Mualliflar

  • Ibrohimova Muxabbat Anvarjon qizi
  • Buriyeva Firuza Normurotovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112578

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. She’riyat g‘oya vatanparvarlik sevgi inson shoir ijod hayot.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada badiiy asarning yashovchanligi, umrboqiyligini belgilovchi 
masalalardan biri asar mavzusi va g‘oyaviyligi xususida so‘z yuritiladi. Zero, adabiyotshunoslikda  
she’riy asarlardagi milliy va umuminsoniy g‘oyalar talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlarga ehtiyoj 
hamisha  mavjuddir.Asarlarini  ushbu  jihatdan  mukammal  yarata  olgan  o‘zbek  adabiyoti 
namoyandalaridan  biri,  shubhasiz,  Abdulla  Oripovdir.  Shoir  she’riyati  insoniyat  va  odamiylik, 
nabotot va hayvonot, shuningdek, milliy ruh tuyg‘usi bilan bog‘liq g‘oyalar ila sug‘orilgan bo‘lib,  
shu  bois  ular  bugungi  kun  uchun  ahamiyatli,  yoshlarni  insonparvarlik,  vatanparvarlik  ruhida 
tarbiyalashda eng kerakli manba bo‘la oladi, deb bemalol ayta olamiz. 


background image

499

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MILLIY VA UMUMINSONIY

G‘OYALAR TALQINI

Ibrohimova Muxabbat Anvarjon qizi,

O‘zbekistn-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

ibrohimovamuxabbat974@gmail.com

Buriyeva Firuza Normurotovna,

Ilmiy rahbar: filiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doctori (PhD),

O‘zFiPI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi,

Annotatsiya.

Mazkur maqolada badiiy asarning yashovchanligi, umrboqiyligini belgilovchi

masalalardan biri asar mavzusi va g‘oyaviyligi xususida so‘z yuritiladi. Zero

,

adabiyotshunoslikda

she’riy asarlardagi milliy va umuminsoniy g‘oyalar talqiniga bag‘ishlangan tadqiqotlarga ehtiyoj
hamisha mavjuddir.Asarlarini ushbu jihatdan mukammal yarata olgan o‘zbek adabiyoti
namoyandalaridan biri, shubhasiz, Abdulla Oripovdir. Shoir she’riyati insoniyat va odamiylik,
nabotot va hayvonot, shuningdek, milliy ruh tuyg‘usi bilan bog‘liq g‘oyalar ila sug‘orilgan bo‘lib,
shu bois ular bugungi kun uchun ahamiyatli, yoshlarni insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda eng kerakli manba bo‘la oladi, deb bemalol ayta olamiz.

Kalit so‘zlar

. She’riyat, g‘oya, vatanparvarlik, sevgi, inson, shoir, ijod, hayot.

ABDULLA ARİPOV’UN ŞİİRİNDE MİLLİ VE EVRENSEL

FİKİRLERİN YORUMU

Ibrohimova Mukhabbat Anvarjon kizi,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Buriyeva Firuza Normurotovna,

Bilimsel danışman: filoloji Bilimleri Doktoru (PhD),

ÖzFiPI Özbek dili ve edebiyatı bölümü öğretim görevlisi

Özet.

Bu makalede bir sanat eserinin uygulanabilirliğini ve uzun ömürlülüğünü belirleyen

konulardan biri olan tema ve ideoloji tartışılmaktadır. Zira edebiyat araştırmalarında şiirsel
eserlerde millî ve evrensel düşüncelerin yorumlanmasına yönelik araştırmalara her zaman ihtiyaç
vardır. Özbek edebiyatının bu alanda kusursuz eserler ortaya koyabilen temsilcilerinden biri de hiç
şüphesiz Abdulla Oripov'dur. Şairin şiirleri, insanlık ve insanlığa, bitki örtüsüne ve hayvanlara
ilişkin fikirlerle, ayrıca milli ruh duygusuyla doludur ve bu nedenle bunların günümüz için de
geçerli olduğunu ve gençlere insanlık ve vatanseverlik ruhuyla eğitim vermenin en gerekli kaynağı
olabileceğini rahatlıkla söyleyebiliriz.

Anahtar kelimeler

. Şiir, fikir, vatanseverlik, aşk, kişi, şair, yaratıcılık, yaşam.

