115
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
YORDAMIDA ILMIY ADABIYOTLARNI RAQAMLASHTIRISH
USULLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI
Ernaqulov Sunnatillo Nurali o'g'li
Xalqaro innovatsion universitet
Raqamli axborot texnologiyalar markazi boshlig'i
https://doi.org
/10.5281/zenodo.14709688
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 21-yanvar 2025 yil
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi ilmiy
adabiyotlarni raqamlashtirish jarayonini sezilarli
darajada soddalashtirmoqda. Ushbu maqolada
ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirishning asosiy
usullari, jumladan, optik belgilarni tanish (OCR)
texnologiyalari, ma'lumotlar bazalari va bulutli
xizmatlar asosida yaratilgan raqamlashtirish
platformalari
tahlil
qilinadi.
Shuningdek,
raqamlashtirishning
afzalliklari,
xususan,
ma'lumotlarga keng ommaviy kirish imkoniyati,
saqlash qulayligi va tahliliy ishlanmalar uchun
asosiy ma'lumot bazasi sifatida ahamiyati
muhokama qilinadi. Mazkur jarayon ilmiy
tadqiqotlarning
samaradorligini
oshirishga,
ma'lumotlarni tizimlashtirishga va ularni keng
auditoriya uchun taqdim etishga imkon beradi.
AKT,
ilmiy
adabiyotlar,
raqamlashtirish,
OCR
texnologiyalari, ma'lumotlar bazasi,
bulutli xizmatlar.
Kirish.
Hozirgi zamonaviy dunyoda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
jamiyatning turli sohalariga, xususan, ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasiga sezilarli ta'sir
ko'rsatmoqda. Ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish ushbu sohalarning rivojlanishida muhim
omillardan biriga aylanmoqda. Raqamlashtirish jarayoni nafaqat ma'lumotlarning
xavfsizligini ta'minlash, balki ularni keng ommaga yetkazish va kelgusida tahlil qilish imkonini
beradi. Ilmiy adabiyotlar turli formatlarda mavjud bo'lib, ular bosma kitoblar, maqolalar,
dissertatsiyalar va boshqa shakllarni o'z ichiga oladi. Ushbu materiallarni raqamli formatga
o'tkazish jarayoni texnologik vositalardan samarali foydalanishni talab qiladi. AKT yordami
bilan amalga oshiriladigan raqamlashtirish jarayoni ko'p jihatdan qulay va samaralidir. Ushbu
maqolada ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirishning asosiy usullari, bu jarayonning afzalliklari
va istiqbolli yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.
OTM kutubxonalari nafaqat bilim markazi,balki ilmiy-tatqiqot faoliyatini qo’llab-
qo’vvatlashning muhim qismi hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi
kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish imkonini bermoqda. “Elektron
kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish” mavzusi bugunki kunda dolzarb bo’lsa-da, ba’zi
jihatlari hali keng tadqiq etilmagan va chuqur o’rganishni talab qiladi.
Adabiyotlar tahlili.
Xorijiy olimlar ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish jarayoniga katta hissa
qo‘shmoqdalar. Masalan, R. Smith tomonidan taklif etilgan OCR texnologiyalari algoritmlari
116
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
matnlarni aniqlash va raqamli formatga o‘tkazishda yuqori aniqlikka ega. Shuningdek, M.
