569
SHARQ ADABIY MEROSIDA STRATEGIK LIDERLIK:NAVOIY QALAMIDA
“ISKANDAR” OBRAZINING BADDIY-FALSAFIY TALQINI
Turabekova Laylo Shavkat qizi,
Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi
turabekovalayloshavkatovna@gmail.com
Annotatsiya.
Maqola “Sharq adabiy merosida strategik liderlik: Navoiy qalamida Iskandar
obrazining badiiy-falsafiy talqini” nomi bilan yozilgan bo‘lib, u Alisher Navoiy asarlarini
o‘rganish va ularda Iskandar obrazining tasvirlanishiga qaratilgan chuqur tahlilni taqdim etadi.
Shuningdek, Navoiy asaridagi Iskandarni faqat tarixiy shaxs sifatida emas, balki strategik lider
sifatida tahlil qiladi va uning obrazini badiiy va falsafiy jihatdan o‘rganadi.
Kalit soʻzlar.
Badiiy-falsafiy tafakkur, konsepsiya, metodologik nazariya, ilohiy adolat,
ma'naviy va axloqiy qadriyatlar.
DOĞU EDEBİYAT MİRASINDA STRATEJİK LİDERLİK: NAVAY'IN
"İSKANDAR" İMAJININ SANATSAL-FELSEFİ YORUMU
Turabekova Layla Shavkat kızı,
Semerkant devlet yabancı diller enstitüsü öğrencisi
Özet.
“Doğu'nun Edebi Mirasında Stratejik Liderlik: Nevai'nin Kaleminde İskender
İmgesinin Sanatsal ve Felsefi Yorumu” başlıklı makalede, Ali Şir Nevai'nin eserleri ve bu
eserlerdeki İskender imgesinin tasviri derinlemesine bir şekilde inceleniyor. Nevai'nin eserinde
İskender'i sadece tarihsel bir figür olarak değil, aynı zamanda stratejik bir lider olarak da ele
alıyor ve onun imgesini sanatsal ve felsefi açıdan inceliyor.
Anahtar kelimeler.
Sanatsal ve felsefi düşünce, kavram, metodolojik teori, ilahi adalet,
manevi ve ahlaki değerler.
СТРАТЕГИЧЕСКОЕ ЛИДЕРСТВО В ВОСТОЧНОМ ЛИТЕРАТУРНОМ
НАСЛЕДИИ: ХУДОЖЕСТВЕННО-ФИЛОСОФСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ
ОБРАЗА «ИСКАНДАРА» НАВОИ
Турабекова Лейла Шавкат кызы,
Студентка Самаркандского государственного института
Аннотация.
Статья называется «Стратегическое лидерство в литературном
наследии Востока: художественно-философская интерпре-тация образа Александра у пера
Навои» и представляет собой глубокий анализ произведений Алишера Навои и изображения
в них образа Александра. В статье анализируется образ Александра в творчестве Навои не
только как историческая личность, но и как стратегический лидер, а также изучается его
образ с художественной и философской точки зрения.
Ключевые слова
. Художественно-философская мысль, концепция, методологическая
теория, божественная справедливость, духовно-нравственные ценности.
STRATEGIC LEADERSHIP IN THE EASTERN LITERARY HERITAGE:
ARTISTIC-PHILOSOPHICAL INTERPRETATION OF THE IMAGE OF
“ISKANDAR” IN NAVOI’S PEN
Turabekova Laylo Shavkat qizi,
Student of the Samarkand state institute of Foreign languages
570
Annotation.
The article is entitled “Strategic Leadership in the Eastern Literary Heritage:
Artistic and Philosophical Interpretation of the Image of Iskandar in Navoi's Pen", and it presents
an in-depth analysis aimed at studying the works of Alisher Navoi and the depiction of the image of
Iskandar in them. It also analyzes Iskandar in Navoi's work not only as a historical figure, but also
as a strategic leader and studies his image from an artistic and philosophical perspective.
Keywords.
Artistic and philosophical thought, concept, methodological theory, divine
justice, spiritual and moral values.
