770
OLIY TA’LIMDA RUS TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLAR
INTEGRATSIYASI SAMARADORLIGI
Djumayeva Nargiz Irkinovna
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada rus tilini o‘qitish jarayonida interfaol o‘qitish usullarini
integratsiyalash masalalari bayon etiladi. Interfaol ta’lim oliy ta’lim talabalarining kognitiv
faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, aniq va bashorat qilinadigan maqsadlarni o‘z
ichiga oladi: talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy
salohiyatni rivojlantirish, g‘oyalarni shakllantirish, mustaqil izlanish faoliyatini tarbiyalash.
Kalit so‘zlar.
O‘qitish, integratsiya, oliy ta’lim, maqsad, mustaqil, interaktiv, talabalar,
qobiliyat, samaradorlik.
YÜKSEK ÖĞRETİMDE RUS DİLİNİN ÖĞRETİMİNDE İNTERAKTİF
YÖNTEM ENTEGRASYONUNUN ETKİNLİĞİ
Dzhumaeva Nargiz Irkinovna
,
Özbekçe ve yabancı diller bölümü doçenti, pedagojik bilimler adayı,
Özbekistan uluslararası islam akademisi
Özet.
Bu makale, etkileşimli öğretim yöntemlerinin Rus dilini öğretme sürecine
entegrasyonunu açıklamaktadır. İnteraktif eğitim, yüksek öğrenim öğrencilerinin bilişsel
faaliyetlerini organize etmenin özel bir şeklidir ve açık ve öngörülebilir hedefler içerir: öğrencilerin
entelektüel yeteneklerinin geliştirilmesi, bağımsız düşünme, yaratıcı potansiyelin geliştirilmesi,
fikirlerin oluşumu, bağımsız araştırma faaliyetlerinin eğitimi.
Anahtar kelimeler.
Öğretim, entegrasyon, yüksek öğrenim, amaç, bağımsız, etkileşimli,
öğrenci, yetenek, verimlilik.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИНТЕГРАЦИИ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ПРИ
ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ
Джумаева Наргиз Иркиновна,
Международная исламская академия Узбекистана, доцент кафедры
узбекского и иностранных языков, кандидат педагогических наук
Aннотация.
Данная статья рассматривает вопросы интеграции интерактивных
методов обучения в процессе преподавания русского языка. Интерактивное обучение
является специальной формой организации познавательной деятельности студентов
высшего образования и подразумевает конкретные и прогнозируемые цели: развитие
интеллектуальных способностей студентов, самостоятельности мышления, критичности
ума, развитие творческого потенциала, генерирования идей, способности к
самостоятельной поисковой деятельности.
Ключевые слова
. Обучение, интеграция, высшее образование, цель, самостоя-
тельный, интерактивный, студенты, способности, эффективность.
EFFICIENCY OF INTEGRATING INTERACTIVE METHODS
IN TEACHING RUSSIAN IN HIGHER EDUCATION
771
Djumayeva Nargiz Irkinovna,
International islamic academy of Uzbekistan, associate professor of the
Department of Uzbek and foreign languages, candidate of pedagogical sciences
Abstract
. This study explores the integration of interactive teaching methods in the process
of Russian language instruction at the higher education level. Interactive learning represents a
distinctive approach to structuring students' cognitive engagement, characterized by clearly defined
and anticipated objectives. These objectives include the development of students' intellectual
capacities, independent reasoning, critical thinking skills, creative potential, idea generation, and
the ability to conduct autonomous research activities.
Keywords
. Learning, integration, higher education, objectives, independence, interactive
methods, students, cognitive abilities, efficiency.
Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li –
mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb qaralmoqda. “Interfaol” tushunchasi
ingliz tilidagi “interakt” (rus tilidagi “interaktiv” so‘zidan olingan bo‘lib), lug‘aviy nuqtai nazardan
o‘zaro, ikki taraflama harakat qilmoq, ish ko‘rmoq ma’nolarini bildiradi [1, 4 б.].
Interfaol ta’limning mohiyati shundan iboratki, o‘quv jarayonida har bir o‘quvchi-talaba
masxara qilishdan qo‘rqmasdan, o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar
bir-biriga bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida shaxsiy mas’uliyatni his qiladilar, faoliyatga hissa
qo‘shadilar, guruhdagi odamlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Interfaol ta’lim
individual ish, juftlik va guruh ishlari, rolli o‘yinlar, ijodiy va tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi.
Quyida biz O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rus tili darslarida interfaol metodlardan
qo‘llanilgan holda o‘tilgan amaliy darslardan namuna keltiramiz.
“Sinkveyn” metodi -
besh misradan iborat qofiyasiz o‘ziga xos she’r bo‘lib, unda
o‘rganilayotgan hodisa haqidagi ma’lumotlar o‘z so‘zlari bilan umumlashtiriladi va tavsiflanadi.
Birinchi qatorda mavzu bir so‘z bilan atalsa, ikkinchisida ikkita sifatdosh bilan ifodalanadi,
uchinchisida mavzu doirasidagi harakat uch so‘z bilan tavsiflanadi. To‘rtinchi qator - mavzuga
munosabatni tavsiflovchi to‘rt so‘zli ibora. Oxirgi qator sinonimdir (mavzuning mohiyatini
takrorlaydigan bitta so‘z) [2, 107 б.].
Rus tilidan amaliy mashg‘ulotlar davomida
“Sinkveyn”
metodi qo‘llanilganda o‘qituvchi
talabalarga sinxron yozishni taklif qiladi.
Natija shunday bo‘lishi mumkin:
Узбекистан.
(Текст «Узбекистан»)
Красивый, современный.
Производит, продаёт, покупает.
Интересует многих туристов.
Государство.
1.
Мама.
2.
Добрая, нежная.
3.
Любить, уважать, беречь.
4.
Я подарил маме цветы.
5.
Самый нежный человек в мире.
1.
Мария Петровна. (Из рассказа Ю.Бондарева «Простите нас!»)
2.
Вежливая, строгая.
3.
Изменилась, состарилась, обрадовалась.
4.
Мария Петровна помнит всех своих учеников.
5.
Учитель с большой буквы.
Bunday ijodiy topshiriq o‘tilgan materialni mustahkamlash uchun beriladi. Shu bilan birga,
o‘quvchilar mavzu va hodisaga oid barcha bilganlarini umumlashtiradi, o‘xshatishlar chizadi,
sinonimlarni tanlaydi, so‘z boyligini kengaytiradi.
772
Akademiyada rus tilidan amaliy darslarda asosan faol o‘qitish usullaridan ham foydalaniladi,
chunki o‘yin yangi materialni yaxshiroq va osonroq o‘zlashtirishga imkon beradi. Talabalar
darslarni o‘yin shaklida o‘tkazishni juda yaxshi ko‘radilar, chunki o‘yin haqiqatni bilish va
o‘zlashtirishni ta’minlaydi, shaxsning intellektual, hissiy va axloqiy rivojlanishiga yordam beradi.
Krossvordlar.
O‘quv maqsadlarida krossvordlardan foydalanib, o‘quvchilarga quyidagi
mazmundagi qisqa shakldagi ta’lim ma’lumotlarini taqdim etish foydalidir. Krossvordlar didaktik
intellektual o‘yin sifatida yaxshi, chunki ular aqliy qobiliyatlarni, diqqatni jamlashni rivojlantiradi,
xotirani faollashtiradi va o‘z-o‘zini tarbiyalashga yordam beradi.
Krossvordlarni mustaqil tuzish talabalarda o‘rganilayotgan hodisaning asosiy, muhim
belgilarini aniqlash, o‘rganilayotgan o‘quv materiali bo‘yicha malakali savollarni shakllantirish
qobiliyatini rivojlantiradi
.
"Kim tezroq?".
Rus tili darslarida talabalarni ikki jamoaga bo‘lish orqali estafeta musobaqasi
o‘tkaziladi, unda "Oila", "Tomoshabin", "Shahar" va hokazo leksik mavzular bo‘yicha jumlalarni
doskada tezroq va xatosiz yozish talab etiladi. Vazifani osonlashtirish uchun talabalar javob yozishi
kerak bo‘lgan savollarni berish mumkin.
Masalan, "Shahar"
mavzusida quyidagi savollar bo‘lishi mumkin:
1.
Qaysi transport turidan foydalanasiz?
2.
Kuniga necha marta mashina haydash kerak?
3.
Sayohatga qancha vaqt sarflaysiz?
4.
Universitetga borish uchun qaysi ko‘chadan borasiz?
5.
Shaharning qaysi joylariga borishni yoqtirasiz? va h.k.
Shunga ko‘ra, milliy guruhlarda o‘quvchilar doimiy ravishda tushuntirish va tarjima
lug‘atlaridan foydalanadilar. Lug‘atlardan foydalanish ko‘nikmalarni rivojlantiradi, yangi
tushunchalar bilan ishlashni osonlashtiradi va o‘quvchilarning so‘z boyligini boyitadi, bundan
tashqari, har bir o‘quvchi boshqalarga qaraganda tezroq kerakli so‘zni topishga harakat qiladi, bu
esa sog‘lom raqobat muhitini yaratadi.
"Davra suhbati".
“Davra suhbati” metodi o‘quv jarayonida yuqori samara beradi va undan
kafedramizning ko‘plab o‘qituvchilari ham foydalanadilar. Davra suhbatida materialning
muammoli masalalarini muhokama qilish orqali talabalar nutq so‘zlashni o‘rganadilar, o‘z nuqtai
nazarini himoya qiladilar va shu bilan ularning so‘z boyligini boyitadilar. Birinchi kurs talabalari
o‘yinlarda katta zavq bilan ishtirok etadilar, o‘zlariga yuklangan vazifani bajarish bilan birga, eng
qisqa vaqt ichida eng yaxshi tarzda vazifani bajarishga harakat qilishadi."Ким биринчи".
