Mualliflar

  • Shukurova Amira Abduxakimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112567

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Bobur she’riyat ruhiyat tahlil tasvir adabiyot psixologizm poetika.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur  maqolada bugungi adabiyotshunoslikdagi dolzarb masalalardan biri -  o‘zbek  mumtoz    she’riyatida  ruhiyat  tasviri  masalasi,  uning  o‘rganilish  tarixi    hamda    o‘zbek adabiyotshunosligida  amalga  oshirilgan  ishlar  haqida  atroflicha  mulohaza  yuritiladi.  Mumtoz she’riyatda ruhiyat tasviri lirik janrlar imkoniyati tahlil etilgan. 


background image

378

O‘ZBEK MUMTOZ SHE’RIYATIDA RUHIYAT TASVIRI

MASALASI VA UNING O‘RGANILISHI

Shukurova Amira Abduxakimovna,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti doktoranti (PhD)

amirashukurova041@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi adabiyotshunoslikdagi dolzarb masalalardan biri

- o‘zbek mumtoz she’riyatida ruhiyat tasviri masalasi, uning o‘rganilish tarixi hamda o‘zbek
adabiyotshunosligida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha mulohaza yuritiladi. Mumtoz
she’riyatda ruhiyat tasviri lirik janrlar imkoniyati tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar.

Bobur,

she’riyat, ruhiyat, tahlil, tasvir, adabiyot, psixologizm, poetika.

THE ISSUE OF THE PORTRAIT OF THE SPIRIT IN

UZBEKISTAN’S CLASSICAL POETRY

Shukurova Amira Abdukhakimovna

,

PhD student of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Annotation.

In this article, one of the current issues in today's literary studies the issue of

the image of the psyche in the Uzbek classical poetry, the history of its organization, and the work
carried out in Uzbek literary studies is discussed in detail. The possibility of lyrical genres of
spiritual depiction in classic poetry is analyzed.

Key words.

Babur, shariat, spirituality, analysis, image, literature, psycho-logism, poetics.

ПРОБЛЕМА ОБРАЗА ДУХА В КЛАССИЧЕСКОЙ ПОЭЗИИ

УЗБЕКИСТАНА И ЕГО ИЗУЧЕНИЕ

Шукурова Амира Абдухакимовна,

Докторант (PhD) Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В статье всесторонне рассматривается одна из самых актуальных

проблем современного литературоведения – изображение психики в узбекской классической
поэзии, история ее изучения и работы, проводимые в этой области в узбекском
литературоведении. Анализи-руются возможности лирических жанров для изображения
психики в классической поэзии.

Ключевые слова

. Бабур, поэзия, психология, анализ, образ, литература, психологизм,

поэтика.

ÖZBEKİSTAN'IN KLASİK ŞİİRİNDE MANEVİYATIN

PORTRESİ SORUN VE ÇALIŞMASI

Şukurova Amira Abdukhakimovna,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü'nde doktora öğrencisi (PhD)

Özet.

Bu makale, çağdaş edebiyat araştırmalarının en acil konularından biri olan Özbek

klasik şiirinde ruhsallığın tasviri, bu konunun incelenmesinin tarihi ve Özbek edebiyat
araştırmalarında yürütülen çalışmalar hakkında kapsamlı bir tartışma sunmaktadır. Muratöz'ün
şiirinde ruhsal durumu lirik türlerin anlatma olanağı incelenmektedir.

Anahtar kelimeler

. Babür, şiir, maneviyat, analiz. psikolojizm. şiirsellik. görüntü, edebiyat.


background image

379

Ruhiyat muammosini tadqiq etish bir qancha sohalarning asosiy predmeti hisoblanadi.

Psixologiya, estetika, tibbiyot, adabiyotshunoslik kabi sohalarda bir qancha tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Adabiyotning asosida inson obrazi turar ekan, uning ruhiy olamini kashf etish
ijodkorning bosh maqsadi hisoblanadi. Ijodkor mahorati ham bevosita inson qalbining
kechinmalarini qay darajada tasvirlay olishi bilan belgilanadi [5, 3].

