Jild 74 № 2 (2025)
Maqolalar
KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR.
Annotatsiya: Kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fan bilimlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta'minlash maqsadida doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Zamonaviy yondashuvlar an'anaviy dars usullaridan farq qilgan holda, o‘quvchilarni faollik va mustaqil fikrlashga undaydi, ularni mustaqil izlanishlarga rag‘batlantiradi hamda kimyo fanining kundalik hayotdagi o‘rnini tushunishga yordam beradi.
ODAM EMBRIOLOGIYASI ASOSLARI VA JINSIY HUJAYRALAR GISTOLOGIYASI
Annotatsiya: Odam embriologiyasi va jinsiy hujayralar gistologiyasi zamonaviy biologiya va tibbiyot fanlarining muhim bo‘limlaridan biridir. Ushbu sohalar inson hayotining eng dastlabki bosqichlarini, ya'ni urug‘lanishdan boshlab organizmning rivojlanishi va jinsiy hujayralarning tuzilishi, funktsiyasi hamda ularning o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi. Embriologiya inson organizmining urug‘lanish jarayonidan boshlab tug‘ilishgacha bo‘lgan davrini qamrab oladi va bu jarayonlarda yuzaga keladigan murakkab biologik o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Jinsiy hujayralar gistologiyasi esa erkak va ayol jinsiy hujayralarining mikroskopik tuzilishini, ularning rivojlanishi va funktsiyalarini o‘rganadi.
XORIJIY TIL TA'LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda xorijiy, xususan ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatishdagi dolzarb masalalar yoritiladi. Ingliz tilining ikki shakli, uni o‘rganishdagi muammolar, innovatsion va AKT texnologiyalarning ahamiyati, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi muhokama qilinadi. Shuningdek, Janubiy Koreya ta’lim tizimi bilan taqqoslash orqali ijobiy tajribalar tahlil qilinadi. Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi islohotlar ham yoritiladi. Xulosa tarzida esa xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil ekani qayd etiladi.
NERV TIZIMI ORQA MIYA NERV TUGUNI, ORQA MIYYA, MIYYACHA GISTOLOGIYASI
Annotatsiya: Nerv tizimi inson organizmining murakkab va muhim qismlaridan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi organizmning turli qismlaridan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, ularni markaziy nerv tizimiga yetkazish va markaziy nerv tizimidan buyruqlarni organlarga etkazishdan iborat. Nerv tizimi ikki asosiy qismga bo‘linadi: markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi. Markaziy nerv tizimi bosh miya va orqa miyadan tashkil topgan bo‘lsa, periferik nerv tizimi esa markaziy nerv tizimidan chiqadigan nerv tolalaridan iborat. Orqa miya, nerv tizimining markaziy qismiga kiradi va u bosh miya bilan birgalikda organizmning asosan reflektor faoliyatini boshqaradi. Orqa miya nerv tugunlari esa periferik nerv tizimining muhim qismi bo‘lib, ular orqa miya orqali kelayotgan nerv tolalarining birlashishi natijasida hosil bo‘ladi.
ESHITUV VA MUVOZANAT AʼZOLARI PATOLOGIYASI VA YANGI DIAGNOSTIKA USULLARI
Annotatsiya: Eshituv va muvozanat aʼzolari inson organizmining eng nozik va murakkab tizimlaridan biridir. Bu tizimlar nafaqat atrofdagi tovushlarni qabul qilish va ularni miya tomonidan qayta ishlashga xizmat qiladi, balki insonning muvozanatini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, eshituv va muvozanat aʼzolarining patologiyalari insonning hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada eshituv va muvozanat aʼzolarining asosiy patologiyalari, ularning sabab va oqibatlari hamda zamonaviy diagnostika usullari batafsil tahlil qilinadi.
PREPARATLAR TAHLILI BOʻYICHA YANGI TADQIQOT USULLARI
Annotatsiya: Preparatlar tahlili sohasida yangi tadqiqot usullari so‘nggi yillarda ilmiy va amaliy tibbiyotda muhim o‘rin tutmoqda. Bu usullar preparatlarning kimyoviy tarkibi, biologik faolligi, farmakokinetikasi va farmakodinamikasi kabi ko‘plab jihatlarni yanada aniq va samarali o‘rganish imkonini beradi. Preparatlar tahlilining yangi yondashuvlari dori vositalarining sifatini oshirish, ularning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada preparatlar tahlilida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
STUDYING LINGUISTIC UNITS EXPRESSING EMOTIONS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Abstract: The study focuses on the lexical-semantic field of linguistic units expressing emotions in English and Uzbek, analyzing their structural composition and semantics. The research aims to compare these lexical-semantic fields in both languages, generalize their common features, and identify language-specific phenomena.
