Mualliflar

  • Raximova Saboxat Raxmonqulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112556

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Xorazm tuhfa sulton xon qo‘lyozma toshbosma devoni porsiy.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi 
Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn 
Ali  Muhammadning  "Devoni  Tabibiyi  porsiy"  yoki  “Devoni  forsiyi  Tabibiy”  nomlari  ostida 
saqlanayotgan birinchi forsiy devoni “Tuhfat us-sulton”ning uchta nusxasi – ikkita qo‘lyozma va 
bitta toshbosmasi tavsiflanadi.  


background image

423

SULTONGA MUNOSIB TUHFA

Raximova Saboxat Raxmonqulovna,

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Mahmudov Jasur Husenovich, ilmiy rahbar

saboxatraximova1975@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn
Ali Muhammadning "Devoni Tabibiyi porsiy" yoki “Devoni forsiyi Tabibiy” nomlari ostida
saqlanayotgan birinchi forsiy devoni “Tuhfat us-sulton”ning uchta nusxasi – ikkita qo‘lyozma va
bitta toshbosmasi tavsiflanadi.

Kalit so‘zlar.

Xorazm, tuhfa, sulton, xon, qo‘lyozma, toshbosma, devoni porsiy.

SULTAN İÇİN UYGUN HEDİYE

Rakhimova Sabakhat Rakhmonkulovna

Muhammed el-Horazmi adına uzmanlaşmış

anadil ve edebiyat alanında okul öğretmeni

Özet.

Makalede, Özbekistan Bilimler Akademisi Ebu Reyhan Beruni Doğu Elyazmaları

Enstitüsü'nde "Divani Tabibiyi Farsça" veya "Divani Farsiy Tabibiy" adlarıyla muhafaza edilen ilk
Farsça divan "Tuhfet üs-sultan"ın iki el yazması ve bir taşbaskı olmak üzere üç nüshası
anlatılmaktadır.

Anahtar kelimeler

. Harezm, hediye, sultan, han, el yazması, taş baskı, divan (Farsça).

ДОСТУПНЫЙ ПОДАРОК СУЛТАНУ

Рахимова Сабoхат Рахмонкуловна,

Учитель родного языка и литературы специализированной

школы имени Мухаммада аль-Хорезми

Аннотация.

В статье описываются три экземпляра первого персидского дивана

«Тухфат ус-султан» - две рукописи и одна литография, хранящиеся в Институте
восточных рукописей имени Абу Райхана Беруни Академии наук Узбекистана, под
названиями «Дивани Табибийи Персидский» или «Дивани Фарсий Табибий».

Ключевые слова.

Хорезм, дар, султан, хан, рукопись, каменный оттиск, диван

персидский.

A GIFT FOR A SULTAN

Rakhimova Sabokhat Rakhmonkulovna

Teacher of native language and literature at the specialized

school named after Muhammad al-Khwarizmi

Abstract.

The article describes three copies of the first Persian divan “Tuhfat us-sultan” -

two manuscripts and one lithograph - kept at the Institute of Oriental Manuscripts named after Abu
Raykhan Beruni of the Academy of Sciences of Uzbekistan, under the names “Divani Tabibiyi
Persian” or “Divani Farsiy Tabibiy”.

Key words.

Khorezm, gift, sultan, khan, manuscript, stone print, divan Persian.


background image

424

Zullisonaynlik an’anasi Xorazm adabiy muhiti uchun qadimgi an’anadir. Hijriy 754, milodiy

1353 yillarda Oltin O‘rda xonligi davrida yozilgan Muhammad Xorazmiyning “Muhabbatnoma”
asaridagi quyidagi baytlar fikrimizning yorqin dalilidir:

Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor!

