Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 18
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA OʻQUVCHILARNI KASB-HUNARGA
QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
VAZIFALARI VA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Xudoyorov Sohibjon Toʻlqin oʻgʻli
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani MMTB ga qarashli
97-umumiy oʻrta taʼlim maktabida psixolog
Annotatsiya
: Kasb qanchalik muvaffaqiyatli tanlansa,inson oʻzini shunchalik baxtli
his qiladi.Ammo har qanday muttaxassislikni egallash uchun yaxshi oʻqish va tanlangan
kasbiga koʻproq qiziqish kerak. Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish
muammolarini o’rganish ham fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb
vazifalaridan sanaladi.
Kalit so’zlar:
Kasb, kasb psixologiyasi, kasbiy faoliyat, bilish jarayonlari, nutq,
xotira, kasblar tasnifi, ruhiyat, psixik taraqqiyot, barqarorlik
KIRISH
O‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq
bilishga olib keladi. Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha
belgilaydi. Insonda ma’lum kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala
bo‘lmasa u hech qanday kasbni egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z
kelajagini to‘g‘ri anglashga, tushunishga olib keladi. Unda istak, xohish paydo bo‘ladi.
Bular bolada ma’lum bir maqsadni shakllanishiga va bu yo‘lda iroda kuchini sarf qilishga
olib keladi. Irodali inson o‘z maqsadi sari intiladi va orzu havaslariga erishadi. Bunda
bolada paydo bo‘luvchi xavas atrofdagi insonlarni kuzatish orqali, ularga aytilgan maqtov
so‘zlarini tinglash va uning mahoratiga qoyil qolish, odamlarni uning mahoratini
maqtashlari, bu insonni bilimdonligi, qo‘lidan ko‘plab ishlar kelishini kuzatishi unda shu
insonga o‘xshashga xavasni uyg‘otadi. Unda orzu, armon, tilak, ishtiyoq va xafsala paydo
bo‘ladi.Bu jarayonlar bolada uyg‘onayotgan ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lib
uni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishning xissiyotlari, irodalari bilan
bog‘liq jarayondir. Katta bo‘lib borayotgan bolada xavas paydo bo‘ladi.
Agarda bola o‘z tilaklarini xafsala bilan amalga oshirmasa, xarakat qilmasa bu armon
va orzu bo‘lib qoladi. Shuning uchun u zo‘r ishtiyoq bilan xarakat qilishi va armonlarini
amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki bu jarayonlar insonga xos bo‘lgan
psixologik jarayonlarni tashkil etadi.Insonning maqsadini vujudga kelishining asosi
hisoblanadi. Albatta bu jarayonda insondan iroda kuchi ham talab qilinadi. Ishtiyoq bu –
zo‘r istak, xohish hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashlari yo‘lidagi bunday jarayonlarni
o‘rgangan psixolog olimlar ularni quyidagicha ta’riflaydilar. Insonni anglash darajasiga
ko‘ra kasb tanlashda quyidagi tomonlar ta’riflanadi. Istak bu intilishning shunday bir
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 19
turidirki, bunda inson faqatgina o‘zining hozirgi holatidan norozi ekanini his qilib tursa
ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini, binobarin, bu maqsadga erishishning yo‘l –
yo‘riqlarini aniq bilmaydi. Bunda kishi nima istayotganini o‘zi anglab etmaydi. Bola o‘zi
nimani istayotganini anglamas ekan bu istakni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Insondagi istak ma’lum darajada anglangan bo‘lsa, tilak – xavasga aylanib ketishi
mumkin. Tilak – havas intilishning shunday bir turidirki, bunda inson faqatgina qanday
maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yo‘llarini aniq bilmaydi.
Bunday tilak bo‘lgan payitda bolada ko‘pincha yangi intilish paydo bo‘ladi. Bunda bolada
tilakka erishish uchun vosita va yo‘llarqidirish, ba’zi vaqtda esa o‘zida tug‘ilgan tilakni
bosishga intilish hosil bo‘ladi. Agarda amalga oshirish uchun vosita va yo‘llar topilsa, u
vaqtda tilak to‘la anglangan va maqsadga intilishning vosita va yo‘llarini aniq
anglanganini ko‘rsatadi. Tilakni tobora anglanib borishi natijasida xohishga aylanib
boradi. Xohish esa to‘la anglangan intilishdir. Bunda inson maqsadi sari anglangan
xarakatlarni bajarishga tayyorlanadi va o‘z irodasini shu maqsad sari yo‘naltiradi. Kasb
tanlashda inson irodaviy xarakatlarni amalga oshiradi. Irodaviy xarakatlar – ilgaridan
mo‘ljallangan xohish bilan amalga oshiriladigan xarakatlardir. Insondagi bu irodaviy
harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin. Ixtiyoriy xarakatlar insonni
anglangan va o‘z xohishi bilan bajariladigan harakatlari hisoblanadi. Irodaviy xarakatlar
motivlar asosida amalga oshiriladi. Motivlar kurashi natijasida inson o‘zining
maqsadlaridan kelib chiqib qarorlar qabul qiladi va shu qarorlarni amalga oshirish uchun
intiladi. Kasb va kasbiy psixologik jarayonlar kasb tanlovchidan quyidagilarni talab
qiladi:
•
Umumta’lim maktablarida beriladigan ta’lim darajalaridagi bilimlarga ega
bo‘lishni;
•
Kasb tushunchasining ta’rifini, uning tabiatini, xususiyatlarini kasblar sonini va
turlarini bilishni;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 20
•
Kasbni inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va u haqida
tasavvurga ega bo‘lish;
•
Kasb tanlashga kerak bo‘lgan idrokni , xohishni mavjud bo‘lishi; · O‘z maqsadi va
manfaatini to‘g‘ri anglab olgan bo‘lishi; · Kelajagi haqida tasavvurlarni bo‘lishi.
