Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 91
OʻQUVCHILARDAGI JIZZAKILIK, AGRESSIYAGA QARSHI
IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
IMKONIYATLARI
Mamanazarova Manzuraxon Abdualiyevna
Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli
14-maktab amaliyotchi psixologi
Annontatsiya:
Mazkur ilmiy maqolada bolalardagi agressiv xatti-harakatlarni paydo
bo’lish sabablarini o’rganilib chuqur tahlil qilingan va korreksiyalash jarayoni
o’rganilgan. Pedagoglar tomonidan bolalardagi agressiya darajasi aniqlanib, agressiya
jarayoni darajasi pasayishi kuzatilgan. Agressiya holatlarini korreksiyalash uchun ot-
onalarga tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
agressiya, korreksiya, oila munosabatlari, bolalik davri inqirozi, ruhiy
zarba, jamiatdagi o’rni,psixika, jizzakilik
KIRISH
Bolalardagi agressiv xatti-harakatlar yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillardan paydo
bo’lishini aniqlangan. Nosog’lom oila muhiti bolaning agressiv xatti-harakatlarning paydo
bo’lishinig asosiy sababidir. Chunki ta’lim va tarbiya doimo oiladan boshlanadi. Oiladagi
ota-onaning munosabatlari urush-janjallari orqali bolalarda qo’rquv shakllanadi. Bu
qo’rquv tufayli u o’ziga nisbatan ishonchsizlik orttiradi, atrofdagilarga nisbatan qo’rquv
orqali bola yolg’iz o’zi qolib ketadi, kattta bo’lganda ham jamiyatda atrofdagilarga
qo’shila olmaydi. Bolalardagi agressi xatti-harakatlar paydo bo’lmasligi uchun nosog’lom
oila muhitini to’g’irlash lozim. Yuqorida biz faqat nosog’lom oila muhitidagi bitta holatni
ya’ni oiladagi nosog’lom munosabatlar orqali bolada qanday agressiv xatti-harakatlar
bo’lishi va kelajagidagi ta’sirini o’rganib chiqdik xolos. Bolada agressiv xatti-harakatlarni
oldini olish uchun ota-onalarga maslahatlar.Birinchidan oila muhitini to’g’irlash urush-
janjallarni kamaytirish.Ikkinchidan ota-onaning farzandiga bo’lgan munosabatini,
ishonchini oshirish, bolaga imkon yaratib berish.Uchinchidan ota-onalarga bolalari orqali
o’zlarining bolalik damlarini eslatib, farzandidagi talab darajasining yuqoriligini, injiqlik,
sho’xliklarini qabul qilishni o’rgatish kerak.
Bolalardagi agressiv xatti-harakatlarni korreksiyalash uchun
Bolalardagi agressiv xatti-harakatlarni bartaraf etish uchun kelib chiqish
sababini o’rganish.
Har bir bola bilan individual psixolog-pedagog shug’ullanish.
Bolaga ta’sir etadigan agressiv omillarni kamaytirish uni ko’rishiga yo’l
qo’ymaslik.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 92
Psixologlarning yakka tartibda faqat bola bilan emas uziviy ravishda ota-ona
tarbiyachilar bilan shug’ullanish.
Agressiv xatti-harakatlarni bartaraf etish uchun bolaga atrofdagi mo’jizalarni,
ko’rsatish.
Bolada muloqot ko’nikmalarini shakllantirish.
Atrofdagilarga nisbatan iliq munosabatlarni paydo qilish.
Ota-onalariga nisbatan ishonch tuyg’usi yaxshi ko’rish sevilish tuyg’usini
shakllantirish.
Qiziqish qobilyatlarini o’rganib chiqqan holda o’zi shug’ullanishni o’zi
bajarashni istagan mashg’uloti uchun imkoniyat yaratib berish
Bola kayfiyatini ko’taruvchi musiqaterapiyasi, izoterapiyalardan foydalanish,
tavsiyya etiladi.
Agressiv bolalarning ota-onalariga tavsiyalar
1.
Farzandingiz bilan birga o’ynang
2.
Farzandingizni kamsitmang yaxshi muomalada bo’ling
3.
Farzandingizga haddan ziyod to’siqlar qo’ymang uni jismoniy jazolamang
4.
Farzandingizni qo’rqitmang atrofdagilarga nisbatan qo’rquv paydo qilmang
5.
Farzandingiz bilan o’rtangizda kelishmovchilik chiqqanda g’azabingizni
jilovlab, aziyatni to’gri tushuntiring
6.
Farzandingizga e’tiborli bo’ling atrofdagilarga nisbatan g’amxo’rlik qilishi
uchun imkon yarating, farzandingizni yaxshi ko’rishingizni doimo eslating.
7.
Farzandingizni eshiting, qiziqishlari va savollariga javob bering, eng asosiysi
oiladagi agressiv munosabatlarni yakunlang.
Inson qaysi sohada faoliyat olib bormasin, o’z faoliyati davomida agressiya, stress
holatlariga duch keladi. Agressiya stress natijasida ishchi hodimlarda kayfiyat yo’qligi,
sog’liqlarida bo’lgan muammolar, ish qobiliyati samaradorligi susayishi kuzatilgan.
Agressiya stress jarayonlari bu yosh bilan bog’liq bo’lmagan jarayon hisoblanadi. Sababi
hozirgi kunga kelib bolalarda ko’p aniqlanyapdi. Agressiya xatti-harakatlari bolalarda
ham uchrab ularda uyquni buzulishi, ovqatlanish tarzining buzilishi, asabiylashish,
jizzakilik holatlari ko’p kuzatilmoqda. Xo’sh agressiya o’zi nima? Agressiya ilmiy
adabiyotlarda “aggressio”- xujum yo’naltirilgan salbiy xulq-atvor ijtimoiy muhitdagi
qoidalarga normal amal qilmaslik, insonlarga jismoniy va ruhiy zarar keltirish” deya
ta’riflanadi. Bolalar agressiyasi esa bolalarga xos yo’naltirilgan tajavvuzkorona xatti-
harakatlar hisoblanadi. Bu davrda bolalarda alam, o’ch olish tuyg’usi, g’azab, faqat “men”
degan tushuncha paydo bo’ladi. Ba’zi bir manbalarda agressiya bu bolalardagi qo’rquvni
yashirish holatlarida psixologik jihatdan o’zlarini himoya qilishdir deb ta’kidlangan. Nega
bola hayotida qo’rquv paydo bo’lishi, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik, sabablari
o’rganilganda oilaviy nosog’lom muhit yoki tashqi muhitda bo’ladigan voqea hodisalar
bolalarda kuchli agressiya holatlari bolalik davri inqirozini olib kelishi mumkin. Bola yosh
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 93
davrlari inqirozi vaqtida qiyinchiliklarga duch keladi va natijada uning xatti-harakatlarida
xarakterida agressiya holatlari seziladi. Agressiya holatlari bolada chuqur taassurot
qoldiradi va agressiya holatining tugatilishi qiyin bo’ladi.
Agressiv bolalar xususiyatlari:
Atrofdagilarga nisbatan qo’rquv
O’ziga va atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik
O’zini nazorat qila olmaslik
Asabiylashish, kayfiyat yo’qligi
O’ziga nisbatan salbiy munosabatlarni his qilish va h.k
Bolalardagi agressiv xatti-harakatlar
Ruhiy zarba berish
Atrofdagilarga nisbatan taqlid
Jismoniy zo’ravonlik (ba’zi vaqtlarda atrofdagilarga yoxud o’ziga nisbatan
zarar yetkazish)
Bolalardagi agressiv holatlarni paydo bo’lishiga va rivojlanishiga ta’sir etuvchi
asosiy omillar.
1.Nosog’lom oila muhiti
Ota –ona mehridan uzoqligi
O’zini kerak emasdek his qilish
Oilada farzandning o’rni yo’qligi
Farzandining qiziqishlariga ota-onaning befarqligi
Oilada ota-onaning munosabatlarida urush va janjallar
2.Kattalarning bolalarga munosabati
Bolaga taxdid qilish
Qo’rquv uyg’otish
Bolaga jismoniy zo’ravonlik
Bolaga hukm o’tkazish ayblolar
Bola bilan negativ muloqotlar
3.Bolaga ommaviy axborot vositalarining ta’siri
Jangari kinofilmlar
Yoshiga mos emas multfilimlar
Internet tarmoqlaridan ko’p foydalanish zararli malumotlarni izlash
4.Bolaning tengdoshlari bilan munosabatlari
Tengdoshlari orasidagi o’rni
Tendoshlarining munosabatlari, ishonchsizligi va h.k.
XULOSA:
Bolalardagi agressiv xatti-harakatlarni korreksiyalashda 3 shaxsning otaonaning,
atrofdagi yaqin insonlarning va tarbiyachining bolaga qilayotgan munosabatalarni,
mehribonlik va g’amxo’rlik, ishonch tuyg’ulari yordam bera oladi. Mashxur oilaviy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 94
trapevt Virdjiniya Sair bolani kuniga bir necha marta quchoqlashni tavsiya etadi. Bu
bolaga mehrni his qilishiga yordam beradi. D.B.Elkonin fikricha bolalardagi idrok qilish,
fikr yuritish qobilyatlari ortib borgani ehtiyojlari ham oshib boradi, atrofdagilar bilan
yaxshi munosabatga kirishish tuyg’usi shakllanadi. Buning uchun esa bola ota-onaning a
trabiyachining yordami va rag’batiga muhtoj bo’ladi. Ota-onalar farzandini rag’batlantirib
turishi kerak deydi. Shu sababli agressiv bola bilan ishlash bir muncha qiyin bo’lishi
mumkin bu jarayonda ota-onalarga sabr, mehr va natijaga erioshadigan yo’l talab qilinadi.
Bolada ta’lim-tarbiya darajasi yaxshi bo’lgan, mustaqil fikrlay oladigan sog’lom, ruhiy va
jismoniy tarafdan mustahkam irodaga ega shahxs bo’lib o’sadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Z.T.Nishonova, Sh.T.Alimbayeva, M.V.Sulaymonov darslik “Psixologik xizmat”
Toshkent-2013
2.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti
-2010
3.
OwlCation:”Agressiyaning
sabablari:psixologik
nuqtai
nazar”.
OwlCation:owlcation.com saytidan 2019-yil 7-0ktabrda olingan.
4.
“Agressiv xatti-harakatlarning buzilishi” Sog’lom bolalar. Qabul qilingan sanasi:2019
yil 7-oktabr, Sog’lom bolalar: healthychildren.org.