Demak, XIV asrdayoq Xorazm adabiyotida porsiy daftarlarga ega bo‘lgan shoirlar

bo‘lishgan. Shu ma’noda o‘zbek klassik adabiyoti tarixining XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi
Xorazm adabiy muhitida ham zullisonaynlik an’anasini uchratamizgan. Zero, ma’rifatparvar shoh
va shoir Muhammad Rahimxon soniy – Feruz rahnamoligidagi ushbu davr adabiyotida ajdodlar
an’anasiga sodiq qolgan holda bir qator devonlar yaratildi va ularda ikki tillilik an’anasi keng
rivojlantirildi. Tabibiy taxallusi bilan mashhur Ahmad ibn Ali Muhammadning forsiy va turkiy
tillardan iborat 5 ta alohida nomdagi devoni, 2 ta tazkirasi, 2 ta tarjima asari yetib kelgan. Birgina
forsiy devonida shoirning 544 ta g‘azali va 125 ta muxammasining kelishi forsiy she’riyatining
keng qamrovli ekanidan dalolatdir.

1

.

№7083 inventar raqamli qo‘lyozma.

"Tuhfat us-sulton" devoni. Kotibi noma’lum. Oxirida xotima va kolofon yo‘q. Ushbu

qo‘lyozmaning boshida 3 ta bo‘sh varaq bo‘lib, ulardan birinchisining chap burchagida "م" harfi
yozilgan. Keyin teparoq qismi o‘rtasida دیناو بطیبی سرا فی (Devoni Tabibiyi forsiy) deb
yozilgan. Mazkur qog‘ozlarning uchinchisida to‘rtburchak kichkina muhr bosilgan bo‘lib, uning
ichiga "Inst-t Vostochnix rukopisey 7083 AN Uzbekistan g.Tashkent" degan rus tilidagi yozuvlar
bor. Ayni o‘sha uchinchi qog‘ozning orqa tomonidan, ya’ni b-sahifasining tepasiga qora siyohda 1
raqami qo‘yilgan bo‘lib, devonning asosiy sahifalari shu yerdan boshlanadi. Dastlab qizil siyohda

“Musammo ba Tuhfat us-sulton”

(“Tuhfat us-sulton” ismi bilan nomlandi) so‘zlari undan keyin

qora siyohda “Bismillahir rahmonir rahiym” bilan g‘azallar boshlangan. Birinchi g‘azal matla’si:

Ey yofta az sun’i tu yaksar bino arzu samo,
Ovardai az kofu nun iyjodi kulli mosuvo.

(Mazmuni: Ey, san’atingdan yaralmish bir zumda yeru osmon,
“Kof”u “nun” harfi ila bo‘lmish ijod barcha zamon).
G‘azal Ollohga hamd mazmunida bo‘lib, demak, ushbu devon an’anaviy uslub bilan

boshlangan. Qo‘lyozmaning asosiy matnidan tashqari hoshiyasiga ham she’rlar bitilgan. Jumladan,
ushbu varaqning hoshiyasidagi birinchisi na’t mazmunidagi quyidagi matla’li g‘azaldir:

Ey rutbai tu nazdi Xudo az hama a’lo,
Yak sandali avadnoi tu sho‘d arshi muallo.

(Mazmuni: Ey, Xudoning nazdida barchadan oliy rutbang sening,
Arshi muallodan-da baland birgina past kursing sening.)
Qo‘lyozmadagi sheʼrlar 209 varaqga yozilgan. Undan keyin ham qo‘shimcha yana 25 ta

hech narsa yozilmagan qog‘ozlar mavjud. Qog‘ozlar Rusiyadan keltirilgan oliy sifatli fabrika
qog‘ozlari boʼlib, undagi cho‘rtan baliq hamda turli naqshlar va "original" deb yozilgan so‘zlari
shundan dalolat beradi.

197a sahifada xuddi she’rlar tugaganidek, ochiq joy qo‘yilgan, biroq hoshiyalarda

muxammaslar yozilgan. Shuningdek, ayni sahifaning pastida boshidagidek kichik to‘rtburchak
muhr hamda mazkur 7083 raqami hamda rus tilidagi yozuvlar bor. Ya’ni yuqoridagi muhr ushbu
varaqqa ham qo‘yilgan. Shunga ko‘ra, bu yerda kolofon bo‘lishi yoki kitob xotimasi bo‘lishi
mumkin, deb o‘yladik, biroq she’rlar yana davom etgan.

