Mualliflar

  • Kobilov Nomoz O‘rolovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112591

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Xalq maqollari lingvokulturologiya milliy tafakkur maqolning badiiy funksiyasi mentalitet adabiy tahlil.

Annotasiya

Annotasiya.  Ushbu  maqolada  o‘zbek  xalq  maqollarining  lingvokulturologik  xususiyatlari 
Tog‘ay  Murodning  qissalari  misolida  o‘rganiladi.  Maqollarning  milliy  tafakkur,  qadriyatlar, 
mentalitet va urf-odatlar ifodasidagi roli yoritiladi. Tog‘ay Murod qissalarida xalq maqollaridan 
foydalanish  holatlari  tahlil  qilinib,  ular  orqali  yozuvchining  milliy  madaniyatni  qanday  aks 
ettirgani  ko‘rsatib  beriladi.  Shuningdek,  maqollar  tilshunoslik  va  madaniyatshunoslik  nuqtai 
nazaridan tahlil qilinadi. 


background image

608

MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

(Tog‘ay Murod qissalari misolida)

Kobilov Nomoz O‘rolovich,

Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyi

Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

nomozkobilov@gmail.com

Annotasiya.

Ushbu maqolada o‘zbek xalq maqollarining lingvokulturologik xususiyatlari

Tog‘ay Murodning qissalari misolida o‘rganiladi. Maqollarning milliy tafakkur, qadriyatlar,
mentalitet va urf-odatlar ifodasidagi roli yoritiladi. Tog‘ay Murod qissalarida xalq maqollaridan
foydalanish holatlari tahlil qilinib, ular orqali yozuvchining milliy madaniyatni qanday aks
ettirgani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqollar tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar.

Xalq maqollari, lingvokulturologiya, milliy tafakkur, maqolning badiiy

funksiyasi, mentalitet, adabiy tahlil.

DEYİMLERİN LİNGVOKÜLTÜROLOJİK ÖZELLİKLERİ

(Togay Murad'ın hikâyeleri örneğinde)

Kobilov Nomoz O‘rolovich,

Şarof Raşidov adındaki Semerkand devlet üniversitesi akademik lisesi beşeri bilimler

bölümü başkanı,filoloji bilimleri doktoru (PhD)

Özet.

Bu makalede, Özbek halk deyimlerinin lingvokültürolojik özellikleri Togay Murad'ın

hikâyeleri örneğinde incelenmektedir. Deyimlerin milli düşünce, değerler, zihniyet ve geleneklerin
ifadesindeki rolü ele alınmaktadır. Togay Murad’ın hikâyelerinde halk deyimlerinin kullanım
durumları analiz edilmekte ve yazarın bu deyimler aracılığıyla milli kültürü nasıl yansıttığı ortaya
konmaktadır. Ayrıca deyimler, dilbilimsel ve kültürel bakış açısıyla değerlendirilmiştir.

Anahtar kelimeler.

Halk deyimleri, lingvokültüroloji, milli düşünce, deyimlerin edebi işlevi,

zihniyet, edebi analiz.

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОСЛОВИЦ

(на примере повестей Тогая Мурода)

Kobilov Nomoz O‘rolovich,

Заведующий кафедрой гуманитарных наук академического лицея при

Самаркандском государственном университете имени Шарофа Рашидова,

доктор философии (PhD) по филологическим наукам.

Аннотация.

В данной статье изучаются лингвокультурологические особенности

узбекских народных поговорок на примере рассказов Тога й Мурод. Освещается роль

поговорок в формировании национального мышления, ценностей, менталитета и обычаев.
Анализируются случаи использования народных поговорок в произведениях Тога й Мурод,

через которые демонстрируется, как автор отражает национальную культуру. Кроме
того, поговорки анализируются с точки зрения лингвистики и культурологии.

Ключевые слова.

Народные пословицы, лингвокультурология, национальное

мышление, художественная функция пословицы, менталитет, литературный анализ.

