725
ONA TILI FANINI O‘QITISH JARAYONIDA MULTIMEDIA VA
ELEKTRON RESURSLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Ro‘zimurodova Sitora Maqsiddin qizi,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute magistranti
sitoraruzimurodova050@gmail.com
Annotatsiya
.Ushbu maqolada elektron resurslarning ona tili oʻqitish metodikasidagi oʻrni
va ahamiyati tadqiq etiladi. Interaktiv oʻquv platformalar, elektron darsliklar va ona tili bo‘yicha
elektron manbalar tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nutq rivojiga
koʻrsatadigan ijobiy taʼsiri, audio-video materiallarning didaktik xususiyatlari va elektron oʻquv
kontentlarning oʻziga xos xususiyatlari ochib beriladi.Tadqiqot natijasida multimedia resurslardan
samarali foydalanishning pedagogik-psixologik prinsiplari ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar.
Elektron resurslar, multimedia texnologiyalari, interaktiv o‘quv platformalari,
audio-video materiallar, pedagogik-psixologik prinsiplari.
ANADIL ÖĞRETİMİ SÜRECİNDE MULTİMEDYA VE ELEKTRONİK
KAYNAKLARIN KULLANIM OLANAKLARI
Ruzimurodova Sitora Maqsiddin kızı,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi
Anotasyon.
Bu makalede, elektronik kaynakların ana dili öğretim metodolojisindeki yeri ve
önemi incelenmektedir. Etkileşimli eğitim platformları, elektronik ders kitapları ve ana diliyle ilgili
elektronik kaynaklar analiz edilmektedir. Modern pedagojik teknolojilerin dil gelişimine olumlu
etkisi, sesli ve görsel materyallerin didaktik özellikleri ve elektronik eğitim içeriklerinin kendine has
nitelikleri ele alınmaktadır. Araştırma sonucunda, multimedya kaynaklarının verimli kullanımına
yönelik pedagojik ve psikolojik prensipler geliştirilmiştir.
Anahtar kelimeler:
Elektronik kaynaklar, multimedya teknolojileri, etkileşimli eğitim platformları,
sesli ve görsel materyaller, pedagojik-psikolojik prensipler
.
ВОЗМОЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ И
ЭЛЕКТРОННЫХ РЕСУРСОВ В ПРОЦЕССЕ ПРЕПОДАВАНИЯ РОДНОГО ЯЗЫКА
Рузимуродова Ситора Максиддин кизи,
магистрантка Узбекско-Финский педагогический институт
Аннотация.
В данной статье исследуется роль и значение электронных ресурсов в
методике преподавания родного языка. Анализируются интерактивные учебные
платформы, электронные учебники и электронные источники по родному языку.
Раскрывается положительное влияние современных педагогических технологий на развитие
речи, дидактические особенности аудио-видео материалов и специфические черты
электронного учебного контента. В результате исследования разрабатываются
педагогико-психологические принципы эффективного использования мультимедийных
ресурсов.
Ключевые
слова
.
Электронные
ресурсы,
мультимедийные
технологии,
интерактивные учебные платформы, аудио-видео материалы, педагогико-психологические
принципы..
OPPORTUNITIES FOR USING MULTIMEDIA AND ELECTRONIC
RESOURCES IN THE PROCESS OF TEACHING NATIVE LANGUAGE
726
Ruzimurodova Sitora Maqsiddin qizi,
master's student of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute
Abstract.
This article examines the role and importance of electronic resources in native
language teaching methodology. Interactive learning platforms, electronic textbooks, and electronic
resources for native language are analyzed. The positive impact of modern pedagogical
technologies on speech development, didactic features of audio-video materials, and specific
characteristics of electronic educational content are revealed. As a result of the research,
pedagogical and psychological principles of effective use of multimedia resources are developed.
Keywords.
Electronic resources, multimedia technologies, interactive learning platforms,
audio-video materials, pedagogical and psychological principles
.
Zamonaviy ta’lim jarayoni innovatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu
jarayonda multimedia va elektron resurslardan foydalanish muhim ahamiyat kаsb etmoqda. Ona tili
o‘qitish jarayonida bunday vositalardan samarali foydalanish nafаqat darslarni qiziqarli va interfaol
shaklda tashkil etishga, balki o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga
ham xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida elektron darsliklar, interfaol testlar, audiovizual materiallar
va raqamli plаtformalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar ona tilini o‘rgatishda nazariy
bilimlarni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlarni boyitish va ta’lim jarayonini individuаl
yondashuv asosida tashkil etish imkonini beradi.
Mazkur mavzu yuzasidan ko‘plab olimlarimiz tadqiqot ishlari olib bormoqda.Shu jumladan,
S.Muhamedova, M.Abdullayeva, Sh.Yuldasheva, Y.Eshmatovalarning 2018- yilda “O‘zbek tili va
adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr
etildi.Ushbu qo‘llanmada tilshunos olimlarimiz ona tili dasrlarini o‘qitishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan
foydalanishning
ahamiyali
jihatiga
e`tabor
qaratar
ekan:
”Ta’limda axborot texnologiyasi – bu “o‘quvchi – kompyuter” o‘rtasidagi muloqotdir, o‘qituvchi
esa – uni boshqaruvchi. Zamonaviy axborotlarga boy materiallar, vositalar bilan darsni
boshqarisho‘qituvchi mehnatini samarali qiladi” –deb ta’kidlab o‘tadi [1.6]
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.
Ona tili o‘qitish jarayonida multimedia va elektron
resurslardan foydalanish sohasida so‘nggi yillarda bir qator muhim tadqiqotlar amalga oshirildi.
Ushbu tadqiqotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va uning
samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, quyida ayrim tadqiqot namunalaridan keltitib
o‘tamiz.2022-yilda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti Jumamuratova Sevara
Saparbaevnaning “O‘zbek tili ta’limida elektron lingvodidaktikaning tatbiq etilishi” nomli
maqolasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya-larining o‘zbek tilini o‘qitishda tutgan
o‘rni, innovatsion til ta’limi sharoitida lingvodidaktik yondashuvlar, kompyuter texnologiyalari
yordamida til o‘rgatish usullari, multimedia darsliklari, elektron lug‘atlar, test dasturlari va
masofaviy ta’lim imkoniyatlari muhokama qilingan. Ushbu tadqiqotda o‘qituvchilar tomonidan
kompyuter va multimedia proektorlaridan foydalanish orqali darslarni samarali o‘tkazish usullari
haqida so‘z yuritilgan. Xuddi shuning kabi yana bir ilmiy tadqiqot bilan tanishib chiqadigan
bo‘lsak, mazkur maqola 2024-yilda “Ta’lim tizimida innavatsion va raqamli texnologiyalarni
qo‘llash masalalari” Xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan o‘rin olgan L.K.Bagbekova, Abdusattorova
Niginalarning “Ta’lim jarayonida multimediali o‘qitish vositalaridan foydalanish asoslari“nomli
maqolasi bo‘lib, unda multimedia texnologiyalarini qo‘llashning prinsiplari va ahamiyati
quyidagicha keltirilgan:
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish usullari:
- umumiy yoki individual foydalanish;
- professionallar yoki oddiy iste’molchi uchun;
- interaktiv va interaktiv boʻlmagan foydalanish uchun;
- ma’lumotdan mahalliy yoki masofadan foydalanish.
727
Multimediali oʻqitish texnologiyalari oʻquv jarayonini boyitadi, oʻquv ma’lumotlarini idrok
etish jarayonida oʻquvchining aksariyat hissiy komponentlarini jalb qilgan holda oʻrganishni yanada
samarali qiladi [2.47] Bu usullar o‘quv jarayonini interfaol va qiziqarli qilish bilan birga, ta’lim
samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, o‘qituvchilar ushbu
texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etishlari muhim sanaladi.
Muhokama va natijalar.
Zamonaviy ta’lim jarayonida multimedia va elektron resurslardan
foydalanish o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga xizmat
qiladi. Ayniqsa, ona tili kabi fanlarni o‘qitishda ushbu texnologiyalar interfaol va innovatsion
metodlarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi.
Multimedia va elektron resurslarning ahamiyatini quyidagicha izohlashimiz mumkin:
O‘quvchilarning faolligini oshiradi
– Matn, ovoz, video va animatsiyalar bilan boyitilgan darslar an’anaviy usullarga nisbatan
ko‘proq diqqatni jalb qiladi.
– Interfaol ta’lim texnologiyalari orqali o‘quvchilar dars jarayonida bevosita ishtirok
etadilar.
Til o‘rganish samaradorligini oshiradi.
– Ona tili grammatikasini tushuntirishda vizual va audio materiallardan foydalanish
tushunishni osonlashtiradi.
– Eshitish, ko‘rish va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish orqali mustahkam bilim
shakllanadi.
O‘qitish jarayonini shaxsiylashtirish.
– Har bir o‘quvchi o‘zining individual tezligida bilim olishi mumkin.
– Elektron resurslar yordamida uyda mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
Didaktik materiallarni boyitish.
– Elektron lug‘atlar, multimedia darsliklar, onlayn test va platformalar orqali darslarni
yanada boyitish mumkin.
– Virtual laboratoriyalar va interfaol taqdimotlar orqali real hayotiy misollar bilan
mustahkamlash.
Masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.
– Onlayn kurslar, vebinarlar va elektron platformalar yordamida ta’limni istalgan joyda va
vaqtda davom ettirish mumkin.
– Maxsus mobil ilovalar va dasturlar orqali istalgan vaqtda mashq qilish imkoniyati
yaratiladi.
Baholash va natijalarni monitoring qilish osonlashadi.
– Elektron testlar va avtomatlashtirilgan baholash tizimlari orqali o‘quvchilarning natijalari
tez va aniq baholanadi.
– O‘quvchilarning individual rivojlanishini kuzatib borish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Shu o‘rinda ustozimiz Umirova Svetlana Ma’murjonovnaning 2019-yilda nashr etilgan
“O‘zbek leksikografiyasi mavzusini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalardan foydalanish” nomli
uslubiy ko‘rsatmasida aynan elektron resusrlardan hamda multimedia vositalaridan foydalanishning
imkoniytalari haqida quyidagicha fikr keltirib o‘tadi: ,, Kompaktli elektron resurs, oʻzida an’anaviy
jadvallar, rasmlar to‘plami, nashr uchun matnli materiallar, multimediya proyektorlari jamlanmasi,
izlash tizimlarni mujassamlashtiradi. Elektron nashrlar an’anaviy (poligrafik) materiallardan
farqlanadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari: videolavha-lardan foydalanish, ovozli jo‘r
boʻlish, animatsiyalarni kerakli joylarda to‘xtatish, tahlil etish, izohlash va lavhani qulay izlash;
intellektual jarayonlarni bir necha bor takrorlanishi, ularning bajarilish natijalarini nazorat qilish;
o‘qitishning interaktiv shakllaridan foydalanish, talabaning o‘qituvchi bilan muloqot elementlarini
modellashtirish, savolga noto‘g‘ri javob berilgan vaqtda turli munosabat bildirish; talaba bilim
darajasini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirish, xatolarni bir necha o‘lchovlarda
tizimlashtirish va boshqa qator afzalliklarga ega. Agar texnologik imkoniyatlar foydalanish
728
metodikasiga muvofiq amalga oshirilsa, ham o‘qituvchi, ham talaba uchun fanni o‘qitish jarayonini
jozibali boʻlishini ta’minlaydi, o‘qituvchi mehnatini yengillashtiradi“[3.30]
Shuni qo‘shimcha qilish lozimki, elektron resurslarni topishda internet saytlari muhim rol
o‘ynaydi, chunki internet saytlarida tezkor va qulay kirish imkoni mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar
istalgan vaqtda ma’lumot topishi mumkin. Bunday saytlarda axborot ma’lumotlari doimiy ravishda
yangilanib boradi va turli xil formatlardagi matn, video, audio, interaktiv materillar bilan tanishib
borish mumkin. Yana bir tilshunos olimamiz Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
dotsenti, filologiya fanlari doktori M.Abdullayevaning “Ona tili va adabiyot ta’limida zamonaviy
texnologiyalarining o‘rni” nomli maqolasida pedagog xodimlarning barcha yangiliklardan xabardor
bo‘lishi hamda zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda ta’lim jarayoniga moslashishi uchun elektron
resurslarning internet saytlarini quyidagicha keltirib o‘tadi:
http://ziyonet.uz (http://ziyonet.uz/)–O‘zbekiston milliy ta’limiy portali;
http://natlib.uz (http://natlib.uz/)–Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti;
http://ziyouz.uz (http://ziyouz.uz/)– O‘zbek va jahon adabiyoti sayti;
http://ziyo.uz.com (http://ziyo.uz.com/)–Elektron kutubxona;
http://kitob.uz/- Respublika bolalar kutubxonasi;
http://www.kamolot.uz (http://www.kamolot.uz/)―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy sayti;
http://www.infolib.uz (http://www.infolib.uz/)– Respublika axborot kutubxona markazi;
http://referatlar.uz (http://referatlar.uz/)–Referatlar, testlar, kitoblar va media ta’lim sayti;
http://book.uz (http://book.uz/)– Elektron adabiyotlar kutubxonasi;
http://translate.google.co.uz (http://translate.google.co.uz/)– Google –tarjimon sayti;
http://arxiv.uz (http://arxiv.uz/)– Referatlar arxivi;
http://txt.uz (http://txt.uz/)– Elektron kutubxona;
http://kursy.uz (http://kursy.uz/) –O‘quv markazlari va kurslari katalogi;
http://www.uzedu.uz (http://www.uzedu.uz/)– Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sayti;
http://www.edunet.uz (http://www.edunet.uz/) -metodist;
http://www.mtrk.uz (http://www.mtrk.uz/)– milliy teleradiokompaniya veb sayti [4, 530 b.].
Ona tili oʻqitishda multimedia va elektron resurslardan foydalanish – bu zamonaviy ta’lim
tizimining muhim strategik yoʻnalishlaridan biri boʻlib, oʻquvchilarning tilga boʻlgan qiziqishini
oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish va raqamli savodxonlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ushbu yondashuvning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi pedagogik jarayonning sifat va
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Muhamedova S.X., Abdullayeva M.D., Yuldasheva Sh.Sh., Eshmatova Y.B. ,,O‘zbek tili va
adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari“–Toshkent. “Tafakkur-bo‘stoni”
nashriyoti 2018. 260 bet.
2.
Bagbekova L.K., Abdusattorova Nigina Bahrom qizi. Ta’lim jarayonida multimediali o‘qitish
vositalaridan foydalanish asoslari // “Ta’lim tizimida innavatsion va raqamli texnologiyalarni
qo‘llash masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2024- yil 18-aprel soni, 894
bet.
3.
Umirova S.M. O‘zbek leksikografiyasi mavzusini o‘qitishda interaktiv dasturiy vositalardan
foydalanish.–Samarqand .2019, 66 bet.
4.
Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.
JournalNX
, 514-516.
5.
Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.
JournalNX
, 125-128.