Mualliflar

  • Suvonova Jumagul Rashidovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112594

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Devon hikmat rahmat suvi ilohiy ishq didaktik nafs jonga mahram jonga qozi Hadis adab mumtoz Qur`on qit`a turkiy tarbiya tanbih sadoqat qanoat sabr.

Annotasiya

Аnnotatsiya.  Ma’lumki  hamma  davrlarda  ham  inson  ilmu  tafakkurining  rivojida,  uning 
ma’naviy  ma’rifiy  yutuqlarining  yuksalishida,  komil  inson,  yoki  mukammal  shaxs  sifatida 
shakllanishida  ajdodlarimiz  merosi,  otaso‘z  qudrati,  pandnoma  didaktik  asarlarning  xizmati 
nihoyatda katta bo‘lgan. Ushbu  ishimizda fikrimizni inson ma’naviy kamolotida didaktik asarlar 
talqinining  tarbiyaviy  ahamiyatiga  qaratamiz  va  ezgu  insoniy  fazilatlar  bilan  dunyoga  mashhur 
ajdodlarimiz ijodiga nazar tashlaymiz. 


background image

595

AHMAD YASSAVIY HAMDA YUNUS EMRO IJODIDA

DIDAKTIK TA’LIMOT UYG‘UNLIGI

Suvonova Jumagul Rashidovna,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti

Jumagul-Suvonova@rambler.ru

Аnnotatsiya.

Ma’lumki hamma davrlarda ham inson ilmu tafakkurining rivojida, uning

ma’naviy ma’rifiy yutuqlarining yuksalishida, komil inson, yoki mukammal shaxs sifatida
shakllanishida ajdodlarimiz merosi, otaso‘z qudrati, pandnoma didaktik asarlarning xizmati
nihoyatda katta bo‘lgan. Ushbu ishimizda fikrimizni inson ma’naviy kamolotida didaktik asarlar
talqinining tarbiyaviy ahamiyatiga qaratamiz va ezgu insoniy fazilatlar bilan dunyoga mashhur
ajdodlarimiz ijodiga nazar tashlaymiz.

Kalit so‘zlar.

Devon, hikmat, rahmat suvi, ilohiy ishq, didaktik, nafs, jonga mahram, jonga

qozi, Hadis, adab, mumtoz, Qur`on, qit`a, turkiy, tarbiya, tanbih, sadoqat, qanoat, sabr.

AHMET YESEVI VE YUNUS EMRO‘NUN ÇALIŞMALARINDA

DIDAKTIK DOKTRINSEL UYUM

Suvonova Jumagul Rashidovna,

Sharaf Rashidov'un adını taşıyan Semerkant Devlet Üniversitesi Doçenti

Annotatsiya.

Ma tüm zaman dilimlerinde, insan biliminin ve düşüncesinin gelişiminde,

manevi eğitim başarılarının yükselişinde, mükemmel bir insanın oluşumunda veya mükemmel bir
insan olarak atalarımızın mirası, babanın gücü, pandoma didaktik eserlerinin hizmeti son derece
harika. Bu çalışmada, didaktik eserlerin yorumlanmasının insani manevi mükemmellikte eğitimsel
önemine odaklanıyor ve dünyaca ünlü atalarımızın çalışmalarına asil insani niteliklerle bakıyoruz.

Anahtar kelimeler.

Devoniyen, bilgelik, merhamet suyu, ilahi eser, didaktik, nefs, jonga

mahram, jonga Qazi, Hadis, edeb, klasik, Kuran, kıta, Türk, yetiştirme, tanbih, bağlılık,
memnuniyet, sabır.

СОЧЕТАНИЕ ДИДАКТИЧЕСКОГО УЧЕНИЯ В ТВОРЧЕСТВЕ

АХМАДА ЯССАВИ И ЮНУСА ЭМРО

Сувонова Джумагуль Рашидовна,

доцент Самаркандского государственного университета

имени Шарафа Рашидова

Annotatsiya.

