Mualliflar

  • Ergasheva Dilshoda Abdusalomovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112562

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: maktub janri va uning genezisi xalq og‘zaki ijodida maktub janri xususiyatlari “Alpomish” “Gilgamish” “Avesto” “O‘rxun-Enasoy” obidalari “Devoni lug‘otit turk” “Qutadg‘u bilig” “Xamsa” “Boburnoma”.

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada o‘zbek adabiyoti tarixida maktub janri evolyutsiyasi, xalq og‘zaki 
ijodidagi  yozishmalarning  ahamiyati,  maktub  janrining  adbiyotimizda  tutgan  o‘rni,  maktub  janri 
nafaqat  adabiy-estetik    janr,  balki  ma’lum  ijtimoiy  davrning  tarixiy-daliliy  hujjati  ham  ekanligi 
maqolada yoritilgan. 


background image

400

O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA MAKTUB JANRINING

TARIXIY ILDIZLARI VA UNING TAKOMILI

Ergasheva Dilshoda Abdusalomovna,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti

dilshodamuslimabonu@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek adabiyoti tarixida maktub janri evolyutsiyasi, xalq og‘zaki

ijodidagi yozishmalarning ahamiyati, maktub janrining adbiyotimizda tutgan o‘rni, maktub janri
nafaqat adabiy-estetik janr, balki ma’lum ijtimoiy davrning tarixiy-daliliy hujjati ham ekanligi
maqolada yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

maktub janri va uning genezisi, xalq og‘zaki ijodida maktub janri

xususiyatlari, “Alpomish”, “Gilgamish”, “Avesto”, “O‘rxun-Enasoy” obidalari, “Devoni lug‘otit
turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Xamsa”, “Boburnoma”.

ÖZBEK EDEBİYATI TARİHİNDE HARF TÜRÜNÜN TARİHSEL

KÖKLERİ VE EVRİMİ

Ergaşeva Dilshoda Abdusalomovna,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü

özbek dili ve edebiyatı bölümü doktora öğrencisi

Özet.

Makale, Özbek edebiyatı tarihinde harf türünün evrimini, halk sözlü yaratıcılığında

yazışmanın önemini, harf türünün ortakyaşamımızdaki rolünü, harf türünün sadece edebi-estetik bir
tür değil, aynı zamanda belirli bir türün tarihsel-kanıtlayıcı bir belgesi olduğu gerçeğini
kapsamaktadır. sosyal çağ.

Anahtar kelimeler.

Mektubun türü ve oluşumu, halk sözlü yaratıcılığında mektubun türünün

özellikleri, “Alpomiş”, “Gılgamış”, “Avesto”, “Orhun-Enasoy” anıtları, “Devoni sözlük türkçesi”,
“Kutadgü bilig”, “Hamsa”, “Babürname”.

HISTORICAL ROOTS OF THE LETTER GENRE IN THE HISTORY

OF UZBEK LITERATURE AND ITS EVOLUTION

Ergasheva Dilshoda Abdusalomovna,

doctoral student of the Department of Uzbek language and literature

Uzbek-Finnish pedagogical institute

Annotation.

The article covers the evolution of the letter genre in the history of Uzbek

literature, the importance of correspondence in folk oral creativity, the role of the letter genre in
our symbiote, the fact that the letter genre is not only a literary-aesthetic genre, but also a
historical-evidential document of a certain social era.

Keywords.

The genre of the letter and its genesis, features of the genre of the letter in folk

oral creativity, “Alpamis”, “Gilgamish”, “Avesto”, “Orxhun” monuments, “Divan-i lughat-it-
Turk”, “Kutadgu Bilig”, “Khamsa”, “Baburnama”.

ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ ЖАНРА ПИСЬМА И ЕГО

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ В ИСТОРИИ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Эргашева Дилшода Абдусаломовна,

докторант кафедры узбекского языка и литературы


background image

401

Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В статье освещается эволюция жанра письма в истории узбекской

литературы, значение переписки в устном народном творчестве, роль жанра письма в
нашей литературе, то, что жанр письма является не только литературно-эстетическим
жанром, но и историко-доказательным документом определенного социального периода.

Ключевые слова:

жанр письма и его генезис, особенности жанра письма в устном

народном творчестве, памятники “Алпомиш”, “Гильгамеш”, “Авеста”, “Орхун-Енисей”,
“Диван лугат ат-турк”, “Кутадгу билиг”, “Xамса”, “Бабурнаме”.


“Maktub” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib izohli va etimologik lug‘atlarda “yozmoq, bitmoq”

ma’nolarini ifodalaydi. Ushbu janr adabiy-tarixiy manba bo‘lib, xalq etimologiyasi,
dialektologiyasi, frazeologiyasi, stilistikasi, adresantning ichki olami bilan birga u yashagan davr,
muhitdan xabar beruvchi daliliy hujjatdir. Bu janr, dastlab, og‘zaki ko‘rinishda vujudga kelgan
bo‘lsa, keyinchalik yozma adabiyotning evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq ravishda taraqqiy
etib bordi.

