847
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARINI INTEGRATSIYA
ASOSIDA TASHKIL ETISH
Ismoilova Surmaxon Amonovna,
“University of economics and pedagogy” NOTM
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti
Valiyeva Xosiyatxon Abdurazoq qizi
“University of economics and pedagogy” NOTM
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiya asosida tashkil
etishning ahamiyati, metodlari va usullari yoritilgan. Integratsiya, ta’limda fanlararo yondoshuvni
rivojlantirish va o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishda muhim vosita hisoblanadi.
Maqolada o‘quv metodlarining zamonaviy yondoshuvlar asosida qanday tashkil etilishi,
o‘quvchilarda tizimli fikrlash va mustaqil ishlarni rivojlantirish haqida fikrlar bildirildi.
Boshlang‘ich sinflarda integratsiya asosida darslar qanday o‘tkazilishi, pedagogik yondoshuvlar
va qiyinchiliklar ham tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar.
Integratsiya, boshlang‘ich sinflar, fanlararo yondashuv, o‘quv metodlari,
pedagogika.
ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ
НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАЦИИ
Исмоилова Сурмахон Амоновна,
доцент кафедры дошкольного и начального образования
"Университета экономики и педагогики" НОТМ
Валиева Хосиятхон Абдуразоқ кызы,
студентка "Университета экономики и педагогики" НОТМ
направления начального образования
Аннотация.
В статье рассматриваются важность и методы организации уроков на
основе интеграции в начальной школе. Интеграция является важным инструментом для
развития межпредметного подхода и углубления знаний учащихся. В статье обсуждаются
современные подходы к организации учебных методов, а также развитие системного
мышления и самостоятельной работы учащихся. Также анализируются способы
проведения уроков на основе интеграции в начальной школе, педагогические подходы и
возможные трудности.
Ключевые слова
. Интеграция, начальная школа, межпредметный подход, методы
обучения, педагогика.
ORGANIZING PRIMARY SCHOOL READING LESSONS BASED ON
INTEGRATION
Ismoilova Surmakhon Amonovna,
“University of economics and pedagogy” NOTM
associate professor, Department of preschool and primary education,
848
Valiyeva Khosiyatkhon Abdurazoq qizi
“University of economics and pedagogy” NOTM
student, primary education program
Abstract.
This article discusses the importance and methods of organizing lessons based on
integration in primary schools. Integration is an important tool for developing an interdisciplinary
approach and deepening students' knowledge. The article highlights how lessons can be organized
based on modern teaching approaches, and how it helps in developing systematic thinking and
independent work among students. It also analyzes the methods of conducting integrated lessons in
primary school, pedagogical approaches, and potential challenges.
Keywords
. Integration, primary school, interdisciplinary approach, teaching methods,
pedagogy.
Ta’lim tizimining rivojlanishi o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini samarali oshirishga
xizmat qiladi. Pedagogik metodlar va yondoshuvlar, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda, ta'lim sifatini
yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda, turli fanlarni integratsiya asosida
birlashtirish o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali usul sifatida keng
qo‘llanilmoqda. Integratsiya, ta'limda fanlararo bog‘lanishlarni rivojlantirishga yordam beradigan
yondoshuv bo‘lib, o‘quvchilarning nafaqat bilimlarini, balki ularning fikrlash va ijodiy
qobiliyatlarini ham kengaytirishga imkon beradi.
XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quchilarining tabiiy muhit bilan
tanishtirishning integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Y.Gerd,
O.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi
jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan
ta’'lim-tarbiya, fanlararo aloqalaming ayrim jihatlari mashhur pedagoglaming (Y.Komenskiy,
O.Lokk, I. Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I.0.Zverev,
M.A.Oanilov, V.N.Maksimova, S.P.Baranova, M.N.Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning (E.N.
KabanovaMeller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles), medist olimlaming (M.R. Lvov,
V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqilgan.
