Mualliflar

  • Tohirova Fariza Rustamjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112566

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: xamsachilik anʼana ishqiy doston Sharq adabiyoti Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy adabiy-estetik tahlil.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  tezisda  Xamsachilik  anʼanasi  Sharq  adabiyotining  muhim 
yoʻnalishlaridan  biri  boʻlib,  u  turli  davrlarda  ijod  qilgan  shoirlarning  beshlik  asar  yaratish 
anʼanasini ifodalashi koʻrib oʻtiladi. Ushbu anʼana, ayniqsa, ishqiy dostonlar bilan chambarchas 
bogʻliq boʻlib, ular orqali muhabbat, axloqiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar va hayotiy haqiqatlar 
aks ettiriladi. Xamsachilikning bir necha vakillari Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa 
koʻplab  shoirlarning  ijodida  ishqiy  dostonlar  markaziy  oʻrin  tutgan  boʻlib,  bu  asarlar  adabiy-
estetik  jihatdan  yuksak  darajada  namoyon  boʻlgan.  Ushbu  maqolada  xamsachilik  anʼanasining 
shakllanishi, rivojlanishi va undagi ishqiy dostonlarning oʻrni tahlil qilinadi. 


background image

382

XAMSACHILIK ANʼANASI VA ISHQIY DOSTONLARNING UNDAGI OʻRNI

(Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda Abdurahmon

Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonlari misolida)

Tohirova Fariza Rustamjon qizi,

Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

toxirovafariza@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu tezisda Xamsachilik anʼanasi Sharq adabiyotining muhim

yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u turli davrlarda ijod qilgan shoirlarning beshlik asar yaratish
anʼanasini ifodalashi koʻrib oʻtiladi. Ushbu anʼana, ayniqsa, ishqiy dostonlar bilan chambarchas
bogʻliq boʻlib, ular orqali muhabbat, axloqiy qadriyatlar, insoniy fazilatlar va hayotiy haqiqatlar
aks ettiriladi. Xamsachilikning bir necha vakillari Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa
koʻplab shoirlarning ijodida ishqiy dostonlar markaziy oʻrin tutgan boʻlib, bu asarlar adabiy-
estetik jihatdan yuksak darajada namoyon boʻlgan. Ushbu maqolada xamsachilik anʼanasining
shakllanishi, rivojlanishi va undagi ishqiy dostonlarning oʻrni tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar:

xamsachilik, anʼana, ishqiy doston, Sharq adabiyoti, Abdurahmon Jomiy,

Alisher Navoiy, adabiy-estetik tahlil.

HAMSE GELENEĞİ VE AŞK DESTANLARININ BUNDAKİ YERİ

(Ali Şir Nevai’nin “Ferhat ve Şirin” ile Abdurrahman Cami’nin

“Yusuf ve Züleyha” destanları örneğinde)

Tohirova Fariza Rustamjon qizi

Semerkand devlet üniversitesi temel doktora öğrencisi


Özet.

Bu tezde, Hamsacılık geleneğinin Doğu edebiyatının önemli yönlerinden biri olduğu

ve farklı dönemlerde yaratılan şairlerin beşlik eser yaratma geleneğini temsil ettiği ele
alınmaktadır. Bu gelenek, özellikle aşk destanlarıyla yakından ilişkilidir ve bunlar aracılığıyla aşk,
ahlaki değerler, insani nitelikler ve yaşam gerçekleri yansıtılır. Beşlik sanatının birkaç temsilcisi
olan Abdurahman Jami, Ali Şir Nevai ve diğer birçok şairin eserlerinde aşk destanları merkezi bir
yer tutar ve bu eserler edebi ve estetik açıdan yüksek bir düzeyde ifade edilir. Bu makalede,
hamsacılık geleneğinin oluşumu, gelişimi ve aşk destanlarının rolü analiz edilecektir.

Anahtar kelimeler

: hamsacılık, gelenek, aşk destanı, Doğu edebiyatı, Abdurahman Cami,

Alişir Nevai, edebi-estetik analiz.

