Mualliflar

  • Boliqulova Mehribon Abdumutal qizi
  • Pardayeva Iroda Mamayunusovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112603

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ot obrazi milliy ruh erkinlik badiiyat “Ot kishnagan oqshom” asari xalq og‘zaki ijodi “Alpomish”dostoni chavandoz ramziy timsollar milliy ong tahlil va talqin.

Annotasiya

 Annotatsiya. Mazkur maqolada Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asaridagi ot 
obrazining  badiiy-falsafiy  talqini  tahlil  qilinadi.  Adib  ijodida  ot  timsoli  nafaqat  bosh  mavzu 
sifatida,  balki  milliy  ong,  tarixiy  xotira  va  insoniyat  ruhiyatining  chuqur  qatlamlarini  yorituvchi 
ramziy vosita darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, Ziyodulla chavandoz obrazidagi hayotiy kurashlar, 
or-nomus,  erkinlik  va  g‘urur  ot  timsoli  orqali  badiiylashgan  holda  ifodalanadi.  Shuningdek, 
adibning  til  uslubi,  voqelikni  timsollar  orqali  ochib  berish  mahorati  ilmiy-nazariy  asosda  tahlil 
qilinadi. 


background image

553

TOG‘AY MUROD IJODIDA OT TASVIRI

Boliqulova Mehribon Abdumutal qizi,

Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti talabasi

Pardayeva Iroda Mamayunusovna,

ilmiy rahbar, Samarqand davlat chet tillari instituti dotsenti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Togʻay Murodning “Ot kishnagan oqshom” asaridagi ot

obrazining badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Adib ijodida ot timsoli nafaqat bosh mavzu
sifatida, balki milliy ong, tarixiy xotira va insoniyat ruhiyatining chuqur qatlamlarini yorituvchi
ramziy vosita darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, Ziyodulla chavandoz obrazidagi hayotiy kurashlar,
or-nomus, erkinlik va g‘urur ot timsoli orqali badiiylashgan holda ifodalanadi. Shuningdek,
adibning til uslubi, voqelikni timsollar orqali ochib berish mahorati ilmiy-nazariy asosda tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar.

Ot obrazi, milliy ruh,

erkinlik, badiiyat, “Ot kishnagan oqshom” asari, xalq

og‘zaki ijodi, “Alpomish”dostoni, chavandoz, ramziy timsollar, milliy ong, tahlil va talqin.

TOĞAY MURAD’IN ESERLERINDE AT TASVIRI

Bolikulova Mehriban Abdumutal kızı,

Semerkand devlet yabancı diller enstitüsü Doğu dilleri fakültesi öğrencisi

Pardayeva Iroda Mamayunusovna,

bilimsel danışman, Semerkand devlet yabancı diller enstitüsü doçenti

Özet.

Bu makalede Togay Murod'un “Kıskanan Atın Gecesi” adlı eserindeki at imgesinin

sanatsal ve felsefi yorumu incelenmektedir. Yazarın eserinde at imgesi yalnızca ana tema olarak
değil, aynı zamanda ulusal bilincin, tarihsel belleğin ve insan ruhunun derin katmanlarını
aydınlatan sembolik bir araç olarak da öne çıkar. Özellikle binici Ziyodulla'nın yaşam mücadelesi,
onuru, özgürlüğü ve gururu at sembolü aracılığıyla sanatsal olarak ifade edilmiştir. Yazarın dilsel
üslubu ve gerçeği semboller aracılığıyla ortaya koyma becerisi de bilimsel ve kuramsal bir temelde
analiz edilmektedir.

Anahtar kelimeler.

At imgesi, milli ruh, özgürlük, sanat, “Kıskanç Atın Gecesi” eseri, halk

sanatı, “Alpomish” destanı, binici, sembolik imgeler, milli bilinç, analiz ve yorum.

ОБРАЗ ЛОШАДИ В ТВОРЧЕСТВЕ ТОГАЯ МУРАДА

Боликулову Мехрибон Абдумутал кизи,

Студентка факультета восточных языков Самаркандского

государственного института иностранных языков

Пардаева Ирода Мамаюнусовна,

научный руководитель, доцент Самаркандского государственного института

иностранных языков

Аннотация.

В статье анализируется художественно-философская интерпретация

образа коня в произведении Тогая Мурода «Ночь ржущего коня». В творчестве писателя
образ коня возведен не только в ранг основной темы, но и в ранг символического средства,
освещающего глубинные пласты национального сознания, исторической памяти, психики
человека. В частности, жизненные трудности, честь, свобода и гордость всадника
Зиёдуллы художественно выражены через символ коня. На научно-теоретической основе


background image

554

анализируются также языковой стиль писателя и его умение раскрывать реальность через
символы.

Ключевые слова.

Образ коня, национальный дух, свобода, искусство, произведение

«Ночь ржущего коня», народное творчество, эпическая поэма «Алпомиш», всадник,
символические образы, национальное сознание, анализ и интерпретация.

