Mualliflar

  • Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112679

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Innovatsion usul tahliliy topshiriq mantiqiy fikrlash podshoh malika hunar metod diagramma.

Annotasiya

Annotatsiya.  Xalq  ertaklarini  o‘qitishda  PISA  topshiriqlari  asosida  samarali  o‘qitish 
usullarini  tahlil  qiladi.  Xalq  og‘zaki  ijodini  tushunarli  va  qiziqarli  tarzda  o‘rgatishda  PISA 
metodologiyasining  qanday  ishlashini  o‘rganadi.  PISA  topshiriqlari  o‘rganuvchilarga  analitik 
fikrlash, matnni tushunish  va  baholash  qobiliyatlarini  rivojlantirishga yordam  beradi.  Maqolada 
shu bilan birga, PISA metodining xususiyatlari, uning xalq ertaklari orqali o‘quvchilarga qanday 
ta’sir qilishi va bu usullarning amaliyotdagi samaradorligi haqida batafsil ma’lumot beriladi.  


background image

842

XALQ ERTAKLARINI O‘QITISHDA PISA TOPSHIRIQLARIDAN

FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI

Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi,

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti magistranti

zulxumarqurbaniyazova6@gmail.com

Annotatsiya.

Xalq ertaklarini o‘qitishda PISA topshiriqlari asosida samarali o‘qitish

usullarini tahlil qiladi. Xalq og‘zaki ijodini tushunarli va qiziqarli tarzda o‘rgatishda PISA
metodologiyasining qanday ishlashini o‘rganadi. PISA topshiriqlari o‘rganuvchilarga analitik
fikrlash, matnni tushunish va baholash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Maqolada
shu bilan birga, PISA metodining xususiyatlari, uning xalq ertaklari orqali o‘quvchilarga qanday
ta’sir qilishi va bu usullarning amaliyotdagi samaradorligi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Kalit so‘zlar.

Innovatsion usul, tahliliy topshiriq, mantiqiy fikrlash, podshoh, malika, hunar,

metod, diagramma.

HALK MASALLARININ ÖĞRETİMİNDE PISA ÖDEVLERİNİ

KULLANMANIN ETKİLİ YOLLARI

Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi,

Ajiniyaz Nukus devlet pedagoji enstitüsü yüksek lisans öğrencisi

Özet.

Halk masallarını öğretirken PISA, ödevlere dayalı etkili öğretim yöntemlerini analiz

eder. PISA metodolojisinin halk sözlü yaratıcılığını anlaşılır ve ilginç bir şekilde öğretmede nasıl
çalıştığını inceler. PISA ödevleri, öğrencilerin analitik düşünme, metin anlama ve değerlendirme
becerilerini geliştirmelerine yardımcı olur. Aynı zamanda makale, PISA yönteminin özelliklerini,
halk hikayeleri aracılığıyla okuyucuları nasıl etkilediğini ve bu yöntemlerin pratikte etkinliğini
detaylandırıyor.

Anahtar kelimeler.

Yenilikçi yöntem, analitik görev, mantıksal düşünme, Kral, Kraliçe,

zanaat, yöntem, diyagram.

ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗАДАНИЙ PISA

ДЛЯ ПРЕПОДАВАНИЯ НАРОДНЫХ СКАЗОК

Қурбаниязова Зулқумар Салиевна,

Магистрантка Нукусского государственного

педагогического института имени Аджинияза

Аннотация.

Анализирует эффективные методы обучения на основе заданий PISA в

преподавании народных сказок. Изучает, как работает методология PISA в обучении
устному народному творчеству в доступной и интересной форме. Задания PISA помогают
учащимся развивать аналитическое мышление, понимание и оценку текста. В статье
также подробно описываются особенности метода PISA, его влияние на учащихся через
народные сказки и эффективность этих методов на практике.

Ключевые слова.

Инновационный метод, аналитическое задание, логическое

мышление, король, королева, ремесло, метод, диаграмма.

EFFECTIVE WAYS TO USE PISA ASSIGNMENTS

TO TEACH FOLK TALES

Qurbaniyazova Zulqumar Sali qizi


background image

843

Master's student of Nukus State pedagogical institute named after Adjiniyaz

Abstract.

Analyzes effective teaching methods based on PISA tasks in teaching folk tales.