Ustiga raqam qo‘yilgan g‘azallar 125a (g‘azallar yozilgan qora siyohda yana ikkita raqam –

125- chetda, chap tomonda va 248 – o‘rtada qo‘yilgan) tugagan bo‘lib, oxirgi g‘azalga "397 g‘azali
Tabibiy" deb yozilgan bo‘lib, "kay" radifli g‘azaldir. Biroq shuni aytish lozimki, asl matndagi
g‘azallar raqamlangani holda hoshiyadagilar raqam qo‘yilmasdan, faqat qizil siyohda "g‘azali
Tabibiy" deb yozib ketilgan. Shuni hisobga olganda jami g‘azallarni bu son bilan chiqarib
bo‘lmaydi. Bundan tashqari 198a varaqda (qit’alardan keyin) yana "g‘azali Tabibiy" sarlavhasi


background image

425

bilan "be" radifli g‘azallar keltirilgan. Ular 204b varaqda tugagan va keyin 205a varaqdan "nun"
radifli g‘azallar boshlangan. Ular 206b sahifagacha davom etgan. 207a sahifada "Musaddasi
Tabibiy ba tariqi tazmin" boshlangan. 208a varaqdagi "Mustazodi Tabibiy" 209 a varaqqacha
davom etib, kitobni tugallagan. Oxirida hech qanday xotima so‘zi yoki kolofon yo‘q.

Raqam qo‘yilgan she’rlar sirasiga qit’alar (43 ta qit’a), ruboiylar (122 ta ruboiy) kiradi.

Boshqa she’rlarga, jumladan muxammaslar, mustazod, musaddaslarga raqam qo‘yilmagan. Xullas,
devon tarkibi quyidagicha:

1. G‘azallar – 397 tasi asosiy matnda raqamlanmagan holda berilgan. Hoshiyadagilar 147 ta

raqamlanmagan g‘azal

2. Mustazod – 5 ta (3 tasi g‘azallardan keyin, 2 tasi oxirida)
3. Muxammas: (15 tasi raqamlangan, qolganlari hoshiyada raqamsiz keltirilgan)
4. Musaddaslar – 6 ta, shulardan 2 tasi tazmin musaddas (Sa’diy va Haziniyga)
5. Qasidalar – 5 ta
6. Musammanlar – 6 ta
7. Tarji’bandlar – 6 ta
8. Soqiynoma – 8 ta
9. Ruboiyyot – 122 ta
10. Qita’lar – 43 ta.
155 b - 156 a varaqlarda "Musaddas ba tariqi tazmin" (sarlavhalar qizilda) keltirilgan bo‘lib,

keyin misralar ustiga xato belgisini anglatuvchi qizil chiziq tortilgan. Sarlavhaning pastrog‘iga esa
"mukarrar" (takrorlangan) degan so‘z yozilgan. Bu holat ushbu qo‘lyozmani avtograf nusxa
ekanligiga ham bir ishora. Chunki, yuqorida aytganimizdek, ushbu qo‘lyozmaning hech qayeridan
xattoti haqida ma’lumot yoki keltirilgan kolofonlar ko‘rinmadi. Shuni hisobga olib, hamda oxirida
yana g‘azallarning qo‘shilganini, shuningdek o‘rtadagi 2 ta mustazoddan tashqari oxirida yana
ikkita mustazod qo‘shish kabilarni (ya’ni qolib ketgan g‘azallarni yoki mustazodlarni yana ilova
qilish yoki yana qo‘shimcha qo‘shish ma’nosida) hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu taxmin yanada
aniqroq ekanini aytish mumkin.

Shu o‘rinda ikki og‘iz so‘z mazkur 2 ta “Musaddasi ba tariqi tazmin” to‘g‘risida. Ulardan

birinchisi Sa’diy Sheroziyning mashhur “Bargi daraxtoni sabz dar nazari hushyor, Har varaqi
daftarest ma’rifati kirdigor” (Hushyor odamning nazarida daraxtlarning yashil bargi Yaratuvchi
ma’rifatidan ogoh beruvchi bir daftardir) she’riga, ikkinchisi Haziniy taxallusi bilan she’rlar yozgan
shoir (Ahmad Mahmud Haziniy yoki Ziyovuddinxon To‘ra Haziniy)ning “Yake meravad, digar
oyad ba joy, Jahonro namonand bekadxudoy (Birov ketsa o‘rniga boshqasi keladi, Yaratuvchi hech
vaqt jahonni kadxudo – boshqaruvchisiz, podshosiz qo‘ymaydi) degan she’riga bog‘langan
musaddaslardir.