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ И ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ

ИДЕЙ В ПОЭЗИИ АБДУЛЛЫ АРИПОВА

Ибрoxимова Mухаббат Анварджон кызы,

Студентa Узбекско-Финского педагогического института

уриева Фируза Нормуротовна,

Научный руководитель: кандидат филологических наук (PhD),

Преподаватель кафедры Узбекского языка и литературы УзФПИ

Аннотация

. В статье рассматривается тема и идеология произведения искусства –

один из вопросов, определяющих его жизнеспособность и долговечность. Ведь в
литературоведении

всегда

есть

потребность

в

исследованиях,

посвященных


background image

500

интерпретации национальных и общечелове-ческих идей в поэтических произведениях.
Одним из представителей узбекской литературы, сумевших в этом отношении создать
совершенное произведение, несомненно, является Абдулла Орипов. Поэзия поэта проникнута
идеями, связанными с человечеством и человечностью, флорой и фауной, а также чувством
национального духа, и поэтому можно смело сказать, что они актуальны на сегодняшний
день и могут стать самым необходимым источником для воспитания молодежи в духе
гуманизма и патриотизма.

Ключевые слова.

Поэзия, идея, патриотизм, любовь, человек, поэт, творчество,

жизнь.

INTERPRETATION OF NATIONAL AND UNIVERSAL

IDEAS IN THE POETRY OF ABDULLA ORIPOV

Ibrohimova Mukhabbat Anvarjon qizi,

Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Buriyeva Firuza Normurotovna,

Scientific advisor: PhD in Philological Sciences,

Lecturer at the Department of Uzbek Language and Literature, UzFPI

Abstract.

This article discusses the theme and ideology of a work, one of the issues that

determine the viability and longevity of a work of art. After all, there is always a need for research
on the interpretation of national and universal ideas in poetic works in literary criticism. One of the
representatives of Uzbek literature who was able to create his works perfectly in this regard is
undoubtedly Abdulla Oripov. The poet's poetry is imbued with ideas related to humanity and
humanity, flora and fauna, as well as national spirit, therefore we can safely say that they are
relevant for today and can be the most necessary source for educating young people in the spirit of
humanity and patriotism.

Keywords.

Poetry, idea, patriotism, love, person, poet, creativity, life.

Abdulla Oripov she’riyat olamiga so‘nmas shijoat, kuchli ishtiyoq, yorqin iste’dod, o‘tkir

tafakkur, serjilo tuyg‘ular va o‘zining uslub va ohangi bilan kirib kelib, XX asr o‘zbek
adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biriga aylangan. O‘zidan o‘chmas nom, naqadar boy
meros qoldirganki, uning ijodi bugungi kunda ham tarbiya vositasi bo‘la oladi desak, adashmaymiz.
Shoirning har bir she’ridan teran ma’no anglash mumkin, ya’ni she’rlari insoniy kechinmalar, milliy
va umuminsoniy g‘oyalar singdirilganligi bilan kitobxinlar qalbidan joy olib ulgurgan. Ezgu
g‘oyalar, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, xalqparvarlik singari falsafiy ma’no-mazmun
mujassamligini shoirning qator she’rlarida ko‘rib o‘tamiz:

Yonma-yon bitikmiz taqdir toshida,

Birimiz yoqa-yu birimiz yengmiz.
Rasululloh demish: - Haqning qoshida

Taroq tishlaridek barchamiz tengmiz

[1.26].

Shoirning “Tenglik” deb nomlangan mazkur she’rida jamiyatdagi barcha insonlar uchun

tegishli bo‘lgan tenglik tushunchasi qalamga olingan. Bizga ma’lumki, teng huquqlilik davlatimiz
qomusida ham fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar
qonun oldida tengligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shoir ham o‘z she’ri orqali har bir inson
yaratganning suygan bandasi ekanini, oqmi qorami, boymi kambag‘almi, yaxshimi yomonmi
allohning dargohida har bir kishi taroq tishlari kabi teng ekanligini anglatmoqchi bo‘ladi.
Shuningdek, shoir she’rlari orasida ajdodlarimizdan o‘tib kelayotgan muqaddas ona tilimiz – o‘zbek
tilining himoyasiga da’vat etilgan she’rlarni ham uchratamiz. Jumladan, shoirning “Ona tilim”
she’rini yod bilmagan birorta o‘zbek bo‘lmasa kerak:

Ona tilim, sen borsan, shaksiz


background image

501

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz

Men ham to‘ti bo‘lib qolaman

[2.397].