Inson va uning tabiati, qalbi,

ruhiyati haqiqatini kashf etishda hech bir soha adabiyot bilan tenglasha olmaydi, uning o‘rnini bosa
olmaydi [7, 50]. O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiyat tasviri masalasi dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi. Bu mavzu o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan psixologik tasvir, badiiy psixologizm,
she’riyatda ruhiyat tasviri shakllarida tadqiq etila boshlandi. O‘zbek mumtoz adabiyotida lirik
asarlarda ruhiyat tasviri masalasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan bir qancha nomzodlik,
doktorlik dissertat-siyalarida turli aspektlarda tahlil etilgan.

Bu sohada B. Sarimsoqovning “Dostonlarda psixologik tasvirning xarakteri haqida ba’zi

mulohazalar”, Y.Qosimovning “O‘zbek she’riyatida poetik fikrning yangilanish jarayoni”,
B.Aliyevning “Hozirgi o‘zbek lirikasida davr va qahramon talqini”, B.Norboyevning “Hayotni
poetik talqin etish tamoyillari va mahorat muammolari”, N.Umirzoqovaning “Usmon Nosir
she’riyatida ruhiyat tasviri”, A.Abdurahmonovning “O‘zbek she’riyatida nur, rang va ruhiyat tasviri
poetikasi” nomli doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari lirik asarlarda ruhiyat tasviri masalasi
tadqiq etilgani bilan diqqatga sazovor.

Garchi o‘zbek adabiyotshunosligi ilmiy davralarida psixologizm hamda ruhiyat bilan bog‘liq

tushunchalar XX asrning o‘rtalarida e'tirof etila boshlagan bo‘lsa-da, shaxs ruhiyati talqini va tahlili
Sharq mumtoz adabiyoti vakillari ijodida ham yetakchi o‘rinni egallagan [1, 392]. H.Jo‘rayevning
“Alisher Navoiy lirikasida voqelik va uning poetik talqinlari” nomli doktorlik dissertatsiyasining
IV bobi1-faslida “Ruhiy tahlil va individuallik” masalasi yoritiladi. Mazkur dissertatsiyada o‘zbek
mumtoz she’riyatida ruhiy-ma’naviy kechinmalarning tasviri Alisher Navoiy ijodi misolida tadqiq
etilgan. Adabiyotshunos Navoiy ijodida lirik qahramon-oshiqning ruhiy psixologik holatini
tasvirlash mahoratini tahlil qilib, shoir badiiyatining yuksak poyalarga ko‘tarilishida salaflarning
o‘rni beqiyosligini ko‘rsatib, Atoiy, Mavlono Lutfiy, Sakkokiylar ijodida ham ruhiy – psixologik
tahlilning ajoyib lirik namunalarini ko‘plab uchratish mumkinligini e’tirof etadi.[5,196] Alisher
Navoiyning nafaqat lirik asarlarida, balki epik dostonlarida ham inson ruhiyatining sirlari ochiladi.
Jumladan, “Layli va Majnun” dostonidagi qahramonlarning ruhiy holati tasviri, tabiat
manzaralarining ramziy-majoziy mohiyat kasb etishi, tush lavhalarining kelajakdan xabar berishini
ko‘rish mumkin. Bu doston G.Mashrabova tomonidan “Navoiyning “Layli va Majnun dostonida
ruhiyat tasviri” nomli tadqiqotida atroflicha tahlil etilgan [6, 25]. Sharqning buyuk shoiri tomonidan
badiiy psixologizmning xilma-xil usul va vositalari qo‘llash mahorati yuqoridagi ilmiy ishlarda
yoritiladi.

O‘zbek mumtoz adabiyotining Navoiydan keyingi vakili Zahiriddin Muhammad Bobur

ijodida ham ruhiyat tasviri o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bobur ijodida ruhiyat tahlili masalasi
I.I.Sulaymonovning “Boburnoma” da g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri” nomli
doktorlik dissertatsiyasida tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqotda “Boburnoma” voqealari tasvirida o‘z
davrining ijtimoiy-siyosiy hayotida ko‘zga ko‘ringan alohida shaxslarning mavqeyi, xarakterlar
yaratishdagi ranginlik, g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatini tasvirlashdagi betakrorlik, tasvir
etilgan ziddiyatlar zamiridagi jasorat va qo‘rqoqlik, mardlik va xiyonat, g‘oliblik shukuhi va
mag‘lublik iztirobi tahlil etiladi. Tarixiy shaxslar ruhiyatidagi murakkab holatlar, psixologik
jarayonlar, qahramonlar ma’naviy olami keng rakursda yoritiladi. Olim “Boburnoma”da
tasvirlangan shaxslarning zohiriy va botiniy olamida sodir bo‘lgan g‘oliblik va mag‘lublik ruhiy
holati tasvirini ochib berish asnosida quyidagi jihatlarni tahlil etadi:

-

o‘rganilayotgan davrda shaxsning ruhiy holati: og‘ir damlarda o‘zini tuta bilishi yoki

harakatini boshqara olmasligi hollari tarixiy faktlar asosida tahlil etilgan;

-

“Boburnoma” da ko‘plab tarixiy shaxslar ta’rif va tavsif etilishi ularning ruhiy holati,

barqaror va beqaror siyosiy muhitda bir ruhiy holatdan ikkinchi holatga o‘tishi, bir zumda g‘oliblik
nashidasini surishi va mag‘lublikning achchiq alamini tortishi kabi masalalar yoritilgan;


background image

380

-

e’tiqodiy qarashlarda g‘oliblik va mag‘lublik masalasining talqin etilishi ruhoniyat kishilari

(tasavvuf arboblari, shayxlar, ulamolar) misolida tahlil etilgan [9, 12].

Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyatida ham lirik qahramon ruhiy holati, ma’naviy -

ruhiy olami ifodasi to‘rt misradan iborat ruboiydan tortib g‘azal, masnaviylarida ham yorqin aks
etadi. Bobur mahorati tufayli ularda insonning butun boshli taqdiri, qismati ifodalab beriladi. O‘ziga
xos timsollar va xarakterlar tizimi yaratiladi:

Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur,
Po‘loddur ko‘nglungu bag‘ring toshdur.
Nomamg‘a agar yaxshi javobing yo‘qtur,
So‘kmak bila yod aylasang ham xushtur.

[2,66]

Ushbu ruboiyda ikki asosiy – oshiq va mahbuba obrazi mavjud. Ammo ularning nomi biror

joyda tilga olinmagan. Shunga qaramasdan timsollarning tashqi qiyofasi, fe’l-atvori va ruhiy holati
manzaralari mukammal tasvirlangan. Birinchi misradagi “yuzung quyosh”, “qoshing hilol” degan
o‘xshatishdanoq, gap mahbuba haqidaligi va uning go‘zalligi anglashiladi. Tashqi qiyofasi tasavvur
etiladi. Ikkinchi misrada esa uning ichki olami ochib beriladi: “Ko‘ngli po‘lat, bag‘ri tosh”. Demak,
u nomehribon, ko‘ngli qattiq. Shu o‘rinda, Boburning xalq so‘zidan unumli va o‘rinli foydalanish
mahorati namoyon bo‘ladi. Tilimizda “bag‘ri tosh” iborasi qo‘llaniladi va ma’nosi tushunarli.
Ammo shoir uchun bu jumla yetarli emas. Undagi ma’noni yanada kuchaytiradi. Mahbuba ko‘nglini
po‘latga – yanada qattiqroq jismga ham mengzaydi. Bu bilan yorining nomehribonligini o‘quvchi
tasavvurida yanada aniqroq tasvirlab beradi. Uchinchi va to‘rtinchi misralarda lirik obrazning ruhiy
holati, muomala-munosabati oydinlashadi. Oshiqning yozgan maktubiga bag‘ritosh mahbuba javob
qaytarmaydi. Oshiq yaxshi bo‘lsa-da, yomon bo‘lsa-da, undan mujda kutadi. Yaxshi xabar
bo‘lmasa ham hech bo‘lmasa urushib bo‘lsa-da yodlashini, eslashini undan iltijo qiladi.
Ko‘rinadiki, Bobur insonning ichki dunyosini, qalb olamini atigi to‘rt misrada yoritib bera oladi
[3,5].

Mumtoz she’riyatda ruhiyat ifodasi va she’riy janrlar imkoniyati, Bobur devonida “narrativ”

– muallif ruhiy muloqotining tutgan o‘rni, muallif dunyoqarashi va lirik qahramon ruhiyati tasvirida
uyg‘unlik, bu masalalarni davr voqe’ligi nuqtayi nazaridan baholash kabi bir qator masalar borki,
bular adabiyotshunoslikni yangi ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyotshunoslikda ruhiyat tasviri masalasi XX asrdan

boshlab kun tartibiga chiqa boshlagan bo‘lsa-da, uning tarixiy ildizlari o‘zbek mumtoz adabiyotiga
borib taqaladi. Keyingi tadqiqotlarimizda Bobur she’riyatidagi ruhiyat tasviri masalasi, Bobur
devonida lirik qahramon ma’naviy-ruhiy olamining ifodalanishi, poetik obraz yaratish mahoratini
yaxlit tarzda tadqiq etishni maqsad qilganmiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdullaeva D.

Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi.

Scientific Journal Impact Factor. 2021, iyul.

2.

Azimjonova S. Boburning hind devoni. – T.: Fan, 1966, B.127.

3.

Adizova I. Bobur tafakkurida mavjlangan daryo. Monografiya. – T.: BookMany Print, 2023,
B.156.

4.

Is’hoqov Y. Navoiy poetikasi. – T.: Fan, 1983, B.167.

5.

Jo‘rayev H. Alisher Navoiy lirikasida voqelik va uning poetik tahlili. Filologiya fanlari doktori
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T. 2008 B.131.

6.

Машрабова Г. Навоийнинг “Лайли ва Мажнун” достонида руҳият тасвири. – Т.:
А.Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 2003.

7.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – T.: Ma’naviyat, 2000. B.98

8.

Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. – T.: Sharq, 2014. B.744.

9.

Sulaymonov I. “Boburnoma» da g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri.
Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disertatsiya. – S. 2020 B.280.


background image

381

10.

Umirzoqova N. Usmon Nosir she’riyatida ruhiyat tasviri. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy

darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T. 2005 B.131.

11.

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar an’anaviyligi.
Miasto Przyszłości, 53, 1347-1350.

12.

Sharipova, S. (2025). Hikmatlarda iqtibos she'riy san'atining qo 'llanilishi. Jahon ilmiy
qarashlarini tahlil qilish Xalqaro ilmiy jurnal , 3 (1), 168-171.

13.

Azizovna Y.S.

Study of folktale in literature and its relation to the epic genre

. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/7250/19705/65b7e8e0c2065___Yuldosheva%20

S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

14.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
tasavvuf talqining yorqinligi.

Research Focus

,

3

(11), 46-50.

15.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda
orifona rux ifodasi.

Prospects and main trends in modern science

,

2

(16), 36-39.

Bibliografik manbalar

Abdullaeva D. Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi.

Scientific Journal Impact Factor. 2021, iyul.

Azimjonova S. Boburning hind devoni. – T.: Fan, 1966, B.127.

Adizova I. Bobur tafakkurida mavjlangan daryo. Monografiya. – T.: BookMany Print, 2023,

B.156.

Is’hoqov Y. Navoiy poetikasi. – T.: Fan, 1983, B.167.

Jo‘rayev H. Alisher Navoiy lirikasida voqelik va uning poetik tahlili. Filologiya fanlari doktori

ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T. 2008 B.131.

Машрабова Г. Навоийнинг “Лайли ва Мажнун” достонида руҳият тасвири. – Т.:

А.Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 2003.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – T.: Ma’naviyat, 2000. B.98

Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. – T.: Sharq, 2014. B.744.

Sulaymonov I. “Boburnoma» da g‘olib va mag‘lub shaxs ruhiy holatining badiiy tasviri.

Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disertatsiya. – S. 2020 B.280.

Umirzoqova N. Usmon Nosir she’riyatida ruhiyat tasviri. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy

darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T. 2005 B.131.

Buriyeva, F. (2024). Zamonaviy she’riyatda diniy-tasavvufiy mavzu va timsollar an’anaviyligi.

Miasto Przyszłości, 53, 1347-1350.

Sharipova, S. (2025). Hikmatlarda iqtibos she'riy san'atining qo 'llanilishi. Jahon ilmiy

qarashlarini tahlil qilish Xalqaro ilmiy jurnal , 3 (1), 168-171.

Azizovna Y.S. Study of folktale in literature and its relation to the epic genre. Central European

Management Journal 31 (No. 03 (2023)), 476-482

S.Central%20European%20Management%20Journal.pdf

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda

tasavvuf talqining yorqinligi. Research Focus, 3(11), 46-50.

Nazarova, X. G. (2024). Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlarda

orifona rux ifodasi. Prospects and main trends in modern science, 2(16), 36-39.