ТРАДИЦИЯ ХАМСА И РОЛЬ ЛЮБОВНЫХ ДАСТАНОВ В НЕЙ

(На примере поэм Алишера Навои «Фархад и Ширин» и

Абдурахмана Джами «Юсуф и Зулейха»)

Тохирова Фариза Рустамжон кизи,

Самаркандский государственный университет, докторант

Аннотация

. В данном тезисе рассматривается традиция хамса как одно из важных

направлений восточной литературы, выражающее традицию создания пятерицы
произведений поэтами разных эпох. Эта традиция особенно тесно связана с любовными
поэмами, через которые отражаются любовь, нравственные ценности, человеческие
качества и жизненные истины. В творчестве нескольких представителей хамса, таких как
Абдурахман Джами, Алишер Навои и многих других поэтов, любовные поэмы занимают
центральное место, и эти произведения достигают высокого литературно-эстетического


background image

383

уровня. В данной статье анализируется формирование и развитие традиции хамса, а
также роль любовных поэм в ней.

Ключевые слова.

Хамса, традиция, любовная поэма, восточная литература,

Абдурахман Джами, Алишер Навои, литературно-эстетический анализ.

THE TRADITION OF KHAMSA AND THE ROLE OF ROMANTIC EPICS WITHIN IT

(Illustrated by Alisher Navoi’s “Farhod and Shirin” and

Abdurahman Jami’s “Yusuf and Zulaikha” epics)

Tohirova Fariza Rustamjon qizi,

doctoral student at Samarkand state university

Abstract

. This thesis examines the Khamsa tradition as one of the significant trends in

Eastern literature, which represents the practice of creating quintets by poets from various periods.
This tradition is particularly closely associated with romantic epics, through which love, moral
values, human virtues, and life truths are reflected. Romantic epics occupied a central place in the
works of several representatives of the Khamsa tradition, including Abdurahman Jami, Alisher
Navoi, and many other poets, with these works demonstrating high literary and aesthetic quality.
This article analyzes the formation and development of the Khamsa tradition and the role of
romantic epics within it.

Keywords

: Khamsa tradition, romantic epic, Eastern literature, Abdurahman Jami, Alisher

Navoi, literary-aesthetic analysis.

Xamsachilik Sharq adabiyotida oʻziga xos adabiy hodisa boʻlib, u epik anʼanalarning chuqur

ildizlariga ega. Oʻzida Sharqning mumtoz hikmatsevarligi, ishqning ilohiy yolqini-yu betakror
hayotiy-falsafiy qarashlarning badiiy in’ikosini mujassamlashtirgan ushbu jamlanma turkum doimo
e’tibor va e’tirofda. Garchi ilk “Xamsa” Nizomiy Ganjaviy tomonidan aniq bir niyat va reja asosida
yozilmagan boʻlsa-da oxir-oqibat bu jamlanma zamonlar silsilasining eng mashhur va mazmundor
topilmasiga aylandi. Aynan Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sidan soʻng anʼana tusiga kirgan
xamsanavislik oʻz taraqqiyot yoʻli davomida yuzlab havaskorlarni koʻrgan boʻlib, ularning
ayrimlari bu vazifani mukammal uddalay oldilar. Bu borada Nizomiy Ganjaviyning beshlik asarlari
keyingi shoirlar uchun namuna boʻlib xizmat qilgan. Xamsachilik anʼanasining rivojlanishi
jarayonida har bir shoir oʻziga xos uslub va badiiy yondashuvni olib kirdi. Ammo xamsalardagi
didaktika va axloqiy-falsafiy mazmun masalasi ustuvor boʻlib qolaverdi, xamsachilikdagi har
qanday doston bu qatʼiy tamoyil asosiga quriladi. Xamsanavislikda bu borada ishqiy dostonlar
muhim oʻrin egallashini ularning hajman kattaligi va mazmunan kengligi orqali ham koʻrish
mumkin.

Umuman olganda, ushbu turkum dostonlarining barchasi bir-biridan mazmun koʻlami va

uslubi bilan ajralib turadi, biroq aynan ishqiy mavzudagi dostonlar syujet jihatdan bir-biriga juda
oʻxshash. Birgina Xusrav va Shirin mojarolariga bagʻishlangan dostonlarning soni Nizomiy
Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydan boshlab 100 dan oshadi, barchasiga asos esa Nizomiy
Ganjaviyning “Xusrav va Shirin” dostonidir. Garchi ularda syujet oʻxshash boʻlsa-da har bir ijodkor
unda oʻz soʻzini aytishga intilgan. Bu borada esa Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni
haqiqiy yangilik edi. Ushbu doston xamsachilik tarkibida muhim oʻrin tutib, unda nafaqat muhabbat
mavzusi yoritiladi, balki insoniy qadriyatlar, axloqiy ideallar va falsafiy mushohadalarni ham aks
ettiradi. Ushbu dostonda sevgi ramziy maʼnoga ega boʻlib, u ilohiy ishq va maʼrifiy haqiqat bilan
uygʻunlashtiriladi. Farhod va Shirin oʻrtasidagi muhabbat oddiy dunyoviy sevgi emas, balki ilohiy
haqiqat sari yoʻl sifatida aks ettiriladi. Farhodning Shirin uchun tosh kesib, suv chiqarishi ramziy
maʼnoga ega boʻlib, u muhabbat yoʻlida insonning jismoniy va maʼnaviy sinovlardan oʻtishini
anglatadi.

