Mualliflar

  • Xalimova Shahzoda Farxodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112676

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Inklyuziv ta’lim integratsiya o‘quv va yozuv vositasida tanqidiy fikrlashning rivojlanishi ijodiy fikrlash ko‘p qirralilik asoslilik samaralilik individuallik ijtimoyilik tahlil sintez dalillash umumlashtirish da’vat anglash refleksiya 6 shlyapa sinkveyn metodlar nutq uslublari.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  inklyuziv  sinflarda  O‘quv  va  yozuv  vositasida  tanqidiy  fikrlashni 
rivojlantirish  texnologiyasining  afzalligi  haqida  so‘z  boradi.  Shu  asnoda  imkoniyati  cheklangan 
o‘quvchilarning  dars  jarayoniga  qulay  integratsiyalashishlari  ta’kidlanadi.  Grafik  va  rasmlarga 
asoslangan metodlardan nisbattan voz kechish taklif qilinadi. Kirish qismida mavzuning aktualligi 
asoslanadi. Texnologiyaning tarixiy tadriji bayon etiladi. Asosiy qismda aniq tanlangan bir mavzu 
misolida  texnologiyaning  ikki  metodi  asosida  yoritib  beriladi.  yakuniy  qismda  mavzuga  doir 
tavsiyalar asosida xulosa qilinadi. 


background image

857

INKLYUZIV SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHDA

“O‘QUV VA YOZUV VOSITASIDA TANQIDIY FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISH” TEXNOLOGIYASINING AHAMIYATI

Xalimova Shahzoda Farxodovna,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti

h.shahzoda2001@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada inklyuziv sinflarda O‘quv va yozuv vositasida tanqidiy fikrlashni

rivojlantirish texnologiyasining afzalligi haqida so‘z boradi. Shu asnoda imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarning dars jarayoniga qulay integratsiyalashishlari ta’kidlanadi. Grafik va rasmlarga
asoslangan metodlardan nisbattan voz kechish taklif qilinadi. Kirish qismida mavzuning aktualligi
asoslanadi. Texnologiyaning tarixiy tadriji bayon etiladi. Asosiy qismda aniq tanlangan bir mavzu
misolida texnologiyaning ikki metodi asosida yoritib beriladi. yakuniy qismda mavzuga doir
tavsiyalar asosida xulosa qilinadi.

Kalit so‘zlar.

Inklyuziv ta’lim, integratsiya, o‘quv va yozuv vositasida tanqidiy fikrlashning

rivojlanishi, ijodiy fikrlash, ko‘p qirralilik, asoslilik, samaralilik, individuallik, ijtimoyilik, tahlil,
sintez, dalillash, umumlashtirish, da’vat, anglash, refleksiya, 6 shlyapa, sinkveyn, metodlar, nutq
uslublari.




KAPSAYICI SINIFLARDA ANADİL BİLİMİNİN ÖĞRETİMİNDE” ÖĞRETME

VE YAZMA ORTAMINDA ELEŞTİREL DÜŞÜNCENİN GELİŞTİRİLMESİ"

TEKNOLOJİSİNİN ÖNEMİ

Xalimova Shahzoda Farxodovna,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Açıklama.

Makale, kapsayıcı sınıflarda çalışma ve yazma ortamında eleştirel düşüncenin

geliştirilmesi için teknolojinin avantajından bahsedecektir. Aynı zamanda, engelli öğrencilerin ders
sürecine rahatça entegre oldukları belirtilmektedir. Grafiklere ve görüntülere dayalı yöntemlerin
oranından vazgeçilmesi önerilmektedir. Giriş bölümünde konunun gerçekliği esas alınmıştır.
Teknolojinin tarihsel çalışması anlatılmıştır. Ana bölüm, açıkça seçilmiş bir konu örneğinde iki
teknoloji tekniği temelinde aydınlatılmaktadır. son bölüm, konuyla ilgili önerilere dayanarak sona
ermektedir.

Anahtar kelimeler.

Kapsayıcı eğitim, bütünleşme, öğretme ve yazma ortamında eleştirel

düşüncenin gelişimi, yaratıcı düşünme, çok yönlülük, gerekçelendirme, verimlilik, bireysellik,
pozitiflik, analiz, sentez, argüman, genelleme, çağrı, algı, yansıtma, 6 şapka, senkwine, teknikler,
konuşma stilleri.

ТЕХНОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ ЧЕРЕЗ ЧТЕНИЕ

И ПИСЬМО КАК СРЕДСТВО ПРОДУКТИВНОГО ПРЕПОДАВАНИЯ РОДНОГО

ЯЗЫКА В ИНКЛЮЗИВНЫХ КЛАССАХ

Халимова Шахзода Фарходовна,

магистрантка Узбекско-Финского педагогического института

Аннотация.

В статье рассматриваются такие проблемы, как преподавание в

общеобразовательных школах, где наряду со зрячими учениками обучаются дети с


background image

858

нарушением зрения. Отмечается роль технологии РКМЧП в интеграции детей с
нарушением зрения в общий учебный процесс. Предлагается частичный отказ от методов,
основанных на графических изображениях, для результативности интеграции. Во введении
обосновывается актуальность темы, даются исторические сведения о становлении
технологии. В основной части на примере определенной темы описывается механизм двух
методов технологии РКМЧП. В заключительной части делаются соответствующие
выводы.

Ключевые слова.

Инклюзивное образование, интеграция, развитие критического

мышления

через

чтение

и

письмо,

творческое

мышление,

многогранность,

аргументированность, продуктивность, индивидуальность, социальность, анализ, синтез,
доказательство, обобщение, вызов, осмысление, рефлексия, метод 6 шляп, Синквейн,
речевые стили.

DEVELOPING CRITICAL THINKING THROUGH READING AND WRITING:

A TECHNOLOGY FOR EFFECTIVE NATIVE LANGUAGE TEACHING IN

INCLUSIVE CLASSROOMS

Xalimova Shahzoda Farxodovna,

master’s student of the Uzbek-Finnish pedagogical institute

Abstract.

This article addresses the challenges of teaching in mainstream schools that

include students with visual impairments alongside sighted students. It highlights the role of the
Critical Thinking Through Reading and Writing (CTRRW) technology in integrating visually
impaired children into the general educational process. The article suggests a partial shift away
from methods reliant on graphic images to enhance integration effectiveness. The introduction
establishes the relevance of the topic and provides a historical overview of the technology’s
development. The main div describes the mechanism of two CTRRW methods using a specific
thematic example. The conclusion draws appropriate inferences.

Keywords.

Inclusive education, integration, critical thinking through reading and writing,

creative thinking, multifacetedness, argumentation, productivity, individuality, sociality, analysis,
synthesis, proof, generalization, challenge, comprehension, reflection, Six Thinking Hats method,
cinquain, speech styles.


Dars davomida qo‘llaniladigan metod va vositalar o‘quv jarayonining ruhi va nafasidir.

“Ruh ezgu, nafas esa, sof bo‘lmog‘i lozim”. Zyamil Nigmatov.

To‘xtovsiz rivojlanib borayotgan va har sohada muhim o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan,tezlik

asri deb yuritiluvchi shu davrimizda ta’lim sohasi ham yuksalish sari jadal suratda ilgarilab
bormoqda. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan Rivojlangan davlatlarda isbotlangan va joriy
etilgan inklyuziv ta’lim tizimining yangi O‘zbekistonning ta’lim tizimiga ham qabul qilinishi va
bosqichma-bosqich tadbiq etilayotganligi so‘zimizning isbotidir.

Inklyuziv ta’lim tizimida darslarni samarali tashkillashtirishda noan’anviy, keng ko‘lamli va

zamonaviy "O‘quv va yozuv vositasida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish" texnologiyasini
qo‘llashimiz maqsadga muvoffiqdir. O‘quv va yozuv vositasida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
texnologiyasi amerikalik olimlar, Charles Temple, Kurt Meredith, Jenni Still, Don Ogl, David
Kluster tomonidan ishlab chiqilgan. Tanqidiy fikrlash deganda mualliflar bolada bilimga
chanqoqlilikni, ma’lum bir savol borasida o‘z nuqtayi nazarining paydo bo‘lishi va uni mantiqiy
dalillar bilan asoslashni tushunishgan.