198 a varaqdan yana "g‘azali Tabibiy" sarlavhalari bilan "be" radifli g‘azallar boshlangan.

205 a varaqdan esa "nun" radifli g‘azallar keltirilgan. 207 a varaqda "Musaddasi Tabibiy ba tariqi
tazmin". 208a varaqda "Mustazodi Tabibiy", 208 b yana bir "Mustazodi Tabibiy" 209 a varaqda
tugagan va shu bilan kitobning yozilgan varaqlari oxirlagan. Biroq kitobda yana qo‘shimcha 25 ta
hech narsa yozilmagan qog‘oz mavjud. Agar baytlar sonini aniqlaydigan bo‘lsak 397 ni 11 ga
(Tabibiy g‘azallarining aksariyati 11 bayt – 22 misralik), 4367 bayt hosil bo‘ladi. Agar hamma
g‘azallarni 544 ta deb olinsa, har bir g‘azalni 11 baytdan deb hisoblanilsa, unda bu shoirning bitta
ushbu devondagi g‘azallari 6000 baytga, taxminan 12 ming misraga yetadi, deganidir.

2

.

928 inventar raqamli qo‘lyozma.

Ushbu chiroyli nasta’liq xati bilan ko‘chirilgan qo‘lyozmada ham aynan 7083

qo‘lyozmadagi she’rlar tartib bilan, faqat ramkaga olingan matn ichida raqamlangan holda
keltirilgan. Bu holat uning chiroyli va o‘qishga oson yozilganidan dalolat beradi. Kotibi
Muhammadya’qub Xarrot.

Shu jihatdan buni ham “Tuhfat us-sulton”ning yana bir nusxasi deb aytish mumkin. Biroq,

kirish qismida ham, oxirida xattot kalofonida devonning nomi keltirilgan. Kolofonda faqat kotib


background image

426

qo‘lyozmani kimning buyrug‘i bilan, qachon ko‘chirganiyu, uning Tabibiy devoni ekanligini
aytgan, biroq devonining qaysi nomdagi ekanligi esa aytib o‘tilmagan.

Ushbu g‘azal hamda uning davomida keltrilgan g‘azallar aynan 7083 raqamli qo‘lyozma

tarkibida ham keltirilgan. Ana shu moslikka asoslanib ushbu har ikkala devon bir xil nomdagi
ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Demak, 928 inventar raqamda keltirilgan forsiy
devonlarda ham kelgan bo‘lib, agar 7083 dagi keltirilgan “Musammo ba “Tuhfat us-sulton””
jumlasiga suyaniladigan bo‘lsa, unda bu 928 raqamli devon ham “Tuhfat us-sulton” devonining
yana bir nusxasi hisoblanadi. Biroq 928-inventar raqamli devonning hech bir joyida, hatto
kolofonda ham uning qaysi nomdagi devon ekanligi eslab o‘tilmagan.

Kitob jildi – mustahkam qora charmdan qilingan. Sahhofning ishi ham sifatli bo‘lib uchta

naqsh – tepa, o‘rta va pastdagi odatiy muhr-naqshlar mavjud. Jildning har ikki tomonidagi tepa va
pastki naqsh ichida "Amali Muhammad Rahim " deya sahhofning ismi keltirilgan. Jildning tepa
chap burchagiga qog‘oz yopishtirilgan bo‘lib, unga "21. Devoni Tabibiyi forsiy" deb fors tilida
yozilgan. Bundan ushbu qo‘lyozma oldin 21 raqam ostida bo‘lganini ham bilish mumkin.