Sanderson va W. Croft ilmiy ma'lumotlarni qidirish tizimlarining samaradorligini oshirish
bo‘yicha tadqiqotlar olib borishgan. Ularning tadqiqotlari ilmiy axborotga tezkor kirish
imkoniyatini ta'minlash va ma'lumotlar tahlilini avtomatlashtirish bo‘yicha yangi
yondashuvlarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, J. Allen tomonidan ishlab chiqilgan ma'lumotlar bazalari va ularni
boshqarish tizimlari ilmiy adabiyotlarni saqlash va ulardan foydalanish jarayonini sezilarli
darajada osonlashtirdi. Xorijiy olimlarning tadqiqotlari raqamlashtirish texnologiyalarining
rivojlanishiga asos yaratdi va global ilmiy hamjamiyat uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Mahalliy olimlar orasida ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, A. Karimov va O. Usmonovlar AKTni o‘quv
materiallarini raqamlashtirish va ularni milliy kutubxonalar bazasiga integratsiya qilish
bo‘yicha ishlar olib bormoqdalar. Ularning tadqiqotlari raqamlashtirishning lokal
xususiyatlarini, jumladan, o‘zbek tiliga xos belgilarning aniqlanishini optimallashtirishga
qaratilgan. Shuningdek, N. Abdullayev tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ilmiy adabiyotlarni
saqlash va ularni xalqaro ma'lumotlar bazalariga ulash usullarini rivojlantirishga
bag‘ishlangan. Mahalliy olimlarning hissasi milliy ilmiy merosni global miqyosda targ‘ib qilish
va uni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish bo‘yicha
zamonaviy usullarni o‘rganish va ularning samaradorligini baholash uchun quyidagi
metodologiyalar qo‘llanildi. Nazariy tahlil metodi yordamida Ilmiy maqolalar, monografiyalar
va xalqaro konferensiya materiallari o‘rganilib, raqamlashtirish texnologiyalarining
zamonaviy yondashuvlari va tamoyillari aniqlab olindi. Amaliy tahlil metodi orqali esa
raqamlashtirish jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalar (OCR dasturlari, ma'lumotlar
bazalari, bulutli xizmatlar) asosida mavjud tajribalar o‘rganildi va ular samaradorligi tahlil
qilindi. Eksperiment usuli orqali Turli formatdagi ilmiy adabiyotlarni (matnli hujjatlar, grafik
va diagrammalar) raqamlashtirishda foydalanilgan texnologiyalarning aniqlik darajasi va
ishlash tezligi o‘rganildi.
Solishtiruv usuli yordamida mahalliy va xorijiy tajribalar solishtirilib, ularning kuchli va zaif
tomonlari aniqlandi. Intervyu va so‘rovnomalar orqali esa Tadqiqot muammolari bo‘yicha
ekspertlar, kutubxona xodimlari va IT mutaxassislari bilan suhbatlar o‘tkazildi, ularning
fikrlari umumlashtirildi.
Natija va muxokama.
OTM kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish albatta, bir qator
samaralar keltiradi. Bu jarayonning samaradorlikka ta’siri nafaqat kutubxona ishini
yaxshilash, balki talaba va professor-o’qtuvchilarga xizmat ko’rsatishni optimallashtirishda
ham muhhim rol o’ynaydi. Kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish, ayniqsa qog’oz asarlarni
raqamlashtirish, kitoblarni avtomatik qaytarish va elektron tizimlar orqali boshqarish,
kutubxona xodimlarining vaqtini samarali ishlatishga yordam beradi. Xodimlar yangilanishlar,
tizimlashtirish, foydalanuvchilar bilan bevosita muloqot qilish kabi vazifalarga ko’proq e’tibor
qaratishi mumkin. Ushbu mavzu bo’yicha yangi fikrlar va yondashuvlarni taklif qilishda
quyidagi yo’nalishlarga e’tibor qaratish mumkin:
Mahalliy kutubxonalarni avtomatlashtirishning milliy modeli.
Ko’plab mamlakatlarda
electron kutubxonalar bo’yicha xalqaro tajribalar keng tarqalgan,lekin mahalliy kutubxonalar
ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus avtomatlashtirish modeli yaratilmagan bo’lishi
mumkin.Bu bo’yicha quyidagilarni o’rganish kerak:
-Milliy axborot resurslarini integratsiya qilish yo’llari
-Kutubxonalar faoliyati uchun moslashtirilgan dasturiy ta’minot ishlab chiqish
O’zbekistondagi kutubxonalar avtomatlashtirishining hozirgi holati.
O’zbekistona OTM
kutubxonalari qanchalik avtomatlashtirilgani va bu jarayon qaysi yo’nalishlarda
rivojlantirilishi kerekligi borasida chuqur tahlillar hali kam uchraydi.Mahaliy electron
kutubxonalarning real imkoniyatlarini o’rganish bu bo’shliqni to’ldirishga yordam beradi
117
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Sun’iy intellektdan foydalanish.
