Mualliflar

  • Sharipova Mahfuza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112587

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. tarixiy roman epik janr badiiy to‘qima tarixiy haqiqat obraz o‘zbek adabiyoti milliy o‘zlik ma’naviyat.

Annotasiya

Annotatsiya.Ushbu maqolada tarixiy roman janri, uning xususiyatlari va tiplari o‘rganiladi. 
Muallif roman janrining epik xarakterini, hayotni keng qamrovli tarzda aks ettirish imkoniyatlarini 
ta’kidlaydi.  Tarixiy  haqiqat  va  badiiy  to‘qima  uyg‘unligi  tahlil  qilinib,  yozuvchilarning  tarixiy 
manbalarni  obraz  yaratishda  mohirona  qo‘llashi  yoritiladi.  Dunyo  adabiyotidagi  mashhur 
yozuvchilar, jumladan Aleksandr Dyuma, hamda o‘zbek tarixiy romanining asoschilari — Abdulla 
Qodiriyning  O‘tkan  kunlar,  Oybekning  Qutlug‘  qon  va  Navoiy,  Odil  Yoqubovning  Ulug‘bek 
xazinasi, Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar kabi asarlari tahlil qilinadi. Ushbu romanlar orqali 
tarixiy voqealar, milliy o‘zlik va xalqning ma’naviy olami badiiy ifoda orqali ochib beriladi. 


background image

467

O‘ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY ROMANLAR

Sharipova Mahfuza,

Namangan davlat pedagogika institute magistranti

mahfuzasharipova@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarixiy roman janri, uning xususiyatlari va tiplari o‘rganiladi.

Muallif roman janrining epik xarakterini, hayotni keng qamrovli tarzda aks ettirish imkoniyatlarini
ta’kidlaydi. Tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima uyg‘unligi tahlil qilinib, yozuvchilarning tarixiy
manbalarni obraz yaratishda mohirona qo‘llashi yoritiladi. Dunyo adabiyotidagi mashhur
yozuvchilar, jumladan Aleksandr Dyuma, hamda o‘zbek tarixiy romanining asoschilari — Abdulla
Qodiriyning O‘tkan kunlar, Oybekning Qutlug‘ qon va Navoiy, Odil Yoqubovning Ulug‘bek
xazinasi, Pirimqul Qodirovning Yulduzli tunlar kabi asarlari tahlil qilinadi. Ushbu romanlar orqali
tarixiy voqealar, milliy o‘zlik va xalqning ma’naviy olami badiiy ifoda orqali ochib beriladi.

Kalit so‘zlar.

tarixiy roman, epik janr, badiiy to‘qima, tarixiy haqiqat, obraz, o‘zbek

adabiyoti, milliy o‘zlik, ma’naviyat.

ÖZBEK EDEBİYATINDA TARİHİ ROMANLAR

Sharipova Mahfuza,

Namangan devlet pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Özet

.

Bu makalede tarihi roman türü, onun özellikleri ve türleri ele alınmaktadır. Yazar,

roman türünün epik karakterini ve hayatı geniş kapsamlı bir şekilde yansıtma imkânlarını vurgular.
Tarihi gerçeklik ile sanatsal kurgu arasındaki uyum analiz edilmekte, yazarların tarihî kaynakları
karakter yaratmada ustaca kullanmaları incelenmektedir. Dünya edebiyatındaki ünlü yazarlar,
özellikle Alexandre Dumas, ve Özbek tarihi romanının öncülerinden olan Abdulla Kadiri’nin
Geçmiş Günler, Oybek’in Kutlu Kan ve Navai, Odil Yakubov’un Uluğbek’in Hazinesi, Pirimkul
Kadirov’un Yıldızlı Geceler gibi eserleri analiz edilmektedir. Bu romanlar aracılığıyla tarihi
olaylar, milli kimlik ve halkın manevi dünyası sanatsal anlatım yoluyla ortaya konmaktadır.

Anahtar kelimeler

. Tarihi roman, epik tür, sanatsal kurgu, tarihi gerçeklik, karakter, Özbek

edebiyatı, milli kimlik, maneviyet.