THE IMAGE OF A HORSE IN THE WORK OF TOGAY MURAD

Bolikulova Mekhribon Abdumutal kyzy,

Student of the faculty of Oriental languages of the

Samarkand state institute of foreign languages

Pardayeva Iroda Mamayunusovna,

scientific advisor, associate professor of the

Samarkand state institute of foreign languages

Abstract.

This article analyzes the artistic and philosophical interpretation of the image of

the horse in Togay Murod’s work “The Night of the Horse's Neighing”. In the writer's work, the
image of the horse is elevated not only as the main theme, but also to the level of a symbolic tool
that illuminates the deep layers of national consciousness, historical memory and the human
psyche. In particular, the life struggles, honor, freedom and pride in the image of the rider
Ziyodulla are expressed artistically through the image of the horse. Also, the writer's language
style, the skill of revealing reality through symbols are analyzed on a scientific and theoretical
basis.

Keywords.

Image of the horse, national spirit, freedom, art, the work “The Night of the

Horse's Neighing”, folk oral work, “Alpomish” epic, rider, symbols, national consciousness,
analysis and interpretation.

O‘zbek adabiyotida hayvonot olami timsollar orqali insoniyat hayotining chuqur

qatlamlarini ochib berish qadimdan mavjud bo‘lgan an’anadir. Ayniqsa, ot obrazi xalqimizning
tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va erkinlikka intilishining ajralmas timsoli sifatida ko‘p bora adabiy
ifodasini topgan. Togʻay Murod – XX asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos uslub va mazmuniy
qatlamlarga ega yorqin vakillaridan biri bo‘lib, uning asarlarida milliy ruh, dehqon tafakkuri va
falsafiy teranlik ustuvorlik qiladi. Ayniqsa, “Ot kishnagan oqshom” qissasi badiiy-estetik jihatdan
murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, undagi ot obrazi nafaqat syujet markazining tarkibiy elementi, balki
asosiy g‘oya va ramziy qatlamni belgilovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. “Ot kishnagan
oqshom” qissasida halollik va mardlik tarannum etuvchi asarlardan biri bo‘ldi. Qissa qahramoni
Ziyodulla kal elning mashhur chavondozi. Chavondozlar orasida ham o‘zining halolligi bilan
tanilgan. U g‘irromlik ro‘y bersa to‘g‘risini aytadi. To‘g‘rilik Ziyodulla
kalning qonida bor. Ziyodulla bir to‘yda o‘yining chilvar solgan chavondozlarni ko‘rib nafratlanadi!

“Birodorlar, chavondozlar nimaga etagini qoqib ketayapti? Adolatga!
Nimaga tupurib ketayapti? Adolatga!
Kimdan arozalab ketayapti? Adolatdan!
Bir to‘yda nomard, iymonsizga achchiq qilib, adolatni o‘tga tashlab
ketayapti!”.

Lekin Ziyodulla adolat osmonda deguvchilarga qarata shunday deydi:

“Yo‘q birodorlar adolat erda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa
qorashib yotibdi! Adolatni kam buldayin xor qilayapti? Biz o‘zimiz”

Qissada chavandoz va hamqishloqlarining adolat yo‘lidagi kurashlari o‘zining g‘oyat

ishonarli tasvirini topgan. Masalan, bir yili qishloqqa otlarni go‘shtga topshirish to‘g‘risida buyruq
keladi. Tabiiyki buyruq qishloq ahlini sergak torttiradi. Lekin hech kim yurak yutib buyruqqa
qarshi borolmaydi. Shunda Ziyodullaga o‘xshagan chavondozlar yani adolatni izlashga to‘shadilar.


background image

555

Bunday noxush xabarni eshitgan Ziyodulla chavandoz shunday deydi: “Kuntug‘mish»ni go‘shtga
topshirib bo‘ladimi? “Alpomish”ni go‘sht qilib bo‘ladimi?”

Albatta, Ziyodulla chavandoz aytganidek, adolat haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo bu

yo‘lda kurashishi esa har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Ziyodulla ham bu yo‘ldan
qaytadiganlardan emas. O‘z e’tiqodida sobit inson. Chavondoz sodda va samimiy, ayni paytda,
cho‘rtkesar inson. Bu fazilatlari unga ko‘p tashvishlar keltiradi. “Ot kishnagan oqshom”
muallifining ijodida folklorda ko‘p uchraydigan qahramon va obrazlarga duch kelamiz. Ziyodulla
kal mana shunday qahramonlardan biri. Kal timsoli xalq og‘zaki ijodidagi ko‘pgina janrlar latifa,
doston, ertaklarda uchraydi. Ertaklardagi kal go‘zal malikaga oshiq bo‘ladi va har qanday to‘siqni
engib o‘tab uylanadi. Ziyodulla kalning qishloqning eng suluv qizi Momosuluvga uylanishi ham
xuddi shu an’anani eslatadi. Folklorda qahramonning suyuklisini ko‘pincha tushida, ko‘zguda, uzuk
ko‘zida yoki bir holatda ko‘rib qolib unga oshiq bo‘lib qolish holatlari uchraydi. Bu jarayon
Ziyodulla kalning ham tushida ro‘y beradi. Bu obrazdan folklor qahromonlariga xos favqulodda
holatlarni toppish mumkin. Ammo yana bir obraz borki biz uning tahlili misolida T.Murodning xalq
og‘zaki ijodi namunalariga ko‘p bor tayanganligiga yana bir bor iqror bo‘lamiz bu - ot obrazi.
Folklorda ot tasvirlanayotganda ko‘pincha uning zoti afzalligi ta’kidlab o‘tiladi. Masalan:

Asli chambilning otisan!
Asli turkman xonazoti!