Elektron kutubxonalar xizmatlari suniy intellekt yordamida
avtomatlashtirish hali keng o’rganilmagan mavzudir.Al texnologiyalari foydalanuvchilarning
qiziqishiga mos tavsiyalar berish, qidiruv natijalarini shaxsiylashtirish va foydalanuvchi
savollarga avtomatik javob berish imkonini beradi.
Elektron kutubxonalarning ekologik ta’siri.
Elektron resurslardan foydalanish qog’ozga
bo’lagan ehtiyojni kamaytiradi va ekologik barqarorlikka hissa qo’shadi. Biroq,
raqamlashtirish jarayonining energiya sarfi va texnologik chiqindilari ham muhim masala
bo’li qolmoqda bu yo’nalish bo’yicha tadqiqotlar yetarli darajada rivojlanmagan.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ta’lim sifatiga ta’siri.
Elektron kutubxona xizmatlarini
avtomatlashtirish ta’lim sifati va ilmiy tadqiqotlarga qanday ta’sir qilayotganini o’rganish ham
keng imkoniyatlarga ega mavzulardan biri hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida foydalanuvchilarnig o’z xizmatlarini olishlari
kutubxona hodimlarini boshqa muhit vazifalarga e’tibor qaratishiga imkon beradi. Sun’iy
entellekt yordamida takliflar tizimi va foydalanuvchi qiziqishlari tahlil qilinib, yangi
materiallar bilan tamillanadi. Kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish kutubxona
xodimlarining ish yukini kamaytirish va foydalanuvchilar uchun sifatli hizmatlarini
ta’minlashga ta’sir ko’rsatadi. Elektron kutubxonalar orqali talabalar o’qtuvchilarga axborot
resurslariga, shu jumladan, ilmiy maqolalar, kitoblar dissertatsiyalar va boshqa materiallarga
tezkor kirish imkoniyati yaratildi. Elektron ma’lumotlar bazalari va onlayn kutubxona
platformalari
foydalanuvchilarga har qanday joydan 24/7 foydalanish imkonini beradi.
Elektron resurslar yordamida foydalanuvchilar kerakli materiallarni qidiruv tizimlari orqali
bir necha daqiqada topishlari mumkin. Kutubxonadagi resurslarni boshqarish tizimlari
avtomatlashtirish orqali aniq va samarali bo’ladi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kitoblar
kitoblar maqolalar va boshqa resurslar haqida aniq ma’lumotlarni taqdim etadi. Kitoblar va
resurslar inventarizatsiyasi avtomatik ravishda amalga oshiriladi,qaysi materiallar talab
qilinayotganini kuzatish mumkin. Resurslar tarqatilishi va qidiruv natijalarini
optimallashtirish foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirilgan. Suniy intellekt va analitik
tizimlar yordamida kutubxona foydalanuvchilariga shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim
etiladi. Bunga foydalanuvchining o’quv yo’nalishaga mos resurslar, tavsiyalar va maslahatlar
kiradi.
Xulosa qilib aytganda electron kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish bugunki kunda ta’lim
va ilmiy-tadqiqod jarayonlarini qo’llab quvvatlashning eng muhim vositalaridan biridir.Ushbu
jarayon foydalanuvchilarga axborot resurslariga tezkor va qulay kirish imkonini
yaratib ,kutubxona faoliyatini yangi darajaga ko’taradi.Elektron malumotlar bazalari,
avtomatlashtirilgan katolog tizimlari,RFID texnologiyalari va self-servis tizimlarini jot=riy
etish kutubxonalrining samaradorligini oshiradi,inson resurlarini tejaydi va hizmat ko’rsatish
sifatini yaxshilaydi.
Biroq mahaliy sharoitlar va ehtiyojlarni hisobga olgan holda milliy avtomatlashtirish
modelini ishlab chiqish , sun’iy entellektdan foydalanish, ekologik ta’sirni baholash hamda
electron kutubxonalarning ta’lim va ilm fanga ta’sirini yanada chuqur o’rganish dolzarb
masalalar sifatida qolmoqda.
OTM
kutubxonalarida
hizmatlarini
avtomatlashtirish
samaradorligini
oshiradi,foydalanuvchilarga yaxshiroq hizmat ko’rsatishni ta’minlaydi va kutubxona
faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamyatga ega. Bu, o’z navbatida, o’quv jarayonini
yanada qulay va samarli qiladi.
