Mualliflar

  • Matchanova Komila Sultanbayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112585

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Shoyboniyxon tarix tarixiylik tarixiy roman protatip.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada  Sa’dulla Siyoyev qalamiga mansub tarixiy asarlar sirasiga kiruvchi  “Dashti  qipchoq  lochini  yoxud  Shayboniyxon”  haqida  bo‘lib,    badiiy  va  tarixiy  voqea-hodisalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Tarixiy  asarlarning  adabiyotdagi  o‘rni,  va  o‘ziga  xos  xususiyatlari  haqida fikrlar yuritilgan. 


background image

475

TARIXIY ROMANLAR TASVIRI

(Sa’dulla Siyoyev “Dashti qipchoq lochini yoxud Shayboniyxon”

asari misolida)

Matchanova Komila Sultanbayevna,

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti

1974sulton@gmail.com


Annotatsiya.

Mazkur maqolada Sa’dulla Siyoyev qalamiga mansub tarixiy asarlar sirasiga

kiruvchi “Dashti qipchoq lochini yoxud Shayboniyxon” haqida bo‘lib, badiiy va tarixiy voqea-
hodisalarni o‘z ichiga oladi. Tarixiy asarlarning adabiyotdagi o‘rni, va o‘ziga xos xususiyatlari
haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar

.

Shoyboniyxon, tarix, tarixiylik, tarixiy roman, protatip.

TARİHİ ROMANLARIN TANIMI

(Sa’dulla Siyoyev’in “Bozkır kıpçak şahini veya Şeybanihan”

adlı eseri buna bir örnektir)

Matchanova Komila Sultanbayevna,

Nukus Ajinyoz devlet pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Özet

. Bu yazıda Sadulla Siyoyev, Daşti Kıpçak Şahini veya Şeybani Han'ın tarihi eserleri

hakkında bilgi verilmekte olup, sanatsal ve tarihi olaylara yer verilmektedir. Tarihî eserlerin
edebiyattaki yeri ve kendine özgü özellikleri üzerine düşünceler dile getirildi.

Anahtar kelimeler

.

Şoybanihan, tarih, tarihsellik, tarihi roman, prototip.

ОПИСАНИЕ ИСТОРИЧЕСКИХ РОМАНОВ

(Примером может служить произведение Саъдуллы Сиёева

«Степной кипчакский сокол или Шейбанихан»)

Матчанова Комила Султанбаевна,

магистрантка Нукусского государственного педагогического

института имени Аджинияза

Аннотация.

В статье речь идет об исторических произведениях Садуллы Сиёева,

Дашти Кипчакского Сокола или Шейбани-хана, а также о художественных и исторических
событиях. Высказывались мысли о месте и уникальных особенностях исторических
произведений в литературе.

Ключевые слова.

Шойбанихан, история, историчность, исторический роман,

прототип.

DESCRIPTION OF HISTORICAL NOVELS

(Sa’dulla Siyoyev on the example of the work “The steppe

kypchak falcon or Shayboniykhon”)

Matchanova Komila Sultanbayevna,

master's student of Nukus State Pedagogical Institute named after Adjiniyaz


background image

476

Annatation.

This article is about the historical works “The Steppe Kipchak Falcon or

Shaybani Khan” by Sa’dulla Siyoyev, which includes artistic and historical events. The article
discusses the role of historical works in literature and their specific features.

Key words.

Shoybaniykhan, history, historicity, historical novel, prototype.

90-yillar “Sharq Yulduzi”da “Dashti qipchoq lochini yoxud shoyboniyxon” asari bosildi

kichginagina bo‘lib. Lekin kitob qilib bosilishiga 30-yil davomida hech kim ruxsat bermaydi. Gap
bu Shoyboniyxonni kimgadir yoqqan yoqmaganida emas, lekin o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan
o‘rni kitobda nihoyatda go‘zal qilib tarannum etilgan. Badiiy obraz borliqdagi narsa va
hodisalarning muallif ko‘zi bilan ko‘rilgan va idealidagi ijodni qayta ishlash demakdir. Ijodkor
obrazlar yordamida ichidagi kechinmalarni, muommolarni kitobxonga yetkazib beradi.

S.Siyoyev o‘tgan asrda xalqning boshiga kelgan muommalarini, zulmatli kunlarini, turli

illatlarni, shuningdek, tarixiy shaxslar obrazlarini, ularning orzu-armonlarini o‘z g‘oyalari bilan ayta
olgan ijodkordir. Yozuvchi o‘z asarlarida obrazlar xarakterini, ularning ichki olamini,
dunyoqarashlarini shu darajada yaxshi yoritib berganki, ushbu romanni o‘qish jarayonida kitobxon
har bir qahramon haqida tasavvurga ega bo‘la oladi.

Sa’ulla Siyoyev o‘zining asarlari bilan davr muammolarini yechishga tarixda yashab o‘tgan

bobolarimiz bilan faxrlanishga, ularning munosib vorislari, izdoshlari bo‘lishga undaydi. Sa’dulla
Siyoyevning Shayboniyxon asarini o‘qisangiz ko‘zingizning oldiga dasht keladi, sahro keladi.
Osmonda uchib yurgan qush, yerdagi yantog‘lar hidi kelganday bo‘ladi. Ufqning qizarib botishi,
jaziramalar keladi.

Sa’dulla Siyoyev oʻzbek adabiyotida munosib oʻringa ega ijodkorlardan. “Adib asarlarini

jozibador qilgan, ularga o‘ziga xos badiiy tarovat baxsh eta olgan ikki xususiyatni anglaymiz.
Ulardan biri, adib badiiy asarni yengil targ‘ibot timsoliga aylantirganligi bo‘lsa, ikkinchisi,
asardan kelib chiqadigan muammolarning hammasi eng murakkab savollarga javob izlash
kishini hayajonga soluvchi yuksak badiiy shakllarda amalga oshirilishidir” [1.34].

Sa’dulla Siyoyev adabiyotimizda yangilik bo‘lgan ko‘plar chetlab o‘tgan xatto qoralab

o‘tgan bir mavzu bor edi. Bu ham bo‘lsa Muhammad Shayboniy haqida. Shayboniyxon faqat
sarkardagina emas, u kishi nozik ta’b shoir bo‘lganliklari haqida Sa’dulla Siyoyev ko‘p vaqt
gapirib o‘zlari Qozog‘istonda, O‘zbekistonda yurgan joylarida borib, biladigan insonlarning
asarlarini o‘qib, Shoyboniyxon haqida juda katta material to‘plab roman yozishga jazm qilgan.
Mazkur romanni tahlil qilish jarayonida tarixiy-tipologik, qiyosiy-tarixiy va kontekstual tahlil
usullaridan foydalanildi. Shayboniyxonning adabiy me’rosidan bizgacha bir nechta o‘zbekcha
g‘azal, ruboiylar va 1507-1508 yillarda yozilgan o‘g‘li valiyaxt Temur Sultonga atalgan pand-
nasihatlardan iborat kitobi yetib kelgan. Uning yagona nusxasi hozir Turkiyada saqlanadi.

Sa’dulla Siyoyevning Shoyboniyxonlar haqidagi asari oʻzbek adabiyotini xazinasini tarixiy

romanlar bilan boyitdi. Uning Shoyboniyxon haqidagi asari u odamni shunchalik vatanparvarligini
isbot qilib yozib berganlar. Mana shu narsa juda ko‘plab kitobxonlarni to‘lqinlantiradi.
Shoyboniyxon tarixni sevgan va tarixiy asarlar yaratilishida o‘zi shaxsan ishtirok etgan. So‘nggi
yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Shoyboniyxon o‘zbek (turk) tilida bitilgan
o‘ziga xos manba- “Tavorixi guzidayi nusratnoma” asarining yozilishida bevosita ishtirok
etgan.[2:26]

Shayboniyxonga bosqinchi, dushman sifatida qaralishi badiiy adabiyotlarda ham ko‘p

uchraydi. Lekin so‘nggi yillarda uning yonini olib, tarixda tutgan o‘rniga boshqacha ijobiy qarashlar
ko‘paymoqda. Shayboniyxon shaxsi bizning tariximizga ancha begonalashib borayotgan yirik
davlat arbobi bo‘lgan aynan bizning ajdodimiz hisoblanadi. Aynan bu shaxsni kim degan savolga
birinchi o‘rinda O‘rta Osiyoda aynan Turon hududida davlatchilikning rivojlanishiga xissa
qo‘shgan, rivojlanishini ta’minlagan bir shaxs deb baholasak bo‘ladi. Umuman u shaxs davlat
arbobi, sarkarda, olim, shoir, din ulamosi kabi sifatlar bilan sifatlashamiz mumkin. Shu bilan eng
yuqorida turuvchi olim davlat arbobi ekanligi. Chunki biz bilamiz XV asr oxirlarida parokanda
bo‘lib qolgan sulola vakillari eplay olmay qolgan ishni aynan “Dashti qipchoq lochini” deb


background image

477

ta’riflanadi badiiy adabiyotlarda shu shaxs kelib shu vazifani uddaladi, va uddalash bilan birga
keyingi davr tarixlarida xohlaymizmi yo‘qmi goh u yoki goh bu tamondan ijobiy sifatlandi yoki
salbiy qaraldi. XV asr oxiri XVI asr boshlarida Turon hududida davlatchilikning rivojlanishiga
xissa qo‘shgan shaxs sifatida baholashimiz mumkin. Uzoq yillardan keyin amalga oshayotgan ishlar
bu ya’ni izidan chiqqan tizimni tiklayabdi. Shu jihatdan Shayboniyxonni bir necha fikrlar bilan
sanamasdan bitta so‘z bilan aytish kerakki shayboniyxon yangi davlatchilikka yangi qon olib
kiryapti.

Shayboniyxon Qur’onni yaxshi bilgan va diniy ulamolar, shoirlar bilan suhbat qurishni xush

ko‘rgan. Hukmdorning siyosiy raqibi bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham uning musulmon
dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. [Z.M.Bobur 4.128].

Sa’dulla Siyoyev asarlariga ko‘plab insonlar tan bergan. Sa’dulla Siyoyevning boshqa

tarixiy asarlarini o‘qisangiz hamma narsani tushunasiz. Dunyo ko‘zingizga tor ko‘rinadi. Ham
hajviy narsalar yozishga ham jiddiy romanlarni yozishga, ham o‘sha tarixga kirishga ham kirib
borib xuddi o‘sha joyda yashayotgandek yozganlar [5.34]. Shayboniyxon ruhoniy ulamolarga katta
hurmat xatto bolalarcha itoat qilgan. Barcha urush safarlarida o‘zi bilan birga kichkina go‘zal
kutubxona olib yurgan. Shuning uchun ham shayboniylar davrida yashagan olimlar xususan shoir
va tarixchilar uni juda ulug‘lashgan.

Xulosa qilib aytganda Sa’dulla Siyoyevning “Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad

Shayboniyxon” asarida tarixiy shaxs timsollari, qahramonlar shaxsini ochib berishga yo‘naltirilgan
bir qancha timsollarni ko‘rishimiz mumkin. Asar tarixiy jarayon voqealarini o‘zida birlashtirib juda
go‘zal badiiyatni yaratgan. So‘nggi yillarda tarixiy asarlardagi tarixiy shaxslar, tarixiy voqealarni
yozishdan maqsad bugungi kunning ma’naviy yuksalishiga katta hissa qo‘shishdan iborat.
Shayboniyxon o‘sha davrni shu darajaga ko‘targanki tarixchilik tamoyilidan kelib chiqib ham
xonliklar davri tarixchilari shayboniyxonni xonlikni temuriylardan keyin yana davom ettirgan
shaxs sifatida qaraganlar. Shayboniyxon ilm-fan homiysi edi. Ilm-fan, ma’rifat shu bilan birga
xo‘jalik hayotini iziga soldi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Buriyeva, F., & Narzulloyeva, P. (2024). Muhammad Ali she’riyatida tarixning poetik
talqini.

Analytical Journal of Education and Development

,

4

(12), 164-167.

2.

Muqumov Z. Qilich va Qalam sohiblari (Davlat arboblari haqida tarixiy lavhalar). Risola.
– Samarqand, SamDU nashri, 2013. -B.148.

3.

Xayrullayev M.M. Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti, 1999. -B.234.

4.

Zahiriddin Muhammad Bobur Boburnoma.-Toshkent:”Yulduzcha” nashriyoti, 1989. - B.386.


Bibliografik manbalar

Buriyeva, F., & Narzulloyeva, P. (2024). Muhammad Ali she’riyatida tarixning poetik

talqini. Analytical Journal of Education and Development, 4(12), 164-167.

Muqumov Z. Qilich va Qalam sohiblari (Davlat arboblari haqida tarixiy lavhalar). Risola.

– Samarqand, SamDU nashri, 2013. -B.148.

Xayrullayev M.M. Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1999. -B.234.

Zahiriddin Muhammad Bobur Boburnoma.-Toshkent:”Yulduzcha” nashriyoti, 1989. - B.386.