Vatanni sevish, asrab avaylash, xalq taqdiri bilan yashash, istiqlol umidi kabi mavzular

vatanparvar shoir she’riyatining bosh mavzusi bo‘lib xizmat qilgan. Umuman, xalq, uning dard-u
tashvishi, O‘zbekistonmavzusi shoir ijodida ayricha bir muhabbat bilan qalamga olinadi. Ona-yurt –
jonajon O‘zbekiston – Abdulla Oripov eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Shoir
bevosita O‘zbekistonga she’r bag‘ishlaydimi, paxtani madh etadimi, hamma vaqt ko‘z o‘ngida
jafokash xalqimiz, uning muammolari, tashvishlari turadi. Millatning uyg‘onishida, milliy g‘urur
tuyg‘ularining chuqur tomir yoyishida, Vatanni tanishning teranlashishida shoir so‘zining salmog‘i
beqiyos bo‘ldi. Uning lirik qahramoni O‘zbekistonni otashin bir sevgi bilan sevadi [2.398].

Abdulla Oripov she’riyatida tilga olingan mavzularni ulkan bir daraxtga o‘xshatadigan

bo‘lsak, yirik bir shoxini Vatan (milliy istiqlol, tinchlik va boshqalar), yana bir katta shoxni
hayot(inson haqidagi mulohazalar) va boshqa yana bir ulkan shoxni sevgi deb nomlasak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Bizga ma’lumki, adabiyotda hech bir shoir yoki yozuvchi yo‘qki, o‘z asarlarida
sevgini madh etmagan, muhabbatni tilga olmagan. Shu jumladan, Abdulla Oripov ijodida ham
muhabbat shabadalari esib turuvchi satrlar talaygina.

Shoirning butun she’riyatisingari muhabbat lirikasi ham o‘ziga xosligi, teranligi,

tuyg‘ularning tabiiyligi, hayotiyligi, real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi. Sevgi haqidagi
hazin, mungli ohanglar har qanday oh-vohlar, o‘ldim-kuydimlardan yiroq. Javobsiz muhabbat
iztirobi, alami, chuqur insoniy kechinmalar, chinakam sevgi orzumandi bo‘lgan katta qalb egasining
dard-u dunyosi, hasratlari, yonish-o‘rtanishlari, iztiroblari shoir muhabbat lirikasining mazmunini
tashkil etadi[2.407] “Muhabbat”, “Men seni kuylamoq istayman”, “Ilk sevgi”, “Yuragimning
tubida bir nom”, “Sendan yiroqda”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi” kabi she’rlarida sevgi va
muhabbatning o‘tli nafasi sezilib turadi:

Mana, bugun navro‘zi olam,

Do‘stlarimga gullar tutarman.

Qaylardasan, sevikli erkam...

Qo‘limda gul seni kutarman,

Umrim bo‘yi chorlab o‘tarman,

Sen bahorni sog‘inmadingmi

[3.20]?

Istiqlol umidi bilan yashash, mustaqillik, tichlik, yurt obodligi, xalq farovonligi va

birdamligini mustahkamlash shoirning eng oliy maqsadlaridan biri bo‘lgan va bu kabi g‘oyalar
uning ko‘pgina she’rlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, shoirning 2016-yilda yozilgan “Istiqlol
yurti” deb nomlangan she’ri mustaqillik mavzusiga bag‘ishlangan:

Yurtim, senga baxshida ko‘ngil,

Farmon erur menga har so‘zing.

Yuragimda yigirma besh yil

Olib yurgan dardimsan o‘zing

[4.302].