Kitobning boshida 4 ta hech narsa yozilmagan qog‘oz bor. Ulardan birinchisiga (1a varaqqa)

928 – I Keyin qora va qizil qalamlarda turli sonlar yozilgan. Qog‘ozi rus fabrika qog‘ozi ekanligi
uning ichiga cho‘rtan baliq tasviri tushirilgan, qora nuqtalar sepilgan. Qog‘ozning rangi ko‘kimtir-
sarg‘ish rangda. 4-varaqda ikkita – bitta kichik va katta muhr bosilgan. Ulardan birinchi kichigiga "
ГПБ. Уз.Отд.В.рук. № 928. Ўз.ДХК. қўл.бўл.", каттасига "Узбекский Государственный
Научно-Исследоват. Институт. Библиотека. Отд_هش_ Инв. № 928. гор.Самарканд" yozilgan.
Shu varaqqa qalamda (institut xodimi tomonidan) 1 raqami qo‘yilgan. Asar shuni hisobga olsak
devon 1b varaqdan boshlangan. Odatda qo‘lyozmalar boshlanadigan chiroyli naqshlar bilan
boshlangan. Bismillohdan keyin:

Ey yofta az sun’i to‘ yaksar bino arzu samo,
Ovardai az kofu nun iyjodi kulli mosuvo.

(Mazmuni: Ey, san’atingdan yaralmish bir zumda yeru osmon,
“Kof”u “nun” harfi ila bo‘lmish ijod barcha zamon)
Barcha she’rlar ramkalangan asosiy matnda ketma-ketlikda raqamlangan holatda keltirilgan.

Har bir g‘azal ikki ustunga 1-2 misra shaklida yozilgan. Ustunlar qalin zarli (zarhal) chiziqlar bilan
ramkaga olingan. Asosiy matnning o‘zi esa to‘q yashil chiziqlar bilan ramkalangan. G‘azallar
orasida bir ustun ochiq qolgani uchun mazkur joyga qo‘lyozmani ko‘rib chiqqan xodim tomonidan
2,3,4, raqamlarni raqamlangan.

3

.

58- inventar raqamli toshbosma.

Toshbosma qalin muqovali, hajmi ham katta. Ustida sahhof naqshlari bor lekin sahhof

yozilmagan. 1a varaqda quyidagilar yozilgan: o‘rtada دیناو بطیبی سرا فی – Devoni Tabibiyi
forsiy. Keyin kichik muhr urilgan. Unda lotin hafrlarida “OzDXK 35г 3522 ГПБ. Уз” so‘zlari
yozilgan hamda 3522 raqami ustiga xato belgisi sifatida chiziq tortilgan. So‘ngra o‘rtaroqda qiyalab
katta muhr urilgan va unda quyidagilar yozilgan: “Узбекский Государственный Научно-
Исследоват. Институт. БИБЛИОТЕКА. Отд __هش_ Инв.№2360 гор.Самарканд”. Shundan so‘ng
pastda quyidagi izohlar keltirilgan:

تاسمخم عم یبیبط ناوید

یبیبط

(

محمد یلع یجاح نب دمحا

)

هویخ

.

یرشان

:

نایهاشمزروخ عبطم ناخ میحر محمد

9191

666

تیب

.

فرصان

.

. Devoni Tabibiy ma’ muxammasot. Tabibiy (Ahmad bin Hoji Ali

Muhammad). Xiva. Matba’i Xorazmshohiyon. 1909 – 665 bet. Nosirov.

Ushbu oxirgi qatorda “Nosirov” familiyasi keltirilgan bo‘lib, bu sharqshunos Abdulla

Nosirovdir. Demak, kitobni shu kishi tavsiflab chiqqan. Unga ko‘ra kitob milodiy 1909 yilda
Muhammad Rahimxon tashabbusi bilan toshbosma holda chop etilgan ekan. Kitob 665 betdan
iborat ekan. (Shu o‘rinda Abdulla Nosirovning kitobini topish va o‘qish maqsadga muvofiq deb
bilindi –M.J.).


background image

427

Asosiy matn 1 b varaqdan boshlangan. Odatdagidek ark uslubida bezatilgan naqshinkor gulli

boshlanma varaq o‘rtasidan “Bismilloh” bilan debocha boshlangan: “

Hamdi bepoyon va sitoyishi

behaddu son On qoyili suxan ofarinro sazost va On nozimi zamonu zamin va makonu makinro
ravost, ke devoni vujudi insonro bo anvoyi badoye’ va sanoye’ soxt va sahni dili ishonro baasnofi
zevari ulum va ma’rifat bafardoxt. Nazm:

Xudoye ke xalloqi arzu samo....