SARIQ MATBUOTNING ZAMONAVIY JURNALISTIKAGA TA’SIRI: YUTUQLAR VA TAHDIDLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada sariq matbuot tushunchasi, uning tarixiy ildizlari, shakllanish sabablari va zamonaviy jurnalistika jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ilmiy asosda olib borilgan tadqiqotda sariq matbuotning ommaviy ongga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri, insonlar ongini manipulyatsiya qilish usullari va u orqali jamiyatda noto‘g‘ri axborotlar tarqalishining oqibatlari yoritiladi. Shu bilan birga, bunday ommaviy axborot vositalarining auditoriyani jalb etishdagi samarali, ammo muammoli uslublari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola jurnalistik axloq, axborot ishonchliligi va professional etikaga rioya qilish zaruratini ta’kidlaydi.
ПОВЫШЕНИЕ КАЧЕСТВА ХЛОПЧАТОБУМАЖНЫХ БРЕЗЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ ВЫСОКОЭФФЕКТИВНЫХ ГИДРОФОБНЫХ MАТЕРИАЛОВ
Annotatsiya: Ushbu maqolada paxta tolasi asosida tayyorlangan brezent matolarining suv o‘tkazmaydiganlik xossalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar yoritilgan. Turli gidrofob materiallar, xususan, polimer emulsiyalar, silikon eritmalar va parafin asosidagi propitkalar sinovdan o‘tkazildi. Poliakrilat emulsiyalari bilan ishlov berilgan namunalar suvni uzoq ushlab turishi, shuningdek, fizik-mexanik jihatdan barqarorligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Arzon va mahalliy xomashyolar asosidagi materiallar yordamida paxta brezentlarining ekspluatatsion xossalarini sezilarli darajada oshirish aniqlandi.
SOXTA XABARLAR VA ULARNING JAMIYATGA TAHDIDI: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING MAS’ULIYATI
Annotatsiya: Bugungi raqamli davrda axborot oqimi mislsiz darajada kuchaygan bo‘lsa-da, ushbu ma’lumotlar orasida soxta xabarlar, ya’ni ataylab yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgan axborotlar ham keng tarqalmoqda. Soxta xabarlar jamiyatning turli qatlamlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: ijtimoiy ongni buzadi, panika keltirib chiqaradi, jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qiladi, hatto siyosiy va iqtisodiy beqarorlikka sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada soxta xabarlarning jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan xavfi chuqur tahlil qilinib, ularni aniqlash, oldini olish va ularni tarqatmaslikda ommaviy axborot vositalarining mas’uliyati qanday ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, media savodxonlik, faktcheking, axborot xavfsizligi kabi zamonaviy yondashuvlar doirasida soxta xabarlarga qarshi kurashish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
TAʼLIMNI TASHKIL ETISH
Annotatsiya: Ushbu maqola ta'limni tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini har tomonlama tahlil qiladi. Maqolada zamonaviy ta'lim tizimlarining xususiyatlari, o'qitish metodlari va ularning samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar chuqur o'rganilgan. Tadqiqotda ta'lim sifatini oshirish, o'quv jarayonini optimallashtirish va o'quvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ilgari surilgan. Maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o'quv dasturlarini modernizatsiya qilish va o'qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu tadqiqot natijalari ta'lim sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega.
BOLALARDA YOSH XUSUSIYATLARI DOIRASIDA PSIXOLOGIK INQIROZNING VUJUDGA KELISHI HAMDA BARTARAF ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Аnnotatsiya. Inqiroz - rivojlanishdan orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob’yekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi.
OILADA BOLALAR XARAKTERINING RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK MUNOSABATLARNING AHAMIYATI
Hozirgi kunda aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini, ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi, natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.
OʻQUVCHILARNI KASB TANLASH JARAYONIDA ZAMONAVIY KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar.
BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARINI IMTIHONGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH
Annotatsiya. “Imtihon” soʻzi lotin tilidan “sinov” deb tarjima qilinadi. Va aynan imtihonlar, murakkab va baʼzan dramatik boʻlgan holda, bitiruvchilar uchun sinovlarga aylanadi. Otaonalarga esa faqat bolasini xavotirga solish, uni koʻra tanqid qilish yoki masofadan turib qoʻllab-quvvatlash qoladi.
