Mualliflar

  • Sabirova Nasiba Ergashevna
  • Utayeva Irovda Baxodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112631

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. XXI asr koʻnikmalari ta’lim-tarbiya jarayoni “4K” modeli tasniflash innovatsion yondashuv metod.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada XXI asr koʻnikmalari nimalardan iborat ekanligi va ta’lim-
tarbiya  jarayonida  bu  koʻnikmalarni  qanday  tashkil  etish  borasida  fikrlar  yuritiladi.  XXI  asr 
koʻnikmalari  butun  dunyo  boʻylab  tarqalayotgani,  biroq  u  amaliyotda  hali  toʻlaqonli  amalga 
oshmayotgani  barchamizga  ma’lum.  Bu  amaliyot  bugungi  kunda  Prezident,  ijod  va 
ixtisoslashtirilgan  maktablarda  qoʻllana  boshladi.  Bu  koʻnikmalar    asta-sekin  mamlakatimizda 
barcha  maktablarda  amalga  oshiriladi,  albatta.  Shuningdek,  ushbu  maqolada  ta’lim-tarbiya 
jarayonida “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni maktablarda qoʻllash yoʻllari ham 
tahlil qilindi va kerakli tavsiya va xulosalar ishlab chiqildi.    


background image

747

TA’LIM TIZIMIDA 4 K MODELI ASOSIDA TA’LIM-TARBIYA

JARAYONINI TASHKIL ETISHNING AFZALLIKLARI

Sabirova Nasiba Ergashevna,

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Tillarni o`qitish metodikasi

kafedrasi mudiri, professor, filologiya fanlari doktori (DSc)

sabnas1@yandex.ru

Utayeva Irovda Baxodirovna,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani

p.f.f.d. (PhD)

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XXI asr koʻnikmalari nimalardan iborat ekanligi va ta’lim-

tarbiya jarayonida bu koʻnikmalarni qanday tashkil etish borasida fikrlar yuritiladi. XXI asr
koʻnikmalari butun dunyo boʻylab tarqalayotgani, biroq u amaliyotda hali toʻlaqonli amalga
oshmayotgani barchamizga ma’lum. Bu amaliyot bugungi kunda Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarda qoʻllana boshladi. Bu koʻnikmalar asta-sekin mamlakatimizda
barcha maktablarda amalga oshiriladi, albatta. Shuningdek, ushbu maqolada ta’lim-tarbiya
jarayonida “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni maktablarda qoʻllash yoʻllari ham
tahlil qilindi va kerakli tavsiya va xulosalar ishlab chiqildi.

Kalit soʻzlar.

XXI asr koʻnikmalari, ta’lim-tarbiya jarayoni, “4K” modeli, tasniflash,

innovatsion yondashuv, metod.

ADVANTAGES OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS

BASED ON THE 4K MODEL IN THE EDUCATION SYSTEM

Sabirova Nasiba Ergashevna,

Khorezm Regional center of pedagogical excellence, Methods of language teaching

head of the department, professor, doctor of philological sciences (DSc)

Utayeva Irovda Baxodirovna,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Tillar fakulteti dekani p.f.f.d. (PhD)


Abstract.

This article discusses what the skills of the 21st century are and how to organize

these skills in the educational process. We all know that the skills of the 21st century are spreading
all over the world, but they are not yet fully realized in practice. Today, this practice is being used
in presidential and specialized schools. These skills will gradually be implemented in all schools in
our country, of course. Also, in this article, the ways of using the innovative approach based on the
"4K" model in schools were analyzed and the necessary recommendations and conclusions were
developed.

Keywords.

21st century skills, educational process, "4K" model, classification, innovative

approach, method.

Sharq hikmatlarida “Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik

ko‘chasida qoladi”, - deya bejiz ta’kidlanmagan. Ta’lim mazmun va mohiyatan jamiyatning moddiy
va madaniy taraqqiyoti darajasiga borib taqaladi. Ta’lim rivojlanishi bilan odamlar orasida fikrlash
kengayib, yurt rivojlanib boradi. Yurt rivoji yoshlar qo‘lida bo‘lgani uchun ta’limga katta
investitsiyalar kiritilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning asosiy
maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z
qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan
iborat”.


background image

748

2023-2024-oʻquv yilidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan oʻquvchilarga

1-4-sinflarda boshlang‘ich, 5-9-sinflarda tayanch hamda 10-11-sinflarda oʻquvchilarining
qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Xususan:

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi. Yangi darsliklar

ta’lim oluvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (tanqidiy fikrlash,
kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qoʻllash orqali oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy
yondashuv, jamoada ishlash va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

2023-2024-oʻquv yilidan 124 ta maktabda yuqori sinf oʻquvchilarining qobiliyati va tanlovi

asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish tajriba-sinovdan oʻtkazilmoqda. Bunda 5-9-sinf
oʻquvchilariga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tayanch oʻquv reja asosida tayanch bilimlar
berilmoqda.

Tanlov fanlari 4 ta yoʻnalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya,

matematika-chet tili) boʻyicha joriy etildi. Yoʻnalishlar oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatini
hisobga olgan holda oʻtkazilgan soʻrovnomalar asosida shakllantirildi. Belgilangan tayanch oʻquv
rejaga muvofiq, 4 ta yoʻnalish boʻyicha 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani oʻqitilyapti. Ushbu
maktablarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasidan kelib chiqqan holda
baholashning yangi formativ-summativ tizimi joriy etilmoqda.

Tajriba-sinov maktablariga uzluksiz metodik yordam koʻrsatish maqsadida Prezident, ijod

va ixtisoslashtirilgan maktablar biriktirildi. Xususan, bu tizimni Xorazm viloyatida 29 ta maktabda
joriy qilish amalga oshirila boshlandi va 58 naraf trener o‘qituvchilar tomonidan ushbu maktablarda
tizim haqida aniq tushunchalar va amaliy yordamlar berib borildi.

Ma’lumki, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash

yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini keng yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab
chiqilgan. Unga ko‘ra, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimini
qo‘shimcha 1000 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy qilish, fanlardagi amaliy mashg‘ulotlar
ulushini 60%gacha oshirish ham belgilangan.

Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonidagi yangi innovatsion yondashuv natijasini, ya’ni XXI asr

koʻnikmalarini, avvalo oʻquvchilarning dunyoqarashi, fikrlashi oʻsishida koʻrishimiz mumkin.
Ta’limning asosiy maqsadi - oʻquvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini, hayotda
qoʻllay olishga oʻrgatishdan iborat. Yangi innovatsion yondashuvni Oʻzbekiston maktablarida joriy
etishdan oldin xorijiy tajribalar ham oʻrganildi. Singapur, Xitoy, Angliya, Finlandiya kabi ta’limi
ilg‘or mamlakatlar oʻquvchilarda “4K” tamoyilini oʻz ichiga olgan XXI asr koʻnikmalarini
rivojlantirishga qaratadi.

PISA, PIRLS kabi xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallagan davlatlar ta’limida

oʻquvchilarda “4K”ni oʻz ichiga olgan, muloqot, tadqiqot, yaratuvchanlik kabi koʻnikmalarga
alohida urg‘u berilgan va shuning uchun ham ular xalqaro reytinglarda katta natijalarga erishyapti.

XXI asr uchun muhim koʻnikmalar:

1980-yillarning boshidan beri turli hukumat, akademik, notijorat va koorporativ tashkilotlar

hozirgi va keyingi avlodlar uchun zarur deb hisoblaydigan asosiy shaxsiy, akademik koʻnikma va
malakalarni aniqlash uchun muhim tadqiqotlar oʻtkazib kelmoqdalar.

3.

XXI asrning ta’lim va ish joyidagi koʻnikmalarini aniqlash va amalga oshirish Amerika

Qoʻshma Shtatlarda boshlangan.

4.

XXI asr koʻnikmalari – insonlar uchun jamiyatda va ish joyida muvaffaqiyatga erishish

uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar, qobiliyatlarini va oʻrganishga moyilliklarni oʻz ichiga oladi.

XXI asr kishisida boʻlishi kerak:

Asosiy koʻnikmalar:

oʻqiydi, yozadi, arifmetika va matematikani bajaradi, tinglaydi va

gapiradi.

Fikrlash qobiliyatlari:

ijodiy fikrlaydi, qarorlar qabul qiladi, muammolarni hal qiladi,

tasavvur qiladi, oʻrganadi va sabablarini tahlil qiladi.

Shaxsiy fazilatlar:

mas’uliyat, oʻzini oʻzi qadrlash, xushmuomalalik, oʻzini oʻzi boshqarish,

halollikni namoyon qiladi.


background image

749

Ish joyida:

Resurslar: resurslarni aniqlaydi, tashkil qiladi, rejalashtiradi va taqsimlaydi.
Shaxslararo aloqa: boshqalar bilan ishlaydi (jamoa a’zosi sifatida ishtirok etadi, boshqalarga

yangi koʻnikmalarni oʻrgatadi, mijozlarga/mijozlarga xizmat qiladi, yetakchilikni ta’minlaydi,
muzokaralar olib boradi, xilma-xillik bilan ishlaydi).

Axborot: ma’lumotni qabul qiladi va ishlatadi (ma’lumotni oladi va baholaydi,

tizimlashtiradi va saqlaydi, sharhlaydi va uzatadi; axborotni qayta ishlash uchun kompyuterdan
foydalanadi).

Tizimlar: murakkab tizimlarni tushunadi, ish faoliyatini nazorat qiladi va tuzatadi, tizimlay

oladi, loyihalashtiradi).

Texnologiya:

turli texnologiyalar bilan ishlaydi (texnologiyani qilayotgan ishiga nisbatan

tanlaydi, texnologiyani vazifasiga koʻra qoʻllaydi, jihozlarga texnik xizmat koʻrsatadi va
muammolarni bartaraf qiladi).

Pedagoglar uchun muhim boʻlgan 3 koʻnikmalar majmui:

Ta’lim va innovatsiya qobiliyatlari

:

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish, muloqot va hamkorlik, ijodkorlik va

innovatsiya.

Raqamli savodxonlik ko

ʻ

nikmalari

:

Axborot savodxonligi, media savodxonligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

savodxonligi.

Karyera va hayotiy ko

ʻ

nikmalari

:

Moslashuvchanlik, tashabbuskorlik va oʻzini oʻzi boshqarish, ijtimoiy va madaniyatlararo

oʻzaro ta’sir, samaradorlik va mas’uliyat.

4K modeli:
Kritik -tanqidiy fikrlash

— masalaga tanqidiy qarash, tahlil qilish, faktlarni taqqoslash,

mantiqiy ketma-ketlikni aniqlash va xulosalar chiqarish.

Kreativlik (ijodkorlik)

- noaniq vaziyatlarda oʻz bilimlarini qoʻllash orqali muammolarga

yangi va samarali yechimlar topa olish.

Kommunikatsiya - muloqot qilish

- oʻz fikrlarini ogʻzaki va yozma shaklda qoʻrqmasdan

toʻlaqonli ifoda etish, talqin qilish hamda turli ijtimoiy va madaniy muhitlarda samarali
kommunikatsiya qilish.

Kollaboratsiya-jamoaviy ishlash

- umumiy maqsadlarni oʻz maqsadidek qabul qilish

qobiliyati, ularga erishish uchun birgalikda harakat qilish, oʻz harakatlarini boshqa odamlarning
harakatlari bilan muvofiqlashtirish, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish.

“4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuv maktablarda qoʻllash uchun alohida

sharoitlar talab etmaydi. Masalan, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyati savol-topshiriqlar bilan,
muloqot koʻnikmasi esa savol-topshiriqlar va mashg‘ulotlar orqali rivojlanadi. Maktablarda bu
usullarni ishlatish uchun sharoit yoʻq deb aytish notoʻg‘ri.

Ushbu muhim kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam berishni istasak, oʻquv jarayonini

bolalar uchun qiziqarli va foydali tarzda tashkillashtirishimiz kerak. Maktabdagi har bir dars
oʻquvchilar faqat fan mazmunini oʻzlashtiradigan emas, balki mustaqil bilim oladigan va
qobiliyatini rivojlantiradigan jarayondir.

Kasbiy kompetentlilik :
kasbiy kompetentlilik

– shaxs tomonidan oʻz kasbiy faoliyatining samarali tashkil etilishi

uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning egallanishi hamda ularni amalda yuqori
darajada qoʻllay olinishini anglatadi.

Oʻqituvchi-pedagoglar kasbiy kompetentliligi darajasi quyidagi:

murakkab vaziyatlar vujudga kelganda;

favqulodda vazifalarni bajarishda;

bir-biriga zid maʼlumotlardan oʻrni bilan oqilona foydalanishkabi holatlarda yaqqol

namoyon boʻladi.


background image

750

oʻz bilimlarini izchil boyitib boradi;

yangi axborotlarni oʻzlashtiradi;

davr talablarini chuqur anglaydi;

yangi bilimlarni izlab topadi;

ularni qayta ishlaydi va oʻz amaliy faoliyatida samarali qoʻllaydi.

Pedagogning kasbiy kompetentliligiga xos boʻlgan asosiy belgilar:

1. Har xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan ularning yoshi va intellektual imkoniyatlariga

tayangan holda ishlay olish.

2. Oʻz sohasi boʻyicha oʻquvchilarning yosh psixologiyasi, jismoniy, ruhiy, pedagogik

imkoniyatlarini anglagan holda ish olib borish.

3.

Amaliy

faoliyatida

innovatsion

gʻoyalardan foydalanish, yangi pedagogik

texnologiyalarni oʻzlashtirish.

4. Taʼlim-tarbiya jarayonida pedagogik qoʻllab-quvvatlashning har xil shakllaridan

foydalana bilish.

5. Oʻqituvchilar faoliyati bilan bogʻliq tashkil etilgan har xil tanlov, festival va

musobaqalarda ishtirok etish.

6. Har qanday pedagogik shart-sharoitlarda oʻzining oʻqituvchilik mahoratini namoyish eta

bilish.

7. Mamlakat davriy matbuotida hamkasblari bilan oʻz tajribalarini oʻrtoqlashish va hk.
Xulosa shuki, oʻquvchilarni eslab qolish, tushunish, amalda qoʻllash, tahlil qilish, baholash

va yaratishga oʻrgatsak, umrining oxirigacha foyda keltiradi. Bu jarayonlar, ya’ni XXI asr
koʻnikmalari oʻquv mashgʻulotlariga tatbiq qilindi va bu oʻzgarishlar, albatta, oʻz samarasini beradi.
Zero, bu koʻnikmalar XXI asrda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan eng muhim hayotiy
koʻnikmalardir. Oʻquvchilar bilimini toʻgʻri yoʻnaltirish, iqtidorini aniqlash hamda istaklari sari
harakatga undash, kelejakdagi egallamoqchi boʻlgan kasbiga ishonchni mustahkamlash ta’im
tizimining asosiy maqsadidir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Xodiyeva G. H. Bоshlаng‘ich tа’limdа 4k mоdelidаn fоydаlаnishning pedаgоgik xususiyаtlаri.
“Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 20.02.2024.

2.

Saidova G.H

.

Ta’lim samaradorligini oshirishning “4k” kompetensiyalari: kreativlik, tanqidiy

fikrlash, kommunikatsiya, kooperatsiya. “Pedagogy of cooperation in improving the quality of
education: international experience and modern approaches. International scientific-practicial
conference. 13.11.2023.

3.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.

JournalNX

, 514-516.

4.

Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов.

Журнал NX

, 1026-1028.

5.

https://en.wikipedia.org/wiki/21st_century_skill

6.

https://www.gazeta.uz/ru/2023/12/30/4k/


Bibliografik manbalar

Xodiyeva G. H. Bоshlаng‘ich tа’limdа 4k mоdelidаn fоydаlаnishning pedаgоgik xususiyаtlаri.

“Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni

rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar” respublika ilmiy-amaliy

konferensiyasi. 20.02.2024.

Saidova G.H. Ta’lim samaradorligini oshirishning “4k” kompetensiyalari: kreativlik, tanqidiy

fikrlash, kommunikatsiya, kooperatsiya. “Pedagogy of cooperation in improving the quality of

education: international experience and modern approaches. International scientific-practicial

conference. 13.11.2023.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового

образования. JournalNX , 514-516.

Азизовна, Ю.С. Формирование чувства уважения у студентов. Журнал NX , 1026-1028.