Mualliflar

  • Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112596

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Dialektologiya dialektografiya til va shaxs tilshunoslik individual til tajribasi til madaniyati lingvistik prinsip dialektal tadqiqotlar jamiyat nutq.

Annotasiya

Annotatsiya.  Dialektologik  va  dialektografik  tadqiqotlarda  “til  va  shaxs”  mushtarakligi 
prinsipi bugungi kunda shaxsning tili uning shaxsiyatiga bog‘liq omillarni anglatishi va yoshi, jinsi, 
mavqeyiga  qarab  uning  nutqida  tuli  o‘zgachalikni  aks  ettirishini  ifodalaydi.  Maqolada  ushbu 
mavzuning dolzarbligi va zarurati haqida asosli fikrlar keltiriladi. Shuningdek, mazkur maqolada 
dialektologik  va  dialektografik  tadqiqotlarda  “til  va  shaxs  mushtarakligi”  prinsipining  ilmiy 
ahamiyati  yoritiladi.  Dialektlarni  o‘rganishda  individual  til  egalarining  psixologik,  ijtimoiy  va 
madaniy  xususiyatlarini  inobatga  olish  zarurligi  ta’kidlanadi.  Shu  asosda,  har  bir  til  hodisasi 
ortida  turgan  shaxsning  tajribasi,  dunyoqarashi  va  tilga  bo‘lgan  munosabati  tadqiqotlar  uchun 
muhim  manba  sifatida  ko‘riladi.  Maqolada  bu  prinsip  asosida  amalga  oshirilgan  dialektologik 
kuzatuvlar va ularning amaliy natijalari misolida ilmiy yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi 
hamda kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida o‘rganilgan tadqiqotlarga tayangan 
holda ma’lumotlar ilmiy asoslanishga harakat qilingan.  


background image

586

DIALEKTOLOGIK VA DIALEKTOGRAFIK TADQIQOTLARDA “TIL VA SHAXS

MUSHARAKLIGI” PRINSIPINING ZARURATI

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti

normuminovsh088@gmail.com

Annotatsiya.

Dialektologik va dialektografik tadqiqotlarda “til va shaxs” mushtarakligi

prinsipi bugungi kunda shaxsning tili uning shaxsiyatiga bog‘liq omillarni anglatishi va yoshi, jinsi,
mavqeyiga qarab uning nutqida tuli o‘zgachalikni aks ettirishini ifodalaydi. Maqolada ushbu
mavzuning dolzarbligi va zarurati haqida asosli fikrlar keltiriladi. Shuningdek, mazkur maqolada
dialektologik va dialektografik tadqiqotlarda “til va shaxs mushtarakligi” prinsipining ilmiy
ahamiyati yoritiladi. Dialektlarni o‘rganishda individual til egalarining psixologik, ijtimoiy va
madaniy xususiyatlarini inobatga olish zarurligi ta’kidlanadi. Shu asosda, har bir til hodisasi
ortida turgan shaxsning tajribasi, dunyoqarashi va tilga bo‘lgan munosabati tadqiqotlar uchun
muhim manba sifatida ko‘riladi. Maqolada bu prinsip asosida amalga oshirilgan dialektologik
kuzatuvlar va ularning amaliy natijalari misolida ilmiy yondashuvning samaradorligi tahlil qilinadi
hamda kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida o‘rganilgan tadqiqotlarga tayangan
holda ma’lumotlar ilmiy asoslanishga harakat qilingan.

Kalit soʻzlar.

Dialektologiya, dialektografiya, til va shaxs, tilshunoslik, individual til

tajribasi, til madaniyati, lingvistik prinsip, dialektal tadqiqotlar, jamiyat, nutq.

LEKTOLOJİK VE LEKTOGRAFİK ARAŞTIRMALARDA ‘DİL VE KİŞİLİK

PAYLAŞIMI’ PRENSİBİNİN GEREKLİLİĞİ

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü doçenti

Özet.