Farhod gʻam tortar, magar oshiq ani,


background image

384

Kim najot istar anga dard ichra oni.[3, 86 b]

Bu misralar orqali Navoiy muhabbatni insonni poklaydigan va uni yuqori martabaga

koʻtaradigan kuch sifatida tasvirlaydi. Farhod muhabbat tufayli nafaqat fidoyi boʻladi, balki
maʼnaviy yetuklik sari yoʻl oladi. Farhod obrazi faqatgina oshiq qahramon sifatida emas, balki
ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshiruvchi, insoniyatga manfaat yetkazuvchi shaxs sifatida ham
gavdalanadi. Uning togʻni teshib suv chiqarishi – muhabbatning jamiyat uchun ham foydali boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi. Bu yerda sevgi va fidokorlik shunchaki shaxsiy his-tuygʻu emas, balki
umumbashariy qadriyat sifatida talqin etiladi.

Farhod erdi, senga shodlik tuhfa,
Biroq dunyo ichra boʻlmadi vafo.[3, 91 b]

Bu satrlarda Navoiyning dunyo va muhabbat haqidagi falsafiy qarashlari koʻrinadi.

Muhabbat fidokorlik va shijoat orqali insonni yuksaklikka olib chiqadi, biroq dunyoning bevafo
ekani ham unutilmaydi. Dostonning badiiy jihatlari ham nihoyatda goʻzal. Navoiy tashbeh va
tamsillardan mohirona foydalanadi. Shirin goʻzallik timsoli boʻlsa, Farhod kuch-qudrat va matonat
timsolidir. Lekin muhabbat faqat tashqi husn yoki jismoniy kuch emas, balki ruhiy kamolot bilan
ham bogʻliq ekanini shoir koʻrsatib oʻtadi. Ishq bahor kabi koʻngillarni ravshanlashtiradi, lekin har
qanday bahorning oʻz qish fasli borligi kabi, har bir muhabbat ham sinovlarga duch keladi. Bu esa
inson hayotidagi real voqelikni aks ettiradi. Navoiy Farhodni ilohiy ishqqa intiluvchi oshiq(solik)
Shirinni esa ilohiy ishq mazhari sifatida gavdalantiradi va bu ishqni doston nihoyasiga qadar
ezgulik yoʻlida tarbiyalab boradi: “Majoziy ishq jarayonida oshiq obdan sinovdan oʻtadi, uning tani
bir quruq xasday boʻlib qoladi va haqiqiy ishq “barqi choqilgʻoch”, zumda yonib kulga aylanadi,
yaʼni oshiq ruhi qutulib, abadiyat – vahdoniyatga erishadi. Farhod ana shu jarayonni bosib oʻtishi,
ishqi majoziy oʻtida oʻrtanmogʻi darkor, deb xabar beradi Suqrot. Ammo ishqi majoziy “mazhar”siz
sodir boʻlmaydi” [4, 105 b.]. Oshiq mazharni koʻrgach oʻzligini unutadi, ishq oʻtidagi
yonish-kuyishlar, mazhar firogʻi uning qalbini poklaydi: “Farhodning majoziy ishqi uchun
“mazhar” Shirindir. Mazhar Vujudi Mutlaqning sifatlari va beintiho Husnning qudratini namoyish
etadi, u mirʼot yoki oraz, ilohiy fayz ayonlashgan obyekt. Husn va Ishq tortilishi (Navoiy buni
“kashish” deydi), oʻzaro mojarolari ushbu dostonda Farhod va Shirin timsolida davom etgan [7, 95
b.]. Navoiy dostonda Farhod misolida har kim intilishi lozim boʻlgan ilohiy muhabbatni, axloqiy
yetuklikni va jamiyatdagi maʼnaviy tamoyillarni yoritib beradi. Navoiy ijodida ishqiy dostonlar
nafaqat romantik tuygʻularni, balki maʼnaviy kamolot sari intilishni ifodalaydi.