Sharq adabiyoti va falsafasi azaldan ideal shaxs, yetuk hukmdor, adolatparvar rahbar
obrazlarini yaratish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratgan.[6,17 b.] Bu jihat Alisher Navoiy
ijodida ham yorqin namoyon bo‘ladi. Xususan, uning “Xamsa” turkumiga kiruvchi “Saddi
Iskandariy” asarida Iskandar obrazining yaratilishi orqali muallif faqat tarixiy shaxsni emas, balki
ideal hukmdorning badiiy-falsafiy modelini yaratishga uringan.[1,12b.] Sharq adabiy-falsafiy
tafakkurida liderlik masalasi doimo markaziy mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Xususan, “sulhi
kullo” (umumiy tinchlik), “hikmatli hukmronlik”, “adolat asosidagi davlat boshqaruvi” kabi
tamoyillar Sharq siyosiy falsafasining asosiy ustunlarini tashkil etadi. Bunday g‘oyalar faqat nazariy
fikrlar bilan cheklanib qolmagan, balki badiiy adabiyotda jonli timsollar orqali ifoda etilgan. Shu
ma’noda, Iskandar obrazi Sharq adabiyotida ideal hukmdorning timsoli sifatida shakllangan bo‘lib,
bu obraz Alisher Navoiy ijodida o‘ziga xos badiiy-falsafiy yuksaklikka ko‘tarilgan.“Saddi
Iskandariy” asari nafaqat tarixiy yoki badiiy jihatdan qimmatli, balki unda aks ettirilgan g‘oyalar
orqali strategik liderlik tushunchasining Sharq tafakkuri doirasidagi talqinini o‘rganish imkonini
beradi.
Maqola yozilishida Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” asarining nasriy
bayonidan asosiy manba sifatida foydalanildi. Tadqiqotda badiiy-falsafiy tahlil, obraz tahlili,
tarixiy-adabiy yondashuv metodlari qo‘llandi. Iskandar obrazining adabiy kontekstdagi shakllanishi,
uning yetakchilik fazilatlari va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unligi tahlil qilindi. Shuningdek,
liderlik tushunchasi bugungi kundagi nazariyalar bilan qiyosiy ravishda yoritildi.Metodologik asos
sifatida dastlab Iskandar obrazining manbaalarini aniqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada yunon
manbalaridagi Aleksandr Makedonskiyga oid tarixiy faktlar hamda Sharq tafakkurida shakllangan
afsonaviy obrazlar o‘rganildi. Yunon manbalarida Iskandar ko‘proq g‘alaba va qudrat timsoli
sifatida tasvirlansa, Sharq adabiyotida u komillik sari intiluvchi, dunyo sirlarini anglashga intilgan
donishmand shaxs sifatida namoyon bo‘ladi [2,35 b.]. ,,Saddi Iskandariy” dostonida esa bu ikki
tendensiya mujassam: Iskandar – zabardast sarkarda, dunyo kezib, turli mamlakatlarni zabt etgan
qahramon, ammo ayni paytda u doim hikmat izlovchi, donishmandlarga quloq tutuvchi, adolatni
ustun qo‘yuvchi rahnamo sifatida gavdalanadi. Metodologik jihatdan obrazning bu ikki qirrasi
alohida tahlil qilindi va ular orasidagi uyg‘unlik masalasi ko‘rib chiqildi.Tadqiqotda Iskandar
obrazining boshqa adabiy manbalardagi talqinlari bilan qiyosiy tahlili ham amalga oshirildi.
Jumladan, Firdavsiy “Shohnoma”sidagi Iskandar [3,79 b,]. Nizomiy Ganjaviy asarlaridagi Iskandar
hamda Qur’onda zikr etilgan Zulqarnayn timsollari o‘rganildi. Har bir manbada obraz turlicha:
Firdavsiyning Iskandari ko‘proq tarixiylikka, Nizomiyniki falsafiy tafakkurga yo‘g‘rilgan bo‘lsa,
Navoiy ushbu ikki yo‘nalishni birlashtirgan. Bu esa bizga ideal hukmdor modelining vaqt va
makonga qarab qanday o‘zgarishini tahlil qilish imkonini beradi.Navoiy tomonidan yaratilgan ideal
hukmdor konsepsiyasi faqat adabiy obraz emas, balki axloqiy va siyosiy g‘oya sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Bu konsepsiyada hukmdorning mas’uliyati, xalq oldidagi burchi, adolatga
asoslangan boshqaruv tizimi, ilmsiz kuchning ojizligi kabi g‘oyalar metodik tarzda ochib
berildi.Falsafiy metod sifatida qadriyatlar tizimining tadqiqi asos qilib olindi. Dostonning g‘oyaviy
asosida ilohiy adolat, axloqiy poklik, ilmga va donishmandlikka hurmat, kuch va haqiqatning
uyg‘unligi singari qadriyatlar mavjud. Ushbu qadriyatlar Iskandarning har bir harakati va
qarorlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, u hikmatli suhbatlarga intiladi, so‘fiy donishmandlardan
maslahat oladi, tajriba va bilim asosida davlat boshqaradi.Bu jihatdan Navoiy ideal hukmdor
571
obrazini shakllantirishda islomiy-falsafiy manbalarni, xususan, Qur’on oyatlari, hadislar, tasavvufiy
qarashlar va yunon falsafasining ayrim unsurlarini birlashtiradi.[4,91b.] Shu asosda metodologik
asos sifatida intertekstual yondashuv ham qo‘llanildi – ya’ni, “Saddi Iskandariy”dagi falsafiy
g‘oyalar boshqa diniy va adabiy matnlar bilan bog‘lanib tahlil qilindi.Estetik yondashuv orqali
dostonning san’atkorlik darajasi, badiiy tasvirlar orqali g‘oyaning qanday ifoda etilgani tahlil
qilindi. Masalan, Iskandarning ruhiy izlanishlari, donishmandlar bilan muloqoti, qalbdagi
tashvishlar poetik tasvirlar orqali bayon etilgan. Bu esa obrazga chuqurlik va hayotiylik
bag‘ishlaydi.Navoiy bu asarda g‘oyani faqat voqea bilan emas, balki til, timsollar, ramzlar orqali
ifoda etadi. Shu sababli metodologiyada semiotik tahlil – ya’ni timsollar va ramzlarning ma’nosini
o‘rganish usuli ham ishlatildi. Iskandarning sayohati – bu nafaqat geografik, balki ruhiy va falsafiy
sayohat sifatida talqin qilindi.
Navoiy “Saddi Iskandariy” asarida Iskandarning harakatlarini kuch va zo‘ravonlik orqali
emas, balki aql, hikmat va adolat bilan asoslaydi. U janglarda zo‘rliq bilan emas, tafakkur va
maslahat bilan g‘alaba qozonadi. Iskandarning har bir qarori zamirida chuqur falsafiy o‘ylov,
ijtimoiy adolat va insonparvarlik turadi. Bu esa uni strategik liderlik timsoli sifatida ko‘rsatadi.
Iskandar sayohatlari davomida olimlar bilan maslahatlashadi, qadimiy donishmandlardan saboq
oladi. Bu holat uning faqat zabardast sarkarda emas, balki ilm-fan va donolikni qadrlovchi rahbar
sifatida aks etishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u davlat boshqaruvida zulm va jaholatga qarshi
kurashadi, xalq farovonligi va madaniyat taraqqiyotini maqsad qiladi.Navoiy Iskandar siymosi
orqali musulmon Sharqida hukmdorning zimmasidagi ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy mas’uliyatni
ilgari suradi. Obraz orqali yetakchilikning faqat qudrat emas, balki iymon, ilm, sabr va adolat
asosida qurilishi kerakligi yoritiladi. Bugungi zamonaviy liderlik nazariyalari bilan qiyoslaganda,
Navoiy tasvirlagan Iskandar universal qadriyatlar egasi bo‘lgan rahbar timsolidir.Navoiyning
“Saddi Iskandariy” dostoni faqat tarixiy voqealarni aks ettirish bilan cheklanib qolmay, balki unda
falsafiy, axloqiy va siyosiy g‘oyalar uyg‘unlashgan holda o‘z ifodasini topadi. Asarda Iskandar
shunchaki g‘alabalar qozongan sarkarda sifatida emas, balki o‘zini anglagan, jamiyat oldidagi
burchini tushungan va uni ado etishga intilgan dono rahbar sifatida talqin etiladi. Ayniqsa, doston
voqealari davomida Iskandarning ilm-fan, ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati
yuksak darajada tasvirlanadi. U har bir yurishida olim va donishmandlar bilan maslahatlashadi,
davlat ishlarini yuritishda maslahatchilar fikrini inobatga oladi. Bu esa uni Sharq falsafasida ideal
hukmdor timsoliga aylantiradi.
Iskandar obrazining o‘ziga xosligi shundaki, u kuch va qudratni maqsad emas, balki vosita
deb biladi. Navoiy qalamida Iskandar har bir muammoga sabr, tafakkur va maslahat bilan
yondashadi. U o‘zbek mumtoz adabiyotidagi boshqa qahramonlardan o‘zining fikrlovchi,
bashariyat taqdiriga befarq bo‘lmagan shaxsiyati bilan ajralib turadi. Masalan, u Hindistonga yurish
chog‘ida faqat zaminni egallash niyatida emas, balki u yerdagi xalqning madaniyati, qadimiy
donishmandligi bilan tanishishga intiladi. Shu yo‘l bilan u dunyoviy hokimiyat bilan bir qatorda
ma’naviy ustunlikka ham erishishni maqsad qiladi.Iskandar obrazida o‘z aksini topgan strategik
liderlik tushunchasi, zamonaviy liderlik nazariyalari bilan hamohangdir [8,44 b.]. Bugungi kunda
liderlikka oid zamonaviy yondashuvlar – transformatsion liderlik, xizmatkor liderlik (servant
leadership), ma’naviy liderlik kabi tushunchalar aynan Iskandar siymosida mujassam.
Transformatsion liderlik – bu ilhomlantirish, qarashlarni o‘zgartirish, ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l
ochish demakdir. Iskandar aynan ana shunday lider bo‘lib, o‘z atrofidagi odamlarni fikrlashga, sabr
va adolatga chorlaydi. Uning harakati shunchaki buyruq va nazorat bilan emas, balki shaxsiy ibrat,
aql va donishmandlik asosida amalga oshadi.
Navoiy tomonidan yaratilgan bu obraz orqali Sharq falsafasining asosiy tamoyillari – iymon,
axloq, adolat, tafakkur va sabr mujassamlashtirilgan. Iskandar turli madaniyat va xalqlar bilan
muloqotda bo‘ladi, ularning qadriyatlariga hurmat bilan yondashadi. Bu esa uni global qarashga
ega, bag‘rikeng va madaniyatlararo muloqotni qadrlovchi lider sifatida ko‘rsatadi. Sharq
adabiyotida bu xususiyatlar bilan ajralib turuvchi obrazlar kam bo‘lsa-da, Navoiy bu yo‘nalishda
chinakam yangilik yarata olgan.“Saddi Iskandariy”da keltirilgan voqealar ketma-ketligi, undagi
572
falsafiy munozaralar, Iskandarning o‘zini anglash yo‘lida boshdan kechirgan ichki kechinmalari va
donishmandlar bilan olib borilgan suhbatlari dostonni shunchaki sarguzasht asari emas, balki
falsafiy traktat darajasiga olib chiqadi. Iskandar uchun har bir urush saboq, har bir g‘alaba esa
mas’uliyatdir. U g‘alaba ortidan shunchaki saltanat qurolmaydi, balki xalq farovonligini ta’minlash,
ilmi-ma’rifatni yoyish, adolat va tenglikni qaror toptirishga harakat qiladi. Bunday yondashuv esa
uni zamonaviy g‘oyalarga mos, yuksak ijtimoiy ongga ega lider sifatida namoyon qiladi.Bugungi
rahbarlar uchun Iskandar timsoli ko‘plab saboqlarni beradi. Birinchidan, rahbarlik faqat buyruq
berish emas, balki xizmat qilishdir. Ikkinchidan, adolat rahbarning kuchidir. Uchinchidan, xalq
bilan maslahatlashish va ularning dardini tinglash rahbarning eng yuksak fazilatidir. Iskandarning
harakati bularning barchasini tasdiqlaydi. U o‘z kuchini odamlarni birlashtirish, ularni ilm va
madaniyat sari yetaklash uchun ishlatadi. Navoiy esa bu obraz orqali bizga adolat, tafakkur va
insonparvarlik asosida qurilgan liderlikning eng go‘zal namunalarini ko‘rsatadi.Shunday qilib,
“Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar obrazi strategik liderlik, ijtimoiy mas’uliyat, madaniy
bag‘rikenglik va ma’naviy poklik timsolidir. Bu obraz orqali Navoiy Sharqona hukmdor idealini
yaratadi va uni badiiy-falsafiy shaklda namoyon qiladi. Iskandar – bu qudrat emas, balki
donishmandlik bilan dunyoni boshqargan rahbar; bu xalqni zabt etish emas, balki xalq qalbini zabt
etishga intilgan yetakchidir. Alisher Navoiy asarining badiiy-falsafiy teranligi shundaki, u tarixiy
shaxs obrazida butun bashariyat uchun doimiy ahamiyatga ega bo‘lgan rahbarlik konsepsiyasini
ilgari suradi.
Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” asarida yaratgan Iskandar obrazi – bu Sharq tafakkurida
ideal rahbar timsolining badiiy-falsafiy mujassamidir. Obraz orqali muallif hukmdor shaxsining
yetukligini adolat, ilm, tafakkur va iymon bilan o‘lchaydi. Iskandarning donoligi, strategik qaror
qabul qilish qobiliyati, insoniylik va sabr fazilatlari uni barcha davrlar uchun ibratli liderga
aylantiradi. Ushbu tahlillar, bugungi kunda ham davlat boshqaruvi va yetakchilik tamoyillariga
muhim falsafiy asos bo‘la oladi.Navoiy yaratgan Iskandar obrazi nafaqat tarixiy, balki zamonaviy
dolzarblikka ega bo‘lgan universal lider timsolidir. U har qanday rahbar uchun ibrat manbai bo‘la
oladigan, aql, tafakkur, adolat va insonparvarlik kabi oliy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan
obrazdir. Navoiy bu obraz orqali o‘z davridagi va kelajak avlod uchun buyuk ma’naviy xazina
qoldirgan. Chunki Iskandar nafaqat sarkarda, balki o‘z xalqini ezgulik sari yetaklovchi, ilm bilan
jaholatni yenguvchi, mas’uliyatni yuragida his qiluvchi ideal rahbar sifatida gavdalanadi [5,33 b.].
Iskandarning qarorlari ziddiyatli vaziyatlarda ham sabr va iymon bilan pishiq-puxta yechim
topishga asoslangan. U jamiyatdagi turli toifa vakillarining fikrini inobatga oladi, olimlar bilan
maslahatlashadi, xalq ehtiyojlariga e’tibor beradi. Bu jihatlar zamonaviy demokratiya va islohotlar
ruhiga uyg‘un keladi. Shu boisdan ham Navoiy tasvirlagan Iskandar – bu faqat bir davrga oid
hukmdor emas, balki barcha davrlar uchun dolzarb bo‘lgan yetakchilik konsepsiyasining badiiy
ifodasidir.
Bugungi kunning global muammolari – ekologik inqirozlar, ijtimoiy tengsizlik, urushlar va
madaniyatlararo to‘qnashuvlar sharoitida Iskandar singari liderlarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Ayniqsa, yoshlarga bunday yuksak fazilatli obrazlarni tanitish, ularning tafakkurida iymon, sabr,
bilim va adolatga asoslangan boshqaruv tamoyillarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu
jihatdan olib qaraganda, “Saddi Iskandariy” asarining xulosalari hozirgi zamon siyosiy-falsafiy
qarashlari bilan hamohangdir.[9,151b] Masalan, strategik liderlik nazariyalarida liderdan
kutiladigan asosiy jihatlar – uzoqni ko‘ra olish, xalq bilan muloqot qilish, qadriyatlar asosida
boshqaruv yuritish va halollik – barchasi Navoiy tomonidan yaratilgan Iskandar siymosida
mujassam topgan.Navoiy asari nafaqat adabiyotshunoslar uchun, balki siyosatshunoslar, tarixchilar,
psixologlar, hatto menejment mutaxassislari uchun ham qimmatli manba bo‘la oladi. Chunki unda
inson boshqaruvining eng nozik va murakkab jihatlari badiiy obraz orqali ochib berilgan. Asarda
kuch ishlatishga asoslangan hukmdorlik emas, balki ma’naviy-axloqiy ustuvorlik targ‘ib qilinadi.
Bu esa insoniyat tarixidagi eng samarali boshqaruv usullaridan biri sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” asari o‘zbek va jahon
adabiyotidagi yuksak badiiy va falsafiy namunadir. Iskandar obrazi orqali ilgari surilgan g‘oyalar
573
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki zamon talablari bilan yana-da dolzarbroq
tus olgan. Har bir rahbar, har bir ziyoli, har bir yosh bu obrazdan saboq olishi, o‘z hayoti va
faoliyatida uni ibrat sifatida qo‘llashi mumkin. Navoiy yaratgan Iskandarning badiiy siymosi,
aslida, butun insoniyat uchun ma’naviy yo‘l ko‘rsatkich, barqarorlik va taraqqiyot ramzidir.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
Navoiy, A. Xamsa. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.
2.
Navoiy, A. Saddi Iskandariy. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1996.
3.
Ganjaviy, N. Iskandarnoma. – Tehron: Mirhossein nashriyoti, 1982.
4.
Firdavsiy, A. Shohnoma. – Dushanbe: Irfon nashriyoti, 1987.
5.
Qur’on. – Toshkent: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, 2004.
6.
Xolmirzayev, B. Sharq adabiyotida hukmdor obrazi. – Toshkent: Fan, 2015.
7.
Rajabov, A. Alisher Navoiy falsafasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
8.
Karimov, S. Sharq adabiyoti va qadriyatlar. – Samarqand: Zarafshon, 2012.
9.
Hasanova, D. Sharq adabiyotida strategik liderlik konsepsiyasi. // O‘zbek tili va adabiyoti
jurnali, 2021, №4.