”.......

Debocha 5 b varaqqacha davom etgan. Matn jadvalga olingan bo‘lib, she’rlarga allohida ikki

ustunli jadval chizilgan. Toshbosma bo‘lgani uchunmi, siyohi qo‘lyozma yozuviga qaraganda
xiraroq.

6 a varaqda toshbosmalarga bosiladigan va o‘rtasiga asar nomi yoziladigan gulli naqsh

bosilgan bo‘lib, o‘rtada دیناد بطیبی “Devoni Tabibiy” deb yozilgan. Biroq qaysi nomdagi devoni
ko‘rsatilmagan. Shuning uchun uni tavsiflagan xodim (Abdulla Nosirov bo‘lsa kerak-M.J.) naqsh
jadvali ustiga “Mazhar ul-ishtiyoq” deb ruchkada yozib qo‘yilgan. Pastda chap tomonda yana katta
muhr (1 varaqdagi kabi) bosilgan bo‘lib, bu safar uning 2360 raqami ustiga chizilmagan. G‘azallar
6b-varaqdan chiroyli naqshinkor boshlanma bilan boshlangan. Bismillohdan keyingi birinchi g‘azal
matla’si:

Ey yofta az sun’i to‘ yaksar bino arzu samo,
Ovardai az kofu nun iyjodi kulli mosuvo.

4-g‘azaldan boshlab g‘azallar arab raqamida (4،5...) raqamlanib ketilgan. G‘azallar 147 a-

varaqda tugagan. Jami 544 ta g‘azal. Oxirgi g‘azal “Xush omadi” radifi bilan tugallanuvchi
g‘azaldir (928-raqamli devonda ham shunday tugagan, g‘azallar soni ham bir xil, ya’ni 544 ta –
M.J.).

G‘azallardan keyin “mustazodlar” boshlangan. Jami beshta mustazod. Ular tugagan varaq

oxirida “tammat sho‘d” deya bo‘lim tugagan. Shundan so‘ng alohida varaqdan (150a)
“muxammasot” boshlangan. Ayni shu varaq o‘rtasiga 1-varaqdagi kabi kichik muhr bosilgan
(ichida 35g.3522 raqamlari bor), lekin muhrning ustiga xato belgisi sifatida “X” chizilgan.

Muxammaslar ham xuddi alohida kitob singari gulli boshlanma bilan hamda مخمسات

بطیبی سرا فی “Muxammasoti Tabibiyi forsiy” jumlalari bilan boshlangan. Ular ham
raqamlangan bo‘lib, 215 b-varaqda tugagan. Jami 125 ta muxammas. Oxirgi muxammas “Ravshan
g‘azaliga” bog‘langan bo‘lib, 928-devonda ham shunday edi.

Muxammaslardan keyin ayni shu varaqdan (215b) “Musaddasi Tabibiy ba tariqi tazmin”

boshlanadi. Musaddaslar ham raqamlangan. Jami 7 ta musaddas. 222 a-varaqdan “Musammani
Tabibiy” sarlavhasi bilan musamman (sakkizlik)lar boshlanadi. Jami 6 ta musamman. 228 a-
varaqdan “Tarji’oti Tabibiy” sarlavhasi bilan tarji’bandlar boshlanadi. Ular ham raqamlangan
bo‘lib, jami 6 ta tarji’band. 239b-varaqdan “Birlanji soqiynomai Tabibiy” boshlanib, 241 b-varaqda
(sakkizlanji soqiynoma) tugagan. Jami 8 ta soqiynoma. 252 b-varaqqacha davom etgan. So‘ngra ana
shu varaqdan “Birlanji qasidai Tabibiy” boshlanadi. Jami 5 ta qasida. 262a-varaqdan “Ruboiyyoti
Tabibiy” boshlanadi. Barchasi raqamlangan.