•
Yoshlar o‘z kelajagini anglagandagina, o‘z qiziqishlari va manfaatlarini aniqlab
olgandagina, hayotini tashkil etishdagi ehtiyojlarini tushungandagina kasbni tanlashlari
onson kechadi. Kasb insonni boquvchi asosiy omil va hayotini tashkil etuvchi asos
hisoblanadi.
•
Kasb haqida
ko‘plab
olimlar
o‘z fikrlarini bildirganlar.
Kasb-kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi, muayyan ish turini
malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasb inson
uchun zarur bôlgan,bôsh vaqtida shug'ullanadigan,Vatani uchun xizmat qiladigan
ishdir.Kasblarni hamma ham egallay olmaydi.Kasb oʻrganish uchun eng avvalo ôqish va
bilim olish zarurdir.Bilim olish igna bilan quduq qazishdek gap.Agar insonda bilim
bôlmasa u oʻzi istagan biror bir kasbni egallay olmaydi. Hayotda kasblar shunchalik
kôpki,ular orasidan bittasini tanlash shunchalik qiyin.Shunga qaramasdan inson ôzi
yoqtirgan,kasbli kishilarni kôrib shu kasbni yoqtirib qolib shu kasbni egallashga harakat
qiladi.
Kasb qanchalik muvaffaqiyatli tanlansa,inson oʻzini shunchalik baxtli his
qiladi.Ammo har qanday muttaxassislikni egallash uchun yaxshi oʻqish va
tanlangankasbga koʻproq qiziqish kerak. Shunday qilib, insonning kasbiy shakllanish
muammolarini o’rganish ham fundamental ham amaliy tadqiqotlarning dolzarb
vazifalaridan sanaladi. O’z-o’zini anglashning chegaralanganligi bu-erkinlikni
chegaralanishi hisoblanadi. Agarda mutaxasis o’zini chuqur bilsa, boshqalarni ham chuqur
tushuna oladi. Shaxsiy ma’suliyatlilikni qabul qilish ham muhim sifatlardan hisoblanadi.
Insoniyat paydo bo‘libdiki u har doim o‘zini boqishga, ehtiyojlarini qondirishga harakat
qilgan va hozirda ham shu yo‘ldan bormoqda.Inson o‘z ehtiyojlarini eng avvalo oziq –
ovqat, boshpana, kiyim – kechaklarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishdan boshlagan.
Keyinchalik yangi sivilizatsiyalar paydo bo‘lgach, ya’ni insoniyat madaniyatlashib borgan
sari o‘z ehtiyojlariga kerak bo‘lgan maxsulotlarni ishlab chiqara boshlagan. Bular eng
avvalo shu sohadagi kasb egalarini paydo bo‘lishiga va jamiyatni shu maxsulotlarga
bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intilishlarni paydo qilgan. Jamiyat rivojlana borgan sari
yangi kasblar paydo bo‘lgan va rivojlanib borgan. Insonlar esa yaxshi yashashga
intilganlar. Buning uchun kasb tanlaganlar, tajriba oshirganlar va bilimlarni to‘plaganlar.
Kasb – inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat
turi, sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li
bilan erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi
ixtisoslari bor. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida –
remontchi chilangar, asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 21
Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod
kasblar mavjud. Shuni aytish joyizki jamiyat rivojlangan sari kasblar ham ko‘payib boradi.
SHu bilan birga kasb bu jamiyatdagi qabul qilingan huquqiy – normativ qonunlarga amal
qilishi zarur bo‘ladi. Kasb – hunarli bo‘lsh inson uchun zarur bir ehtiyoj ekanligini buyuk
avlodlarimiz o‘z asarlarida aytib o‘tganlar. Deylik Kaykovus o‘zining “Qobusnoma”
asarida shunday yozadi “Bas, agar aqling bo‘lsa xunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql –
boshsiz tan, suratsiz badandekdir… Ey farzand, ogoh bo‘lki, xunarsiz kishi hamisha
foydasiz bo‘lur va hech kishiga naf’ etkurmas.” Hozirda o‘sib kelayotgan yoshlar o‘z
qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni
tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli, yaxshi o‘tkazishlari uchun intiladilar. Ularga
bu kasblarni tanlashlarida kasb psixologiyasining o‘rni va ahamiyati juda katta. “ Men
kelajakda kim bo‘laman?”, “Yaxshi yashashim uchun qaysi kasbni tanlashim kerak?”,
“Mendagi iqtidor shunga etadimi?”, “Kelajagimdan qoniqamanmikan?” degan ko‘lab
savollar yoshlarni o‘ylantiradi. Bu savollarga javob olish uchun ular ko‘plab kuzatadilar,
hayotdan ma’lum bir malakalar olishga intiladilar.
XULOSA
Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi. Bunga ularni tayyorlab borish
zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining “Kasb qanday tanlanadi”
kitobida keng yoritib bergan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Kaykaus. “Qobusnoma” T., 1994 y. 26 b.
2. Gurevich K.M. Дифференциальная психология и психодиагностика. 2008
3.S.X.Jalilova Kasb Psixologiyasi.2010y
4. Sobirovna, U. M. (2022). INTERACTIVE LEARNING METHODS USED
IN THE EFFECTIVE ORGANIZATION OF TECHNOLOGY COURSES.
Open
Access Repository
,
9
(11), 106-113