ABDULLA QODIRIYNING "O'TKAN KUNLAR" ASARIDA KITOBXONLIKNING O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida kitobxonlikning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Asarda muallif kitobxonni passiv voqea kuzatuvchisi emas, balki faol tafakkur egasi sifatida tasvirlaydi. Roman o‘zbek xalqining tarixiy o‘zligini anglash, ma’rifatga intilish va ijtimoiy adolatga bo‘lgan ehtiyojini ochib beradi. Qodiriyning didaktik uslubi va kitobxon bilan bevosita muloqotga kirishishi orqali o‘quvchi ongida tarixiy va ijtimoiy masalalarga nisbatan muayyan qarashlar shakllanadi. Asar bugungi kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIM ORQALI O‘QITISH VA TARBIYALASHNI TASHKIL ETISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni (ICB) umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim orqali o‘qitish va tarbiyalash jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etishdagi mavjud imkoniyatlar va muammolar tahlil qilingan. O‘qituvchilar, ota-onalar va ICB o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan empirik tadqiqotlar asosida inklyuziv ta’limning ijobiy ta’siri va tizimli yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Muallif tomonidan inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha zaruriy shart-sharoitlar, kadrlar tayyorlash, metodik ta’minot va ijtimoiy ongni shakllantirish yo‘nalishida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
ILK BOLALIK DAVRIDA O’Z-O’ZINI ANGLASHNING RIVOJLANISHI VA 3 YOSH INQIROZI
Annotatsiya. Ushbu maqola, ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozining psixologik jihatlarini tahlil qiladi. Maqolada o‘z-o‘zini anglashning rivojlanish jarayoni 3 yoshgacha bo‘lgan davrda qanday shakllanib borishi, shuningdek, 3 yosh inqirozining o‘ziga xos xususiyatlari — bolaning mustaqil shaxs sifatida o‘zini anglashga intilishi, "yo‘q" degan javoblar, emotsional o‘zgarishlar va ijtimoiy rivojlanishdagi rolini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Maqola psixologik nuqtai nazardan 3 yoshdagi bolalarda o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi va uning ta’sirini tushunishga yordam beradi. Ota-onalar va pedagoglar uchun bolalarning o‘z-o‘zini anglash jarayonini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini ta'kidlaydi.
AXBOROT TAHDIDIDAN HIMOYA QILISH ORQALI MA’NAVIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada globallashuv va raqamli axborot makonida yuzaga kelayotgan axborot tahdidlarining mohiyati, ularning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri, shuningdek, bunday tahdidlarning oldini olish orqali sog‘lom ma’naviy tarbiyani shakllantirishning muhim omillari tahlil qilinadi. O‘zbekiston va xorijiy tajriba asosida yechimlar taklif qilinadi. Maqola mualliflik qarashlari, nazariy yondashuvlar va iqtiboslar bilan boyitilgan.
BOSHLANG'ICH SINFLARDA DARSLARDA STEAM TEXNOLOGIYASINAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda darslarda steam texnologiyasidan foydalanish va STEAM texnologiyasi haqida ma'lumot beriladi.
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI INNOVATSION TAYYORGARLIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI
Anotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarni innovatsion tayyorgarligini rivojlantirishning shart-sharoitlari yoritilgan. Bugungi globallashuv va raqobatbardosh ta’lim tizimi sharoitida pedagoglarning kreativlik, innovatsion texnologiyalarni egallash va yangilikka intilish kabi kasbiy sifatlarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada innovatsion o‘quv muhitini yaratish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish va ustoz-shogird tizimini rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
BOLALARNING RUHIY RIVOJLANISH JARAYONINI OʻRGANISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biron predmetni olishga harakat qila olganidan sóng, uni sinchiklab órganishida kórishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, kórgazmali harakatli bólib, u atrof olamdagi bog'liqliklarni órganishga xizmat qiladi.
PSIXOLOGIYANING MAQSADLI VAZIFALARI HAMDA TA’LIM SOHASIDAGI OʻRNI
Annotatsiya: Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarakatrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA OʻQUVCHILARNI KASB-HUNARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFALARI VA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Kasb qanchalik muvaffaqiyatli tanlansa,inson oʻzini shunchalik baxtli his qiladi.Ammo har qanday muttaxassislikni egallash uchun yaxshi oʻqish va tanlangan kasbiga koʻproq qiziqish kerak. Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish muammolarini o’rganish ham fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
DEVIANT XULQLI OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH HAMDA ULARNING RUHIYATINI OʻRGANISHNING MUHIM VAZIFALARI
Annotatsiya: O’smirlar yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimsiz oshib borishi maktab amaliyotchi psixologi oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnalogiyalarini ishlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi.
TA’LIM OLAYOTGAN SHAXSGA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TA’SIR ETISHDA PSIXOLOGIK QARASHLARNING YUZAGA KELISHI
Annotatsiya. Psixologlar insoniyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Psixologlar bolalarning psixologik salomatligini himoya qilish va yaxshilashda, ularni moslashish jarayonlarida qo'llab-quvvatlashda muhim vazifalarni bajaradi.