Olim Matthew Lipman fikriga ko‘ra tanqidiy fikrlash me’zonlarga tayanganligi, o‘z o‘zini

tuzata olishi va nutqda kontekstni izchil kuzatishi sababli to‘g‘ri mulohazaga olib keluvchi
mas’uliyatli fikrlashdir. Tanqidiy fikrlash inson bilan sodir bo‘ladigan har qanday hollatdan ijobiy
tajriba qozonishga o‘rgatishi sababli samarali, chuqur o‘ylangan qarorlar qabul qilishga ko‘nikma


background image

859

hosil ettirishi tufayla mantiqan asosli, har bir holatni keng qamrovli mushohada qilishga
yo‘naltirganligi uchun ko‘p qirrali, ma’lumot bilan ishlashda shaxsiy madaniyatni rivojlantirishi
sababli individual, jamoaviy ish olib borilishi tufayli ijtimoiy texnologiya bo‘lib, u munozara
usuliga asoslanadi. Deya yozgan edi David Kluster. Tanqidiy fikrlash ma’lumotni mantiqiy tahlil
etish, yangidan- yangi savollar qo‘ya olish, va xilma- xil dalillar keltirish, natijada mustaqil qarorlar
qabul qilish imkoniyatini beradi va tahlil, sintez, isbotlash va umumlashtirish ijodiy fikrlashga
tomon qo‘yilgan ilk qadam sanaladi.

O‘YOVTFR ning darsda qo‘llanishidan ko‘zlangan maqsad- , aktiv va interaktiv metodlar

orqali tanqidiy fikrlashni yo‘lga qo‘yishdir.

Texnologiya 3 pog‘onadan iborat: 1; “Da’vat”, 2; “Anglash”, 3; “Refleksiya” bo‘lib, har bir

pog‘ona o‘quvchilarga ona tilini chuqur o‘zlashtirishning zarurligini singdirish vazifasiga xizmat
qiladi.

Birinchi - “da’vat” pog‘onasining mazmuni- o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha oldindan

ma’lum bo‘lgan bilimlarni aniqlash, ularning yangi mavzuni o‘rganishga bolgan ishtiyoqlarini
kuchaytirish, avvaldan aniq va yangi ma’lumotlarni jamlash hisoblanadi.

Ikkinchi - “anglash” pog‘onasi esa, yangi mavzuni mustahkamlash, o‘quvchilar tomonidan

yangi g‘oyalarning ifoda etilishiga harakat qilib ko‘rilishi va ma’lumotni o‘z so‘zlari bilan gapirib
berishlari bilan farqlanadi.

Uchinchi - “refleksiya” pog‘onasida esa, o‘quvchilarning dars davomida taqdim qilingan

ma’lumotlar asosida qisqa va londa xulosa qilishlari bilan ahamiyatga molikdir.

Har bir pog‘ona mazmunidan kelib chiqqan holda o‘z metodlariga ega. Biz quyida ko‘rib

chiqadigan ikkinchi - “anglash” pog‘onasiga mansub “6 shlyapa”, uchinchi- “refleksiya”
pog‘onasiga taa’lluqli bo‘lgan sinkveyn metodlarining inklyuziv sinflarda qo‘llanilishi imkoniyati
cheklangan o‘quvchining sinfdoshlari bilan bir jamoa bo‘lib ishlashi natijasida darsga jalb etish
darajasini orttirishga ham xizmat qiladi.

“6 Shlyapa” metodi ingliz psixologi Edvard de Bono tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u

mavzuni turli nuqtayi nazarlardan keng mushohada qilishga yo‘naltiradi. 10-sinf darsligidagi yirik
va muammoli mavzulardan biri bo‘lgan “Nutq uslublari” mavzusi misolida metodning ishlashini
ko‘rib chiqamiz. Metod oltita turli rangdagi shlyapalardan foydalanishga asoslangan bo‘lib, har bir
shlyapa fikrlashning ma’lum bir uslubini ifodalaydi. Sinf 6 guruhga bo‘linadi.

Oq shlyapa metodda o‘quvchilarda muddatda eslab qolish va qayta so‘zlab berish

ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, oq shlyapali guruh a’zolari dastlabki
pog‘onada o‘qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotlarni qisqacha bayon etishadi.