Diyalektolojik ve diyaleografik araştırmalarda "dil ve şahıs" ortaklığı prensibi

günümüzde şahsın dili, onun kişiliğine bağlı unsurları ifade etmekte ve yaşı, cinsiyeti, statüsüne
göre onun konuşmasında belirgin farklılıkları yansıttığını göstermektedir. Makalede bu konunun
güncelliği ve gerekliliği hakkında makul düşünceler sunulmaktadır. Ayrıca, bu makalede
diyaleaktolojik ve diyaleografik araştırmalarda "dil ve şahıs ortaklığı" prensibinin bilimsel önemi
ele alınmaktadır. Diyalektlerin incelenmesinde bireysel dil sahiplerinin psikolojik, sosyal ve
kültürel özelliklerinin dikkate alınması gerektiği vurgulanmaktadır. Bu temele dayanarak, her dil
olgusunun arkasında yatan şahsın deneyimi, dünya görüşü ve dile olan tutumu araştırmalar için
önemli bir kaynak olarak görülmektedir. Makalede bu prensip temelinde gerçekleştirilen
diyaleaktolojik gözlemler ve bunların pratik sonuçları örneğinde bilimsel yaklaşımın etkinliği analiz
edilmekte ve gelecekte yapılması gereken görevler hakkında incelenen araştırmalara dayanarak
bilgiler bilimsel bir temele oturtulmaya çalışılmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Diyaleaktoloji, diyaleaktografi, dil ve şahıs, dilbilim, bireysel dil

deneyimi, dil kültürü, dilbilimsel prensip, diyaleaktik araştırmalar, toplum, konuşma.

НЕОБХОДИМОСТЬ ПРИНЦИПА ‘ЯЗЫК И ЛИЧНОСТЬ ОБЩЕСТВА’ В

ДИАЛЕКТОЛОГИЧЕСКИХ И ДИАЛЕКТОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ

Нормоминов Шерзод Тўйчиевич,

доцент Узбекско-Финляндского педагогического института

Аннотация

. В диалектологических и диалектографических исследованиях принцип

единства «языка и личности» сегодня подразумевает, что язык человека выражает


background image

587

факторы, связанные с его личностью, и отражает своеобразие его речи в зависимости от
его возраста, пола и статуса. В статье изложены обоснованные мнения об актуальности и
необходимости данной темы. В статье также подчеркивается научное значение принципа
«общности языка и личности» в диалектологических и диалектографических исследованиях.
Подчеркивается, что при изучении диалектов необходимо учитывать психологические,
социальные и культурные особенности отдельных носителей языка. На этой основе опыт,
мировоззрение и отношение к языку отдельного человека, стоящие за каждым языковым
явлением, рассматриваются как важный источник для исследования. В статье
анализируется эффективность научного подхода на примере диалектологических
наблюдений и их практических результатов, основанных на этом принципе, а также
делается попытка научно обосновать информацию на основе проведенных исследований
относительно задач, которые необходимо решить в будущем.

Ключевые слова.

Диалектология, диалектография, язык и личность, лингвистика,

индивидуальный языковой опыт, языковая культура, языковой принцип, диалектология,
общество, речь.

THE NECESSITY OF THE PRINCIPLE OF ‘LANGUAGE AND PERSONALITY

SHARED’ IN DIALECTOLOGICAL AND DIALECTOGRAPHIC RESEARCHES

Normo‘minov Sherzod To‘ychiyevich,

Associate Professor at the Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Annotation

. In dialectological and dialectographic research, the principle of "language and

personality" interdependence today implies that an individual’s language is tied to factors related
to their personality, and that variations in their speech reflect differences based on age, gender, and
social status. The article presents substantial arguments regarding the relevance and necessity of
this topic. Furthermore, the scientific significance of the "language and personality
interdependence" principle in dialectological and dialectographic studies is elucidated. The need to
consider the psychological, social, and cultural characteristics of individual language speakers in
dialect research is emphasized. On this basis, the experiences, worldview, and attitude toward
language of each person behind every linguistic phenomenon are regarded as important sources for
research. The article analyzes the effectiveness of the scientific approach through dialectological
observations conducted based on this principle and their practical outcomes. Additionally, it
attempts to provide scientifically grounded information about necessary tasks for future research,
building upon the studied investigations.

Keywords.

Dialectology, dialectography, language and personality, linguistics, individual

language experience, language culture, linguistic principle, dialectal research, society, speech

.

