Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 283
QO’QON XONLIGI TA’LIM TIZIMI TARIXI
Baxtiyorov Shaxrux G‘ulom o‘g‘li
O‘zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti
4-bosqich talabasi
Anotatsiya:
Qo‘qon xonligining XIX asr boshidan to 1876 yilgacha, ya’ni xonlikning
tugatilishiga qadar bo‘lgan davr belgilandi. Mazkur davrda Qo‘qon xonligida davlatchilik
tarixi va xonlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida, shu jumladan, maktab
va madrasalar faoliyatida yuksalish, turg‘unlik va inqiroz jarayonlari kechiradi. Qo‘qon
xonligi madaniy ma’naviy hayotining muhim tarmoqlaridan biri – maktab va madrasalar
faoliyati hamda ularning davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganish
maqolaning maqsadi sifatida belgilab olingan.
Kalit so’zlari
: Madrasa,Maktab,Ustoz,vaqf,Umarxon, Qur'on, Navoiy, Fuzuliy,
Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So‘fi Olloyor.
Kirish
.
XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligida boshlangan ilmiy, madaniy adabiy muhitning
shakllanishi va rivojlanishida bevosita xonlikdagi maktab va madrasalarning o‘rni
beqiyosdir. Bu ilm o‘choqlari xalqni ma'rifatli qilish, an'anaviy ta'limni va madaniy-
ma'naviy hayotni yuksaltirishda katta rol o‘ynagan. Islom dinining paydo bo‘lishi va uning
boshqa mamlakatlar kabi Turonzaminga kirib kelishi mahalliy xalq ijtimoiy-madaniy
hayoti, kundalik maishiy turmushi, ayniqsa, ta'lim-tarbiya sohasiga bir qator o‘zgarishlar
olib keldi. Umuman olganda, musulmon mamlakatlarida arab tilini va din asoslarini
o‘rgatishga ixtisoslashgan maktablarning paydo bo‘lishi muqaddas kitob – Qur'oni
Karimni o‘rganish, tushunish zaruratining yuzaga kelishi bilan bog`liqdir. Keyinchalik esa
Qur'on mazmuni va g`oyalarini xalqqa tarqatish maqsadida maktablar tashkil etilgan, ana
shu paytdan e'tiboran “maktab” atamasi “mirzalar maktabi” ma'nosini bildirgan.
Islom olamida maktablar faoliyatini tadqiq etgan izlanuvchilar turli-tuman fikr-
mulohazalarni bildirib o‘tganlar. “Maktab” so‘zi lug`aviy ma'nosi arab tilidan “yozish
joyi” ma'nosini bildirib,
1
o‘rta asrlar davomida fors-tojik, qardosh turkiy tillarda, O‘rta
Osiyo, Sharqiy Turkiston, Volgabo‘yi, Qrim va unga tutash mintaqalarda boshlang`ich
ta'lim muassasasi sifatida muomalaga kirgan. J.Makdisi o‘rta asrlar ta'lim tizimini o‘rganar
ekan, masjidlardagi maktablar va ularning ta'lim sohasidagi mavqeini yuqori baholagan
edi. Bu davrda, jumladan, XI asrda Bag`dod shahridagi jome' masjididagi ta'lim
1
Мактаб // Ислом. Энциклопедия. А-Ҳ / З.Ҳусниддинов таҳрири остида. – Тошкент: Ўз МЭ, 2004. – Б.149 – 150.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 284
muassasasi – maktabda fiqh, hadis, tafsir, nahv, adab fanlari o‘rgatilgan, va'zlar qilinib,
turli munozaralar olib borilgan. Albatta, sakkiz asr o‘tgach, ya'ni biz o‘rganayotgan davrga
kelib nafaqat Qo‘qon xonligida, balki barcha musulmon o‘lkalarida tarbiya va maktab
ta'limi tizimida juda katta o‘zgarishlar yuz berdi Unga ko‘ra, mahalliy aholi, bola 4
yoshdan o‘tib, gapirishni boshlaganda, uning kamolot tarbiyasi bilan shug`ullanishga
kirishgan. Bu paytda, asosan, diniy tushunchalar, salomlashish odobi o‘rgatilgan. Qizlar
esa erta turmushga chiqishi bois 8 – 9 yoshga yetmay uy-ro‘zg`or ishlarini o‘rganishni
boshlaganlar. Rossiyalik tadqiqotchi R.Raximovning fikricha, imperiyaning musulmon
o‘lkalarida, xususan, O‘rta Osiyoda mahalliy maktablarning ikki ko‘rinishi faoliyat
ko‘rsatgan. Bularning biri – statsionar, ya'ni masjidlar qoshidagi, ikkinchisi – ko‘chib
yuruvchi, ya'ni ko‘chmanchi aholi orasida tarqalgan boshlang`ich maktablar.
