Mualliflar

  • Tursunboyeva Gulsum To‘raqul qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112586

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Antik davr ideal ta'lim inson tabiati aqliy tarbiya axloqiy tarbiya pedagogika falsafiy tafakkur.

Annotasiya

Annotatsiya. Maqolada antik davr olimlarining ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari tahlil 
qilinib,  ularning  zamonaviy  pedagogikaga  ta’siri  yoritiladi.  Sokrat,  Platon,  Aristotel  kabi 
mutafakkirlarning fikrlari, ta’limning axloqiy, jismoniy va aqliy rivojlanish bilan bog‘liqligi hamda 
falsafiy tafakkurning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. 


background image

472

ANTIK DAVR OLIMLARINING TA’LIM TARBIYAGA OID QARASHLARI

Tursunboyeva Gulsum To‘raqul qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti

2000TGT@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada antik davr olimlarining ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari tahlil

qilinib, ularning zamonaviy pedagogikaga ta’siri yoritiladi. Sokrat, Platon, Aristotel kabi
mutafakkirlarning fikrlari, ta’limning axloqiy, jismoniy va aqliy rivojlanish bilan bog‘liqligi hamda
falsafiy tafakkurning ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar.

Antik davr, ideal ta'lim,inson tabiati,aqliy tarbiya ,axloqiy tarbiya,

pedagogika, falsafiy tafakkur.

ESKİ BİLİM ADAMLARININ EĞİTİME İLİŞKİN GÖRÜŞLERİ

Tursunboyeva Gülsüm Torakul kızı,

Özbek-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Özet.

Makalede eski çağ bilginlerinin eğitim ve yetiştirme konusundaki görüşleri

incelenmekte ve ayrıca bunların modern pedagojiye olan etkileri vurgulanmaktadır. Özellikle
Sokrates, Platon ve Aristoteles gibi düşünürlerin düşüncelerine, eğitim ile ahlaki, bedensel ve
ruhsal gelişim arasındaki ilişkiye, felsefi düşüncenin önemine dikkat çekiliyor.

Anahtar kelimeler.

Antik çağ, ideal eğitim, insan doğası, entelektüel eğitim, ahlaki eğitim,

pedagoji, felsefi düşünce,

ВЗГЛЯДЫ ДРЕВНИХ УЧЕНЫХ НА ОБРАЗОВАНИЕ

Турсунбоева Гульсум Торакуль кызы,

Магистрантка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В статье анализируются взгляды античных ученых на образование и

воспитание, а также освещается их влияние на современную педагогику. Особое внимание
уделяется мыслям таких мыслителей, как Сократ, Платон и Аристотель, связи
образования с нравственным, физическим и умственным развитием, а также важности
философского мышления.

Ключевые слова.

Античность, идеальное воспитание, человеческая природа,

умственное воспитание, нравственное воспитание, педагогика, философская мысль,

VIEWS OF ANCIENT SCIENTISTS ON EDUCATION

Tursunboyeva Gulsum Torakul qizi,

master’s student at the Uzbek-Finnish pedagogical institute


Abstract.

The article analyzes the views of ancient scholars on education and upbringing,

highlighting their influence on modern pedagogy. The thoughts of thinkers such as Socrates, Plato,
and Aristotle, the connection of education with moral, physical, and mental development, and the
importance of philosophical thinking are highlighted.

Keywords.

Antiquity, ideal education, human nature, intellectual education, moral

education, pedagogy, philosophical thought.


background image

473

Ta’lim va tarbiya insoniyat tarixining muhim tarkibiy qismi bo‘lib,insoniyat rivojlanishi bilan
birgalikda shakllanib bordi. Uning ildizlari qadimgi sivilizatsiyalarga borib taqaladi. Antik davr
olimlari ta’lim jarayoni, axloqiy tarbiya hamda insonning intellektual rivojlanishi to‘g‘risida o‘ziga
xos qarashlarni ilgari surganlar. Ularning fikrlari bugungi ilm-fanning, pedagogikaning
shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

Antik davr ta’lim-tarbiyasining shakllanishi, asosan, Yunoniston va Rim madaniyati bilan

bog‘liq. Ushbu hududlarda ta’limning asosiy maqsadi ideal fuqaroni tarbiyalash bo‘lib, insonning
jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan mukammal shakllanishiga katta e’tibor qaratilgan. Bu davrda
yashagan Suqrot, Platon, Aristotel, Mark Tulliy Tsitseron, Kvintilian, Mark Avreliy singari olimlar
ilm-fan, ta'lim va tarbiya haqidagi nazariyalarini ilgari surib keyingi davr insoniyat tarqqiyoti
rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Suqrot (469-399 mil.avv.) Fikrlash orqali ta’lim.“Men faqat bitta narsani bilaman, u ham

shu: men hech narsani bilmayman” [2, 4 b]. O‘z davrining eng mashxur faylasufi bo‘lib,
nazariyalarida ta'limning asosiy maqsadi fikr yuritish va mantiqiy tafakkur orqali insonni
shakllantirish deya aytib o‘tadi. Sokrat ta’limning asosiy maqsadi odamlarni fikrlashga o‘rgatish
deb hisoblagan. U o‘zining Sokratik usuli orqali o‘quvchilar bilan savol-javob orqali haqiqatni
aniqlashga intilgan. Unga ko‘ra:Inson oldindan hech narsani bilmaydi,ya'ni bilimni izlash
kerak.O‘qituvchi o‘quvchiga tayyor bilim bermaydi, unga to‘gri yo‘l yo‘riq ko‘rsatib uni
shakllantirishga yordam beradi.i. Axloqiy tarbiya ham kishilik jamiyatida muhim bo‘lib, odam
avvalo o‘zini tanishi va yaxshilikka intilishi lozim. Sokratning ta’lim usuli bugungi interaktiv
ta’lim-savol javob, muhokama, tanqidiy fikrlash metodlarining asosini tashkil qiladi.

Platon (427-347 mil.avv.): Ideal ta’lim tizimi. U o‘zining Davlat (Politeia) asarida

mukammal, rivojlangan jamiyat uchun qanday ta'lim tizimi joriy etish kerakligi yuzasidan fikrlarini
bayon etadi. “U ta'lim 3 bosqichdan iborat bo‘lishi zarurligi har bir bosqich yoshiga ko‘ra
guruhlarga ajratilishini yozadi. Unga ko‘ra inson tug‘ilganidan 7 yoshga yetguniga qadar oilada
tarbiya olishi va bu davrda asosan axloqiy bilimni yaxshi egallashi lozim. Ta'limning keyingi
bosqichi 7 yoshdan 18 yosh oraligida bo‘lib ushbu davrda jismoniy tarbiya hamda musiqiy
bilimlarni egallash kerak. Keyingi davr 18-30 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr ilmiy ta'lim
davri deb atalib falsafa, matematika, mantiq kabilarni shu davr orasida o‘zlashtiradi” [4. 217b].
Platon asarlarida ayollarning ham erkaklar singari bilim olishda teng huquqli ekanligi, iste’dodli
kishilar hamisha hurmatga sazavor ekanligini ham ta'kidlab o‘tgan. Uning qsrashlari bugungi
zamonaviy ta'limda ham oz ifodasini topdi. Yoshga qarab- maktab, litsey, OTM tizimida o‘qitish.

Aristotel (384–322 mil.avv): Inson tabiatiga mos ta’lim. U o‘zining Siyosat(Politika) va

“Nikomax axloqi” asarlarida ta’limni 3 asosiy sohaga ajratadi:

1. Jismoniy tarbiya
2. Axloqiy tarbiya
3. Aqliy tarbiya
Sog‘lom tana va sog‘lom ongni shakllantirish uchun jismoniy tarbiya, insoniy

fazilatlarining kamol topishida axloqiy tarbiya, mantiq, falsafa hamda ilmiy bilimlarning
rivojlanishida aqliy tarbiyaning roli juda katta . Shuningdek Aristotel tajribaga asoslangan o‘rganish
orqali inson o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashi lozimligini ham uqtiradi. Darhaqiqat, tajriba
inson hayotida katta o‘rin tutadi. Biror bir narsni boshlashdan oldin avvalo insonda malaka bo‘liski
lozim. Aristotelning bu izlanishlari bugungi kun ta'lim metodida ham keng qo‘llanilmoqda.
Jismoniy tarbiyaning zamonaviy maktablarda ham keng joriy qilinishi, eksperimental ta'lim-
zamonaviy ta'limda tajriba va laboratorya ishlarining olib borilishi bunga misol bo‘la oladi.

Kvintilian(35-100) rimlik olim bu davrda birinchi pedagogik darslik hamda namunali

o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida yozgan. Uning asosiy qarashlari "Institutio Oratoria"
("Notiqlik san’ati") asarida o‘z ifodasini topgan. Yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini
yanada takomillashtirish,ular tabiatan bilim olishga moyilligi sababli yoshlikdan qobiliyatlarini
rivojlantirishda o‘qituvchining roli nihoyatda beqiyosdiri. Kvintilian o‘qituvchi oldiga bir qancha
talablarni qo‘yadi. “Birinchidan mehribon va talabchan bo‘lishi, ikkinchidan notiq bo‘lishi


background image

474

kerakligini yozadi”. [ 6, 167 b] Kvintilian qarashlari bugungi ta'lim tizimida ham keng
qo‘llanilmoqda. Pedagogik metodikalar – o‘qituvchining shaxsiyati va uslubi ta’lim sifatiga
bevosita ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek notiqlik san’ati – zamonaviy ta’limda nutq so‘zlash va
muloqot ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Mark Avreliy ( 121-180) ham axloqiy tarbiyaga jiddiy e'tibor qaratib,inson axloqiy

fazilatlarini shakllantirish ta’limning muhim qismi ekanligini ta’kidlagan. “Axloqiy tarbiya inson
shaxsiyatini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, o‘zini tuta bilish, inson hissiyotlarini boshqara
olishi muhimligini yozadi.” [ 3, 25b ] Haqiqatan ham o‘qituvchi nafaqat bilim berishi, balki tog‘ri
yo‘l yo‘riq qorsatadigan ntik davr olimlarining ta’lim va tarbiyaga oid fikrlari zamonaviy ta’lim
tamoyillarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bugungi kunda innovatsion ta’lim metodlari,
tanqidiy fikrlash, axloqiy tarbiya va jismoniy rivojlanishga asoslangan tizimlar aynan shu qadimiy
g‘oyalarga tayangan holda rivojlanmoqda.

Antik falsafa va pedagogika qadriyatlari nafaqat tarixiy meros, balki kelajak ta’limini

rivojlantirish uchun ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, zamonaviy ta’lim
jarayonlarida qadimgi olimlarning g‘oyalarini chuqur o‘rganish va ulardan samarali foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Aristotel – Siyosat (Politika). – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2012. 150 b.

2.

Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry
(From the Post-1960s Period). American Journal of Philological Sciences, 4(11), 86-89.

3.

Kadirov, A. – Antik dunyo falsafasi va ta’lim tizimi, Toshkent: Universitet nashriyoti, 2020.
245-b.

4.

Mark Avreliy – O‘zimga o‘gitlar (Meditatsiyalar), Toshkent: Adabiyot va san’at, 2015. 36-b.

5.

Platon. Davlat / G‘. Ismailov tarjimasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 400 b.

6.

Sokrat – Sokratning suhbatlari (Ksenofont asarlari asosida). – Toshkent: Fan, 2001. 79-b.

7.

Yunon va Rim falsafasi tarixi. Akademik manbalar, – Toshkent: Ma’naviyat, 2018. 389-b.


Bibliografik manbalar

Aristotel – Siyosat (Politika). – Toshkent: Sharq nashriyoti, 2012. 150 b.

Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry

(From the Post-1960s Period). American Journal of Philological Sciences, 4(11), 86-89.

Kadirov, A. – Antik dunyo falsafasi va ta’lim tizimi, Toshkent: Universitet nashriyoti, 2020. 245-b.

Mark Avreliy – O‘zimga o‘gitlar (Meditatsiyalar), Toshkent: Adabiyot va san’at, 2015. 36-b.

Platon. Davlat / G‘. Ismailov tarjimasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 400 b.

Sokrat – Sokratning suhbatlari (Ksenofont asarlari asosida). – Toshkent: Fan, 2001. 79-b.

Yunon va Rim falsafasi tarixi. Akademik manbalar, – Toshkent: Ma’naviyat, 2018. 389-b.