Boshlang‘ich sinflarda integratsiya asosida darslar tashkil etishning pedagogik asoslari va
amaliyotdagi ahamiyati so‘nggi o‘n yilliklarda ilmiy tadqiqotlarda keng yoritilgan. Ammo, o‘quv
jarayonida integratsiyalashgan metodlarni qo‘llashning samaradorligi va ularning o‘quvchilar
rivojlanishiga ta'siri haqida hali ham ko‘plab noaniqliklar mavjud. Ushbu maqolada boshlang‘ich
sinflarda integratsiya asosida darslarni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi, va
bu metodning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Biz maqolamizda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida darslarni integratsiya asosida tashkil
etishning samaradorligini aniqlashni maqsad qilib oldik va quyidagi vazifalar nazarda tutilgan:
Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim metodlarini o‘rganish va ulardan
foydalanishning afzalliklarini aniqlash.
O‘quvchilarning bilim darajasini va kognitiv qobiliyatlarini baholash.
Integratsiya asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning tizimli fikrlash va ijodiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini tahlil qilish.
Boshlang‘ich sinf ta'limida integratsiya metodlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning
faolligini oshirish va ularning bilim olish jarayonini yanada sifatli qilish uchun zarurdir. Shu bilan
birga, integratsiyalashgan yondoshuv ta'limda fanlararo bog‘lanishlarni yaratish orqali
o‘quvchilarning umumiy dunyoqarashini kengaytiradi. Bu metod, ayniqsa, o‘quvchilarning amaliy
ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni kuchaytirish va ijodiy yondoshuvlarni o‘rgatishda
muhim ahamiyatga ega.
Umuminsoniy, milliy tajribalar ta'limni integratsiyalash muammolarining dolzarbligini
ko‘rsatmoqda. Shu sababdan ham ko‘pgina davlatlarda integratsiyalab o‘qitish muammosiga
849
alohida e'tibor qaratilmoqda. Biz xam tarixiy, milliy hamda umuminsoniy tajribalarga tayanib,
integratsiya va integratsiyalashgan darslar haqida ma'lumot berishni maqsad qilib qo‘ydik.
Dastlab integratsiya haqida qisqacha ma'lumot va olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarni
berib o‘tmoqchimiz.
Integratsiya - ta'lim mazmunini takomillashtirishning barqaror yo‘nalishlari va
tamoyillaridan eng ustuvori hisoblanadi,
Integratsiya tushunchasi bizning leksikologiyamizga yangi kirib kelgan so‘zlardan bo‘lsa-da,
aslida u uzoq tarixga ega.
Fanlarni integratsiyalab o‘qitish muammosini hal etish uchun fanlarning vujudga kelishi va
ularning taraqqiy etishini anglab yetmoq zarur. Mazkur holat jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan
bevosita bog‘liqdir.
Insoniyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida odamlar tabiat haqida to‘liq tasavvurga
ega bo‘lmaganlar. Atrof muhitda sodir bo‘ladigan hodisa, jarayonlarni kuzatuvchilari bo‘lishgan,
xolos. Keyinchalik hodisa, jarayonlarning sodir bo‘lishini kuzatibgina qolmay, ma’lumotlar to‘plab,
tahlil qila boshlaganlar. Insonlarning ehtiyojlari, mehnat qurollarining takomillashib borishi, tevarak
atrofdagi olam to‘g‘risida tasavvurlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Kishilarning tabiatda
sodir bo‘ladigan hodisalarga munosabatlarining shakllanishi, to‘plangan bilimlarni, tajribalarni
yig‘ish zaruriyati vujudga keldi. Kishilar “Nima uchun kecha kunduz sodir bo‘ladi? Nima uchun
yomg‘ir yog‘adi? Nima uchun uchun issiq-sovuq bo‘ladi? Nima sababdan suv toshqinlari yuz
beradi? Nega yer silkinadi?” kabi savollarga javob izlay boshladilar. Buning uchun tajriba,
kuzatuvlar o‘tkazildi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida darslarni integratsiya asosida olib borrish natijasida
o‘quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Integratsiya darslarda bolalar diqqati to‘liq jalb
etiladi, xotirasini yaxshilaydi va o‘quvchilarning bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf davridanoq o‘qituvchilarni ta’lim jarayonini qiziqarli
motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur. Darsni integratsiya asosida tashkil etish
jarayonida barcha o‘quvchilarga fanlararo bog‘lanishni tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni
tanlashi va qo‘llash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, tеxnik vositalardan dars jarayonida
foydalanish ta’lim oluvchilarning ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologiyalardan
to‘g‘ri va unumli foydalanish dars samaradorligini oshiradi. [2,64-b.].