Learn how the PISA methodology works in teaching folklore in an understandable and engaging
way. PISA tasks help learners develop analytical thinking, text comprehension, and evaluation
skills. The article also provides detailed information about the features of the PISA method, how it
affects students through folk tales, and the effectiveness of these methods in practice.

Keywords.

Innovative method, analytical task, logical thinking, king, queen, craft, method,

diagram.

PISA bo‘yicha tayyorlangan topshiriqlar tizimli tayyorlanganda oddiy matnlar ustida ish olib

borilmasligini o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham anglab yetishi taqozo qilinadi. [1; Б.49.].

Haqiqatan

ham zamonaviy kashfiyotlar yaratilayotgan davrda adabiy ta’lim jarayoniga olib kiradigan har bir
matn, topshiriq va innovatsiyalarimiz ham puxta o‘ylangan, oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Topshiriqni tayyorlash davomida nafaqat matnning to‘g‘ri tanlanishiga, balki o‘quvchilarga taqdim
qilinadigan savollarning tizimli tashkillashtirilganligiga ham alohida e’tibor qaratish darkor.

PISA topshiriqlari

:

O‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matn ustida ishlash, tushunish, tahlil qilish va turli

ma’lumotlarni birlashtirish salohiyatini o‘lchaydi;

Hayotiy vaziyatlarga asoslangan;
Turli turdagi matnlar bilan ishlashni o‘z ichiga oladi (adabiy, funksional, informatsion).

O‘quvchilarda rivojlanadigan kompetensiyalar:

Tanqidiy fikrlash;
Muammolarni yechish;
Argumentlangan fikr bildirish;
O‘z fikrini yozma va og‘zaki ravishda ifodalash.
PISA topshiriqlarida jadval, grafik, rasm, diagramma bilan ishlash muhim. Masalan:

Ertakdagi voqealar ketma-ketligini ko‘rsatuvchi diagramma tuzing. Qaysi voqea burilish nuqtasi
bo‘ldi?

Hunar haqida ertak

Burungi zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. U bir kambag‘alning qiziga uylanmoq chi bo‘lib,

sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib, podshohning niyatini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:

– Podshohga aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar

bilsagina, tegaman, bilmasa – o‘rgansin, – debdi.

Sovchilar podshohning oldiga kelib qizning shartini aytishibdi.
Podshoh bu gapni eshitib, avval achchiqlanibdi, so‘ng o‘ylanib turib, qizning gapi ta’sir

qilibdi: “Podshohligim hunar emas ekan-da. Xayr, hunar ham o‘rganay”, deb o‘z o‘rniga vazirini
qoldirib, hunar axtarib chiqib ketibdi. Hamma hunarlarni ko‘ribdi, oxiri gilamchilik ma’qul
bo‘libdi. Gilam to‘qiydigan bir yaxshi ustani topib, unga shogird tushibdi. Uch yil-u uch oy
deganda gilam to‘qishni o‘rganibdi. Bir gilam to‘qib qizning uyiga yuboribdi. “Hunar o‘rgandik,
shartini bajardik”, debdi. Qiz:

– Podshoh shartni bajargan bo‘lsa, men ham so‘zimda turibman, – debdi.
Podshoh to‘y-tomosha qilib, qizga uylanibdi.
Kunlardan bir kuni mamlakatdagi savdogarlar, katta-katta boylardan bir qanchasi g‘oyib

bo‘libdi. Qancha axtarishmasin, baribir ularning daragini topisholmabdi. Bu xabar podshohga yetib
kelibdi. Podshoh: “Bularni o‘zim axtarayin, shaharda bir sir borga o‘xshaydi, buni bilmasam
bo‘lmaydi”, deb podshohlik kiyimlarini yechib, boshqa kiyimlar kiyib, kechasi xalq uxlagandan
keyin shaharni aylanmoqchi bo‘lib saroydan chiqib ketibdi. Aylanib yursa, uzoqdan bir chiroq
ko‘rinibdi. Podshoh to‘g‘ri shu chiroq ko‘ringan joyga borsa, bir oshxona ekan. Oshxonaning ichida
ko‘p odam ovqat yeb o‘tirgan ekan. Eshikni ochib qarashi bilan oshxona egasining ko‘zi unga
tushibdi va:


background image

844

– Nima ishingiz bor? – deb so‘rabdi.
Podshoh:

– Qornim och, ovqat yemoqchiman, – debdi.
Oshxona egasi:
– Qani, ichkari kiring, to‘rga o‘ting, – deb podshohni ichkari xonaga olib kiribdi.
Podshoh to‘rga o‘tayotib yerto‘laga tushib ketibdi.
Qarasa, ro‘parasida bir kishi turibdi. U kishi podshohni sudrab ichkari bir xonaga olib kiribdi.