Qizil shlyapa o‘quvchilarda har bir muammoli mavzuga emotsional-ekspressiv tomonlama

yondashishni shakllantiradi. Shu asnoda, qizil shlyapa guruhi a’zolari uslublar orasida ularning
nazdida ko‘proq bo‘yoqdor birliklar qo‘llanadigan uslubni e’tirof etib, o‘z fikrini mustahkam
dalillar bilan asoslaydi.

Qora shlyapa mavzudagi qiyinchiliklar, istisno va agar mavjud bo‘lsa, kamchiliklarni

aniqlay olish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Binobarin, qora shlyapali guruh a’zolari bir necha uslublar
orasidagi o‘xshashliklar, ularni to‘g‘ri tasniflashni muammoga aylantirishini qayd etishadi.

Sariq shlyapa mavzudagi muammolarga optimistic nazar bilan boqishni o‘rgatadi. Demak,

sariq shlyapali guruh a’zolari, qora shlyapali guruhga muqobil ravishda, yuqorida keltirilgan
dalillar, uslublardagi o‘xshashliklarni ajrata bilish, tilning nozikligi va boyligini his qilishdan
dalolat ekanligini ta’kidlashadi.

Yashil shlyapa metodda kreativ fikrlashga, mavzuga oid yangi g‘oyalar ishlab chiqishga

yo‘naltirilgan. Shu borada, yashil shlyapa a’zolari, o‘qituvchi rahnamoligida, uslublarni bir-biridan
qanday farqlash haqidagi tajribalari bilan bo‘lishishadi va jamlangan tajribalar asosida yangi g‘oya
taklif qilishga urinishadi.

Moviy shlyapa metodning xulosa qiluvchi elementi hisoblanib, u o‘quvchilarda ma’lumotni

mantiqiy tartibda qayd etishga va maqsadli savollar berish ko‘nikmasini shakllantirishga
yo‘naltirilgan. Shunday ekan, moviy shlyapali guruh a’zolari kichik sinf konferensiyasida bayon


background image

860

etilgan fikrlarni daftarga qayd etishadi va har bir chiqish orasida mavzuni yorituvchi savollar bilan
murojaat qilishadi. Ushbu metodga asoslangan kichik konferensiyaga darsning 15-18 daqiqasi
ajratilishi ma’quldir. Dars poyoniga yetib borayotgan paytda, texnologiyaning so‘nggi pog‘onasi
kuchga kiradi. Unga binoan, o‘tilgan mavzu ixcham shaklda o‘quvchilar tomonidan xulosalanadi.
Ushbu pog‘onada qiziqarli texnologiyaning “Sinkveyn” metodi qo‘llanilishi mumkin.

Sinkveyn – “Cenquene” fransuz tilidan tarjima qilinganda “beshinchi” ma’nosini anglatadi.

Bu besh qatordan iborat kichik she’r bo‘lib, u ma’lumotni qisqa jumlalarda umumlashtirishni talab
qiladi. Mazkur shakldagi she’rni XX asr boshlarida Amerikalik shoira- Adelaide Crapsey ishlab
chiqqan. Sinkveyn metodi ma’lumotga yakun yasash va keng hajmli materialni qisqa jumlalarga
sig‘dirish layoqatining yuzaga kelishiga ko‘maklashadi. Unga asosan, birinchi qatorda bir so‘zdan
iborat she’rning obyekti ifodalanadi. (ot so‘z turkumi);

Ikkinchi qatorda ikki so‘zdan iborat obyektning ta’rifi keltiriladi (sifat so‘z turkumi);
Uchinchi qatorda obyektning uch so‘zdan iborat bo‘lgan, harakati ifodalanadi (fe’l so‘z

turkumi);

To‘rtinchi qatorda to‘rt-besh so‘zdan iborat bo‘lgan, obyektni tavsiflovchi, kichik ma’noli

jumla tuziladi;

Beshinchi qatorda bir so‘zdan iborat bo‘lgan, obyektning mazmunini bildiruvchi,

yakunlovchi rezyume keltiriladi (ot so‘z turkumi).