LINGUOCULTUROLOGICAL FEATURES OF PROVERBS

(On the example of Toghay Murad’s stories)


background image

609

Kobilov Nomoz O‘rolovich,

head of the Department of humanities at the academic lyceum of

Samarkand state university named after Sharof Rashidov,

doctor of philosophy (PhD) in philological sciences

Abstract.

This article explores the linguoculturological features of Uzbek folk proverbs

through the example of Toghay Murad’s stories. The role of proverbs in expressing national
thinking, values, mentality, and traditions is highlighted. The usage of folk proverbs in Toghay
Murad’s narratives is analyzed to show how the writer reflects national culture through them.
Furthermore, the proverbs are examined from linguistic and cultural perspectives.

Keywords.

Folk proverbs, linguoculturology, national thinking, artistic function of proverbs,

mentality, literary analysis.

Ma’lumki, har bir til o‘z nafisligini, eng avvalo, xalq og‘zaki ijodi janrlarida aks ettiradi.

Og‘zaki ijodda xalq topqirligini o‘zida aks ettirgan tilning go‘zal namunalari jamlangan bo‘ladi.
Og‘zaki ijodining muhim bir bog‘ini bo‘lgan xalq maqollarida tilning barcha qatlamlari
umumlashgan. Chunki “ ... maqollar xalq hayotini, uning o‘tmishdagi siyosiy, iqtisodiy va
madaniy turmush darajasini o‘rganishda noyob manba bo‘lib xizmat qiladilar. Bu narsa turli
ijtimoiy munosabatlarning xalqning axloqiy me’yorlari va e’tiqodlarining, maishiy turmushi va
mehnati, sevgisi va nafrati, ozod hayot uchun intilishlarining obyektiv, ixcham va lo‘nda aks
etganligida ko‘rinadi” [O‘zbek..., 1987: 18]. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday ta’rif
berilgan: «Maqol [

a.

لاق م

– maqol, kichik asar; so‘z, nutq]. Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan

yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli
ibora, gap» [O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2006: 569.]. Tabiiyki, Maqol jahon xalqlari og‘zaki
ijodining mumtoz janrlaridan biri bo‘lib, unda xalqning ko‘p asrlik tarixi, turmush tarzi, milliy
madaniyati, etnografiyasi, orzu-istaklari, dunyoqarashi, o‘y-fikrlari, tilining misqollab yig‘ilgan
boyligi tamg‘alangan bo‘ladi. Xalq maqollarida kishilikning turmush tajribalari asosida chiqargan
falsafiy xulosalari ixcham va lo‘nda shaklda ifoda etilgan. Ularni qadimgi xalq poetik tafakkurining,
ota-bobolar donishmandligining bebaho merosi, til tarixining takrorlanmas yodgorligi desa bo‘ladi
[Mirzaaliyev, 2020: 5]. Shu bois xalq maqollarida xalq hayotini to‘lasincha o‘zida aks ettirganligi
bois ularning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biri hisoblanadi.

Lingvokulturologiya insonga xos madaniylikni nutq va diskursda yuzaga chiqishi barobarida

olamning milliy manzarasi, lisoniy ong, mental-lisoniy majmuaning xususiyatlarini o‘rganish bilan
shug‘ullanuvchi fandir. Shu bois ham, unda inson mentallitetini aks ettiruvchi jarayonlar yetakchilik
qilishi shubhasizdir.

Kognitiv psixologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlarning qayd etishicha, inson miyasining

tuzilish jarayoni turli fanlarning integrasiyasi orqali takomillashib borganligi bois ular sun’iy
tafakkur bilan o‘zaro zich aloqada bo‘lib, “tafakkur – axborotni qayta ishlash vositasi sifatida”gi
ta’rif shakllangan [Alfirenko, 2010: 46].

Oqin ijodkor asarlari tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, u har bir xalq maqolini o‘z

o‘rnida qo‘llashga harakat qilgan. E’tiboringizni asardan olingan quyidagi parchaga qaratamiz:

“ Onamiz tap-taqir kallamni ushlab ko‘rdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib kuydi.
-Kambag‘alni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, -dedi” (Ot kishnagan oqshom,7).
Bu parchada adib asar qahramoni hayotidagi qiyinchiliklar yetmay turganda, uning boshiga

og‘ir kulfat tushganligini kuchliroq ifodalash maqsadida mazkur maqoldan unumli foydalangan.