“Ot kishnagan oqshom”da ham shu an’anani uchratish mumkin.

“Birodorlar buning Surxonda mana bunday gap bor: ot olsang Oboqlidan ol,ayol olsang

Irg‘olidan ol. Buning mag‘zi shuki ot deganlari-dev! Ot bepoyonlikka deydi. Ot masofi nimaligini
bilmaydi, xudud nimaligini bilmaydi. Ot qahraton qishda dasht-biyotonlarda chopib o‘sadi. Ana
shunda dirkillagan ot bo‘ladi. Uchqur keladi! Bedav bo‘ladi!..

Birodarlar, bo‘z ot qanday bo‘ladi? Surpday oppoq bo‘ladi! Bordi-yu ajdodida bo‘lsa

to‘qqizga to‘lganda tarlop bo‘ladi. Tarlop xol-xol ot! Tarlop- otlar sarasi.Birodarlar otning yuzdan
biri yaxshi bo‘ladi. Tarlop otning yuzdan biri yomon bo‘ladi. Birodorlar ot tanimasang tarlop ol!”

Dostonlarda otlarning bahosi sinchilar tilidan ta’riflanadi. Masalan, “Alpomish” dostonida

Ko‘kaldoshning sinchisi Boychiborni qarichlab ko‘rib bahasini aytadi, ta’rifini keltiradi. Ziyodulla
kalning oti ko‘pkariga ro‘yxushlik bermay turganida uni sinchiga ko‘rsatsa, u darhol otni o‘ziga
sotishini so‘rab qoladi. Ko‘pkarida otning faqat g‘olib kelayotganini kuzata turib: “Endi menga
qarang el chavandozi, otga dam bering, bo‘lmasa ko‘ziktirib qo‘yasiz deydi. Tog‘ay Murodning ot
obrazini yaratishda folklordan unumli foydalanganligi qahramon tilidan aytilgan: “Tarlop ot emas,
Jumantbulbul kuylagan “Kuntug‘mish” Fozil Yo‘ldosh kuylagan “Alpomish” so‘zlaridan ham
anglashilib turibdi.

Adibning Qoplon va Oymoma kati obrazlarida ham folklor qahramonlari, insonlar Alpomish

va Barchinoy kabilar tasviriga monandlik mavjud. Buni birgina Oymomi tasviri berilgan jumlalar
orqali ham bilib olishimiz mumkin:

“Suluv yuzlarini oppoq desak, bizning haqqimiz ketadi.
Qorachadan kelgan desak qizning haqqi ketadi.
Bug‘doyrang bo‘ldi. Barchin yuzli bo‘ldi.

Shu bilan birga yozuvchining uslubi ham xalq ijodi kabi ravon. Shunday qilib T.Murod

folklor namunalaridan ijodiy foydalanish orqali obrazlariga chinakam milliy xususiyatlarini,
koloritni bera olganligini ko‘ramiz. Har bir jamiyat, har bir davrning o‘ziga xos yangi qahramonlari
bo‘ladi. Hayot konkret tarixiy sharoit taqozosi bilan o‘z zamonasi ilg‘or kishisining muayyan
tiplarini kurash maydoniga olib chiqadi. Shu boisdan ham ularning intilishida, kurashida va
qismatida davrning butun murakkabligi aks etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

To‘gay Murod. Ot kishnagan oqshom. – Toshkent. 1994. –B. 126.

2.

Murod, T. Oydinda yurgan odamlar. – Toshkent: Sharq, 2001.

3.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent. 2000.


background image

556

4.

Sharafiddinov O. Adabiyot, tanqid va yangi tafakkur. – Toshkent: “O‘zbek adabiyoti va
san’ati”. 2001-yil. 19-oktabr.

5.

Rahimjonov N. Bugunning qahramoni kim? “O‘zbek tili va adabiyoti”. 2001. 6-son.

6.

Karimov N, Nazarov B., Normatov U., Mamajonov S., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek
adabiyoti tarixi. – Toshkent: “O‘qituvchi”. 1999.

Bibliografik manbalar

To‘gay Murod. Ot kishnagan oqshom. – Toshkent. 1994. –B. 126.

Murod, T. Oydinda yurgan odamlar. – Toshkent: Sharq, 2001.

Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent. 2000.

Sharafiddinov O. Adabiyot, tanqid va yangi tafakkur. – Toshkent: “O‘zbek adabiyoti va

san’ati”. 2001-yil. 19-oktabr.

Rahimjonov N. Bugunning qahramoni kim? “O‘zbek tili va adabiyoti”. 2001. 6-son.

Karimov N, Nazarov B., Normatov U., Mamajonov S., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek

adabiyoti tarixi. – Toshkent: “O‘qituvchi”. 1999.