Shuningdek, shoir o‘z nutqlarining birida ozodlikni shunday e’tirof etadi: “Tarix sahnasiga

ozod yurt, ozod millat bo‘lib chiqib olish, dunyo xalqlarining e’tirofini qozonish shunchaki
aytiladigan gap emas. Agar kechagi kunga nazar tashlasak, istibdod davrini bir xayoldan o‘tkazsak,
qatag‘onu zulmlarni ko‘z oldimizga gavdalantirsak, ixtiyorsizlik, qismatga tan berib, o‘z
huquqimizni birovlarga berib qo‘ygan damlarni xotirlasak, bugungi O‘zbekistonnig barcha
jabhalardagi yutug‘i, nafaqat o‘n bir yil, balki o‘n bir asrga tengdir, degan xulosaga kelaman.
Odamlar ongidagi o‘zgarish, Vatanimizning obodligi, yurtimizda ro‘y bergan bunyodkorlik ishlari
bunga guvoh. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, ozodlik biga insondek yashash imkonini
berdi, zero, o‘z yurtida insonday yashagan odamning ertasi umidli bo‘ladi [2.225].

Abdulla Oripov she’riyatida tinchlik, ozodlik, tenglik kabi umuminsoniy g‘oyalar bilan

birgalikda gunoh va savob, jannat va do‘zax, Payg‘ambar, Ka’batulloh kabi mavzularda yozgan
she’rlarida diniy dunyoqarash ham singdirilgan. Shoir o‘z she’rlarini hayot bilan hamnafas,


background image

502

xalqchil, kurashchan qilib ifodalash maqsadida Qur’oni Karim, hadis-u Sharif ohanglaridan ham
o‘rinli foydalanadi. Xususan, “Haj daftari”, “Hikmat sadolari” she’riy to‘plamlaridan joy olgan
ellikta hadisona she’rlarida shoir diniy libosda namoyon bo‘lgan ezgu tuyg‘ularmi, milliy
qadriyatlarimizni mahorat bilan tasvirlab bergan:

Rasululloh dedi: – Umid qil, banda,

Ko‘chmasin dunyodan insof, diyonat.

Nopok odamlarga kuning qolganda,

Bilgilki, o‘sha kun kelgay Qiyomat

[1.20]!

“Qiyomat” deb nomlangan ushbu she’rda Rasululloh va bir kishining qiyomat ya’ni

dunyoning poyoniga yetishi haqidagi suhbati tasvirlangan. She’rda dunyoda qancha nopok, nomard
odamlar soni ko‘paysa qiyomat ham shunchalik yaqin kelishi va shu bilan birga insonlarni insof va
diyonatga chaqirish undovlari sezilib turadi.

Abdulla Oripov qalamga olgan eng katta mavzulardan biri bu olamning gultoji – insondir.

Shoir she’riyatida inson haqida yangi haqiqatlarni ochib berish, uni butun murakkabligi bilan
tasvirlab berishga oshiqqan. Uning eng katta maqsadlaridan biri insonning murakkab
kechinmalarini, ruhiy olamini tadqiq etish, uning hamisha ham oson bo‘lavermaydigan fe’l-atvorini
anglash bo‘lgan:

Inson qalbi bilan hazillashmang Siz,

Unda ona yashar, yashaydi Vatan.

Uni jo‘n narsa deb o‘ylamang hargiz,

Hayhot! Qo‘zg‘almasin bu Qalb daf’atan!..

Bir tomondan, o‘zida Vatan, til, millat, bashar, kabi umuminsoniy tushunchalarni ifodalagan

insonni mukammal ko‘rish, unda insof, mehr, diyonat, adolat va odillik, vijdon kabi matlablar
tobora noyoblashib borayotganidan tashvihsga tushish, ularni asrashga chaqirish, “asrimiz
odam”ining goho idrok qilish mushkul bo‘lgan sa’y-harakatlaridan yoqa ushlash va shu kabilar
shoir ijodida inson talqinining o‘ziga xos xususiyatlaridir [2.401].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdulla Oripov. Haj daftari. Hikmat sadolari(Ellik hadis). – Toshkent, 1992. -28 b.

2.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 1-jild: She’rlar va dostonlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. - 431 b.

3.

Abdulla Oripov. “Birinchi muhabbatim”. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2006. - 91 b.

4.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 8-jild: She’rlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2016. - 322 b.



Bibliografik manbalar

Abdulla Oripov. Haj daftari. Hikmat sadolari(Ellik hadis). – Toshkent, 1992. -28 b.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 1-jild: She’rlar va dostonlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000. - 431 b.

Abdulla Oripov. “Birinchi muhabbatim”. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2006. - 91 b.

Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 8-jild: She’rlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2016. - 322 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари