Mualliflar

  • Xayrullayeva Zahro Uyg‘un qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112601

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Globalashuv turkiy xalqlar zamonaviy poetika madaniy aloqalar ruhiy uyg‘unlashuv ijodkorlar va manbalar.

Annotasiya

Annotatsiya. Globallashuv davrida nafaqat turkiy adabiyotda, balki, dunyo adabiyotlarida 
ham ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar o‘z aksini topmoqda. Bu jarayon turkiy xalqlarning 
zamonaviy  adabiyotiga  ham  ta’sirini  o‘tkazmay  qo‘ymaydi.  Ya’ni  texnologiyalar,  ijtimoiy 
tarmoqlar,  madaniy  integratsiya  kabi  tushuncha,  yangi  obraz,  metafora  va  uslublar  orqali 
ifodalanmoqda. Buning natijasida yangi davr poetikasi zamonaviy ruhda shakllanmoqda. 


background image

563

TURKIY ADABIYOTLARDA GLOBALLASHUV METAFORALARI:

YANGI DAVR POETIKASINING SHAKLLANISHI

Xayrullayeva Zahro Uyg‘un qizi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

tohirxayrullayev10@gmail.com

Annotatsiya.

Globallashuv davrida nafaqat turkiy adabiyotda, balki, dunyo adabiyotlarida

ham ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar o‘z aksini topmoqda. Bu jarayon turkiy xalqlarning
zamonaviy adabiyotiga ham ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Ya’ni texnologiyalar, ijtimoiy
tarmoqlar, madaniy integratsiya kabi tushuncha, yangi obraz, metafora va uslublar orqali
ifodalanmoqda. Buning natijasida yangi davr poetikasi zamonaviy ruhda shakllanmoqda.

Kalit so‘zlar.

Globalashuv, turkiy xalqlar, zamonaviy poetika, madaniy aloqalar, ruhiy

uyg‘unlashuv, ijodkorlar va manbalar.

TÜRK EDEBIYATINDA KÜRESELLEŞME METAFORLARI:

YENI ÇAĞIN ŞIIRININ OLUŞUMU

Khairullayeva Zahro Uygun’un kızı,

Semerkant Devlet Yabancı Diller Enstitüsü'nde Öğrenci

Özet.

Küreselleşme çağında toplumsal, siyasal ve kültürel değişimler yalnızca Türk

edebiyatına değil, dünya edebiyatına da yansıyor. Bu sürecin çağdaş Türk edebiyatını da etkilemesi
kaçınılmazdır. Yani teknoloji, sosyal medya, kültürel entegrasyon gibi kavramlar yeni imgeler,
metaforlar ve üsluplarla ifade ediliyor. Sonuç olarak yeni dönemin şiiri modern bir ruh içinde
biçimleniyor.

Anahtar kelimeler:

küreselleşme, Türk halkları, modern şiir, kültürel bağlar, manevi

uyum, yaratıcılar ve kaynaklar.

МЕТАФОРЫ ГЛОБАЛИЗАЦИИ В ТУРЕЦКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ:

ФОРМИРОВАНИЕ ПОЭТИКИ НОВОЙ ЭПОХИ

Хайруллаевой Захро Уйгуновна,

Студент Самаркандского государственного института иностранных языков

Аннотация.

В эпоху глобализации социальные, политические и культурные

изменения находят отражение не только в турецкой литературе, но и в мировой
литературе. Этот процесс не может не оказать влияния на современную литературу
тюркских народов. То есть такие концепции, как технологии, социальные сети и
культурная интеграция, выражаются через новые образы, метафоры и стили. В
результате поэтика новой эпохи формируется в современном духе.

Ключевые слова.

глобализация, тюркские народы, современная поэтика,

культурные связи, духовная гармония, творцы и истоки.

METAPHORS OF GLOBALIZATION IN TURKIC LITERATURE:

THE FORMATION OF A NEW ERA OF POETICS

Khayrullayeva Zahro Uygun qizi

Student of the Samarkand state institute of foreign languages


background image

564

Annotation.

During the globalization period, social, political and cultural changes are

reflected not only in Turkish literature, but also in world literature. This process cannot but affect
the modern literature of the Turkic peoples. That is, concepts such as technology, social networks,
cultural integration are expressed through new images, metaphors and styles. As a result, the
poetics of the new era is being formed in a modern spirit.

Keywords.

globalization, Turkic peoples, modern poetics, cultural ties, spiritual harmony,

creators and sources.


Manaviyat dunyosining nur sochuvchi chirog‘i sanalgan turkiy adabiyot ko‘p millatli

xalqlarning beqiyos xazinasi hisoblanadi. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman va boshqa
xalqlar adabiyotida yaratilgan asarlarni ma’naviy boylik sirasiga kiritish mumkin. Globallashuv
davri adabiyoti milliy doiradan chiqib, insoniyat taqdirini, hozirda jamiyatga xavf solayotgan
nomaqbul ishlar va global muammolarni (ekologiya, madaniyatlararo to‘qnashuv, migratsiya)
yoritib berishga sabab bo‘ldi. Yangi davr adabiyotining rivojlanishiga texnologiyalar, ijtimoiy
tarmoq va ommaviy axborot vositalarining talay hissasi mavjud.

Zamonaviy she’riyat modernizmga asoslangan masalalarni targ‘ib qilish bilan birgalikda

turli millatlar adabiy an’analarini birlashtirishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda qo‘shimcha qilish
lozimki modernlashgan poetikada sharq falsafasi bilan g‘arbiy eksiztensializm uyg‘unlashuvi
mujassam. Bu holat esa madaniyatlararo dialogga debocha bo‘ladi. Natijada she’riyat faqat turkiy
xalqlar orasida emas Yevropa davlatlari adabiyoti bilan ham aloqada bo‘ladi.

Badiiyatning o‘tkir quroli bo‘lmish so‘z orqali jahon xalqlarini birlashuvga, o‘zaro

do‘stonalikka chaqirish mumkinligi azaldan xalqimizga yod bo‘lib ketgan. Globallashuv davrida
shoirlar o‘z milliyliklarini saqlab qolishga intilar ekan, ba’zan globalizm bosimi bilan ziddiyatga
tushib qoladilar. Oqibatda poetik ifodada ichki kurashlar yuzaga keladi. Garchi she’riy asrlar
zamonaviy oqimga hamrohlik qilsa-da, turkiy adabiyot mumtoz manbalardagidek jozibasini saqlab
qoladi. Hozirgi davr poetikasida turli til va uslublar qo‘llanishiga qaramay milliy til o‘z qiymatini
yo‘qotmaydi. Aksincha, asarga noziklik va jilo beradi. Zotan tillararo hamkorlik adabiyotning keng
tarqalishiga zamin yaratadi.

Zamonaviy she’riyatning ommalashuviga texnologiya davrining ta’siri xususida ko‘plab

qarashlar mavjud. Bugungi kunda she’rlar faqat kitoblarda emas, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, video
platformalarida katta tezlikda tarqalmoqda. Bu ommalashuv poetik ifodaning yangi shakllarini
(vizual she’riyat va boshqa) yaratmoqda.

Zamonaviy she’riyat va poetikaning antik davrini taqqoslab ko‘rilganda yangicha xulosalar

paydo bo‘ladi. Forobiyning “She’r san’ati…” kitobida poetika mufassal bayon etiladi. Ushbu asarda
she’rning yaratilish tabiati ijodkor shaxsi va mahorat muammolari so‘z qadri xususida fikr
yuritiladi. XI asrda yashab ijod qilgan adbiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniy qalamiga mansub
“Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon” (Bayon ilmida balog‘at sirlari) asarida so‘z san’atidagi shakl va
mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, XIII asrda yashagan qomusiy olim Qays Roziyning
“Kitob ul-mo‘jam fi maoyiri ash’or il-ajam” (Ajam she’riyati me’yorlari qomusi) kitobida nazariy
masalalar-aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil qilinadi. Kaykovusning
“Qobusnoma”sida esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib yaratilishi, badiiy
asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqida mulohazalar o‘rin olgan. Lirik asarlar sirasiga
tazkiralar, devon va bayozlar kiritilgan

[1, 22 b]. Obrazlar sistemasi voqeliklar bilan o‘zaro

uyg‘unlashib ketgan.Cho‘lponning “Adabiyot nadur” maqolasida o‘rtaga tashlangan “Adabiyot
yashasa- millat yashar” degan g‘oyasi milliy uyg‘onish va turkiy adabiyotning tomir otishiga turtki
bo‘ldi.