СОЛИҚ БАЗАСИНИ ЯШИРИШ(КАМАЙТИРИБ КЎРСАТИШ)НИНГ ҲУҚУҚИЙ ТАБИЯТИ
Аннотация: Мазкур мақолада солиққа оид қонунбузилишларига йўл қўймаслик, солиқдан қочиш ҳолатларини олдини олиш, солиқ базасини яшириш тушунчасининг халқаро ҳуқуқдаги таснифи, солиқларни ўз вақтида тўлаш орқали мамлакат тараққиётига ҳисса қўшиш ҳақидаги масалалар қиёсий таҳлил қилинган.
INTERFAOL USULLAR ORQALI ONA TILI DARSLARIGA BO'LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili darsiga qiziqishini oshirish uchun interfaol metodlar va interfaol metodlar haqida ma'lumot beriladi.
SIYDIK CHIQARUV AʼZOLARI VA BUYRAK TUZILISHI KASALLIKLARI VA YANGI TADQIQOT USULLARI
Annotatsiya: Siydik chiqaruv aʼzolari inson organizmining muhim tizimlaridan biri bo‘lib, u suyuqlikni chiqarish, organizmdan zararli modda va toksinlarni yo‘qotish vazifasini bajaradi. Bu tizimning asosiy qismlari buyraklar, siydik pufagi, siydik yo‘llari va siydik chiqaruvchi kanalni o‘z ichiga oladi. Bu aʼzolar sog‘lig‘ining buzilishi nafaqat siydik chiqarish jarayoniga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, balki butun organizmning umumiy holatiga ham taʼsir qiladi. Shu sababli, siydik chiqaruv aʼzolari va buyrak tuzilishidagi kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olish uchun zamonaviy tibbiyotda yangi tadqiqot usullari doimiy ravishda rivojlanib bormoqda.
1, 2-KLASLARDA FEYIL SÓZ SHAQABÍN ÚYRENIW
Annotatsiya: Bul maqalada feyil sóz shaqabı boyınsha 1,2-klass ana tili hám oqıw sawatlılıģı sabaqlıģında berilgen shınıģıwlar keltirilip ótiledi. Sonday-aq feyil sóz shaqabın baslawısh klass oqıwshılarına ùyretiw haqqında aytılıp ótiledi.
1, 2-KLASLARDA FEYIL SÓZ SHAQABÍN ÚYRENIW
Annotatsiya: Bul maqalada feyil sóz shaqabı boyınsha 1,2-klass ana tili hám oqıw sawatlılıģı sabaqlıģında berilgen shınıģıwlar keltirilip ótiledi. Sonday-aq feyil sóz shaqabın baslawısh klass oqıwshılarına ùyretiw haqqında aytılıp ótiledi.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA EPIK ASARLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada epik asarlar va boshlang’ch sinflarda berilgan epik asarlarni o’qitish usullari haqida aytiladi.
OʻQUVCHI YOSHLARNING KASB TANLASHDAGI IMKONIYATLARI, HOHISH VA ISTAKLARINI ERTA ANIQLASHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: Kasblar ko’p, lekin ular orasidan sevimli kasbni tanlashimiz– bu hayotga qo’ygan ilk qadamimiz hisoblanadi. Har bir inson dunyoga kelibdiki, hayotda oʻz oldiga qoʻygan maqsadi boʻladi. Bu maqsad orqasidan nimalarga erishish mumkin? Hayotda oʻzi xoxlagan narsalarga erishishi , buning natijasida baxtli yashashi mumkin. Sevimli kasbni tanlashda avvalo odam oʻzining his-tuygʻulariga eʼtibor berishi lozim.
ЯДЕРНАЯ УГРОЗА В XXI ВЕКЕ: ОТ ХОЛОДНОЙ ВОЙНЫ ДО НОВЫХ РИСКОВ
ГЛОБАЛЬНОЕ ПОТЕПЛЕНИЕ И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ ДЛЯ ЧЕЛОВЕЧЕСТВА
ФЕМИНИЗМ И ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ
ҚУРУҚ УСУЛДА ЧАНГ ТОЗАЛАШ ҚУРИЛМАЛАРИ
Аннотация. Ушбу мақолада пахта тозалаш корхоналари томонидан атмосферага чиқараётган чангли чиқиндилар тўғрисида маълумотлар келтирилган. Изланишлар натижасига кўра пахта тозалаш корхоналари атроф-муҳитга мураккаб таркибли чанг ажратиб чиқаради. Бу эса ўз навбатида қуруқ усулда чанг тозалаш ускуналарининг иш самарадорлигини пасайтириб юборади.
INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘QITUVCHI TOMONIDAN ISHLATILADIGAN SO‘Z VA IBORALARNING KOMUNIKATIV ASOSI
Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘qitishda zamonaviy kommunikativ yondashuvning ahamiyati va dramatizatsiya usullarining til o‘rgatishdagi roli tahlil qilingan. Muloqotga asoslangan yondashuv til o‘rganuvchilarning faol ishtirokini rag‘batlantirishi, interfaol muhit yaratishi hamda til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur anglashga xizmat qilishi yoritilgan. Dramatizatsiya usuli orqali til o‘rganuvchilar tabiiy nutq muhitida o‘zini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishi, nutqiy faoliyatning barcha turlari uyg‘unlashtirilishi ta’kidlanadi. Shuningdek, frazeologik birliklar va idiomalarning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rni ham ko‘rsatib o‘tilgan.
THE EFFECTIVENESS OF EARLY FOREIGN LANGUAGE LEARNING IN PRESCHOOL CHILDREN
Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida xorijiy tillarni erta yoshdan o‘rgatishning ilmiy, pedagogik va ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. 3–6 yosh oralig‘ida bolalarning miyasi fonetik va grammatik tizimlarni sezgir qabul qilishga moslashgan bo‘lib, bu bosqichda chet tili mashg‘ulotlari yangi sinaptik bog‘lanishlarni shakllantiradi. Tadqiqotlar va pilot loyihalar erta bilingvizm kognitiv va til ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatmoqda. Maqolada kommunikativ o‘yinlar, Total Physical Response, hikoyalar asosidagi o‘qitish hamda multimodal yondashuvlarning samaradorligi misollar bilan ochib beriladi. Mualliflar kichik guruhlar, qisqa mashg‘ulot bloklari va ota-ona hamkorligining o‘rniga e’tibor qaratib, chet tilini maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich joriy etish zarurligini ta’kidlaydilar.
O‘YINLAR YORDAMIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha talim tashkilotlarida ingliz tili mashgʻulotlarini oʻyinlar yordamida mazmunli va foydalanish qiziqarli tashkil qilish haqida fikr yuritilgan het tili darslarini samarali tashkil etishda mumkin bo‘lgan interfaol o‘yinlar haqida ma’lumot berilgan.
OʻQUVCHILARNING IJTIMOIYLASHUV JARAYONIDA OILAVIY MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK TAʼSIRI
Annotatsiya Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom etadi, ammo bu ayniqsa bolalik davrida intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o’sha paytda shaxsning ma’naviy rivojlanishining poydevori yaratiladi, bu ta’lim sifatining ahamiyatini oshiradi, jamiyat mas’uliyatini oshiradi, bu ta’lim jarayoni uchun ma’lum koordinatalar tizimini belgilaydi, bu umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishni o’z ichiga oladi; ijodiy fikrlashni rivojlantirish; yangi narsalarga intilish va nostandart vaziyatlarda hayotiy muammolarni maqbul yechimini topish qobiliyati, yuqori ijtimoiy faollikni, fidoiylikni, jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish; doimiy o’z-o’zini tarbiyalash va kasbiy fazilatlarni shakllantirish zarurati; mustaqil ravishda qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi.
OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Shaxslararo munosabatlarni shakllanishi uning namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatlarida shaxslararo munosabatlarga bo‘lgan qobiliyatlar shakllanishini, ijtimoiy munosabatlarning deyarli barcha shakllarida ko‘rish mumkin.
SHAXSLARDAGI STRESSLI VAZIYATLAR KORREKSIYASI HAMDA PSIXODIAGNOSTIKASI
Annotatsiya: Stress - inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi.
MATN TAHLILI ORQALI OQUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqola o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning samarali usullari haqida fikr yuritadi. Tanqidiy fikrlash, o‘quvchilarning bilim olish jarayonida mustaqil qarorlar qabul qilish, turli nuqtai nazarlarni tahlil qilish va asosli xulosalar chiqarish qobiliyatini oshiradi. Maqolada o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun matn tahlilining roli va bu jarayonda qo‘llaniladigan metodologiyalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan amaliy usullar, metodik yondashuvlar va ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish uchun samarali o‘quv metodlarining samaradorligi tahlil etiladi.
MUHANDISLIK YO‘NALISHI TALABALARI KASBIY TAYYORGARLIGINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada muhandislik yo‘nalishi talabalari kasbiy tayyorgarligini innovatsion yondashuvlar asosida rivojlantirishda xorijiy davlatlarning tajribalari o’rganilgan. Shuningdek maqolada innovatsion ta’lim texnologiyasi va uning oʻquv jarayonini samaradorligini oshirishda va ta’lim faoliyati uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangilash borasida xorijda olib borilgan tadqiqot ishlari va uning samaradorligi keltirib o’tilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI VA “ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURIGA INTEGRATSIYALASH YO‘LLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘qitishning dolzarb masalalari, metodik yondashuvlari va amaliy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida ingliz tilini integratsiyalashning uslubiy asoslari, kommunikativ yondashuvlar va o‘yinli metodlar orqali bolalarda til o‘rganishga qiziqish uyg‘otish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi.