Shu bilan birga, adib mazkur qissada hududning o‘ziga tabiati, mentaliteti singari

xususiyatlarini ifodalab beruvchi maqollardan ham unumli foydalanadi.

“Ot olsang, Oboqlidan ol, ayol olsang, Irg‘alidan ol (o‘sha asar,12)”,


background image

610

ho‘kiz qorindan ol, ho‘kiz olsang ot qorindan ol(o‘sha asar,13)”, “Oti borning – qanoti bor

(o‘sha asar,13)”.

Shevaga xos maqollarni adabiy tilga xos maqollar bilan hamohang tarzda qo‘llab personaj

nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadini quyidagicha amalga oshirgan:

“Bildim, el, Ziyodulla kal, otangni ko‘rdim – ahmadi forig‘, onangni ko‘rdim – tovoni yoriq,

ko‘rpangga qarab oyoq uzat, dedi. O‘zing bir sag‘ir bo‘lsang, senga kim qo‘yibdi otni, dedi. Yana
tag‘in kal bo‘lsang, kalga nimam, dedi. Kalga eshak ham bo‘ladi, dedi”(o‘sha asar,15).

“Chavondoz qanoti bo‘lgan otning yigitga, egasiga do‘stligini “Birodarlar, ot usti behisht,

og‘zi do‘zax!” (o‘sha asar, 23), “Birodarlar, eshak yiqitsa, tuyog‘ini to‘shaydi, ot yiqitsa, yolini
to‘shaydi!” (o‘sha asar, 40) singari maqollar ishtirok etgan jumlalar orqali ishonarli tarzda tasvirlab
berishga erishgan.

Asarda xalqona ohang ta’sirida qishloqda axborotning xalq ichiga tez tarqalishini

quyidagicha tasvirlaydi: “Birodarlar, yomon gap, raketadan oldin yuradi, yaxshi gap, toshbaqadan
keyin yuradi!” (o‘sha asar, 153). “Elga bir gap tegmasin. Chibinday gapni tuyaday qilib gapiradi. El
og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Endi bor gapni aytayin... “ (o‘sha asar, 153).

Adib maqollar uchun asos bo‘lgan birliklarning aslida rivoyatlardan chiqarilgan xulosa –

hikmatlar ekanligiga ishora qilib, ular asta-sekinlik bilan ixchamlashib, siqiq holga kelganligini
inobatga olgan holda o‘rni bilan asar mazmunini ifodalovchi vosita sifatida foydalanganligi alohida
qayd etish lozim bo‘ladi.

“ - O‘zi so‘radi. O‘zi dir-dir qaltiraydi, botinkasini botinkasiga uradi. G‘irt mast! Hojiqulboy

ham bopladi! Hurmat qilgan bo‘lib, bir eshakday otni o‘ngladi. Siz kattasiz, yaqinroqdan borib
ko‘pkarini nazorat qilib turing, dedi. Bechora ishonib, ko‘pkariga rahbarlik qilgani keldi.

- Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi ...” (o‘sha asar,137).

Ushbu maqol zamirida qadimda bir amaldor ustidan shikoyatlar ko‘payib ketib, mansabidan

ayrilgach, otni topshirgach, uning egar-abzalini o‘zi bilan olib qoladi. U har kuni egarning ustiga
minib, uydagilarga amaldorlarga xos buyruq ohangidagi so‘zlar bilan murojaat qilishni kanda
qilmaydi. Bundan xabar topgan qo‘shnilar faloncha otdan (amaldan) tushsa ham egardan
tushmabdi, degan xulosa chiqarishgan ekan.

Shuningdek, qissada “Birodarlar, kuygan – o‘lanchi bo‘ladi, suygan –laparchi bo‘ladi?”,

“Haq saqlasa balo yo‘q, Haq qarg‘asa davo yo‘q! “,”Kal o‘zini ovutar - qo‘ltig‘ini sovutar”,”Otni
suvga olib borib, quruq qaytarib kelish bo‘ladi” singari maqollarning ham lingvokulturologik
xususiyatlari ham yoritilgan.