Jahon tilshunosligida dialektologiya sohada bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan va

hozirda ham izlanishlar davom etmoqda. Dialektlar va ularning turli jihatlari doim tilshunoslarni
qiziqtirib kelgan eng muhim muammolardan sanaladi. Har bir millatning tili uning dialektlarida aks
etadi. Zamonaviy dialektologiyada shakllangan dialekt tushunchasi Yevropa mamlakatlariga xos
bo‘lgan lingvistik vaziyatga qaratilgan bo‘lib, u yerda dialektlar milliy adabiy til bilan bir qatorda
turli shakllarda (so‘zlashuv va boshqa) mavjud.

Dialektlarni o‘rganishning jihatlari va usullari xilma-xildir. Dialektologiyada mustaqil

yo‘nalishlar sifatida lingvistik geografiya, kognitiv dialektikologiya, korpus dialektologiyasi,
dialektal lingvokultrologiya va dialekt leksikografiya kabi qator soxalarni tadqiq etish masalalari
dolzarb bo‘lib turibdi. Zamonaviy dialektlar tarkibiy, tipologik, hududiy, sotsiolingvistik,
kommunikativ, funksional va boshqa jihatlarda o‘rganiladi. Dialektologiya va etnografiya
(etnologiya, etnolingvistika), dialektologiya va xalq og‘zaki ijodi bog‘liqligida bir qancha
tadqiqotlar amalga oshirlilmoqda.


background image

588

O‘zbek an’anaviy tilshunosligi zaminida shakllangan substansial tilshunosligining hozirgi

holati tilshunoslikda yangi yo‘nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat-markazida
“lison-nutq” masalasini turli daraja va ko‘rinishda namoyon qiluvchi “til va jamiyat”, “til va
madaniyat”, “til va shaxs”, “milliy til va milliy tafakkur”, “til va sun’iy intellekt” kabi substansial
asoslarda hal qilinuvchi muammolar turadi. Jahon tilshunosligida XX asr so‘ngida shakllanib, jadal
rivojlanayotgan

fanning

yangi

paradigmalari

lingvopragmatika,

psixolingvistika,

lingvokulturologiya, lingvokognitologiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi ilg‘or
fan yo‘nalishlari aynan shu masalalar tadqiqi bilan shug‘ullanmoqda.

Shu bilan birga, “... ozbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti,

uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilashga erishmog‘imiz zarur” [1]. Shunga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligi tom
ma’noda mustaqil milliy fan sifatida o‘zini namoyon qildi. Eng muhimi, tilimizning milliy tabiatiga
to‘laqonli ilmiy-nazariy baho berildi. Qo‘lga kiritilgan nazariy yutuqlar til qurilishini o‘rganishdan
uning voqelanish xususiyatlarining keng qamrovli tadqiqiga o‘tish uchun katta imkoniyatdir. Bu esa
o‘zbek tilini yangi va zamonaviy, ilg‘or va samarador tadqiq usullari asosida tekshirishni kun
tartibiga qo‘ymoqda.

Bugungi kunda tilshunoslikning ayrim juz’iy muammolariga dolzarblik tusi berilayotgani

holda, mavjud ilmiy salohiyat muhim muammolar yechimiga yo‘naltirilmayapti, sohaning
istiqbolini belgilaydigan asosiy vazifalar hamon kun tartibidan chetda qolmoqda.

O‘tmishda o‘rganilgan va hozirga qadar o‘rganilmagan shevalarni tadqiq qilish, shuningdek,

oʻrganilgan shevalarni yana qayta oʻrganish zaruriyati mavjud. Qolaversa, oʻtgan muddat davomida
shevalarimiz toʻxtovsiz rivojlanib bordi, bu faktor ham muhim hisoblanadi.

Darslik va qoʻllanmalarda ijtimoiy dialekt toʻg‘risida nazariy ma’lumot beriladi, lekin

bunday dialektlarni oʻrganish ishiga kirishilganicha yoʻq. Endilikda bunday dialektni oʻrganish
metodikasini ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotni boshlab yuborish zarurati mavjud. Oʻzbek
sotsiolingvistikasini rivojlantirish ilmiy tadqiqotlar obyekti boʻlishi lozim.