Xonada odam juda ko‘p ekan. Podshohning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushibdi. Bir kishi o‘tirgan yeridan
shartta turib, qo‘lida katta pichoq: “Qani, hozir navbat kimniki?” deb to‘g‘ri podshohning oldiga
kelib, uni so‘ymoqchi bo‘libdi. Podshoh esankirab qolibdi:

– Sizlar kimsizlar?! Sizlarga jon kerakmi, mol kerakmi, pul kerakmi? – debdi. Ular:
– Bizga jondan boshqa bari kerak, u bo‘lmasa, jon kerak, hozir sening kallang kerak, –

deyishibdi. Podshoh:

– Pul, mol topib bersam bo‘ladimi? – debdi.
Ular:
– Bo‘ladi, – deyishibdi.
Podshoh:
– Unday bo‘lsa, bir hunar ko‘rsataman, mening aytganimni qilasizlar. Men bir gilam to‘qib

beraman, shuni podshohga olib borsanglar, ming tilla beradi, – debdi.

Ular:
– Qani, hunaringni ko‘raylik, – deyishibdi.
Podshoh u kerak, bu kerak deb gilam to‘qish uchun kerakli narsalarni aytibdi. Haligi odamlar

bozorga borib, podshoh aytgan narsalarni olib kelishibdi. Podshoh gilam to‘qishga kirishibdi.
Gilamni to‘qib bo‘lgach:

– Mana bu gilamni podshohga olib boringlar. Podshoh sizlarga ming tilla beradi, – debdi.
Haligi odamlar gilamni podshoh saroyiga olib borishibdi. Saroydan bir mahram chiqib,

gilamni ichkariga olib kirib, vazirga ko‘rsatibdi. Bular podshohning yo‘qolib qolganidan jig‘ibiyron
bo‘lib yurgan ekan. Maslahatlashib, gilamni podshohning xotiniga ko‘rsatibdilar. Malika eri
to‘qigan gilamni tanib, uni keltirgan odamlarga ming tilla berib yuborib, orqasidan odam qo‘yibdi.
O‘g‘rilar tillalarni olib, suyunib to‘g‘ri oshxonaga kirib boribdi. Orqasidan poylab kelgan odam
vazirga xabar beribdi. Vazir askarlar bilan kelib, oshxonani o‘rab, ichkariga kirib podshohni
topibdi. Podshoh tutqunlikdagi odamlarning barchasini ozod qilibdi. Odam o‘g‘rilarining qo‘llarini
bog‘latib, saroyga keltiribdi hamda hammasini qatl qilibdi. [2; Б.55.].

O‘zbek xalq ertagi yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Yuqoridagi ertak matniga mos keluvchi javobni belgilang.
A) Podshohlik hunar emasligini tushinib yetishimiz kerak.
B) Bilim va hunar egallash orqali o‘zimizga va boshqalarga foyda keltirishimiz mumkin.
S) Hunar orqali o‘z joningizni saqlab qolishingiz mumkin.
D) Podshoh bo‘lish uchun hunar egallash darkor.
Faoliyat: Umumlashtirish va talqin qilish.
Matn formati: Tutash
Vaziyat:

Javob to‘liq qabul qilinadi:

B)Bilim va hunar egallash orqali o‘zimizga va boshqalarga

foyda keltirishimiz mumkin.

Javob qabul qilinmaydi:

Boshqa javoblar.

2. Quyida berilgan ma’lumotlarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) Podshoh bu hunarni o‘rganish uchun taxminan XXX kun vaqt sarfladi.
B) Odamlarning yo‘qolishi oshxona bilan bog‘liq edi.
S) Podshoh mamlakatda bo‘layotgan vaziyatni bilishi bilan fuqarolarni izlashga kirishibdi.
D) Malika podshohni qutqarish uchun vazirni yubordi.
Faoliyat: Umumlashtirish va talqin qilish.


background image

845

Matn formati: Tutash
Vaziyat: Ijtimoiy

Javob to‘liq qabul qilinadi:

S)Podshoh mamlakatda bo‘layotgan vaziyatni bilishi bilan

fuqarolarni izlashga kirishibdi.