Tadqiqotchining qayd qilishicha, masjidlar qoshidagi maktablar tog`li tojiklarda
olovxonalarda faoliyat yuritgan. Masjidlardagi maktablarda esa darslar maxsus ajratilgan
hujrada olib borilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, XIX asr o‘rtalari – XX asr boshlarida
Turkiston o‘lkasida 7 mingdan ortiq bunday maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Ya'ni mazkur
turdagi ta'lim muassasalarining 2/3 qismini tashkil etgan. Turkiston general-gubernatorligi
arxiv fondlari va kuzatuvchi tadqiqotchilarning fikricha, XIX asrda mahalliy maktablar
ikki xil bo‘lgan. Birinchisi quyi maktablar bo‘lib, yuqorida aytilganidek, masjidlarda
faoliyat yuritgan. Ikkinchisi yuqori maktablar bo‘lib, faqat shaharlarda, katta qishloqlarda
ish olib borgan.
Lekin aksariyat tadqiqotchilar maktablarni faoliyat xarakteriga ko‘ra jamoat,
xususiy, shahar va qishloq maktablariga bo‘lganlar. Xususiy maktablar, odatda, o‘ziga to‘q
oilalar tomonidan o‘z farzandlari ta'limi uchun tashkil etilgan va ularda 4 – 5 nafar bola
o‘qigan. Masjidlarda maktab, odatda, masjidni qurdirgan shaxs tomonidan tashkil etilgan
bo‘lib, 10 – 30 ta bola joylashadigan xonadan iborat edi. Bu maktabda o‘qish 2 – 5 yil
davom etgan. O‘qish erta tongda boshlangan, soat 10 – 11 da uyga nonushta qilishga
qaytganlar. Tushda esa yana maktabga qaytib, kechgacha yurishgan. Masalan, Toshkent,
Qo‘qon va Buxoroning bir qator madrasalarida tahsil olgan muarrix Muhammad
Solihxo‘janing o‘zi shahar ziyolilari toifasidan bo‘lib, uzoq yillar o‘zi imomlik qilgan
masjid qoshidagi maktab – dabiristonda bolalarga ta'lim berish bilan mashg`ul bo‘lgan.
2
Mazkur asardagi ma'lumotlarga qaraganda, u o‘zi maktabdorlik qilgan masjidda imomlik
qilish bilan birga shu yerda istiqomat qilgan. Uning maktabi faqatgina dars beriladigan
ta'lim o‘chog`i emas, balki maktabdor (ya'ni Muhammad Solihxo‘ja)ning madrasada birga
saboq olgan do‘stlari yig`ilib ilm-ma'rifat borasida bahslar uyushtiradigan va o‘sha zamon
ijtimoiy-siyosiy voqealarini muhokama qiladigan maskan ham edi. Qo‘qon xonligida,
odatda o‘g`il va qiz bolalar maktabi alohida bo‘lib, qiz bolalar maktabida otinoyi dars
bergan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo‘qonda maktab ochgan. U o‘zining pedagogik
2
Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжа ва унинг “Тарихи жадидайи Тошканд” асари. – Тошкент: O‘zbekiston, 2009. – Б.21.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 285
faoliyati haqida shunday yozgan edi: “Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar
va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga 20
tadan 30 tagacha o‘quvchilarim bo‘lib, sakkiz yuz to‘qsonta qizning savodini chiqardim,
bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo‘lib, shoira va o‘z davrining aqlli
va dono odamlari edi”.
