414
NAZAR ESHONQULNING “GOʻR OʻGʻLI YOXUD
HAYOT SUVI” ROMANIDA GʻOYA VA MAʼNO SINTEZI
Shahanov Bobur Choriyevich,
OʻzDXA Urganch filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor
oʻrinbosari,Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Ilmiy rahbari: S.M.Sariyev filologiya fanlari doktori (DSc) dotsent
Annotatsiya.
Maqolada gʻoya va tasvir uygʻunligi Nazar Eshonqulning “Goʻr oʻgʻli yoxud
hayot suvi” romani timsolida umumlashtiriladi. Unda yozuvchi subyektiv munosabati va qahramon
pozitsiyasi munosabati, shakl va mazmun uygʻunligi, hayotiy material va badiiy toʻqima nisbati
xususida mushohada yuritiladi. Mohiyatan roman janrida gʻoyaviy mazmun tugal va toʻlaqonli,
yaxlit va loʻnda, ixcham hamda oʻngʻay ifoda yoʻnalishi sifatida namoyon boʻladi.
Tayanch soʻzlar:
roman, gʻoya, maʼno, hayotiy material, badiiy toʻqima, uslub, ifoda.
NAZAR ESHONQUL’UN “GÖR OĞLI VEYA HAYAT SUYU”
ROMANINDA FİKİR VE ANLAM SENTEZİ
Shahanov Bobur Choriyevich,
Urgenç devlet üniversitesi bağımsız araştırmacısı
bilimsel danışman: Sariyev S.M. Filoloji bilimleri doktoru (DSc), doçent
Özet.
Bu makalede, Nazar Eşonkulʼun “Gör oğli veya hayat suyu” romanı üzerinden fikir ve
betimlemenin uyumu ele alınmaktadır. Yazarın öznel tutumu ve karakterin durumu, biçim ve içerik
uyumu, yaşam malzemesi ile sanatsal dokuma arasındaki ilişki üzerinde durulmaktadır. Roman
türünde, düşünsel içerik tamamlanmış, bütünsel, özlü ve uygun bir şekilde ifade edilmektedir.
Anahtar kelimeler:
roman, düşünce, anlam, yaşam malzemesi, sanatsal dokuma, üslup,
ifade.
СИНТЕЗ ИДЕИ И СМЫСЛА В РОМАНЕ НАЗАРА ЭШОНКУЛА
«ГЎР ОГЛИ ЁХУД ХАЕТ СУВИ»
Шаханов Бобур Чориевич,
независимый исследователь Ургенчского государственного университета
научный руководитель: Сариев С.М. доктор филологических наук (DSc), доцент
Аннотация
. В статье анализируется гармония идеи и изображения в романе Назара
Эшонкулова «Гўр огли ёхуд хает суви». Рассматриваются субъективное отношение
писателя и позиция персонажа, согласованность формы и содержания, соотношение
жизненного материала и художественного текста. В процессе размышлений
демонстрируется, что в жанре романа идейное содержание проявляется как завершенное,
целостное, сжатое и удобное для восприятия. Статья направлена на анализ
художественного стиля автора и смысла в его произведении.
Ключевые слова
: роман, идея, смысл, жизненный материал, художественный текст,
стиль, выражение.
SYNTHESIS OF IDEA AND MEANING IN NAZAR ESHONQUL’S
NOVEL “GOR O‘GLI OR THE WATER OF LIFE”
Shakhanov Bobur Chorievich,
415
independent researcher of Urgench state university
scientific supervisor: Sariyev S.M. Doctor of philological sciences (DSc), associate professor
Annotation.
The article examines the harmony between idea and imagery in Nazar
Eshonqulʼs novel Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi (The Graveʼs Son or the Water of Life). It reflects on
the writerʼs subjective attitude and the protagonistʼs position, the alignment between form and
content, and the relationship between life material and artistic texture. Essentially, the novelʼs
genre is revealed as a way of presenting ideological content in a complete, coherent, concise, and
accessible manner.
Key words:
novel, idea, meaning, life material, artistic texture, style, expression.
Nazar Eshonqulning “Goʻr oʻgʻli yoxud hayot suvi” (2018) romani inson fojiasi
va jamiyat
tazyiqi asosiga qurilgan, asarda shaxsga sigʻinish davri illatlari, maʼmuriy buyruqbozlik,
haybarakallachilik va qogʻozbozlik avji ayovsiz fosh etiladi. Hammasi bosh qahramon N.ning
rahbar huzuriga kutilmaganda chaqirilishi bilan boshlanadi, yanglish tashrif ketidan xodim
iztiroblari quyuqlashadi. Ertasi kuni ishga chiqqan yigit hamkasblari unga gʻalati qarashayotganini
payqab qoladi, oʻzini oqlash uchun keltirgan vajlari inobatga olinmaydi. Gazetada eʼlon qilingan
xabarda N.ni poyezd bosib ketgani toʻgʻrisida maʼlumot berilgandi, odamga emas, qogʻozga
ishoniladigan muhitda qahramon sarson-sargardonligi kuchayadi. Har kuni idorama-idora yurishlar
uning sillasini quritadi, hatto kunduzdan qoʻrqish darajasiga ham yetadi. Muallif qabariq tasvir
asnosida jamiyatni toʻliq boshqarish darajasiga kelib qolgan muammolarga nisbatan kinoya usulini
qoʻllaydi, kelajagi istiqbolli xodimlar qatoridan oʻrin olgan qahramon jamiyat tutumiga isyon qiladi.
N. ning fojiali oʻlimi ilinj, istak, umid, ishonch tugashi jarayoniga payvandlanadi, mavjudligini
isbotlay olmagan obraz oldida boshqa chora qolmaydi. Qalb prizmasida bir-biriga ulanadigan
tafsilotlar bir payt oʻzida ham moddiy hayot, ham qahramon ruhiy kechinmasida aks etadi. Folklor
va adabiy talqin stilizatsiyasi mubolagʻa ustuvorligini piching tasvir vositasiga bogʻlaydi, tasvir va
tahlilni bir-biriga tenglashtiradi.
“Badiiy gʻoya sanʼatkorning borliqqa munosabati, tabiat sirlari, davr ijtimoiy hodisalarini
fahmlash, anglash va baholay olish iqtidori, goʻzallik, oliyjanoblik hamda baxt haqidagi ideallari
bilan bogʻliq ravishda tugʻiladi. Binobarin, ana shularga koʻra kashf etiladigan obraz muayyan
dunyoqarash bilan yoʻgʻrilgan aql mahsuli”[1,108 b.] ekan, emotsiya hosil qiladigan tasavvurni
tavsiflaydi, munosabat ottenkasi shaklidagi mazmun hissiy idrok xususiyatini belgilaydi. Hayotiy
fakt gʻoyaviy-estetik quvvat ruhiy kechinma ijtimoiy mohiyatini ochib beradi, muammo adabiy
talqinini shakllantirish muayyan ijodkor dunyoqarashidan kitobxon saviyasiga koʻchadi:
Endi tabiiyki, yordamchining oʻzi ajablandi. Bu idorada hali hech kim yordamchining
nomidan xodimni rahbar huzuriga chorlamagandi. Mabodo chorlabdimi, biron asos bor. Yordamchi
shoshib qoldi. Agar N.ni rahbar chaqirgan boʻlib, uning oʻzi kotibaga roʻyxatni chalkashtirib bergan
boʻlsa-chi? U shoshib ichkariga kirib ketdi. Yordamchining dovdiraganini koʻrgan va boya norozi
boʻlib gapirgan dahlizdagi hamkasbining birdan popugi pasaydi. N.ga u xuddi qatl oldidan shafqat
soʻrayotgan mahkumday tikilib turardi. Yuzida ayanch bir ifoda zuhr etgan edi. Dahlizda
mojaroning davomi qanday tugashini kutib turganlar bir unga, endi nima boʻladi, shafqat qiladimi,
yoʻqmi degan savol nazari bilan bir N.ga qarardi. Buni sezgan hamkasbi tinmay burnini torta
boshladi. Shu payt qoʻlida bir toʻda qogʻoz koʻtargan yordamchi oʻzi chiqib qoldi. U N. ni koʻrib, uf
tortdi-da, bosh chayqab qoʻydi [2,10 b.].
Haddan tashqari boʻrttirilgan tafsilotlar voqealar tezlashuvini taʼminlaydi, K. oʻrniga N.
yanglish tashrifi gʻaroyib kayfiyatni vujudga keltiradi, norozi boʻlib gapirgan hamkasb bir zum
dovdiraydi, oʻzi haqligi tasdiqlangach, yana avvalgi kayfiyatiga qaytadi. Uning “popugi pasayishi”,
“xuddi qatl oldidan shafqat soʻrayotgan mahbusday tikilib turishi” bir necha soniya davom etadi,
mojaro davomini kutayotgan tomoshabinlar loqayd, oʻzgaruvchan kimsalar tasvirini tavsiflaydi.
Muallif tafsilotlarni bayon etmaydi, balki ifodada chizadi. Poetik chizgilar qatimiga singgan tasvir
yoʻsinida tasavvur, tahlil, talqin estetik qiymatini belgilashga yoʻl ochadi.
416
Nemis faylasufi Gegel “Estetika” traktatida “sanʼat hokimiyati” iborasini qoʻllaydi, ijod
falsafasi, odatda, oʻz qonuniyatlari asnosida rivojlanadi. Badiiy voqelik hayotiy materialni saralash
barobarida unga yangi mazmun bagʻishlaydi, ijodkor fitratidan jamiyat tutumiga bir-bir oʻtib
turadigan adabiy talqinda badiiylik mezonlari ustuvorlashadi. Ayni holatda ruhiy tahlilni tartibga
solish qahramon zimmasiga yuklanadi, muayyan shartlarni bajarish obraz konsepsiyasini kun
tartibiga qoʻyadi. Boshqaruv tizimi ijod ruhiyati mustaqilligini taʼminlaydi, unda ifoda va tasvir
yaxlitligi yengil tahliliy sharhlar idrokiga ham xizmat qiladi.
Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor tomonidan koʻrilgan, ideal asosida
gʻoyaviy-hissiy baholangan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda ijodiy qayta ishlangan
aksidir. Yaʼni badiiy asarda voqelik quruqqina “aks ettiril”maydi, unga muallifning gʻoyaviy-hissiy
bahosi ham qoʻshiladi (hatto muallif oʻta “obyektiv” boʻlishga intilganida ham, uning nuqtai
nazaridan koʻrilgan va talqin etilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti akslanaveradi) [3,152 b.],
deb yozadi prof. D.Quronov. Havolada bir necha jihat eʼtiborni tortadi: birinchidan, hayotiy
material tanlovi asosida badiiy reallik shakllanadi, ikkinchidan, nozik kuzatish va jonli mushohada
nisbati iyerarxik intizomga boʻysunadi, uchinchidan, ijodkor fitrati negizida tasvir subyektiv
xarakter kasb etadi, toʻrtinchidan, gʻoya ijtimoiy voqelik hamda estetik qiymatni birlashtiradi,
beshinchidan, har bir tafsilot obyektiv xolislik tamoyillarini tavsiflaydi. Shunday ekan, tartibga
solingan, qayta ishlangan, boyitilgan modeli uchinchi borliq sifatida (real mohiyat va estetik baho)
murakkab kompleksni tashkil etadi, unda tasavvur va tasvir, tafsilot va ifoda, tahlil va talqin
stilistikasi holatdan harakatga, faoliyatdan estetik baholash mezonlariga oʻtib turadi:
Bu gaplar yigʻilganlarga xuddi tinch shaharda toʻsatdan koʻtarilgan toʻzondek taʼsir qildi.
Sirasini aytganda, N.ning har bir soʻzida norozilik yaqqol sezilib turardi. Hamma eʼtiroz bildirishni
ham, bildirmaslikni ham bilmay dovdiragancha yordamchiga qarab turishardi. Yordamchi ham
nima deyishni bilmay qizarib ketdi. Uning holati ishtonini hoʻl qilib qoʻyib, onasiga bildirmay
oʻtirgan bolaga oʻxshardi. Kimsan, rahbar qabulxonasida bu xil noroziliklarga yoʻl qoʻyib
boʻlmasdi. U birdan oʻzini tutib oldi. Tomoq qirib qoʻydi. Naq janjalga aylanayotgan mojaroga
chek qoʻyish vazifasi ekani esiga tushdi. Bunaqa hodisaga ilk marotaba duch kelayotganiga
qaramay, janjalni tinchlantirish zimmasida ekanligini darhol angladi [2,12 b.].
Muammoni hosil qilgan omillar va uni hal qilish jarayoni bir-biriga nisbatan oʻzgachalik kasb etadi,
har bir qahramon shuurida yashirin isyon tuygʻusi tafsilot asnosida yuzaga chiqadi. Shartli ismga
ega boʻlgan N. bu vazifani zimmasiga oladi, keskin talabdan hatto rahbar yordamchisi ham
dovdirab qoladi. Masʼuliyat hissi oqibatida muovin tezda oʻzini qoʻlga oladi, ovoz bir parda
koʻtarilishi va optimal yechim yigʻilganlarga kuchli taʼsir oʻtkazadi. Juma kuni sodir boʻlgan
hodisadan keyin qahramon hayoti boshqa oʻzanga buriladi, uning fojiali
oʻlimi toʻgʻrisidagi eʼlon
barchani hayratga soladi. “Bir parcha qogʻoz” N. kelajagini soʻroq ostida qoldiradi, u oʻz
mavjudligini dalolatlash uchun idorama-idora sarson kezadi. Quloqlar kar, koʻzlar koʻr sharoitda
qahramonga hech kim ishonmaydi, inson zoti soʻzga emas, hujjatga ishonadigan muhitda eng
toʻgʻri yoʻl tarzida oʻlim tanlanadi!
Olim oʻz fikri va tushunchalarining haqiqat ekanligini olib borgan tadqiqotlaridan, kuzatish
va muqoyasalaridan namunalar keltirib tahlil qilish hamda ulardan qator mantiqiy xulosalar
chiqarish orqali isbotlayveradi. Yozuvchida esa bunday huquq yoʻq. Chunki u sanʼatkordir. U bizga
oʻz fikr va tuygʻularining qanchalik muhim haqiqat ekanligini hayotning oʻzi orqali (faktlarni
chuqur oʻrgangani hamda analiz-sintez protsesslarini qayd etmay turib) bevosita sezdira olishi yoki
koʻrsatishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, abstraktlashib mukammallashgan mazmundan yana
konkret – hissiy mazmun yaratmogʻi, umumiylikni muayyan (yakka) fakt sifatlariga aylantirib,
xususiylik bilan gʻoyaviy-estetik birlikda yorita olmogʻi lozim [1,110 b.]. Poetik gʻoya mazmun
bilan uygʻunlashuvi ifoda originalini yuzaga chiqaradi, matnda yozuvchi pozitsiyasi hamda
qahramon konsepsiyasi bir-birini toʻldiradi. Ratsional bilish jarayoni aslida hissiy idrok tajribasi
negiziga quriladi, faktni ijodiy qayta ishlash asnosida muallif uni oʻz maqsadiga muvofiq
oʻzgartiradi. Qahramon nisbiy maʼnaviy daxlsizligi dalil erkin harakatlanishiga zamin hozirlaydi,
har bir qismga muayyan vazifa yuklanishi, butunda aʼzolar markazlashuvi mohiyatni aniqlashtiradi:
417
Keyingi kun dam olish kuni edi. N. ertalab oʻnlarda koʻchaga chiqdi, odatdagidek bekatdagi
doʻkondan gazeta sotib oldi, uni buklab choʻntagiga solgach, avtobusga oʻtirib, quyi kasabada
yashaydigan tanish ayolnikiga joʻnadi. Bugun u ayolnikiga qatʼiy qaror bilan borayotgandi. Ayolni
u bilan bogʻlab turadigan birdan bir narsa bu – oʻttizga ham kirmagan juvonning oʻziga qaraganda
baxtsiz ekanini anglagani edi, aynan shu shafqatga oʻxshagan his esa, aslida ayolga nisbatan
oʻzining hayotda omadliroq ekanini bildirish istagi uni oʻsha tongda ayol tomon yetakladi.
Avtobusda gazeta oʻqiydigan odati yoʻq edi. U gazetaga muk tushgan yoʻlovchilarga birrov koʻz
tashladi-yu, oʻz adoqsiz xayollari ogʻushiga choʻmdi. Ertaga uni sanoqsiz ishlar kutib yotardi.
Buyogʻi yil oxiri yaqinlashyapti, yillik hisobot yozishdan boʻshamasa kerak [2,13 b.].
Tasvirda gazeta tushunchasiga bejiz mantiqiy urgʻu berilayotgani yoʻq, albatta! Negaki,
aynan shu ashyo uning hayotini tubdan oʻzgartirib yuboradi, eʼlonlar ruknida yoritilgan xabarda N.
poyezd tagida qolib oʻlgani xususida maʼlumot berilgandi. Yengiltak juvon bilan uchrashuvdan
koʻzlagan maqsadi jiddiy: “oʻziga qaraganda baxtsiz” ayolga uylanishga ahd qilgandi! Biroq
voqelik u kutgandek rivojlanmaydi, hayratda qolgan beva uni kalaka qiladi, tahqirlaydi. Oʻz oilaviy
kemtikligini toʻldirishni oʻylagan yigit hafsalasi pir boʻladi, tasavvuriga ham sigʻmagan hodisalar
qahramonni karaxt ahvolga solib qoʻyadi. Ketma-ket boshiga yogʻilgan balolar N.ni oʻylash,
mulohaza qilishga undaydi, yillar davomida hukmron mafkuraga sadoqat bilan xizmat qilgan,
manqurt kabi yashagan individ koʻnglida xarakter hamda shaxs belgilari shakllanadi. Endi hayotga
real qarash joizligini anglagan qahramon, eng avvalo, inson shaʼni, qadr-qimmati xususida xulosa
chiqaradi. Ayon boʻladiki, adib obrazning fojiasini jamiyat talablaridan keltirib chiqaradi, ijtimoiy
muhit odamzodni bir vint deb bilishi, uning ehtiyoj-manfaatlari bilan qiziqmasligi, real turmushda
qogʻozbozlik, byurokratiya avj olgani, oʻzi boʻlarchilik va shaxsga sigʻinish oqibatlari inson
omiliga munosabatni ikkinchi planga tushirib qoʻyganini his qiladi. Asta-sekinlik bilan
quyuqlashayotgan qora boʻyoqdorlik qahramonda umidsizlik-tushkunlik kayfiyatini teranlashtiradi.
Romanda tez paydo boʻlib, yoʻqolib qoladigan kasb egalari (professor, tergovchi, arxiv mudirasi,
kimyogar, jinnilar) qahramon xarakterini bogʻlovchi asosiy omillar sifatida namoyon boʻladi.
Umuman, Nazar Eshonqulning “Goʻroʻgʻli yoxud hayot suvi” romanida gʻoya tasvir
yigʻiqligini taʼminlaydigan muhim omil, unda muammo va uning poetik talqini, hayotiy material va
badiiy toʻqima uygʻunligi aks etadi. Syujet tartibini hosil qiladigan tushunchada maʼno maxraji
shakl tafovutini boshqaradi, ifoda va tasvir yaxlitligi esa masala mohiyatini oydinlashtiradi.
Gʻoyaviy markaz aslida qahramon faoliyati bilan bogʻliq, bogʻlovchi vosita holat va harakat, tafsilot
va manzara, ruhiyat va tahlilni muayyan nuqtaga uyushtiradi. Shaxs va jamiyat ziddiyatini
moddiylashtirishga xizmat qiladigan istiloh vazifa, maqsad hamda uslubni markazlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Adabiyot nazariyasi. 1-jildi. – Toshkent: “Fan” nashriyoti 1978. 416 b.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2022.
416 b.
3.
Nazar Eshonqul. Saylanma. 2-jild, — Toshkent: Akademnashr, 2022. 576 b.
4.
Ozod Sharafiddinov. Jahon adiblari adabiyot haqida. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2010, 392 b.
5.
Quronov Dilmurod. Adabiyot nazariyasi asoslari Toshkent: Akademnashr, 2018, 480 b
6.
Buriyeva, F. (2024). Faxriyor ijodiy olami: individual uslub va poetik mahoratning shakllanish
tadriji.
news of the nuuz
,
1
(1.6. 1), 303-305.
7.