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INFORMATIKA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINI TADBIQ ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Bugungi raqamli asrda ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar tobora chuqur kirib bormoqda. Xususan, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirib qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur va boshqa rivojlangan mamlakatlarning IT yo‘nalishida o‘qitish metodikalari, platformalari va raqamli vositalardan foydalanish tajribalari tahlil qilinadi. Shu asosda, O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, o‘quvchilarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, raqamli savodxonlikni oshirish yo‘llari asoslab beriladi. Xorijiy tajribalarning milliy ta’lim muhitiga mos jihatlari ajratib olinadi va innovatsion, interaktiv metodikalar asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.
QO’QON XONLIGI TA’LIM TIZIMI TARIXI
Anotatsiya: Qo‘qon xonligining XIX asr boshidan to 1876 yilgacha, ya’ni xonlikning tugatilishiga qadar bo‘lgan davr belgilandi. Mazkur davrda Qo‘qon xonligida davlatchilik tarixi va xonlikning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida, shu jumladan, maktab va madrasalar faoliyatida yuksalish, turg‘unlik va inqiroz jarayonlari kechiradi. Qo‘qon xonligi madaniy ma’naviy hayotining muhim tarmoqlaridan biri – maktab va madrasalar faoliyati hamda ularning davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganish maqolaning maqsadi sifatida belgilab olingan.
HARRY POTTER VA HIKMATLAR TOSHI ASARI ASOSIDA PRESENT PERFECT ZAMONIDAGI FE’LLARNING ASPEKTUAL VAZIYATLAR TAHLILI VA ULARNING O’ZBEK TILIDA BERILISHI
Annotatsiya: Mazkur maqolada “Harry Potter va Hikmatlar Toshi” asari asosida ingliz tilidagi Present Perfect zamonida qo‘llanilgan fe‘llarning aspektual (tus) xususiyatlari — ya’ni telik (amal yakunlangan) va atelik (amal davomiy yoki holatdagi) fe‘llar — kontekst asosida tahlil qilinadi. Tahlil semantik va kontekstual yondashuv asosida olib borilib, telik va atelik holatlarning grammatik ifodalanish xususiyatlari va ularning o’zbek tilida berilish usullari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu fe’llarning o‘zbek tiliga tarjimasida qanday grammatik vositalar (qo‘shimchalar) orqali telik yoki ateliklik anglatilishi aniqlanadi.
MATEMATIKADA EHTIMOLLAR NAZARIYASI: TASODIF QONUNLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish sohasining kengayishi, axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta ishlash, o’z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda. Ushbu maqolada shular va matematika fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rni haqida fikr yuritiladi.
OTNI O‘TISHDA TA’LIMIY DIKTANT TURLARIDAN FOYDALANISH USULLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’limiy diktant turlaridan foydalanish usullarini o‘rganish, ularni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkinligi, shuningdek, pedagogik faoliyatda ularning o‘rni haqida batafsil tahlil qilingan. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi mavzusini o‘tishda ta’limiy diktant turlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilib, yangicha usullarni qo‘llash haqida tavsiyalar berilgan.
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA TASHKILOTCHILIK QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: Ta’limning jadal rivojlanib borayotgan sharoitida o‘quvchilarda yoshlikdan nafaqat akademik bilimlarni, balki muhim tashkillashtirish iqtidorini tarbiyalashga ham e’tibor kuchaymoqda. Tashkillashtirish iqtidori odamlarga o'z vaqtini, resurslarini va mas'uliyatini turli kontekstlarda samarali boshqarish imkonini beradigan bir qator ko'nikmalar va xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
MAKTAB YOSHDAGI BOLALAR IDROKINI SHAKLLANTIRISHDA RANG PSIXOLOGIYASINING OʻRNI HAMDA AHAMIYATI
Annotatsiya: Rang psixologiyasini shakllantiradigan asosiy tamoyillardan biri shundaki, har bir rangning ma'nosi bor. Bu ma'nolarni o'rganish mumkin bo'lsa-da, ular ba'zan biologik tug'ma bo'lishi mumkin. Ranglar avtomatik ravishda odamga ta'sir qiladi. Ranglarni idrok etish insonni baholashga olib keladi, bu esa o'z navbatida rang bilan bog'liq xatti-harakatlarga olib keladi.
“FIZIK PRAKTIKUM” FANINI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zarralarning to’lqin xususiyatiga egaligi, klassik yoki kvant mexanikasining qo‟llanilish chegarasi o‘rganilgan.