Во все времена в развитии научного мышления человека, в подъеме его

духовных просветительских достижений, в становлении совершенным человеком, или
совершенной личностью наследие наших предков, сила отцовского слова, панднома заслуга
дидактических произведений была чрезвычайно велика. В данной работе мы акцентируем
свое внимание на воспитательном значении толкования дидактических произведений в
духовном совершенствовании человека и рассматриваем творчество наших всемирно
известных предков с благородными человеческими качествами.

Ключевые слова.

Девон, мудрость, вода благодарности, Божественная любовь,

дидактика, нафс, Махрам на душу, Кази на душу, хадис, Адаб, классика, Коран, континент,
тюркский, воспитание, танбих, верность, удовлетворение, терпение.

DIDACTIC DOCTRINAL HARMONY IN THE WORK

OF AHMAD YASSAWI AND YUNUS EMRO


background image

596

Suvonova Jumagul Rashidovna,

Associate professor of Samarkand state university named

after Sharaf Rashidov

Annotatsiya.

Ma in all periods of time, in the development of human science and thought, in

the rise of its spiritual educational achievements, in the formation of a perfect person, or as a
perfect person, the heritage of our ancestors, the power of the father, the service of pandoma
didactic works was extremely great. In this work, we focus our opinion on the educational
significance of the interpretation of didactic works in human spiritual perfection and look at the
work of our world-famous ancestors with noble human qualities.

Keywords.

Devonian, wisdom, water of mercy, divine work, didactic, nafs, jonga mahram,

jonga Qazi, Hadith, adab, classical, Quran, continent, Turkic, nurture, tanbih, devotion,
contentment, patienc.


Turkiy xalqlar adabiyotining yirik namoyondasi, XI asr diniy-tasavvufiy she’riyat vakili,

hikmatlar qiroli Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”, “Umring yeldek o‘taro”, “Haqdin o‘zgani
dema” kabi asarlari benihoyat katta o‘rin tutishini aytib o‘tish joiz deb o‘ylaymiz. XIII asrga kelib
unga izdosh turkiy xalqlarning sevimli ijodkori, mutasavvif shoir Yunus Emro qarashlari va Ahmad
Yassaviy ijodi ta’sirida shoirning “Risolatu-n-nushiyya” nomli falsafiy-didaktik asari dunyo yuzini
ko‘rganligi ham hech kimga sir emas.

Xoja Ahmad Yassaviyning Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar) hamda Xoja Ahmad

Yassaviyning “Umring yeldek o‘taro” nomli hikmatlar to‘plami ushbu tadqiqotimizning asosiy
obektlari bo‘ldi va ba’zi hikmatlar tahliliga toxtaldik. O‘tmishda ulug‘ ajdodlarimiz o‘z turmush
tarzlarini, ma’naviy-axloqiy qarashlarini nihoyatda sodda, samimiy va jonli hamda jozibali tarzda
ifodalab berganlar. Didaktik asarlarning eng qadimgi namunalaridan (XI asr) bo‘lgan, Xoja Ahmad
Yassaviyning “Devoni hikmat” to‘plamidan joy olgan: “Qul Xoja Ahmad toat qil, Umring bilmam
necha yil, Asling bilsang qaro gil, Yana gilga ketaro.”-degan jumlalari hayotiy haqiqat ekanligi va
uni har birimiz anglab yetishimiz hamda bu o‘tkinchi dunyoga havas qo‘ymasdan umrimizni faqat
yaxshi ishlarga sarflashimiz nazarda tutiladi. Anashu jihatlari bilan ham ushbu hikmatlar bebaho,
noyob durdona pandnoma asar sifatida qadirlanib kelmoqda. Ahmad Yassaviyning rangin
hikmatlari Ollohga oshiqlik, poklik, iymon-e’tiqod, insof-diyonat, diniy-tasavvufiy qarashlarni
ifoda etadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarining tarbiyaviy ahamiyati.

Adabiy-ma’naviy merosimizga

munosib hissa qo‘shgan Ahmad Yassaviy diniy-tasavvufiy adabiyot vakilidir. Shoirng nafis va
ichkin hikmatlari Yassaviya tariqatini va haqiqatini ayon qilguvchi asarlardir. Shu bois uning turkiy
zaminning ma’naviy-ma’rifiy asoslaridan biri sifatida e’tirof etamiz. Yassaviy hikmatlari nafaqat
madaniyatimiz tarixi, balki tafakkur dunyosining yoritguvchi bir nur sifatida abadul-abad charaqlab
turguvchi manbadir.