Shunday qilib, electron kutubxona xizmatlarini avtomatlashtirish zamonaviy ta’limnig
ajralmas qismi bo’lib uning yanada rivojlanishi nafaqat kutubxona xizmatlari balki va ilm-fan
rivojiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi shu sababli ushbu sohada keng qamrovli tashkilotlar va
inovvatsion yechimlar ishlab chiqarilishi zarur.
Elektron kutubxonalar oliy ta'lim muassasalari (OTM) talabalari uchun axborotga tezkor
kirish imkoniyatlarini yaratishda muhim rol o'ynaydi. Ular nafaqat joy tejalishi va nodir
118
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
asarlarga doimiy kirish imkoniyatini beradi, balki qidiruv tizimlari orqali ma'lumotlarni tez va
samarali topish imkonini ham ta'minlaydi. Bundan tashqari, elektron kutubxonalar 24 soat
davomida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa talabalar uchun vaqtni tejashda katta
ahamiyatga ega. Shuningdek, ma'lumotlarni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida
sifatli va yaxshiroq aks ettirish imkoniyatini ham beradi. Shu bilan birga, elektron
kutubxonalar orqali talabalar turli xil o'quv materiallariga masofadan turib ham kirishlari
mumkin, bu esa ta'lim jarayonini yanada qulay va samarali qiladi. Masalan, bulutli
texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish orqali o'quv materiallarini saqlash va ulardan
foydalanish yanada osonlashadi. Shunday qilib, elektron kutubxonalar OTM talabalari uchun
axborotga tezkor kirish imkoniyatlarini yaratishda beqiyos ahamiyatga ega bo'lib, ta'lim
sifatini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.Axborot va texnologiyalar davrida ta’lim tizimini
innovatsion texnologiyalar bilan boyitish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, oliy
ta’lim muassasalari (OTM) talabalari uchun elektron kutubxona platformalarini joriy qilish
ta’lim jarayonini sezilarli darajada takomillashtiradi. Zamonaviy texnologiyalar – blokcheyn,
kollaborativ tizimlar, virtual haqiqat (VR) va interaktiv platformalar – elektron
kutubxonalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu maqolada ushbu texnologiyalarni
OTM kutubxonalari faoliyatiga joriy etish va ularning talabalarga taqdim etadigan
imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Elektron kutubxona platformalari ilmiy va o‘quv resurslarini raqamli formatda yig‘uvchi,
ulardan samarali foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi zamonaviy tizimlardir. Bunday
platformalar talabalarga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi: Talabalar istalgan vaqtda ilmiy
maqolalar, darsliklar, va boshqa resurslardan foydalanishlari mumkin Kutubxonalarda matnli
materiallar bilan birga multimedia kontentlari, interaktiv xaritalar.
Elektron kutubxona platformalari – bu raqamli resurslarni yig‘uvchi, boshqaruvchi va
foydalanuvchilarga ulardan foydalanish imkonini beruvchi tizimlardir. Ular:
1. Ilmiy va o‘quv resurslarini to‘plash, kataloglash va foydalanuvchilar uchun qulay qidiruv
tizimlarini taqdim etadi.
2. Xalqaro resurslar bilan integratsiya qilish orqali talabalarni global ilmiy hamjamiyat bilan
bog‘laydi.
3. Interaktiv vositalarni taqdim etib, foydalanuvchilarni yanada faol o‘qish va izlanish
jarayoniga jalb qiladi.
Blokcheyn texnologiyasi elektron kutubxonalarning xavfsizlik va shaffoflik darajasini oshirish
uchun muhim vosita hisoblanadi.Blokcheyn yordamida elektron resurslarning haqiqiyligini
tekshirish va ularni noqonuniy nusxalashning oldini olish mumkinBlokcheyn platformalari
talabalar shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va ularning foydalanish tarixini kuzatish
imkonini beradi.Elektron resurslarga kirish ruxsatlari va tranzaksiyalarni avtomatlashtirish
orqali ma’lumot almashinuvi jarayoni tezlashtiriladi. Kollaborativ platformalar talabalar va
o‘qituvchilarga jamoaviy ish olib borish imkonini beradi. Talabalar o‘zaro yoki professorlar
bilan loyihalar, ilmiy maqolalar va tadqiqotlar ustida onlayn hamkorlikda ishlashi mumkin.