ИСТОРИЧЕСКИЕ РОМАНЫ В ЛИТЕРАТУРЕ УЗБЕКИСТАНА

Шарипова Махфуза,

магистрантка Наманганского государственного педагогического института

Аннотация

. В данной статье рассматривается жанр исторического романа, его

особенности и типология. Автор подчеркивает эпический характер романа как жанра,
способного всесторонне отражать жизнь. Анализируется гармония между исторической
правдой и художественным вымыслом, а также умелое использование исторических
источников писателями при создании ярких образов.Особое внимание уделено
произведениям известных мировых авторов, в том числе Александра Дюма, а также
основоположников узбекского исторического романа – таких как “Прошедшие дни”
Абдуллы Кадыри, “Священная кровь” и “Навои” Айбека, “Сокровище Улугбека” Одила
Якубова и “Звёздные ночи” Пиримкула Кадырова. Эти произведения раскрывают
исторические события, национальную идентичность и духовный мир народа через
художественное выражение.


background image

468

Ключевые слова.

Исторический роман, эпический жанр, художественная фактура,

историческая правда, образ, узбекская литература, национальная идентичность,
духовность.

HISTORICAL NOVELS IN UZBEKISTAN LITERATURE

Sharipova Mahfuza,

Namangan state pedagogical instituteб master's student

Abstract

.This article explores the genre of the historical novel, its characteristics, and

typology. The author highlights the epic nature of the novel as a large-scale narrative form,
emphasizing its capacity to depict life comprehensively. It analyzes the harmony between historical
truth and artistic fiction, focusing on how writers skillfully use historical sources to create vivid
characters. Special attention is given to the works of prominent global authors, including Alexandre
Dumas, as well as the pioneers of Uzbek historical novels — such as Abdulla Qodiriy’s O‘tkan
kunlar, Oybek’s Qutlug‘ qon and Navoiy, Odil Yoqubov’s Ulug‘bek xazinasi, and Pirimqul
Qodirov’s Yulduzli tunlar. The paper discusses how these works contribute to understanding
historical events, national identity, and the spiritual world of the people through rich literary
expression.

Keywords.

Рistorical novel, epic genre, artistic texture, historical truth, image, Uzbek

literature, national identity, spirituality

Bilamizki, badiiy adabiyotda asarlar tur va janrlariga, shuningdek, mavzu ko‘lamiga ko‘ra

farqlanadi. Roman (fr.roman – “lotin tilida emas, roman tillaridan birida yozilgan” ma’nosida) –
zamonaviy adabiyotda epik turning yirik hajmli janri. Romanga ta’rif berilganda, odatda, uning
hajman kattaligi, hayotni keng ko‘lamda tasvirlashi, qahramon hayotidan katta davrni olib, turli
ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘lab talqin qilishi, ko‘plab va turfa kishilar taqdirlari orqali
jamiyatning joriy holatini aks ettira olishi, murakkab ko‘p chiziqli syujetga ega bo‘lishi kabi janr
xususiyatlari qayd etiladi.[1,60]

Romanlar mavzusi, qamrab olingan voqealar ko‘lamiga ko‘ra bir necha xilga bo‘linadi.

Jumladan, tarixiy roman, falsafiy roman, fantastik roman, sarguzasht roman, ijtimoiy-siyosiy
roman, avtobiografik roman kabilar.[2,46] Biroq tarixiy romanda falsafiy mushohadalar yoki
avtobiografik romanda ijtimoiy-siyosiy voqealar tahliliga keng o‘rin berilgan bo‘lishi mumkin. Shu
boisdan, romanlarni mavzusiga ko‘ra guruhlarga ajratish nisbiy bo‘ladi.

Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan biri oʻtmishda sodir boʻlgan voqealar, yaqin yoki

olis oʻtmishda yashagan tarixiy shaxslarga bagʻishlangan asarlar yaratishdir. Tarixiy asar yozish
ancha mushkul ijodiy jarayon. Tarixni qaytadan tiriltirish, tarixiy shaxslarga jon ato etish,
yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Shuningdek, muallif tarixiy shaxslar bilan birga ular
yaratayotgan obrazni yorqin mujassamlashtirish, tasvir etilayotgan davr manzarasini keng va
atroflicha yoritish maqsadida toʻqima obrazlarni asarga olib kiradi. Romanda to‘qima obraz va
voqealardan foydalanishning aniq chegarasi, qat’iy o‘lchovi bo‘lmasa-da, bu unsurlarning me’yori
tarixiy asar saviyasini belgilovchi asosiy omil hisoblanishini mahoratli muallif yaxshi anglaydi. Shu
bois doim tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi oltin ko‘prikni izlaydi

.[3,86]

Tarixiy

mavzuda asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yoki tarixiy shaxsning hayoti va
faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va h.k.) asosida oʻrganish, shu davrning
tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida oʻsha davr kishilari tiliga xos
xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi.

Yozuvchi yoki shoirning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, kitobxonlarni tarixiy

oʻtmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda oʻz
xalqining tarixiy oʻtmishiga nisbatan hurmat tuygʻusini uygʻotish va shu yoʻl bilan maʼrifatli
avlodni tarbiyalash, zamondoshlarni tarixiy oʻtmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va


background image

469

faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash, bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va
hodisalarga tarixiy oʻtmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir.

Tarixiy mavzudagi asarlar asosan nasrning roman, qissa va hikoya, dramaturgiyaning

tragediya va drama, shuningdek, sheʼriyatning doston, ballada, lirik sheʼr kabi janrlarida yoritiladi.
Jahon adabiyotida tarixiy oʻtmish mavzusi Esxil, va U.Shekspir tragediyalari, Haynrix Man,
V.Skott, Prosper Merime, A.Dyuma, J.Golsuorsi, L.N. Tolstoy, A. Konan Doyl va boshqa
yozuvchilarning romanlarida katta mahorat bilan yoritilgan.

Yuqorida nomi keltirilgan jahon adabiyotidagi tarixiy roman mualliflariga to‘xtaladigan

bo‘lsak, Aleksandr Dyuma ijodi ancha sermahsul ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Fransuz romanisti
bo‘lgan ijodkor yuzdan ortiq tarixiy-sarguzasht romanlar yaratgan. “Uch mushketyor”, “Graf
Monte-Kristo”, “Qora lola”, “O‘n yildan so‘ng”, “Yigirma yildan so‘ng”, “Qirolicha Margo” shular
jumlasidandir. Adib ijodida, ayniqsa, Yunoniston, Rim va Fransiya tarixiga oid ko‘plab
ma’lumotlarni qamrab olgan “Askanio” romani muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur roman
badiiyati jihatdan ijodkorning avvalgi ishlariga nisbatan birmuncha yuqoriroq bo‘lib, unda bosh
qahramon Askanio ma’suma va go‘zal qiz Kolumbaga bo‘lgan muhabbatida sobit turgan yigirma
yoshli yigit sifatida gavdalanadi. Aynan bir-biridan sermazmun romanlari tufayli ham Aleksandr
Dyuma jahon adabiyotida “javohirlar xazinasi” [4,75] deya e’tirof etiladi.

Oʻzbek adabiyotida ham tarixni badiiy asarlarida gavdalantirgan bir qancha ijodkorlar

mavjud. Xususan, adabiyotimizdagi ilk tarixiy asar muallifi Abdulla Qodiriy den tan olingan.
Yozuvchining „Oʻtkan kunlar“ romani oʻzbek adabiyotida maydonga kelgan ilk tarixiy roman deya
e’tirof etiladi. Shuningdek, “Mehrobdan chayon” ham adibning adibning kamtarona ta’biri bilan
aytganda “havaslanib” bitgan ikkinchi romani edi. Har ikki asarni ham o‘qir eaknmiz, ijodkorning
badiiy so‘zida betakror joziba mujassamlanganiga guvoh bo‘lamiz. Otabek, Kumush, Zaynab,
Anvar, Ra’no, Abdurahmon, Xudoyorxon kabi tarixiy va to‘qima obrazlar zamirida “Tariximizning
eng kirlik va qora”[5, 3] kunlari haqida hikoya qiladi. Ushbu tarixiy romanlarni o‘qir ekanmiz,
xalqimizning zolim hukmdor qo‘l ostida naqadar aynachli ahvolda qolganiga amin bo‘lamiz.

