550
“QISSASI RABG‘UZIY” ASARIDA PAYG‘AMBARLAR TASVIRINI BERISHDA
ADIBNING TASAVVUR KUCHI VA MAHORATI
Qahramonova Maftuna O‘tkirovna,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
qahramonovamaftuna06@gmail.com
Imomqulova Gulchehra Norboboyevna
,
ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti
Annotatsiya.
Ushbu maqoladi ”Qissasi Rabgʻuziy” asarining qisqacha bayoni hamda ayrim
hikoyatlarning tahlili va tavsifi bayoni berib oʻtilgan. Shuningdek, uning badiiy qiymati haqida fikr
yuritildi. Asardagi ba’zi qissalar yuzasidan munosabat bildirilgan.
Kalit so‘zlar.
Hamd va na’t, adabiy qiymat, sunnat amallar, moʻmin majburiyatlari.
“QISSASI RABG‘UZIY” ESERINDE PEYGAMBERLERIN TASVIRINDE
YAZARIN HAYAL GÜCÜ VE SANATSAL USTALIĞI
Kahramanova Maftuna Utkirovna
,
Özbekistan-Finlandiya Pedagoji enstitüsü öğrencisi
Imomkulova Gulchehra Norboboyevna,
bilimsel danışman, Özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı
Özet.
Bu makalede “Qissasi Rabg‘uziy” eserinin kısa özeti ile birlikte bazı hikayelerin
analizi ve tanıtımı yapılmıştır. Ayrıca eserin edebi değeri üzerine görüş bildirilmiş ve bazı kıssalar
hakkında kişisel yorumlara yer verilmiştir.
Anahtar kelimeler.
Hamd ve na’t, edebi değer, sünnet uygulamaları, müminin
sorumlulukları.
ОБРАЗ ПРОРОКОВ В ПРОИЗВЕДЕНИИ “КИСАС-И РАБГУЗИ”
СКВОЗЬ ПРИЗМУ ВООБРАЖЕНИЯ И МАСТЕРСТВА АВТОРА
Кахрамонова Мафтуна Уткировна,
студентка Узбекско-Финского педагогического института
Имомкулова Гулчехра Норбобоевна,
научный руководитель, ассистент кафедры узбекского языка и литературы
Аннотация.
В статье представлено краткое содержание произведения “Кисаси
Рабгузи”, а также анализ и характеристика отдельных рассказов. Кроме того,
рассматривается художественная ценность произведения и выражено авторское мнение
по поводу некоторых повествований.
Ключевые слова.
Xамд и на’т, литературная ценность, суннатские обряды,
обязанности верующего.
THE WRITER’S IMAGINATION AND SKILL IN PORTRAYING
THE PROPHETS IN “THE STORY OF RABGUZ”
Kakhramonova Maftuna Utkirovna,
Student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute
Imomkulova Gulchehra Norboboevna,
scientific supervisor, assistant of the department of Uzbek language and literature
551
Annotation.
This article provides a brief overview of "Qissasi Rabghuzi" and presents the
analysis and description of selected stories. Additionally, it explores the literary value of the work
and shares personal reflections on some of the narratives.
Keywords.
Hamd and na’t, literary value, Sunnah practices, obligations of a believer.
Xorazmlik mashhur shoir va yozuvchi mutafakkir Nosiruddin Rabgʻuziyning eng yirik
asarlaridan biri “Qisasi Rabgʻuziy” hisoblanib bu asar turkiy adabiyotning nodir va betakror
namunasidir. Islom dinining tayanchi boʻlgan Qur’oni karimdan ilhomlangan holda hamda ushbu
kitobga asoslangan holatda yozilgan “Qissasi Rabg‘uziy” asarida har bir mavzuga alohida toʻxtalib
oʻtilib, har qaysi ishda oʻzgacha hikmat borligi uqtirilgan. Asar Allohga hamd bilan boshlanadi,
soʻngra na’t qismi keltirib oʻtiladi. Asarning oʻziga xosligi voqealarning sodda va ravon tilda
berilganligi hamda qissada keltirilgan barcha ma’lumotlarning ishonchli ekanligidan iborat. Asarda
72 hikoyat mavjud boʻlib, ular 33 paygʻambar va muhim tarixiy shaxslar haqida hikoya qiladi.
Qissadagi hikoyatlarda paygʻambarlar ularning hayoti, koʻrgan kechirganlari, mashaqqatli yoʻllarni,
turli sinovlarni qanday yengib oʻtgani toʻgʻrisida soʻz boradi. Jumladan, Shis alayhissalom qissasiga
toʻxtaladigan boʻlsak, Shis paygʻambar umri davomida boʻzchilik bilan shugʻullanadi. Shis butun
hayoti mobaynida kishilarni Haq taologa ibodat qilishga undashiga qaramasdan, vafotidan soʻng
insonlar butga topinadigan boʻlib qoladilar.