Shu o‘rinda ruboiylar keltirilgan varaqlarda chalkashliklar borligini aytib ketish maqsadga

muvofiq. Ya’ni 264a-varaqdagi 27 raqamidan keyin 264b-varaqdan birdaniga 82-ruboiy boshlanib
ketadi. Ushbu o‘rinda toshbosmada mazkur varaqlar almashinib ketgan. Natijada 82- 95- ruboiylar
o‘rtaga, ya’ni 264b-265a -varaqlarga tushib qolgan. 265 b varaqdan esa 41- ruboiy boshlanib
ketgan. Ular 268 a-sahifadagi 81-ruboiygacha kelib, keyin 268b varaqdan 27 ruboiyning matni
berilgan. Natijada 27dan 41 ruboiygacha (27-40) 269a varaq oxirigacha davom etgan. 269 b-
varaqdan yana 96 ruboiy boshlanib, ruboiylar qatori izga tushib ketgan. Demak, bundan ma’lum
bo‘ladiki, ruboiylar yozilgan ushbu varaqlarda bosmaxona aybi bilan varaqlar almashib ketilgan.
Ruboiylar jami 123 ta bo‘lib, 271b – varaqda tugagan.

271b -varaqdan “Muqatta’oti Tabibiy” sarlavhasi bilan, shoir qit’alari boshlangan. Jami 42

ta qit’a. Shu bilan 275b varaqda kitobning birinchi qismidagi ushbu devon tugagan. Oxirida kolofon
yo‘q. Shundan so‘ng keyingi “Devoni Tabibiy” boshlanib ketgan. Bundan shu narsa ma’lum


background image

428

bo‘ladiki, har ikkala devon uchun bitta oxirida kolofon berilgan. Xullas ushbu devon quyidagicha
tartib berilgan:

1. G‘azallar – 544 ta;
2. Mustazod – 5 ta;
3. Muxammasot – 125 ta;
4. Musaddas – 7 ta;
5. Musamman – 6 ta;
6. Tarji’band – 6 ta;
7. Soqiynoma – 8 ta;
8. Qasida – 5 ta;
9. Ruboiy 123 ta;
10. Qit’a – 42 ta.
Kitob muqovasi qalin: qizil charm ustiga qalin muqova ishlangan, sahhoflar uchun

mo‘ljallangan o‘yma naqshlar bor, biroq ularda ism keltirilmagan. Muqova laba’ (ikki tomon
birlashgan joyda)da pastdagi kichik qog‘ozga 58 raqami, o‘rtadagi uzun qog‘ozga esa “Devoni
Tabibiy ma’a muxammasot I, II, III” deb yozilgan. Bu ushbu kitobning uchta qismdan iborat
ekanligini bildiradi. Aslida esa 2-qismdagi “Muxammasot” birinchi devonga tegishli bo‘lib,
Tabibiyning ushbu bo‘limdagi forsiy muxammaslari ko‘p bo‘lgani uchun kotib uni ajratgan holda
keltirgan. Zero, ushbu muxammaslar 7083 raqamli qo‘lyozmada devon tarkibiga kiritilgan holda,
ba’zilari hoshiyalarda keltirilgan. Bu holatdan yana bir narsani aniqlash mumkinki, Tabibiyning
birinchi forsiy devoni hajm jihatdan katta hajmga ega.

Agar ushbu 58 raqamli toshbosmadagi birinchi keltirilgan devon tarkibi 7083 va 928

qo‘lyozmalari tarkibi bilan aynan bir xil ekanligini hisobga olsak va 7083 dagi kotib tomonidan

“Musammo ba Tuhfat us-sulton”

sarlavhasiga tayansak, toshbosmadagi birinchi devonga

boshlanish joyiga institut xodimi Abdulla Nosirov tomonidan siyohli ruchkada yozilgan “Mazhar
ul-ishtiyoq” degan sarlavha noto‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lamiz. Ana shu noto‘g‘ri sarlavha eronlik
olim I.Xudoyorning adashishiga ham sabab bo‘lgan va u Tabibiyning birinchi forsiy devoni
“Mazhar ul-ishtiyoq” va ikkinchisini “Mir’ot ul-ishq” degan xulosaga kelgan[5.150.].