Elektron kutubxona platformalari orqali onlayn ilmiy tadbirlarni tashkil etish
osonlashadi.Interaktiv muhit talabalarga ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini qulay va
qiziqarli qilish imkonini beradi. Virtual haqiqat texnologiyalari elektron kutubxonalarni yangi
o‘lchamlarga olib chiqadi:
1. Talabalar VR yordamida kutubxonalar yoki laboratoriyalarda masofadan turib faoliyat olib
borishi mumkin.
2VR texnologiyalari talabalar uchun murakkab mavzularni (masalan, texnik diagrammalar,
tibbiyot jarayonlari) aniqroq tushunishga yordam beradi.
3. Talabalar boshqa mamlakatlarning elektron kutubxonalari bilan hamkorlik qilish
imkoniyatiga
ega
bo‘ladilar.
Interaktiv
platformalar
elektron
kutubxonalarda
foydalanuvchilarning faolligini oshiradi.
119
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Platformalar individual ehtiyojlarga moslashadi, bu esa resurslardan foydalanishni sezilarli
darajada soddalashtiradi. Talabalar uchun qidiruv tarixini tahlil qilish va ilmiy resurslarni
avtomatik tavsiya qilish imkoniyatlari yaratiladi. Foydalanuvchilar o‘zlari uchun shaxsiy
ma’lumotlar katalogini yaratishlari va keyinchalik ulardan samarali foydalanishlari mumkin.
Elektron kutubxonalarni rivojlantirishdagi muammolar va yechimlar.Moliyaviy cheklovlar:
Xalqaro ilmiy resurslarga obuna bo‘lish yuqori xarajatlarni talab qiladi. Bu muammoni hal
qilish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish lozim.
Elektron kutubxona platformalari, ayniqsa, blokcheyn, kollaborativ tizimlar va VR
texnologiyalarini joriy etish orqali OTM talabalari uchun axborotga tezkor va keng qamrovli
kirish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu texnologiyalar ta’lim jarayonini nafaqat qulay, balki
yanada samarali qilish imkonini beradi. Kelajakda elektron kutubxona platformalari ilmiy
izlanishlar va ta’lim sohasida yanada integratsiyalashgan, xavfsiz va interaktiv muhitni
ta’minlash uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois, ushbu tizimlarni jadal
rivojlantirish va ularni barcha talabalar uchun keng ommalashtirish ta’lim sifatini
oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Bugungi raqamli davrda elektron
kutubxona platformalari oliy ta’lim muassasalari (OTM) uchun muhim o‘rin tutib, talabalar va
o‘qituvchilarning ilmiy hamda o‘quv faoliyatlarini samarali tashkil etishda katta
imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Ular ilmiy axborotga tezkor, keng qamrovli va xavfsiz
kirishni ta’minlash orqali ta’lim sifatini oshiradi. Ayniqsa, blokcheyn, kollaborativ
platformalar, virtual haqiqat (VR) va interaktiv vositalar kabi zamonaviy texnologiyalarning
joriy etilishi elektron kutubxonalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Elektron kutubxonalar
talabalarga xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish, masofaviy ta’limni qo‘llab-quvvatlash,
tahliliy vositalardan foydalanib ma’lumotlarni chuqur o‘rganish va shaxsiylashtirilgan bilim
olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Blokcheyn texnologiyasi esa elektron resurslar xavfsizligi
va shaffofligini oshirish, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish hamda tranzaktsiyalarni
optimallashtirish imkoniyatini yaratadi. Kollaborativ platformalar talabalar va o‘qituvchilar
o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi, VR texnologiyalari esa virtual o‘quv muhitlari va
interaktiv ta’lim imkoniyatlarini ochib beradi.
Ushbu texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda bir qator muammolar ham uchraydi.
Jumladan, texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, moliyaviy
cheklovlar, xalqaro resurslarga obuna xarajatlarining yuqoriligi va foydalanuvchilarni yangi
platformalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega qilish zarurati asosiy to‘siqlar sifatida ko‘riladi.