Integratsiya
- lotincha “integration” so‘zidan olingan bo‘lib,
tiklash, to‘ldirish, bir butun
holiga keltirish
degan ma’nolarni anglatadi.
Integratsiya - o‘zaro bog‘langan holda rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirish yahlit holga
keltirish deganidir.
Ta’limda o‘quvchilarga ma'lum bilimlar tizimini yetkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi
bugungi kunda yetarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil
bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta'lim berish dolzarb vazifalardandir.
Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir.
Texnologiyaning asosiy talabi – o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda
faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir [www.
ziyouz.com kutubxonasi].
Mavlvanova Raxima, Raxmankulova Nargiz hammuallifligida yozilgan “Boshlang‘ich
ta’lim pedagogikasi, innovatsiva va integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasida “Boshlangich sinf
o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni
aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik
maktab o‘quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri
paydo boigan” deb ta’kidlaganlar. [3, 174-b.].
Hozirgi davrda jamiyat, davlat talab qilayotgan buyurtmaga ko‘ra, har tomonlama
rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirish uchun
uzluksiz ta'lim tizimida, jumladan, umumiy o‘rta
ta'lim maktablarida fanlarni integratsiyalab o‘qitishning mazmunini aniklash va uni amaliyotga
joriy etish masalalarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Fanlarni
850
integratsiyalab o‘kitish integratsiyaning ta'limdagi ahamiyati ham fanlar tarakkiyoti bilan bog‘liq
holda
tarixiy
xususiyatga
ega.Fanlarni
integratsiyalab
o‘qitishning pedagogik asosi
Ya.A.Komenskiy tomonidan o‘rganilgan. U o‘z davrining an'analariga ko‘ra, tabiat va ta'limga
buyuk tabiatshunos sifatida yondashgan. Ta’lim integratsiyasining bosh maqsadi - shaxsni har
tomonlama kamol topishini ta’minlashning muhim tamoyili sifatida maydonga keldi.
Integratsiyalashgan ta'lim shaxsni intellektual va madaniy rivojlantirishning bosh omili bo‘lib qoldi.
Rus olimi, akademik I.D.Zverev integratsiyani uzviy bog‘lanish, yaxlitlikni yaratish, turli
o‘quv predmetlari elementlarini uyg‘unlashtirish asosida umumlashtirish jarayoni, deb tushuntiradi.
Ta’limda integratsiya, eng avvalo, fanlararo aloqani keskin rivojlantirishni, turli fanlarni o‘zaro
hamkorlikda o‘qitishdan, ularni chuqur o‘zaro ta’sirlashishiga o‘tishini taqoza qiladi, deb uqtiradi.
A.N.Zaxtebshsh va M.V.Reshkovlar fanlarni integratsiyalashuvi o‘quv dasturi va
darslardagi bog‘lanishlarni hisobga olgan holda amalga oshirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Integratsiya jarayonini ta'limda ham mavjudligini I.Nyuton, A.Eynshteyn, I.D.Zverev,
V.N.Maksimova, B.D.Komissarov kabi olimlar tasdiqlashgan [6-www. ziyouz.com kutubxonasi].
Boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiya asosida tashkil etish o‘quvchilarning umumiy
bilimlarini kengaytirishga, ayniqsa tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarnmg qiziqish va qobiliyatlariga moslashish ularning
badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy-hayotiy masalalarni hal qilish
o‘ziga xoslikni, uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirishni nazarda tutyapti. Shu mimosabat bilan
bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs o‘ylab topish, shirin taom pishirish, biron asbob
yoki o4simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyotning turli yollari bilan rag‘batlantirib
borish taqozo etiladi. [3, 181-b.].
Adabiyotlar tahlili natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Integratsiya asosida tashkil qilingan darslar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini va yaratish
qobiliyatini oshiradi;
Integratsiya asosida tashkil etilgan darslar ta’limning barcha sohalarida o‘quvchilarni faol
ishtirokchiga aylantiradi;
Sinfda turli fanlarni birlashtirish o‘quvchilarning umumiy bilimlarini kengaytiradi va
oshiradi.