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARGA CHET TILINI O‘QITISHDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatishning dolzarb muammolari va ularni yengib o‘tish yo‘llari yoritilgan. O‘yin, musiqa, vizual materiallar, fonetik yondashuv va metodik vositalar orqali bolalarda tilga nisbatan ijobiy munosabat va kommunikativ kompetensiya shakllantirish muhimligi ta’kidlanadi.
MAKTAB MUSIQA TA’LIMIDA O’QUVCHILARNI DIRIJORLIK AMALIYOTIGA O’RGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract: Singing in a group (choir) in musical culture lessons in secondary schools is closely related to conducting. In this process, the teacher acts as the leader and conductor of the choir, and at the same time, one of the most important pedagogical tasks is to teach students to sing with an understanding of conducting actions, that is, to acquaint them with basic knowledge of conducting.
O’QUVCHILARNI O’ZBEK MAQOM SAN’ATI BILAN TANISHTIRIB BORISH YO’LIDA MAVJUD MUAMMOLAR
Абстрактный. В содержании данной статьи в процессе уроков музыкальной культуры и внеклассной работы общеобразовательных школ, знакомящих учащихся с искусством узбекского статуса, обсуждаются трудности, возникающие при исполнении некоторых образцов, проблемные ситуации и пути их решения.
DEVELOPING CONDUCTING SKILLS IN STUDENTS THROUGH MUSIC LITERACY CLASSES
Abstract: Singing in a group (choir) in musical culture lessons in secondary schools is closely related to conducting. In this process, the teacher acts as the leader and conductor of the choir, and at the same time, one of the most important pedagogical tasks is to teach students to sing with an understanding of conducting actions, that is, to acquaint them with basic knowledge of conducting.
THE CULTURAL AND CREATIVE FORMATION OF YOUTH IN THE 21ST CENTURY AS A PROBLEM
Abstract: This article reveals the significance of the types of creative and cultural activities, the social and pedagogical content of the concept of creative and cultural activities.
YURAK ISHEMIK KASALLIGI (YIK)
Annotatsiya: Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI TURLI O‘YINLAR ORQALI O‘RGATISH USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini turli o‘yinlar orqali o‘rgatish usullari bayon etilgan. Til o‘rganish jarayonida o‘yinlardan foydalanish bolalarda tilga bo‘lgan qiziqishni oshiradi va o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Maqolada so‘z boyligini oshirish, talaffuzni yaxshilash, eslab qolish va tinglab tushunishni rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli o‘yin shakllari – interaktiv hikoyalar, qo‘shiqlar, harakatli o‘yinlar, flashkartalar, raqamli ilovalar va guruhli faoliyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘yinlar orqali ingliz tilini o‘rgatishning afzalliklari, metodik yondoshuvlari va natijalari haqida ham ma’lumotlar berilgan.
TALAFFUZNI TOʻGʻRILASH DA SAMARALI USULLAR VA ILGʻOR TEXNIKALAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada talaffuzni to‘g‘rilash jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar va ilg‘or texnikalar tahlil qilinadi. To‘g‘ri talaffuz shakllantirishda fonetik mashqlar, audiovizual materiallardan foydalanish, til o‘rgatuvchi interaktiv platformalar va individual yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Maqolada talaffuz xatolarining sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi.
SPECIAL METHODOLOGY IN TEACHING THROUGH GAMES: COGNITIVE AND LINGUISTIC BENEFITS
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘yinlar orqali o‘qitishning maxsus metodologiyasi va uning ta’limdagi afzalliklari tahlil qilinadi. O‘yin usullari yordamida o‘quvchilarning kognitiv (bilish) jarayonlari va til ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. O‘yin asosida ta’lim berish jarayoni o‘quvchilarda motivatsiya, ijodkorlik va mustaqil fikrlashni kuchaytirishi ta’kidlanadi.
THE EVOLUTION AND DEVELOPMENT OF COMPUTERS
Abstract:. This paper investigates the core role of AI in reshaping computational methods, automating tasks, enhancing decision-making, and facilitating breakthroughs in subfields such as machine learning, robotics, and data analytics. The study further discusses ethical concerns, algorithmic bias, and the future trajectory of AI technologies in the digital age.
WAYS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO PRE-SCHOOL CHILDREN
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA CHET TILINI O‘RGANISHDAGI YUZAGA KELADIGAN QIYINCHILIKLAR
SPECIAL METHODOLOGY IN TEACHING PHONETICS TO YOUNG LEARNERS
Abstract: Teaching phonetics to young learners requires unique and effective methodologies tailored to their cognitive development and learning styles. This course paper explores practical and creative approaches for teaching English phonetics to children aged 6 to 12. It highlights the importance of early phonetic instruction, introduces interactive tools such as songs, chants, games, and visual materials, and emphasizes the role of fun and repetition. The purpose of the paper is to equip teachers with strategies that enhance pronunciation, listening, and speaking skills in young learners, while fostering motivation and language confidence.
