631
OʻZBEK VA TURK TILLARIDA “KOʻZ” KOMPONENTLI
IBORALAR HAQIDA
(A.Qahhorning “Oʻg‘ri” va Rashot Nuri Guntekinning
“Choliqushi” asarlari misolida
)
Tursunboyeva Zuhra Normatovna,
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, tillar fakulteti tyutori
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, oʻzbek tili va turk tillaridagi koʻz komponentli somatik
iboralar Abdulla Qahhornig Oʻg‘ri hikoyasida hamda turk yozuvchisi Raşot Nuri Guntekinning
“Çoliqushi” asarlarida ishlatilish oʻrinlari va ularning qoʻllanilish doirasi tahlilga tortiladi.
Oʻzbek va turk tillarida koʻz bilan bog‘liq iboralar turli xil ma’no ottenkalarini ifodalaganligini
koʻrishimiz mumkin. Tilshunoslikda simvolik va figurativ ma'nolarni yaratishda ham iboralar
muhim rol oʻynaydi. Bu ishda, koʻz komponenti orqali ifodalangan iboralarning strukturasini,
ma’nolarini va ularning xalq madaniyati bilan bog‘liqligini tahlil qilish orqali, har ikki tilning
oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib beriladi.
Kalit soʻzlar.
Koʻz, ibora, madaniyat, simvolizm, hissiyot, psixologik tasvir, madaniy
tafovut.
ÖZBEK VE TÜRK DİLLERİNDE GÖZ BİLEŞENLİ
DEYİMLER HAKKINDA
(A.Qahhar’in “Hirsiz” ve Reşat Nuri Gültekin’in
“Çalikuşu” eserleri üzerıne)
Tursunboyeva Zuhra Normatovna,
öğretmen, Dil Fakültesi, Özbek-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü
Özet.
Bu makalede, Abdullah Kahhar'ın “Hırsız” adlı öyküsünde ve Türk yazari Reşat Nuri
Güntekin'in "Çalıkushu" adlı eserinde göz bileşenli deyimlerin Özbek ve Türk dillerinde kullanımı
ve bunların uygulama kapsamı incelenmektedir. Özbek ve Türkçede gözle ilgili ifadelerin farklı
anlam ifade ettiğini görüyoruz. Dil biliminde deyimler sembolik ve mecazi anlamların
yaratılmasında da önemli rol oynamaktadır. Bu çalışma, göz bileşeni aracılığıyla ifade edilen
deyimlerin yapısını, anlamlarını ve kültürel bağlantılarını analiz ederek her iki dilin kendine ait
özelliklerini ortaya koymaktadır.
Anahtar kelimeler.
Göz, ifade, kültür, sembolizm, duygu, psikolojik etki, kültürel farklılık.
О ФРАЗАХ С КОМПОНЕНТОМ «ГЛАЗА» В УЗБЕКСКОМ И
ТУРЕЦКОМ ЯЗЫКАХ
(На примере рассказа А.Каххора «Угри» и Рашода Нури Гультека «Чоликуш»)
Турсунбоева Зухра Норматовна,
тьютор Факультета языков Узбекско-Финского педагогического института
Аннотация.
В данной статье анализируется употребление выражений с
компонентом глаз в узбекском и турецком языках в повести «Угри» Абдулла Каххор и в
произведениях турецкого писателя Рашода Нури Гюлтекина «Чаликуши» и сфера их
применения. Мы видим, что выражения, связанные с глазом, в узбекском и турецком языках
имеют разные оттенки смысла. В лингвистике идиомы также играют важную роль в
создании символических и образных значений. В данной работе демонстрируются
уникальные особенности обоих языков путем анализа структуры и значений выражений,
выраженных через глазной компонент, а также их связи с народной культурой.
632
Ключевые слова.
Глаза, выражение, культура, символизм, эмоция, психологический
образ, культурные различия.
ON PHRASES WITH EYE COMPONENTS IN UZBEKISTAN
AND TURKISH LANGUAGES
(As an example of A.Kahkhor’s story “The thief”
and Rashot Nuri Gultek’s works “Cholikush”)
Tursunboyeva Zuhra Normatovna,
Tutor, Faculty of Languages, Uzbek-Finnish pedagogical institute
Annotation.