O‘qituvchi fanlararo aloqa usulini qo‘llar ekan, avvalo, o‘quvchilarda shu fanlararo ko‘proq
tushuncha hosil qilishga intiladi va ular o‘rtasidagi munosabat yaxlit holda emas, shu fanlar nuqtai
nazaridan talqin etiladi. Fanlararo aloqadorlik o‘quvchilarga atrofdagi dunyoni turli-tumanlikda va
yaxlitlikda bilish imkoni beradi.
Boshlang‘ich ta’limda fanlararo bog‘lanish (integratsiya) tamoyilini
ijobiy hal etish darslari o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga va ularni ijod qilishga, izlanishga
o‘rgatadi[5, 6- b].
Biz quyida boshlang‘ich sinflarda matematika va o‘qish darslari orasidagi
bog‘lanishni integratsiya orqali ko‘rsatib o‘tmoqchimiz.
Agar o‘qish darslari an’anaviy, odatdegidek bo‘lsa, o‘quvchini biroz zeriktirib qo‘yadi,
o‘zlashtirishi ham past bo‘ladi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, darslarni tashkillashtirsak, ya’ni
biror pedagogik o‘yinlar yoki integratsiya orqali darslarni olib borsak, o‘quvchilarning qiziqishlari
ham ortadi, o‘zlashtirish foizlari ham yuqori bo‘ladi.
Biz “Sonlar tilsimi” o‘yini orqali matematika va o‘qish darslarini integratsiyalashni ko‘rsatib
o‘tmoqchimiz va bu o‘yin o‘quvchining aqlini charxlaydi, tez javob berishga o‘rgatadi va shu bilan
birga matematik savodxonligini oshiradi.
O‘yin sharti: quyidagi sonlarni o‘sib borish tartibida joylashtirsangiz, “O‘qish kitobi”dagi
bo‘limning nomi kelib chiqadi.
95 A, 52 E, 73 N, 94 V, 44 Z, 76 - , 93 NG, 59 I, 96 T, 40 O‘, 79 M, 61 S, 99 I, 49 B, 80 E,
66 T, 89 N, 100 M, 91 I, 55 K, 97 A, 70 O, 98 N
95
52
73
94
44
76
93
59
96
40
79
61
99
49
80
66
89
100
91
55
97
70
98
851
A
E
N
V
Z
-
NG
I
T
O‘
M
S
I
B
E
T
N
M
I
K
A
O
N
Boshlang‘ich sinflarda darslarni integratsiya asosida tashkil etish, o‘quvchilarning
bilimlarini yanada chuqurlashtirish, ular orasida fanlararo bog‘lanishlarni o‘rgatish va fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Integratsiya asosida o‘tkazilgan darslar
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashlarini yaxshilashda samarali ekanligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga,
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ularga muammolarni yechishning turli
usullarini o‘rgatishga xizmat qiladi.
Integratsiya asosida tashkil etilgan darslar nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini oshiradi, balki
ularning umumiy rivojlanishiga ham yordam beradi. Masalan, matematika va tabiatshunoslikni
birlashtirish orqali o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradilar va o‘rgangan bilimlarini amaliyotda
qo‘llashni o‘rganadilar va ularning intellektual salohiyatini oshirishga yordam beradi.
Ta’lim tizimida integratsiya asosida o‘tkazilgan darslar yangi metodologiyalarni tatbiq etish,
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Integratsiyalashgan yondoshuv, nafaqat boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari, balki o‘qituvchilar uchun ham rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa o‘z
navbatida, ta’lim tizimini zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. – Т.:
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti, 2006. – B 160.
2.
Azizova Dilnoz Yo‘ldashevna. Innovatsion pedagogik texnologiya asosida o‘qish darslarini
tashkil etish. Qashqadaryo vxtxqtmohm o‘qituvchisi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
Vazirligi Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi “Malaka oshirish tizimida integratsiya va innovatsion tafakkur
uyg‘unligi masalasi: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi (2020-
yil, 20-may) materiallari. 64-b.
3.
Mavlvanova Raxima, Raxmankulova Nargiz. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiva va
integratsiyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Voris” nashriyoti, 2013. – B 240.
4.
Чориев Р. Таълимда интеграция - янги сифат. // Ma’rifat газетаси. 2001йил 18 июль, – 3 б.
5.
Юсуфалиева M. Топқирликка ундовчи ўйинлар. //Ma’rifat газетаси. 2018 йил 31 октябрь, –
6-б.