Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 12
PSIXOLOGIYANING MAQSADLI VAZIFALARI HAMDA
TA’LIM SOHASIDAGI OʻRNI
Sultonova Madina Axmad qizi
Buvayda 21-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir.
Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning
tevarakatrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib,
uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti
odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan
iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri,
irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Kalit so’zlar:
Psixologiya, inson,tarbiya, ta’lim, ijtimoiy munosabat, shaxsning
mohiyati, psixik rivojlanish, tafakkur, mulohaza,ruhiy rivojlanish
KIRISH
Ta’kidlash joizki, ta’lim yetakchi rolni bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o’zaro
birbiriga bog’liqdir; ular alohida sodir bo’ladigan ikki jarayon bo’lmay, balki bir butun
jarayondir Ta’limsiz to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga
turtki bo’ladi, rivojlanishni o’z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug’ilganda ta’lim
mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin
bo’ladi, lekin, ta’lim rivojlanishga turtki bo’lish bilan bir vaqtda o’zi rivojlanishga
tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki
qoidalarini albatta, inobatga oladi. Ta’limining imkoniyatlari juda keng bo’lsa-da, biroq
cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy talim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-
tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o’zlashtirish insoniyatning tarixi
taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta’kidlaydi. U olga
surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko’ra, psixik
faoliyat taraqqiyot uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli alomatlar
bilan avval tashqi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» shaklini egallash
tushuniladi.
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan «psixik
taraqqiyotning eng yaqin zonasi” tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl
mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga
oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan «psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi»
tushunchasi «ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi» degan umumiy qoidaning yaqqol
mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 13
E.Torndayk va J.Piajening ta’lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb tushuntirishiga
qaramay L.S.Vigotskiy: «.Bola taraqqiyotinn hyech mahal maktab ta’limidan tashqaridagi
soya deb hisoblash mumkin emas», - deb ta’kidlaydi. Bundan tashqari, ta’lim va taraqqiyot
bir-biriga tobe bo’lmagan jarayonlardir, degan yo’nalishdagi psixologlarni ham u qattiq
tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta’limning bola taraqqiyotidagi o’rniga alohida ahamiyat
beradi, shuning uchun o’quvchilarning aqliy rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri maktab dasturi
mazmuniga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha-ta’lim jarayonida bolalar
ma’lum qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta’lim ta’siri natijasida
o’quvchilarda o’z-o’zini va o’zining aqliy faoliyatini nazorat qilish yuzaga keladi.
Psixolog olimlardan V.V.Davidov, P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, N.AMenchinskaya,
A.A.Lyublinskaya, E.G.Goziyevlar o’z tadqiqotlarida ta’limning taraqqiyotdagi yetakchi
rolini ta’kidlashadi.
Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, psixikada
yuzaga keladigan o’zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni harakatta keltiruvchi
kuchlar nimalardan iborat, degan savolning tug’ilishi, tabiiydir. Bolaning psixik
rivojlanishini harakatlar keltiruvchi kuchlar murakkab va turlitumandir. Rivojlanishning
mohiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar bolaning, psixik
rivojlanishini bevosita harakatta keltiruvchi kuchlar, ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga
keladigan hamda bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik o’rtasidagi qarama-
qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga
keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;
bolaning o’sib borayotgan jismoniy va ruhni imkoniyatlari bilan esa, tarkib topgan o’zaro
munosabat shakllari va faoliyat turlari o’rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta
odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning
mazkur darajasi o’rtasidagi ziddiyatlar qiradi.
Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan
bo’lgan tayyorlik bilan xatti-harakatlarning mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki
kechinmalarga bog’liqligi o’rtasida ziddiyat mavjuddir o’smirlarda esa eng kuchli
ziddiyatlar bir tomondan, uning o’ziga, o’zi baho berishi va o’z talablari darajasi va
ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo’lgan munosabatlari haqidagi ichki
kechinmasi o’rtasida. Shuningdek, o’zining jamoadagi real mavqyei to’g’risidagi ichki
kechinmasi o’qishsada, katta odamlar hayotida to’la huquqli a’zo sifatida qatnashishi
ehtiyoji bilan bunga o’z imkoniyatlarining mos kelmasligi o’rtasida paydo bo’ladi.
Ko’rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik faoliyatlarni
tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik rivojlanishning yanada
yuksakroq bosqichiga ko’tariladi. Ehtiyoj qondiriladi - ziddiyat yo’qoladi. Biroq
qondirilgan ehtiyoj, yangi ehtiyojni tug’diradi. Bu ziddiyat boshqa bir ziddiyat bilan
almashinadi, taraqqiyot davom etadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 14
Rivojlanish faqat sof miqdor o’zgarishlari jarayonidan, ya’ni qandaydir psixik
hodisalarning, xususiyat va sifatlarning ko’payishi yoki kamayishidan iborat bo’lib
qolmay, balki sifat jihatdan yangi xususiyatlarning, ya’ni yangidan hosil qilingan
sifatlarning paydo bo’lishi bilan bog’likdir.
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib
topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog’liqlini dalillar asosida izoxlab beradi.
Ulardan;
-
birinchisi - inson tug’ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri;
-
ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta’lim
tarbiyaning ta’siri;
-
uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy
xususiyatlarning ta’siridir.
Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy
muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida
yashab ulg’ayadi, shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu
ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik
darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi.
Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha
psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarakatrofidagi
ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy
turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan
munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning
natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari,
qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik
jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay,
balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Bu borada, birinchidan, odam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt bo’lmay, balki faol
mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini belgilamaydi, balki
odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali
belgilanadi. Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, balki odamning tevarakatrofdagi
muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi
ta’sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi
vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning
hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi
orqali ta’sir qiladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 15
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini
o’zgartirishi, ya’ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin, lekin, bu jarayon
atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan
o’zaro munosabatda sodir bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning,
o’quvchining) ijtimoiy tashqil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi,
vositasi hamda shartidir.