Qolaversa, qissada toki Qiyomatga qadar Jannatdan muqim oʻrin topgan Idris alayhissalom
rivoyati ham keltirib oʻtiladi. Idris paygʻambar oʻzining ustomonligi hamda aql-zakovati tufayli
Jabroil alayhissalomni ham hayratda qoldiradi hamda ushbu ehtiromga sazovor boʻladi.
Shuningdek, ”Qissasi Rabgʻuziy” asarida kofir bilan musulmon hukmdorlar haqida ham aytib
oʻtiladi. Xususan kofir podshohlar: Namrud alayhila’na va Buxtnasr ismli shaxslar boʻlsa
musulmon sultonlar Sulaymon alayhissalom hamda Iskandar Zulqarnayndir. Lekin qissada kofir
boʻlsa-da, Namrud podshoh Ibrohimga zulm qilishni istamaydi, nomaqbul ishlarni oʻziga ep
bilmaydi va asarning ayni shu oʻrnida ushbu oqilona aytilgan hikmatli soʻzga koʻzimiz tushadi:
”Adl qilgan kofir bilan mulk boqiy qolar, ammo zulm qilgan moʻmin bilan mulk boqiy qolmas”.
Biroq koʻp oʻtmay Shayton Namrudni yoʻldan uradi va shu tariqa u tangri bilan bellashmoqqa jazm
etadi bu bilan u ayovsiz oʻlim topadi. Qissani boshqa tomondan olib qarasak va oʻzgacha urgʻu
bersak, hamda ushbu asar qunt qilib oʻqib chiqilsa, musulmonlar majburiyati hisoblangan
amallarning koʻpchiligi paygʻambar-lardan sunnat boʻlib qolganligini guvohi boʻlishimiz mumkin.
Masalan Haj amalini oʻtayotgan hojilarga shaytonga tosh otmoqlik marosimi Ibrohim
alayhissalomdan qolgan boʻlib, paygʻambar oʻgʻli Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishga
ketayotgan paytlarida shayton ularni yoʻldan urmoqchi boʻlganda ikki paygʻambar tomonidan
toshlar yogʻdirilgan. Qolaversa, Shis alayhissalomdan moʻminlarga marhumlarni suv birla
poklamoqlik shu tariqa kafanga oʻrab soʻngra janoza namozi oʻqimoqlik sunnat amal boʻlib qolgan.
Asardagi eng koʻp tilga olingan paygʻambar bu Yusuf alayhissalomdir. U paygʻambarimiz
Muhammad sallalohu alayhi vasallamgacha boʻlgan paygʻambarlar orasida oʻzining goʻzal husni
shuningdek, solih fe’l atvor egasi ekanligi bilan hurmat topgan. Yusuf Robbimizdan kelgan har bir
sinovni yuksak sabr bilan yengib oʻtadi, hattoki oʻz nafsini ham yenga oladi . U Alloh amriga hech
qachon qarshi chiqmaydi va shu tariqa saodatga erishadi. Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham
mavjud boʻlib ulardan biri Luqmon alayhissalom voqeasidir.
Xulosa qilib aytganda, “Qisasi Rabgʻuziy” asari bugungi kunda ham oʻzining adabiy
qiymatini yoʻqotmagan holda keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmay kelmoqda. Qissa
ayniqsa XIII-XIV asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik sharofati bilan ushbu qissani o‘rganish jarayoni jadallashdi. Ushbu asarga oid
izlanishlar davom etmoqda. Rabg‘uziyning payg‘ambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik jihatdan
ham til nuqtai nazardan katta yozma yodgorlikdir.
552
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Rabg‘uziy, N. Qissasi Rabg‘uziy. 1-kitob.T.”Yozuvchi” 1990-yil, 234-b.
2.
Usmonov, M. (2020). Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarida hikoyatlar poetikasi.
CyberLeninka.
https://cyberleninka.ru/article/n/rabg-uziyning-qissasi-rabg-uziy-asarida-
hikoyatlar-poetikasi/viewer
3.
Xolmirzayev, B. (2021). “Qissasi ar-Rabg‘uziy” asarining o‘ziga xosligi va janrlar tarkibi.
CyberLeninka.
https://cyberleninka.ru/article/n/qissasi-ar-rabg-uziy-asarining-o-ziga-xosligi-
va-janrlar-tarkibi/viewer