“O‘rxon-Enasoy bitiklari”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari, Mahmud

Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari - bularning barchasi turkiy xalqlarning ilk adabiy
meroslari sifatida e’tirof etiladi. Globallashuv jarayonida bu nodir asarlar nafaqat ilmiy doiralarda,
balki jahon ommasi orasida ham keng o‘rganilmoqda va turli tillarga tarjima qilinmoqda. Bu esa
turkiy adabiyotning xalqaro maydondagi nufuzini oshirmoqda.


background image

565

Turkologik tadqiqotlar natijasi Ozarbayjon,O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya va

Turkmaniston adabiyotshunoslar tomonidan qiziqish paydo qilib, ushbu loyiha alohida nazoratga
olindi va uni yanada rivojlantirish borasida ilmiy, ma’naviy-marifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Turkiylar dunyoning qadimiy va qudratli xalqlaridan biridir. XX asr turk adabiyotining
namoyondasi Aziz Nesin aytganidek: “Har bir millatning buyukligi aholisining ko‘pligi va
maydonining kattaligiga qarab belgilanmaydi. Har birxalqning buyukligi uning tarixiva
madaniyatining qadimiyligi va boyligi bilan aniqlanadi”. Turkiylar 3500 yillik siyosiy tuzimaga ega
bo‘lgan. Qudratli xalq adabiyotining qariyb 2700 yillik tarixga egaligi millat boyligini moziydan
ardoqlanganligiga dalil bo‘la oladi

[2, 15]. Garchand bu xalqlar uzoq yillar davomida tazyiq va

inqilobga uchrashiga qaramay ma’naviy yodgorliklarni avlodlarga yetkazib beroldi. Hazrati
Muhammad Payg‘ambarning “Turklarning tillarini o‘rganing…” kabi davatlari turkiy xalqlarning
ilmga qay darajada yaqin va adolatli ekanliklaridan darak beradi. Mumtoz turkiy adabiyot
durdonalari asnosida vujudga kelgan yangi davr asarlarida ko‘tarinkilik, Vatanga sadoqat, yorga
muhabbat va xalqparlik tarannum etiladi.Globallashuv sharoitida zamonaviy turkiy yozuvchilar o‘z
asarlarida nafaqat milliy muammolarni, balki butun insoniyatga xos bo‘lgan dolzarb mavzularni
ham ko‘tarishmoqda.

Yangi davr o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan ko‘pdan-ko‘p shoir va shoiralarni

sanab o‘tish mumkin. Jumladan, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Rauf Parfi,
Zulfiya, Hamid Olimjon va yana ko‘plab ijod ahlini sanab o‘tsa bo‘ladi. XXI asr o‘zbet poetikasida
Xurshid Davron, Nodir Jonuzoq, Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Mahmud Toir ijodiyoti tahsinga
sazavor.

Turk adabiyoti namoyondalaridan Orhan Pamukning “Qor”, “Beyaz Kale” (Oq qal’a) va

“Benim adim Kirmizi” (Mening ismim Qirmizi) asarlari uchun turk adabiyotining targ‘ibotchisi
deyish mumkin. Bundan tashqari romannavis Elif Shafakni ham nomma-nom yodlab o‘tish joiz.

Qozoq adabiyotida O‘ljas Sulaymon, qirg‘iz adabiyotida Chingiz Aytmatov hamda

Ozarbayjon adabiyotida Elchin Afandiyev asarlari zamonaviy ruhda bitilgan.

Shunday qilib, dunyo mislsiz tezlikda rivojlanib borayotgan bugungi kunda madaniyatlar

almashinuvining kuchayishi, ilm-fanga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bevosita xalqlar adabiyotiga
ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy yozuvchilar globallashuvning imkoniyatlardan foydalangan, o‘z milliy
ruhini saqlagan holda zamonaviy uslubda ijod qilishmoqda. Bu ma’naviyatning yuksak cho‘qqiga
chiqishiga birdan-bir ishonch demakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

H.Abdullayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
2020, 22 b.

2.

Elman Quliyev. Turkiy xalqlar adabiyoti. Toshkent: “Renessans press”, 2022, 15-16 b.

3.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2018.

4.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10,
pp. 55-56).


Bibliografik manbalar

H.Abdullayev. O‘zbek adabiyoti tarixi. - Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2020, 22 b.

Elman Quliyev. Turkiy xalqlar adabiyoti. Toshkent: “Renessans press”, 2022, 15-16 b.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2018.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of

Phraseological Units. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10, pp. 55-56).