Maktub janrining taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlasak, jamiyat shakllanishi natijasida

insonlar o‘rtasida muloqotning dastlabki shakllari – ishora (gesture), mimika, tovushlar (nutq
paydo bo‘lmasidan avval qichqiriq, g‘o‘ldirash kabi), piktogramma va rasmlar orqali fikr
almashinuviga ehtiyoj sezilgan. Bular esa dastlabki xabarnoma tarzida shakllana bordi.
Keyinchalik nutq paydo bo‘la boshlagach, og‘zaki xabarlarni, ma’lumotlarni yozuvda ifodalash
talabi ortib bordi.
Ilk yozuvlar – mixxat, Misr, Xitoy iyerogliflari, Ind (Harappa) harflari orqali papiruslarda, gil
lavhalarida insonlar dastlabki yozma yodgorliklarni tarixga muhrladi. Mixxat yozuvida bitilgan
“Gilgamish” dostonida maktub janrining dastlabki unsurlari ko‘zga tashlanadi. Masalan, Gilgamish
va Inkidu o‘rtasidagi hissiyotga boy muloqotlar maktub janridagi ruhiy kechinmalarni ifoda etadi.
Asarda maktub janriga oid parchalar mavjud bo‘lmasa-da, ushbu janrga xos samimiyat, tuyg‘u,
murojaat, nasihat kabi elementlar bor.

“Alpomish” dostonining Umir safar o‘g‘li tomonidan aytilgan va Oxunjon Sobirov

tomonidan yozib olingan variantida Barchinoyga qalmoqlardan sovchi kelgan mahal boshi qotgan
Boysari og‘asi Boybo‘riga Elomon orqali maktub yo‘llaydi [1, 57 b]. Bu dostonda Elomon tilidan
“salom qog‘ozi” deya keltirilgan. Fozil Yo‘ldosh baxshi variantida esa maktub o‘rnida “arza”
atamasi qo‘llanilgan [2, 103 b ]. Asardagi maktub janriga oid bu misra qofiyalari ochiq, ruklar
turli xil. Og‘zaki nutqqa xos “hayallamang”, “o‘yilsin ko‘zim” kabi nutqiy birliklar, “erka qizim”,
“yuzi qora” sifatlashlari (epitit) maktub mazmun-mohiyatini kuchaytirgan. Boysari tili bilan
aytilganda ushbu doston syujetida “qog‘oz”, ya’ni xatning ahamiyati kattadir. Chunki dostonda
Barchinoy tomonidan yozilgan maktub (Fozil Yo‘ldosh variantida maktub Barchinoy tomonidan
Alpomishga yozilgan) Alpomishning “yor uchunmas or uchun” qalmoqlar yurtiga kelishiga,
Alpomish tomonidan oilasiga yozilgan maktub esa Alpomishni yeti yillik zindondan qutqarilishiga
sabab detali vazifasini bajarmoqda. Demak, maktub janrini asar sujetining termodinamikasi,
personajni harakatga keltiruvchi, sirlardan voqif qiluvchi, haqiqatni oshkor etuvchi katalizator desak
bo‘ladi. Dostonda maktub aynan shunday vazifani bajargan. Maktub detali asar sujetini
boshqarishga xizmat qilgan.

O‘rta Osiyo va Eron xalqlarining boy madaniy yodgorligi “Avesto”da ham maktub janriga

yaqin jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. “Avesto”dagi murojaat shakli (Zardushtning Ahura Mazda
bilan suhbati), diologik uslub (“Yasna”, “Visparad”, “Gotlar” qismlarida Zardusht bilan ilohiy
zotlar o‘rtasidagi savol-javoblar) ham maktub janrining elementlaridandir. Qadimgi sof turkiy
manbalaridan biri O‘rxun-Enasoy obidalarida toshlarga o‘yib yozib qoldirilgan matnlarda maktub
janriga oid xususiyatlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, murojaat, kechinma, o‘z fikrini ifodalash,
nasihat va ogohlantirish yodgorlik matnlarida yetakchilik qiladi. Bu obidalardagi tarixiy faktlarni
tom ma’noda o‘tmishdan kelajakka yozilgan maktub deyish mumkin. Chunki, manbadagi