Quyida mavzu asosida “Sinkveyn” metodi bo‘yicha tuzilgan she’r ilova qilinmoqda.
Uslublar
Ilmiy va badiiy.
Farqlanadi, o‘rganiladi, qo‘llaniladi.
Aniqlig-u hissiyot, rasmiyat-u dalillar posbonlari.
Stilistika.
Ona tili darslarida shu singari innovatsiyon, kreativ va integratsiion texnologiya, metod va

vositalarning o‘rinli qo‘llanilishi, o‘quvchilarga birgina ona tili fanining o‘zini emas, unga yondosh,
hatto yondosh bo‘lmagan ijtimoiy-gumanitar, aniq va tabiiy fanlarni ham o‘rganishlari uchun
imkoniyat beradi. Va o‘quvchlarning bugungi kunda ta’lim tizimimizda dolzarb mavzuga aylanib
ulgurgan fanlarning o‘zaro integratsiyasiga oson ko‘nikishlarida muhim o‘rin tutadi. Natijada
o‘quvchilar tanqidiy, ijodiy, mantiqiy, har tomonlama va puxta mulohaza yuritishga moslashadilar.
Tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga e’tiborli, kuzatuvchan, Turli muammo va
masalalarga emotsianal-eksprressif jihatdan empatiya bilan yondashish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
Texnologiyaning yuqorida ko‘rsatilgan metodlari turli grafik va rasmlarga asoslanmaganligi,
jamoa bilan birgalikda ishlashga mo‘ljallanganligi sababli inklyuziv sinflarda imkoniyati
cheklangan o‘quvchining jamoaga tez va qulay ko‘nikma hosil qilishida alohida ahamiyatga ega.

Quvonarlisi shundaki, Songgi yillarda Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonda inklyuziv

ta’limni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash va
ularning jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashishning muhim ahammiyatlari to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik va kata e’tibor bilan yondashgan holda qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.
Jumladan, PF-5270-son, 01.12.2017 – “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” - Ushbu Farmon
imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni
jamiyatga moslashishlari uchun sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lib, inklyuziv ta’lim tizimini joriy
etish, rivojlantirish va qadamma-qadam tadbiq etish uchun muhim poydevor bo‘ldi.

PQ-4860-son, 13.10.2020 – “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasining inklyuziv

ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” - Ushbu qaror esa, O‘zbekistonda
inklyuziv ta’limni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalarning konstitutsiyaviy ta’lim olish
huquqini ta’minlash, ta’lim olish jarayonida barsha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish,
kamsitishning oldini olish, jamiyatga to‘la moslashgan holatda mustaqil hayot kechirish
ko‘nikmasini shakllantirishga erishish, ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limga xos shart-sharoit
yaratish, o‘qituvchi kadrlarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlay olish uchun maxsus qayta


background image

861

tayyorgarlikdan o‘tkazish, nogironligi bo‘lgan bolalarning har biriga individual yondashish va
ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlarini moslashtirish, alohida rejalar ishlab
chiqish kabi aniq maqsad va vazifalarni jamiyat oldiga qoydi va bu borada davlat siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Shu tufayli ham, o‘qituvchining jamiyat va vatan oldidagi
mas’uliyati ikki karra ortadi.

Ular endilikda turli grafik chizma, rasmlarga asoslangan metodlardan chekingan holda,

inklyuzif sinflarga xos yangi metodlar ishlab chiqishlari maqsadga muvoffiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

10-sinf ona tili darsligi. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – B. 11, 15.

2.

Бузан Т. Скоростная память. – Москва: М.Эйдос, 1995 – С. 63, 122.

3.

Buzan T. Brain traning for Kids. – New York: Proactive Press, 2012 – B. 54.

4.

Погребная Т., Козлов а., Сидоркина О. Методы изобретения знаний и инновационных
проектов на основе ТРИЗ. – Красноярск: ИПК СФУ, 2010. – С. 180.

Internet manbalarga havolalar:

5.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

6.

https://lex.uz/docs/-5044711/

7.

Murojaat qilingan sana: 24.02.2025.



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

10-sinf ona tili darsligi. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – B. 11, 15.

Бузан Т. Скоростная память. – Москва: М.Эйдос, 1995 – С. 63, 122.

Buzan T. Brain traning for Kids. – New York: Proactive Press, 2012 – B. 54.

Погребная Т., Козлов а., Сидоркина О. Методы изобретения знаний и инновационных

проектов на основе ТРИЗ. – Красноярск: ИПК СФУ, 2010. – С. 180.

Internet manbalarga havolalar:

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Murojaat qilingan sana: 24.02.2025.