BOLALAR SONI KO‘P GURUHLARDA CHET TILINI O‘QITIHNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishning dolzarbligi, yosh xususiyatlari asosida til o‘rganish afzalliklari hamda samarali metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar va inglizcha muhit yaratish orqali bolalarda chet tiliga bo‘lgan qiziqish va nutq faolligi oshishi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Shuningdek, davlat dasturlari va pedagogik yangiliklar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING CHET TILINI O‘RGANISHIDA IJODIY VAZIFALARNING O‘RNI
Kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatish – bu murakkab, ammo nihoyatda muhim jarayon bo‘lib, pedagogdan didaktik yondashuv, bolalar psixologiyasini tushunish va interaktiv uslublardan samarali foydalanishni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy til o‘qitishda o‘yinli metodlar, ijodiy topshiriqlar, vizual materiallar, rolli o‘yinlar va interaktiv texnologiyalar katta ahamiyatga ega. Ta’limga emotsional yondashuv bolaning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni faol muloqotga undaydi. O‘yin orqali bilim berish, darslarda musobaqalarga joy berish, tinglab tushunishga asoslangan topshiriqlar, ko‘rgazmali vositalar orqali eslab qolishni kuchaytirish chet tilini muvaffaqiyatli o‘rgatishda muhim omillardir. Shuningdek, o‘qituvchining nutq madaniyati, ta’sirchan ifodasi va pedagogik mahorati bu jarayonda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bolalarning diqqat markazini uzoq vaqt ushlab turish mushkul, shuning uchun 20–30 daqiqalik qiziqarli va dinamik mashg‘ulotlar muhim sanaladi. Mazkur maqolada aynan ana shu yondashuvlar, metodik usullar va ularning bolalar nutq rivojidagi o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN CHET TILIDAGI KITOBLARNI O‘QISH VA HIKOYA QILISH ORQALI TIL BO‘LGAN QIZIQISHINI UYG‘OTISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatishning samarali usullari yoritilgan. Xususan, o‘yin, vizual materiallar, musiqa, texnologiyalar va individual yondashuvning ahamiyati ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O‘RGANILAYOTGAN TIL MAMLAKATI MADANIYATI, ADABIYOTI VA URF-ODATLARI BILAN TANISHTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatish masalasi barcha darajadagi ta’lim muassasalari uchun dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitishga bo‘lgan e’tibor so‘nggi yillarda sezilarli darajada ortdi. Bu esa yosh avlodning lingvistik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda, ularning madaniyatlararo muloqotga tayyor, tolerant va ochiq fikrli bo‘lib ulg‘ayishida muhim rol o‘ynaydi. Erta yoshda boshlangan til o‘rganish jarayoni bolalarning nafaqat eshitish, so‘zlash, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ularda boshqa xalqlar madaniyati, adabiyoti, an’analari va urf-odatlariga nisbatan hurmat va qiziqish uyg‘otadi.Xorijiy tillarni o‘rganish orqali bola yangi til bilan birga, uning ortida turgan butun bir millatning dunyoqarashi, qadriyatlari va ijtimoiy hayoti bilan tanishadi. Bu jarayon esa yosh avlodda tolerantlik, mehr-oqibat, madaniyatlararo muloqotga ochiqlik va xalqaro tushunuvchanlik kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi kunda jamiyatda kommunikativ salohiyati yuqori, chet tillarini yaxshi biladigan, zamonaviy axborot manbalaridan foydalana oladigan, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan yoshlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiatan taqlidga moyil, eshitgan va ko‘rganlarini tezda qabul qiladigan, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga ochiq bo‘lgan guruh sanaladi. Shuning uchun aynan shu davrda chet tilini o‘rganishni boshlash bola uchun katta afzalliklar yaratadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 3–6 yosh oralig‘ida bola miyasi yangi tilni ona tilidek darajada tez va samarali o‘zlashtira oladi. Bu yoshdagi bolalarda talaffuzni to‘g‘ri shakllantirish, yangi so‘zlarni eslab qolish va turli situatsiyalarda foydalanish ko‘nikmalari tez rivojlanadi. Shu sababli xorijiy tilni maktabgacha yoshda o‘rgatish nafaqat mumkin, balki zarur hamdir.Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rgatish maktabgacha ta’lim jarayonining boshqa tarkibiy qismlari – rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, nutqni rivojlantirish kabi faoliyat turlari bilan uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Bu integratsiyalashgan yondashuv orqali bolada ko‘p qirrali ko‘nikmalar shakllanadi, o‘quv jarayoni esa qiziqarli, interaktiv va samarali tus oladi.