717
RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA FILOLOGIYA FANLARINI
O‘QITISH MASALALARI
Xaydarova Munira O‘tkir qizi,
Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti
muniraxaydarova3@gmail.com
Annotatsiya.
O‘quv jarayonini tashkil etishda raqamlashtirish davrida filologiya fanidagi
muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar tahlili muhim hisoblaniladi. Tadqiqotda tilshunoslik,
tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish
jarayonining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Bundan tashqari, xorijiy tillarni intensiv o‘qitish
masalalariga alohida e’tibor berilgan bo‘lib unda dars jarayonida ishtirok etadigan video, ovoz va
matn formatlaridan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlari.
Raqamlashtirish, filologik masalalar, tilshunoslik, adabiyotshunoslik,
tarjimashunoslik, tarjima texnologiyalari.
DİJİTALLEŞME ÇAĞINDA FİLOLOJİ BİLİMLERİ
ÖĞRETİMİNİN SORUNLARI
Haydarova Münire Otkır’ın kızı,
Taşkent devlet ulaştırma üniversitesi doktora öğrencisi
Özet.
Filolojideki sorunların, fırsatların ve bakış açılarının analizi, dijitalleşme çağında
eğitim sürecinin düzenlenmesinde önemli kabul edilmektedir. Çalışma, dilbilim, çeviribilim ve
edebiyat araştırmalarında dijital teknolojilerin tanıtılması sürecinin önemini göstermektedir.
Ayrıca yabancı dillerin yoğun öğretimi konularına özel önem verilerek derste yer alan video, ses ve
metin formatlarının nasıl kullanılacağına ilişkin talimatlar verildi.
Anahtar kelimeler
. Sayısallaştırma, filolojik konular, dilbilim, edebiyat çalışmaları,
çeviribilim, çeviri teknolojileri.
ВОПРОСЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ФИЛОЛОГИЧЕСКИХ НАУК
В ЭПОХУ ЦИФРОВИЗАЦИИ
Хайдарова Мунира Уткир кизи,
докторант Ташкентского государственного транспортного университета
Аннотация.
Анализ проблем, возможностей и перспектив филологии считается
важным в организации образовательного процесса в эпоху цифровизации. Исследование
показывает важность процесса внедрения цифровых технологий в лингвистике,
переводоведении и литературоведении. Кроме того, особое внимание было уделено вопросам
интенсивного обучения иностранным языкам, а также даны инструкции по использованию
задействованных в ходе урока видео, аудио и текстовых форматов.
Ключевые
слова.
Цифровизация,
вопросы
филологии,
языкознания,
литературоведения, переводоведения, технологий перевода.
ISSUES OF TEACHING PHILOLOGICAL SCIENCES
IN THE ERA OF DIGITALIZATION
Xaydarova Munira Utkir kizi,
doctoral student at the Tashkent state transport university
718
Abstract
. The analysis of problems, opportunities and prospects in the field of philology is
considered important in the organization of the educational process in the era of digitization. The
study shows the importance of the process of introducing digital technologies in linguistics,
translation studies and literary studies. In addition, special attention was paid to the issues of
intensive teaching of foreign languages, and instructions were given on how to use video, audio and
text formats involved in the course of the lesson.
Keywords.
Digitization, philological issues, linguistics, literary studies, translation studies,
translation technologies.
Bugungi raqamli asrda barcha fan sohalari tubdan o‘zgarish va yangilanish yo‘lidan
bormoqda. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi
natijasida insoniyat taraqqiyotining barcha jabhalarida raqamlashtirish jarayoni faol amalga
oshirilmoqda. Filologiya ta’lim yo‘nalishi ham bu jarayondan mustasno emas. An’anaviy til va
adabiyotshunoslik tarmoqlari yangi texnologiyalar bilan boyib, raqamli muhitda yangi ilmiy
yo‘nalishlar yuzaga kelmoqda. Ushbu maqolada raqamlashtirish davrida filologiya fanida yuzaga
kelayotgan imkoniyatlar, muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi.
Raqamli ta’lim – bu ta’lim jarayonini yanada samarali va qulay qilish maqsadida zamonaviy
raqamli texnologiyalar va vositalardan foydalanishdir. U o‘z ichiga elektron o‘qitish, masofaviy
kurslar, virtual sinfxonalar, turli o‘quv dasturlari hamda interaktiv multimedia resurslari kabi
ta’limning texnologik ko‘rinishlarini oladi.
Raqamli ta’limning afzalliklari ko‘p bo‘lib, ulardan eng muhimi – keng ko‘lamda
foydalanish imkoniyati, moslashuvchanlik, individual yondashuv asosida ta’lim olish va istalgan
vaqtda, istalgan joyda o‘quv materiallariga erkin kirish imkonidir. Shuningdek, bu ta’lim turi
videodarslar, interaktiv testlar hamda virtual tajribalar orqali bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga,
tushunishga va yodda saqlashga yordam beradi. Raqamli ta’lim, bundan tashqari, guruh bo‘lib
o‘rganish, xalqaro miqyosda aloqa o‘rnatish va raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ham
qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchilar esa ta’limni yanada interaktiv va jalb etuvchi tarzda tashkil
etish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish
hamda tezkor fikr-mulohazalar taqdim etish imkoniga ega bo‘ladilar [2, 120 b].
Zamonaviy texnologiyalarning tezkor taraqqiyoti natijasida filologiya sohasi ham nazariy,
ham amaliy jihatdan raqamli vositalar, kompyuter ilovalari va sun’iy intellekt texnologiyalari
asosida yangicha tus olmoqda. Bu holat til, adabiyot va madaniyatni o‘rganish uslublari, ularni
taqdim etish shakllari hamda ilmiy metodologiyada yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlar eshigini
ochadi. Filologik izlanishlarda raqamlashtirish muhim o‘rin egallab, bu til korpuslari, lingvistik
ontologiyalar, avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari va raqamli madaniy meros loyihalari orqali
yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston misolida, milliy til korpusi hamda lingvistik manbalarni shakllantirish orqali
davlat tilining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va raqamli platformalardagi ishtirokini
kengaytirish ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, “Filologiya masalalari” kabi
ilmiy nashrlar hamda xalqaro ilmiy yig‘inlar mazkur sohadagi o‘zgarish va yangiliklarni nazariy va
amaliy jihatdan chuqur tahlil qilishda yetakchi rol o‘ynamoqda.
Ushbu maqola raqamli transformatsiya sharoitida filologiya yo‘nalishining dolzarb
muammolarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ilmiy-metodik yondashuvlar, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda raqamlashtirishning milliy va xalqaro filologik
rivojlanishdagi o‘rni atroflicha tahlil etiladi [1, 618 b].
Filologiya – bu inson tilini, adabiyotini, madaniyatini o‘rganadigan fanlar majmuasidir.
Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan bu fan zamon
bilan hamnafas bo‘lishi uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga majbur. Bugungi
raqamlashtirish jarayoni filologiyaning har bir bo‘limiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘zbek
adabiyotining nodir durdonalari elektron shaklga o‘tkazilmoqda, tilshunoslikda esa korpus
lingvistikasi orqali til birliklari chuqur tahlil qilinmoqda. Ilgari faqat qo‘lyozma yoki bosma shaklda
719
mavjud bo‘lgan adabiy meros namunalarini raqamlashtirish orqali ularni keng jamoatchilikka
yetkazish mumkin bo‘ldi. Masalan, “Kitob.uz”, “Ziyonet” platformalari orqali o‘zbek va jahon
adabiyoti namunalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Undan tashqari Frazeologik birliklar
ko‘pincha so‘zma-so‘z tarjima qilinadi, natijada madaniy konnotatsiyalar, obrazlilik va mazmun
yo‘qoladi. Bu esa tarjimashunoslikning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Raqamlashtirish davrida filologiya fani yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayon filologik
tadqiqotlarni chuqurlashtirish, ta’lim sifati va manbalarga kirish imkoniyatini yaxshilashda muhim
rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, raqamli vositalardan foydalanishda ehtiyotkorlik, ilmiy asoslash va
madaniy kontekstga hurmat tamoyillariga amal qilish talab etiladi. Kelajakda filologiya va
texnologiyalarni uyg‘unlashtirish – zamonaviy ilmiy yondashuvning ajralmas qismiga aylanadi.
Shuningdek, raqamli ta’lim uzluksiz ta’lim olish, kasbiy malakani oshirish va turli fanlar bo‘yicha
yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash yo‘lida keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Jabborova M.G. Raqamlashtirish davrida filologiya masalalari// Arab tili globallashuv davrida:
Innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Toshkent –
2024, 618 b.
2.
Saidova G.A., Mamayeva M.A. Hozirgi kunda raqamli ta’limning ahamiyati// Raqamli ta’lim
muhitida fanlararo integratsiyani qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro tajribalar
va rivojlanish istiqbollari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Guliston – 2024, 120
b.
3.
Toshtemirov D.E., Yuldashev O‘.A., Raqamlashtirish sharoitida taʼlim sifatini oshirishga
yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish// “Raqamli texnologiyalar davrida
tillarni intensiv oʻqitishning psixologik-pedagogik jihatlari” mavzusidagi respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasi. Toshkent – 2023, 25 b.