Xamsanavislikning 3 mashhur dargʻalari aynan shu mavzu va deyarli bir xil obrazlarni asos

qilib oldilar, biroq Abdurahmon Jomiy bu obrazlarning “eskirgan”ligini inobatga olib, yangi va
haqqoniyroq qissani tanlashga qaror qiladi: “… muallif “Yusuf va Zulayho” syujetiga murojaat etar
ekan, nega aynan uni tanlaganligini, uning ustunligi nimada ekanligini imkon qadar kuchliroq va
asosliroq tarzda koʻrsatishga intiladi. Bu borada Jomiyning ikkita rad qilib boʻlmaydigan argumenti
mavjud:

– “ahsan vajh” (eng goʻzal sabab) yaʼni Allohning oʻzi eng goʻzal deb atagan qissani chetlab

boshqa mavzuda asar yozish nooʻrin;

– har qanday ishqiy sujetning ikkita asosi mavjud, bu maʼshuq husni va oshiq iztiroblari,

dardi. Jomiyning talqinicha, ayni shu ikki jihatda Yusuf va Zulayho qissasi tengsiz”. Bunda
dostonning oʻzida shunday yoziladi:

Zi maʼshuqon chu Yusuf kas nabuda,
Jamolash az hama xubon fuzuda.
Zi xubon har kiro soni nadonand,
Zi avval Yusufi sonish xonand.
Nabud az oshiqon kas chun Zulayho,
Ba ishq az jumla bud afzun Zulayho…

[6, 13 b.]

Mazmuni: Maʼshuqlar orasida Yusufga teng keladigani yoʻq, zero uning jamoli barcha

goʻzallardan ustundir. Olamda birinchi boʻlgan har qanday goʻzalni “ikkinchi Yusuf” deb atashadi.
Oshiqlar orasida Zulayxodek kishi yoʻq, Ishqda u barchadan ustun edi. Doston oʻzining badiiy


background image

385

nafosati, tasavvufiy gʻoyalari va yuksak axloqiy-maʼnaviy mazmuni bilan ajralib turadi. Jomiy
dostonida ishq nafaqat dunyoviy, balki ilohiy ishq sifatida tasvirlanadi. Yusuf Zulayhoni emas,
balki Allohning ishqini afzal biladi. Zulayho esa oʻz ishqining chin maʼnosini anglab, ilohiy ishqqa
yetishadi. Garchi bir turkum doirasida boʻlmasa-da ushbu ikki doston mazmun va ilohiy ishqqa
intilishda mushtarakliklarga ega. Xuddi Farhod kabi Yusuf obrazi ham goʻzallik, halollik, sadoqat
va sabr timsoli boʻlib, u har qanday vasvasaga qarshi tura oladigan barkamol inson sifatida
tasvirlangan.

Zulayho obrazi dastlab nafsiga boʻysunsa-da, keyinchalik toʻgʻri yoʻlga kirib, Allohga ixlos

bilan sigʻinadi. Dostonning asosiy maqsadi insonning kamolotga erishishi, hayotiy sinovlarni sabr
va iymon bilan yengib oʻtishi muhimligini koʻrsatishdir . Doston Nizomiy, Amir Xusrav va boshqa
mumtoz shoirlarning ishqiy dostonlari anʼanalariga yaqin boʻlsa-da, Jomiy uni oʻzining falsafiy-
tasavvufiy qarashlari bilan boyitgan. Xamsachilik doirasidagi ishqiy dostonlar nafaqat mazmun,
balki shakl va badiiy sanʼat vositalari jihatidan ham yuksak darajada namoyon boʻladi. Shoirlar
sheʼriy sanʼatlar, ramz va tamsillar yordamida sevgi tushunchasini chuqur falsafiy tahlil qilishga
harakat qilganlar. Bu asarlar obrazlilik, majoziy ifoda va musiqiy ohangdorlik bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda ham xamsachilik tarkibidagi ishqiy dostonlar insoniy fazilatlarni ulugʻlash,

ishqning inson ruhiy olamidagi oʻrnini anglash nuqtayi nazaridan ahamiyatini yoʻqotmagan. Ularda
tasvirlangan zohiriy va botiniy muhabbat hali hanuz inson shuuri hamda koʻnglini poklovchi unsur
sifatida e’tirof etiladi. Ulardagi har bir obraz oʻquvchiga ezgulikning goʻzal qirralarini koʻrsatadi.
Zulayho obrazi ishqi ilohiy koʻngilni tubanlikka emas, ezgulikka yoʻnaltirishini isbot etsa, Farhod
oʻz sevgisidan nafaqat oʻzi uchun, balki butun jamiyatga foyda chiqarishi bilan ajralib turadi.