3
Qishloq maktablarida salohiyatli o‘qituvchi topish muammo edi.
Maktabda o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa, muallim yoshi katta o‘quvchilardan o‘ziga yordamchi
tanlab olgan. Qo‘qon xonligidagi maktablar ham qo‘shni xonliklardagi an'anaviy
maktablar bilan deyarli bir xil maqom va darajada bo‘lgan.
Ota-onalar muallimga bolalari maktabga o‘qishga kirayotganlarida, o‘qishda ayrim
muvaffaqiyatlarga erishganida, jumladan, bir kitobni yakunlab boshqasini boshlaganda,
“Qur'on” o‘qishga kirishganida hamda Qurbon va Ramazon hayitlari, Navro‘z bayrami
munosabatlari bilan baholi qudrat hadya qilib turgan. Xayr-ehsonlar hisobidan ta'sis etilgan
maktablar vaqf daromadlari bilan ta'minlab turilgan. Maktabga borish yoshi ham qat'iy
belgilab qo‘yilmagan. Maktabga borish oilaning imkoniyat darajasi va bola qobiliyatidan
kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Aksariyat bolalar 4 – 5 yoshdan mutolaa qilishni
boshlab, maktabga 6 – 8 yoshdan qatnagan. Maktabda o‘qitishning davomiyligi domlaga,
bolaning zehniga va oiladagi muhitga bog`liq bo‘lgan. Maktablarda o‘quvchilarning soni,
asosan, 30 nafardan oshmagan. Ayrim hollarda esa 8 nafar bola o‘qigan. Maktabda darslar
jadvali, qat'iy dastur va muayyan o‘quv kursi bo‘lmagan. O‘qitish sinf – dars tizimida olib
borilmagan, balki bir domladan saboq oluvchilarning hammasi bir xonadonda o‘qigan.
Shunga muvofiq, darsxonaning to‘rida Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy,
So‘fi Olloyor asarlari, “Chor kitob” kabilarni o‘quvchilar, o‘rtasida Qur'on, “Haftiyak”ni
o‘quvchilar va poygakda “abjadxonlar” (bo‘g`inlab o‘quvchi va “Abjadga” ko‘ra hisob
hamda ko‘paytirishni o‘rganuvchilar) va “taxtaxonlar” (arab alifbosi harflari yozilgan
maxsus taxtacha – “lavh”dagi harflarni yodlab o‘rganayotgan o‘quvchilar) o‘tirganlar.
Maktablarning mashg`ulotlari juma, hayit va navro‘z bayrami kunlaridan tashqari har kuni
bo‘lgan. Ayrim maktablarda ikki marta tanaffus qilingan. Birinchisi “nonxo‘rak” deb
atalgan, u ertalabki soat 10-11 atrofida bo‘lib, bu paytda bolalar uydan olib kelgan nonlar,
shirinliklar bilan tamaddi qilganlar. Tushki soat 13 –15 atrofida esa “oshxo‘rak” bo‘lib,
o‘quvchilarga issiq ovqat berilgan. Yozda ota-onalar bilan kelishilgan holda ikki oyga
ta'tilga chiqilgan. O‘quvchi yozishga o‘qishni to‘liq o‘zlashtirib olgandan keyingina
o‘rgatilgan. Bolalar “So‘fi Olloyor” ba'zan, esa “Xoja Hofiz” nomli kitoblarni o‘qiy
oladigan bo‘lgandan keyingina “xatga tushgan”. O‘quv qurollari qalam, qalamdon, lavh va
xaltadan iborat bo‘lgan.