Shunday bo‘lsa-da, elektron kutubxonalarni joriy etish va rivojlantirish oliy ta’limni
raqamlashtirish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, bu nafaqat ilmiy izlanishlar
samaradorligini
oshirishga,
balki
ta’lim
sohasida
xalqaro
raqobatbardoshlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlarda ham ushbu
yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro ta’lim resurslariga ulanish
imkoniyatini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimini
yaratishning muhim omiliga aylanmoqda. Kelgusida davlat va xususiy sektor hamkorligini
kuchaytirish, texnologik infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va
amaliyotga joriy etish orqali elektron kutubxonalarning imkoniyatlarini kengaytirish va
ularning samaradorligini oshirish zarur. Bu esa ilmiy axborotga kirish imkoniyatlarini
yaxshilab, talabalarning bilim olish jarayonini sifatli va interaktiv qilishga xizmat qiladi.
Elektron kutubxonalar kelajak ta’lim tizimining asosi bo‘lib, raqamli rivojlanishning muhim
bosqichi hisoblanadi. Shu bois, ushbu platformalarni joriy etish va ularni yangicha
yondashuvlar bilan boyitish ta’limning rivojlanishida strategik ahamiyat kasb etadi.
Xulosa va takliflar.
Ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirish AKT rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, bu jarayon ilmiy bilimlarni saqlash va ulardan foydalanishni sezilarli darajada
takomillashtiradi. Raqamlashtirish usullari, ayniqsa, OCR texnologiyalari va bulutli
xizmatlarning qo‘llanilishi, ma'lumotlarning aniq va samarali boshqarilishini ta'minlaydi.
120
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Ushbu texnologiyalar nafaqat ilmiy ma'lumotlarni keng ommaga taqdim etish, balki ularning
xavfsiz saqlanishini ham kafolatlaydi.
Raqamlashtirish jarayonining afzalliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Ilmiy materiallarga keng va tezkor kirish imkoniyati;
Ma'lumotlarning tizimlashtirilishi va tahlilga qulayligi;
Saqlash va almashinish jarayonlarining soddalashuvi.
Ilmiy adabiyotlarni raqamlashtirishda zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun'iy intellekt va
mashinani o‘rganish texnologiyalaridan keng foydalanish lozim. Milliy va xalqaro ma'lumotlar
bazalari bilan hamkorlikni kengaytirish va ularni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish
zarur. Raqamlashtirilgan ilmiy adabiyotlarni saqlash va ulardan foydalanish uchun maxsus
platformalarni rivojlantirish kerak. Ilmiy ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlash uchun
kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish tavsiya etiladi.
Bu takliflarni amalga oshirish orqali ilmiy adabiyotlarning raqamlashtirish jarayoni yanada
samarali va barqaror bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Sherovna,
Alikulova
Muxayyo.
"MAKTABGACHA
YOSHDAGI
BOLALARNI
RIVOJLANISHIDA O’YINNING ROLI."
Научный Фокус
1.12 (2024): 154-157.
2.
Sherovna, Alikulova Muxayyo. "MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM
BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV."
Научный Фокус
1.12 (2024): 149-153.
3.
Alikulova, Muhayyo, and Shamsiddinova Gulida Zahriddin Qizi. "MAKTABGACHA
TA’LIM TASHKILOTIDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI YARATISH."
Ta’lim fidoyilari
17.4
(2022): 403-408.
4.
Alikulova, Muxayyo Sherovna. "SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM BOLA
IMKONIYATLARI POYDEVORIDIR."
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences
1.9 (2021): 459-464.
5.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi. Pedagogis Internatsianal researcg. ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
ст-69
6.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024): 15.
7.
Yaxiyaxonova, Muhiba, Marjona Yusupova. "OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA
“INFORMATIKA VA AT” FANLARIDAN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH."
Algoritmlar
va
dasturlashning
dolzarb
muammolariga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2023 yil.
8.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Umida Nurmaxmatova, and Durdona Turayeva.
"INFORMATIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TAʼLIM JARAYONIDAGI OʻRNI."
Science
and innovation in the education system
3.4 (2024): 102-105.
9.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Durdona Turayeva. "GLOBAL
IQLIM O ‘ZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI SAQLASHNING ZAMONAVIY,
INNOVATSION USULLARI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
3.3 (2024): 103-106.
