymon Boqirg‘oniy. Hikmatlar – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2013. 160b.

2.

Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual uslub.
In

International Conference on Adaptive Learning Technologies

(Vol. 15, pp. 37-39).

3. Xoja Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat (yangi topilgan na’munalar)”. – Toshkent:

“Movaraunnahr”, 2004. 5-76-b.

3. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ibrohim-haqqul-yassaviy.html
4. https://abiturtest.uz/mavzular/ahmad-yassaviy-va-uning-hikmatlar-to%CA%BBplami/

Bibliografik manbalar

Ahmad Yassaviy. Sulaymon Boqirg‘oniy. Hikmatlar – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2013. 160b.

Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual uslub.

In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 15, pp. 37-39).

Xoja Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat (yangi topilgan na’munalar)”. – Toshkent:

“Movaraunnahr”, 2004. 5-76-b.