3
Шамсутдинов Р., Каримов Ш.,Убайдуллаев Ў. Ватан тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б.116.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 286
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov e'tirof etganidek, “O‘z
tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga eltuvchi yo‘lni topa olmaydi. Tarixga bepisand
xalqning kelajagi yo‘q”
4
Hozirgi maktab muammolarini tahlil qilishda Qo‘qon xonligi
tajribasiga murojat qilamiz. Bugungi ta’lim tizimi jadal islohotlar, zamonaviy
texnologiyalar va metodikalarga tayangan holda rivojlanmoqda. Maktablar zamonaviy
kompyuterlar interaktiv doskalar internet tarmoqlariga ulangan. O‘quvchilar uchun
zamonaviy metodik qo‘llanmalar yaratilmoqda. Ammo asosiy muammo – bu ta’limdagi
ruhiy bo‘shliq. O‘qituvchilik kasbi nufuzi pasaygan. O‘quvchilar o‘qishga qiziqmaydi.
Maktablarda tashqi ko‘rinishida e’tibori yaxshi lekin ichki muhitda fidoyilik kam. Shu
bilan birga ta’limdagi asosiy muammolar – o‘qituvchilik kasbining ijtimoiy nufuzi
pasayishi, o‘quvchilarning bilimga nisbatan befarqligi, korrupsiya va shaklbozlik, ota-
onalar bilan hamkorlikning sustligi kabi masalalar hanuz dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Bugungi kun maktablarida zamonaviy texnologiyalar bilan birgalikda o’quvchilarni ongini
rivojlantirish uchun turli xil metodlar maktablarda qo‘llanib kelyapti. Maktablarda
o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim standardidagi turli xil gajetlar bilan uzini boyitgan.
Qo‘qon xonligi maktablarida 20-30 o‘quvchi tahsil olgan busa hozirgi zomonda bu sonlar
1 barobarga oshgan va shuni aytish mumkinki xonlikdagi xususiy maktablarda boylarning
farzandlari o’qidigan busa yangi zamon xususiy maktablarida ham boylarni farzandlari
salmog’i oshiqroq xonlikda xususiy maktablarda 5 nafar o’quvchi bo’ladigan busa ularga
bilimli Ustozlar pul evaziga chaqirtirib o’qitgan. Bugungi kunda xususiy maktablarga
qarasangiz ularni 80% qismi 10 ga yaqin o’quvchi va katta maosh evaziga chet eldan
O’qtuvchilar chaqirtirilyapti. Bugungi ta’lim tizimi esa o‘z ixtiyorida texnologik
imkoniyatlar, zamonaviy darsliklar, erkinlik va yangi pedagogik yondashuvlar kabi
ko‘plab resurslarga ega. Maktablar soni ko‘paygan, dars o‘tish uchun sharoit yaxshilangan,
o‘quvchilarning dunyoqarashi kengaygan. Lekin, shunga qaramay, bu imkoniyatlar ichki
ruh, fidoyilik, millatga xizmat qilish g‘oyasi bilan uyg‘unlashmasa, ta’lim samarasi
zaiflashadi. Afsuski, bugungi kundagi asosiy muammolardan biri – motivatsiyaning
sustligi, o‘qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy obro‘sining yetarli darajada e’tirof etilmasligi,
o‘quvchilar orasida o‘qishga befarqlik kuchayganidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Мактаб // Ислом. Энциклопедия. А-Ҳ / З.Ҳусниддинов таҳрири остида. – Тошкент: Ўз МЭ,
2004. – Б.149 – 150.
2.
Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжа ва унинг “Тарихи жадидайи Тошканд” асари. – Тошкент:
O‘zbekiston, 2009. – Б.21.
3.
Шамсутдинов Р., Каримов Ш.,Убайдуллаев Ў. Ватан тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б.116.
4.
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. 14-жилд. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2006. – Б.21
4
Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. 14-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон, 2006. – Б.21