Adabiyotimizning yana bir zabardast vakili Oybek „Qutlugʻ qon“ romanini yozish orqali

Qodiriy boshlab bergan tarixiy roman anʼanalarini rivojlantirdi va „Navoiy“ romani bilan tarixiy-
biografik roman janriga tamal toshini qoʻydi. “Qutlug‘ qon” romanida o‘zbek xalqining yaqin
o‘tmishdagi rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning oʻz ahvolini
anglab ularga qarshi bosh koʻtargani badiiy tasvirlangan. Oʻzbek xalqining milliy ozodlik uchun
olib borgan kurashlarida 1916-yilgi qoʻzgʻolon muhim oʻrin egallaydi.

“Garchi men roman voqealari yuz bergan vaqtda hali kichik bola boʻlsam ham xalq

turmushini koʻrdim. Kambagʻallarning qorongʻu va dim uy-joylarini, boylarning atrofi baland-
baland devorlar bilan oʻralgan hashamatli imoratlarini, muzdek hovuzi boʻlgan bogʻlarini koʻrdim.
Men keyinchalik romanimda tasvir etilgan turmush va ijtimoiy munosabatlarning koʻpgina
tomonlarini oʻsha vaqtdayoq chanqoqlik bilan kuzatgan va tushungan edim“ - deya yozgan
edi Oybek. [7,1]

Romanda oʻzbeklar tarixining chirkin va qora kunlari, oq podsho istilosi davri, birinchi

jahon urushida yengilayotgan podsho hukumatiga mardikor yollash va buni Turkiston xalqlari
orasidan yigʻishi. Bunga qarama-qarshi yoʻlda harakat qilgan, haqiqat va sevgisi uchun kurashgan
Yoʻlchining bu yoʻlda halok boʻlishi tasvirlangan.

“Navoiy“ tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqealari 18 yoshli

yigit — Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining
eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqealari Navoiyning oʻlimini aks
ettirish bilan yakunlanadi. Asarda Navoiy tarjimayi holining asosiy bosqichlari hayot haqiqatiga
mos holda yorqin tasvirlangan. Asarda Navoiyning olijanob fazilatlari, ajoyib xislatlari, Vatan, xalq
va adabiyot oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochilib boradi. Romanda Husayn Boyqaro,
Xadicha begim, Moʻmin Mirzo, Darveshali, Binoiy, Majididdin singari tarixiy shaxslar obrazi ham
berilgan.


background image

470

Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida olim va shoh Mirzo Ulug‘bekning fojiali

hayoti, umrining so‘nggi damlaridagi hayotiy ziddiyatlar zamiridagi faoliyatining badiiy talqini
haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyondasi, so‘z san’atkori Odil Yoqubov
bir qator asarlari bilan nasr taraqqiyotda katta va o‘chmas iz qoldirdi. Adibning “Ko‘hna dunyo”
romanida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy obrazlari yaratilishi bilan uzviylikda, ular
yashagan murakkab davr muhiti, uning inson ruhiyatiga ta’siri talqin etilgan. “Ulug‘bek xazinasi”
romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan.
Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti
bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi.

“Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo

Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan iztirob chekayotgan
xalq hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq
fojealari juda asosli ifodalangan.”[6,200] Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning
vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha
qayd etadi. Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo
Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Har ikki
buyuk siymoning badiiy obrazi juda asosli talqin etilganligini isbotlaydi. Roman voqealari rivojida
monologik, diologik nutqning o‘ziga xos badiiy funksiyasi mavjudligi isbotlangan.

“Yulduzli tunlar“ – oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman.

Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi.Muallif mazkur roman ustida oʻn
yil davomida ish olib borgan. “Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari
asos boʻlgan. Bu asar dunyoga mashhur o‘zbek hukmdori, atoqli shoir, o‘z davrining qomusiy
bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan asar bo‘lib, zamonaviy
o‘zbek romanchiligining yetuk namunasi hisoblanadi.O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Pirimqul
Qodirov ushbu roman o‘zining talabalik yillaridagi Amir Temur va Bobur Mirzo shaxslariga
ixlosmandligi hosilasi ekanini aytgan.

“Bobur Mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda

o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu majoziy kemalardan biri
tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog‘day bir yuk
yelkamdan tushganday bo‘lgan edi. Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop
etilmay yotdi. Bu yillar davomida o‘sha zalvarli yukni yana yelkamda ko‘tarib yurganday bo‘ldim.
Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga
olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha
yillardayoq dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi”, - deb yozadi

Xulosa

o‘rnida shu aytish mumkinki, mazkur janrning o‘rganilishi orqali

adabiyotshunoslikda nafaqat estetik mezonlar, balki tarixiy haqiqat, milliy tafakkur, voqelikni
badiiy aks ettirish masalalari ham chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy romanlarning ilmiy
jihatdan o‘rganilishi ularning adabiy jarayondagi o‘rnini aniqlash, janr xususiyatlarini ochib berish
va yangi yondashuvlar orqali mazmunan boyitishga xizmat qiladi. Kelgusida bu yo‘nalishda
izlanishlar davom ettirilishi, yangi yondashuvlar va tadqiqotlar paydo bo‘lishi bilan tarixiy romanlar
adabiyotshunoslik ilmining muhim tarmoqlaridan biri sifatida yanada rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Adabiyotshunoslik lug‘ati / D.Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. – Toshkent:
“Akademnashr”, 2013.

2.

Adabiyot tarixi va nazariyasi (1-qism) [o‘quv qo‘llanma] / L.Tashmuxamedova. – Toshkent:
Sharofat Nur Fayz, 2020.

3.

“Alisher Navoiy” romanida tarixiy shaxs konsepsiyasi / Sa’dullo Quronov “Ilmiy xabarnoma.
Gumanitar tadqiqotlar” – № 5. 2021 y.

4.

Boynazarov F. Jahon adabiyoti: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.O‘zR Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi. – T.:”Musiqa”,2006


background image

471

6.

Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry
(From the Post-1960s Period).

American Journal of Philological Sciences

,

4

(11), 86-89.

7.

Abdulla Qodiriy, O‘tkan kunlar, T.: “ZiyoNashr”, 448b.

8.

Azimiddin Nasirov/“Odil Yoqubovninng “Ulug‘bek xazinasi” romanida badiiy obraz yaratish”
nomli maqola. December 2020 Uluslararasi türk lehçe araştirmalari dergisi (Türklad) 4(2):200-
205

9.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Oybek

.


Bibliografik manbalar

Adabiyotshunoslik lug‘ati / D.Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. – Toshkent:

“Akademnashr”, 2013.

Adabiyot tarixi va nazariyasi (1-qism) [o‘quv qo‘llanma] / L.Tashmuxamedova. – Toshkent:

Sharofat Nur Fayz, 2020.

“Alisher Navoiy” romanida tarixiy shaxs konsepsiyasi / Sa’dullo Quronov “Ilmiy xabarnoma.

Gumanitar tadqiqotlar” – № 5. 2021 y.

Boynazarov F. Jahon adabiyoti: Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.O‘zR Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi. – T.:”Musiqa”,2006

Buriyeva, F. (2024). The gradual development of literary tradition and innovation in poetry

(From the Post-1960s Period). American Journal of Philological Sciences, 4(11), 86-89.

Abdulla Qodiriy, O‘tkan kunlar, T.: “ZiyoNashr”, 448b.

Azimiddin Nasirov/“Odil Yoqubovninng “Ulug‘bek xazinasi” romanida badiiy obraz yaratish”

nomli maqola. December 2020 Uluslararasi türk lehçe araştirmalari dergisi (Türklad) 4(2):200-