Zamonaviy tilshunoslik “til va jamiyat”, “til va madaniyat” va “til va shaxs mushtarakligi”

prinsiplarini o‘rganishga qaratilgan masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda, shuningdek, dialektologik
va dialektografik tadqiqotlarda “til va shaxs mushtarakligi” prinsipini

aniqlashni talab qilmoqda.

Milliy til korpusini yaratish tilshunoslikning dialektologik sathida ham amaliy samaradorlik

bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borish zaruratini paydo qilmoqda.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kompyuter lingvistikasi, milliy korpus, uni yaratish

tamoyillariga qiziqish oshib bormoqda. Bu esa tilning barcha sohalariga oid mukammal
ma’lumotlar bazasi yaratilishini taqozo qilyapti.

Oʻzbek dialektologiyasi dunyo dialektologiyasining uzviy qismi hisoblanadi. Shu tufayli

uning tadqiqot obyekti kengayishi lozim boʻladi. Jahon tilshunosligida o‘zbek tilshunosligining
yutuqlarini oshirish uchun “til va jamiyat”, “til va madaniyat” va “til va shaxs mushtarakligi” kabi
tushunchalar, ularni o‘rganishdagi muammolarga oid tadqiqotlar olib borish talabini yuzaga
chiqarmoqda. So‘nggi yillarda qilinayayotgan dialektolgik tadqiqotlarda asosan shaxs nutqini
fonetik leksik, morfologik va sintaktik tavsiflash bilan cheklanilmoqda. Bu prinsipga kora, til —
inson aloqa vositasi emas, balki inson tafakkuri, his-tuyg‘ulari, dunyoqarashi va ijtimoiy muhit
bilan o‘zaro ta’sirda shakllanuvchi murakkab hodisadir.

“Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy

manfaatlarini ta’minlash, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-
avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir” [2]. Axborotning
elektronlashuvi, milliy tilimizni internet tiliga aylantirish zarurati so‘zning barcha xususiyatlari
qatorida uning shevalarini ham tadqiq qilishni taqozo qiladi. Bu milliy korpus uchun ta’minot
vazifasini bajaruvchi dialektal leksika, dialektikal grammatika va matn hamda dialektografiyada “til
va shaxs” prinsipini o‘rganish tilshunoslar oldiga qo‘yilgan muhim va zarur vazifalardan biri
ekanligini belgilaydi. Bu prinsip asosida nafaqat tilni, balki uni shakllantirayotgan inson, jamiyat va
madaniyatni ham tahlil qilish mumkin bo‘ladi.


background image

589

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Мирзиёев Ш.М. Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганлигининг 30 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги нутқ. 21 октябрь, 2019 йил.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni //

www.lex.uz

3.

Abduazizov A. “Til va tafakkur”. – Toshkent: Fan, 1995 yil.

4.

Baxtiyorov S. “Nutq madaniyati va psixolingvistika”. – Toshkent: Fan, 2011.

5.

Labov, W. Sociolinguistic Patterns. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972.

6.

Зализняк А.А. Древненовгородский диалект. М., 1995.

7.

Y.Saidov. O‘zbek dialektologiyasi. “Durdona” nashriyoti., 2021.

8.

Муродова Н. Ўзбек адабий тили ва шевалар лексикасининг қиёсий тадқиқи. -Т.: Фан,
2005.



Bibliografik manbalar

Мирзиёев Ш.М. Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганлигининг 30 йиллигига

бағишланган тантанали маросимдаги нутқ. 21 октябрь, 2019 йил.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbek tilining davlat tili

sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni //

www.lex.uz

Abduazizov A. “Til va tafakkur”. – Toshkent: Fan, 1995 yil.

Baxtiyorov S. “Nutq madaniyati va psixolingvistika”. – Toshkent: Fan, 2011.

Labov, W. Sociolinguistic Patterns. Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972.

Зализняк А.А. Древненовгородский диалект. М., 1995.

Y.Saidov. O‘zbek dialektologiyasi. “Durdona” nashriyoti., 2021.

Муродова Н. Ўзбек адабий тили ва шевалар лексикасининг қиёсий тадқиқи. -Т.: Фан,

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари