485
O‘TKIR HOSHIMOVNING “HURKITILGAN TUSH”
HIKOYASIDA IJTIMOIY MUHIT
Abdullayeva Mashhura Jo‘rabekovna,
Oʻzbekiston -Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Yuldosheva Saodat Azizovna,
ilmiy rahbar, Oʻzbekiston -Finlandiya pedagogika instituti dotsenti
Annotatsiya.
Oʻtkir Hoshimovning “Hurkitilgan tush” hikoyasi XXasrning ijtimoiy-siyosiy
muammolarini xususan, ikkinchi jahon urushidan keyingi Oʻzbekiston jamiyatida hukm surgan
ogʻir hayot sharoitlari, inson ruhiyatidagi murakkabliklar va ijtimoiy adolatsizliklar haqida hikoya
qiladi. Muallif oʻz hikoyasida oʻsha davrda odamlarning qanday mashaqqatli hayot kechirganini,
urushdan keyin jamiyatda yuzaga kelgan qashshoqlik, ocharchilik va ijtimoiy tengsizlik muhitini
real voqealar asosida tasvirlab beradi. Hikoyada insoniylik,or-nomus,sabr-toqat kabi tushunchalar
sinovdan o‘tadi. ”Hurkitilgan tush” nafaqat bir oilaning yoki bir kishining hayoti haqida,balki
butun bir davr jamiyatining achchiq haqiqatlarini ochib beruvchi ibratli hikoya hisoblanadi.
Mazkur maqola orqali oʻquvchi oʻtmishdagi ogʻir hayot saboqlarini his qiladi,bugungi tinch
hayotining qadriga yetishga undaydi.
Kalit so‘zlar.
Oʻtkir Hoshimov, ijtimoiy muhit, ”Hurkitilgan tush”, oʻzbek adabiyoti,
adabiyot.
ÖTKİR HAŞİMOV’UN “KORKUNÇ BIR RÜYA” ADLI
HIKÂYESINDEKI TOPLUMSAL ORTAM
Abdullayeva Maşhura Jurabekovna,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
bilimsel danışman, Yuldosheva Saodat Azizovna, docent
Özet.
Otkir Hoshimov’un “Heyecanlı Rüy” adlı öyküsü, 20. yüzyılın sosyo-politik
sorunlarını, özellikle II. Dünya Savaşı'ndan sonra Özbek toplumunda hüküm süren zorlu yaşam
koşullarını, insan ruhunun karmaşıklıklarını ve toplumsal adaletsizlikleri anlatıyor. Yazar,
öyküsünde o dönemde insanların yaşadığı zorlu hayatı, savaş sonrası toplumda ortaya çıkan
yoksulluğu, kıtlığı ve toplumsal eşitsizliği gerçek olaylara dayanarak anlatıyor. Hikaye insanlık,
onur ve sabır gibi kavramları sınamaktadır. "Perili Rüya" sadece bir ailenin veya bir kişinin
hayatını değil, aynı zamanda bir dönemin tüm toplumunun acı gerçeklerini ortaya koyan öğretici
bir öyküdür. Bu yazı sayesinde okuyucu, geçmişte yaşanan zorlu bir hayatın derslerini hissedecek
ve günümüzün huzurlu hayatını takdir etmeye teşvik edilecektir.
Anahtar kelimeler.
Otkir Hoshimov, sosyal çevre, "Heyecanlı Rüya", Özbek edebiyatı,
edebiyat.
ОПИСАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЫ В РАССКАЗЕ
УТКИРА ХАШИМОВА “ХУРКИТИЛГАН ТУШ”
Абдуллаевой Машхуры Журабековна
Студентка Узбекско-Финского педагогического института
научный руководитель, Юлдошева Саодат Азизовна, доцент
Аннотация.
Повесть Откира Гашимова “Хуркитилган туш” рассказывает о
Общественно-политических проблемах ХХ века, в частности, о тяжёлых условиях жизни,
сложившихся в узбекском обществе после второй мировой войны, сложностях
человеческой психики, социальной несправедли-вости. В своем рассказе автор описывает
486
тяжёлую жизнь людей того времени, нищету, голод и и социальное неравенство, возникше
в общество после войны.В етой истории проверяются такие понятия, как человечность,
честь и терпение. “Тревожный сон” – поучительная история, раскрывающая болезнен-ные
истины не только жизни одной семьи или одного человека, но и общества целой эпохи.
Благодаря этой статье читатель ощущает уроки тяжёлой жизни прошлого, побуждает
его ценить мирную жизнь сегодняшнего дня.
Ключевые слова.
Уткир Хашимов, социальная среда, “Хуркитилган туш”, узбекское
общество, литература.
DESCRIPTION OF THE SOCIAL ENVIRONMENT IN
UTKIR HOSHIMOV’S STORY “HURKITILGAN TUSH”
Abdullayeva Mashhura Jo‘rabekovna,
Student of Uzbekistan -Finland pedagogical institute
Yuldosheva Saodat Azizovna,
scientific supervisor, associate professor
Annotation.
Oʻtkir Hoshimov’s story“Hurkitilgan tush” tells about the socio-political
problems of the 20th century,in particular,about the difficult life conditions that prevailed in the
Uzbek society after the second World war,the complexities of the human psyche, and social
injustices .In this story, the author describes the Hard life of people at that time,the poverty ,famine
and social inequality that arose in the society after the war. Concepts such as humanity, honor And
patience are tested in the story. “Shocked dream” is not only about the Life of a family or a person
but it is an Instructive story that reveals the bitter Truths of the society of an entire era . Through
this article ,the reader feels the lessons of the hard life of the past, Encourages him to appreciate
the peaceful life of today.
Keywords.
Utkir Hoshimov, social environment, “Hurkitilga tush”, Uzbek society,
literature.
Adabiyot – inson qalb to‘rining eng nozik torlarini chertuvchi badiiy san’at turi
hisoblanadi,chunki u so‘zlar orqali insonning eng chuqur his-tuyg‘ularini, orzu va tashvishlarini,
baxt va qayg‘ularini oʻzgacha tarzda aks ettiradi.
Oʻtkir Hoshimov – o‘zbek adabiyotining eng yirik koʻzga koʻringan oʻtkir qalam sohibi
hisoblanib, u asarlari, hikoyalari orqali insonlarning ichki dunyosiga ha ,ruhiyatigacha yetib boradi.
Uning ijodida hayotiy mashaqqatlar asosiy oʻrin tutadi. Ijodkorning”Hurkitilgan tush” hikoyasida
ham yuqorida ta’kidlab oʻtganimdek, jamiyat hayotida yuz bergan muammolar aks ettirilgan.
Mazkur maqola XX asrda o‘zbek jamiyatining ijtimoiy muhiti qanday boʻlganligi ochib
beriladi. Har kuni erta bilan oyim chiyduxoba shimimning cho‘ntagiga yarimta zog‘ora non, bir
boʻlak qaynagan lavlagi solib berardi-da,shoxsiz yuvish echkimiznu yetaklab katta yerga joʻnardim.
Bu jumlada urush davridagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit juda sodda, ammo chuqur ma’no bilan
tasvirlangan. Zog‘ora non – bu aralash undan tayyorlangan, pishirilishi qiyin boʻlgan non boʻlib,
odatda urush yillari yoki ogʻir iqtisodiy sharoitda kemga tarqalgan. Zog‘ora non nimani anglatadi?
Birinchi navbatda, qashshoqlik belgisi.Toza un yetishmagani uchun aralash non
pishirilgan.Ikkinchidan urush va ocharchilik davrining timsoli. Uchinchidan esa sabr va bardosh
ramzi.Odamlar shunday sharoitda ham tirikchilik qilgan, bolasiga shu nondan yedirgan. Shunday
qilib, ”Zog‘ora non” degan so‘z bitta ovqat mahsuloti nomidan tashqari,butun bir davrning ogʻir
hayoti va xalq sabrining ramzidir.
Buzuqining bolasi! – dedi Melivoy Halimaga qarab. Bu so‘zlar orqali Melivoy Halimaga
past nazar bilan qaraydi, uni “Nopok urug‘” sifatida koʻrsatmoqchi boʻladi. Bu gap orqali qishloq
hayotida baʼzi odamlarning shunchaki oʻz oilasi yoki kelib chiqishi tufayli kamsitilishi ,jamiyatda
487
tengsiz qarashlar boʻlishi koʻrsatiladi. Oʻtkir Hoshimov bu kabi gaplarni asarga kiritish orqali
oʻquvchini oʻylantiradi. Odamlar qanday asosda bir-biriga baho bermoqda?
Melivoy oʻzidan pastroq deb hisoblagan insonlarni kamsitadi. Bu obraz orqali muallif
jamiyatdagi manmanlik, nohaqlik va bepisandlikka tanqidiy nigoh bilan qaraydi. Halima har qancha
kamsitilmasin sabrli, sokin, mehribon va bardoshli qiz sifatida aks ettiriladi. Uning aybsiz
boʻlishiga qaramay, faqat oilasi sababli xo‘rlanishi – fojiali ijtimoiy holatni koʻrsatadi. Halima –
jamiyatda beayb bo‘la turib ham “Nishonga” aylangan begunoh insonlar timsoli.
Arpaga o‘roq tushdi. Endi bizning ham ishimiz koʻpayib qolgandi. Bu oddiygina jumla
orqali muallif urush davridagi qishloq mehnat muhiti, bolalarning hayoti, xalq ogʻir mehnatga sabr
bilan bardosh berayotganini tasvirlaydi.
Xulosa qilib aytganda, O‘tkir Hoshimov “Hurkitilgan tush” hikoyasida oʻquvchi urush
yillarining ogʻir ijtimoiy muhitiga, xalq boshidan oʻtkazgan azob-uqubatlarga va ayniqsa
bolalarning erta ulg‘ayishiga guvoh bo‘ladi.
“Yarimta zog‘ora non”, “Buzuqining bolasi”, “Arpaga o‘roq tushdi” kabi sodda, ammo
chuqur ma’no yuklangan jumlalar orqali muallif urush davrining qashshoqlik, ocharchilik, ijtimoiy
tengsizlik, mehr va sabr bilan yo‘g‘rilgan hayotini ochib beradi. Shu tarzda Oʻtkir Hoshimov
“Hurkitilgan tush” hikoyasi orqali oʻquvchiga “Urush faqat frontda emas, har bir yurakda, har bir
oilada og‘riq qoldiradi”, degan chuqur hayotiy haqiqatni yetkazadi. Hikoya nafaqat tarixiy davrni
yoritadi, balki bugungi kunda ham insoniylik, mehr-oqibat, sabr va tinchlikning qadriga yetishga
undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Hoshimov O‘. Shaharlik kuyov: hikoyalar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. 101 bet.
2.
Quronov D. – Toshkent:”Noshir” nashriyoti. 219-336 bet.
3.
Mashhurova D. “Hurkitilgan tush“ asarida urushdan keyingi jamiyat muammolari. – Toshkent
davlat universiteti, 2024. 3-5 betlar.
5.
Adabiyot va inson ruhiyati: Ijodkorlarni nigohida urush yillari adabiyoti. Respublika ilmiy
toʻplam. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2020. 40-45 betlar.
6.
Karimova G. Oʻzbek adabiyoti va urush mavzusi: Tahliliy yondashuv. – Toshkent: Ma’naviyat,
2020. 102-110 betlar.
7.
Ganiyeva Z. Oʻtkir Hoshimov asarlarida bolalar obrazi va urush yillari tasviri. “O‘zbek
adabiyoti “jurnali. – Toshkent. 2021, №-4,-25-28-betlar.