Lingvistika taraqqiyotining hozirgi davriga qadar tilning ijtimoiy hodisa ekanligi va jamiyat

taraqiyotida uning mavqyei masalasi mukammal tavsif etildi. Mazkur masala nafaqat tilshunoslar
tomonidan, balki faylasuflar, tarixchilar, etnograf mutaxassislar, psixologlar tomonidan ham
o‘rganildi. Matn bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi
uchun til hodisalarini o‘rganishda birdan-bir manbadir. So‘zlovchining nutqiy qobiliyatini ro‘yobga
chiqaruvchi vositadir. Bu jarayonda matn tilning nutqda real qo‘llanilishini ta’minlovchi makon
vazifasini bajaradi. Matn bu so‘zlovchining nutqiy faoliyati mahsulidir. U til sistemasining
kommunikativ jarayonda muhim funksiya bajaruvchi eng yuqori pag‘onasidir.

M.V.Lyapon matn shakllanishida inson omilining eng muhim faktorlardan biri ekanligini,

inson matn shakillanishi uchun jonli manba ekanligini ham to‘g‘ri ta’kidlaydi. «Inson omili, - deydi
u, - hozirgi tilshunoslikning e’tibori markazida bo‘lib, pragmatika, semantika, sintaksis dasturining
hayotga tadbiq etilishida muhim mavqeyiga egadir» [N.Turniyozov, 2004: 68].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Tog‘ay Murod ijodida milliy ruh, xalqona tafakkur va

madaniy qadriyatlar yorqin aks etgan bo‘lib, bu jihatlar ayniqsa maqollardan foydalanishda yaqqol
namoyon bo‘ladi. Uning qissalarida keltirilgan maqollar xalqning hayotiy tajribasi, axloqiy
qarashlari va urf-odatlarini ifodalovchi muhim lingvokulturologik vosita sifatida xizmat qiladi.
Maqollar nafaqat obrazlarning nutqini jonlantiradi, balki matnning estetik va semantik qatlamlarini
boyitadi. Oqin ijodkor asarlarida maqollar orqali xalq donishmandligi, hayot falsafasi va madaniy
merosi o‘ziga xos badiiy uslubda ifoda topgan. Shunday qilib, maqollar yozuvchining


background image

611

lingvokulturologik mahoratini namoyon etish bilan birga, o‘zbek milliy tafakkurining ajralmas
bo‘lagiga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Alefirenko N. F. Lingvokulturologiya: sennostno-smislovoye prostranstvo yazika. Uchebnoye
posobiye. – Moskva: Nauka, 2010.- 43 b.

2.

Mirzaaliyev I. M. Qadimgi turkiy maqollar semantikasi va stilistikasi («Devonu lug‘ati-turk»
materiali misolida): Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.
– Toshkent, 2020.-5 b.

3.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. Ikkinchi jild. Ye–M. – Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2006.- 569 b.

4.

O‘zbek xalq maqollari. Ikki jildlik. 1-jild. – Toshkent, 1987.- 18 b.

5.

Togʻay Murod. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati, 2008.- 137-153 b.

6.

Turniyozov N. Matn lingvistikasi. – Samarqand, 2004.- 43 b.

Bibliografik manbalar

Alefirenko N. F. Lingvokulturologiya: sennostno-smislovoye prostranstvo yazika. Uchebnoye

posobiye. – Moskva: Nauka, 2010.- 43 b.

Mirzaaliyev I. M. Qadimgi turkiy maqollar semantikasi va stilistikasi («Devonu lug‘ati-turk»

materiali misolida): Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.

– Toshkent, 2020.-5 b.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. Ikkinchi jild. Ye–M. – Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2006.- 569 b.

O‘zbek xalq maqollari. Ikki jildlik. 1-jild. – Toshkent, 1987.- 18 b.

Togʻay Murod. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati, 2008.- 137-153 b.

Turniyozov N. Matn lingvistikasi. – Samarqand, 2004.- 43 b.