Авторы

  • AZIZBEK ERGASHOV
  • KUMUSHOY ERGASHOVA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59633

Аннотация

 ushbu maqolada olxo'ri bog‘ qator oralaridan foydalanish, yerga ishlov berish, sug‘orish rejimi ogitlash tartibi, bir so‘z bilan aytganda bog‘larda qilinadigan tadbirlar hamda ishlov berish texnologiyasi haqida so‘z yuritiladi. . Olxori boglari qator oralariga ishlov berish yetishtirilayotgan mevalarning serhosil bolishi hamda sifatli mahsulotlarni yetishtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligidan dalolat beradi. Shu o‘rinda daraxtlarning rivojlanishi va hosilning sifat ko‘rsatkichlarini  o‘zgarishini ko‘rish mumkin.  


background image

12

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

OLXO‘RI BOG‘LARI QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH

VA DARAXTLARNI PARVARISH QILISH.

ERGASHOV AZIZBEK ILASHBOY O‘G‘LI

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi tel.970209500

ERGASHOVA KUMUSHOY ABDUMANNOB QIZI

Guliston davlat universiteti talabasi

Guliston Davlat Universiteti

e-mail. azizbekergashov95@gmail.com.

https://doi.org/

10.5281/zenodo.14496587

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 11-dekabr 2024 yil

Ma’qullandi: 13-dekabr 2024 yil

Nashr qilindi: 15-dekabr 2024 yil

ushbu

maqolada

olxo'ri

bog‘

qator

oralaridan foydalanish, yerga ishlov berish,

sug‘orish rejimi o‘g‘itlash tartibi, bir so‘z bilan

aytganda bog‘larda qilinadigan tadbirlar hamda

ishlov berish texnologiyasi haqida so‘z yuritiladi. .

Olxo‘ri bog‘lari qator oralariga ishlov berish

yetishtirilayotgan mevalarning serhosil bo‘lishi

hamda sifatli mahsulotlarni yetishtirish bugungi

kunning dolzarb masalalaridan ekanligidan

dalolat beradi. Shu o‘rinda daraxtlarning

rivojlanishi va hosilning sifat ko‘rsatkichlarini

o‘zgarishini ko‘rish mumkin.

yerga ishlov berish, shudgor,

qator orasini haydash; mahalliy va

mineral

o‘g‘itlar,

oziqlantirish,

sug‘orish turlari

.

Kirish.

Olxo‘ri bog‘lari qator oralaridan to‘g‘ri foydalanish, yerga ishlov berish, sug‘orish va

daraxtlarga o‘g‘it solish ishlar tushuniladi. Tuproqqa ishlov berishdan asosiy maqsad yening

unumdorligini oshirish va holatini yaxshilashdir. Ammo, bundan tashqari bog‘ qator

oralaridan iloji boricha yuqori serhosil mahsulotlar yetishtirish uchun ham foydalaniladi.

Bulardan tashqari bog‘ qator oralaridan mumkin qadar ko‘proq yuqori sifatli mahsulotlar

bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari, yem-xashak va texnik ekinlar yetishtirish uchun ham

foydalanish mumkin. [1]

Asosiy qism va natijalar

Olxo‘ri bog‘ qator oralarini shudgor qilish butun o‘suv davri davomida tuproqda nam to‘plash

va namlikni bir me’yorda saqlash imkonini beradi. Shu sababli suv kamchil joylarda yerni

shudgor qilib qo‘yish ayniqsa foydalidir. Shudgor qilish tuproqdagi havo va issiqlik rejimini

yaxshilaydi, tuproqdagi biologik jarayonlarning kechishiga va oziq moddalar, ayniqsa

nitratlarning to‘planishiga yordam beradi, yerdagi zararli va begona o‘tlardan halos qiladi.