O’z-o’zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik
imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib topishi uchun
muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo’lishi shart. Bu
tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanigani harakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki
faqat dastlabki sharoitlardir, xolos.
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatta keltiruvchi kuch emasligiga qaramay,
insoniyat psixik taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi.
Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo’llarini va
usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning
hyech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi, Hyech bir me’yordagi bola dadil yoki
qo’rqoq, irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib
tug’ilmaydi, Agarda tarbiya to’g’ri tashqil qilinsa, nerv sistemasida xarakterning barcha
ijtimoiy qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o’z-o’zini
tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo’lgan bolalarda ham, yoki nerv
sistemasining tipi vazmin bo’lgan bolalarda ham tarbiyalash mumkin bo’ladi. Biroq
birinchi hol bolalarni tarbiyalash ikkinchi holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq
bo’ladi. Har ikkala holda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo’llari va usullari ham turlicha
bo’ladi.
Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror sohada erishgan yutuqlari darajasiga
ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, qobiliyatda tug’ma individual farqlar mavjud. Shu
sababli ba’zi odamlar boshqa odamlardan ma’lum bir faoliyatni egallash imkoniyati
jihatidan ustun turishadi. Bazida esa aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati
jihatidan esa ulardan ortda qolishlari mumkin. Mana shu ma’noda odamlar o’z
qobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy ko’nikishlar
o’quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma’lum ahamiyatga ega bo’lsa ham (shu sababli,
masalan, ta’lim jarayonida ayrim o’quvchilardan boshqa o’quvchilarga nisbatan ko’proq-
zo’r berish talab qilinadi, ayrim o’quvchiga o’qituvchi ko’proq kuch sarflaydi, e’tibor
beradi va ko’proq vaqt ajratadi), bu ko’nikishlarning o’zi psixik taraqqiyotda hal qiluvchi
rol o’ynamaydi.
Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta’lim va tarbiya, ikkinchi
tomondan esa rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada
muhokama qilmoqdalar.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 16
Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar
bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir:
1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik tuzilishi jihatidan
yetilishi;
2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum o’sish darajalari sifatadagi, o’ziga xos aqliy
yetilish sifatidagi psixik rivojlaiishi, o’z-o’zidan malumki, aqliy rivojlanish miya
tuzilishining biologik yechilishi bilan bog’liqdir va bu xususiyat ta’lim-tarbiya ishlarida,
albatta, hisobga olinishi lozim, chunki ta’lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor
eta olmaydi. Biroq miya bo’zilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta’lim-
tarbiyaga mutlaqo bog’lanmagan holda o’zining qatiy biologik qonunlari asosida sodir
bo’ladi, deb bo’lmaydi. Muhit, ta’lim-tarbiya va tegishli mashq, miya tuzilishining organik
jihatdan yetilishiga yordam beradi.
Bu jarayonda ta’lim qanday mavqyega ega? Ta’lim rivojlanishga nisbatan yetakchi
vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qilinishi ta’lim jarayonining
mazmuni va metodikasini, o’quv dasturlari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi.
Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta’lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi
va unga moslashadi, degan fikrni olg’a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixolog
L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor,
degan qoidani birinchi bo’lib ilgari surdi va uni ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni
o’z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab beradi. Yuqorida bayon qilingan
birinchi fikrga muvofiq ta’lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan
foydalanadi Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga xalaqit
bermaslik, balki ta’lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish
kerak.
Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g’oyalar bilan
yo’g’rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o’sishi o’zining ichki qonunlari asosida
rivojlana borib, sifat jihatdan o’ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o’tadi. Ta’lim
- bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir,
lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hyech qanday jiddiy ta’sir ko’rsata olmaydi.
Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy
tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish foydasizdir. Ta’limning turli
bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan
yoshidan qat’iy nazar bog’liqligi ana shundan kelib chiqadi.
XULOSA
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib
ko’rsatmoqdalar. Biroq muhit ta’siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu
qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatta va tarbiyaga
bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik
rivojlanishning notekisligi qiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 17
hatto ta’lim va tarbiyaning eng qo’lay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari,
funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab turmaydi. Bolaning
ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo’nalishlarida rivojlanish uchun nihoyatda
qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu sharoitlarning ba’zilari vaqtinchalik, o’tkinchi
xarakterda bo’ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng
qulay sharoitlar bo’lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. Bunday
senzitivaik davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilgan qonuniyati ham,
ayrim psixik jarayonlar va xususiyatlar ham, hayotiy tajriba ham sabab bo’ladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1. Xomidov, A. A., & Abdirahimov, A. A. (2021). TRANSPORT LOGISTIKASIDA
ZAHIRALAR VA OMBORLASHTIRISH. Internauka,(45-3), 100-103.
2.
Хомидов,
А.
А.
СотиболдийевНМ
(2022).
ОРГАНИЗАЦИЯ
МЕЖДУНАРОДНЫХ
ПЕРЕВОЗОК
НА
ВНЕШНЕЙ
ТОРГОВЛЕ.
Internauka,(224_2), 74-76.
3.
Ahmadjon o’g’li, X. A., & Muhammadali o’g’li, T. M. (2022). ISHLAB CHIQARISH
LOGISTIKASI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI, 2(1), 401-404.
4.
Anvarbek, X., & Murodjon, T. (2022). ELIMINATING CONGESTION ON
INTERNAL ROADS. Universum: технические науки, (2-7 (95)), 29-31.