This article analyzes the use of eye-related expressions in the Uzbek and
Turkish languages in the story of Abdullah Kahhornig the Thief and in the works of the Turkish
writer Raşot Nuri Guntekin "Çolikushi" and their scope of application. We can see that eye-related
expressions in the Uzbek and Turkish languages express different shades of meaning. Expressions
also play an important role in creating symbolic and figurative meanings in linguistics. In this
work, the specific features of both languages are shown by analyzing the structure, meanings and
their connection with folk culture of expressions expressed through the eye component.
Keywords.
Eye, expression, culture, symbolism, emotion, psychological image, cultural
difference.
Frazeologizmlar – barqaror birliklar boʻlib, ular nutqqa koʻchganda yorqinlik, aniqlik va
ta’sirchanlik bagʻishlaydi. Nutqda frazeologik birliklardan foydalanish tilni boyitadi, uni rang-
barang va jozibador boʻlishiga xizmat qiladi. Frazeologiya har qanday tilning eng boy xazinasi
hisoblanadi. Shu bilan birga, frazeologik birliklar nafaqat ifoda vositasi, balki ma’lum bir xalq
uchun ahamiyatga molik boʻlgan ma’nolarni aks ettiruvchi milliy madaniyat koʻzgusidir.
Frazeologizm, frazeologik birlik, frazema – ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼno
jihatdan oʻzaro bogʻliq soʻz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda
qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomidir [4, 26 b.].
Oʻzbek va turk tillari turkiy oilaga mansub boʻlib, bu tillarda “koʻz” soʻzi bilan bog‘liq koʻplab
iboralar mavjud. Masalan, Oʻzbek va Turk tillarida qoʻllaniladigan “koʻz” komponentli iboralari
oʻxshash boʻlib, ular deyarli bir xil ma’noda qoʻllaniladi [6, 162 b.]. Quyida har ikkala tilda ham
ishlatilishi mumkin boʻlgan “koʻz” komponentli somatik iboralarni ikki tildagi variantlarini koʻrib
chiqamiz:
Koʻz tegmasin / Naazar değmesin
– yomon koʻzdan saqlash ma’nosida ishlatiladi.
Nazardan saqlansin, koʻz qadamasin / nazar almasın Koʻz ochmoq / Göz açmak
– biror
narsani tushuna boshlash, bilimga ega boʻlish.
Fahmlamoq, idrok etmoq / idrak etmek, farkına varmak,
koʻzdan kechirmoq / Gözden
geçirmek
– diqqat bilan tekshirib chiqmoq.
Sinchiklab oʻrganmoq, koʻrib chiqmoq / incelemek, kontrol etmek koʻz oldida / Göz önünde
– kimningdir
koʻrish doirasida yoki xayolida mavjud boʻlish.
Xayolda, nazar oldida / akılda, hafızada Koʻz-quloq boʻlmoq / Göz kulak olmak
– e’tibor
bilan kuzatmoq, g‘amxoʻrlik qilmoq.
Diqqat bilan qaramoq, kuzatmoq / dikkat etmek, ilgilenmek Koʻz yumib turmoq / Göz
yummak
– biror xatoni bilib turib, unga e’tibor bermaslik.
E’tiborsiz qoldirmoq, bilmaganga olish / görmezden gelmek, aldırmamak
kabi misollar
keltirishimiz mumkin.
Oʻzbek va turk adabiy asarlarida ko‘z lingvomadaniy tushuncha sifatida eng koʻp
qoʻllaniladigan vositalardan biri hisoblanadi. Ularning asarlarini qiyosiy oʻrganadigan boʻlsak, har
ikki tilda ham koʻz komponentli iboralarning bir-biriga yaqin ma’nolarda ishlatilganligini
koʻrishimiz mumkin. Misol tariqasida oʻzbek adibi Abdulla Qahhorning “Oʻg‘ri” hikoyasi va turk
633
yozuvchisi Reşat Nuri Guntekinning “Çalıkuşu” asarida koʻz komponentli iboralari keng
qoʻllanganligini koʻrishimiz mumkin. Abdulla Qahhorning “Oʻg‘ri” hikoyasida koʻz orqali
qahramonlarning ruhiy holatlari, ular tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning ma’nosi va ichki
kechinmalari aks ettirilgan. “Oʻg‘ri” hikoyasida shunday yozilgan:
Qobil boboning qoʻshnisi-
burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, hoʻkiz bog‘langan ustunni diqqat bilan koʻzdan
kechirdi
[1, 16 b.]. Bunda “koʻzdan kechirmoq” iborasi diqqat bilan qaramoq, sinchiklab qaramoq
ma’nolarida qoʻllangan. Iboralarning qoʻllashdan maqsad adib asarning badiiyligini buzmaslik
uchun ham “koʻzdan kechirmoq” iborasini qoʻllagan. Asarni oʻqigan insonni bunga qiziqtirish
uchun ham bu usul juda qoʻl kelgan va asar jozibasini oshirgan. Asarda koʻz bilan bog‘liq juda
koʻplab iboralarni misol sifatida koʻrsatishimiz mumkin. Yana bir misol:
“Uning koʻzlari hech
narsa sezmasdi”
– bu ibora qahramonning ruhiy sustlashganligi, ichki inqirozi yoki tashqi dunyoga
boʻlgan befarqligini ifodalaydi. Koʻzlar bu yerda sezgi va anglashning yoʻqligini bildiradi, bu esa
oʻg‘ri obrazining muhim xususiyatidir.
“Koʻzlari porladi”
– bu ibora qahramonning biror narsaga
qarshi yuqori darajada ishtiyoqini yoki shahvatini tasvirlaydi. Koʻzlarning porlashi, ruhiy va
jismoniy holatni ifodalaydigan qudratli belgiga aylanadi.
“Koʻzlari uchib ketdi”
- bu ibora,
qahramonning biror voqeadan yoki g‘ayrioddiy holatdan hayajonlanishi yoki ta’sirlanishini
ifodalaydi. Koʻzlar bu yerda odamning hayajonini va oʻzgarishlarga tezda javob berishini
ifodalaydi.
Abdulla Qahhorning “Oʻgʻri” hikoyasida koʻz tasvirlari insonning ichki va tashqi dunyo
bilan bog‘lanishini, hissiyotlarini, ruhiy holatini va ijtimoiy oʻzgarishlarni ifodalashda ishlatilgan.
Koʻz, bu asarda qahramonlarning qarorlarini va atrofdagi dunyo bilan aloqalarini chuqurroq
koʻrsatadigan asosiy belgiga aylanadi.
Turk yozuvchisi Reşat Nuri Guntekinning “Çalıkuşu” asarida “koʻz” soʻziga oid iboralar
koʻplab hissiy holatlar va xarakterlarning tasvirlanishida ishlatilgan. Asardan “koʻz” komponenti
bilan bog‘liq ba’zi iboralardan misollar keltiramiz: Asarda soʻz bilan bog‘liq shunday jumlalar
yozilgan:
Feride kecha kech qurun qanday ahvolda eding? Ertalab ikki soat uxlamasdan darrov
turib ketding. Ahvoling charchagan kishiga oʻxshamaydi. Ranging noppa-nozanday koʻzlaring
porlaydi [2, 125 b.].
Bunda “Koʻzlari porlaydi. “Iborasi hayajon, g‘azab yoki hayrat kabi kuchli
his-tuyg‘ularni ifodalashda ishlatilgan. Yana bir misol:
Bir burchakka tiqilib koʻzlarimni yumib
oldim.
Bunda
“Koʻzlarimni yumib olidim”
iborasi Ferida biror voqeani, og‘riqli holatni yoki
shunchaki biror narsaga rozi boʻlmagan paytda koʻzlarini yumishi mumkin. Bu ibora koʻpincha
ruhiy yengillik va tinchlanish holatlarini ifodalaydi. Asarda ko‘z iborasi bilan bog‘lik juda ko‘p
misollarni keltirish mumkn.
“Koʻzlarini yerga tikdi”
bu ibora Feridening oʻzini noqulay his qilgan,
muayyan vaziyatda uyalgan paytlarida ishlatiladi.
“Koʻzlari yoshga toʻldi”
– bu ibora Feridening
qayg‘uli yoki juda ta’sirlangan holatlarini tasvirlaydigan ibora.
“Koʻzlari chaqnadi”
– g‘azab,
kuchli norozilik yoki g‘alaba tuyg‘ulari tasvirlanadigan paytlar uchun ishlatiladi.
“Koʻzlari kuchli
qaradi”
biror kishiga qattiq e’tibor qaratilgan, jiddiy qarash yoki hurmat koʻrsatilgan holatlarda
ishlatiladi.
“Koʻzlaridan doʻstona nurlar chiqdi”
– bu ibora Feridening iliq, mehrli va samimiy
munosabatlarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Kuzatishlarimiz natijasida shunga amin boʻldikki, Abdulla Qahhorning
“Oʻg‘ri”
hikoyasida
va Reşat Nuri Guntekinning
“Çalıkuşu”
asarida qoʻllanilgan
“koʻz”
komponentli iborasining
asosiy farq shundaki,
“Oʻg‘ri”
hikoyasida koʻz iboralari realistik va hissiy holatlarni aks ettiradi.
Bu asarda koʻzlar odatda kishilarning ichki kurashlari, noxush tuyg‘ulari va muammolarini
ifodalash uchun ishlatilgan. Asarda koʻzlar aniq, bevosita va real holatlar bilan bog‘liq jarayonlarda
aks etgan. “Çalıkuşu” asarida esa koʻz komponentli iboralar romantik, poetik va ruhiy
oʻzgarishlarni tasvirlashda ishlatiladi. Bu yerda koʻzlar kishining ichki dunyosidagi baxt, sevgi,
qayg‘u yoki umid kabi noaniq, chuqur tuyg‘ularni ifodalash uchun ishlatilganligini koʻrishimiz
mumkin. Ya’ni, “Oʻg‘ri” hikoyasida koʻz iboralari realistik va ijtimoiy holatlarni aks ettirgan
boʻlsa, “Çalıkuşu” asarida ular koʻproq tasavvufiy, romantik va ruhiy izlanishlarni ifodalashga
xizmat qiladi.
634
Shunday qilib, oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatadiki, “koʻz” komponenti ishtirok etgan
iboralarning soni anchagina boʻlib ular turli xil ma’nolarga ega. Bu esa koʻzlar hayotimizda
qanchalik ahamiyatli va serma’no ekanligini namoyon etadi. Oʻzbek va turk tillarida koʻz bilan
bog‘liq iboralar insonning psixologik xulq-atvorini, ichki kechinmalarini ifodalashga xizmat qiladi.
Shuning uchun ham har ikki tilda ham badiiy asarlarda iboralar koʻp qoʻllaniladi. Har ikkala asar
ham koʻz iboralari orqali insonlarning ichki dunyosini, hissiyotlarini va ruhiy holatini tasvirlaydi.
Ammo farq shundaki, “Oʻg‘ri” hikoyasida koʻzlar koʻproq realistik, ijtimoiy va psixologik tasvirlar
uchun ishlatiladi, “Çalıkuşu” asarida esa koʻzlar koʻproq romantik, poetik va ruhiy oʻzgarishlar
bilan bog‘lanadi. “Oʻg‘ri” asaridagi koʻz iboralari kishilarning ijtimoiy muammolari va ichki
ziddiyatlarini aks ettirsa, “Çalıkuşu” asarida ular qahramonning ruhiy holatidagi noaniqlik va
chuqur hissiy tuyg‘ularni ifodalaydi. Koʻrinadiki, har ikki tilda koʻz bilan bog‘liq iboralarni
qiyoslab oʻrganish tilshunoslik va lug‘atshunoslik uchun qimmatli materiallar beradi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Qahhor. Oʻg‘ri. Yangi Oʻzbekiston nashriyoti. –Toshkent, 1967, 190 b.
2.
R. N. Guntekin. Çalıkuşu. Kalem nashriyoti. – Istanbul, 2022, 384 s.
3.
M. K. Ismoiliy. (tarj.) Çalıkuşu. Adabiyot nashriyoti. – Toshkent, 1997, 236 b
4.
Sh. Rahmatullayev. – Oʻzbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. Oʻqituvchi nashriyoti. –
Toshkent, 1978, 280 b.
5.
Alı Püskülüöğlü. Türkçe deyimler sözlüğü. – Istambul, 2017, 848 s.
6.
J.Eltazarov, K.Koç, I.Yoqubov. Özbekçe öğreniyoruz. – Istanbul, Kesit yayınları. 2021, 293 s.