Javob qabul qilinmaydi:

Boshqa javoblar.

3. Quyidagi fikrlardan qaysi biri ertak matnida uchramaydi?
A) Podshoh qizga uch yil-u uch oy deganda uylanibdi.
B) Podshohni oshxona egasi tuzoqqa tushiribdi.
S) Podshoh gilam orqali o‘z jonini saqlab qolishga urindi.
D) Yo‘qolgan odamlarni toppish uchun chiqqanida podshoh yolg‘iz edi.
Faoliyat: Umumlashtirish va talqin qilish.
Matn formati: Tutash
Vaziyat:

Javob to‘liq qabul qilinadi:

A) Podshoh qizga uch yil-u uch oy deganda uylanibdi.

Javob qabul qilinmaydi:

Boshqa javoblar.

4. Podshohni ta’riflashga mos bir necha to‘g‘ri javoblarni belgilang.
A) Podshoh ham mehnatkash
B) O‘z xalqi uchun jonini xavfga qo‘yadi.
S) Boshqa podshohlar kabi soliqni ko‘p yig‘adi.
D) Nohaqlikka yo‘l qo‘ymaydi.
E) Kambag‘al qizlarga sovchi yuboradi.
F) Faqat vazirining gapiga quloq soladi.
Faoliyat: Matnda aniq ifodalangan ma’lumotlarni topish.
Matn formati: Tutash
Vaziyat:

Javob to‘liq qabul qilinadi:

B) O‘z xalqi uchun jonini xavfga qo‘yadi, D) Nohaqlikka yo‘l

qo‘ymaydi.

Javob qabul qilinmaydi:

To‘liq bo‘lmagan yoki noaniq javob berilgan bo‘lsa.

5. Quyidagi fikrlarning qaysi biri ertak matnida berilgan?
A) Qiz podshohga uzoq o‘ylanilgan shartini aytibdi.
B) Mamlakatdagi katta-katta boylarning yo‘qolishini podshoh oldindan sezibdi.
S) Podshoh shartni bajarganidan keyin qiz ham shartni bajaribdi.
D) Vazir podshoh to‘qigan gilamni tanib qoladi.

Javob to‘liq qabul qilinadi:

S) Podshoh shartni bajarganidan keyin qiz ham shartni

bajaribdi.

Javob qabul qilinmaydi:

To‘liq bo‘lmagan yoki noaniq javob berilgan bo‘lsa.

Xalq ertaklarini o‘qitishda PISA topshiriqlarini tatbiq qilish bo‘yicha ishlangan topshiriq

namunasini bajarish uchun o‘quvchilarga quyidagi tavsiyalar beriladi. Yuqoridagi vazifani bajarish
uchun 25 daqiqa ajratiladi. Har xil turdagi topshiriqlardan tashkil topgan. Ayrim savollarda to‘rtta
javobdan faqat bitta to‘g‘ri javobni tanlashingiz, ayrim savollarga bir nechta to‘g‘ri javob berilgan.
Ertak matnini diqqat bilan o‘qib berilgan savollarga javob toppish kerak. Ayrim savollar oson,
ayrimlari esa qiyin bo‘lishi mumkin. Agar biror savolga javob berishga qiynalsangiz, uni o‘tkazib
keyingisiga o‘ting, oxirida vaqtingiz bo‘lsa, bu savolni qayta ko‘rib chiqish javob berishingiz
mumkin. Agar javobda xatolashgan bo‘lsangiz, uning ustiga chizib to‘g‘ri javobni qayta
belgilashingiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Yuldasheva Sh. Ona tili fanidan PISA topshiriqlari. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2021, 49-
bet.

2.

Xidoyatova D., Rasulov N., Yuldasheva N., Usmonova N., Xasanova Y. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – Toshkent. 2022.


background image

846

3.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового
образования.

JournalNX

, 514-516.



Bibliografik manbalar

Yuldasheva Sh. Ona tili fanidan PISA topshiriqlari. – Toshkent: “Innovatsiya-Ziyo”, 2021, 49-

bet.

Xidoyatova D., Rasulov N., Yuldasheva N., Usmonova N., Xasanova Y. Umumiy o‘rta ta’lim

maktablarining 6-sinfi uchun darslik. – Toshkent. 2022.

Азизовна, Ю.С. Развитие познавательных навыков учащихся в процессе языкового

образования. JournalNX , 514-516.