Ushbu dostonlar xamsachilik anʼanasining nafaqat badiiy, balki falsafiy va axloqiy jihatdan

ham yuksak namunasi boʻlib, uning mohiyatini zamonaviy hayot bilan bogʻlash mumkin. Muhabbat
va fidokorlik bugungi kun uchun ham dolzarb mavzuligicha qolmoqda.

Xamsachilik anʼanasi Sharq adabiyotida yuksak badiiy va falsafiy qadriyatlarni aks

ettiruvchi yoʻnalish boʻlib, uning tarkibidagi ishqiy dostonlar muhabbatni faqat romantik tuygʻu
sifatida emas, balki insoniy kamolot sari yetaklovchi kuch sifatida talqin qiladi. Alisher Navoiyning
“Farhod va Shirin” dostoni ushbu anʼananing yorqin namunasi boʻlib, unda ishq insonni ruhiy
yetuklik, fidokorlik va jamiyatga manfaat yetkazish sari undovchi omil sifatida gavdalanadi.
Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” hamda Alisher Navoiyning “Farhod Va Shirin”
dostonlari turli mavzularda yaratilgan boʻlsa-da, xamsalarning ikkinchi dostonlari sifatida muayyan
tipologik mushtarakliklarga ega. Bu avvalambor ishq, oshiq va maʼshuq tushunchalarining badiiy
talqini bilan bogʻliq. Shuningdek, ularda ifodalangan komil inson ideali hamda ilohiy ishqqa intilish
gʻoyalari nafaqat oʻsha davr uchun, balki bugungi kun uchun ham ahamiyatlidir. Xamsalarning
nafaqat ilmiy, shu qatori axloqiy-falsafiy ahamiyati ham beqiyos ekanligi shu oʻrinda oʻz isbotini
topadi.

Zamonaviy adabiyot va madaniyatda ham xamsachilik anʼanasi turli shakllarda davom

etmoqda. Sevgi va fidoyilik, goʻzallik va maʼnaviyat, hayot va sinovlar kabi mavzular hozirgi davr
ijodkorlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, xamsachilik faqat tarixiy adabiy
meros emas, balki har bir davrda oʻz maʼnaviy va axloqiy dolzarbligini saqlab qoladigan ulkan
madaniy hodisadir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Hojiyev A. Alisher Navoiy poetikasi. –Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001. 288

b.
2.

Joʻrayev N. Alisher Navoiy dostonlari tahlili. – Toshkent: “Yozuvchi”, 1985. 97 b.

3.

Navoiy A. Xamsa. Toshkent, Fan, 1991. 544 b.

4.

Tohirov S. Xamsanavislik anʼanasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si. Oʻquv qoʻllanma. –

Samarqand, SamDU nashri, 2020, 224 b.
5.

Gʻafurov A.. Sharq adabiyoti va xamsachilik anʼanasi. – Toshkent: “Maʼnaviyat”, 2010, 110 b.

6.

Жомий. Жилди 4 («Юсуф ва Зулайҳо»). – Душанбе: “Ирфон”, 1984. 430 б.


background image

386

7.

Комилов Н.. Хизр чашмаси. –Тошкент: “Маънавият”, 2005. 320 б.

Bibliografik manbalar

Hojiyev A. Alisher Navoiy poetikasi. –Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2001. 288

b.

Joʻrayev N. Alisher Navoiy dostonlari tahlili. – Toshkent: “Yozuvchi”, 1985. 97 b.

Navoiy A. Xamsa. Toshkent, Fan, 1991. 544 b.

Tohirov S. Xamsanavislik anʼanasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si. Oʻquv qoʻllanma. –

Samarqand, SamDU nashri, 2020, 224 b.

Gʻafurov A.. Sharq adabiyoti va xamsachilik anʼanasi. – Toshkent: “Maʼnaviyat”, 2010, 110 b.

Жомий. Жилди 4 («Юсуф ва Зулайҳо»). – Душанбе: “Ирфон”, 1984. 430 б.