Shu o‘rinda ushbu birinchi devonning hajmiga ham diqqat qaratib o‘tsak. Agar devondagi

g‘azallar baytlarini hisoblasak 544 * 11 = 5984 bayt, (11 968 misra). Demak, faqat g‘azallarning
o‘zi 6000 baytni tashkil qilmoqda. Har biri kamida 7 ta banddan iborat (ya’ni kamida 7 baytlik
g‘azalga bog‘langan muxammasni hisoblasak) 125 ta muxammas – 35 misra – 17,5 bayt bo‘ladi.
Jami 125 * 17,5= 2125 bayt. Vaholanki, devondagi birinchi “Muxammasi Tabibiy g‘azali G‘iyosiy”
deb nomlangan dastlabki na’t muxammas 23 band (115 misra)dan iboratligini hisobga olsak
muxammaslar ham ancha katta hajmga egaligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak 58-
toshbosmada “Muxammasot” alohida bo‘lim sifatida keltirilgan. Agar yana 8 ta janrdagi
she’rlarning jami baytlari qo‘shilsa birgina devonning o‘zida anchagina adabiy merosni borligi
ma’lum bo‘ladi. Biroq, eronlik olim I.Xudoyor o‘zining “G‘aribahoyi oshno” risolasida
Tabibiyning jami forsiy merosini 13 ming bayt atrofida deb xulosa chaqargan[5.175.]. Agar olim
shoirning jami merosini hisoblab chiqqanida bunday noto‘g‘ri xulosaga kelmasdi. Chunki birgina
“Tuhfat us-sulton”ning o‘zida shunchalik bayt miqdorida asar borligini kunday ravshan bo‘lib
turibdi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zRFASHidagi Ahmad Tabibiyga mansub ushbu forsiy devon

nusxalarini tavsif qilib chiqish natijasida shoirning birinchi devoni “Tuhfat us-sulton” hajm
jihatidan ham, mazmun-mundarijdasi jihatidan ham devon talablariga javob bera olishiga amin
bo‘ldik. Undagi 10 xil janrdagi barcha she’rlar turli mavzularda – ijtimoiy, irfoniy, oshiqona, hasbi
hol mazmunlarida bo‘lib, shoirning an’anaga sodiq holda salaflar ijodini davom ettirganidan dalolat
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

429

1.

Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual USLUB.
In

International Conference on Adaptive Learning Technologies

(Vol. 15, pp. 37-39).

2.

Muborak maktublar. Xorazmiy. Muhabbatnoma. –T.: Fan. 1989.

3.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №7083 inventar raqamli
qo‘lyozma.

4.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №928 inventar raqamli
qo‘lyozma.

5.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №58- inventar raqamli
toshbosma.

6.

Xudoyor, I. G‘aribahoyi oshno. –Tehron: Tamadduni milliy, 1384/2005. –S.150-175.

7.

Nazarova X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
tasavvuf talqining yorqinligi.

Research focus

,

3

(11), 46-50.

Bibliografik manbalar

Buriyeva, F. (2025, March). Yunus Emro she’riyati: adabiy an’ana va individual USLUB.

In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 15, pp. 37-39).

Muborak maktublar. Xorazmiy. Muhabbatnoma. –T.: Fan. 1989.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №7083 inventar raqamli

qo‘lyozma.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №928 inventar raqamli

qo‘lyozma.

“Tuhfat us-sulton” devoni. O‘zRFASHI qo‘lyozmalar xazinasi. №58- inventar raqamli

toshbosma.

Xudoyor, I. G‘aribahoyi oshno. –Tehron: Tamadduni milliy, 1384/2005. –S.150-175.

Nazarova X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda

tasavvuf talqining yorqinligi. Research focus, 3(11), 46-50.