Shudgordan keyin olxo‘ri hosili ancha sifatli va serhosil bo‘ladi. Shuni ham inobatga olish

kerakki yer uzoq muddat shudgor qilinga holatda turadigan bo‘lsa uning tarkibi va holati ancha

buziladi, havo aylanish va suvni o‘zlashtirish hususiyatlari yomonlashadi, tuproq kukunlashadi

va berch botqoq holatga keladi, bu esa ildiz sistemasining rivojlanishiga va mikroorganizmlar

faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada olxo‘ri daraxtlari sekin rivojlanadi va mevalar

hosili kamayib mevalarda foydali vitaminlar kam to‘planadi. Qiyalik hududlarda joylashgan

bog‘lani shudgorlash tuproq eroziyasini kuchaytiradi. Daraxtlar qator orasidan foydalanishda

daraxt tanasi yonidan va tuplar orasidagi masofa eni 1,7-2 m oralig‘ida qoldiriladi. Daraxtlar


background image

13

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

har yili tahminan 0,5 m atrofida kengayib salobatli bo‘lib boradi. Shuning uchun ham

mahsulotlar ekiladigan va ko‘chatlar o‘tqaziladigan masofa yildan-yilga qisqarib boradi.

Olxo‘ri maydoni oralariga bir hil tarizda uzoq yillar mobaynida bir hil bo‘lgan ekinlar

mahsulotlar ekiladigan bo‘lsa yer holati kuchsizlanadi, ekinlar hosili sezilarli darajada pasayib

ketishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pincha qator oralariga bir yillik o‘simliklar ekish

tavsiya qilinadi, zarur bo‘lgan holatlardagina ko‘p yillik sideratlar ekiladi yoki bo‘lmasam

shunchaki shudgorlab qo‘yiladi. Bunday qilishdan asosiy maqsad tuproq holatini yashilab

borish oraliq ekinlarni ekib qo‘shimcha daromad olib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xaridini

rejasini bajarishga hamda ishchi kuchini va mexanizimlardan to‘liq foydalanishdir. Qator

oralariga ekiladigan ekinlarning namlikka, oziq moddalarga, suv resurslariga bo‘lgan

talabchanligi hamda ularni yig‘ishtirib olish texnikasi va texnologiyasini inobatga olgan holda

ekish va rejasini tuzish maqsadga muvoffiqdir. Daraxtlar hosilgan kirib shox-shabbasi

kengayib ketgan bog‘ qator oralariga ekinlar ekish tavsiya qilinmaydi. Bunday yerlarni

faqatgina shudgorlab ishlov berib qo‘yish yoki har 3-yilda bir dukakli ekinlarni ekish kifoya

qiladi. Siyrak qilib ekilgan olxo‘ri bog‘ qator oralariga beda ekib qo‘ysa ham bo‘ladi, bu yerda

azotni ko‘payishiga yordam qiladi. Bog‘ yerlariga ishlov berishda tuproq holatining yomon

bo‘lib ketishi, havo o‘tkazuvchanligi, suv o‘tkazishi yaxshi bo‘lishi hamda begona o‘tlardan holi

bo‘lishi zarur. Hosil terib olingan hamda oraliq ekinlar yig‘ishtirib olingandan so‘ng kuzgi

ishlov berish tadbirlarini amalga oshirish daraxtlar ostini yaxshilab yumshtib qo‘yish

maqsadga muvoffiqdir. Shudgor qilishda yer 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, bunda ildizlarni

zararlamasdan tadbirlarni amalga oshirish kerak. Yosh o‘tqazilgan daraxlar ildizi yuzaroq

joylashganini inobatga olib yuzaroq haydash tavsiya etiladi. Shudgor qilingan bog‘lar shu

holatda bahorgacha qoldiriladi, moboda shamol ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa yerlarni qurib qolishini

oldini olish maqsadida boronalab qo‘yish tadbirlari amalga oshiriladi, aks holda daraxtlar

orasidagi yer qurib qirg‘oqchilika chidamsiz bo‘lib qolishi mumkun. [2]
Daraxtlar o‘suv davrida qator oralari begona o‘tlardan tozalangan hamda yumshatilgan

bo‘lishi lozim. Agar tuproq zichlangan bo‘lsa kultivatsiya yoki chizil qilingandan keyin

yaxshilab kesakklardan hamda begona o‘tlardan tozlash maqsadida borona qilinadi. Olxo‘ri

bog‘lari qator orasi shudgor qilib qo‘yilgan bo‘lsa, aprel-may oylarida daraxt gullagandan

keyin begona o‘tlar chiqishi bilan kultivatsiya qilinadi. Agar tuproq berch bo‘lib holati

yomonlashgan bo‘lsa chizil yoki borona qilinadi. Kultivatsiya va boronalash bilan birga

bahorada daraxt tanasi atrofidagi doiralar vat up oralaridagi masofalar yaxshilab yumshatib

chiqiladi. Yozda bog‘ qator oralari yaxshilab 2-3 marotaba kultivatsiya qilinadi. Har

sug‘orishdan keyin yoki yomg‘irdan so‘ng yerga ishlov berish lozim. Bog‘da o‘suv davrida

qator orasi yerlariga ishlov berish tirgovuchlar qo‘yilguncha amalga oshirish mumkun. [3]
Jildiratib sug‘orish –og‘ir tuproqda 100-120 sm qator ora, o‘rta qummoq tuproqlarda 80-100

sm qator ora, yengil qumoq tuproqlarda 60-70 sm qator ora. Birinchi egat olish yosh olxo‘ri

bog‘larida daraxt tanasidan 0,5 m va hosilgan kirgan bog‘larda 0,75-1 m masofada o‘tkaziladi.

Hammasi bo‘lib 6-8 egat olinadi. Egat uzunligi 150 m, qiyaroq erlarda esa 75-100 m. Shag‘al

toshlilarda esa 50 m.gacha bo‘ladi.Yosh bog‘larni esa halqasimon ariqchalar olib sug‘oriladi.

Meva daraxtlarining qancha suv sarflashi iqlim omillari, o‘simliklarning tabiati, ularning

yoshi, hosilning miqdori va qo‘llaniladigan agrotexnologik tadbirlariga qarab belgilanadi.

Sug‘orish yerning namligini ta’minlabgina qolmay balki uning mikroiqlimini ham yaxshilaydi.

Sug‘orish mikrobiologik jarayonlarni kechishiga hamda solingan o‘g‘itlarni daraxt

o‘zlashtirishi yengilashadi.

Shira harakati boshlanganda o‘simliklar, ayniqsa namga talabchan bo‘ladi. Olxo‘ri daraxti

qanchalik kattalashib borsa, hosilga kirib mevalari yiriklashib borgan sari suvga bo‘lgan talabi

ortib boradi. O‘sish davrining oxiriga borib suvga bo‘lgan talabchanlik kamayib boradi.[3]


background image

14

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

1-jadval

Olxo‘ri bog‘larini sug‘orish me’yori

Mevali o‘simlik turi

Sug‘orishlar soni

Sug‘orish me’yori, m

3

/ga

Tuproq turlari

Bo‘z tuproqlar

Yer osti suvlari yaqin

joylashgan

qum

shag‘alli tuproqlar

Yosh olxo‘ri bog‘lari

10-12

500

300

Hosilga

kirgan

olxo‘ri

bog‘lari

4-6

800-1000

300-500

Olxo‘ri

bog‘lariga

qishki

yahob suvi berish

2-3

1500-2000

-

Har galgi va mavsumda beriladigan suv me’yorlari meva daraxtlarining yoshiga, tuproqning

mexanik tarkibi sizot suvining sathiga, hosilning ko‘p-kamligiga va boshqa omillarga qarab

belgilanadi. Yosh olxo‘ri bog‘lari uchun amalda qo‘llanilib kelingan sug‘orish me’yyori

gektariga 500 m

3

/ga, hosilga kirgan bog‘lar uchun sug‘orish me’yyori 800-1000 m

3

/ ga

chegarasida o‘zgarib turadi. Shag‘al toshli, sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarda bu me’yyor

gektariga 300-500 m

3

/ga gacha kamaytiriladi. Yahob suvini berish me’yyori gektariga 1200-

1500-2000 m

3

/ ga.[4]

Hulosa va takliflar

Hulosa qilib aytganda olxo‘ri bog‘larini parvarish qilish agrotexnik tadbirlarini amalga

oshirishda vaqtdan unumli foydalanish, qator oralaridan samarali foydalanish uchun esa

ekinlarni to‘g‘ri tanlash, ularni uzzoq muddat bir hil tarzda ekmasdan almashlab ekish

sxemasini to‘g‘ri tashkil etish, bog‘ qator oralarini sifatli qilib haydash hamda elementar

jihatlarga ham e’tibor berish zarur. Bu bilan bog‘ qator oralaridan ham qo‘shimcha daromad

olishdan tashqari yetishtririlayotgan olxo‘ri mevalarini ham serhosil va sifatli bo‘lishiga

erishish mumkun.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M.M. Mirzaev. M.Q. Sobirov. “O‘zbekistonda bog‘dorchilik” ma’lumotga oid adabiyot.

O‘qituvchi” nashriyoti. Toshkent-1980
2.

ERGASHOV, A., & MAXMUDOV, I (2024). MEVALI BOG‘LAR YERLARIGA ISHLOV BERISH

VA QATOR ORALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING O‘ZIGA HOS XUSUSIYATLARI.

Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 4(5), 131–134.


background image

15

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 15-SON (YOʻITJ)

3. To'raqulova Ozoda Mamarayim qizi, Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li. (2023). BOG'LARDA

MEVALI DARAXTLARNI YETISHTIRISH BO'YICHA AGROTEXNIK TADBIRLARNING O'RNI.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(10), 34–38.

4.I.CH.Namozov. I.T.Normuratov - Olxo‘ri yetishtirish “Agrobank” ATB 100 kitob to‘plami

Toshkent: tasvir nashriyot uyi, 2021

5. Ergashov,A.,& Ahmadqulova, K.(2024). MEVACHILIKVAUZUMCHILIKYO'NALISHITALABALARIGA

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O'QITISHNING AHAMIYATI. В MODELS AND

METHODSINMODERNSCIENCE(Т.3,Выпуск8,сс. 15–19).

6. Ergashov A., Jo'lbekov I. OLMANI UZOQ MUDDATGA SAQLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. –

2023.–Т. 3.–№.1Part1.–С. 20-23.

7. Ergashov, A. ., & Maxmudov , I. (2024). MEVALI DARAXTLARGA SHAKIL BERISH VA

BUTASH ORQALI MAHSULDORLIKNI OSHIRISH. Евразийский журнал академических

исследований, 4(5), 43–47.
8. To‘raqulov, M., Aynaqulov , K. ., & Ergashov , A. (2023). IMPORTANT AGROTECHNICAL

MEASURES CARRIED OUT IN ORCHARDS AFTER THE VEGETATION PERIOD. Евразийский
журнал академических исследований, 3(12), 117–121

Библиографические ссылки

M.M. Mirzaev. M.Q. Sobirov. “O‘zbekistonda bog‘dorchilik” ma’lumotga oid adabiyot. “O‘qituvchi” nashriyoti. Toshkent-1980

ERGASHOV, A., & MAXMUDOV, I (2024). MEVALI BOG‘LAR YERLARIGA ISHLOV BERISH VA QATOR ORALARIDAN TO‘G‘RI FOYDALANISHNING O‘ZIGA HOS XUSUSIYATLARI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 4(5), 131–134.

To'raqulova Ozoda Mamarayim qizi, Ergashov Azizbek Ilashboy o'g'li. (2023). BOG'LARDA MEVALI DARAXTLARNI YETISHTIRISH BO'YICHA AGROTEXNIK TADBIRLARNING O'RNI. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION, 2(10), 34–38.

I.CH.Namozov. I.T.Normuratov - Olxo‘ri yetishtirish “Agrobank” ATB 100 kitob to‘plami Toshkent: tasvir nashriyot uyi, 2021

Ergashov, A., & Ahmadqulova, K. (2024). MEVACHILIK VA UZUMCHILIK YO'NALISHI TALABALARIGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANIB O'QITISHNING AHAMIYATI. В MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE (Т. 3, Выпуск 8, сс. 15–19).

Ergashov A., Jo'lbekov I. OLMANI UZOQ MUDDATGA SAQLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH //Евразийский журнал медицинских и естественных наук. – 2023. – Т. 3. – №. 1 Part 1. – С. 20-23.

Ergashov, A. ., & Maxmudov , I. (2024). MEVALI DARAXTLARGA SHAKIL BERISH VA BUTASH ORQALI MAHSULDORLIKNI OSHIRISH. Евразийский журнал академических исследований, 4(5), 43–47.

To‘raqulov, M., Aynaqulov , K. ., & Ergashov , A. (2023). IMPORTANT AGROTECHNICAL MEASURES CARRIED OUT IN ORCHARDS AFTER THE VEGETATION PERIOD. Евразийский

журнал академических исследований, 3(12), 117–121