Masalan, “
Otlarning grammatik rod kategoriyasi
” mavzusida o‘quvchilarni kichik guruhlarga
bo‘lishlari va doskada bellashishlari taklif qilinadi. Talabalar o‘yin texnologiyalarini bajarishdan
zavqlanishadi.
муж.род
жен.род
сред.род общий род
Shuningdek, rus tili darslarida jismoniy mashqlar va musiqali daqiqalar mashg‘ulotlarini
o‘tkazish tavsiya etiladi, bu ham o‘quvchi-talabalarni faollashtiradi va jonlantiradi.
"Ko‘zlar uchun mashq. Doira".
Katta doirani tasavvur qiling. Ko‘zlaringizni uning atrofida,
avval soat yo‘nalishi bo‘yicha, keyin esa teskari yo‘nalishda aylantiring.
“Kelishiklar”(«Padeji»)
mavzusi bo‘yicha quyidagi mashq bajarish mumkin. Talabalar ham
rus tilida she’rni yoddan aytish bilan bir qatorda pantomimik mashq bajaradilar:
Именительный подпрыгнул,
А Родительный летал.
Дательный полез на горку.
А Винительный устал.
Наш Творительный поплавал,
773
А Предложный убежал.
Падежи нам все нужны
И при этом все важны.
Ko‘pincha o‘yinli texnologiyalar amaliy mashg‘ulotlarning ikkinchi yarmida, talabalar
charchagan va ularning faoliyati pasaygan, diqqatlari tarqalib ketganda o‘tkaziladi. Bu vaqtda o‘yin
aqliy faoliyatni safarbar qiladi va shu bilan birga charchoqni ketkazadi. Talabalar so‘z boyligini
to‘plashlari kerak, hamma ham kuch sarflamasdan yangi so‘zlarni o‘zlashtira olmaydi. Interfaol
ta’lim usullaridan foydalangan holda, til va nutq birliklari turli modellarda qayta-qayta qo‘llaniladi:
chizmalar, diagrammalar, jadvallar, qo‘shiq motivlari asosida yangi so‘zlarni yodlash, ya’ni eslab
qolish uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni qo‘shiq aytish orqali og‘zaki rus tili nutqi rivojlantiriladi.
Ta’limning barcha interfaol usullari asosiy vazifani - qanday o‘rganishni o‘rgatish uchun
mo‘ljallangan. Vaziyatni tahlil qilish, ma’lumotni mustaqil izlash, mantiqiy zanjirni qurish va asosli
qaror qabul qilish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muhimroqdir.
Demak, ta’lim jarayonini tashkil etishda auditoriyani faollashtirishga asoslangan yondashuvga
o‘tish o‘quv jarayonida darslarni o‘tkazishning faol va interaktiv shakllaridan (kompyuter
simulyasiyasi, biznes va rolli o‘yinlar, muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, psixologik treninglar va
boshqalar) keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Rus tili darslarida interfaol metodlarni qo‘llash asosida ta’lim samaradorligi oshadi va bu o‘z
o‘rnida quyidagi xulosalarni qilishga imkon beradi:
1. Talabalar yangi bilimlarni shakllantirishga o‘z tajribasi orqali yondashishga ruxsat berilsa,
muayyan ko‘nikma va malakalarni yaxshiroq o‘zlashtiradi.
2. O‘qituvchi talabalarning bilim olish usullarini faol qo‘llab-quvvatlasa, ular yaxshiroq
o‘rganadilar.
3. O‘qituvchi, bir tomondan, oson o‘rganish uchun mavzuni tuzsa, ikkinchi tomondan,
o‘quvchi-talabalarning o‘z nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarini qabul qilsa va
muhokamaga kiritsa, talabalar materialni yaxshiroq idrok etadilar.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida «…ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli
o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb
vazifalarni ijobiy hal etish lozimligi alohida ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari
o‘qituvchilarining zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni
ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan
ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Muxamedov O‘.X. Ta’limni tashkil etishda interfaol metodlar: O‘quv-uslubiy tavsiyalar/
O‘.X.Muxamedov, M.H.Usmonboyeva, S.S.Rustamov. – O‘R IIV Akademiyasi, 2016, – 45 b.
2.
Джумаева Н.И. Русский язык. Учебное пособие. Международная исламская академия,
Ташкент. Издательтсво: ТИТПЛ, 2020. – 108 с.
3.
Ермолаева М.Г. Интерактивные методики в современном образовательном процессе. М.:
Просвещение, 2014.