background image

402

ma’lumotlar tarixga tegishli bo‘lsa-da, chaqiriq, yakdillikka chorlash, vatanparvarlik barcha davr
uchun birdek xos. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida maktub janri bilan
bog‘liq ko‘plab istilohlar uchraydi. Jumladan, “yazmaq” – yozmoq, “bitig” – yozuv, xat, “yarluq” –
hukmdorning yozma farmoni, ya’ni rasmiy maktub, “elchi” – xabar yoki maktubni yetkazuvchi
shaxs, “habarchi” – xabar yetkazuvchi, ko‘pincha maktub yetkazuvchi shaxsni bildiradi. Bu
so‘zlarning izohlari orqali o‘sha davrda maktub yozish an’anasining ancha rivoj topganligini
ko‘rishimiz mumkin. Asarda “irqish” so‘zi aynan “maktub” ma’nosida qo‘llanadi [3, 67 b]. Muallif
“qoshug‘” so‘ziga ta’rif berar ekan, lirik qahramon Turkon xotinga maktub yo‘llab, “xodimi
xizmatga tayyor” ekanini bildiradi [4, 71 b]. Asarda shunday keltiriladi: “Bir kishi Tangri tog‘i
etagida yurib, Tangut yurtidan bir maktub topib oldi. U maktubda shunday deb yozilgan: “Turkon
xotunga keldi bu bitig”. Bundan ma’lumki turkiy xalqlarda yozishma madaniyati ancha rivojlangan
bo‘lib, keyinchalik bu yozma adabiyotda maktub janrining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. O‘zbek
adabiyotida yana bir bebaho bo‘lgan qomus “Qutadg‘u bilig” asarida “O‘zg‘urmishga xat” nomli
qismi bo‘lib, unda Kutug‘di zohidona hayot kechiruvchi O‘zg‘urmishga o‘n olti misralik maktub
yozadi va hatto hukmdorlik muhrini ham bosadi. Kelgusi maqolalarimizda bu haqda batafsilroq
ma’lumot beramiz. O‘zbek mumtoz adabiyotining gultoji bo‘lmish Navoiy “Xamsa”sida ham
muhabbat maktublari, nasihatomuz maktublar, siyosiy maktublar hamda ma’rifiy-murojaat
shaklidagi maktublarni ko‘ramiz. “Munshaot” asari esa o‘zbek adabiyotida maktub janrining eng
muhim yodgorliklaridan biri. Asarda maktublar uch toifaga ajratilgan bo ‘lib, birinchi toifadagi
maktublar sirasiga Navoiyning Husayn Boyqaroga yo‘llagan yoziqlaridan iboratdir. Maktub janri
taraqqiyotiga Zahiriddin Muhammad Bobur ham betakror memuar asari “Boburnoma”si orqali
o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Asarda siyosiy va diplomatic ruhdagi, shaxsiy mazmundagi va
iltimos, maslahat ma’nosidagi maktublar mavjud. Bobur ba’zi o‘rinlarda maktublarini she’riy
parcha bilan yakunlab, maktub janrining klassik namunalariga estetik bo‘yoq bergan

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda maktub janri zamonaviy adabiyotda epistolyar janri

sifatida tanildi. Epistolyar aloqa mohiyatan maktub janridagi ikki tomon o‘rtasidagi fikr
almashinuv ko‘prigidir. Mumtoz adabiyotda “maktub”, zamonaviy adabiyotda “epistolyar” sifatida
mavjud va rivoj topib borayotga bu janr o‘zbek adabiyotida qator tadqiqotlar ob’yekti bo‘la oladi.
Maktub janri qadimda har bir xalqning evolyutsiyasi, estetik dunyoqarashi, ijtimoiy aloqalari,
asardagi personajlarning ruhiyati, tasavvur olamini, umuman, insoniyatning badiiy adabiyotdagi
aksini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos oynadir. Shuning uchun ham maktub janri zamonlar osha o‘z
ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Aksincha, badiiy adabiyotdagi o‘rnidan tashqari ijtimoiy hayotda
ham turli zamonaviy ko‘rinishlarda ommalashmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Alpomish o‘zbek xalq dostoni

. Fan, Toshkent-2018, 307-308 betlar.

2.

Алпомиш

. - Тошкент. Маънавият. 1987. 57-бет.

3.

Yusuf Xos Hojib.

Qutadg‘u bilig.

-T.: Cho‘lpon nashriyoti, 2007.

4.

Болтабоев Х, Махмудов М.

Адабий-эстетик тафаккур тарихи.

I жилд. - Т.: Мумтоз су з.

2013.

5.

Natan Mallayev.

O‘zbek adabiyoti tarixi.

T.: Fan, 1976.

6.

Abdurayimova Irodaxon.

Maktublarning tarixi haqida maqola

.

http://www.newjournal.org/

2023-uil, iyul. 171-175 b.

7.

https://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/download/15876/11454/11229

8.

www.ziyouz.com

kutubxonasi.

Bibliografik manbalar

Alpomish o‘zbek xalq dostoni. Fan, Toshkent-2018, 307-308 betlar.

Алпомиш. - Тошкент. Маънавият. 1987. 57-бет.

Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. -T.: Cho‘lpon nashriyoti, 2007.

Болтабоев Х, Махмудов М. Адабий-эстетик тафаккур тарихи. I жилд. - Т.: Мумтоз су з.

Natan Mallayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: Fan, 1976.

Abdurayimova Irodaxon. Maktublarning tarixi haqida maqola. http://www.newjournal.org/

-uil, iyul. 171-175 b.

www.ziyouz.com kutubxonasi.