Ahmad Yassaviy hikmatlarining tub mohiyatida komil inson tarbiyasi va uning bilim hamda

amalini to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi tuygular ustuvor. Hikmatlardagi komil inson tushunchasi
Yassaviy ta’limotida ma’naviy kamolotga erishgan, axloqan yuksalishni maqsad qilib olgan ruhan
yetuk hilqat egasidir. Bugungi kunda ham faqatgina moddiy hayotlarini boyitish uchun harakat
qilgan va yolg‘iz o‘zini o‘ylab atrofda bo‘layotgan voqealarga loqayd qaraydigan xudbin kishilar
Yassaviy tarbiyasiga, muhtojdir. Bugungi kunda komil inson tushunchasini hozirgi hayot tarzidan,
yoshlarni qiziqtirgan masalalardan uzoqlashmagan holda talqin etishimiz lozimdir. Buning uchun
Yassaviy tariqati, ularda ilgari surilgan komil inson tushunchalarining ahamiyati juda kattadir.
Yassaviy “turk shoirlarining dohiylaridan”, deb ta’riflagan Abdurahmon Sa’diy.

Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulning ta’kidlashicha, “Fors-tojik tasavvuf she’riyatini

yangi va yuksak bosqichga ko‘targan Sanoiy, Fariduddin Attor, Jaloliddin Rumiy singari
mutasavvuf shoirlarning ijod namunalari bilan qiyoslaganda, albatta, “Devoni hikmat”dagi lirik
tamoyil yo‘nalishi alohida bir o‘zgacha ma’no kasb etadi”. Aslida didaktikaning maqsadi ham


background image

597

ta’lim berish, o‘qitish va o‘rgatishdan iboratdir. Ahmad Yassaviy birinchi bo‘lib hikmatnavislik
an’anasini boshlab berishi bu bir jihatdan didaktik asarlar hududini yanada kengaytirishi va
boyitishi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan maqsad sari yo‘naltirilgan o‘rgatish usulini ravon va shirador olib
borishga yo‘l edi. Yassaviy hikmatlarining bosh fazilati va xosiyati shundaki, eng avvalo ular
she’rxonni ilohiy ishq kuchiga ishontiradi, ilohiy ishq shavqi bilan ko‘ngulni poklaydi va ko‘ngilga
oyna tutadi. Yassaviy hikmatlarini o‘qigan kishi go‘zal axloq va yaxshi amal, yuksak orzu muhibi
kabi yashay boshlaydi, asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, o‘tkinchi dunyo da’volaridan yiroqlashib,
ma’no va mohiyatga yuz tutadi. Chunki Ahmad Yassaviy ko‘zlagan bosh maqsad oqilona, orifona
maqsad bo‘ladi. Shuning uchun ham u o‘z ijod namunalariga hikmat nomini bergan. Ahmad
Yassaviy hikmatlari asosan diniy-tasavvufiy manzumalar bo‘lib, X asrdan e’tiboran “Hikmat” deb
atalgani haqidagi ba’zi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan manbalar mavjud.

Bizning adabiyotshunos olimlarimiz aytishicha, Yassaviyning o‘zi “Devoni hikmat” nomi

bilan kitob yaratmagan. Ushbu nodir asar uning shogirdlari tomonidan tartib berib tayyorlangan.
Biroq, bu fikr Yassaviy ijodiga hech qanday soya sololmaydi. Unda ilohiy ishq va oshiqlik, ma’rifat
va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari juda go‘zal tarzda samimiy va ta’sirli
ohanglar va ranglarda yoritilgan. Ayni paytda Ahmad Yassaviyning ”Devoni hikmat” asari she’riy
didaktik asar bo‘lib, unda muallif o‘z fikrini she’riy yo‘l bilan o‘quvchining qalbiga rangin ohanglar
orqali yetkizib beradi.

Muhabbatning daryosig‘a o‘zum ottim,
Rahmat suyi – ulug‘ daryo cho‘mub bottim.
Ming oltunliq qiymatimni birga sottim,
Banda bo‘lub tegdi qulluq yo‘li mango.

[Yassaviy 2020:284.]

Yassaviy muhabbatning daryosig‘a o‘zim ottim deya nazarda tutgani ilohiy ishq iztirobining

nahri edi. Bunda shoir daryoga g‘arq bolib o‘lim topishi emas, aksincha, “Rahmat suviga”
cho‘milib ulug‘lik, poklik va haqqa erishmoq sari intiladi. Yana o‘zini naqadar bebaho hayotini
ming oltindan ham qimmatliroq bo‘lgan borlig‘ini, qadrini, borini birga sotgani ya’ni bergani,
evaziga esa banda bo‘lgani, qullik yo‘lini olganini e’tirof etadi.

Ahmad Yassaviy ijodining jahoniy e’tirofi.

Ahmad Yassaviy yassaviyona yo‘li va uslubi

bilan turkiy xalqlar orasida ilk marotaba yangi tariqatga asos solgan mashhur shayx bo‘ldi. Bu
tariqat– yo‘nalish e’tibori bilan turkiy tasavvuf yo‘li edi. Ahmad Yassaviy o‘zbek tasavvuf
she’riyatini boshlab bergan mutasavvuf shoirdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari xalqchil, sodda, ravon
va yod olinishi oson bo‘lgan she’rlar bo‘lib, asrlar mobaynida turkiy xalqlar ma’naviy-ma’rifiy
kamol topishida muhim o‘rin tutib kelganligi hech kimga sir emas.

Ushbu jihatlar tufayli, yirik yassaviyshunos olim F.Kuprulizoda “Devoni hikmat” asarini

xalq og‘zaki ijodi bilan diniy-tasavvufiy ruhni hamohang ifodalagan ilk asar hamda turkiy tasavvuf
adabiyotining eng qadimiy va eng sara obidasi ekanini ta’kidlaydi. Yassaviy ijodi taqiqlangan
sho‘ro zamonlarida xalqimiz nazaridan chetda qolmaganligining asosiy sababi ham mana shunda
edi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Ahmad Yassaviyning hayoti, tariqati va

she’riyatiga doir bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, uning turkiy she’riyat
taraqqiyotidagi xizmatlari hali to‘la ko‘rsatib berilganicha yo‘q. Bu faqat o‘zbek olimlari tomonidan
hal qilinadigan ish bo‘lmasdan, uni turkiy tilli xalqlarning olimlari hamkorlikda amalga
oshirmoqlari lozim bo‘ladi. Bu borada yana shuni ham e’tirof etishimiz joizki, Yassaviy hazratlari
sevimli turkiy xalqlar shoiri Yunus Emroning ulug‘ salaflaridan ekanini unutmasligimiz lozim.
Zotan,Yassaviy ijodidan tasirlangan Yunus Emro she’rlarida ham diniy-falsafiy ruh kuchayadi. U
o‘zining ko‘ngil pokligi, ilohga oshiqlik kabi holatlarida dunyoviy va falsafiy fikrlarini juda yuqori
pardalarda kuylay oladi.

Yunus Emro ijodida izdoshlik jilolari.

Buyuk diniy-tasavvufiy shoir Ahmad Yassaviyni

jahoniy e’tirofi XIII asrga kelib, ulug‘ turk mutasavvuf shoiri Yunus Emro tomonidan o‘z isbotini
topdi. Uning go‘zal badiiyat uyg‘unligida yaratilgan irfoniy mazmundagi nodir she’rlari buni


background image

598

namoyon etib, “Risolatu-n-nus’hiyya” nomli falsafiy-didaktik asari dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu asar
inson va uning kamoloti, e’tiqodi, ma’rifat, Yaratgan haqiqati mavzularini qamrab olgan edi.

“Yunus Emro nazmiy asarlarini tahlil etish natijalari ularda “Turkiston mulkining shayxu-l-

mashoyixi” (hazrat Alisher Navoiy ta’rifi – N.J.) Xoja Ahmad Yassaviy an’analari munosib davom
ettirilganidan dalolat beradi. Ulug‘ shoirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev so‘zboshisi bilan, atoqli olim va shoir Mirzo Kenjabek tarjimasi asosida nashr etilgan
“O‘lmas ko‘ngul” saylanma she’rlar to‘plamidagi hikmatlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi.
Davlatimiz rahbari mazkur nashrga yozilgan so‘zboshida mana bunday ahamiyatli fikrlarni aytgan:
“...hazrat Yassaviy izdoshlarining, jumladan, Yunus Emroning turkiy xalqlar ma’naviyatiga
ko‘rsatgan hayotbaxsh ta’sirini o‘rganish borasida olimlarimiz oldida jiddiy vazifalar turibdi va biz
bu yo‘lda faol hamkorlik qilishimiz zarur”. Darhaqiqat, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”idagi
she’rlarni Yunus Emro nazmiy asarlari bilan qiyosiy o‘rganish, an’ana va yangilik, izdoshlik va
badiiy takomil nuqtai nazaridan ilmiy baholash turkiy xalqlar adabiyotshunosligi oldida turgan
dolzarb ilmiy muammolardandir.”

Bizningcha, ikkala shoir ijodining ruhan yaqinligi, g‘oyaviy maqsadlar ifodasining

uyg‘unligi ular ijodining yoritilishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, Ahmad yassaviy
she’rlarida qalamga olingan qator so‘zlar Yunus Emro ijodida ham qo‘llanadi. Masalan, Ahmad
Yassaviy she’rlarida:

Tavba qilib, Haqqa yong‘on oshiqlarg‘a
Ujmoh ichra to‘rt arig‘da sharbati bor.
Yoki, Yunus Emro ijodida:
Āṣik mi diyem ben ana Tanri’nun Uçmagin seve
Uçmak dahi tuzadimiṣ mȕ’min cȁnlarin tutmaga [1, 29 b.].

Har ikkala parchada ham Haq-Tangri, yoki Ujmoh-Ucmag so‘zlari til ,uslub va ma’no

jihatidan ham bir hilda qo‘llangan. Bunday qiyosiy tahlillar Ikkala shoir ijodidagi adabiy izdoshlik
an’analarini dalillashga xizmat qiladi.

Adabiy bilimlarning o‘zlashtirish jarayonida inson idroki yuqori darajadagi tushuncha

vazifasini bajarar ekan, biz bunda yana bir karra didaktik asarlar tahlili hamda tadqiqiga
to‘xtalishimizga to‘g‘ri keladi. Zero hamisha pand-nasihat mazmunidagi didaktik asarlar
insoniyatni, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab kelishi bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar). –Toshkent, 2005.

2.

Xoja Ahmad Yassaviy. Umring yeldek o‘taro. – Toshkent: “Ma’rifat” nashriyoti, 2020. B.400.

3.

Tatci, Mustafa. Yunus Emre divani. – Istanbul, 2021.

4.

Xoja Ahmad Yassaviy. “Haqdin o‘zgani dema...”. Hikmatlar (Nashrga

tayyorlovchilar Ibrohim

Haqqul, Nodirxon Hasan). – Ankara, 2021.

5.

Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar (Tarjimon: Mirzo Kenjabek). – Toshkent, 2020.

6.

Nurboy Jabborov. Ahmad Yassaviy va Yunus Emro hikmatlarida adabiy ta’sir va izdoshlik.
(Maqola) – Boku. B.119-125.


Bibliografik manbalar

Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. (Yangi topilgan namunalar). –Toshkent, 2005.

Xoja Ahmad Yassaviy. Umring yeldek o‘taro. – Toshkent: “Ma’rifat” nashriyoti, 2020. B.400.

Tatci, Mustafa. Yunus Emre divani. – Istanbul, 2021.

Xoja Ahmad Yassaviy. “Haqdin o‘zgani dema...”. Hikmatlar (Nashrga tayyorlovchilar Ibrohim

Haqqul, Nodirxon Hasan). – Ankara, 2021.

Yunus Emro. O‘lmas ko‘ngil. Saylanma she’rlar (Tarjimon: Mirzo Kenjabek). – Toshkent, 2020.

Nurboy Jabborov. Ahmad Yassaviy va Yunus Emro hikmatlarida adabiy ta’sir va izdoshlik.

(Maqola) – Boku. B.119-125.